{"id":14849,"date":"2022-01-20T09:50:59","date_gmt":"2022-01-20T06:50:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14849"},"modified":"2025-10-29T12:36:36","modified_gmt":"2025-10-29T09:36:36","slug":"chustiy-1904-1983-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chustiy-1904-1983-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Chustiy (1904-1983) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Shoir Chustiy mumtoz adabiyotimiz bilan yangi davr adabiyoti oralig\u2018idagi ko\u2018prikni yaratgan va aruznavislik san\u2019ati an\u2019analarini rivojlantirgan adiblar sirasiga kiradi. Shunga ko\u2018ra u Habibiy, Sobir Abdulla, Charxiy kabi g\u2018azalnavis va qo\u2018shiqchi shoirlar qatoridan munosib o\u2018rin egallaydi. Chustiy shoirning adabiy taxallusi bo\u2018lib, u Namanganning Chust tumanida tavallud topgan. Asl ismi sharifi Nabixon (Nabixo\u2018ja) Nurillaxo\u2018ja o\u2018g\u2018li bo\u2018lib, u 1904 yilning 20 fevral kuni to\u2018quvchi-hunarmand oilasida dunyoga kelgan.&nbsp; 1916 yildagi o\u2018lkada hukm surgan o\u2018zgarish va beboshliklar tufayli o\u2018n to\u2018rt jonli Nabixonlar oilasi Qo\u2018qonga ko\u2018chib borib, to\u2018quvchilik ishlari bilan shug\u2018ullanadi. Bo\u2018lg\u2018usi shoir ham o\u2018n ikki yoshidan ota kasbiga mehr qo\u2018yadi, oilaga yordamlashadi. Ayni paytda u eski maktab va madrasalarda ta\u2019lim oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chustiy Oktyabr to\u2018ntarishidan keyingi qariyb 60\u201470 yil davomida sovet xo\u2018jalik tarmoqlarida, madaniy-ma\u2019rifiy markazlarda, ilmiy-adabiy o\u2018choqlarda faoliyat ko\u2018rsatadi. Jumladan, 1930\u20141939 yillarda kolxozlarda, matlubot jamiyatlarida mas\u2019ul lavozimlarda ishlaydi. 1940\u20141946 yillarda esa Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida avval adabiy emakdosh, so\u2018ng direktor lavozimida xizmat qiladi. 1944\u201445-yillarda O\u2018zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Adabiyot jamg\u2018armasida direktor bo\u2018lib ishlaydi. So\u2018ng nashriyotlarda tarjimon sifatida faoliyat ko\u2018rsatadi. 1970\u20141976 yillarda u O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo\u2018lib ishlaydi. 1976 yildan boshlab unga respublika ahamiyatiga molik nafaqa tayinlanadi. Undagi she\u2019riyatga, ijodga havas ancha erta uyg\u2018ongan bo\u2018lsa ham, mustaqil ijod yo\u2018liga o\u2018n sakkiz-yigirma yoshlarida qadam qo\u2018yadi. Bunda Sharq mumtoz adabiyoti namoyandalari ijodining ta\u2019siri kuchli bo\u2018ladi. Chustiyning shoir sifatida shakllanishida \u00abTurabiy\u00bb taxallusi bilan g\u2018azal, muxammas va masnaviylar yaratgan otasi Nurillaxo\u2018janing ham ta\u2019siri yo\u2018q emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Chustiy butun umri davomida yigirmaga yaqin she\u2019riy to\u2018plam yaratgan va nashr ettirgan bo\u2018lib, ular janr va uslub jihatdan boy va ranggo-rangdir. Uning \u00abQo\u2018zg\u2018ol\u00bb (1942), \u00abShamshir\u00bb (1943), \u00abLolazor\u00bb (1945), \u00abHayot zavqi\u00bb (1951), \u00abGul mavsumi\u00bb (1969), \u00abG\u2018azallar\u00bb (1978), \u00abYod eting kamtarin Chustiyni ham\u00bb (1984) kabi qator she\u2019riy majmualari qatorida \u00abZafarnoma\u00bb (1939), \u00abTiriklayin jannatga kirgan kampir\u00bb (1939), \u00abKiyiknoma\u00bb (1940), \u00abGul sadosi\u00bb (1949), \u00abUyg\u2018urobod\u00bb (1948), \u00abBog\u2018i eram\u00bb (1978) kabi dostonlari ham kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan. Shuningdek, shoirning mumtoz adabiyotimiz an\u2019analaridan oziqlangan \u00abHayotnoma\u00bb (1988), \u00abSadoqat gullari\u00bb (1992), \u00abKo\u2018ngil tilagi\u00bb (1994) kabi devonlari kitobxonga Sharq \u2014 musulmon axloqi falsafasini singdirishda estetik rol o\u2018ynaydi. Uning so\u2018nggi \u00abKo\u2018ngil tilagi\u00bb devoniga kirgan bir qator g\u2018azallar, muxammas va masnaviylar bu jihatdan muhim qimmatga egadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Chustiy qo\u2018shiqchi shoir sifatida ayniqsa, mashhur edi. Uning o\u2018nlab g\u2018azallari 30-yillardayoq grammplastinkalar-ga muhrlanib qolgan. Shoirning \u00abYorimga savol\u00bb, \u00abNoz etma\u00bb, \u00abAvora bo\u2018lma deydi\u00bb, \u00abMing baloni yengadi\u00bb, \u00abMuhtoj bo\u2018lmag\u2018ay\u00bb, \u00abSurmaga muhtoj emas\u00bb, \u00abBevafolarning ishi\u00bb, \u00abOshno bo\u2018lmay turib\u00bb va \u00abOnanoma\u00bb kabi o\u2018nlab ko\u2018shiqlari hozirgi kunda ham xonandalarimiz sozi va ovozida baralla yangramoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Chustiy dramaturg va tarjimon ham edi. U boshqa mualliflar bilan hamkorlikda \u00abDavron ota\u00bb, \u00abQurbon Umarov\u00bb va \u00abJasur oila\u00bb kabi sahna asarlarini yozgan. Hofiz, Sobir Termiziy, Mirza G\u2018olib, Ali Sardor, M. Tursunzoda asarlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Chustiy 1983 yil 13 avgustda vafot etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shoir Chustiy mumtoz adabiyotimiz bilan yangi davr adabiyoti oralig\u2018idagi ko\u2018prikni yaratgan va aruznavislik san\u2019ati an\u2019analarini rivojlantirgan adiblar sirasiga kiradi. Shunga ko\u2018ra u Habibiy, Sobir Abdulla, Charxiy kabi g\u2018azalnavis va qo\u2018shiqchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chustiy-1904-1983-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14851,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14849","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14849","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14849"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14849\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162557,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14849\/revisions\/162557"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14851"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14849"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14849"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14849"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}