{"id":153110,"date":"2025-09-08T12:41:26","date_gmt":"2025-09-08T09:41:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153110"},"modified":"2025-09-08T12:41:28","modified_gmt":"2025-09-08T09:41:28","slug":"samarqand-xalifalikka-qarshi-olib-borilgan-ozodlik-urushining-markazi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqand-xalifalikka-qarshi-olib-borilgan-ozodlik-urushining-markazi\/","title":{"rendered":"Samarqand \u2013 xalifalikka qarshi olib borilgan ozodlik urushining markazi"},"content":{"rendered":"\n<p>Umar II ning o\u2019limini G\u2019urrak arablarga qarshi urush boshlash uchun eng qulay payt deb hisoblaydi. Endi u islom dinini qabul qilmagan feodallar tomonidangina emas, balki musulmonlikka kirgan, lekin xiroj ozod bo\u2019lishlari to\u2019g\u2019risidagi orzu-umidlari amalga oshmagan kishilar tomonidan ham qo\u2019llab-quvvatlanishiga tayanishi mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019urrak arablarning bir asrlik qudrati hijriy yuzinchi yilda (719 yil) tugaydi degan gapni tarqatadi va Xitoy imperatoriga murojaat etib, arablarga qarshi kurashda unga yordam ko\u2019rsatishni iltimos qiladi. Buxor xudot Taxshada, Shosh va Farg\u2019ona hokimlari ham G\u2019urakni qo\u2019llab-quvvatladilar. G\u2019urakning so\u2019g\u2019d aholisidan juzya va xiroj to\u2019lashni talab qilgan arab hokimlariga qarshi kurashi arab xalifaligi zulmi ostida azob chekayotgan keng xalq ommasining manfaatlariga mos kelar edi. Panjikentda mustahkam o\u2019rnashib olgan ikkinchi bir hokim \u2013 Divashti Said Huzayna G\u2019urak qo\u2019zg\u2019olonini bostira olmasligiga ishonch hosil qilib, arablar va ularga xizmat qilayotgan mahalliy dehqonlarga qarshi kurashga qo\u2019shildi. U Farg\u2019ona shohining va G\u2019urakka yordam tariqasida shahzoda Qursul boshchiligida ko\u2019chmanchilarni yuborgan turk xoqonining ko\u2019magiga amin edi. Mahalliy dehqonlar G\u2019urak bilan birga Samarqand yaqinida joylashgan Baxiliya qal\u2019asini qursab oldilar. Qamalda qolgan arablar 40000 dinor to\u2019lashga va\u2019da berishdi, lekin ular bu miqdordagi dinorni to\u2019play olmasdan vaqtincha urushni to\u2019xtatishni taklif qildilar va garov tariqasida 14 kishini berdilar. Ayni vaqtda ular yashirin tarzda Samarqanddagi arab qo\u2019shinlari boshida turgan Usmon ibn Abdulladan yordam so\u2019radi. U Musayyob ibn Zuxayrga musulmonlarni kofirlarga qarshi urushga chaqirish, G\u2019urakka va uning ittifoqchilariga qarshi yurish va qurshovda qolgan musulmonlarni ozod qilish vazifasini topshirdi. Musayyob Fiy (hozirgi Narpay) nomli joyga yaqinlashdi. Shu viloyat maligi Turk \u2013 xoqon bu yerda turklarga bo\u2019ysunmagan bitta ham zodagon dehqon qolmagani haqida Musayyobga ma\u2019lum qilib, o\u2019zining 300 jangchisini unga taklif etdi. Bundan ko\u2019rinib turibdiki, birinchidan, ba\u2019zi turklar hali arablar tomonida edi, ikkinchidan, Baxiliya qal\u2019asi yaqin atrofda (Narpay) yaqinida joylashgan edi. Arablar qal\u2019aga kirib, qamalda qolganlarni ozod qildi va Samarqandga qaytib keldi. Musayyob bu kurashni tezroq tamomlashga harakat qilib, hatto, o\u2019zining yarador askarlariga yordam ko\u2019rsatmaslik to\u2019g\u2019risida buyruq berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Usmon ibn Abdulla arab garnizoni G\u2019urak va ko\u2019chmanchi turklarning xoqoni boshchiligidagi arablarga qarshi ittifoqning birlashgan kuchlariga bardosh bera olmasligini yaxshi tushunar edi. Shu sababli u Xuroson noibi amir Said Huzaynga yordam so\u2019rab bir necha bor murojaat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>720 yilda Said ibn Abdulaziz qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan So\u2019g\u2019dga qarshi birinchi marta yurish boshladi. U daryodan kechib o\u2019tib, Samarqanddagi garnizonga yordam ko\u2019rsatishga shoshildi. U shaharga yetib kelganida unga turklar va so\u2019g\u2019dlar otryadi hujum qildi. Turklar va so\u2019g\u2019dlar arablarni mamlakat ichkarisiga aldab olib kirish uchun orqaga qocha boshladilar. So\u2019ngra turklar pistirmadan chiqib, arab qo\u2019shinining oldingi qismini tor-mor keltirdi. Xuroson noibi Said Huzayna so\u2019g\u2019dlar va turklarning hujumini qaytargan bo\u2019lsa ham, lekin ularni ta\u2019qib qilmaslikni afzal ko\u2019rib, Samarqandga bordi va u yerdagi mahalliy garnizonga qo\u2019shildi. So\u2019g\u2019dda arablarga qarshi harakat kengayib ketdi. O\u2019sha yillarda Panjikent maligi Divashti ham qo\u2019zg\u2019olonchilarga qo\u2019shilgan bo\u2019lishi ehtimol. 721 yilning boshida amir Said Huzayna bo\u2019ysunmagan So\u2019g\u2019dga qarshi yangi yurish boshladi. Qamal qilingan arab garnizoni bilan qo\u2019shilish uchun bir necha marta jang qilishga majbur bo\u2019ldi. Samarqand darvozasi yaqinida bo\u2019lib o\u2019tgan ana shunday janglardan birida so\u2019g\u2019dlar arablarni aldashga intilib chekinishdi. Bundan foydalangan Said garnizon bilan birlashdi. Shahar va uning atrofidagi joylarning bir qism aholisi hali so\u2019g\u2019dlar tomonida edi. Tabariyning so\u2019zlariga qaraganda, Said kechasi kichik bir otryadni Zarafshon yuqorisiga yuborib, shu yerdagi Varagsar to\u2019g\u2019onini egallab, Samarqandni va uning atrofidagi joylarni suvdan mahrum qilishi lozim bo\u2019lgan. Bu esa so\u2019g\u2019dlarni taslim bo\u2019lishga majbur etishi mumkin edi. Biroq so\u2019g\u2019dlar to\u2019g\u2019onni qattiq turib himoya qiladi va Said jangchilari bu yurishdan bir oz o\u2019lja bilangina qaytib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>721 yilda xalifa Yazib ibn Abdumalikning maslahati bilan Said ibn al-Xarashiy Xuroson noibi qilib tayinlanadi. Unga G\u2019rak bilan Divashtini tinchlantirish va so\u2019g\u2019d xalqlarining qo\u2019zg\u2019olonini bostirish vazifasi topshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Said al-Xarashiy Movarounnahrga qarshi yurishga tayyorgarlik ko\u2019rib, o\u2019z elchilarini maktub bilan So\u2019g\u2019dga yubordi va so\u2019g\u2019dlarni itoatgo\u2019y bo\u2019lishga va islom diga qaytishga da\u2019vat etdi. Biroq so\u2019g\u2019dlarning bir qismi arablarga bo\u2019ysunishni istamadi. Said al-Xarashiy o\u2019z elchilaridan so\u2019g\u2019dlarning arablarga qarshilik ko\u2019rsatish niyati borligini bilib, yurishga yana ham puxtaroq tayyorlana boshladi. U juda bo\u2019lmaganda so\u2019g\u2019diylar jamiyatining yuqori tabaqalarini o\u2019z tomoniga qaratib olib umididan voz kechmadi. Said al-Xarashiy ketma-ket elchilar yuborib, Samarqand shohi G\u2019urakni o\u2019z tomoniga o\u2019tishga ko\u2019ndirdi. So\u2019g\u2019d shohi G\u2019urak va mahalliy feodallar bir guruhining Said al-Xarashiy tomoniga o\u2019tishi qo\u2019zg\u2019olonchilar orasida nizo tug\u2019dirdi. G\u2019urak boshchiligidagi Samarqand feodallaridan bir guruhi arablarga xiroj to\u2019lashgina emas, ularning ittifoqchilari sifatida qo\u2019zg\u2019olonchilarga qarshi kurashda qatnashish majburiyatini ham oldi. Balazuriy ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, ularning soni o\u2019n ming kishidan iborat edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oralarida savdogarlar va juda boy dehqonlar bo\u2019lgan so\u2019g\u2019dlarning Karzananj boshchiligidagi boshqa bir guruhi o\u2019z yerlariga ekin ekmay va xiroj to\u2019lamay qo\u2019ydi va So\u2019g\u2019dni tashlab Farg\u2019ona shohligi territoriyasiga ko\u2019chib ketishga qaror qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Panjikent hokimi Divashti boshchiligidagi dehqonlarning uchinchi guruhi Mo\u2019g\u2019 tog\u2019idagi qal\u2019ada mustahkam joylashib olishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019urak Karzananj boshchiligidagi guruhga arablar tomoniga o\u2019tishni taklif qildi. U so\u2019g\u2019dlarga murojaat qilib bunday dedi: \u201cSo\u2019g\u2019ddan ketmangiz, o\u2019tgan yilgi o\u2019z xirojingizni to\u2019langiz va o\u2019z yerlaringizni ishlashga so\u2019z beringiz. Agar Said al-Xarashiy \u201cg\u2019azavotda\u201d qatnashishni talab qilsa, rozilik bildiringiz, o\u2019z gunohlaringizni kechirishini iltimos qilingiz va unga garov uchun kishilar beringiz\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019urak arablar tomoniga o\u2019tganidan keyin Divashti o\u2019zini So\u2019g\u2019d shohi deb e\u2019lon qildi. Shunday qilib (721-722 yillarda) So\u2019g\u2019dni bir-biriga bog\u2019liq bo\u2019lmagan ikki shoh \u2013 G\u2019urak va Divashti boshqardi. So\u2019g\u2019d ikki qismga: arablar So\u2019g\u2019di va mustaqil So\u2019g\u2019dga bo\u2019lindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Said al-Xarashiy Samarqandda ikki farsax masofadagi Rux qal\u2019asida to\u2019xtadi. U birinchi zarbani Samarqanddan ketib, Farg\u2019ona shohi al-Tar (Olatar) qo\u2019l ostiga o\u2019tmoqchi bo\u2019lgan Karzananj gruppasiga berishga qaror qildi. Karzananj o\u2019z vatandoshlari bo\u2019lgan so\u2019g\u2019dlarga najot topishning uch yo\u2019lini taklif etdi: birinchi yo\u2019l \u2013 Said al-Xarashiy tomonidan Abdurahmon boshchiligida so\u2019g\u2019dlarga qarshi yuborilgan arab qo\u2019shinlarining oldingi qismiga hujum qilib, uni qirib tashlash. Bunda Karzananj shunday qilinsa Said al-Xarashiy So\u2019g\u2019dga qarshi yurishdan bosh tortadi, chunki u bu mamlakatni bilmaydi, Abdurahmon esa uning yo\u2019l ko\u2019rsatuvchisi deb hisoblaydi. Ikkinchi yo\u2019l \u2013 Said al-Xarashiyga qimmatli sovg\u2019alar yuborib, u taklif qiladigan hamma shartlarni qabul etish; uchinchi yo\u2019l \u2013 Shosh (Sir) daryosidan kechib, g\u2019arbiy turklarning poytaxti So\u2019yobga ketish.