{"id":153114,"date":"2025-09-08T12:44:11","date_gmt":"2025-09-08T09:44:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153114"},"modified":"2025-09-08T16:15:13","modified_gmt":"2025-09-08T13:15:13","slug":"ilk-orta-asrlarda-samarqandning-suv-bilan-taminlanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ilk-orta-asrlarda-samarqandning-suv-bilan-taminlanishi\/","title":{"rendered":"Ilk o\u2019rta asrlarda Samarqandning suv bilan ta\u2019minlanishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Avvalgi davrlardagidek, ilk o\u2019rta asrda ham Samarqandni suv bilan ta\u2019minlash milodning boshlarida Zarafshondan chiqarilgan Darg\u2019om irrigatsiya sistemasiga asoslangan edi. Darg\u2019om sug\u2019orish sistemasi Samarqand vohasining chap qirg\u2019og\u00eddagina emas, balki butun Zarafshon vodiysidagi eng yirik irrigatsiya inshootlaridan biri edi. U daryodan suv bog\u2019lab oluvchi bosh to\u2019g\u2019on va ko\u2019pgina darg\u2019otlar bilan ta\u2019minlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darg\u2019omning bosh to\u2019g\u2019oni Samarqanddan janubi-sharqda Zarafshonning chap qirg\u2019og\u2019iga joylashgan edi. X-XII asr manbalarida bu joy Varqsar, ya\u2019ni \u201cTo\u2019g\u2019onboshi\u201d nomi bilan tilga olinadi. \u201cQandiya\u201d asari muallifining tasvirlashiga ko\u2019ra, Varqsardan Darg\u2019omga bog\u2019lab olingan suv to\u2019rt shoxobchaga: Chokardiza, Muzaxim yoki Mazdahim, Iskandarg\u2019om yoki Eskidarg\u2019om hamda birga qo\u2019shilgan Sangin va Sangrason kanallariga bo\u2019lingan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cQandiya\u201d asarida keltirilgan ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, Chokardiza kanalining uzunliigi 17&nbsp;240 gaz bo\u2019lib, unda 59 ta to\u2019g\u2019on qurilgan va u 1067 ta yer uchastkasini sug\u2019organ. Ikkinchi Muzaxim yoki Mazdaxim kanali 45 ta ariqqa taralgan bo\u2019lib, 2900 yoki 2750 ta yer uchastkasini sug\u2019organ. Sangin va Sangrason kanallarini, aftidan, kichik ariqlardan iborat bo\u2019lsa kerak, chunki ular atigi 275 ta yer uchastkasini suv bilan ta\u2019minlagan. Tarmoqlar ichida eng yirigi Ikskandarg\u2019om kanali bo\u2019lib, bu kanaldan 10&nbsp;900 ta yer uchastasi sug\u2019orilgan. Nasafiyning so\u2019zlariga qaraganda, Samarqand yaqinida har bir shoxobcha o\u2019z navbatida yana ikkita tarmoqchaga bo\u2019lingan. Shunday qilib, o\u2019sha davrda Samarqandni va uning tevarak-atrofni sug\u2019organ irrigatsiya sistemasi 8 ta kanaldan iborat bo\u2019lib, bularda 680 ta to\u2019g\u2019on qurilgan; bu kanallar orqali jami 14&nbsp;800 yer uchastkasini sug\u2019orilgan. \u201cQandiya\u201d tarixiy asarida tasvirlarngan Samarqandning qadimiy irrigatsiya kanallari shaharda mavjud hozirgi sug\u2019orish tarmoqlariga mos keladimi va ularni qaysi kanallarga qiyoshlash mumkin? V.L.Vyatkin va V.V.Bartold o\u2019z vaqtida shu savollarga javob berishga urinib ko\u2019rgan. V.L.Vyatkinning fikricha, Chokardiza kanali hozirgi Shaharariq kanaliga to\u2019g\u2019ri keladi. Bu kanal Darg\u2019omdan chiqarilgan Mazaxim yoki Maxdaxim kanali \u201c23 chaqirimga cho\u2019zilgan bo\u2019lib, bundan taxminan 12 chaqirimi \u2018\u201dDevori qiyomat\u201d nomi bilan mashhur bo\u2019lgan Samarqandning tashqi devoir ichkarisidan o\u2019tgan\u201d. Bu kanaldan suv ichgan Mazdaxim mahallasi hozirgi shaharning g\u2019arbiy qismida joylashgan. XIX asrning oxirgi va XX asrning boshlarida Mazdaxim kanali Navbaxchiyon nomi bilan mashhur bo\u2019lgan. Hozirgi vaqtda esa bu kanal Jorariq deb ataladi va Samarqandning g\u2019arbiy qismini sug\u2019oradi.