{"id":153081,"date":"2025-09-05T08:58:32","date_gmt":"2025-09-05T05:58:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153081"},"modified":"2025-09-08T12:23:15","modified_gmt":"2025-09-08T09:23:15","slug":"arxitektura-sanat-din","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arxitektura-sanat-din\/","title":{"rendered":"Arxitektura, san\u2019at, din"},"content":{"rendered":"\n<p>Qadimiy Samarqandning arxitektura va san\u2019at yodgorliklarini uch davrga: qadimiy so\u2019g\u2019d (miloddan avvalgi VI-IV asrlar), so\u2019g\u2019d-ellinistik (miloddan avvalgi III-I asrlar), so\u2019g\u2019d-kangyuy (milodiy I-IV asrlar) davrlariga mansub deyish mumkin. Afrosiyob shahar xarobalaridagi eng qadimiy qatlamlar uning territoriyasida bir yarim ming yil davomida yashab kelgan shahar tufayli buzilib ketgan. Eng qadimgi inshootlar qoldiqlaridan shahar xarobasining janubiy qismida, Shohizinda ansambli sharqida binolardan qolgan paxsa devorlarigina aniqlandi. Bundan tashqari, ba\u2019zi tadqiqotchilar ayrim joylarda o\u2019sha zamonga oid mudofaa inshootlarining nishonlari ko\u2019rinib qolmoqda deb taxmin qilmoqdalar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu yerdan topilgan ikkita gemma (sirtiga xat o\u2019yilgan yoki naqsh solingan qimmatbaho tosh) eng qadimiy tasviriy san\u2019at yodgorliklaridan hisoblanadi. Bularning birida yoy otuvchi jangchi tasvirlangan. Ikkinchi gemma esa ikki tomonli bo\u2019lib, yuz tomonida bo\u2019yniga yoy o\u2019qi sanchilgan va chopib borayotgan Serka tasvirlangan; orqa tomonida esa boshida to\u2019g\u2019ri chiziqlar bilan chizilgan uchburchak shaklidagi bezagi bo\u2019lgan qanotli buqa tasvirlangan; ehtimol, bu \u2013 ov qurolidir. Ana shu ikki gemmada O\u2019rta Osiyoda tuzilgan dastlabki davlatlar san\u2019atida yuz bergan ikki yo\u2019nalish, ikki uslub ifodalangan. Bulardan birinchisini dehqonchilik bilan shug\u2019ullanuvchi o\u2019troq xalqlarning san\u2019atiga xos \u201cafsonaviy realizm\u201d sifatida xarakterlash mumkin, ikkinchisi esa cho\u2019lda chorvachilik bilan mashg\u2019ul bo\u2019lgan xalqlarning san\u2019atida ko\u2019proq ma\u2019lum bo\u2019lgan \u201cyovvoyi uslub\u201ddagi yodgorliklarga yaqindir.<\/p>\n\n\n\n<p>Amaliy san\u2019at kulolchilik ishlab chiqarishida, konus va tsilindrsimon idishlar shaklida aks ettirilgan. Zebi-ziynat buyumlari orasida feruzadan yasalgan tsilindr shaklidagi mayda munchoqlar topildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abadiy unumdorlik g\u2019oyasi bilan bog\u2019langan eng qadimiy ideologik tasavvurlar koroplastika asarlari \u2013 pishirilgan loy \u2013 terrakotadan yasalgan haykaltaroshlik buyumlarida xudolar, odamlar, hayvonlarning tasvirlarini yaratish san\u2019ati orqali aks ettirilgan. O\u2019sha davrdagi amaliy san\u2019at yodgorliklarining bu turi onalik belgilari bo\u2019rttirib ko\u2019rsatilgan yalang\u2019och yoki yarim yalang\u2019och tasvirining ayrim topildiqlaridan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi, so\u2019g\u2019d-ellinistik davrdagi O\u2019rta Osiyo xalqlari san\u2019atida makedoniyalik Iskandar istilosining oqibatlari o\u2019z aksini topgan: kulolchilikda, tanga-chaqa zarb qilishda, terrakotadan yasalgan buyumlarda shunday belgilar aniqlandiki, ularni ustalar va rassomlar o\u2019z ishlab chiqarish faoliyatida ba\u2019zi ellinistik an\u2019analarni qabul qilganligi natijasi deb qarash mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019hna Afrosiyobning shimoliy qismida qazib topilgan uzunligi 60 metr qadimiy qal\u2019a devorining bo\u2019lagi