{"id":15059,"date":"2022-01-21T17:31:22","date_gmt":"2022-01-21T14:31:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15059"},"modified":"2022-01-21T17:31:22","modified_gmt":"2022-01-21T14:31:22","slug":"ozbekiston-respublikasi-ilmiy-ommabop-va-hujjatli-filmlar-kinostudiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasi-ilmiy-ommabop-va-hujjatli-filmlar-kinostudiyasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASI ILMIY-OMMABOP VA HUJJATLI FILMLAR KINOSTUDIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASI ILMIY-OMMABOP VA HUJJATLI FILMLAR KINOSTUDIYASI \u2014 qisqa va to&#8217;lametrajli, hujjatli, xronikal, ilmiy-ommabop filmlar ishlab chiqaruvchi kinostudiya. 1934 yil respublika kinoxronika studiyasi sifatida tashkil bo&#8217;lgan. 30-yillardan 1960 yilgacha turli kinogo&#8217;plam, kinojurnallar, jumladan, oylik kinojurnal va maxsus tematik filmlar ishlangan. Maxsus filmlar biror muhim voqea va sanalarga bag&#8217;ishlangan. D.Yashin, V. Usova, D. Demuskiy, Sh.Zohidov, M.Qayumov, O. Tursunov, A. Saidov, O.Rahimov, M. Krasnyanskiy, A. Ibrohim, A. Umarov va boshqalar eng faol ijodkorlar bo&#8217;lgan. &#8220;Kolxoz to&#8217;yi&#8221;, &#8220;Gulsara&#8221;, &#8220;O&#8217;zbek adabiyoti va san&#8217;atining Moskvada o&#8217;tgan dekadasi&#8221; kabi filmlar respublika hujjatli kinosining dastlabki filmkontsert janri namunalaridir. Urush yillari respublika kinoxronikasi va hujjatli kino namunalari g&#8217;oyaviy mavzu yo&#8217;nalishiga ko&#8217;ra harbiy vatanparvarlik, safarbarlik va frontga yordam masalalari bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, davr hujjati sifatida qimmatlidir, ijtimoiy, siyosiy, madaniy hayotni, kino san&#8217;ati tarixini o&#8217;rganishda muhim manba hisoblanadi. 1949 yil Respublika kinoxronika studiyasi tugatildi. &#8220;O&#8217;zbekfilm&#8221; qoshida kinoxronika sektori tuzilib, u hujjatli va xronikal filmlar ishlab chiqarish bilan shug&#8217;ullandi. 1961 yil O&#8217;zbekiston ilmiy- ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi nomi bilan mustaqil kinostudiya sifatida ajralib chiqdi. 1996 yildan hozirgi nomda. 1968 yil Qoraqalpog&#8217;istonda Nukus filiali tashkil topdi. Kinostudiya Butunittifoq Kinematografiya instituti (VGIK) ni tugatib kelgan kadrlar bilan mustahkamlandi. T.Nodirov, N. Otaullayeva, L. Fayziyev, D. Salimov, A.Bobojonov, B. Muzaffarov va boshqalar shular jumlasidan. &#8220;O&#8217;zbekistonimizga keling&#8221;, &#8220;Uzzu kun shamol&#8221; (Leypsig xalqaro kinofestivalining &#8220;Kumush kabutar&#8221; sovrinini olgan), &#8220;Paranji&#8221; (shu festivalning &#8220;Oltin kabutar&#8221; sovrini), &#8220;Bobo&#8221; (Krakov xalqaro kinofestivalining &#8220;Kumush ajdar&#8221; sovrini), &#8220;O&#8217;n uch qaddirg&#8217;och&#8221;, &#8220;Mirzacho&#8217;l&#8221;, &#8220;Askar frontdan qaytdi&#8221;, &#8220;Frontchi qiz&#8221;, &#8220;Bo&#8217;ri&#8221; (Portugaliyaning Santarema xalqaro kinofestivalining &#8220;Kumush barg&#8221; sovrini), &#8220;Inturist kecha, bugun, ertaga&#8221; kabi filmlari bilan jahonga yuz tutdi. 