<\/p>\n\n\n\n<p>V.V.Bartold Sangin va Sangrason kanallari Afrosiyobning g\u2019arbiy darvozasi yonida (Sangrason qabristoni) oqqan deb hisoblaydi. \u201cHoja Muhammad Sangrason qabristonining kunbotar chek orasi, &#8211; deb yozadi \u201cSamariya\u201d tarixiy asarining muallifi Abu Tohirxoja, &#8211; Novadon arig\u2019ining jarligidir. Bu ariq buloqlardan kelib, shahar ichidan o\u2019tib, Siyahob arig\u2019iga quyuladi\u201d. Ana shu ma\u2019lumotlardan ko\u2019rinib turibdiki, Sangaron kanali Samarqandning qadimiy suv yo\u2019li bo\u2019lgan Novadon kanalining aynan o\u2019zidir. Shunday qilib, Sangin va Sangaron kanallari, V.V.Bartold taxmin qilganidek, bitta magistralning ikkita tarmog\u2019i bo\u2019lmay, balki ular ayrim-ayrim mustaqil kanal bo\u2019lgan. Ehtimol, Sangin Samarqandning g\u2019arbiy qismida, Xo\u2019jaariq va Jarariq o\u2019rtasidan oqqan Chashma Siyobga to\u2019g\u2019ri kelar. V.L.Vyatkinning fikricha, Iskandarg\u2019om to\u2019g\u2019risidagi qadimiy sharq qo\u2019lyozmalarida keltirilgan ma\u2019lumotlarda \u201cSamarqandning shaharga yaqin bo\u2019lgan tashqi devorlarining ichkarisidagi janubi-sharqiy qismini\u201d sug\u2019organ va Shavdor kanalining shoxobchalaridan biri bo\u2019lgan Dashtak arig\u2019i ko\u2019rsatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rsatib o\u2019tilgan to\u2019rtta kanal asosan Afrosiyobdan janubda va g\u2019arbda joylashgan yerlarni sug\u2019organ, uning tevarak-atrofidagi shimoliy va sharqiy qismini esa Siyob va Obimashhad ariqlari sug\u2019organ.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharning asosiy kanali (Chokardiza) Afrosiyobdan taxminan 1 km janubda joylashgan Chokardiza qal\u2019asining yonidan oqib o\u2019tganligi sababli unga shu nom berilgan. Bu yerda X-XII asrlarda Samarqandning Chokardiza deb atalgan mahallalaridan biri joylashgan. Chokardiza nomi ikkita so\u2019z birikmasidan iborat bo\u2019lib, \u201cchokar\u201d-feodal harbiy drujinasi va \u201cdiza\u201d-qal\u2019a degan ma\u2019noni bildiradi. Feodal drujinalari va ularning qal\u2019alari O\u2019rta Osiyoda asosan ilk o\u2019rta asrda paydo bo\u2019la boshladi. Binobarin, \u201cChokardiza\u201d nomi ma\u2019lum darajada shu narsadan dalolat beradiki, shahar kanali Chokardiza qal\u2019asi qurilishidan ancha ilgari qazilgan. Shahar kanaliga yaqin joyda qad ko\u2019targan bu qal\u2019a XI asrdayoq qabristonga aylantirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shaharning ichki qismi \u2013 Samarqand shahristoni Chokardiza kanalidan ajralib chiqqan maxsus tarmoq orqali suv bilan ta\u2019minlangan. X-XII asrlardagi tarixiy manbalarda bu kanal \u201cJui Arziz\u201d, ya\u2019ni \u201cQo\u2019rg\u2019oshin