{"id":153112,"date":"2025-09-08T12:43:14","date_gmt":"2025-09-08T09:43:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153112"},"modified":"2025-09-08T12:43:15","modified_gmt":"2025-09-08T09:43:15","slug":"somoniylarning-yuksalishida-samarqandning-roli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/somoniylarning-yuksalishida-samarqandning-roli\/","title":{"rendered":"Somoniylarning yuksalishida Samarqandning roli"},"content":{"rendered":"\n<p>Movarounnahr territoriyasida markazlashgan davlat tuzishga bo\u2019lgan urinish Somoniylarning dastlabki avlodi Samarqandning birinchi hokimi No\u2019h ibn Asad davridayoq boshlangan edi. No\u2019h ibn Asad davridayoq boshlangan edi. No\u2019h Asad ibn Somon xudodning katta o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, ukalari \u2013 Farg\u2019ona hokimi Ahmad ibn Asad va Shosh hokimi Yahyo ibn Asad ustidan hukmronlik qilar edi. Shunday qilib, Samarqand IX asrning 20-yillaridan boshlab Somoniylar davlatining poytaxti bo\u2019lib qoldi. No\u2019h ibn Asad Movarounnahrni ko\u2019chmanchi feodallarning hujumidam doimo himoya qilib turishga majbur bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Usrushonlik podsholar yemirilganidan so\u2019ng (838-839) u Koson va O\u2019rast shaharlarini, 840 yilda esa Isfijobni o\u2019z yerlariga qo\u2019shib olib, u yerdagi bog\u2019u rog\u2019lar va ekinzorlarni ko\u2019chmanchilarning hujumidan himoya qilish uchun chegara istehkomini barpo etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mirhondning yozishicha, No\u2019h ibn Asadning vafotidan keyin (814 yil) Samarqand va So\u2019g\u2019d aka-uka Yahyo bilan Ahmadga berildi. Gardiziyning so\u2019zlariga qaraganda, Ahmad ibn Asad juda qobiliyatli, o\u2019z maqsadlari yo\u2019lida vaziyatdan mohirlik bilan foydalana oladigan kishi bo\u2019lgan. Ahmadning bir necha o\u2019g\u2019li (Nasr, Yoqub, Asad, Ismoil, Isxoq va Hamid) bo\u2019lib, ularga har tomonlama homiylik qilgan. Ahmad shunga erishdiki, Xuroson noibi (830-844) Abdulla ibn Tohir o\u2019g\u2019li Nasrni Samarqand hokimi qilib tayinladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yahyo ibn Asad 855 yilda vafot etdi, Ahmad ibn Asad esa Shosh va Usrushon yerlarini o\u2019z qo\u2019liga olib, o\u2019zining boshqa o\u2019g\u2019li Yoqub ibn Ahmadni o\u2019sha yili bu yerga yubordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, Ahmad ibn Asad o\u2019z hukmronligi oxiriga kelib Buxoro hokimligidan tashqari, butun Movarounnahr yerlarini birlashtira oldi. Ahmad, keyinchalik esa uning o\u2019g\u2019li Nasr xuddi No\u2019h ibn Asad singari ko\u2019chmanchilarning halokatli hujumlaridan saqlanish uchun davlatning sharqiy chegaralarini doimo mustahkamladi. Nasr ibn Ahmadning Shavgarga va uning ukasi Ismoilning Tarozga qilgan yurishlari bunga yordam berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Asadning 817 yilda Hirot hokimi bo\u2019lgan to\u2019rtinchi o\u2019g\u2019li Ilyos 856\/857 yillarda vafot etdi. Ammo uning avlodlari, V.V.Bartold fikricha, Hirot hokimi sifatida qayd etilmaydi. Biroq Ilyosning avlodlari Tohiriylar sulolasi inqirozga yuz tutganiga qadar ular xizmatida bo\u2019lgan. Somoniy Ibrohim ibn Ilyos ibn Asadning nomi xorijiylarga qarshi olib borilgan kurashda bir necha marta eslatib o\u2019tiladi. U Muhammad ibn Tohir (863-873 yillar) huzurida sipohsolar bo\u2019lgan va Yoqub ibn Laysga qarshi olib borilgan jangda qo\u2019shinlarga qo\u2019mondonlik qilgan, 873 yili u Muhammad ibn Tohir bilan birga asirga olingan. Tohiriylar Xuroson ustidan hukmronlik qila olmay qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tohiriylar IX asrning 70-yillariga kelib aslida Somoniylar ustidan hukmronlikni qo\u2019ldan boy berib qo\u2019ydi, har holda Tohiriylarning Somoniylar davlatining ichki ishlariga aralalashganligi to\u2019g\u2019risida manbalarda ma\u2019lumot yo\u2019q.