{"id":15051,"date":"2022-01-21T07:47:29","date_gmt":"2022-01-21T04:47:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15051"},"modified":"2022-01-21T07:47:30","modified_gmt":"2022-01-21T04:47:30","slug":"ozbekiston-respublikasi-amaliy-sanati-muzeyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasi-amaliy-sanati-muzeyi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASI AMALIY SAN&#8217;ATI MUZEYI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASI AMALIY SAN&#8217;ATI MUZEYI \u2014 madaniy-ma&#8217;rifiy, ilmiy muassasa; 1937 yilda Toshkent shahrida ochilgan muvaqqat hunarmandlik ko&#8217;rgazmasi zaminida amaliy san&#8217;at (hunarmandchilik) muzeyi tashkil qilingan. 1960-97 yillarda O&#8217;zbekiston mahalliy sanoat vazirligi tarkibida bo&#8217;lib, &#8220;O&#8217;zbekiston amaliy san&#8217;at asarlari doimiy ko&#8217;rgazmasi&#8221; deb atalgan, 1997 yildan hozirgi nomida hamda O&#8217;zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi ixtiyorida. Muzeyda ekskursiyalar, ko&#8217;rgazmalar, xazina, ilmiy metodika bo&#8217;limlari, kutubxona (Internet tarmog&#8217;iga ulangan) bor. Muzey xazinasida 19-asrning 1-yarmidan to hozirgi kungacha bo&#8217;lgan davrda o&#8217;zbekistonlik ustalar tomonidan yaratilgan amaliy san&#8217;at durdonalari iig&#8217;ilgan. Ularni badiiy jihatdan 3 guruhga ajratish mumkin: qadimiy an&#8217;analarda yaratilgan, har bir hududning o&#8217;ziga xosligini aks ettirgan san&#8217;at asarlari; 20-asr 2-yarmidan xalq ustalari an&#8217;anaviy uslubni yo&#8217;qotmagan holda o&#8217;z ijodi bilan rivojlantirib yaratilgan san&#8217;at asarlari; bugungi kun amaliy san&#8217;at taraqqiyotidan kelib chiqib zamonaviy san&#8217;at talablari darajasida yaratilgan yetuk san&#8217;at asarlari. Ular 20 nomdagi (kulollik, chinnisozlik, shishasozlik, kashtado&#8217;zlik, do&#8217;ppi, matoga gul bosish \u2014 chitgarlik, badiiy mato, milliy kiyim, gilamchilik, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, naqqoshlik, lokli miniatyura, zargarlik, kandakorlik, pichoqchilik va boshqalar) to&#8217;plamda saqlanadi va muzey ekspozitsiyasi ham shu nomlar bo&#8217;yicha namoyish etiladi. Muzey ilmiy muassasa sifatida amaliy san&#8217;at bo&#8217;yicha keng ko&#8217;lamda ilmiy tekshirish ishlari olib boradi, buyumlarni sotib oladi, ilmiy yoritadi, ekspozitsiyalarida namoyish etadi, buklet, kataloglar nashr etadi, ko&#8217;rgazmalar, ekskursiyalar, ilmiy anjumanlar uyushtiradi. Muzey 1938 yildan 19-asr oxirida bunyod etilgan chor Rossiyasining diplomati A.A.Polovtsevning sobiq saroyida joylashgan. Binoning o&#8217;zi ham xalq me&#8217;morligi va bezak san&#8217;atining nodir namunasidir. Uni qurish va bezashda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva va boshqalar shaharlardan kelgan ustalar qatnashgan, bino ganch va yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, naqqoshlik bilan jozibador bezatilgan. Markaziy xona (sobiq mehmonxona) shifti kundal uslubida bezatilgan bo&#8217;lib, usta O. Qosimjonov naqqoshlarga boshchilik qilgan, koshinlarini rishtonlik kulol usta Abdulla ishlagan. Xonadagi 2 kamin bezaklari Shift va devor naqshlari bilan uyg&#8217;un, 2 tokcha va mehrob bezagini yaratishda toshkentlik usta T.Arslonqulov qatnashgan. Xonaning yuqoridagi eshigidan boshqa xona (sobiq istirohatxona)ga o&#8217;tiladi, bu xona ham nafis bezatilgan. Binoning boshqa xonalarida bezak kam; 1961 yilda T.To&#8217;xtaxo&#8217;jayev boshchiligida ta&#8217;mirlangan. 1970 yilda muzeyga qo&#8217;shimcha 2 qavatli bino qurilgan. Me&#8217;mor U. Abdullayev, M. Ilhomov loyihalari asosida va ular rahbarligida muzey binosi rekonstruktsiya qilingan; 80-90-yillarda rassom Ch. Axmarov Markaziy xona devorlarini amaliy san&#8217;at mavzuidagi miniatyura asarlari bilan bezagan. Muzey haqida &#8220;O&#8217;zbektelefilm&#8221;da &#8220;Amaliy san&#8217;at muzeyi&#8221; (2003), &#8220;Amaliy san&#8217;at muzeyi ekspozisiyalari bo&#8217;ylab sayohat&#8221; (2004) filmlari ishlangan. Ad.: O&#8217;zbekiston xalq amaliy san&#8217;ati, 2 jildli, T., 2004. Turg&#8217;un Do&#8217;sshayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASI AMALIY SAN&#8217;ATI MUZEYI \u2014 madaniy-ma&#8217;rifiy, ilmiy muassasa; 1937 yilda Toshkent shahrida ochilgan muvaqqat hunarmandlik ko&#8217;rgazmasi zaminida amaliy san&#8217;at (hunarmandchilik) muzeyi tashkil qilingan. 1960-97 yillarda O&#8217;zbekiston mahalliy sanoat vazirligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasi-amaliy-sanati-muzeyi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-15051","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15051","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15051"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15051\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15054,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15051\/revisions\/15054"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15051"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15051"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15051"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}