arig\u2019i\u201d nomi bilan aytiladi. Shaharga suv tubiga qo\u2019rg\u2019oshin bilan qoplangan nova orqali oqib o\u2019tganligi tufayli unga shu nom berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cJui Arziz\u201d va usti qo\u2019rg\u2019oshin bilan qoplangan nova o\u2019tgan ravoqli inshoot X asrda yashagan arab geograflarining asarlarida tasvirlangan. \u201cOqar suv, &#8211; deb yozadi Istaxriy, &#8211; qo\u2019rg\u2019oshindan yasalgan nova (rasos) orqali o\u2019tib shaharga kiradi. \u201cMisgarlar\u201d (as-Safforun) degan joydan keladigan suv toshdan qurilgan baland to\u2019g\u2019on (Musannot) dan oqib o\u2019tib, Samarqandning Kesh (janubiy) darvozasi orqali shaharga kiradi; bu shoxobchaning tashqi tomoni (vaj), to\u2019g\u2019rirog\u2019i, uning \u201cbeti\u201d qo\u2019rg\u2019oshin bilan qoplangan. X asrda yashagan arab geograflarining so\u2019zlariga qaraganda, suv inshooti o\u2019tadigan joy Rasattoq yoki forscha Saritoq, ya\u2019ni \u201cRavoq boshi\u201d deb atalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>X asrda yozilgan \u201cXudud al-olam\u201d geografik asari noma\u2019lum muallifining yozishicha, \u201cQo\u2019rg\u2019oshin arig\u2019i\u201d \u2013 Jui Arziz Samarqand shahridagi bozor yuqorisidan o\u2019tgan. Bu nomning o\u2019ziyoq shundan dalolat beradiki, qadimiy Samarqandning suv inshooti usti qo\u2019rg\u2019oshin bilan qoplangan nova ravoqlar ustiga o\u2019rnatilgan va Jui Arziz kanalining suvi shaharga shu nova orqali kirgan. Bu noyob gidrotexnika inshooti, X asrda yashagan arab geograflari yozganidek, toshdan emas, balki kul aralash ohak qorishmasi bilan g\u2019ishtdan ishlangan. Arxeologik Hazrati Xizr masjidi yonidan topgan yirik pishiq g\u2019ishtlar ana shundan dalolat beradi. To\u2019g\u2019ri burchakli g\u2019ishtlarning kattaligi 53x40x9 sm, 42x20x9 sm; kvadrat g\u2019ishtlarning 42x42x9 sm va ponasimon g\u2019ishtlarning asosi 28 va 36 sm, balandligi 48,5-49 sm, qalinligi esa 8.5-9 sm dir. Bu inshootning aniq qurilgan vaqti hozircha aniqlangani yo\u2019q, X asrda yashagan geograf Istaxriyning so\u2019zlariga qaraganda, bu qurilish Afrosiyob shahar devorlarining qad ko\u2019tarishi bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan. \u201cGap shundaki, &#8211; deb yozadi Istaxriy, &#8211; shahar atrofida chuqur xandaq bor, uning tuprog\u2019i shahar devorlarini qurish uchun ishlatilgan, shahar atrofida katta xandaq shu tariqa paydo bo\u2019lgan va shaharga suv o\u2019tqazish uchun uchun shu xandaq ustiga inshoot qurish zarur bo\u2019lgan\u201d. Arxeologlar Afrosiyobning tashqi devoir VIII asrning o\u2019rtalarida va IX asrning birinchi yarmida qurilgan, deb hisoblaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jui Arziz kanalining bosh inshooti ilk o\u2019rta asrda Samarqandni suv bilan ta\u2019minlashda g\u2019oyat muhim rol o\u2019ynaganligi sababli mahalliy hokimlar bu kanalga alohida e\u2019tibor berganlar. X asrda Jui Arziz qirg\u2019oqlarlarining Saritoq degan joyidagi yer uchastkasidan olingan daromad qo\u2019rg\u2019oshin novasini tuzatish uchun sarflangan. Shahar ma\u2019muriyatining alohida topshirig\u2019iga