<\/p>\n\n\n\n<p>Tabariyning yozishiga ko\u2019ra, so\u2019g\u2019dlar Karzananj taklif qilgan planning birontasini ham ma\u2019qullamagan. Biroq Balamiy ma\u2019lumotlari Tabariy ma\u2019lumotlari bilan taqqoslansa, shu narsa ma\u2019lum bo\u2019ladiki Farg\u2019ona shohi al-Tar Karzananj planining birinchi yo\u2019liga qo\u2019shilganini sir saqlagan va shu yo\u2019l bilan Abdurahmon ibn Nuaym va uning o\u2019g\u2019li Ziyodni aldamoqchi bo\u2019ladi. Tabariyning yozishicha, al-Tar va uning jiyani Nilan (Bilaz) Abdurahmon va Ziyod boshchiligidagi Said al-Xarashiy qo\u2019shinlari avangardini aldashga erishadi. Tabariyning yozishicha, al-Tar so\u2019g\u2019dlarga tog\u2019dagi Shu\u2019bai Asom qal\u2019asiga ko\u2019chib borganlaridan keyin 20 kun o\u2019tgach, ularni o\u2019z himoyasi ostiga olishni va\u2019da qilgan. U ayni bir vaqtda taxt vorisi, Shu\u2019bai Asom qal\u2019asi joylashgan Isfara viloyati hokimi, o\u2019zining amakivachchasi Nilanni Said al-Xarashiy huzuriga yuborib, u orqali so\u2019g\u2019dlarning qal\u2019a tomon ketayotganliklari haqida xabar qilgan. U al-Tarning so\u2019g\u2019dlar bilan tuzilgan shartnomasi hali kuchga kirmagan, hali ular tog\u2019dagi qal\u2019ada mustahkamlanib olmagan ekan, ularni qurshab olib tor-mor keltirishni Said al-Xarashiyga maslahat beradi. Said al-Xarashiy Nilan bilan birga o\u2019z yo\u2019lboshchisi va qo\u2019shinlar boshlig\u2019i Abdurahmon hamda Ziyodni katta otryad bilan yuboradi. Ammo arab josuslari chakki ishlamadi. Aftidan, Said al-Xarashiy Usrushon hokimining huzurida bo\u2019lganida razvedka ma\u2019lumotini olgan bo\u2019lsa kerak, dushman niyatini tushunib, u uch kundan keyin o\u2019z otryadiga yetib keladi. U shoshmashosharlik qilmay, hal qiluvchi janglarga tayyorlana boshlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tabariyning ta\u2019kidlashicha, Said al-Xarashiyning maslahatchilari va yo\u2019l ko\u2019rsatuvchilar so\u2019g\u2019dlar tog\u2019dagi qal\u2019aga hali yetib bormaslaridan ularga hujum qilish zarurligini qayd etdilar. Lekin Said al-Xarashiy shoshmasdan, Tabariyning aytishicha, Iroqda o\u2019zining qat\u2019iyatligi va farosatligi bilan ajralib turgan Said al-Xarashiy Xurosonda \u201cyalqov va be\u2019mani\u201d bo\u2019lib qolgan edi. So\u2019g\u2019dlar arablar bilan bo\u2019lgan kichik jangda mag\u2019lubiyatga uchrab, Xo\u2019jand devorlari orqasiga ketib yashirindi. Karzananj plani fosh bo\u2019ldi, arablarga qarshi kurash olib borishda madad ko\u2019rsatishga va\u2019da bergan al-Tar shartnoma hali kuchga kirmaganligini pesh qilib, yordamdan bosh tortdi. Farg\u2019ona shohining yordamidan mahrum bo\u2019lgan so\u2019g\u2019dlar sulh tuzishni so\u2019radi: Ular Said al-Xarashiy taklif etgan shartlaning hammasini: (Tabariyning xabar berishicha) barcha arab asirlari (ayollar va bolalar) ni qaytarib berishga, xirojni to\u2019la to\u2019lashga, Xo\u2019jandda biron kimsani qoldirmay, kelgan kishilarning hammasini yana Samarqandga qaytarishga majbur bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tabariyning yozishicha, so\u2019g\u2019dlardan biri Sobit Ishtaxoniy arab ayolini o\u2019ldirganini Said al-Xarashiyga ma\u2019lum qiladi. Bu ayb Sobit Ishtaxoniyni jazolash uchun vaj bo\u2019ladi. Karzananj va uning chaqirlari aybni noto\u2019g\u2019ri deb hisoblab qo\u2019qqisdan arablarga zarba berib, ularning qurollarini tortib olishga qaror qiladi. Biroq bu urinish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Said al-Xashariy buni bilib qolib, bo\u2019ysunmagan samarqandliklarning hammasini qirib tashlashni buyuradi. Tabariyning so\u2019zlariga qaraganda, samarqandliklar so\u2019nggi daqiqalargacha taslim bo\u2019lmaganlar. Faqat o\u2019zlarini arablardan sotib olgan 400 so\u2019g\u2019d savdogarlarigina tirik qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Said al-Xarashiy so\u2019g\u2019dlarni qattib jazolab, Xo\u2019jand dehqonlari (xarrasin)ning bo\u2019yinlariga qo\u2019rg\u2019oshin tamg\u2019a taqib yurishlarini buyuradi. Tabariy ta\u2019kidlaganidek, bu dehqonlar o\u2019z egalari (sohiblar) bilan qanday voqea ro\u2019y berganliklarini hatto bilmagan ham edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cArablar u devordan bu devorga o\u2019tib dehqonlarni kaltaklar edi. Dehqonlarning bo\u2019yinlarida esa muhr osilib turar edi\u201d. Arablar dehqonlarni ushlab olib o\u2019ldirardi. Tabariy ma\u2019lumotlariga qaraganda, 300 kishi, boshqa ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, 700 kishi o\u2019ldirilgan. Arablar so\u2019g\u2019dlarni shafqatsiz jazolagandan keyin qo\u2019lga tushirgan o\u2019ljaning bir qismini xalifaga ajratgan, So\u2019g\u2019d dehqonlarining mol-mulklarini o\u2019zaro taqsimlab, Keshga jo\u2019nab ketishgan. Said al-Xarashiy Farg\u2019ona shohi al-Tardan 100 ming dinor pul to\u2019lashni, 50 g\u2019ulom va 50 qul (kanizak) yuborishni talab qilgan. U Farg\u2019ona shohidan soliq olib, Samarqandga qarab jo\u2019naydi. Farg\u2019ona shohi va 50 ming Karluk kechasi qo\u2019qqisdan arablarning o\u2019ljalar ortilgan karvonlariga hujum qilib, uni talagan. Farg\u2019onaliklar va karluklar uxlab yotgan ko\u2019pgina musulmonlarni va arab soqchilarini o\u2019ldirib, ko\u2019pgina o\u2019lja olib, o\u2019z istehkomlariga qaytib kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Arablar Karzananj boshchiligidagi samarqandliklarni jazolab, Divashti gruppasiga qarshi kurashish uchun birlashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Humayk (Jamuk) Shavkar, Xorazm shohi hamda Axarun va Shuman hokimlarini o\u2019z qo\u2019mondonligi ostiga birlashtirgan Sulaymon ibn Abus Sariya Divashti qo\u2019zg\u2019olonini bostirishda katta rol o\u2019ynadi. U Divashtiga qarshi kurashga arab Musayyob qo\u2019mondonligida qo\u2019shin yubordi. Divashti mag\u2019lubiyatga uchrab, Mug\u2019 tog\u2019idagi o\u2019z qal\u2019asi (Zarafshon daryosi chap sohilida, Panjikentdan 120 km sharqda) ga yashirindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mug\u2019 tog\u2019idagi Divashti qal\u2019asi uch tomondan Qum va Zarafshon daryolarining tik qirg\u2019oqlari bilan o\u2019ralgandi. Dushman katta qo\u2019shin bilan qal\u2019aga hujum qila olmaydi. Faqat uzoq vaqt qamal qilish natijasidagina qal\u2019ada yashiringan kishilarni taslim etish mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Said al-Xarashiyning topshirig\u2019iga ko\u2019ra, Sulaymon Divashtiga erkinlik va\u2019da qildi. Al-Xarashiyga ishongan Divashti taslim bo\u2019ldi. Sulaymon uni Musayyob bilan birga Said al-Xarashiy huzuriga jo\u2019natdi. Shartnomaga muvofiq, 100 oila erkinlik oldi, qolganlarining hayoti saqlab qolindi. Mug\u2019 tog\u2019idagi chiqish qiyin bo\u2019lgan qal\u2019a shu tariqa yengildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1933 yilda Zarafshon yuqorisida, Mug\u2019 tog\u2019idagi qal\u2019ada so\u2019g\u2019d tilida teri va tayoqlarga yozilgan qimmatli hujjatlar, Xitoy tilida matoga yozilgan hujjatlar, bitta arab tilidagi hujjat topildi. Arab tilida teriga yozilgan hujjat V.A. va I.Yu.Krachkovskiylar tomonidan o\u2019qilgan. Tadqiqotchilar hujjatni o\u2019rganib chiqib, Tabariy tarixiy shaxslarning nomlanigina emas, balki joylarning nomlarini ham aniq ko\u2019rsatgan, shuningdek, uzoq o\u2019tmishdagi Movarounnahrda, jumladan, Samarqandda ro\u2019y bergan voqealar xususida to\u2019g\u2019ri hikoya qilgan degan fikrga keldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Said al-Xarashiy Movarounnahr shahar va qishloqlariga o\u2019ch olish uchun yurishlarini davom ettirdi. Biroq Divashtining fojiali mag\u2019lubiyatidan so\u2019ng boshqa viloyatlarning hokimlari arablarga, hatto qarshilik ko\u2019rsatishga ham urinib ko\u2019rmadi. Said G\u2019urakning o\u2019sha vaqtda qarorgohi joylashgan Rabinjonga yo\u2019l oldi. Aftidan, Said al-Xarashiy G\u2019urak boshchiligida arablarning homiyligini qabul qilgan zodagon dehqonlar guruhi qo\u2019liga topshirish uchun Divashtini bu yerga olib kelgan bo\u2019lsa kerak. Bu zodagon dehqonlar Divashtini so\u2019g\u2019dlarni faqat arablarga qarshi emas, balki musulmonlar tomoniga o\u2019tgan o\u2019zlarining qonuniy shohi bo\u2019lgan G\u2019urakka qarshi ham kurashga otlangan qallob shoh deb hisoblar edilar. Said al-Xarashiy so\u2019g\u2019dlik ana shu dehqonlarga suyanib, o\u2019z boshlig\u2019i Iroq noibi Umar ibn Xubayraning Divashti gunohini kechish va uning hayotini saqlab qolish to\u2019g\u2019risidagi buyrug\u2019ini buzgan bo\u2019lsa kerak. Rabinjondagi maqbara devoriga Divashtining oyoq-qo\u2019llari mixlab qo\u2019yildi. Said Marvga boorish vaqtida yo\u2019lda yana bir necha mahalliy hokimlarni o\u2019ziga bo\u2019ysundirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>723 yilning kuzida Movarounnahrning hamma joyida arablar hokimiyati tiklandi. G\u2019urak va boshqa mahalliy shohliklar xalifalik hokimiyatini yana tan olishdi. So\u2019g\u2019dliklarning qo\u2019zg\u2019oloni yengilgach, ular so\u2019g\u2019d zodagon dehqonlari tomonidangina emas, balki arab feodallari tomonidan ham ekspluatatsiya qilindi. Aftidan, jangda halok bo\u2019lgan samarqandlik yirik dehqonlarning yerlari arablar tomonidan bosib olinib, xalifaning mulkiga aylantirilgan va arab lashkarboshilariga bo\u2019lib berilgan. Ular mahalliy dehqonlar va hunarmandlarni bevosita ekspluatatsiya qila boshlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>723 yildan boshlab arab hukmronligiga qarshi kurashda Farg\u2019ona shohi al-Tar asosiy rol o\u2019ynadi. Umar ibn-Xubayra arablarning karvonlarga bir vaqtlar homiylik qilishni va\u2019da etgan Farg\u2019ona shohiga qarshi yurish uyushtirishni Muslim ibn-Saidga topshirdi. Muslim esa tor-mor qilindi va Farg\u2019onadan uloqtirib tashlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Asad (724-727 yillar) Samarqand So\u2019g\u2019diga qarshi uch marta yurih qildi, lekin bu yurishlar muvafaqqiyatsiz chiqdi. U Movarounnahrdan qaytgach, xurosonlik oqsuyaklar, Abdurahmon ibn-Nuaym, Nasr ibn Sayyor, Surra ibn Hurra va Husayn ibn Ibrohimni din uchun urush olib borishni istamayotganlikda aybladi va ularga jismoniy jazo berishni buyurdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arablar ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin Samarqandning bo\u2019ysunmagan aholisiga qarshisiga qarshi yurish uyushtirish mushkullashdi. Ashras xurosonlik amaldorlarning maslahati bilan Samarqand garnizonini musulmonlikni yangi qabul qilgan mavlo deb atalgan kishilar hisobiga ko\u2019paytirish va so\u2019g\u2019dlarni tinchlantirish maqsadida islom dinini qabul etganlar huquqini arablar bilan tenglashtirishga, ulardan xiroj ham, juzya ham olmaslikka qaror qildi. Abu Saida nomi bilan mashhur bo\u2019lgan Solih ibn Ta\u2019rif Samarqandga kelib, Samarqand shohidan musulmonlikni qabul etganlarni xiroj va juzya to\u2019lashga majbur etmaslikni talab qildi. Tarixchilardan Tabariy va Balazuriy bir-biridan mustaqil tarzda yozgan asrlarida ana shu tadbirdan keyin Samarqandning emas, balki butun Movarounnahr aholisi ham islom dinini bajonu dil qabul qilgan deb ta\u2019kidlaydilar. Samarqand va Buxoroda machitlar qurila boshlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019g\u2019d shohi G\u2019urak Ashrasga \u201cxiroj tugatilganini\u201d ma\u2019lum qiladi, ya\u2019ni So\u2019g\u2019d xiroj to\u2019lashdan bosh tortadi, binobarin, shartnoma (vazoif) bo\u2019yicha o\u2019z zimmasiga olgan majburiyat bundan buyon bajarilmayajagini aytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand hokimi xiroj yig\u2019ishga kirishganida Abu Said ava uning safdoshlari unga qarshilik ko\u2019rsatdi. Samarqandning musulmonlikni qabul qilgan 7 ming aholisi, shu jumladan, o\u2019zlari va ixtiyoridagilar uchun juzya va xiroj to\u2019lash majburiyatini olgan dehqonlar ham bu soliqlarni berishdan bosh tortdi. Ular shaharni tashlab chiqib, Samarqanddan 7 farsax narida bo\u2019lgan joyda mustahkamlanib olishdi. So\u2019g\u2019dlar bilan birga, Samarqand garnizoni tarkibida arablarga xizmat qilgan yerli musulmonlar ta\u2019siri ostida bo\u2019lsa kerak, Abu Saida va uning arab garnizonidagi do\u2019stlari Sobit ibn Umran Tamimiy, Qosim Shayboniy, Abu Fotima Azdiy, Bashir ibn Jurmuz, Hamida ibn Abdulla Naxviy, Bashir ibn Zanbur Azdiy, Xo\u2019jandiy va boshqa yuqori martabali harbiy boshliqlar ham shaharni tashlab ketdilar. Ular Ashrasning soliq yig\u2019uvchilariga qarshilik ko\u2019rsatish uchun o\u2019sha joyda mustahkamlanib oldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Saida va uning tarafdorlari bo\u2019lajak to\u2019qnashuvga tayyorgarlik ko\u2019ra boshladi. Ashras Mujjashir ibn Muzaximni Samarqandga valiy qilib tayinlandi. U Abu Saida va uning yaqinlarini muzokaralar olib boorish uchun o\u2019z huzuriga taklif qildi. Abu Saida arab shoiri Sobit Qutna bilan birga uning huzuriga borganda, Mujjashir ularni ushlab