{"id":153127,"date":"2025-09-09T09:11:55","date_gmt":"2025-09-09T06:11:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153127"},"modified":"2025-09-10T10:47:12","modified_gmt":"2025-09-10T07:47:12","slug":"din-madaniyat-va-sanat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/din-madaniyat-va-sanat\/","title":{"rendered":"Din, madaniyat va san\u2019at"},"content":{"rendered":"\n<p>VII asrda Samarqandda bo\u2019lgan sayyohlar uning aholisi savdo-sotiqqa mohir ekanligini, shaharga ko\u2019plab ajnabiylar savdo qilish uchun kelib turganliklarini ta\u2019kidlaydilar. VII asrning 30-yillarida So\u2019g\u2019dga kelgan Syuan-Tzyanning yozishicha, Samarqandga turli mamlakatlardan qimmatbaho mollar keltirib turilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>V-VII asrlardagi So\u2019g\u2019d aholisining diniy e\u2019tiqodlari haqida yozma manbalarda ma\u2019lumotlar bor. Tarixiy solnomalarga ko\u2019ra, Zarafshon vodiysidagi mahalliy aholi Des ruhiga sig\u2019inar ekan. Uning ruhini Kaspiy dengizidan sharq tomondagi territoriyada yashaydigan aholi hurmat qilardi. \u201cHar kuni uning uchun besh tuya, o\u2019n ot va yuz qo\u2019y qurbon qiladilar. Qurbonlik qiluvchilarning soni ba\u2019zan 1000 kishigacha yetib qoladi\u201d. Aftidan, Des So\u2019g\u2019dda asosiy xudolardan biri bo\u2019lgan. Samarqandda ajdodlar ibodatxonasi bo\u2019lib, bu yerdagi butga ham qurbonlik qilingan. Boshqa joylarning egalari ham qurbonlikda qatnashishgan. Samarqanddagi hukmron sulola ajdodlarining ibodatxonasi ham shu yerda bo\u2019lgan degan taxmin bor.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019g\u2019dda jasadlarni alohida binolar-nauslarga qo\u2019yiladigan loydan yasalgan tobutlar-ossuriylarda dafn qilish odati keng tarqalgan. Afrosiyobning g\u2019arbiy qismida, Panjikentda va O\u2019rta Osiyoning boshqa ko\u2019pgina rayonlarida murdalar ana shunday dafn qilinganligi aniqlandi; bu esa (735-739) umoviylarga qarshi Movarounnahrda boshlangan o\u2019tga sig\u2019inish bilan bog\u2019liqdir. VI asrning boshida Samarqandda yepiskop boshchiligida xristian-nestorian jamoasi hukm surgan, VII asrda esa bu yerga mitropolit tayinlangan. Ma\u2019lum darajada buddizm mavjud bo\u2019lganligi xususida turli fikrlar bor. Syuan-Tzyan Samarqand aholisi buddaga sig\u2019inmaganligini, u yerda mavjud bo\u2019lgan ikki monastir qarovsiz yotganini qayd qiladi. Mahalliy aholi budda dinidagi sayyohlarni monastirlarga qo\u2019ymaganlar, ularni chala kuygan tayoq ko\u2019tarib haydaganlar. Ayni bir vaqtda O\u2019rta Osiyoning janubiy rayonlarida buddizm o\u2019z ta\u2019sirini saqlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Manixeychilik ham keng tarqalgan bo\u2019lib, Samarqand uning markazlaridan biriga aylangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Badiiy hunarmandchilik turlaridan qimmatli metallar \u2013 kumush, oltin, bronza va shu kabilardan buyumlar tayyorlash ancha rivoj topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019rta Osiyoda ulkan arxeologik tadqiqotlar o\u2019tkazilib, yirik rassomlik asarlarining qoldiqlari topilganga qadar, bu yerdagi torevtlarning deyarli barcha asarlarini tadqiqotchilar Sosoniylar Eroni san\u2019atiga mansub deb hisoblardilar. Yangidan o\u2019tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida ayrim topildiqlar O\u2019rta Osiyo san\u2019ati asarlari deb e\u2019tirof qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyob, shuningdek, Bolaliktepa, Panjikent, Varaxsha rassomligida oltin va kumush qadahlar, kosalar, tovoqlar va boshqa idishlarning tasviri uchraydi. Samarqand ostidagi VI-VII asrlarga oid binolarning ichida qazishma ishlari olib borilgan vaqtda ajoyib kumush tovoq topildi: bulardan ikkitasini eftalitlar, bittasini Sosoniylar san\u2019ati asariga kiritish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltin va kumush ashyolarning bir qismi Samarqandga savdo-sotiq buyumlari sifatida keltirilgan, lekin