{"id":14869,"date":"2022-01-20T10:47:08","date_gmt":"2022-01-20T07:47:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14869"},"modified":"2025-10-29T12:25:21","modified_gmt":"2025-10-29T09:25:21","slug":"shayx-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf-1952-2015-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shayx-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf-1952-2015-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952-2015) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1952 yil 15 aprel kuni Andijon viloyatida tug\u2018ilganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018rta maktabni tugatgach, Buxoro shahridagi \u00abMir Arab\u00bb madrasasida, so\u2018ngra Toshkentdagi imom Buxoriy nomli Islom oliy ma\u2019hadida tahsilni davom ettirdilar. Oliy ma\u2019hadni bitirishlari bilanoq \u00abSovet sharqi musulmonlari\u00bb jurnalida ishladilar. O\u2018rta Osiyo va Qozog\u2018iston musulmonlari diniy idorasi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarini chet elga, ya\u2019ni Liviya Arab Respublikasining Tripoli shahridagi Islomiy da\u2019vat fakultetiga o\u2018qishga yubordi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari mazkur fakultetni 1980-melodiy sanada imtiyozli tamomlab, yurtga qaytdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2018ngra shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari O\u2018rta Osiyo va Qozog\u2018iston musulmonlari diniy idorasining tashqi aloqalar bo\u2018limida ishlab, ayni paytda Oliy ma\u2019hadda dars berdilar. Keyin mazkur ma\u2019hadda mudir noibi, so\u2018ngra mudir lavozimlarida ishladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari diniy idoraning 1989 yilda bo\u2018lib o\u2018tgan Umumiy qurultoyida O\u2018rta Osiyo va Qozog\u2018iston musulmonlari Diniy idorasi muftiysi lavozimiga tayinlandilar. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari mustaqil O\u2018zbekiston Respublikasining birinchi muftiysi bo\u2018ldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu yili shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari sobiq sovet Oliy kengashiga deputat etib saylandilar. Shayx hazratlari sobiq sovet ittifoqi prezidenti Mixail Gorbachyov hamda Oliy kengashga sobiq sovet ittifoqi musulmonlarining hayoti ifoda etilgan bayonnoma taqdim etdilar. Bayonnomada musulmonlarning haq-huquqlarini hurmatlash, ularning huquqlarini qaytarish masalalari ko\u2018tarilgan edi. Shayx hazratlarining Gorbachyov bilan bevosita muloqotlaridan so\u2018ng kommunistik tuzumning musulmonlarga nisbatan siyosatida ijobiy o\u2018zgarishlar sezila boshlandi. Shayx hazratlarining sa\u2019y-harakatlari bilan sobiq ittifoqda ko\u2018plab masjidlar va madrasalar ochila boshlandi, musulmonlarga o\u2018z diniy urf-odatlarini, marosimlarni ado etishga ruxsat berila boshlandi. Shayx hazratlarining ko\u2018plab talablariga binoan, Gorbachyov sobiq ittifoqdan haj safariga boradigan musulmonlarning soni keskin oshirish haqida qaror qabul qildi. Bundan tashqari, ana shu davrda shayx hazratlari musulmonlarning taqdirini hal qiluvchi katta miqyosdagi ishlarni ham amalga oshirdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari sovet delegatsiyasi a\u2019zoligida bir necha davlatlarga safar qildilar. Prezident Gorbachyovning taklifi bilan afg\u2018on mujohidlarining Peshovardagi vaqtincha qarorgohiga borib, afg\u2018oniy jihod qo\u2018mondonlari bilan muzokaralar olib bordilar. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari o\u2018z sa\u2019y-harakatlarini sobiq ittifoq musulmonlarining diniy huquqlari, diniy ta\u2019lim va madaniyatini tiklash yo\u2018lidagi to\u2018siqlarni olib tashlashga yo\u2018naltirgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari so\u2018nggi yillarda ilmiy va da\u2019vatga hamda diniy madaniyatni oshirishdagi faoliyatlarga o\u2018zlarini bag\u2018ishlaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx hazratlari Makkai Mukarramadagi \u00abButun Dunyo Islom Robitasi\u00bbning ta\u2019sis majlisi, Butun dunyo tasavvuf uyushmasi, Butun dunyo Islomiy xalqlari boshqaruvining bosh kotibiyati, Butun dunyo da\u2019vat uyushmasi, Butun dunyo Ulamolari kengashi uyushmasi, Islomobod shahridagi Butun dunyo Islom uyushmasi, Makkai Mukarramadagi Butun dunyo mufakkir ulamolari yig\u2018inining ijroiya qo\u2018mitasi, Butun dunyo masjidlar uyushmasi, Iordaniyadagi Oli Bayt mussasasiga qarashli Islomiy fikrlar akademiyasi a\u2019zosi edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, shayx hazratlari Misr Arab Respublikasi, Libiya Jamohiriyyasi va Rossiya federatsiyalari kabi qator davlatlarning faxriy unvon va mukofotlari bilan taqdirlanganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 6 juzli \u201cTafsiri Hilol\u201d, 39 juzli \u201cHadis va Hayot\u201d, 5 juzli \u201cXislatli hikmatlar sharhi\u201d, 3 juzli \u201cKifoya sharhi muxtasari viqoya\u201d, 3 juzli \u201cRuhiy tarbiya\u201d, 4 juzli \u201cSharhi adabul mufrad\u201d, 2 juzli \u201cYaxshilik va silai rahm kitobi\u201d, \u201cIymon\u201d, \u201cVasatiyya \u2014 hayot yo\u2018li\u201d, \u201cTasavvuf haqida tasavvur\u201d, \u201cIxtiloflar haqida\u201d, \u201cDin nasihatdir\u201d, \u201cShoyadki taqvodor bo\u2018lsak\u201d, \u201cPoklik iymondandir\u201d, \u201cHaj ibodati\u201d, \u201cIslomda inson huquqlari\u201d, \u201cIslomda oila\u201d, \u201cTarix omonatdir\u201d, \u201cJamiyat ko\u2018ksiga urilgan xanjar\u201d, \u201cIslom musaffoligi yo\u2018lida\u201d, \u201cIslom ma\u2019naviy jinoyatlarga qarshi\u201d, \u201cRamazonni qanday qarshilaymiz\u201d, \u201cIslom va atrof muhit muhofazasi\u201d, \u201cSunniy aqiydalar\u201d, \u201cUsulul fiqh\u201d, \u201cAqoid ilmi\u201d, \u201cSamarqandlik ulamolar\u201d, \u201cBozor\u201d, \u201cIsrof\u201d, \u201cOchiq xat\u201d, \u201cZuhd va hayo\u201d kabi 100 dan ortiq kitoblar va internet sahifalar muallifi edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari 2015 yil 10 mart kuni Toshkent shahrida vafot etdilar. Toshkent shahridagi \u00abShayx Zayniddin\u00bb \u00abShayx Zayniddin buva\u00bb (Ko\u2018kcha) qabristoniga dafn etildilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1952 yil 15 aprel kuni Andijon viloyatida tug\u2018ilganlar. O\u2018rta maktabni tugatgach, Buxoro shahridagi \u00abMir Arab\u00bb madrasasida, so\u2018ngra Toshkentdagi imom Buxoriy nomli Islom oliy ma\u2019hadida tahsilni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shayx-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf-1952-2015-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14876,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14869","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14869","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14869"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14869\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162545,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14869\/revisions\/162545"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14876"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14869"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14869"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14869"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}