{"id":153030,"date":"2024-12-30T12:54:30","date_gmt":"2024-12-30T09:54:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153030"},"modified":"2024-12-30T12:54:33","modified_gmt":"2024-12-30T09:54:33","slug":"abu-muin-nasafiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abu-muin-nasafiy\/","title":{"rendered":"Abu Muin Nasafiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Abu Muin Nasafiy \u2013 to\u2019liq ismi Abu Muin Maymun ibn Muhammad ibn Mu\u2019tamid ibn Muhammad ibn Makhul ibn al-Fazl an-Nasafiy al-Makhuliy (1046-Nasaf-1114.21.05) mutakallim olim. Movarounnahrda hanafiya aqidasi va moturidiya kalom ta\u2019limotining rivojlanishida Abu Mansur Moturudiydan keying ikkinchi olim hisoblangan. Abu Muin Nasafiyning hayoti va ilmiy-ma\u2019naviy merosi haqida Ibn Abul Vafo Kurashiy (vafoti 1373), Ibn Qutlubug\u2019o (vafoti 174), Toshko\u2019prizoda (vafoti 1582), Hoji Xalifa (vafoti 1886) va boshqa olimlar o\u2019z asarlarida qisqacha to\u2019xtalib o\u2019tishgan. Abu Hafs Nasafiy va Abul Barakot Nasafiy uning shogirdlari bo\u2019lgan. Abu Muin Nasafiy Al-Imom al-ajal az-zohid (Zohid va ulug\u2019 imom), Al-Faqih al-hanafiy va sayf al-haqih [Hanafiy faqihi va haq (Alloh) qilichi)], Jomi\u2019 al-usul (Usullar jamlovchi) va Rais ahli sunna val-jamoat (Ahli sunna val-jamoat raisi) kabi bir qancha laqablar bilan ham atalgan. Uning asarlarini ko\u2019chirgan xattotlar \u201cQola\u2026\u201d (\u201c\u2026 aytadi\u201d) deb, ketidan yuqoridagi nomlar bilan allomani sifatlashgan. Abu Muin Nasafiy dastlabki ta\u2019limni Nasafda otasi Muhammad Makhuldan olib, so\u2019ngra ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Samarqandga va siyosiy vaziyatlar tufayli u yerdan Buxoroga ko\u2019chib o\u2019tgan. Abul Yusr Pazdaviy, Faxrul islom Abul Hasan Pazdaviydan iborat olimlar guruhi bilan dastlab Samarqandda, so\u2019ngra Buxoroda samarali ilmiy faoliyat olib borgan. Allomaning ilmiy faoliyati davomida boshqa o\u2019lkalarga safar qilganligi manbalarda deyarli uchramaydi. Jiybulloh Hasan Ahmadning ma\u2019lumot berishicha, Abu Muin Nasafiy Damashqa Ali ibn Husayn Muhammad Balxiy Samarqandiyga hadis ilmidan saboq bergan. Alloma nafaqat kalom ilmining allomasi, balki o\u2019z davrining faqihi va usulchi olimi sifatida ham shuhrat qozongan. Turkiyalik kalomshunos olim professor Husayn Otay: \u201cMoturidiylik ta\u2019limotining eng mashhur mutakallim olim Abu Muin Nasafiydan keyin uning yo\u2019li va tizimida u kabi shaxs hali yetishib chiqmagan\u201d, deb allomaning ilmiy merosiga yuksak baho bergan. Moturidiyning \u201cKitob at-tavhid\u201d asarini nashrga tayyorlagan tadqiqotchi Fathulloh Xulayf ham moturidiylik kalom maktabining rivojida hech kim Abu Muin Nasafiydek katta xizmat ko\u2019rsatmagan, ash\u2019ariylik maktabini Boqilloniy va G\u2019azoliysiz tasavvur qilib bo\u2019lmaganidek, morutidiylik ta\u2019limotini ham Abul Muinsiz aslo tasavvur qilib bo\u2019lmaydi\u201d, deb uning ilmiy merosini alohida qadrlagan. Manbalarda quyidagi asarlar Abu Muin Nasafiy qalamiga mansub deb keltirilgan: \u201cAt-Tamhid li qavoid at-tavhid\u201d (\u201cTavhid qoidalariga muqaddima\u201d), \u201cBahr al-kalom\u201d (\u201cKalom ilmi ummoni\u201d), \u201cSharh al-jomi\u2019 al-kabir\u201d (\u201cKatta to\u2019plam sharhi\u201d), \u201cManohij al-aimma fil furu\u201d (\u201cImomlarning furu\u2019 al-fiqhdagi uslublari\u201d), \u201cIzoh al-manhaj li kavn al-aql hujjatan\u201d (\u201cAqlning hujjat bo\u2019lishida manhajning izohi\u201d), \u201cTabsirat al-adilla fi usul ad-din ala tariqat Abi Mansur al-MoMoturidiy\u201d (\u201cDin asoslarini isbotlashda Abu Mansur Moturidiy ta\u2019limoti bo\u2019yicha aniq va ravon dalillar\u201d). Mazkur asarlardan bizgacha yetib kelganlari: \u201cTabsirat al-adilla\u201d, \u201cBahr al-kalom\u201d va \u201cAt-Tamhid li qavoid at-tavhid\u201d. Ushbu asarlarining nodir qo\u2019lyozma nusxalari arab tadqiqotchilari tomonidan bir necha bor tadqih etilib nashr etilgan. Abu Muin Nasafiyning vafotidan biroz vaqt o\u2019tgach, uning shogirdi Najmiddin Abu Hafs Nasafiy \u201cAqoid an-Nasafiy\u201d asarini yozgan va unda moturidiylik ta\u2019limotini Abu Muin Nasafiy ifodalari vositasida aks ettirgan. Allomaning qabri Qarshi shahridan uncha uzoq bo\u2019lmagan Qovchin qishlog\u2019ida joylashgan. Ushbu maqbara tabarruk ziyoratgohlardan sanaladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abu Muin Nasafiy \u2013 to\u2019liq ismi Abu Muin Maymun ibn Muhammad ibn Mu\u2019tamid ibn Muhammad ibn Makhul ibn al-Fazl an-Nasafiy al-Makhuliy (1046-Nasaf-1114.21.05) mutakallim olim. Movarounnahrda hanafiya aqidasi va moturidiya kalom &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abu-muin-nasafiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":152644,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[977],"tags":[],"class_list":["post-153030","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-islomga-oid-ensiklopediya","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153030","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153030"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153030\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153031,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153030\/revisions\/153031"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/152644"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153030"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153030"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153030"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}