ko\u2019pgina buyumlar mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan. Tasvirlar orasida amaldorlar va shahzodalarning yovvoyi hayvonlar, qo\u2019ylar, echkilar va shu kabilarni ovlash lavhasi aks ettirilgan buyumlar ayniqsa keng tarqalgan edi. Ba\u2019zan mahalliy mo\u2019yqalam ustalari boshqalar syujetini o\u2019zlashtirib olar va ularni o\u2019zgartirib, Sosoniy shohlari o\u2019rniga o\u2019zlariga xos kiyimda mahalliy hokimlarni ko\u2019rsatar edilar. Chunonchi, Ermitajda saqlanayotgan kumush tovoqda o\u2019ziga hujum qilib kelayotgan sherga yoydan o\u2019q uzayotgan so\u2019g\u2019d suvoriysi tasvirlangan. Tovoqning pastki qismida, ot oyog\u2019i ostida yoy o\u2019qi teshib o\u2019tgan yovvoyi cho\u2019chqa yotibdi. Xuddi ana shu tasvirni 1927 yilda Kirov oblastida topilgan kumush tovoqda ham ko\u2019ramiz. Unda Shopur II ning sher ovi ko\u2019rsatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Perm guberniyasidagi Kulagish qishlog\u2019i yaqinida topilgan va VII asrning oxiridagi so\u2019g\u2019d san\u2019ati asarlariga mansub bo\u2019lgan ikkinchi tovoqda ikki piyoda jangchining olishuvi tasvirlangan. Bu lavha Firdavsiyning \u201cShahnoma\u201d dostoni epik motivlari bilan bog\u2019langan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Tabariyning hikoya qilishicha, Samarqandda shunday bir odat hukm surganki, bunga ko\u2019ra, yilning muayyan davrida So\u2019g\u2019dning eng jasur pahlavoni uchun maydonda noz-ne\u2019mat va sharob solingan hurmacha qo\u2019yilgan dasturxon yozilgan. Ana shunday nomga da\u2019vogar bo\u2019lgan jangchi noz-ne\u2019matga qo\u2019l urishi lozim edi. Bu esa uning ilgari yuksak nomga sazovor raqibini o\u2019ldirgan jangchi mamlakatda yangi da\u2019vogar chiqqunga qadar eng dovyurak pahlavon hisoblanardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida tilga olingan tovoq Tabariy hikoyasiga guvoh bo\u2019la oladi. Unda bir xil kiyimdagi ikki jangchining bellashuv payti tasvirlangan. Ular turli xil qurollar \u2013 qilich, to\u2019qmoq bilan jang qiladi, mana qilich parchalari ularning oyoqlari ostida, qalqonlari yaroqsiz bo\u2019lib qolgan. Kurash hayot tajribasi va jangovar uquvi ko\u2019proq bo\u2019lgan kattaroq yoshdagi jangchi g\u2019alabasi bilan tugaydi. U raqibini yoy o\u2019qi bilan o\u2019ldiradi, uning raqibi otgan nayza esa So\u2019g\u2019dning eng kuchli pahlavoni nomini olgan bahodirning yonidan o\u2019tib ketadi. Bu tovoq, shubhasiz, so\u2019g\u2019d torevtinign ijodidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Tovoqlarda ko\u2019pincha amaldorlarning o\u2019ziga yaqin kishilari, xizmatkorlari orasida dam olayotgan payti ko\u2019rsatilgan tasvirlar uchraydi. Ko\u2019pgina lavhalar afsona va epos bilan bog\u2019langandir. Tovoqlarga rasm solish va bezak berishda marvarid donalarini doira shaklida chizish eng chiroyli motiv bo\u2019lib, ularning o\u2019rtasida yovvoyi hayvonlar, qushlar, afsonaviy hayvonlar tasvirlanardi. Bu xususiyatlar ilk o\u2019rta asrdagi Sharq san\u2019ati uchun xarakterlidir. Bunday badiiy asarlar yaratilgan joy to\u2019g\u2019risida faqat kiyimlar, antropologik tip, ayrim ramzlar, ba\u2019zida portretning o\u2019xshashligiga qarabgina fikr yuritish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Torevtlar yaratgan asarlar feodal va oqsuyaklarning ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanilar, keng xalq ommasining ma\u2019naviy talablarini qondiradigan buyumlar esa sopoldan yasalgan san\u2019at asarlari \u2013 idishlar, terrakotadan qilingan haykalchalar, gulli idishlar hisoblanardi. Terrakotadan yasalgan buyumlar ma\u2019lum davrni, uning afsonalari, miflari diniy qarashlarni aks ettirar, ko\u2019pincha bolalar uchun o\u2019yinchoq hisoblanardi. Bir xil haykalchalar gildan yasalib, humdonlarda pishirilgan, ayrimlari esa maxsus qoliplarda ko\u2019plab tayyorlangan. Terrakotadan yasalgan ba\u2019zi buyumlar aralash yo\u2019l bilan, ya\u2019ni