qolib, soqchilar nazorati ostida Marvga noib Ashras huzuriga jo\u2019natdi. Ashras esa ularni turmaga tashladi. Arablarga qarshi jangga tayyorgarlik ko\u2019rishga kirishgan qo\u2019z\u2019g\u00f3lonchilarga Abu fotima al-Azdiy boshchilik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arablarning asosiy tayanchi bo\u2019lgan Samarqand garnizonining ko\u2019pchilik jangchilari qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan kishilarning talablari haq deb hisoblab, ularga xayrixohlik bildirdilar. Bu hol Ashrasin yon berishga majbur etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ashras qo\u2019zg\u2019olonchilarning birligiga putur yetkazish maqsadida Samarqand hokimiga oqsuyaklarnigina xirojdan ozod qilish va ularga bir oz yengilliklar berish to\u2019g\u2019risida buyruq yubordi. Ashras siyosati ba\u2019zilarga o\u2019z natijasini ko\u2019rsatdi. Abu Fotima garnizon jangchilari bilan Samarqandga qaytib kelgach, qo\u2019z\u2019g\u2019olonchilar rahbarsiz qoldi. Ashras arab bo\u2019lmagan amaldor (ajam) larga ham hech qanday yengillik bermay, barcha fuqarolardan xiroj yig\u2019ishni buyurdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu kurashning borishini o\u2019rganish shu ko\u2019rsatadiki, Samarqand qal\u2019asi va Dabusiyadan tashqari butun Movarounnahr qo\u2019zg\u2019olonchilar qo\u2019zg\u2019olonchilar qo\u2019liga o\u2019tgan, ularga ko\u2019chmanchi turklar xoqoni Abu Muzahhim yordam ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ashras uch oy davomida bo\u2019lajak yurishga tayyorgarlik ko\u2019rdi. Xuroson oqsuyaklari og\u2019ir suvoriylarsiz xoqon Abu Muzahhimga qarshi kurashish behuda ekanligiga uni ishontirdi. Shu munosabat bilan Ashras birinchi marta \u201crobita\u201d deb atalgan og\u2019ir suvoriylar guruhini tuzdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro ostonalarida hal qiluvchi jang bo\u2019ldi. Unda G\u2019urak yana qo\u2019z\u2019g\u2019olon ko\u2019targan vatandoshlari tomoniga o\u2019tdi. Ashras qaqshatg\u2019ich zarbaga uchragach, Buxorodan Samarqandga qochdi, lekin xoqon unga shaharga yetib borishga yo\u2019l qo\u2019ymadi. Arablar Kemarja qal\u2019asini egallashga muvaffaq bo\u2019ldilar. Issiqdan va ochlikdan tinkasi qurigan Ashras qo\u2019shinlari Kemarja qal\u2019asini tashlab, so\u2019g\u2019d va turklarning nazorati ostida Dabusiyaga qarab yo\u2019l oldi va 730 yilning kuzida Junayd ibn Abdurahmon (730-737) tomonidan qutqazilgunga qadar shu yerda qamalda qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>730 yilning yozida Junayd Movarounnahrga yurishga tayyorgarlik ko\u2019rdi. Bu xabar xoqonga borib yetdi. U 17 ming kishilik qo\u2019shin bilan Amudaryo sohiliga kelib, dushman yo\u2019lini to\u2019sdi. Junayd Amulda to\u2019xtashga majbur bo\u2019ldi. U Zammaga o\u2019tib, xoqon Samarqandgacha yetib borish emas, hatto Amudaryoning o\u2019ng qirg\u2019og\u2019iga kechib o\u2019tishga ham yo\u2019l qo\u2019ymasligiga ishondi. U yuz bergan ahvolni xalifa Hishamga (724-743) ma\u2019lum qildi. Xalifa Ashrasga xoqonga qarshi qo\u2019shinlar yuborish va uning e\u2019tiborini jalb qilishni buyurdi. Ashras o\u2019z garnizonidan 7 ming kishi ajratib, Amir ibn Malik al-Hammadiy rahbarligida Dabusiyadan jo\u2019natdi va u Junayd tomon yo\u2019l oldi. Biroq u ham qal\u2019alardan birida to\u2019xtashga majbur bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hisham Junayddan yana maktub olgach, Iroq noibi Xolid ibn Abdullaga Nasr ibn Sayyor, Abdurahmon ibn Nuaym, Surra ibn Hurra va Husayn ibn Ibrohimlarni Junaydga yordam yuborishni buyurdi. Ashras Samarqanddan xoqonga qarshi Qays Vasl ibn Amirning mahalliy musulmonlari \u2013 Osim ibn Umayr Samarqandiyni chaqirlari bilan birga yubordi. Xoqon Junaydga qarshi muvaffaqiyatli urush olib borayotgan ayni vaqtda ular mustahkam qal\u2019alarning biriga joylashib, xoqonning aryergardiga hujum qildi. Xoqon ikki frontda: Vasl ibn Amir va Junayd qo\u2019shinlariga qarshi jang olib borishga majbur bo\u2019ldi. U 10 mingdan ziyod jangchisi va ko\u2019pgina lashkarboshlarini yo\u2019qotib, orqaga chekindi. Poykanddan ikki farsax narida Junayd bilan xoqon qo\u2019shinlari o\u2019rtasida yana jang bo\u2019ldi. Kutilmaganda Qatan ibn Qutayba Buxorodan chiqib, Junaydga yordam berdi va jangda g\u2019olib chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xoqon 730 yilning kuzida Samarqanddan yeti farsax narida Zarman qishlog\u2019i yonida Junaydning yo\u2019lini to\u2019sib, o\u2019z ittifoqchilari bilan birga unga hujum qildi. Junayd bu jangda xoqon ustidan g\u2019alaba qozondi. Xoqon Abu Muzahhim 731 yilning bahorida Samarqand garnizoniga qarshi 15 ming kishilik qo\u2019shin yuborib, Surra ibn Hurra bu haqda Marvda turgan Junaydga ma\u2019lum qilib, undan yordam so\u2019radi. Junayd 731 yilning yozida Amudaryodan kechib o\u2019tib, Samarqandda qamalda qolgan arab garnizoniga yordamga yo\u2019l oldi. Xoqon o\u2019z ittifoqchilari bilan birga dushmanga qarshi jang qilmay; uni mamlakat ichkarisiga kiritish uchun yo\u2019l berib, orqaga chekindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Junayd qo\u2019shinlari to\u2019g\u2019dagi davonga qadar borishga muvaffaq bo\u2019ldi. Biroq bu yerda uning qo\u2019shinlarining oldingi qismi ittifoqchilar hujumiga bardosh berolmay, qocha boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tabariyning ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, Junayd armiyasining asosiy va eng kuchli qismini og\u2019ir va yengil suvoriylar tashkil etgan. Junayd armiyasida 27 ming jangchi bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Arablar mag\u2019lubiyatga uchragach, hujum taktikasidan voz kechishdi. Junayd o\u2019z qo\u2019shinlarining ahvoli nochor ekanligini tushundi. .Harbiy maslahatchilar unga shoshilinch ravishda chora ko\u2019rishni va yoki Xuroson qo\u2019shinlarining halokatiga rozilik bildirishni, yoxud xoqon va so\u2019g\u2019dlar shohi G\u2019urak qo\u2019shinlarining diqqatini va kuchlarini chalg\u2019itish uchun Surra ibn Xurraga qal\u2019adan chiqib, dushman ustiga hujum qilishni buyurib, Samarqand garnizonini qurbon berishni taklif etdi. Junayd ikkinchi maslahatga qo\u2019shilib, Surra ibn Hurrag Samarqanddan chiqib, uning qo\u2019shinlariga yordamga kelishni buyurdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Surra ibn Hurra 12 ming kishilik qo\u2019shinga bosh bo\u2019lib Samarqanddan yo\u2019lga chiqdi. Qo\u2019shin turgan joyga uch farsax qolganida xoqon o\u2019z jangchilariga Junayd qo\u2019shinlari bilan urushni to\u2019xtatib, Surra qo\u2019shinlariga qarshi kurash boshlashni buyurdi. Surra jangchilari bilan o\u2019tadigan qamishzorlar G\u2019urakning buyrug\u2019i bilan yondirib yuborildi. Surra ibn Xurra tutunni ko\u2019rgach, xoqon Samarqand garnizonining yaqinlashib kelishidan qo\u2019rqib, mol-mulklar musulmonlar qo\u2019liga tushib qolmasligi uchun ularni yondirmoqda deb o\u2019yladi. Uning o\u2019tadigan yo\u2019lida yonib turgan qamishzorlarni ko\u2019rgach esa u dushman fikrini angladi. Surra jangchilari orasida sarosimalik boshlandi: ba\u2019zi boshliqlar Samarqandga qaytib ketish uchun hali ham kech emas deb o\u2019yladilar. Shu paytda G\u2019urak boshchiligidagi so\u2019g\u2019dlar va Ashkent rahbarligidagi Nasaf jangchilari Surra armiyasiga hujum qildi. Jang Surraning to\u2019la mag\u2019lubiyati bilan yakunlandi; ko\u2019pgina jangchilar halok bo\u2019ldi, qolganlari esa qochib ketdi, 2599 jangchi Samarqandga qaytib borishga urinib ko\u2019rdi. Turklar va so\u2019g\u2019dlar ularni Samarqandgacha quvib borib, shahar qal\u00e1sini qurshab oldilar. Katta qiyinchiliklarni o\u2019z boshidan kechirayotgan musulmonlar, qal\u2019ani endi so\u2019g\u2019dlarga va xoqonga topshirmoqchi bo\u2019lib turganlarida, Junayd tomonidan qamalda qolganlarga yordam uchun yuborilgan Xoris ibn Surayj boshchiligidagi otryad xoqonni chekinishga majbur etdi. Bunda xoqon 10 mingga yaqin jangchi yo\u2019qotdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Junayd armiyasi Xuroson va Toharistondan kelgan 13 ming jangchi bilan to\u2019ldirilib, u bu armiya bilan Samarqandga tomon harakat qildi va shahar yaqinida xoqon bilan Junayd o\u2019rtasida jang bo\u2019ldi. Arablar tomonidan asir tushgan so\u2019g\u2019dlar va turklar jang qilishdi, Junayd buning evaziga ularni ozod etishga va\u2019da berdi. Turklarning orqaga chekinib, arablarni mamlakat ichkarisiga olib kirib, ularni tor-mor etish uchun qilgan urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqdi. Shunda xoqon Junaydin Buxoro garnizoniga yordam berish uchun Samarqanddan chiqib, bu yerga kelishga majbur etish maqsadida Buxoroni qurshab olishni buyurdi. Shunga qaramay, Junayd Samarqandni egalladi, ammo shaharda hokimiyatni saqlab turish qiyin edi, chunki bundan avval Surra ibn Hurra boshliq butun Samarqand garnizoni halok bo\u2019lgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Junayd Samarqandda 12 ming kishilik garnizon o\u2019rniga Usmon ibn Abdulla boshchiligida 800 askar (400 otliq va 400 piyoda) qoldirib, o\u2019zi esa Samarqanddan chiqdi va Karmana shahriga kelib to\u2019xtadi. O\u2019shanda xoqon Buxoro qamalidagi askarlarini olib, Junaydga qarshi chiqdi va qishni o\u2019tkazish uchun Marvga qaytayotgan Junayd qo\u2019shinining oldingi qismiga hujum qildi. Shunday qilib, Junaydning Movarounnahrdagi nomusulmon qo\u2019zg\u2019olonchi (mushriq)larga qarshi muqaddas \u201cg\u2019azavot\u201d yurishi g\u2019alaba bilan tugadi. Biroq bu g\u2019alaba juda katta talafotlar evaziga qo\u2019lga kiritildi. Endi arablar Samarqandda hokimiyatni o\u2019z qo\u2019llarida saqlab tura olmasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arab lashkarboshisi Xoris ibn Surayj Junayd bilan janjallashib, Samarqandni egallab olgan xoqon Abu Muzahhimdan himoya so\u2019radi. Xoris ibn Surayj Movarounnahrda ancha mashhur kishi edi. U Samarqand va Dabusiyada Abu Saida safdoshlarini birlashtirdi. Abu Saidadan keyin Movarounnahr xorijiylarning boshlig\u2019i Abu Fotima al-Azdiy Xorisning yordamchisi va harbiy maslahatchisi bo\u2019ldi. 728 yilda Dabusiyada bo\u2019lgan qo\u2019zg\u2019olon qatnashchisi Bashir ibn Jurmuz Dabiy Xoris ibn Surayj qo\u2019shinlarining avangard qismiga qo\u2019mondonlik qilardi. Xoris Umaviylarni tanqid qilib, Qur\u2019on oyatlariga rioya qilmayotganliklari va payg\u2019ambar sunnati bo\u2019yicha ish tutmayotganliklari uchun ularni qoraladi. U zimmiylar bilan tuzilgan shartnomaga rioya qilishni, musulmonlardan (shu jumladan, musulmonlikni qabul qilganlardan) xiroj olmaslikni va\u2019da qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xoris Movarounnahrda joylashgan musulmon garnizonlarini o\u2019z tarafiga og\u2019dirib, Junayd hayotlik vaqtidayoq Amudaryodan kechib o\u2019tib, Yuqori Toharistonda o\u2019rnashib olgan edi. Jipslashgan qo\u2019shinga ega bo\u2019lmagan Junayd Xorisning g\u2019olibona yurishini bartaraf eta olmasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand shohi G\u2019urak, dehqonlar va xoqon Abu Muzahhim Xoris ibn Surayjni Xurosonga yubordilar. Bu yerdau 734-735 yillarda xorijiylar qo\u2019zg\u2019olonni uyushtirib, unga boshchilik qildi. Biroq Xurosonda u tor-mor qilindi. Xurosonning qaytadan tayinlangan noibi Asad ibn Abdulla (735-738) tomonidan qo\u2019zg\u2019olon bostirildi. Xoris ibn Surayj Samarqandga qaytib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>736 yilning bahorida Xuroson noibi Asad qo\u2019shin to\u2019plab, Samarqandga jo\u2019nadi, lekin shaharni qo\u2019lga kirita olmay, aholini suvsiz qoldirish maqsadida Varagsar to\u2019g\u2019onini yopib qo\u2019yishga qaror qildi. Biroq u Samarqandni egallay olmadi va Marvga qaytdi.