{"id":14886,"date":"2022-01-20T11:02:04","date_gmt":"2022-01-20T08:02:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14886"},"modified":"2025-10-29T12:21:42","modified_gmt":"2025-10-29T09:21:42","slug":"shukrullo-shukrullo-yusupov-1921-2020-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shukrullo-shukrullo-yusupov-1921-2020-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Shukrullo (Shukrullo Yusupov) (1921-2020) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Iste\u2019dodli shoir, dramaturg va nosir Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug\u2018ilgan. Dastlabki ta\u2019limni olgach, pedagogika bilim yurtida (1935), so\u2018ngra Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida, Davlat universiteti qoshidagi aspiranturada o\u2018qigan. U turli gazeta va jurnallarda, badiiy adabiyot nashriyotlarida ishladi, o\u2018qituvchilik ham qildi.&nbsp; O\u2018zbekiston Yozuvchilari uyushmasida adabiy maslahatchi bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shukrulloning dastlabki she\u2019rlari urushdan oldin yaratilgan bo\u2018lsa ham, u ijodning katta yo\u2018liga 40-yillarning oxirlarida chiqib oldi. Uning birinchi she\u2019ri 1939 yilda dastlabki she\u2019riy to\u2018plami \u00abBirinchi daftar\u00bb, \u00abQalb qo\u2018shiqlari\u00bb esa 1949 yilda nashr etilgan. Shoir 1948 yilda chop etilgan \u00abChollar\u00bb dostonida yangi yerlarni o\u2018zlashtirishga kirishgan zamondoshlari obrazini yaratdi. Keyinchalik yaratilgan \u00abIkki qoya\u00bb, \u00ab26-tong otari\u00bb (1970) kabi dostonlari bilan o\u2018zbek dostonchilik rivojiga munosib ulush qo\u2018shdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shukrullo ijodida ma\u2019naviy-axloqiy masalalarni tasvirlash asosiy o\u2018rinni egallaydi. Xususan, uning \u00abHayot ilhomlari\u00bb, \u00abUmrim boricha\u00bb, \u00abInson va yaxshilik\u00bb (1961), \u00abInson \u2014 inson uchun\u00bb (1964) kabi she\u2019riy to\u2018plamlariga kirgan ko\u2018pchilik she\u2019rlarida insondagi eng muhim ma\u2019naviy-axloqiy fazilatlar ulug\u2018lanadi, ko\u2018z-ko\u2018z qilinadi. Shuningdek, keyinchalik yaratilgan \u00abZarralar\u00bb (1973), \u00abSuyanchiq\u00bb (1977), \u00abYashagim keladi\u00bb (1978), \u00abSening baxting\u00bb (1988) kabi she\u2019riy guldastalarida ham hazrati insonga ta\u2019zim bosh o\u2018rinda turadi. Ayniqsa, uning \u00abZarralar\u00bb to\u2018plamidan joy olgan ko\u2018pchilik ruboiylari inson haqidagi madhiya, inson haqida bitilgan goh mungli, goh shodon qo\u2018shiqni eslatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shukrullo dramaturg sifatida ham qalam tebratib keladi. Uning \u00abXatarli yo\u2018l\u00bb, \u00abTabassum o\u2018g\u2018rilari\u00bb (1977), \u00abO\u2018g\u2018rini qaroqchi urdi\u00bb (1984) kabi dramalari Respublika teatrlari sahnalarida namoyish etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shukrullo mohir publitsist va nosir sifatida ham keng kitobxonlarga ma\u2019lum. Bu o\u2018rinda uning adabiy-falsafiy maqolalaridan tashkil topgan \u00abQasosli dunyo\u00bb (1994) kitobini eslash kifoya. Chunki, undagi publitsistik maqolalari turli yillarda yozilgan bo\u2018lsa ham, ular zamondoshimiz ma\u2019naviyatini mustahkamlashga xizmat qilishi, uni kamolot sari yetaklashi tabiiydir.<\/p>\n\n\n\n<p>Shukrullo \u2014 nosir deganda, uning uch asarini eslash yetarli. Biri \u2014 \u00abJavohirlar sandig\u2018i\u00bb (1983) qissasi, ikkinchisi \u2014 \u00abKafansiz ko\u2018milganlar\u00bb (1989) xotira-romani, uchinchisi Ubaydulla Xo\u2018jayev to\u2018g\u2018risidagi \u00abTirik ruhlar\u00bb (1999) roman-xronikasidir. Ular ma\u2019lum ma\u2019nodagi avtobiografik asar bo\u2018lganligidan o\u2018z ma\u2019no va mazmuniga ko\u2018ra bir-birini to\u2018ldiradi. Bu asarlar inson haqidagi, insonga xos va uni bezab turadigan fazilatlar to\u2018g\u2018risidagi fojeaviy qasida deyish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Shukrullo bolalar uchun ham asarlar yaratgan. Uning \u00abBahor sovg\u2018asi\u00bb (1962), \u00abYulduzlar\u00bb (1964) kabi she\u2019riy to\u2018plamlarida bolalarning takrorlanmas ichki dunyosi, orzu-istaklari, intilish va maqsadlari Vatanga bo\u2018lgan muhabbat tuyg\u2018usi bilan uyg\u2018unlashib ketadi. Ularda do\u2018stlik, ona tabiat tasviri yetakchilik qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shukrullo Karlo Gotstsining \u00abBaxtiyor gadolar\u00bb pesasi, Sh. Petyofi, T.Shevchenko, Q.Quliyev va boshqalar shoirlarning she\u2019rlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirg\u2018iz tillarida nashr etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Alisher Navoiy nomidagi O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). \u00abDo\u2018stlik\u00bb (1994) va \u00abEl-yurt hurmati\u00bb (1999) ordenlari bilan mukofotlangan<\/p>\n\n\n\n<p>U O\u2018zbekiston xalq shoiri (1981). O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan madaniyat xodimi (1977), Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori.<\/p>\n\n\n\n<p>2020 yil 19 iyul kuni Toshkent shahrida vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iste\u2019dodli shoir, dramaturg va nosir Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug\u2018ilgan. Dastlabki ta\u2019limni olgach, pedagogika bilim yurtida (1935), so\u2018ngra Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/shukrullo-shukrullo-yusupov-1921-2020-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14903,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14886","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14886","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14886"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14886\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162536,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14886\/revisions\/162536"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14903"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14886"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14886"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14886"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}