bu yerda shu choqqacha aniqlangan eng mashhur arxitektura obidasi sanaladi. Devor Siyob daryosining baland jari ustida qurilgan bo\u2019lib, shu jar bo\u2019ylab cho\u2019zilib ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qazilgan uchastkadagi qal\u2019a devorining kengligi va plani bir xilda emas: g\u2019arbiy qismida devor bir qavatli bo\u2019lib, qalinligi 2,8-4 metr keladigan qilib g\u2019ishtdan terilgan, uchastkaning sharqiy qismidagi devor ichkarisida yo\u2019lak bo\u2019lib, devorning umumiy qalinligi qariyb 6 metrga yetadi. Devorning tashqi tomonida burjlar bo\u2019lgan bo\u2019lsa kerak. Yo\u2019lakdan jarga tomon olib boradigan eshik o\u2019rinlari va ochilgan uchastkaning g\u2019arbiy qismida devorning qalinlashib borishi bundan dalolat beradi; ichki tomondan devorda ustunlar bo\u2019lganligi aniqlandi, bular esa shaharning boshqa imoratlari unga tutashtirilmagani va devor bo\u2019ylab yurib o\u2019tiladigan yo\u2019l qoldirilganini ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019p miqdorda shag\u2019al aralashtirilgan loy qorishmasidan iborat 50 santimetr qalinlikdagi qatlam devorning poydevori bo\u2019lib xizmat qilgan; ana shu poydevor ustida to\u2019rt burchak shaklidagi xom g\u2019ishtdan (uzunligi 35-37 sm, qalinligi 13-16 sm) terilgan devor ko\u2019tarilgan. G\u2019isht loy qorishma bilan urilgan. Devorning pastki qismidagi deyarli har bir g\u2019ishtning sirtida boshqa shaharlarning qal\u2019a devorlari va binolarida ham aniqlangan maxsus belgilar topildi. Bu belgilar alohida yoki bir guruh ishchilar tomonidan bajarilgan ishni hisobga olish uchun qilingan tamg\u2019a bo\u2019lishi yoki qandaydir sirli ma\u2019noni anglatishi ham ehtimoldan xoli emas, deb taxmin qilinmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida aytilgan devor vaqt jihatidan miloddan avvalgi II-I asrlarga to\u2019g\u2019ri keladi; uning g\u2019arbiy qismidagi poydevor tagidan bundan ham qadimiyroq davrga oid paxsa devor qoldiqlari aniqlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahar xarobasining shimoliy qismida topilgan devor bilan bir vaqtda qurilgan inshootlarning qoldiqlari yana uning g\u2019arbida qadimiy binoning bir devoir, shuningdek, hovli qo\u2019rasining bir qismi aniqlandi. Shaharning sharqi-janubiy qismida esa biro z ko\u2019proq inshoot qoldiqlari ochildi. Bu yerda o\u2019tkazilgan qazishma natijasida xom g\u2019ishtdan qilingan binoning bir xonasi topildi. Uyning balandligi 4 metr bo\u2019lib, tomi gumbazsimon qilib yopilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ehtimol, Afrosiyobning tagida qadimiy monumental rassomlik va haykaltaroshlik obidalari yarinib yotgandir, lekin ularni topish uchun qazishmalar o\u2019tkazish kerak. Shaharning shimoliy qismida XII asrdagi Jome machitining vayronalari tagida ancha chuqurlikda devorning bir qismi ochildi. Bu devorning oq fonida qizil va qora bo\u2019yoqlar bilan ishlangan rasmlar topildi. \u201cKichik shakldagi\u201d san\u2019at asarlari \u2013 gemmalar va terrakotalar ancha tuzuk ishlangan ko\u2019rinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana bir necha gemmalar topilgan bo\u2019lib, ular mahalliy didni hisobga olgan holda boshqa yurtlarda tayyorlangan bo\u2019lsa kerak. Bulardan ikkitasiga yunon panteoni ma\u2019budalari \u2013 Pallada va Artemida tasvirlangan; uchta gemmada ellinistik tipga oid bo\u2019lgan bosh kiyimdagi jangchilar tasviri bor. O\u2019ymakorlarning uncha qimmatbaho bo\u2019lmagan toshga o\u2019yib ishlangan bu asarlari, shubhasiz, mahalliy oqsuyaklarning did va talabiga