<\/p>\n\n\n\n<p>737 yilning qishida xoqon Samarqand shohi va Movarounnahr dehqonlari bilan birga Asadni osonlik bilan tor-mor keltirish umidida Xurosonga hujum qildi, chunki Asadning jangchilari mahalliy aholining uylariga joylashtirilgan edi. Bu yurishda Samarqand shohi G\u2019urak halok etilgan bo\u2019lsa kerak, turk xotoni esa tor-mor keltirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Nasr Xuroson noibi bo\u2019lib tayinlanadi. U 739 yilda Samarqandda turgan xorijiy Xoris ibn Surayjga qarshi Balxdan Movarounnahrga yurish qildi. Xorijiylar: \u201carablardangina emas, balki musulmonlikni qabul qilganlardan ham hiroj olmaslik\u201d haqidagi iqtisodiy talabni olg\u2019a surdilar. Nasrning yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nasr yurishdan qaytib kelganidan so\u2019ng soliq sistemasini o\u2019zgartirishga qaror qildi. U yuqori tabaqa vakillarini aldab, o\u2019z tomoniga og\u2019dirib olgan taqdirdagina samarqandliklarni yengish mumkin deb o\u2019yladi. Buning uchun Islomni qabul etgan mahalliy musulmonlarni arablar bilan tenglashtirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>U musulmonlikni qabul qilgan kishilarni juzyadan ozod etib, ularga barcha musulmonlar qatori huquq berdi. Biroq yer egasi bo\u2019lgan barcha kishilar uchun xiroj to\u2019lash majburiy edi, ya\u2019ni Nasr xiroj olishni qonunlashtirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nasr ibn Sayyor 739 yilda islohot o\u2019tkazganidan keyin Movarounnahrdagi musulmonlikni qabul qilgan kishilarning qo\u2019llab-quvvatlashiga umid bog\u2019lab, Samarqandga qarshi yana yurish boshladi. Xoris ibn Surayj o\u2019z xorijiylari bilan birga shu yerda joylashgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nasr xuddi Asad ibn Abdulla singari Samarqand aholisini suvdan mahrum qilib, uni taslim qilishga urinib ko\u2019rdi. U islohotga muvofiq, vazoifi xiroj va juzyani yengillashtirishga va\u2019da berdi va bu bilan zodagon dehqonlarning bir qismini o\u2019z tomoniga og\u2019dirib, ularni Xorisga Samarqandni bo\u2019shatib chiqib ketishni taklif qilishga majbur etdi. Xorijiylar Xoris ibn Surayj boshchiligida Shoshga ketishga majbur bo\u2019ldi. 729 yildan 739 yilgacha Umaviy hukmronlarni va arab qo\u2019shinlarini o\u2019z shahriga qo\u2019ymagan samarqandliklar yana Xuroson noibining hokimiyatini tan oldi. Nasr Mansur ibn Umar Abdulharkani Samarqand hokimi qilib tayinladi. U Xoris haydab yuborilganidan keyin Samarqandning birinchi hokimi bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nasr xoqon hukmronlik qilgan davrda So\u2019g\u2019ddan ketib qolgan so\u2019g\u2019dlarning Samarqandga qaytib kelishga intilayotganliklarini bilib, ularga sulh shartnomasi tuzishni taklif etdi. Samarqandliklar Nasrning taklifini qabul qildilar va o\u2019zlarining: islom dinidan voz kechib, avvalgi dinga qaytgan kishilarni jazolamaslik; adolatsiz suratda ular zimmasiga yuklangan qarzlarni undirmaslik; asir tushgan musulmon qullarga ega bo\u2019lish va qonuniy huquqqa ega bo\u2019lgan guvohlarga asoslangan sudning qarori bilangina bu qullarni qaytarish huquqini e\u2019tirof etish haqidagi talablari hisobga olingan taqdirdagina shartnomani imzolashlarini aytdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019pgina arab feodallarining bu shartning ular uchun nomaqbul deb hisoblashlariga qaramay, Nasr Yarash sulhini tuzdi, chunki u samarqandliklarning turklar bilan ittifoq bo\u2019lib Movarounnahrga to\u2019satdan hujum qilishidan qo\u2019rqar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019g\u2019d shohi Tarxun taxtdan ag\u2019darilgach, xalifalik asoratiga qarshi 710 yilda boshlangan kurash turli-tuman bahonalar ostida qisqa muddatli tanaffuslar bilan VIII asrning 40yillarigacha davom etdi. Ana shu kurasshlar noib sifatida Nasrni ham, shuningdek, xalifa Xishamni ham so\u2019g\u2019diylarning talab-istaklarini hisobga olgan holda musulmonlar uchun noqulay bo\u2019lgan shartnoma tuzishga majbur qildi. Shartnomaga muvofiq 741 yili samarqandliklar vatanlariga qaytib kelishdi. Nasr Movarounnahrdagi mahalliy aslzoda yer egalari bilan ittifoqni ko\u2019zda tutgan yangi siyosiy yo\u2019l yuritishga majbur bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mahalliy oqsuyaklarning nufuzli arab oilalari bilan yaqinlashuvi ularga hukmron arab sinflari o\u2019rtasida o\u2019zaro nizolar va dushmanlikdan foydalanish imkoniyatini berdi. Nasr ibn Sayyor to\u2019rt yil mobaynida faqat o\u2019z qabilasi bo\u2019lgan mudra vakillarini turli lavozimlarga tayinladi. Bu esa mahalliy Xuroson aslzodalari va azd qabilasi yo\u2019lboshchisi Juday al-Karmoniyning g\u2019azabini tug\u2019dirdi. U Nasrga qarshi urush boshladi va bu kurash bir necha yil davom etdi. Janglarning birida al-Karmoniy asirga tushdi va Nasr tomonidan qatl qilindi. Ana shu voqea Xurosonda qabilalararo kurashning yanada keng avj olishiga olib keldi. Bunday siyosiy ahvol mahalliy oqsuyaklar tomonidan qo\u2019llab-quvvatlanayotgan Alilar va Abbosiylarning taxt uchun olib borayotgan kurashini yengillashtirdi. Hijriy I asrning oxirida Alilarning ikki mazhabi Kaysaniy va Abbosiylar bir-biri bilan qo\u2019shildi. Alining evarasi Abu Hoshim Abdulla o\u2019z o\u2019limidan oldin Abbosning nevarasi Muhammad ibn Aliga go\u2019yo uning mazhabi (kaysaniylar) a\u2019zolarida saqlanayotgan sariq rangdagi o\u2019ralgan qog\u2019ozni olishni vasiyat qilgan emish. Xatda Xurosondagi qora bayroq, ya\u2019ni Abbosiylar shiasi xususida ma\u2019lumot berilib, unda go\u2019yo Ummaviylarga qarshi kurashga chaqirilganmish. Abu Hoshim Abdulla sanatul ximor yilidan, ya\u2019ni hijriy yuz yildan keyin bu kurashni boshlashni vasiyat qilib, Yaqubiyning so\u2019zicha, Qur\u2019onning 2-surasidagi 261 (269) oyatga ishorat qiladi. Unda vayron bo\u2019lgan qishloqni ko\u2019rgan odam uni endi obod bo\u2019lmaydi deb ko\u2019nglidan o\u2019tkazilgani va ko\u2019zi uyquga ketgani, uyg\u2019onganda yuz yil o\u2019tgani, eshagining (eshak arabcha ximor) suyagini ko\u2019rgani, uni ollo o\u2019z qudratini ko\u2019rsatib tiriltirgani haqida so\u2019z boradi. Abbosiylar guruhining asosiy rahbarlari Qur\u2019ondagi bu oyatni erkin talqin etib, Muhammad payg\u2019ambar ham yuqoridagi kishi kabi yuz yilcha uxlagan bo\u2019lsa kerak (u 11 hijriy yili vafot etgan) va hijriy 111 yilda uyg\u2019unadi deb e\u2019tiqod qilgan hamda xalifalikda hukmronlikni o\u2019z qo\u2019liga oladi deb ishongan. Qur\u2019onni ana shunday erkin talqin etish tufayli Islom dini hurramiya mazhabi kelib chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad ibn Ali 729 yil (hijriy 111 yil) da Xuroson va Movarounnahrning yirik shaharlariga o\u2019z da\u2019vat etuvchilarini jo\u2019natdi. Abu Xanifa ad-Dinovariyning ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, Junayd (727-729 yil) hukmronligi davrida Samarqand, Buxoro, Kesh (hozirgi Qarshi), Nasaf (Shahrisabz) shaharlariga uning tomonidan maxfiy kishilar yuborilgan bo\u2019lib, ular xalqni Umaviylarga qarshi kurashga va Hoshimiylar xonadonining muruvvatli vakiliga qasamyod qilishga chaqirishgan edi. Tabariyning qayd qilishicha, 746 yili Abu Muslim imom Ibrohim ibn Muhammad ibn Ali nomidan Marvga shu chaqiriq bilan kelib, Umaviylarni soxta sulola sifatida fosh etdi. Kishilar Abu Muslimning Hoshimiylar avlodi vakili ekanligini bilib, uning tomoniga o\u2019tadi. Mujashiy ibn Xurays Movarounnahrga qora bayroqni jo\u2019natib, belgilangan kunda kurash boshlashga buyruq berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Muslim Umaviylar sulolasiga qarshi Marvda qo\u2019zg\u2019olon tayyorladi. Tez orada Umaviy xalifaligining barcha qismida hokimiyat Abbosiylar qo\u2019liga o\u2019tdi va xalifalik taxtiga as-Saffoh (749-754 y.) o\u2019tirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>751 yil yozida Ziyod Buxorodagi qo\u2019zg\u2019olonni bostirishga muvaffaq bo\u2019ldi. Abbosiylar harakati yillarida movarounnahrlik shohlar qo\u2019shni hokimlarning madadiga umid bog\u2019lab, arablar hukmronligidan xalos bo\u2019lishga yana bir bor urinib ko\u2019rdilar. Samarqandliklar va Kesh hukmdorlari ham mustaqillikka intildilar. Abu Muslim 752 yilda Samarqandga jo\u2019nay turib, Abu Dovud Hamid ibn Ibrohimni Keshga yubordi va uning o\u2019rniga o\u2019ldirilgan shohning ukasini tayinladi. Abu Muslim Abu Dovudning hokim qilib tayinladi va unga Samarqand hamda uning tevarak-atrofidagi devorlarning buzilgan joylarini tiklashni buyurdi. Arablar 751 yilda Talas vodiysida bo\u2019lgan jangdan keyin qo\u2019shni turklarga qarshi chegarani qaytadan mustahkam zarurligini tushunib oldilar. Chunki ular arablarga qarshi kurashda samarqandliklarni bir necha bor qo\u2019llab-quvvatlagan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Movarounnahrning barcha viloyatlarida Abbosiylar bilan Umaviylar o\u2019rtasidagi o\u2019zaro urushlar vaqtida Movarounnahrning mahalliy shohlari va dehqonlar o\u2019z qo\u2019shinlarining yordami bilan arab xalifaligi hukmronligidan ozod bo\u2019lishga harakat qildi. Buning ustiga ular Samaqandning o\u2019zida arab feodallari o\u2019rtasidagi nizolarni qo\u2019llab-quvvatladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Muslim tomonidan Movarounnahrga noib qilib tayinlangan Ziyod Ibn Solih 753 yilda xalifa as-Saffohning maxfiy buyrug\u00ed bilan unga qarshi chiqdi. Shu yilning o\u2019zida Abu Muslim Ziyod qo\u2019zg\u2019olonini bostirish uchun yana Samarqandga qarab yo\u2019l oldi. Afsuski, Samarqandda yoki Movarounnahrning boshqa joylarida Abu Muslim qo\u2019shinlari bilan Ziyod qo\u2019shinlari o\u2019rtasida jang bo\u2019lganligi to\u2019g\u2019risida hech qanday ma\u2019lumot yo\u2019q.