asosan ana shu irrigatsiya inshootini tuzatishdagi hashar ishlari samarqandlik otashparastlar zimmasiga yuklatilgan edi. Ular ana shuning uchun jon boshidan olinadigan soliqdan ozod qilingan edilar. Istaxriyning so\u2019zlariga qaraganda, nazoratchilar inshootni butun yil davomida qarab turishlari lozim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobni suv bilan ta\u2019minlab turgan qadimiy sistemaning qurib qolgan o\u2019zanlarida o\u2019tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida shu narsa aniqlandiki, ilk o\u2019rta asr davrida shahar xarobasi territoriyasida yangi kanal qazilgan bo\u2019lib, qadimiy o\u2019zan ustidan o\u2019tkazilgan. Shuning uchun o\u2019rta asrdagi kanal qadimiy kanal singari asosan uch asosiy tarmoqqa; markaziy, g\u2019arbiy va sharqiy tarmoqlarga bo\u2019lingan. Markaziy o\u2019zan o\u2019rnida olib borilgan qazishma ishlari shuni ko\u2019rsatadiki, o\u2019rta asrdagi kanal qadimiy kanalning o\u2019ng qismida o\u2019tkazilgan. Shuning uchun ham qadimiy kanalning sharqiy qirg\u2019og\u2019i yangi kanalning o\u2019ng qirg\u2019og\u2019i bo\u2019lib qolgan. O\u2019rta asrdagi kanal qazilgan vaqtda qadimgi o\u2019zanning g\u2019arbiy qismi tuproq bilan to\u2019ldirilgan va uning ustidan kengligi 4 metrgacha keladigan yo\u2019l solingan.<\/p>\n\n\n\n<p>VIII asrda So\u2019g\u2019dda arab istilosi va xalq qo\u2019zg\u2019olonlari bo\u2019lib turgan davrda kanal juda sayozlashib qolgan. Uning tagi loyqa bilan to\u2019lib ko\u2019tarilgan bo\u2019lib mumkin, chunki bu davrda irrigatsiya sistemasiga yetarli e\u2019tibor berilmagan. Yangi kanalning dastlabki kengligi 3 metr, chuqurligi 1,5 metrga yetgan, keyinchalik esa kanalning eni torayib 2 metrgacha, tubining eni 80 sm gacha kelib qolgan. Shu bilan bir, o\u2019zanni tozalash natijasida to\u2019plangan madaniy-irrigatsiya cho\u2019kindilari hisobiga boshda chap qirg\u2019oq bilan bir tekisda bo\u2019lgan uning o\u2019ng qirg\u2019og\u2019i 1 metrgacha ko\u2019tarilgan. Bu tabiiy bir hol edi, chunki kanalning g\u2019arbiy qirg\u2019og\u2019idan yo\u2019l o\u2019tar va uni to\u2019sib qo\u2019ymaslik uchun kanalni tozalagan vaqtda loyqa faqat sharqiy qirg\u2019oqqa tashlanar edi. Sharqiy qirg\u2019oqni suv yuvib ketishining oldini olish va qirg\u2019oqdagi tuproqning nurab tushishiga yo\u2019l qo\u2019ymaslik uchun bo\u2019lsa kerak, o\u2019rta asrdagi kanalning chap qirg\u2019og\u2019i Cho\u2019ponotadan olingan slanets, pishiq g\u2019isht va qalin sopol bilan qoplangan. Shunday qilib, Afrosiyobning o\u2019rta asrdagi shahar kanali ikki davrni boshidan kechirgan va 1220 yilda Chingizxonning bosib olishi natijasida shaharni suv bilan ta\u2019minlovchi Jui Arziz bosh inshooti vayron qilinganiga qadar ishlab turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta asrdagi kanalning asosiy o\u2019zanlaridan suv oqib turgan butun davr davomida ulardan bir necha mayrda ariqlar chiqazilganligi, ayrimlaridan sopol quvurlar yordamida suv deyarli xonadonlargacha va o\u2019rta asr Samarqandining hunarmandchilik ustaxonalariga kirgan. Bunday quvurlar qazishmalar vaqtida yuqori qatlamlardan topilib turadi. Ibn Havqalning