mo\u2019ljallangandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Koroplastika asarlari \u2013 terrakotadan yasalgan buyumlar ancha keng tarqalgan. Haykalchalar odatda ayollar yoxud yigitlarning obrazlarini realistik tarzda yaratib beradi. Ular ba\u2019zida xiton deb atalgan libosda tasvirlangan. Terrakotadan yasalgan tasvirlar idishlarni bezash uchun ham qo\u2019llanilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida tasvirlangan qal\u2019a devorning janubrog\u2019ida qadimiy turar-joy binosining qoldiqlari ochildi. Bu xarobalar san\u2019at tarixida uchunchi davr &#8211; so\u2019g\u2019d-kangyur arxitektura qiyofasining hozircha ma\u2019lum bo\u2019lgan yagona yodgorligidir. Bu bino qadimiy qurilishlar qoldiqlari tekislangan o\u2019rinda poydevorsiz bunyod etilgan. Binokorlik materiali &nbsp;sifatida qal\u2019a devorini qurishda foydalanilgan to\u2019rt burchak shakldagi xom g\u2019isht ishlatilgan, lekin ularning kattaligi boshqacharoq (g\u2019ishtning uzunligi 35-38 sm, qalinligi 10-11 sm). Bu g\u2019ishtlarga ham ancha soddalashtirilgan belgilar qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Binodan o\u2019nga yaqin xona, aniqrog\u2019i \u2013 shu xona devorlarining pastki qismlari saqlanib qolgan. Binoni planlashtirishning muhim xususiyati aniqlandi: bino ikki qismdan iborat, uning birinchi qismi ijtimoiy xarakterdagi tadbirlar, ikki qismi esa xo\u2019jalik, ro\u2019zg\u2019or ehtiyojlari uchun mo\u2019ljallangan bo\u2019lsa kerak. Xo\u2019jalik xonalari binoning janubiy qismida joylashgan bo\u2019lib, ularda polning uch bosqichli ekanligi aniqlandi, bu esa uylarda hayotning qizg\u2019in borganligidan dalolat beradi; ularda qayta qurish belgilari ham seziladi. Uylardan birida loydan yasalgan o\u2019choq topildi. Bu o\u2019choq ovqat tayyorlash uchun mo\u2019ljallangan bo\u2019lsa ehtimol. Boshqa bir uyda don va suv saqlash uchun to\u2019ldirgan tuproq orasidan to\u2019qish stanoklarida qo\u2019llaniladigan loydan yasalgan diskalar topildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bino xarobasining shimoliy qismida ochilgan va janubiy qismidan yalpi devor bilan ajratilgan uylar shu bilan farq qiladiki, ularda bino bunyod etilgan butun davr mobaynida pol o\u2019zgarmagan, ya\u2019ni bir darajada turgan. Bu yerda uchta bino saqlangan bo\u2019lib, g\u2019arb tomonda joylashgan xonaning g\u2019arbiy devorining o\u2019rta qismida supa yasalgan. Unda otashparastlarning mehrobi turgan. Uyning polida 10 sm qalinlikda kul qatlami borligi aniqlandi. Mehrob ibodat qilish jarayonida kuygan uchi yumaloq shakldagi alohida loy plitalardan yasalgan. Ikki plita ketma-ket tik qilib qo\u2019yilib, devorga suvalgan, uchinchi plita esa maydoncha shaklida, ikki plita oldiga gorizontal qilib qo\u2019yilgan. Ana shu maydonchada o\u2019t yoqilgan. Plita qo\u2019yilgan maydoncha o\u2019rtasida to\u2019g\u2019ri burchakli chuqurcha yasalgan, unda qizigan ko\u2019mir saqlangan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Mehrobi bo\u2019lgan xonadan sharq tomonda binoning qolgan ikki xonasi joylashgan, maydoni jihatidan bu xonalarning ikkalasi birga birinchi xonaning bir o\u2019ziga taxminan baravar keladi. Shimol tomondagi binoning g\u2019arbiy devorida uchta tokcha bo\u2019lib, ulanring o\u2019rtadagisi ravoqsimondir. Shu o\u2019rtasidagi tokcha oldida ham o\u2019t yondirilgan bo\u2019lsa kerak, chunki tuproq pol biroz ko\u2019tarilgan va kuygan. Bu xonadagi torgina eshik janubroqda joylashgan xo\u2019jalik ehtiyojlari uchun mo\u2019ljallangan xona bilan yonma-yon bo\u2019lgan xonaga olib