<\/p>\n\n\n\n<p>Aftidan, Ziyod isyonining asosiy sababi ma\u2019lum bo\u2019lib qolganidan so\u2019ng Sabo ibn No\u2019mon Movarounnahrgagina emas, balki Abu Muslim idora qilayotgan Xurosonga ham noib bo\u2019lish haqida xalifa nomidan Ziyodga yorqin berganligini e\u2019tirof etgan; mahalliy zodagonlar esa Ziyodni qo\u2019llab-quvvatlamagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandliklar xalifa as-Saffohning istagiga zid tarzda Ziyodga qarshi chiqib, Abu Muslimni qo\u2019llab-quvvatladi. O\u2019sha vaqtda Ziyod Samarqand yaqinida Barkaslik bir zodagon dehqonning uyida yashirinib yotgan. Tabariyning yozishicha, Dixkan Ziyodni o\u2019ldirib, uning boshini Abu Muslim huzuriga olib kelgan. Abu Muslimni xalq faqat qahramongigina emas, balki avliyo deb ham tushunar edi. Abu Muslim shaxsini ilohiylashtirish tendentsiyasi u hayotlik paytidayoq boshlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ziyod qo\u2019zg\u2019olonini bostirish vaqtida movarounnahrlik zodagon dehqonlar xalifa as-Saffohdan qo\u2019rqmay, Abu Muslim tomoniga o\u2019tdi va xalifalik uchun dahshatli xavfga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Muslim uzoq vaqt Samarqandda qolib ketdi. U qal\u2019ani mustahkamlash hamda shaharning ichki va tashqi devorlarini tiklashni buyurdi. Uning buyrug\u2019i ustida 7.5 farsax uzunlikda kunguralar qurildi, devor esa 360 uchastkaga bo\u2019lindi. Har 200 gaz masofada devorga soqchilik burjlari qurildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Muslim samarqandliklardan ajralgisi kelmas edi, bu yerda uning chinakam do\u2019stlari va himoyachilari bor edi. Biroq, Nasafiyning aytishicha, xalifa va Abu Ja\u2019far Abu Muslimni shaharni tark etib ketishga majbur qilib, uni Makkaga hajga borishga ko\u2019ndirdi. Abu Muslim 755 yilda hajdan qaytayotganida Abdulla g\u2019alayonini bostirish to\u2019g\u2019risida xalifalikdan buyruq oldi. Abu Muslim ana shu vazifani bajargach, Bag\u2019dodga xalifa saroyiga qaytib keldi va bu yerda o\u2019ldirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Xafs Nasafiyning aytishicha, Abu Muslimning Bodiyeldon Samarqandiy (samarqandlik tez yurar, mohir razvedkachi) laqabi bilan don chiqargan xizmatkori bo\u2019lib, u dushmanlarga qarshi kurashda unga yordam bergan. Abu Muslim o\u2019ldirilgandan keyin Bodiyeldo uning jasadini Bag\u2019doddan Samarqandga olib kelishga muvaffaq bo\u2019lgan. Bu yerda Abu Muslim jasadi Xo\u2019ja Ta\u2019mim Ansoriy mozori yaqiniga izzat-ikrom bilan ko\u2019milgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Aftidan, Nasafiy rivoyatlarga asoslangan bo\u2019lsa kerak, garchi Samarqandda va uning tevarak-atrofidagi Abu Muslimga hurmat bilan qarab, uning shaxsini ilohiylashtirishga intilish katta bo\u2019lgan bo\u2019lsa ham qadimiy manbalarda bunday ma\u2019lumotlar uchramaydi. Shu munosabat bilan Samarqandda va uning tevarak-atrofida har xil diniy mazhablar paydo bo\u2019ldi. Zabt etilgan mamlakatning mahalliy xalqlari orasidan chiqqan Abu Muslim izdoshlari, bir tomondan, Abu Muslim qatl etilganini tan olib, xalqni uning qonu uchun o\u2019ch olishga da\u2019vat etsalar, ikkinchi tomondan, uning shaxsini ilohiylashtirib, uni payg\u2019ambar deb hisoblab, ko\u2019klarga ko\u2019tardilar; uning ruhini abadiy barhayot deb, yana qaytib kelishini kutdilar. Masalan, Sumbod degan kishi o\u2019zini Abu Muslimning vakili deb e\u2019lon qilib, Abu Muslim tirik, Abu Ja\u2019far Abu Muslimni o\u2019ldirmoqchi bo\u2019lganida, u xudo taoloning nomini tilga olib, oq kabutarga aylanib uchib ketdi, deb odamlarni ishontirishga urindi. Bunday diniy qarashlar Samarqanddagi \u201cShohizinda\u201d (\u201cTIrik shoh\u201d) mozorining nomlanishini fahmlab olish uchun yordam beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abu Muslimni ilohiylashtirib, bid\u2019atchi mazhablarning rahnamosi qilib ko\u2019rsatgan Muqanna qo\u2019zg\u2019oloni bostirilgach, sunniy ruhoniylarning ta\u2019siri kuchaya borishi bilan Abu Muslimning nomi ham unutilib ketgan bo\u2019lishi mumkin, lekin mozorning nomi saqlanib qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Keng xalq ommasi o\u2019z orzu-umidlarini og\u2019ir soliqlar, diniy va milliy zulm hamda kamsitishlardan xalos etishni va\u2019da qilgan Abu Muslimning muvaffaqiyatlari bilan bog\u2019lari edi. Shuning uchun ham Abu Muslim o\u2019ldirilganidan keyin Abbosiylarga qarshi qo\u2019zg\u2019olon boshlandi. 755 yilda Xurosonning Ray shahrida Sumbod qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tardi va Xuroson noibiga qarshi 70 kun davomida shiddatli kurash olib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aftidan, arab xalifasi Abu Ja\u2019farning maxfiy niyatlari fosh etilgan xuddi ana shu Movarounnahrda Abu Muslim o\u2019z dushmani-Abbosiylar xalifasi Abu Ja\u2019farga qarshi madad topdi va Samarqandda o\u2019zini xavf-xatardan xoli his qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, VIII asrning 50-yillarida Samarqandda xalifalik hukmronligidan qutulishga intilish juda katta edi. Abu Muslim Samarqanddan ketib qolganidan keyin bu shahar to\u2019g\u2019risida, ayniqsa, Abu Dovud hukmronlik qilgan davr (755-757) haqida arab tilidagi manbalarda ma\u2019lumotlar juda kam. Gardiziyning yozishicha, Abu Dovud Samarqandda \u201coq kiyimlilar\u201d bilan bo\u2019lgan urushda o\u2019ldirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>757 yilda Marvda boshlangan qo\u2019zg\u2019olonga Baroz boshchilik qildi. Gardiziyning ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, u Abbosiylarning qora bayrog\u2019iga qarshi oq bayroq ko\u2019tardi. Mahalliy zodagonlarning ta\u2019siri ostida bo\u2019lgan xurosonlik noib Abduljabbor Barozga kelib qo\u2019shildi. Bu zodagonlar boshida Abduljabborning vaziri, al-Muqanna deb nomlangan Hoshim ibn Hakim (Ibn Xaliqanga ko\u2019ra, Hoshim ibn Ata) turar edi. Xalifa qo\u2019zg\u2019olonni bostirish uchun o\u2019z o\u2019g\u2019li-toju taxt valiahdi Mahdiyni yubordi. Abduljabbor va uning tarafdorlari 753 yilda qo\u2019lga tushirilib, Bag\u2019dodga olib ketildi va u yerda qatl etildi. Ammo uning vaziri Muqanna esa Bag\u2019dod turmasida 769 yilgacha saqlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aftidan, Muqanna zindiylar yordamida zindondan qochgan va Bag\u2019doddan eson-omon Marvga yetib borib, arab Abdulla ibn Amirning uyida yashagan Abdulla ibn Amir Qashqadaryo vodiysida qo\u2019zg\u2019olon tayyorlashda faol qatnashgan. Xuroson noibi Humayd ibn Kaxtoba (769-776) Muqannaning daryodan kechib o\u2019tib, Movarounnahrga borish niyatini bilib, kechuvga qo\u2019shinlarni yubordi va Muqannani qo\u2019lga tushirishni buyurgan. Biroq Muqanna sezdirmay Qashqadaryo vodiysiga kelib, u yerda katta shaharlar-Kesh, Naqshob, Samarqand, Buxoro va boshqa joylardagi mustahkamlash ko\u2019handizlarida turgan arab garnizonlariga qarshi kurash boshlagan. Muqanna zindiylarning ta\u2019limoti va mahalliy dindonlar ta\u2019siri ostida quyidagilarni targ\u2019ib etdi: \u201cMen butun dunyoning egasiman\u2026 Men o\u2019zimni xohlagan nom bilan atay olaman. Men xalq orasiga Odamato, keyinchalik Ibrohim, so\u2019ngra esa Muso, shundan keyin Iso va yana Muhammad payg\u2019ambar sifatida\u2026 keyinchalik esa Abu Muslim bo\u2019lib xalqqa ko\u2019ringanman. Mana endi meni ko\u2019rib turganingizdek qiyofada keldim\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Mehnatkash xalq Muqanna tomonida bo\u2019lishiga qaramay, katta shaharlarda hokimiyatni mustahkam ko\u2019handizlarda joylashib olgan arab garnizonlari saqlab turardi. Muqand va Buxorodagi arab garnizonlariga qarshi kurash boshlashni va Kesh viloyatidan Siyam (Sanam) qal\u2019asini mustahkamlashni buyurdi.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019g\u2019dda qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan safidjomagonlar (oq kiyimlilar) Samarqand garnizoniga qarshi kurashda Muqannaga yordam berishda, musulmonlarning uylarini talashdi. Asosiy harakatlar Samarqand yaqinida bo\u2019ldi, chunki bu yerda arablar harbiy kuchining asosiy qismi joylashgan edi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar Keshni va Narshax qal\u2019asini egallaydilar. Xuroson noibi Abu No\u2019mon Humayd ibn Kaxtoba qo\u2019zg\u2019olonni bostirishga harakat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Humayd ibn Kaxtobadan keyin Xurosonni uning o\u2019g\u2019li Abdulla ibn Humayd ibn Kaxtoba idora qildi. U hukmronlik qilgan davrda Muqanna qo\u2019zg\u2019oloni yanada keng quloch yozdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalifa Mahdi 776 yili Abu Ayyub Abdulmalik ibn Yazidni Xurosonga noib qilib tayinladi va unga butun So\u2019g\u2019dda qo\u2019zg\u2019olonni tugatish uchun shoshilinch choralar ko\u2019rishni buyurdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdumalikning buyrug\u2019i bilan Jabroil Husayn ibn Ma\u2019azga yordamga yetib keldi. Ular umumiy kuch bilan Narshaxni qurshab olishdi. Narshax qal\u2019asi uzoq vaqt qarshilik ko\u2019rsatgandan keyin taslim bo\u2019ldi. Safidjomagonlarning kesilgan boshlari qo\u2019zg\u2019olonchilarni qo\u2019rqitish uchun So\u2019g\u2019dga keltirildi. Safidjomagonlarga qarshi olib borilgan urush Samarqandning o\u2019zida va tevarak-atrofdagi joylarda ham davom etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jabroil Husayn ibn Ma\u2019az bilan birga buxorolik lashkarlarga bosh bo\u2019lib Samarqandga kelishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bal\u2019amiyning yozishicha, shahar aholisi ikki guruhga bo\u2019lindi: bir xil kishilar. Samarqand garnizoni jangchilari bilan birga Jabroilning shaharga kirishiga yordam berishdi, boshqalari esa turklarning harbiy boshlig\u2019i Fid bilan birgalikda ularga qarshilik ko\u2019rsatishdi. Fil 300 kishini yo\u2019qotib, chekinishga majbur bo\u2019ldi. Jabroil ham katta talafot ko\u2019rdi. U Samarqand garnizoni bilan qo\u2019shila oldi, ammo endi u urushni muvaffaqiyatli davom ettirishga umid bog\u2019lamas edi. Muqanna Garicha (Xorija) boshchiligida Jabroilga qarshi Samarqand ustiga o\u2019n ming kishilik qo\u2019shin yubordi. Jabroil yordam so\u2019rab Xuroson noibi Abdulmalik huzuriga chopar yubordi. Abdulmalik Uqaba ibn Salim boshchiligida 10 ming musulmonni ajratib berdi. Biroq qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan Muqanna tarafdorlari Kesh yaqini ularga hujum qilib, katta talafot yetkazishdi. So\u2019ngra qo\u2019zg\u2019olonchilar hiyla ishlatishdi. Ular mahalliy zodagon dehqonlardan birining nomiga xat yo\u2019llab, unda Horija Jabroilni tor-mor qildi va Samarqnadnig taladi deb yozdilar. Qo\u2019zg\u2019olonchilar shunday qildilarki, bu qalbaki ma\u2019lumot Uqabaning qo\u2019liga tushdi. Xatdagi xabarga ishongan va Samarqandgacha yetib borishga ko\u2019zi yetmagan Uqaba Jabroilga qo\u2019shilish uchun Balxga qaytib keladi. U yerdan u Xuroson noibi Abdulmalikka xat yozib, qo\u2019zg\u2019olonchilar halqasini yorib o\u2019ta olmaganligini va Jabroil bilan qo\u2019shila olmaganligini ma\u2019lum qildi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar tomonidan tor-mor qilingan Uqaba ibn Salim joylashgan Balxda Abdulmalikning buyrug\u2019i bilan 14 ming kishilik qo\u2019shin to\u2019plandi. Uqaba ibn Salim boshchiligidagi bu qo\u2019shin Horijaga qarshi urushda Jabroil ibn Yahyoga yordam berish uchun yana Samarqandga qarab yo\u2019l oldi. Bundan xabardor bo\u2019lgan Muqanna o\u2019z tarafdorlariga yordam berish uchun harbiy boshliqlar Sarixama (Sarjama) va Kiyaki GUzi boshchiligida ham ko\u2019p qo\u2019shin yubordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jabroil musulmonlarni himoya qilish va noib yuborgan qo\u2019shinlarni kutib o\u2019tirmay, kurashni boshlash uchun qal\u2019adan chiqishga majbur bo\u2019ldi. Qattiq jangda ko\u2019pgina musulmonlar halok bo\u2019ldi, Jabroil esa qolgan qo\u2019shinlari bilan Samarqandning mustahkam qal\u2019asiga yashirindi. Sarixama Horijaga Samarqandni qamal qilishni davom ettirishni buyurdi, o\u2019zi esa Jabroilga yordamga kelayotgan musulmon qo\u2019shinlariga qarshi chiqish uchun qo\u2019shin bilan Amudaryo qirg\u2019oqlariga qarab yo\u2019l oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019zg\u2019olonchilar Termizni ishg\u2019ol qilib, Xurosondan Movarounnahrga kechib o\u2019tiladigan joyda musulmon qo\u2019shinlariga qarshi qaqshatg\u2019ich zarbaga tayyorlandi. Qonli