90-yillarning dastlabki yillarida film ishlab chiqarish birmuncha kamaydi. Ammo 1996 yil &#8220;O&#8217;zbekkino&#8221; davlat aktsionerlik kompaniyasi tashkil etilgach, kinostudiya shu tashkilot tizimida yana faol ishlay boshladi. Kinostudiyada bir yilda 40 dan ortiq turli janr va mavzuda filmlar yaratiladi. Bundan tashqari, xalq ta&#8217;limi vazirligi va turli tashkilotlarning buyurtmalariga binoan ham filmlar ishlab chiqariladi. Mustaqillik o&#8217;zbek hujjatli kinochilari uchun avvallari norasmiy tarzda taqiqlangan bir qancha mavzularni yoritish imkonini berdi. Ayni shu yillarda &#8220;Istiqlol fidoyilari&#8221; rukni tashkil qilindi va &#8220;Behbudiy&#8221;, &#8220;Fitrat&#8221;, &#8220;Munavvarqori Abdurashidxonov&#8221;, &#8220;Said Ahroriy&#8221;, &#8220;Istiqlolning buyuk yo&#8217;li&#8221;, &#8220;Abdulla Qodiriyning yurgan yo&#8217;llari&#8221; (hammasining rejissyori G&#8217;.Shodmonov), &#8220;Cho&#8217;lpon&#8221; (rejissyori Sh. Mahmudov) kabi hujjatli filmlar yaratildi. Ayniqsa, kinostudiya ijodkorlari tomonidan yaratilgan &#8220;Ruh&#8221; (rejissyor B. Muzaffarov), &#8220;Qorako&#8217;l&#8221;, &#8220;Qog&#8217;oz uycha&#8221;, &#8220;Ular Germaniyada o&#8217;qigan edilar&#8221; (Sh. Mahmudov), &#8220;Tashnalik&#8221; (T.Yunus) va boshqalar filmlar turli festivallar sovriniga sazovor bo&#8217;ldi. Milliy qadriyatlarimizni xalq ommasiga yanada keng tanishtirish maqsadida &#8220;Ahmad Yassaviy&#8221; (rejissyor J. Qosimov), Ahmad Farg&#8217;oniyga bag&#8217;ishlangan &#8220;Ikkinchi umr&#8221; (J.Ishoqov), &#8220;Al- Buxoriy&#8221; (F.Fayziyev), Marg&#8217;inoniyga bag&#8217;ishlangan &#8220;Fiqh olamining sultoni&#8221; (X.Valiyev) kabi filmlar ishlandi. Studiyada G&#8217;.Shodmonov, X.Valiyev, U Ortiqov, J.Ishoqov, A.To&#8217;laganov kabi tajribali kinohujjatchilar qatori A. Dadashev, M.Karimov, R. Husnutdinov, M.Abdullayev kabi yoshlar faoliyat ko&#8217;rsatmoqdalar. Shuningdek, Sh. Abbosov, R.Botirov, S. Nazarmuhamedov, A.Akbarxo&#8217;jaevlar har yili hujjatli kinovideofilmlar yaratmoqdalar. Toir Yunusov, Zuhra Po&#8217;latova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASI ILMIY-OMMABOP VA HUJJATLI FILMLAR KINOSTUDIYASI \u2014 qisqa va to&#8217;lametrajli, hujjatli, xronikal, ilmiy-ommabop filmlar ishlab chiqaruvchi kinostudiya. 1934 yil respublika kinoxronika studiyasi sifatida tashkil bo&#8217;lgan. 30-yillardan 1960 yilgacha turli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasi-ilmiy-ommabop-va-hujjatli-filmlar-kinostudiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-15059","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15059","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15059"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15059\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15060,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15059\/revisions\/15060"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15059"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15059"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15059"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}