{"id":14997,"date":"2022-01-20T16:28:22","date_gmt":"2022-01-20T13:28:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=14997"},"modified":"2022-01-20T16:28:23","modified_gmt":"2022-01-20T13:28:23","slug":"ozbekiston-milliy-universitetining-ilmiy-kutubxonasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-milliy-universitetining-ilmiy-kutubxonasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING ILMIY KUTUBXONASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING ILMIY KUTUBXONASI, Mirzo Ulug&#8217;bek nomidagi O&#8217;zbekiston milliy universitetining ilmiy kutubxonasi \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasidagi qadimiy va yirik kutubxonalardan biri. Tarkibi va miqdori jihatdan O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;iston davlatlari oliy o&#8217;quv yurtlari qutubxonalari ichida eng yirigi. 1918 yil Toshkent shahrida Turkiston xalq universitetinit asosiy kutubxonasi sifatida tashkil etilgan; 1968 yildan Toshkent davlat universiteti kutubxonasi deb ataladi; 1969 yilda &#8220;Ilmiy kutubxona&#8221; maqomi berildi; 1976 yildan O&#8217;zbekiston Respublikasidagi oliy o&#8217;quv yurtlari kutubxonalarining ilmiy-metodik markazi. 1995 yildan hozirgi nomda. Kutubxona fondida 3 milliondan ortiq turli fan sohalariga doir adabiyotlar mavjud (2005); har yili bir necha 10 ming dona kitob oladi. Kutubxonaning darsliklar va o&#8217;quv qo&#8217;llanmalari, ilmiy va ma&#8217;lumotnoma adabiyotlar fondi, xorijiy tildagi adabiyotlar va davriy nashrlar fondi muhim ahamiyatga ega. 1926 yildan O&#8217;rta Osiyoda, 1938 yildan ittifoqda chop etilgan kitob va jurnallarning majburiy nusxasini ola boshlagan. Kutubxona fondida nodir qo&#8217;lyozmalar, litografiyada bosilgan asarlar, fan sohalariga oid Sharq va G&#8217;arb tillarida noyob yodgorliklar, olimlarning shaxsiy kitoblari bor. Ilmiy kutubxonada kitob fondini to&#8217;ldirish, kitoblarga ilmiy ishlov berish va kataloglashtirish, kitob fondini saqlash, ilmiy bibliografiya, g&#8217;oyaviy-tarbiyaviy ishlar, ilmiy metodik ishlar, kitobxonlarga xizmat qo&#8217;rsatish, kutubxonachilik-bibliografik va axborot jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bo&#8217;limlari faoliyat ko&#8217;rsatadi, kompyuter xonasi bor. Bundan tashqari ilmiy kutubxonaning universitet asosiy binosi va fakultetlarida joylashgan shoxobchalari mavjud. Ilmiy kutubxona ilmiy kitoblar, fakultetlardagi 14 sohadagi o&#8217;quv kutubxonalari bo&#8217;limlari, 16 o&#8217;quv zallari (700 o&#8217;rinli) orqali kitobxonlarga xizmat ko&#8217;rsatadi (2005). Maxsus zallarda yangi adabiyotlar bilan tanishtirish uchun &#8220;Axborot haftaliklari&#8221;, &#8220;Kafedralar kuni&#8221;, &#8220;Mutaxassislar kuni&#8221;, &#8220;Diplomantlar kuni&#8221; kabi ko&#8217;rgazmalar uyushtiradi. Ilmiy kutubxona O&#8217;zbekiston Respublikasi oliy o&#8217;quv yurtlari bo&#8217;yicha Kutubxonalararo abonementning muvofiqlashtiruvchi markazi, oliy va maxsus o&#8217;quv yurtlari kutubxonalarining metodik markazi sifatida respublikadagi 65 ta oliy o&#8217;quv yurtlari kutubxonalariga ma&#8217;lumotnomalar, maslahatlar, metodik yordam ishlarini amalga oshiradi. Xorijiy mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya va boshqalar) bilan hamkorlik qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING ILMIY KUTUBXONASI, Mirzo Ulug&#8217;bek nomidagi O&#8217;zbekiston milliy universitetining ilmiy kutubxonasi \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasidagi qadimiy va yirik kutubxonalardan biri. Tarkibi va miqdori jihatdan O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;iston davlatlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-milliy-universitetining-ilmiy-kutubxonasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-14997","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14997","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14997"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14997\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14998,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14997\/revisions\/14998"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14997"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14997"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14997"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}