jang bo\u2019lib, unda yuzlarcha kishi o\u2019ldirildi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar g\u2019alaba qozondi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muqanna arablarga ko\u2019maklashgan zodagon: dehqonlarning mol-mulkini talash to\u2019g\u2019risida qo\u2019zg\u2019olonchilarga buyruq berdi. Jabroil bilan Fil o\u2019rtasida jang borayotgan vaqtda Sag\u2019oniyon hokimi arablar tomonida turganligi uchun bo\u2019lsa kerak, Muqanna buyrug\u2019i bilan Sarixama Sag\u2019oniyonni bosib olib, bir oy davomida bir qancha qishloqning zodagon dehqonlarini taladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jamhur boshchiligidagi qo\u2019zg\u2019olonchilar Naxshobni egalladilar. Bu shaharning aholisi, Ba\u2019lamiyning yozishicha, urushsiz Jamhurga qo\u2019shildi. Zodagon dehqonlar mol-mulklarini to\u2019plab, shahardan qochib ketishga urinib ko\u2019rdi, ammo qo\u2019zg\u2019olonchilar ularning yo\u2019lini to\u2019sdi. Shahar devorlaridan tashqarida shiddatli jangler boshlandi. Ba\u2019lamiy ana shu jang haqida bunday deb yozadi: Ahmad Mudiy degan badavlat dehqon katta qo\u2019shin bilan Nahshobga hujum qildi va qo\u2019zg\u2019olonchilardan qattiq o\u2019ch oldi. Jamhur va qo\u2019zg\u2019olonning boshqa rahbarlari dorga osildi, bu esa qo\u2019zg\u2019olonchilarning istilochi arablargagina emas, balki mahalliy feodallarga nisbatan ham qahr-g\u2019azabini qo\u2019zg\u2019atdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muqanna Samarqandni arab qo\u2019shinlaridan ozod qilish uchun yana bir bor urinib hiyla ishlatdi. Uning talabiga asosan, Jamhurning akasi badavlat dehqon Jahdon (Hijduvon) Jabroilga xat yozib, uni o\u2019z himoyasiga olishini iltimos qildi. Jahdonning Muqanna tomoniga o\u2019tib ketganligini bilmagan Jabroil unga yordam tariqasida Yazid ibn Yahyo va Nasr ibn Lays boshchiligida otliq otryadlar yubordi. Turk qo\u2019shinlari Muqanna qo\u2019shinlari bilan birga pistirmadan turib ularga hujum qilishdi. Bu jangda Yazid ibn Yahyo o\u2019ldirildi. Uning qo\u2019shinlari Nasr ibn Lays bilan birga qurshovda qoldi. Ularni qutqazish uchun Jabroil garnizon bilan birga Samarqanddan chiqdi va Samarqand garnizonining katta qismini qurbon qilib, qal\u2019aga qaytib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mahdiy 778 yil yanvarda Ma\u2019az ibn Muslimni Xurosonga noib qilib tayinladi va unga Jabroil ibn Yahyodan boshqa hamma hokimlarni ishdan bo\u2019shatishni buyurdi. Ma\u2019az ibn Muslim Muqannaga qarshi yurish tashkil etish uchun bahor fasliga Movarounnahrga qarab yo\u2019l olgan bo\u2019lsa kerak. Uning buyrug\u2019i bilan Buxoroda 570 ming dehqon, bolta, panshaxa va tabarlar ko\u2019targan 3 ming hunarmand to\u2019plandi, tosh otadigan, devor teshadigan asboblar manjaniqlar tayyorlandi. U yaxshi qurollangan qo\u2019shin bilan So\u2019g\u2019dga qarab jo\u2019nadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Said al-Xarashiy Ma\u2019az ibn Muslimga yordam berish uchun Hirotdan So\u2019g\u2019d tomon yo\u2019l oldi. Jabroil ibn Yahyo ana shu vaqtda 15 ming kishilik armiyaga boshchilik qilayotgan Xorija bilan urushayotgan edi. Xorijaga Samarqand garnizoniga uzluksiz hujum qilish topshirilgan bo\u2019lsa kerak. Arablarning jazo qo\u2019shini yaqinlashib kelayotganligini eshitgan Muqanna zarbani qaytarish uchun o\u2019zining eng yaxshi qo\u2019shinlarini Samarqandga yubordi. Bala\u00e1miyning yozishicha, Xalq Xoqon va uning inisi Filning 40 ming kishilik qo\u2019shini, Kiyaki Guzining 10 ming kishilik qo\u2019shini va Nayzaning 14 ming kishilik qo\u2019shini Samarqand ostonalarida to\u2019plandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jang yakkama-yakka olishuv bilan boshlandi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar tomonidan Fil, arablar tomonidan esa Mahdiyning musulmon qilgan odami Nasr ibn Lays maydonga chiqishdi. Fil o\u2019ldirildi. So\u2019ngra Nayza bellashdi va u ham o\u2019ldirildi. Arablarning diqqt e\u2019tibori yakkama-yakka olishuvga qaratilgan bir paytda, qo\u2019zg\u2019olonchilarning ayrim otryadlari shahar devorlarini buzib, shaharga bostirib kirdilar. Ular arablarnigina emas, balki mahalliy musulmon zodagon dehqonlarini ham taladilar. Turklar va Muqannaning hujumini zo\u2019rg\u2019a qaytargan Ma\u2019az 778 yil qish kirishi bilan Marvga qaytib keldi. Xalifa Mahdiy 779 yili Xuroson noibi Ma\u2019azga yana qo\u2019shin tortib Movarounnahr ustiga borishni buyurdi, xalifaning o\u2019zi esa Nishopurga yetib keldi. Qo\u2019zg\u2019olon vaqtida moddiy zarar ko\u2019rgan ko\u2019pgina yirik mahalliy yer egalari yosh xalifaga va Marvga yetib kelgan Ma\u2019az ibn Muslimga yordam berishga shoshildi. Xalifa Hirot hokimi Said al-Xarashiyga Muqannaga qarshi muqaddas yurishda ishtirok etishni buyurdi. Ma\u2019az katta qo\u2019shin to\u2019plab, Buxoroga qarab yo\u2019l oldi. Buxoro zodagon dehqonlari shahar aholisidan qurol-yarog\u2019ishlatishga yaroqli kishilarni tanlab, unga yordam berdi. Agar Buxoro rayonida Muqannaga qarshi kurashgan qo\u2019shinlarning asosiy qismini arablar tashkil qilgan bo\u2019lsa, So\u2019g\u2019dda esa manzara tamomila boshqacha edi. \u201cOq kiyimlilar\u201d mudofaaga yaxshi tayyorgarlik ko\u2019rishdi. Samaqand yaqinida turk harbiy boshlig\u2019i&nbsp; Kiyaki Guzi bilan Ma\u2019az qo\u2019shinlari o\u2019rtasida to\u2019qnashuv bo\u2019lib o\u2019tdi. Kiyaki Guzi 300 ga yaqin kishidan ajralib chiqishga majbur berdi. Keyinchalik Ma\u2019az bilan Said al-Xarashiyning birlashgan qo\u2019shinlari ham qo\u2019shinlari ham qo\u2019zg\u2019olonchilardan yengildi. Qish kirishi bilan Said al-Xarashiy qamalni tashlamadi, Ma\u2019az esa qishlovga ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalifa 780 yil boshlarida Musayyob ibn Zuhayrni Xuroson noibi qilib tayinlandi. U bahor faslida Movarounnahrga yangi yurishga otlandi. Bu vaqtda Movarounnahrda \u201coq kiyimlilar\u201d harakati kuchaygan edi. Yaxshi qurollangan otliqlar otryadiga ega bo\u2019lgan turk sarkardasi Kular Tegin ularga, ayniqsa, astoydil yordam berdi. Musayyob ibn Zuhayr Buxoroda u bilan bir necha bor jang qildi. Musayyob urushayotgan vaqtda Said Siyom qal\u2019asini qamal qilishni davom ettirdi. Jabroil ibn Yahyo Samarqandda hokim bo\u2019lib qoldi. Musayyob ibn Zuhayr Buxorodan Keshga keldi. Qashqadaryo vodiysida qo\u2019zg\u2019olonchilarga qarshi kurash boshlandi. Arablar va mahalliy feodallar Muqanna joylashib olgan Siyam (Sanam) tog\u2019idagi qal\u2019ani uzoq vaqt qamal qildilar. Said al-Xarashiy qish faslida ham qamalni davom ettirishni taklif qildi. Buning uchun u xalifaning roziligini oldi. Uzoq davom etgan qamal Muqanna qo\u2019shinlariga yomon ta\u2019sir etdi. Ayni vaqtda Xurosondan yetib kelgan Dovud qo\u2019shinlari hisobiga arablarning kuchi ko\u2019paydi. Qal\u2019aning mudofaa xandaklarini qo\u2019riqlab turgan Muqannaning ukasi Qabzam \u201coq kiyimlilar\u201dni qirib tashlab, uch ming kishilik qo\u2019shini bilan al-Xarashiyga taslim bo\u2019ldi va islom dinini qabul qildi. Said Muqanna oldiga elchilar yuborib, unga taslim bo\u2019lishni taklif qildi. Ammo Muqanna taslim bo\u2019lishdan bosh tortdi va qal\u2019aga qo\u2019mondonlik qilishni Sarixamaga topshirdi. Biroq Sarixama 3300 jangchi bilan arablar tomoniga o\u2019tib ketdi. Tashqi qal\u2019a arablar qo\u2019liga o\u2019tdi, qo\u2019zg\u2019olonchilarning ahcoli umidsiz bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ahvolning juda og\u2019irligiga ishonch hosil qilgan Muqanna 782-783 yillarda o\u2019z yaqinlarini, erkak va ayollarni zahar ichishga majbur qildi, o\u2019zini esa yonib turgan o\u2019choqqa otdi. Beruniyning so\u2019zlariga qaraganda, bu voqea 785 yilda bo\u2019lgan. Muqanna o\u2019z tanasining sirli g\u2019oyib bo\u2019lishi izdoshlarini uning yana qaytib kelishiga ishontiradi deb o\u2019zini kuydirishga jazm qildi. Ammo u o\u2019choqning ichidan topib olindi, uning kesilgan boshi esa xalifa Mahdiyning oldiga olib kelindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bar Yevrey go\u2019yo Muqannaning basharti men halok bo\u2019lsam ko\u2019k otga mingan keksa kishiga aylanib, o\u2019z izdoshlarim yoniga qaytib boraman va yerni egallayman, deb aytgan so\u2019zlarini keltiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muqanna qarorgohining olinishi va uning o\u2019limi bilan bu harakat uzil-kesil bositirilmadi. Muqanna izdoshlaridan ba\u2019zi birlari yo\u2019lboshchining qaytib kelishi kutar edi. Ular Kesh (Shahrisabz) va Naxshob (Qarshi) viloyatlarining qishloqlarida uzoq vaqt, hatto XII asrgacha shu haqda tashviqot olib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muqanna qo\u2019zg\u2019olon garchi mag\u2019lubiyat bilan tugagan bo\u2019lsa-da, u Abbosiylarga xalqning qudratini, uning istilochilarga nisbatan nafratini ko\u2019rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cOq kiyimlilar\u201d va Muqanna harakati bostirilgandan keyin Movarounnahrdagi mehnatkashlar ommasining va boshqa tabaqalarning xalifalikka bo\u2019lgan nafrati yanada kuchaydi, ular yana bosh ko\u2019tarishga tayyor turdi. Ayrim guruhlar islom ta\u2019limoti va xalifalikka qarshi kurashni uzluksiz davom ettirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalifa Xorun ar-Rashid xurosonlik zodagonlarning kuchayib ketgan ta\u2019siriga qarshi kurash olib borib, xalifalikning markazi va sharqiy viloyatlarida hokimiyatni o\u2019z qo\u2019lida ushlab turgan Barmaqiylar oilasining qirib tashlaganidan keyin ziddiyatlar ayniqsa kuchayib ketdi. U xurosonlik dehqonlarni hokimiyatdan chetlashtirdi va Xuroson noibi qilib arab zodagonlarining vakilini tayinladi. Arab noiblari Musayyob ibn Zuhayr (780-783) va Gitrif ibn Ato (792-793) tarkibida kumush oz bo\u2019lgan dirhamlar-musaybi va gitrifi zarb qildi. Bu dirhamlarning oltidan bir qismigina kumushdan iborat edi. Ana shunday dirhamning oltitasi bir kumush dirhamga to\u2019g\u2019ri kelar edi. Hukumat hirojni ana shunday dirhamlar bilan to\u2019lashni talab qilganligi sababli Buxoro hiroji olti baravar ko\u2019paydi. Norozi bo\u2019lgan mahalliy zodagonlar qishloq jamoasi sharoitida yashayotgan O\u2019rta Osiyo mehnatkash dehqonlaridan madad qidira boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat bu mehnatkash dehqonlardan yetishtirayotgan qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarining beshdan ikki qismidan tortib, to uchdan bir qismigacha bo\u2019lgan ulushini olar edi. Noib Ali ibn Iso Xurosonga kelgach, odamlarni siqishtira boshladi, zo\u2019rlik ishlatdi, ularning mol-mulkini taladi. U talab olgan boyliklarning bir qismini (otlar, qullar, kiyim-kechak, mushk-anbar va pullarni) sovg\u2019a tariqasida Xorunga jo\u2019natdi.