<\/p>\n\n\n\n<p>Faqat Buxoro Somoniylar davlatiga qo\u2019shilmay qolgan edi. Tohiriylardan oxirgisi bo\u2019lgan Husayn ibn Tohir 874 yilning yanvar-fevral oylarida ikki ming xorazmlikka bosh bo\u2019lib, Xurosondan keldi va Buxoroga hujum qildi. Shahar aholisi besh kun davomida ularga qarshilik ko\u2019rsatdi, ammo Husayn shaharni bosib oldi va aholining gunohidan o\u2019tdi. Lekin ular uy-uylariga tarqalishi bilanoq xorazmliklar shaharda xiroj yig\u2019ish bahonasi bilan talashni yana boshlab yubordi. Yillik xiroj gitrifiy dirhami hisobida to\u2019plandi. Husayn esa ana shu dirhamlarni kumush tangalarga almashtirishni istar edi. Xorazmlik jangchilar beboshlik qilishni davom ettirdi, shaharning uchdan bir qismi yonib ketdi. Yana qo\u2019zg\u2019olon boshlandi. Husayn qal\u2019aga qamalib, to\u2019plangan pullarni ham qoldirib, kechasi yashirin holda Buxorodan chiqib ketdi. Qo\u2019zg\u2019olonchilar qal\u2019ani taladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Husaynning jo\u2019nab ketishi bilan Tohiriylarning Buxorodagi hukmronligi tugadi. Aftidan, Husayn Buxorodan ketganidan keyin shahar xorijiy qo\u2019zg\u2019olonchi amir Husayn ibn Muhammad al-Xavarijiyning qo\u2019liga o\u2019tgan bo\u2019lsa kerak. U Yoqub ibn Laysning harbiy boshliqlaridan biri edi. O\u2019sha vaqtda qaroqchilik va talonchilik bilan shug\u2019ullangan va xonavayron bo\u2019lgan dehqonlardan tashkil topgan g\u2019oziylar otryadining harakati Buxoro atroflarida yanada kuchayib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharning yuqori martabali amaldorlari qonunshunos Abu Hafsning o\u2019g\u2019li Abu Abdulla bilan maslahatlashib, Samarqand va Farg\u2019ona hokimi Nasr ibn Ahmaddan Buxoroni o\u2019z homiyligiga olishni iltimos qildilar. Somoniylar boshlig\u2019i Nasr ibn Ahmad 849 yilda Farg\u2019onada tug\u2019ilgan ukasi Ismoil ibn Ahmadni 874 yilda Buxoroga hokim qilib tayinladi. Ismoil ozgina qo\u2019shin bilan Karmana shahriga yetib keldi va o\u2019z elchilarini Buxoro amiri Husayn ibn Muhammad al-Xavarijiy huzuriga yubordi. Abu Abdulla 874 yil 23 iyunida, juma kuni Buxoroning yuqori martabali kishilari bilan birgalikda Ismoilga peshvoz chiqdi va uni tabrikladi. Ismoil Buxoro amiri bo\u2019lib qoldi, Husayn ibn Muhammad al-Xavarijiy esa uning o\u2019rinbosari etib tayinlandi. Xutbani Yoqub ibn Laysning nomi bilan emas, balki Nasr ibn Ahmadning nomi bilan o\u2019qishlari kerak edi. Husayn va uning jangchilari qasamyod qilganlaridan keyingina Ismoil Buxoroga kirib bordi. Uning kelishi munosabati bilan Abu Abdullaning buyrug\u2019iga asosan shahar chiroyli qilib bezatilgan edi. Biroq tantanali kutib olish Ismoil hokimiyatini hamma bir xilda kutib olganligini bildirmasdi. Ismoilning ahvoli og\u2019ir edi: akasi unga ishonmas va shuning uchun uning ishonchini qozonish kerak edi, chunki uning yordamisiz Husayn ibn Muhammad ustidan g\u2019alaba qozonish, dehqonlarning Buxoro atrofidagi g\u2019alayon va talonchilik harakatlarini bostirish mumkin emas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ismoil og\u2019ir ahvoldan ustalik bilan qutuldi. Abu