loydan yasash va qoliplash orqali bajarilib, bu qoliplarda ularning eng muhim qismining, kalla va hokazo izi olinar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobda terrakotadan yasalgan bir necha yuz, turli-tuman haykalcha topilgan bo\u2019lib, uning asosiy qismini so\u2019g\u2019d-turk haykalchalari tashkil qiladi. Bunday haykalchalarni ikki gruppaga bo\u2019lish mumkin. Birinchi gruppaga ancha g\u2019alati qiyofadagi: ko\u2019zlari halqasimon qilib berilgan, katta og\u2019izlari timdalangan, ko\u2019pincha burni katta qilib ishlangan odam tasviri kiradi; bundan tashqari, ot mingan tasvirlar ham bor; ikkinchi gruppaga qolipda tayyorlangan haykalchalar kiradi. Bunda nafis qilib tarashlangan chehralar tasvirigina qolipda tayyorlangan. So\u2019nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, bu buyumlar tayyorlangan davr V-VIII asrlarga to\u2019g\u2019ri keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ehtimol, ayrim hollarda V-VIII asrlardagi haykalchalar tayyorlovchi ustalar o\u2019zlaridan oldingi vaqtlarda tayyorlangan qoliplardan foydalangan yoki o\u2019sha paytdagi badiiy asarlarni qaytadan yaratgan bo\u2019lishlari mumkin. Sxematik, soda tarzda yasalgan figurachalarning bosh hajmi gavdagiga mos bo\u2019lmaganligini ko\u2019pincha ana shu bilan izohlash mumkin. Figurachalar qo\u2019lida cho\u2019qmor, muzika asbobi ushlagan, ba\u2019zida qo\u2019llari ko\u2019kraklariga qo\u2019yilgan yoki qo\u2019llari bilan biqinlariga tayanib turgan holda tasvirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019qmoqlar bilan qurollangan otliq jangchilarni tasvirlaydigan bir tipdagi terrakotalarning alohida guruhi boshqalaridan ajralib turadi. Bunda jangchining tasviri alohida qolipda bosilgan, oti esa qo\u2019lda yasalgan. Jangchilarning yuz tuzilishi yevropaliklar va mongollarga o\u2019xshaydi. Buyumlar mahalliy ustalarning o\u2019zlari tayyorlagan nusxalar asosida yasalgani uchun ham ularning boshi bilan gavdasi bir-biriga ancha mos bo\u2019lib chiqqan. Yevropaliklarning yuz tuzilishi orqali so\u2019g\u2019d jangchilari, mongol tipidagi yuz tuzilishi bilan esa turk jangchilari tasvirlangan deb taxmin qilinmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Andazalar va terrakotadan qilingan ba\u2019zi bir plitachalar V-VIII asrlarga to\u2019g\u2019ri keladi. Andazalarda erkak va ayol xudolari, masalan, oy va boshqa xudolar, sopollarda esa shohlar va ov lavhalari tasvirlangan. 1966 yilda topilgan Afrosiyobda topilgan va terrakotadan qilingan plita bo\u2019lagi diqqatga sazovor bo\u2019lib, unda otda yelib borayotgan chavandoz tasvirlangan. Mazmun jihatidan bu surat So\u2019g\u2019dning kumush tovoqlaridagi tasvirlari (Varaxsha, Panjikent), rasmlariga o\u2019xshab ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Terrakotalar orasida odam kallasini yoki butun figurani tasvirlovchi katta idishlar ajralib turadi. Bunda ko\u2019pgina detallar qo\u2019lda qilingan. Ossuariy qopqoqlarida odam kallasining tasviri berilishi ayniqsa qiziqarlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunday qilib, eftalit-turk koroplastikasida buyumlar tayyorlash san\u2019ati va usullarining turli-tumanligi ko\u2019zga tashlanadi. Terrakotadan yasalgan buyumlarda yangi xususiyatlar muvozanatdan chetlash, hajmning kattalashishi, holatning erkinligi, ayniqsa, terrakotadan qilingan plitalardagi kompozitsiyalarda yaqqol ko\u2019rinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019g\u2019d terrakotalarining ko\u2019pi O\u2019rta Osiyoning boshqa rayonlaridagi ana shunday buyumlardan farq qiladi. Bu o\u2019rinda so\u2019g\u2019dda ko\u2019p asrlar davomida qaror topgan ma\u2019lum badiiy maktab haqida gapirish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyingi yillardagi arxeologik ishlar So\u2019g\u2019d hunarmandchilik ishlab chiqarishi yaxshi rivoj topgan markazlardan bo\u2019lganligini ko\u2019rsatib berdi. Afrosiyobda VI-VIII asrlarda