<\/p>\n\n\n\n<p>806 yili Samarqandda Rafi ibn Lays boshchiligida mehnatkash dehqonlar qo\u2019zg\u2019oloni boshlandi. Bu qo\u2019zg\u2019olon ham Muqanna qo\u2019zg\u2019oloni ilgari surgan shiorlarni ko\u2019tarib chiqdi va o\u2019sha talablarni qo\u2019ydi, chunki qo\u2019zg\u2019olonni keltirib chiqargan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sabablar bartaraf etilmagan edi. Bu g\u2019alayon Zarafshon va Qashqadaryo vodiylariga yoyildi. Shosh aholisi va qo\u2019shni qarluqlar qo\u2019zg\u2019olonchilarga qo\u2019shildilar. Isyonchilar islom dinini, istilochilar dinini rad etib, xalqni \u201csulton va musulmonlarga\u201d qarshi kurashga da\u2019vat etdilar. Shahar kambag\u2019allari ham dehqonlarga qo\u2019shildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Dehqonlarning bir qismi ham qo\u2019zg\u2019olonchilarga kelib qo\u2019shilishdi. Dehqonlar hokimiyat uchun va ilgarigi iqtisodiy ahvolni, ya\u2019ni o\u2019zlarining sinfiy manfaatlarini ko\u2019zlagan ahvolini tiklash uchun xalq qo\u2019zg\u2019olonidan foydalanishga harakat qildilar. Qo\u2019zg\u2019olon boshlig\u2019i, arab harbiy sarkardasi Rafi ibn Lays Samarqandni bosib olib, urush harakatlariga shu yerdan turib rahbarlik qildi. U Umaviylardan bo\u2019lgan noib Nasr ibn Sayyor mudaribning nabirasi edi. Nasr ibn Sayyor qudratli va urushqoq kishi bo\u2019lib, VIII asrning 40-yillaridayoq buxor xudot Taxshadning qiziga uylanib, qarindoshlik ittifoqini mustahkamlab olgandi. Ammo bu davrga kelib uning avlodi Xuroson va Movarounnahrning hayotida Umaviylar xalifaligi davridagi singari katta rol o\u2019ynamasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019zg\u2019olon boshlanishdan oldin Rafi ibn Lays sulton qo\u2019shinlarining boshliq (mehtar)laridan biri edi. Rivoyatlarga qaraganda, u shaxsiy g\u2019araz tufayli Ali ibn Isoga qarshi chiqqan. U bir arab xotinni sevib qolib, unga uylangan, lekin ayol shariat qonuni bo\u2019yicha eri bilan ajrashmagan ekan. Rafn ayolga musulmon dinidan voz kechishni va Rafi ibn Lays bilan birga yashash uchun vaqtincha dahriy bo\u2019lishni, ya\u2019ni murtad bo\u2019lishni taklif qilgan. Ayol Rafi tavsiya etganidek ish tutgan. Ayolning eri Ashraf degan kimsa xalifa ar-Rashidning qarindoshlaridan biri bo\u2019lib, unga shikoyat qilgan va shariatni buzganligi ham or-nomusini haqorat qilganligi uchun Rafini jazolashni talab qilgan. Samarqand hokimi xalifaning buyrug\u2019ini olgandan keyin mahalliy an\u2019analarni buzganligi uchun jazolash maqsadida Rafi ibn Laysni qo\u2019lga tushirgan va eshakka teskari mindirib shahar aylantirgan. Bu voqea samarqandliklarning izzat-nafsiga tekkan va ular noibning siyosatidan norozi bo\u2019lgan, xalqqa boshchilik qilgan Rafi ibn Laysni ozod etishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>VII asrning birinchi yarmida Xurosonda katta lavozimni egallab turgan arab Nasr ibn Sayyorning avlodi-Rafi ibn Laysning arablarga qarshi chiqishi uning Xuroson va Movarounnahr xalqlari o\u2019rtasida keng shuhrat qozonishiga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu qo\u2019zg\u2019olonchilarning talablarini bilvosita manbalardan bilamiz. Ma\u2019lumotlarga qaraganda, arablar xiroj miqdorini kamaytirishga majbur bo\u2019lgan. Aftidan Movarounnahrdagi qo\u2019zg\u2019olon xiroj miqdorining ko\u2019payib ketganligi sababli ro\u2019y berib, xalq demokratik harakati tusini olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019zg\u2019olonchilar Shosh, Farg\u2019ona, Xo\u2019jand, Usrushon, Sag\u2019aniyon, Buxoro, Xuttalon, Balx va Tohariston aholisiga murojaat qilib, ulardan \u201csulton va musulmonlarga qarshi\u201d kurashda yordam so\u2019ragan.<\/p>\n\n\n\n<p>Narshaxiyning so\u2019zlariga ko\u2019ra, islom dinini majburan qabul qilgan va Muqannaning qaytib kelishini kutgan Nasaf, Kesh, Buxoro qishloqlarining aholisi Muqanna ta\u2019limotini oshkora targ\u2019ib qilgan va xalqni arab bosqinchilariga qarshi kurashga da\u2019vat etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qashqadaryo va Zarafshon vodiylari qo\u2019zg\u2019olon o\u2019chog\u2019iga aylandi. Qishloq ketidan qishloq xalifa hukmdorlariga bo\u2019ysunishdan bosh tortdi va qo\u2019zg\u2019olonchilara kelib qo\u2019hildi. Afsuski, manbalarda qo\u2019zg\u2019olon izchillik bilan bayon qilinmagan. Qo\u2019zg\u2019olonning bostirilishi munosabati bilan Movarounnahrning turli rayonlarida yuz bergan voqealar to\u2019g\u2019risida uzuq-yuluq ma\u2019lumotlargina keltirilgan, xolos.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorodagi qo\u2019zg\u2019olonga Bashir boshchilik qildi. U Xuroson noibi (739-749) Nasr ibn Saryyorning nabirasi Rafining ukasi bo\u2019lib, ona avlodi jihatidan buxor xudotlar naslidan bo\u2019lgan va mahalliy zodagonlar orasida tarbiya topgan edi. Samarqand viloyati (Rustaki)ga qarashli Ishtixonda arab sarkardalaridan Axvas ibn Muhojir bilan Ujayfa ibn Anbas Rafi ibn Laysning ta\u2019siri ostida qo\u2019zg\u2019olonchilar tomoniga o\u2019tdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibn al-Asirning yozishicha, Nasaf aholisi Iso boshchiligidagi Xuroson qo\u2019shinlarining yaqinlashib kelayotganini bilib, yordam so\u2019rab Rafi ibn Laysga murojaat qilishgan. Rafi ibn Lays Isoga qarshi Shosh hokimi boshliq katta otryad yuborgan. Qo\u2019zg\u2019olonchilar 807 yilning sentyabrida Iso otryadini qurshab olib, tor-mor qilishgan, Isoning o\u2019zini esa o\u2019ldirishgan. Isoning otasi, Xuroson noibi Ali ibn Iso xalifa tomonidan o\u2019z amalidan olib tashlangan. Xalifa Harsama ibn Ayyonga Xurosonga hukmronlik qilish yorlig\u2019ini topshirgan, lekin uni sir tutishni iltimos qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalifa 897 yilda go\u2019yo Ali ibn Isoga yordam berish uchun deb Harsama ibn Ayyoning uch ming kishilik qo\u2019shin bilan Xurosonga yubordi. Harsama ibn Ayyon Marvga kelgach, Ali ibn Isoni qamoqqa oldi va uning mol-mulkini musodara qildi. Ayni vaqtda Movarounnahrda samarqandliklarning qo\u2019zg\u2019oloni yanada keng qulovhc yozdi. Harsama Amudaryoni kechib o\u2019tdi va ana shu viloat aholisini o\u2019zi bo\u2019ysundirishga harakat qildi ammo bu harakat muvaffaqiyatsiz tugadi. Harsamaning xalifaga yozgan xatidan ma\u2019lum bo\u2019lishicha, qo\u2019zg\u2019olon samarqandliklarga Movarounnahr, Tohariston va Balx atrofidagi barcha qishloqlarning aholisi kelib qo\u2019shilgan. Muqanna qo\u2019zg\u2019oloni vaqtida bo\u2019lganidek, bus afar ham qishloq va viloyatlarning aholisi o\u2019z hokimlari boshchiligida qo\u2019zg\u2019olonchilarga kelib qo\u2019shildi. Masalan, Shosh hokimi Qashqadaryo vodiysida arab qo\u2019shinlariga qarshi kurashda ishtirok etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019zg\u2019olonni o\u2019z kuchi bilan bostira olmagan Harsama qo\u2019zg\u2019olon kengayib, dahshatli tus olayotganini xalifaga ma\u2019lium qildi. Urush harakatlariga boshchilik qilish uchun xalifa o\u2019zi Tus shahriga keldi, chunki u Rafi ibn Laysning qo\u2019zg\u2019oloni butun Xurosonga yoyilib ketishidan qo\u2019rqar edi. O\u2019z o\u2019g\u2019li Ma\u2019munni Xuroson noibi qilib tayinlab, katta qo\u2019shin bilan uni Marvga yubordi. Rafi ko\u2019p qo\u2019shin to\u2019plashga qaror qilib, Shosh, Farg\u2019ona, Xo\u2019jand, Usrushon, Sag\u2019aniyona, Buxoro, Xorazm, Xuttalon, Balx va Tohariston aholisini, shuningdek, turklar, qarluqlar, to\u2019quzogurlar, Tibet va boshqa viloyatlarning hokimlarini xalifa va musulmonlarga qarshi kurash olib borishga da\u2019vat etdi. Samarqand rustakidagi qo\u2019zg\u2019olon boshliqlari Ujayfa ibn Anbas bilan Axvas ibn Muhojir 808 yilning oxirida Harsamaga taslim bo\u2019lishdi. Harsama Marvdan Amul (Chorjo\u2019y) orqali Buxoroga qarab yo\u2019l oldi, yo\u2019l-yo\u2019lakay qo\u2019zg\u2019olonni ayovsiz bostirdi. Buxoroda qo\u2019zg\u2019olonchilarga g\u2019ayratli sarkarda Bashir ibn Lays boshchilik qilar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019zg\u2019olonchilar shaharni qattiq himoya qilishdi, lekin Harsama 809 yili Buxoroni qo\u2019lga olishga muvaffaq bo\u2019ldi. Asir qilingan Bashir ibn Laysni Xorun ar-Rashid huzuriga yubordi. Xalifaning buyrug\u2019i bilan Bashir ibn Lays vahshiyona o\u2019ldirildi. Harsama Samarqandga yaqinlashib kelib, uni qurshab oldi. Yoqubiynnig so\u2019zlariga qaraganda, Jabg\u2019u boshchiligidagi qarluqlar Rafi ibn Laysga yordamga kelishdi. Harsama Jabg\u2019uni qo\u2019zg\u2019olonchilarga qarshi kurashish uchun o\u2019ziga yordamga kelgan deb o\u2019ylar edi, ammo uning umid puchga chiqdi, qarluqlar unga qo\u2019shilish uyoqda tursin, hatto uni qurshab olib, unga qarshi jang qila boshladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Harsamaning ahvolidan xabardor bo\u2019lgan Ma\u2019mun qo\u2019zg\u2019olonning yagona o\u2019chog\u2019i hisoblangan Samarqandga Tohir ibn Husayn boshchiligida qo\u2019shin yubordi. Tohirning kelishi shaharning tashqi qismini egallab turgan Harsamaning ahvolini yengillashtirdi. Tohir ibn Husayn Samarqandga yaqinlashib qolganida, Harsama bilan Tohir qo\u2019shinlari o\u2019rtasida qolib ketishdan qo\u2019rqqan qarluqlar shaharni tashlab ketishdi. Samarqand qal\u2019asida qamal qilingan Rafi ibn Lays boshchiligidagi qo\u2019zg\u2019olonchilar og\u2019ir ahvolda qolishdi. Narshaxiyning so\u2019zlariga ko\u2019ra, Tohir qo\u2019l ostida xizmat qilgan Asad ibn Somon xudotnig o\u2019g\u2019illari Rafi ibn Lays va uning tarafdorlarini taslim bo\u2019lishga ko\u2019ndirdilar. Ular adolatsiz hokimlarga qarshi kurashayotgan qo\u2019zg\u2019olon rahbarlarini xirojni kamaytirgan Ma\u2019munning \u201cadolatparvarligi\u201dga ishontira oldilar. Samarqand Tohirga taslim bo\u2019ldi, qo\u2019zg\u2019olon boshlig\u2019i esa 809 yilning oktyabrida Ma\u2019mun huzuriga jo\u2019natildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalq ommasining qo\u2019zg\u2019oloni 810 yilda uzil-kesil bostirildi. Omon qoldirish haqidagi va\u2019dalarga qaramay, Rafi ibn Lays va qo\u2019zg\u2019olonning boshqa faol qatnashchilari o\u2019sha yili qatl etildi. IX asrda Movarounnahrda yashagan xalqning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini o\u2019rganish shuni ko\u2019rsatadiki, Rafi ibn Laysning qo\u2019zg\u2019oloni yer solig\u2019i miqdorining ko\u2019paytirilganligi sababli boshlangan edi. Qo\u2019zg\u2019olon natijasida feudal hukmronlar xirojni 25 protsentga kamaytirishga majbur bo\u2019lishdi. Bu, garchi vaqtincha bo\u2019lsa-da, qo\u2019zg\u2019olonchilarning katta g\u2019alabasi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muqanna qo\u2019zg\u2019oloni kabi Rafi ibn Lays qo\u2019zg\u2019oloni ham ajnabiylarning zulmiga qarshi qaratilgan edi. Shuning uchun Ma\u2019munning vaziri xurosonlik Fadl ibn Saxl arablar hokimiyatidan norozi bo\u2019lgan mahalliy yer egalarining ko\u2019pchiligini ota taxtidan mahrum bo\u2019lgan va o\u2019z akasi-xalifa Aminga qarshi kurashishga qaror qilgan yosh shahzoda Ma\u2019mun tomoniga og\u2019dira oldi. Buning ustiga ma\u2019lum darajada shialar-imomiylarning hurmatini ham qozonish maqsadida Madinadan Ali ibn Muso ar-Rizoni chaqirtirdi, uni o\u2019zidan keyin toj-taxt valiahdi qilishga va\u2019da berdi. Ma\u2019mun shialarning manfaatini ko\u2019zlab, Abbosiylarning rasmiy qora rangini (boyroqlar va mansabdor shaxslar kiyim-boshlarining rangi) shialarning sevgan rangi bo\u2019lgan yashil rang bilan almashtirishni, Ali ar-Rizoning nomini (o\u2019z nomidan keyin) tangalarga zarb qilishni buyurdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zining qaynatasi va vaziri Fadlibi Saxlning yordami bilan Xurosonning barcha dehqonlari madadiga umid bog\u2019lagan Ma\u2019mun xalifa Aminga qarshi urushga zo\u2019r berib tayyorgarlik ko\u2019ra boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tohir