{"id":14885,"date":"2022-01-20T11:00:48","date_gmt":"2022-01-20T08:00:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14885"},"modified":"2025-10-29T12:23:10","modified_gmt":"2025-10-29T09:23:10","slug":"shokir-sulaymon-1900-1942-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shokir-sulaymon-1900-1942-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Shokir Sulaymon (1900-1942) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>XX asr o\u2018zbek milliy-ijtimoiy, adabiy va madaniy harakatida faol qatnashgan siymolardan biri Shokir Sulaymondir. U ham she\u2019riyat yoki nasr bilan shug\u2018ullanmasin, ham publitsist yoki adabiy munaqqid sifatida qalam tebratmasin hamisha ma\u2019rifatparvarlik g\u2018oyalarining tolmas targ\u2018ibotchisi sifatida faoliyat ko\u2018rsatgan. Shokir Sulaymon 1900 yilda navro\u2018zi olam arafasida Qo\u2018qonda tavallud topti.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asrning birinchi va ikkinchi yarimlarida qator mashhur shoirlarni yetkazib bergan Qo\u2018qon adabiy muhiti o\u2018zining adabiy-ma\u2019naviy nufuzini XX asr boshlarida ham yo\u2018qotmagan edi. Bu hol Shokir Sulaymonning adabiy va ijtimoiy faoliyatining shakllanishiga ta\u2019sir o\u2018tkazmay qolmadi. U shu yerda 1916 yilgacha yangi usuldagi maktabda ta\u2019lim oldi. So\u2018ngra Orenburgga borib, mashhur Madrasai Husayniyada o\u2018qishni davom ettirdi. Bu uning arab, fors, turk, tatar, rus tillarini o\u2018rganishigagina emas, balki shu tillarda chop etilgan gazeta va jurnallarni o\u2018qishiga ham imkon berdi. Shokir Sulaymon Oktyabr to\u2018ntarishidan so\u2018ng O\u2018zbekistonga qaytgach, mahalliy matbuot sahifalarida ma\u2019rifatparvarlik g\u2018oyalarini targ\u2018ib etish yo\u2018lidan bordi. 1922\u20141926 yillarda esa avval Moskvadagi ishchilar fakultetida, so\u2018ng Krupskaya nomidagi pedagogika akademiyasida o\u2018qidi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Shokir Sulaymon 20-yillarning o\u2018rtalaridayoq publitsist, hikoyanavis, shoir va tarjimon, adabiyotshunos va munaqqid, shuningdek, darslik va qo\u2018lyozmalar muallifi sifatida maydonga chiqa boshladi. Agar u o\u2018nlab maqola va ocherklar yaratib, ularda o\u2018z xalqini ma\u2019rifatga va madaniyatga chorlagan bo\u2018lsa, \u00abQotil\u00bb, \u00abHukm\u00bb, \u00abFarmoza otasi\u00bb, \u00abLolazordagi shumg\u2018iya\u00bb, \u00abParazitlar\u00bb, \u00abYamo bilan Xamo\u00bb kabi bir qator hikoyalarida yangilik bilan eskilik o\u2018rtasidagi ayovsiz kurashni ko\u2018rsatishga harakat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shokir Sulaymon shoir sifatida o\u2018z davrida anchagina shuhrat topgan edi. Uning \u00abErk kuylari\u00bb (1926), \u00abG\u2018alaba marshi\u00bb (1928), \u00abDavr hayqirig\u2018i\u00bb (1932) kabi she\u2019riy to\u2018plamlari va dostonlarida \u00abyangi hayot\u00bb quvonchi va tashvishlari baralla kuylandi. Shokir Sulaymonning shoir sifatidagi faoliyatida uning chet el Sharqi mavzuidagi asarlari diqqatga sazovordir. U jumladan, \u00abKullari ko\u2018klarga!\u00bb she\u2019rida hind xalqining mustamlakachilik siyosatiga qarshi olib borgan kurashini aks ettiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shokir Sulaymonning hayotida uning pedagogik faoliyati ham muhim o\u2018rin tutadi. U o\u2018rta va oliy o\u2018quv yurtlari uchun bir qator darslik va qo\u2018llanmalar yaratib, ularda xususan, So\u2018fizoda, Hamza, Mirmuhsin, Fitrat, Cho\u2018lpon ijodiga oid qimmatli ma\u2019lumotlarni berdi. Uning A. Sa\u2019diy, O. Ibrohimov, Xodi Toqtosh, Hasan To\u2018fon, S. Ayniy, A. Lohutiy kabi qardosh xalqlar adabiyoti va ilmiy namoyandalari haqida chiqishlari qonqardoshlikni mustahkamlash va adabiy-madaniy aloqalarni chuqurlashtirish ishiga xizmat etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ijodiy va ijtimoiy-ma\u2019rifiy faoliyati qizg\u2018in tus olgan urush yillarida qatag\u2018onlik nafasi Shokir Sulaymonga ham yetib keldi. U 1941 yilning 25 avgustida qamoqqa olinib, 1942 yilning 8 avgustida, bor-yo\u2018g\u2018i 42 yoshida jo\u2018vonmarg etiladi. 60-yillarga kelib oqlanadi va 1964 yilda uning \u00abO\u2018ch\u00bb nomli hikoyalar to\u2018plami nashr etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asr o\u2018zbek milliy-ijtimoiy, adabiy va madaniy harakatida faol qatnashgan siymolardan biri Shokir Sulaymondir. U ham she\u2019riyat yoki nasr bilan shug\u2018ullanmasin, ham publitsist yoki adabiy munaqqid sifatida qalam tebratmasin hamisha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shokir-sulaymon-1900-1942-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14900,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14885","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14885","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14885"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14885\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162538,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14885\/revisions\/162538"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14900"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14885"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14885"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14885"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}