quyidagi so\u2019zlari ana shundan dalolat beradi: Samarqandda \u201coqar suv kirmagan biror ko\u2019cha va biror hovli deyarli yo\u2019q edi, faqat ba\u2019zi uylargina bog\u2019siz edi\u201d. Afrosiyobning baland joylariga suv chig\u2019irlar yordamida chiqarilgan. Shahar tarmog\u2019ining janubiy o\u2019zanida, Shohizinda ansamblidan taxminan 150 m g\u2019arbda topilgan chig\u2019ir xandag\u2019i ana shundan dalolat beradi. Chig\u2019ir xandag\u2019ining chetlariga tosh terilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Aholi oqar suvdan tashqari, quduqlarning suvidan ham foydalangan. Afrosiyob territoriyasida bir necha qadimgi quduq o\u2019rni topildi. Bu quduqlarning og\u2019zi tosh plitalar bilan yopilgan, ularning ichi 2-2,5 metr chuqurlikdagi qismi ohak qorishmasi bilan pishiq g\u2019ishtdan mustahkam ishlab chiqilgan. V.L.Vyatkinning tasvirlashicha, ana shunday quduqlardan birining qurilishi juda original bo\u2019lib, \u201cQuduq 35 gradus qiyalikda pastga tushgan yo\u2019lakdan iborat bo\u2019lib, &#8211; deb yozadi V.L.Vyatkin, &#8211; u yarim gumbaz shaklida, balandligi odam bo\u2019yi va eni bir metrdan sal kamroqdir, bu yerda odam ko\u2019za ko\u2019tarib bemalol yurishi mumkin. Yo\u2019lak 42 metr chuqurlikda gumbazli o\u2019tovsimon xona shaklida tugardi, uning yeri o\u2019rtasida buloq suvi to\u2019lib turgan hovuzcha bor. Yo\u2019lakda zinalar qilingan, devorlarida esa dam olish uchun o\u2019tirg\u2019ichlari bo\u2019lgan tokchalar ham bor. Tokchalarning devorlari sham yoki qora chiroqning kuyasi bilan qoplangan\u201d. Ana shu suv inshooti o\u2019z konstruksiyasi jihatidan karvon yo\u2019llarida ko\u2019p uchraydigan va Osiyoda \u201csardoba\u201dlar, Ozarbayjonda esa \u201cAvdon\u201d deb atalgan gumbazsimon inshootlarni eslatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Darg\u2019om kanalining bosh qismida, Varqsar degan yerda joylashgan to\u2019g\u2019on Samarqandni va uning tevarak-atrofidagi yerlarni suv bilan ta\u2019minlash va sug\u2019orishda alohida rol o\u2019ynagan. X asrda Varqsar to\u2019g\u2019onini nazorat qilish Varqsar aholisiga yuklangan hashar majburiyati bo\u2019lib, ular buning evaziga xiroj to\u2019lashdan ozod qilingan. \u201cQandiya\u201d asarida keltirilgan ma\u2019lumotlarga qaraganda, Varqsar aholisi qirq ming kishidan iborat bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019g\u2019on strategik jihatdan katta ahamiyatga ega bo\u2019lgan, chunki uni egallab olib, Samarqandni suvdan mahrum qilish mumkin edi. Shuning uchun ham Varqsar ilk o\u2019rta asrdayoq qo\u2019sh devor bilan o\u2019rab olingan mustahkam qal\u2019aga aylantirilgan. Ana shu devorning qoldiqlari qisman hozirgacha saqlanib qolgan. Qal\u2019aning uzunligi taxminan 600 m, kengligi 300 m bo\u2019lgan. Bu qal\u2019a muhim ahamiyatga ega bo\u2019lib, birinchidan, kuzatuv punkti vazifasini o\u2019tagan. Bu yerdan Zarafshon toshgan paytlarida Darg\u2019om to\u2019g\u2019onining holati doimo kuzatib turilgan. Ikkinchidan, bu qal\u2019adan to\u2019g\u2019onni ajnabiy bosqinchilar hujumidan saqlab turadigan mudofaa punkti sifatida foydalanilgan. So\u2019g\u2019dning qadimgi