boradi; devorlar yonida o\u2019tirish uchun supalar qilingan, g\u2019arbi-janubiy burchakda suv saqlash uchun bo\u2019lsa kerak xum turardi. Bu yerda odamlar to\u2019planishib dam olishgan, suhbatlashishgan yoki ibodat qilishgan. Xonaning polida terrakotadan yasalgan ma\u2019buda tasviri topildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xo\u2019sh, binoning, umuman \u201cozoda\u201d ikkinchi yarmi qanday bo\u2019lgan? Mehrobli xona, shubhasiz, ibodat qiladigan joy bo\u2019lib, bu yerda zardushtiylar o\u2019tga sig\u2019inganlar: xonadagi mehrob va olov yoqiladigan joy, poldagi kul qatlami ana shundan dalolat berib turibdi. Yonma-yon joylashgan ikki xona ham diniy rasm-rusmlarni o\u2019tash uchun mo\u2019ljallangan, ulardan birida ovqat tayyorlash uchun mo\u2019ljallangan o\u2019choq topildi, ikkinchi xonaning tuzilishi esa ijtimoiy maqsadlar uchun mo\u2019ljallanganini ko\u2019rsatib turibdi. Etnografik kuzatishlardan shu narsa ma\u2019lumki, tog\u2019larda yashovchi tojiklarda yaqin vaqtlargacha kechqurun yig\u2019ilishlar va umumiy suhbatlar o\u2019tkazish uchun mo\u2019ljallangan jamoa uylari (olov-xonalar) bo\u2019lib, ular machit yonida joylashardi. Bu nomning (olovxona) o\u2019ziyoq bu yerda o\u2019t yoqilganini ko\u2019rsatib turadi. O\u2019tkazilgan kuzatishlarni qiyoslab shunday xulosa chiqarish mumkinki, qadim zamonlarda ham mehrobli ibodatxona yaqinida shubhasiz odamlar o\u2019zlarining bo\u2019sh vaqtlarini o\u2019tkazadigan, mehmonlarni qabul qiladigan, shuningdek, ibodat qiladigan va o\u2019rtada olov yonadigan xonalar joylashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Binoning saqlanib qolgan qismlari bo\u2019yicha, umuman uning planini tiklash mumkin emas. Bino o\u2019zining old tomoni bilan g\u2019arb tomonda joylashgan va hovuzi bo\u2019lgan chuqurlikdan ancha baland turgan; sharqiy yalpi devor qadimiy xarobalarga tutashgan. Bu alohida qurilgan qasr tipidagi kata bino bo\u2019lgan. Binoning milodiy I asr oxiridan ilgari qurilmagan va II-III asrlarda foydalanilganligini undan topilgan sopol topildiqlar kompleksi ko\u2019rsatib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bino vayronalarini tozalagan vaqtda terrakotadan yasalgan ikki buyum topildi, bulardan biri ma\u2019buda tasviri ekanligi yuqorida aytib o\u2019tilgan edi. Bu buyum qo\u2019llarni ko\u2019kragidan pastroq tanasiga qo\u2019yib turgan ayolning yupqa plitadan tayyor qolipda yasalgan haykalchasidir. Uning boshi haddan tashqari kata va yelkalari tor bo\u2019lib, yuzi to\u2019ladan kelgan, yuz tuzilishi sxematik tarzda berilgan. Ayolning bo\u2019yni qisqa va juda yo\u2019g\u2019on ishlangan bo\u2019lib, munchoq taqilgan. Ibodat qilinaverib bo\u2019lsa kerak terrakota juda siqalanib ketgan, shu sabali uning libosini ajratish qiyin. Plitaning balandligi 10,4 sm.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunisi muhimki, yuqorida tasvirlangan terakota joylashishi va tuzilishi jihatidan ibodatxona sifatida ajratilgan xonadan topildi, bu topildiq uyning ana shu vazifani o\u2019tash uchun mo\u2019ljallanganligini tasdiqlab turibdi. Ma\u2019buda tasviri juda qadimiy bo\u2019lib, dehqonchilik rivojlanishining ilk bosqichlarida dehqonchilik bilan shug\u2019ullanuvchi xalqlarning diniy tasavvurlari bilan bog\u2019langandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Tokchasi oldida o\u2019chog\u2019i bo\u2019lgan qo\u2019shni xonadan ikkinchi bir terrakota \u2013 yuz tuzilishi jiddiy va istehzoli erkak kishi kallasining tasviri topildi. Qanshari bilan o\u2019sib tutashgan uning qing\u2019ir