{"id":14868,"date":"2022-01-20T10:46:30","date_gmt":"2022-01-20T07:46:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14868"},"modified":"2025-10-29T12:25:24","modified_gmt":"2025-10-29T09:25:24","slug":"shayx-ismoil-maxdum-1893-1976-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shayx-ismoil-maxdum-1893-1976-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Shayx Ismoil Maxdum (1893-1976) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Shayx Ismoil Maxdum 1893 yil Namangan shahrida diniy oilada tavallud topdilar. Otalari Mullo Sotti Oxund Mullo Abduroziq Oxund o\u2018g\u2018li o\u2018z zamonasining mashhur ulamolaridan bo\u2018lib, Namangan shahrida uzoq yillar Hazrati Hizr masjidida imomlik qilib, masjid qoshidagi madrasada dars ham berganlar. Oilada besh o\u2018g\u2018il, uch qiz bo\u2018lib, Ismoil Maxdum ikkinchi farzand edilar. Akalari Ibrohim Maxdum va ukalari Ishoq Maxdumlar ilm sohiblari bo\u2018lish bilan birga murattab qoriy sifatida O\u2018zbekistonning bir qancha masjidlarida uzoq yillar davomida imom-xatiblik vazifasida xizmat qilishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ismoil Maxdum boshlang\u2018ich ma\u2019lumotni o\u2018z otalari va mahalliy diniy maktabda oldilar. O\u2018n uch yoshlarida Namangandagi mashhur G\u2018ofir qori domlada Qur\u2019oni Karimni to\u2018la hatm qilib, yod oldilar va ko\u2018zga ko\u2018ringan hofizi Kalomullohlardan bo\u2018ldilar. Mullo Qirg\u2018iz madrasasida tahsil ko\u2018rgan talabalar orasida o\u2018zlarining zehn va muhofaza quvvatlari bilan ajralib turar edilar. Ismoil Maxdum mashhur Sobitxon To\u2018ra va boshqa ustozlardan tafsir, hadis, fikh, sarfu nahv va balog\u2018at fanlaridan dars oldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1943 yili O\u2018rta Osiyo va Qozog\u2018iston musulmonlari diniy idorasini tashkil qilishda, masjidlar va 1974 yilga qadar sobiq Sho\u2018rolar ittifoqida yagona diniy o\u2018quv yurti bo\u2018lgan Buxoro \u201cMir Arab\u201d madrasasini ochishda Ismoil Maxdum faol qatnashdilar. 1943 yilda diniy idoraning birinchi raislari muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon boshchiliklaridagi birinchi haj safarida ishtirok qildilar. Bu Sho\u2018rolar davrida ruxsat etilgan ilk haj safari edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu yillarda Ismoil Maxdum Namangan shahridagi \u201cShayx Eshon\u201d masjidida imom-xatib bo\u2018lib ishlab, 1952 yildan boshlab O\u2018rta Osiyo va Qozog\u2018iston musulmonlari diniy idorasida muhtasib, undan so\u2018ng Buxorodagi \u201cMir Arab\u201d madrasasida mudir bo\u2018lib ishladilar. 1957 yildan to hayotlarining oxiriga qadar idora raisi noibi \u2013 qoziy lavozimida xizmat qildilar. Shu muddat davomida diniy idora faoliyatining barcha sohalariga o\u2018zlarining munosib hissalarini qo\u2018shib keldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ismoil Maxdum Buxorodagi \u201cMir Arab\u201d madrasasi, so\u2018ngra 1974 yilda tashkil etilgan Toshkentdagi \u201cImom Buxoriy\u201d nomli oliy madrasadagi ta\u2019lim-tarbiya ishlariga katta e\u2019tibor berib, umrlarining oxirigacha mazkur oliy madrasada talabalarga tafsir, hadis, fiqh va boshqa diniy fanlardan dars berishni to\u2018xtatmadilar. U zotdan saboq olgan ko\u2018plab talabalar hozirgi kunda Markaziy Osiyo jumhuriyatlarida, Rusiyaning Tatariston, Boshqirdiston va boshqa mintaqalarida, Ozarbayjonda yuqori diniy lavozimlarda ishlab kelmoqdalar. Umrlarining oxirigacha diniy idora taqvimi (kalendari)ni tuzib, uni nashr qildirib turdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Diniy idora tomonidan bir necha marta chop etilgan Qur\u2019oni Karim nashrlarini tayyorlashda Ismoil Maxdum tahrir ishlariga boshchilik qilganlar. Muftiy