ibn al-Husayn boshchiligidagi xurosonlik yirik mahalliy feodallar, Ma\u2019munni sidqidildan qo\u2019llab-quvvatlabgina qolmay, Bag\u2019dod taxtiga o\u2019z odamini o\u2019tqazish maqsadida ana shu urushning tashkilotchilari ham bo\u2019ldilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Tohir ibn Husayn xalifa Aminga qarshi olib boriladigan urushga rahbarlik qilishni o\u2019z qo\u2019liga oldi. O\u2019zini qahramon Rustamning avlodi deb ko\u2019rsatib, bunday dedi: \u201cXurosonda birorta ham amaldor yoki badavlat oila yo\u2019qki, u menga qarindosh yoki do\u2019stim bo\u2019lmasin\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Darhaqiqat, Tohir ibn Husaynning Samarqandda Rafi ibn Lays ustidan g\u2019alabani ta\u2019minlaganligi, Xuroson zodagonlari o\u2019rtasida obro\u2019yi oshganligi uning 811 yilda Ali ibn Iso ibn Mahon ustidan g\u2019alaba qozonishga olib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>813 yilda Tohir qo\u2019shinlari Bag\u2019dodni bosib oldi. Asir qilingan xalifa Amir Tohir tomonidan o\u2019ldirildi. Ma\u2019mun xalifa bo\u2019lib qoldi. Al-Ma\u2019mun o\u2019z raqibi ustidan g\u2019alaba qozonganidan keyin markaziy idoraning asosiy tarmoqlarini egallab turgan va Barmaqiylar singari katta xo\u2019jayin bo\u2019lib olib, istagan vaqtda mustaqil ish tutishi va xalifaga bo\u2019ysunishdan bosh tortishi mumkin bo\u2019lgan Tohir ibn Husaynning yordamiga ortiqcha muhtoj emasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalifa Ma\u2019mun 821 yili Tohir ibn Husaynni Xuroson noibi qilib tayinladi. Tohir vataniga jo\u2019nab keta turib, o\u2019z o\u2019rniga katta o\u2019g\u2019li Abdulla ibn Tohirni qoldirdi, mohir musulmon hokimi o\u2019ziga ishonib topshirilgan mamlakatni hukmron sinf nuqtai nazaridan qanday idora qilish kerakligi haqida unga maxsus qo\u2019llanmalar tuzib berdi. Abu Tohir Tayfurning yozishicha, Tohir ibn Husaynning bu qo\u2019llanmasi kotiblar tomonidan ko\u2019chirib yozib olinib, so\u2019ngra amal qilish uchun xalifalikdagi viloyatlarning hokimlariga yuborilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>822 yilning noyabrida xutba o\u2019qitilayotgan vaqtda Tohir xutbadan Ma\u2019munning nomini tushirib qoldirdi, ertasi kuni esa u zaharlab o\u2019ldirildi. Ma\u2019mun uning o\u2019g\u2019li Abdulla ibn Tohirni Xurosonga noib qilib tayinlandi, uning nomidan Talxa ibn Tohir mamlakatni idora qila boshladi. Xuroson noibligi Tohirning o\u2019g\u2019li qo\u2019liga topshirilganligi bilan xalifalikning sharqiy viloyatlarida Tohiriylar xonadoni hukmronligi boshlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tohiriylar vassal, ammo qudratli davlatni vujudga keltira oldilar, bu davlat Xuroson, Movarounnahr, keyinchalik esa Tabariston va Eronning boshqa viloyatlari territoriyasida mustaqil siyosiy hayotni olib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tohiriylar davrida Samarqandni va Movarounnahrning ko\u2019pgina qismini Somonilar sulolasi idora qildi. Somon xudot xonadonining hokimiyat tepasiga kelishi ham Rafi ibn Lays qo\u2019zg\u2019olonining bostirilishi bilan bog\u2019liq edi. Somoniylar Movarounnahrda hokimiyatni Tohiriylardan birmuncha ilgari o\u2019z qo\u2019liga oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>817 yili No\u2019h ibn Asad Samarqandni, Ahmad ibn Asad Farg\u2019onani, Yahyo ibn Asad Shohni, Ilyos ibn Asad Hirotni bo\u2019lib olishdi. Ilyos ibn Asad bevosita Tohiriylarga bo\u2019ysunar va xizmat qilar edi. Qolgan aka-ukalar Samarqand hokimi bo\u2019lgan katta No\u2019hga itoat qilardilar. Tohiriylar singari Somoniylar ham o\u2019zlariga ishonib topshirilgan viloyatni mustaqil idora qilishga intilardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Istaxriyning yozishicha, xalifa Mo\u2019tasim (833-842) Xuroson noibi Abdulla ibn Tohirga (830-844) xat yozib, bu xatda uning Bag\u2019doddan mustaqil siyosat yurgizgani uchun unga tahdid qilgan edi. Abdulla xatni Samarqanddagi o\u2019z vassal No\u2019h ibn Asadga yubordi va tez orada javob oldi. Javob xatida shu narsa ko\u2019rsatilgan ediki, Movarounnahr tarkibiga 300 ming qishloq (qariyat) kiradi va har bir qishloq bittadan otliq va bittadan piyoda jangchi berishi mumkin. \u201cBoshqacha qilib aytganda, Samarqand hokimi No\u2019h ibn Asad xalifadan qo\u2019rqish kerak emas, chunki Movarounnahrning o\u2019zigina 600000 kishilik qo\u2019shin berishi mumkin. Shulardan 300000 kishi piyoda va o\u2019shancha otliq askar bo\u2019lib, ular o\u2019z dushmanlariga qarshi kurash olib borishlari mumkin deb javob qaytardi\u201d. Somoniylar Tohiriylarga bo\u2019ysungan bo\u2019lib, lekin ular joylarda aslida mustaqil ish ko\u2019rardilar. Jumladan, ular o\u2019z nomlaridan chaqalar (falsalar) zarb qilar, Lashkar to\u2019plar va chekka viloyatga yurishlar uyushtirar edilar. Istaxriyning so\u2019zlariga qaraganda, Xorazmdan tortib, Isfijob atroflari va Farg\u2019onaning ayrim joylarigacha Movarounnahrning butun chegarasi turklar (qarluqlar)ga qarshi olib borilayotgan urush maydoni edi. Shuning uchun ham Somoniylar Movarounnahr chegaralarini mustahkamlash, bog\u2019 va ekinzorlarni saqlab qolishga intilib, ko\u2019pgina rabotlar tashkil qilib, ularning sonini 10 mingtadan oshirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Somoniylar xalifa xazinasiga Tohiriylar orqali muntazam ravishda xiroj to\u2019lab turardilar. Aka-ukalarning hammasi to\u2019plagan xirojni katta akalari No\u2019h ibn Asadga-Somoniylar davlatining umumiy poytaxti Samarqandga yuborib turardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Afsuski, Movarounnahrga soliq to\u2019lab turadigan okruglarning ro\u2019yxati saqlanmagan va Ibn Xo\u2019rdodbexning ana shu okruglardan tushgan soliqlar to\u2019g\u2019risidagi ma\u2019lumotlari esa chalkashdir. Ibn Xo\u2019rdodbexning yozishicha, \u201cNo\u2019h ibn Asad qo\u2019l ostida bo\u2019lgan So\u2019g\u2019d okruglari 326400 dirham soliq to\u2019lardi. Ana shu mablag\u2019ning 2000000 muhammadiy dirhamini Farg\u2019ona, 46400 musayyob dirhamini turk shaharlari to\u2019lardi. Bundan tashqari, ular kundajiy dag\u2019al gazlamadan 1187 ta kiyimlik va 1380 bo\u2019lak temir to\u2019lardi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibn Xo\u2019rdodbex butun mablag\u2019larni qo\u2019shgan vaqtida Xorazm, musayyob va muhammadiy dirhamlarining kursidagi tafovutini hisobga olmagan, ya\u2019ni ular past darajali ekanini qayd qilmagan edi. U mazkur viloyatlarni No\u2019h ibn Asadga qarashli deb hisoblagan bo\u2019lsa-da, biroq ular Ahmad ibn Asadning bevosita qo\u2019l ostida edi. Darhaqiqat, Ibn Xo\u2019rdodbeh boshqa joyda bunday deb yozadi: \u201cSo\u2019g\u2019d o\u2019ziga qarashli bo\u2019lgan barcha rayonlar, shuningdek, Buttama konlari, Kesh tuz konlari, Kesh, Nasaf va Buttama bilan birga har yili 108900 muhammadiy dirhami to\u2019lar edi\u201d. So\u2019g\u2019dning bu qismi bevosita No\u2019h ibn Asad qo\u2019l ostida bo\u2019lgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rinib turibdiki, Somoniylar va so\u2019g\u2019d isxshidlari davrida 712 yilgi sulh shartnomasiga muvofiq So\u2019g\u2019dni idora qilib turgan Samarqand tarkibiga Kesh va Nasaf kabi asosiy shaharlari bilan birga Qashqadaryo vodiysi ham kirgan. Ibn Xo\u2019rdodbexning yozishicha, No\u2019hning ukasi Yahyo ibn Asad 826-827 yillar uchun Talxa ibn Tohirga quyidagi miqdorda mablag\u2019 to\u2019lagan: Usrushon 50000 dirham (40000 muhammadiy va 200 musayyob dirhami), Xo\u2019jand 100&nbsp;000 va Shoh kumush konlari bilan birga 607&nbsp;100 musayyob dirhami to\u2019lagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda o\u2019z tarkibida Xo\u2019jand ham bo\u2019lan Usrushon, shuningdek, Shoh ham viloyat bilan birga Yahyo ibn Asad hukmronligi ostida edi. Usrushonlik shohlarning xonadoni \u2013 Afshinalar ham 816-827 yillarda o\u2019zining iqtisodiy va siyosiy mavqeini saqlab qoldi. Shuning uchun Yahyo ibn Asadning hokimiyati Samarqandning qo\u2019llab-quvvatlashi tufayligina saqlanib turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibn Xo\u2019rdodbexning Tohiriylar davrida (826-827 yillarda Talxa ibn Tohir hukmronligi vaqtida) soliqlardan kelgan tushum haqidagi ma\u2019lumoti Somoniylarning dastlabki davrda hukmronlik qilgan territoriyasini aniqlab olishga imkon beradi. No\u2019h ibn Asad 826-827 yillarda Somoniylarning o\u2019ziga qarashli bo\u2019lgan Movarounnahr viloyatlaridan olingan soliqlarni to\u2019plab, Tohiriylarga 2172500 dirham (aftidan, past darajali dirham bo\u2019lsa kerak), shuningde 1187 o\u2019ram kundajiy dag\u2019al mato (ya\u2019ni ip gazlama) va 1300 bo\u2019lak temir (har bir bo\u2019lakda 650 dona temir chiviq va o\u2019shancha belkurak bor) to\u2019lagan, bu narsalar Toshkentdan quyiroqda joylashgan Sirdaryo bo\u2019yidagi turk shaharlaridan keltirilgan edi. Bu metal chegarani ko\u2019chmanchilarning hujumlaridan qo\u2019riqlash topshirig\u2019ini nima uchundir o\u2019tamagan va harbiy xizmatga yaroqli bo\u2019lgan yosh turklardan soliq sifatida olingan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Somoniylar va Tohiriylar davrida bevosita yerni ishlovchilardan olinadigan yer solig\u2019ining hajmi kamaymadi. Ular ba\u2019zan bunday og\u2019ir soliqlarni to\u2019lay olmas edilar, soliq tushimlari haqidagi ma\u2019lumotlarda keltirilgan boqimondalar ana shundan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Somoniylar davrida hukmron bo\u2019lgan harbiy feodal va amaldorlar apparati asosan mahalliy zodagonlar va davlat xizmatidagi kishilardan iborat edi va ular to\u2019plagan mol-mulk Movarounnahr doirasidan chetga chiqarilmas edi. Vaholanki, arab noiblari davrida, masalan, Ali ibn Iso ibn Maxon davrida to\u2019plangan mol-mulk mamlakat doirasidan tashqariga tashib ketilar va shu bilan takror ishlab chiqarish doirasi torayar, jamiyat rivojlanishi sekinlashar edi. Movarounnahr viloyatlaridan kelgan soliq tushimlari So\u2019g\u2019d iqtisodiy resurslarining boyligidan dalolat berardi. Ana shu boylik harbiy-siyosiy potentsialni ta\u2019minlab, bu potentsial Somoniylarga keyinchalik Xurosonni va boshqa viloyatlarni ham Movarounnahrga birlashtirib, Movarounnahrda markazlashgan qudratli davlatni vujudga keltirishga imkon yaratdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Umar II ning o\u2019limini G\u2019urrak arablarga qarshi urush boshlash uchun eng qulay payt deb hisoblaydi. Endi u islom dinini qabul qilmagan feodallar tomonidangina emas, balki musulmonlikka kirgan, lekin xiroj ozod &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqand-xalifalikka-qarshi-olib-borilgan-ozodlik-urushining-markazi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153110","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153110","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153110"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153110\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153111,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153110\/revisions\/153111"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153110"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153110"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153110"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}