{"id":14969,"date":"2022-01-20T12:00:17","date_gmt":"2022-01-20T09:00:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14969"},"modified":"2022-01-20T12:00:19","modified_gmt":"2022-01-20T09:00:19","slug":"ozbekiston-konservatoriyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-konservatoriyasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON KONSERVATORIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON KONSERVATORIYASI, O&#8217;zbekiston davlat konservatoriyasi \u2014 musiqa san&#8217;ati sohasida Respublikada etakchi ta&#8217;lim muassasasi. 1936 yil Oliy musiqa maktabi (1934) negizida Toshkent konservatoriyasi sifatida tashkil topgan. 1976-2002 yillarda Muxtor Ashrafiy nomida, 2002 yildan hoz.irgi nomda. O&#8217;zbekiston konservatoriyasida 5 fakultet, 24 kafedra, bakalavriat, magistratura, assistentstajyorlik, Aspirantura va malaka oshirish bosqichlari, iqtidorli bolalar akademik liseyi mavjud. 1000 dan ziyod talaba va o&#8217;quvchilar kompozisiya, musiqashunoslik, xor va opera-simfonik dirijyorligi, Yevropa klassik, milliy va estrada yo&#8217;nalishidagi ijrochilik (sozandalik va xonandalik turlari), zamonaviy texnologiyalar (musiqiy ovoz rejissyorligi), musiqiy pedagogika, tanqid va jurnalistika kabi ixtisosliklar bo&#8217;yicha ta&#8217;lim olmoqda (2005). Shuningdek, uning tarkibida musiqali teatrstudiya, simfonik, o&#8217;zbek xalq, puflama va estrada cholg&#8217;ulari orkestr va ansambllari (masalan, Faxriddin Sodiqov nomidagi &#8220;maqom&#8221; ansambli, bigbend, torli kvartetlar va boshqalar), xor jamoalari, &#8220;milliy cholg&#8217;ular&#8221; muzeyi va ilmiy ishlab chiqarish laboratoriya, ixtisoslashgan ilmiy tekshirish markazi, &#8220;musiqa&#8221; nashriyoti, fonoteka, kutubxona, &#8220;Xalq musiqa ijodiyoti&#8221; laboratoriya, ovoz yozish studiyalari faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. O&#8217;zbekiston konservatoriyasida turli yillarda K.Lisovskiy, V.Uspenskiy, Ya.Pekker, M.Ashrafiy, A.Kozlovskiy, B. Zeydman, N.Yablonovskiy, Ham. Rahimov, N.Hoshimov, Il.Akbarov, I.Rajabov, F. Sodiqov, F.Karomatli, F.Mamadaliyev, M.Reyson, A.Gekkelman, V.Po&#8217;latov va boshqalar dars bergan. Konservatoriyada 2004-2005 o&#8217;quv yilida 50 professor (S.Qobulova, T. Alimatov, Z.Haqnazarov, Q.Muhiddinov, O.Yusupova, F.Yanov-Yanovskiy, A.Odilov, T.G&#8217;afurbekov, R.Yunusov va boshqalar), 70 dan ziyod dosent ishladi. O&#8217;zbekiston konservatoriyasida o&#8217;quv jarayonining muhim bosqichi \u2014 ijodiy faoliyatidir. Konservatoriya jamoasi yiliga 300 dan ziyod turli kontsert o&#8217;tkazmoqda. Kontsertijrochilik faoliyatiga 38 ta O&#8217;zbekiston xalq artisti, O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan artist va boshqalar faxriy unvonlarga ega mutaxassislar, shuningdek, 80 dan ziyod xalqaro va respublika tanlov laureatlari o&#8217;z hissalarini qo&#8217;shmoqda. Konservatoriyaning ilmiy-uslubiy faoliyati, asosan, o&#8217;zbek mumtoz va zamonaviy musiqa, Markaziy Osiyo va jahon xalqlari musiqa ijodi, musiqa nazariyasi va tarixi, ijrochilik masalalari bilan bog&#8217;liq. 2002 yilda O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan qurilgan yangi binosi (bosh me&#8217;mor V.Spivak, me&#8217;morlar A.Kalislomov, R.Shokirov va boshqalar, rassomlar o.Xabibulin, V.Gan, R. Xudoyberganov va boshqalar) eng zamonaviy uskunalar va cholg&#8217;ular bilan ta&#8217;minlangan. Umumiy hajmi 35.180 kvadrat metr, 305 auditoriyasi, 4 kontsert zali, 4 ovoz yozish studiyasi, sport zallari va boshqalar mavjud. Dilora Murodova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON KONSERVATORIYASI, O&#8217;zbekiston davlat konservatoriyasi \u2014 musiqa san&#8217;ati sohasida Respublikada etakchi ta&#8217;lim muassasasi. 1936 yil Oliy musiqa maktabi (1934) negizida Toshkent konservatoriyasi sifatida tashkil topgan. 1976-2002 yillarda Muxtor Ashrafiy nomida, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-konservatoriyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-14969","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14969","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14969"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14969\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14970,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14969\/revisions\/14970"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14969"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14969"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14969"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}