{"id":14960,"date":"2022-01-20T11:34:08","date_gmt":"2022-01-20T08:34:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14960"},"modified":"2025-10-28T13:49:26","modified_gmt":"2025-10-28T10:49:26","slug":"gulomov-yahyo-gulomovich-1908-1977-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gulomov-yahyo-gulomovich-1908-1977-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"G\u2018ulomov Yahyo G\u2018ulomovich (1908-1977) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>G\u2018ulomov Yahyo G\u2018ulomovich (1908.1.5 \u2014 Toshkent \u2014 1977.10.1) \u2014 tarixchi-arxeolog olim. O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan arbobi (1958), tarix fanlari doktori (1950), professor (1955).<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkentdagi O\u2018zbekiston erlar bilim yurti (inpros)ni (1926), Samarqanddagi O\u2018zbekiston Pedagogika akademiyasini (1930) tugatgan. Toshkent pedagogika texnikumida o\u2018qituvchi (1931\u201432).<\/p>\n\n\n\n<p>Ilmiy faoliyati 1933 yildan boshlangan. O\u2018zbekistonning qad. va san\u2019at yodgorliklarini muhofaza qilish komiteti (Uzkomstaris)da ilmiy xodim, ilmiy kotib (1933\u201440). SSSR Fanlar akademiyasi O\u2018zbekiston filiali, Tarix, til va adabiyot instituti arxeologiya bo\u2018limi mudiri (1940\u201443). 1943 yildan O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti qadimiy va o\u2018rta asrlar tarixi bo\u2018limi mudiri, ayni vaqtda institut direktori vazifasini bajaruvchi (1956\u201459). Shuningdek, u Toshkent pedago-gika institutida \u00abO\u2018zbekiston tarixi va arxeologiyasi\u00bbdan maxsus ma\u2019ruzalar o\u2018qigan, 1936 yildan bir necha arxeologik ekspeditsiyalar (Toshkent, Buxoro, Samarqand, Farg\u2018ona va boshqa) ga rahbarlik qilgan. 1938\u201450 yillarda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiya boshlig\u2018ining o\u2018rinbosari sifatida qatnashib, Xorazmning sug\u2018orilish, dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanish tarixi bo\u2018yicha ilmiy tekshiruv ishlari olib borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yahyo G\u2018ulomov O\u2018zbekistonda tarix va arxeologiya sohalari bo\u2018yicha o\u2018ziga xos baynalmilal ilmiy maktab yaratgan. Uning Zarafshon va Farg\u2018ona vodiylarida, shuningdek, Toshkent vohasida olib borgan ishlari O\u2018zbekistonda, tosh, eneolit va jez davri, uning moddiy-madaniyat yodgorliklarini o\u2018rganishga katta hissa bo\u2018ldi. U, ayniqsa, Toshkent tarixi va uning yodgorliklarini tadqiq etishga alohida ahamiyat bergan. Toshkent kanali bo\u2018ylab, To\u2018ytepada maxsus arxeologik tadqiqotlar o\u2018tkazgan. 1966 yildagi Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish bo\u2018yicha shaharda boshlangan ulkan qurilishlar munosabati bilan Toshkentning arxeologik obidalarini qayd etish va o\u2018rganish maqsadida maxsus Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasini tashkil etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abXiva shahrining yodgorliklari\u00bb (rus tilida, 1941 yil), \u00abQuyi Zarafshon vodiysida ibtidoiy madaniyat va sug\u2018orma dehqonchilikning paydo bo\u2018lishi\u00bb (rus tilida) kabi asarlar yozgan. \u00abO\u2018zbekiston tarixi\u00bb (4 jildli), \u00abSamarqand tarixi\u00bb (2 jildli), \u00abBuxoro tarixi\u00bbning asosiy mualliflaridan.<\/p>\n\n\n\n<p>Vafotidan so\u2018ng \u00abBuyuk xizmatlari uchun\u00bb ordeni bilan mukofotlangan (2002). Respublikada Yahyo G\u2018ulomov xotirasiga bag\u2018ishlangan \u00abAkademik Yahyo G\u2018ulomov o\u2018qishlari\u00bbni o\u2018tkazish ilmiy an\u2019anaga aylangan. Toshkentdagi ko\u2018chalardan biri hamda O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutiga Yahyo G\u2018ulomov nomi qo\u2018yilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G\u2018ulomov Yahyo G\u2018ulomovich (1908.1.5 \u2014 Toshkent \u2014 1977.10.1) \u2014 tarixchi-arxeolog olim. O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan arbobi (1958), tarix fanlari doktori (1950), professor (1955). Toshkentdagi O\u2018zbekiston &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gulomov-yahyo-gulomovich-1908-1977-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":14965,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-14960","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14960","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14960"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14960\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162369,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14960\/revisions\/162369"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14965"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14960"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14960"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14960"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}