hokimlari qal\u2019ada ko\u2019plab harbiy kuchlarni doimo saqlab turishgan. Nasafiyning ma\u2019lumotiga qaraganda, Varqsarda to\u2019rt ming otliq va o\u2019n ming piyoda jangchi \u2013 \u201cg\u2019oziy\u201dlardan iborat kuchli qo\u2019shin turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ajnabiy bosqinchilar va mahalliy feodallar g\u2019arazli maqsadlarni ko\u2019zlab, Varqsar to\u2019g\u2019onini buzishga bir necha bor urinib ko\u2019rganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Chunonchi, Abu Ja\u2019far Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning ma\u2019lumotiga qaraganda, 721 yilda, so\u2019g\u2019dliklar xalifalikka qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan paytda Xuroson noibi Said Husayn (720-721) Samarqand va uning atrofidagi joylarning aholisini suvdan mahrum qilish maqsadida Darg\u2019om kanalining Varqsardagi \u201cboshini\u201d to\u2019sishga urinib ko\u2019rdi. Biroq so\u2019g\u2019dliklar Varqsarni qattiq turib himoya qildilar, Xurosonning boshqa bir noibi Asad ibn Abdulla (735-739) umoviylarga qarshi Movarounnahrda boshlangan harakatni bostirish maqsadida 736 yilda Samarqand ustiga yurish qilib, uni bosib ololmaganidan keyin, Varqsarda to\u2019g\u2019onida suv boshini to\u2019sib shahar aholisini suvdan mahrum etishga ahd qilgan. Tabariyning yozishicha, ana shu ishlarda Asadning o\u2019zi shaxsan qatnashgan. Biroq xalifalikning xurosonlik noibi bus afar ham so\u2019g\u2019dliklarni suvdan mahrum qilolmagan va Samarqandni bosib ololmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, o\u2019rta asrlarda Chingizxon Samarqandni vayron qilgunga qadar shahar va uning tevarak-atrofidagi joylar Zarafshon suvi bilan Darg\u2019om sug\u2019orish sistemasi orqali sug\u2019orib kelingan. Mo\u2019g\u2019ullar istilosidan keyin Afrosiyobda hayotning qayta tiklanmaganligi sabablaridan biri ham bu yerdagi qo\u2019rg\u2019oshindan qilingan osma quvurning buzilganligi bo\u2019lsa kerak. Chunki bu inshootni qayta tiklashga xarob qilingan va talab ketilgan Samarqandning qurbi yetmas edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Avvalgi davrlardagidek, ilk o\u2019rta asrda ham Samarqandni suv bilan ta\u2019minlash milodning boshlarida Zarafshondan chiqarilgan Darg\u2019om irrigatsiya sistemasiga asoslangan edi. Darg\u2019om sug\u2019orish sistemasi Samarqand vohasining chap qirg\u2019og\u00eddagina emas, balki butun Zarafshon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ilk-orta-asrlarda-samarqandning-suv-bilan-taminlanishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153114","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153114","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153114"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153114\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153118,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153114\/revisions\/153118"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153114"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153114"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153114"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}