Abdullarning va Buxoroning boshqa yuqori martabali zodagonlarining qo\u2019llab-qivvatlashi bilan u o\u2019z yordamchisidan xalos bo\u2019ldi, uni zindonga tashladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ismoil samarqandlik zodagonalarning madadiga umid bog\u2019lab, yirik feodal Husayn ibn A\u2019loni shahar va qishloq kambag\u2019allari otryadlarini (4000 kishiga yaqin) tugatishga ko\u2019ndirdi. Ular o\u2019zlariga oziq-ovqat qidirib, Romiton bilan Barkad o\u2019rtasida talonchilik ishlari bilan shug\u2019ullanar edilar. Mahalliy yirik feodallarning kuchi bilan bu otryadlar tor-mor qilindi, ularning asir olingan boshliqlari esa Samarqandga-Ismoilning akasi huzuriga jo\u2019natildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ismoil Buxoro tevarak-atrofidagi aholining qo\u2019zg\u2019olonini endigina bostirgan ham ediki, Husayn ibn Tohir Buxoroni bosib olishga urinib, yana Amudaryodan kechib o\u2019tdi. Ismoil Buxoro aholisini shaharni mudofaa qilishga otlanishga chaqirdi va uncha katta bo\u2019lmagan otryad to\u2019plab, uning yo\u2019lini to\u2019sdi. Husayn tor-mor qilindi va yana Xurosonga uloqtirib tashlandi. Ertasi kuni ertalab Ismoil asirga tushganlarga to\u2019nlar hadya etib, ularni uy-uylariga qo\u2019yib yubordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ismoilning Buxoroda hokimiyatni mustahkamlashga bo\u2019lgan intilishi yirik feodal zodagonlarning qarshiligiga uchradi. Ismoil bir gruppa nufuzli zodagonlarni to\u2019plab, o\u2019z gunohini kechirishini iltimos qilib, ularni akasi Nasr huzuriga yubordi. Elchilar Samarqandga kelishgach, No\u2019h ibn Ahmad ularni qamab qo\u2019ydi, chunki Ismoil yashirin tarzda ana shunday iltimos bilan unga murojaat qilgan edi. Ismoilning o\u2019zi esa zodagonlarning yo\u2019qligidan foydalanib, Buxoroda o\u2019z hokimiyatini mustahkamlab oldi, keyinchalik esa akasidan ularni qo\u2019yib yuborishni iltimos qildi. Ismoil hiyla ishlatib, yirik feodallarning takabburligidan xalos bo\u2019ldi, buning ustiga u akasi Nasr oldida ularni yoqlab chiqib, ayni vaqtda ularni o\u2019z tomoniga og\u2019dirdi va aftidan, ularda Nasrga qarshi kayfiyatni yuzaga keltirdi. Shu tariqa Ismoil Nasr ibn Ahmad butun Movarounnahrga hukmronlik qilish uchun 874 yilning iyulida xalifa Muvaffaqbillohdan yorliq oldi, Ismoil esa Buxoro amiri deb tanildi. Nasr ibn Ahmad oradan bir necha vaqt o\u2019tgach, butun Movarounnahrning to\u2019la huquqli hokimi bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Movarounnahr territoriyasida markazlashgan davlat tuzishga bo\u2019lgan urinish Somoniylarning dastlabki avlodi Samarqandning birinchi hokimi No\u2019h ibn Asad davridayoq boshlangan edi. No\u2019h ibn Asad davridayoq boshlangan edi. No\u2019h Asad ibn Somon xudodning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/somoniylarning-yuksalishida-samarqandning-roli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153112","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153112","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153112"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153112\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153113,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153112\/revisions\/153113"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153112"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153112"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153112"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}