noiblari bo\u2018lmish yuqori lavozimda ishlash davrlarida chet mamlakatlar bilan do\u2018stona aloqalar o\u2018rnatish maqsadida Osiyo, Afrika va Yevropa mamlakatlariga qilingan amaliy safarlar va rasmiy guruhlar tarkibida ishtirok etib, u yerdagi yirik diniy muassasalar rahbarlari, davlat arboblari, ko\u2018zga ko\u2018ringan diniy ulamolar va jamoat namayondalari bilan uchrashib, diniy idora bilan bordi-keldi va maktublar almashish ishlariga asos solinishiga Ismoil Maxdum katta hissa qo\u2018shdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx Ismoil Maxdumning musulmonlar hayotiga oid diniy dolzarb masalalarni hal etish va fatvolar ishlab chiqishdagi xizmatlari ham katta bo\u2018lgan. Ko\u2018p masalalarni kitob ko\u2018rmay, o\u2018z o\u2018rnida hal qilib berardilar. \u00abSovet sharqi musulmonlari\u00bb jurnalining ta\u2019sis etilishida jonkuyarlardan biri bo\u2018lish bilan birga, jurnal sahifalarida u kishining tafsir, hadis va fiqhga oid maqolalari muntazam bosilib turar edi. Shayx Ismoil Maxdum olti marta hojilarga bosh bo\u2018lib, muborak haj safarini ado etganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx Ismoil Maxdum 1976 yil 22 yanvarda Toshkentda vafot etdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekistonimiz istiqlolga erishib, mustaqillik tufayli diyorimizdan yetishib chiqqan mashhur fidoiy insonlar, shu jumladan din arboblari ham munosib taqdirlanmoqdalar. Namangan ahli va shahar hokimiyati rahbariyati tomonidan shayx Ismoil Maxdum xizmatlarini e\u2019tiborga olinib, u kishi tug\u2018ilib o\u2018sgan ko\u2018chaga va shu ko\u2018chadagi masjidga shayx Ismoil Maxdum nomlari berildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx Ismoil Maxdum nafaqat diniy arbob, balki, arab, fors va qadimgi o\u2018zbek tillarini mukammal bilgan, arab, eron va O\u2018rta Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati va adabiyoti bo\u2018yicha mutaxassis edilar. Bulardan tashqari tabobat, falsafa, ilmi hay\u2019at (astranomiya)ga oid manbalarning ham bilimdoni edilar. Qadimiy tabobat usuli asosida doridarmon tayyorlash, ya\u2019ni tabiblik ham u kishining qo\u2018lidan kelar edi. Ismoil Maxdum O\u2018zbekiston FA akademigi I.M.Mo\u2018minov, shu akademiya Sharqshunoslik institutining mashhur olimlari, akademiyaning muxbir a\u2019zolari U. Karimov, P.G.Bulgakov, ToshDU sharq fakulteti dotsenti, \u00abArab tili darsligi\u00bb (rus tilida) muallifi, marhum B.Z.Xolidovlar bilan yaqin munosabatda bo\u2018lganlar. Mumiyo haqidagi asar muallifi M.Muminov ham Ismoil Maxdumdan ko\u2018p maslahatlar olgan.<\/p>\n\n\n\n<p><em>Ismatulloh Abdulloh<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shayx Ismoil Maxdum 1893 yil Namangan shahrida diniy oilada tavallud topdilar. Otalari Mullo Sotti Oxund Mullo Abduroziq Oxund o\u2018g\u2018li o\u2018z zamonasining mashhur ulamolaridan bo\u2018lib, Namangan shahrida uzoq yillar Hazrati Hizr &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shayx-ismoil-maxdum-1893-1976-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14874,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14868","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14868","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14868"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14868\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162546,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14868\/revisions\/162546"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14874"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14868"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14868"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14868"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}