burni juda kata; og\u2019zi qisilgan, qiyshiq bo\u2019lib, lunjida asimmetrik ajinlar bor; iyagi ancha kattaroq ancha oldinga chiqib turibdi. Ko\u2019zlari ravshan tasvirlangan. Peshanasi ikki qatli bosh kiyimining osilib turgan burmalari bilan butunlar yopilgan. Bo\u2019yni uzun va yo\u2019g\u2019on. Bu terrakotada ellinistik an\u2019ana o\u2019z ifodasini topgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz ikki terrakotani tasvirladik, ularning topilgan joyi aniq; lekin bunday topildiqlar hali oz. Biroq Afrosiyob xarobalarida ko\u2019plab terrakotalar qazishmalar vaqtida to\u2019ppa-to\u2019g\u2019ri qatlamlar yuzidan yoki qatlamlar \u00fduzidan yoki qatlamlar orasidan topildi, lekin ular topilgan qatlamlar aniqlanmagan. Bu hol esa terrakotalardan tariziy manba sifatida foydalanishni qiyinlashtiradi. Ammo san\u2019atshunoslarning tadqiqotlari tufayli bu turdagi ko\u2019pgina yodgorliklarning sanasi belgilandi, ularning ma\u2019nosi aniqlandi. Ayol xudolar tasvirlangan haykalchalar ancha ko\u2019p bo\u2019lib, ulardan butun bir galereya tuzish mumkin. Tasvirlar orasida bir xil yoki hatto bir-biriga o\u2019xshashlari kamdan-kam uchraydi, ular yuz tuzilishi, qo\u2019llarining holati (ularning qo\u2019llarida ko\u2019pincha meva yoki gul bor), hamisha ziynatli liboslari, bosh kiyimlari bilan farq qiladi. Haykalchalarda qadimiy So\u2019g\u2019d aholisining etnik tiplari tasvirlangan bo\u2019lib, bulardagi tafovutlarning sababi panteronlarning hamda diniy tasavvurlarning ishlab chiqilgan ramzi va afsonalarning ko\u2019pligida bo\u2019lsa kerak. Terrakota tasvirlarning boshqa turlari \u2013 mashshoq erkaklar tasviri kam, lekin bunday tasvirlarning mavjudligi terrakotalarning hammasi ham diniy mohiyatga ega bo\u2019lmasdan, balki ulardan ayrimlarida oddiy kishilar ham tasvirlarnganligini ko\u2019rsatadi. Bundan idishlarning antropomorflar bilan bezatilishi ham dalolat berib turibdi. Idishlarning shakllari (qadahlar, kosalar, ritonlar, suvdonlar) qadimiy kulollarning yuksak mahoratidan dalolat beradi. Loydan yasalgan terrakotalardan \u201cjilmayib turgan so\u2019g\u2019d\u201d tasviri xarakterlidir. Bunda sochi hurpayib turgan to\u2019la, hushchaqchaq erkak yuzi tasvirlangan. Biroq milodiy I-IV asrlardagi koroplastika qadimiy san\u2019atida dunyoviy motivlar kam aks ettirilgan, ulardan asosan dehqonchilik bilan shug\u2019ullanuvchi qadimiy xalqlarning zoroastrizmning mahalliy so\u2019g\u2019dlar diniy sistemasi variant bilan chirmashib ketgan mifologiyasi aks ettirilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qadimiy Samarqandning arxitektura va san\u2019at yodgorliklarini uch davrga: qadimiy so\u2019g\u2019d (miloddan avvalgi VI-IV asrlar), so\u2019g\u2019d-ellinistik (miloddan avvalgi III-I asrlar), so\u2019g\u2019d-kangyuy (milodiy I-IV asrlar) davrlariga mansub deyish mumkin. Afrosiyob shahar xarobalaridagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arxitektura-sanat-din\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153081","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153081","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153081"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153081\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153104,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153081\/revisions\/153104"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153081"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153081"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153081"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}