bunyod etilgan binolarni qazish vaqtida shisha idishlar va shishadan qilingan boshqa buyumlarning juda ko\u2019p bo\u2019laklari topildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobda, shuningdek, temir buyumlar tayyorlangan bino ham topildi. Metall buyumlar yasaladigan ishxonalar uy-joy komplekslaridan bir oz chetda joylashgan. Temirchilik o\u2019choqlari, maxsus sopol vannachalar, quyish qoliplari mehnat quroli bo\u2019lib xizmat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hunarmandchilik ustaxonalari asosan shahar chekkasidagi rabotlarda joylashib, ular Samarqandda arablar istilosiga qadar ham mavjud bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik ishlab chiqarishining mahsulotlari ichki bozor uchungina talab qilinmay, shu bilan birga xalqaro savdo buyumlari bo\u2019lib ham xizmat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sopol buyumlar tayyorlash hunarmandchilik ishlab chiqarishining keng tarqalgan turi bo\u2019lgan. O\u2019sha davrdagi sopol buyumlar juda xilma-xil: chetlari to\u2019lqinsimon kosalar, likopchalar, tovoqchalar, tanasining o\u2019rta qismida ilmoqsimon dastali krujkalar shaklida bo\u2019lgan. Krujkalarning tanasi ham turli shaklda \u2013 tsilindrik bo\u2019yni ajralib turgan, to\u2019lqinsimon qirralar bilan ishlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Noksimon tanali og\u2019izli ko\u2019zalar, tor og\u2019izli va uchburchak shaklidagi chumagi, tanasining o\u2019rta qismida dastasi bo\u2019lgan ko\u2019zalar ko\u2019plab ishlangan. Ba\u2019zan bunday ko\u2019zalarga shaffof-slyuda surilgan. Bu esa sopol idishlar metal idishlarga taqlid qilib tayyorlanganini ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boshqa sopol idishlar ham shakl jihatidan metal idishlarini eslatadi. Bunday idishlar arzon bo\u2019lib, zodagonlar oilasida emas, balki aholining barcha tabaqalarining uylarida ham keng ishlatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019pol tarzda qo\u2019lda ishlangan idishlar \u2013 gilga ko\u2019p miqdorda yirik qum, mayda shag\u2019al (idish siniqlari) va shamot (mayda shag\u2019al) aralashtirib tayyorlangan tagi yassi va dumaloq turli hajmdagi qozonlar, xurmalar, kosalar ham bo\u2019lgan. Idishlar xo\u2019jalik va ro\u2019zg\u2019or ishlari uchun mo\u2019ljallangan bo\u2019lib, ular maxsus ustaxonalarda emas, balki uyda tayyorlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sifatli gildan tayyorlanib, so\u2019ngra pishirilgan yirik idishlar-xumlar ham xo\u2019jalik ehtiyojlari uchun xizmat qilgan. Xumning balandligi qariyb 1 metr. Ayrim hollarda xumning yuqori qismi timdalangan yoki o\u2019yib ishlangan naqsh bilan bezatilgan. Xumlarda don va boshqa mahsulotlar, shuningdek, suv saqlangan. Kichik xumlar \u2013 shakl jihatidan dumaloqroq va bo\u2019yi past bo\u2019lgan xumchalar ayniqsa keng qo\u2019llanilgan. Ular ixtisoslashtirilgan sopol ustaxonalarda tayyorlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Kulollar sopol idishlardan tashqari, bir tomonida pilik uchun cho\u2019zinchoq burunchasi bo\u2019lgan dumaloq yog\u2019chiroqlar, shaqildoqlar, hamyonlar, suzgichlar, kuldonlar va ro\u2019zg\u2019orda ishlatiladigan boshqa buyumlarni ham tayyorlaganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>Koraplastlar terrakotadan tayyorlangan haykalchalarni sopol pechlarda pishirgan. Maxsus ustaxonalarda ossuariylar va g\u2019isht pishirilgan. Pishiq g\u2019isht pollarning tagiga qo\u2019yish uchun va idish tagliklari sifatida ishlatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qimmatbaho metallardan idishlar yasash bilan bir qatorda, zodagonlar tabaqasi uchun badiiy buyumlar \u2013 oltin taxtlar, dabdabali soyabonlar, hayvonlar va odamlarning tasviri bilan bezatilgan taxtiravonlar ishlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobda rasmlar hunarmandchilik ishlab chiqarishining boshqa tarmoqlari, so\u2019g\u2019dlarning qurol-yarog\u2019lar tayyorlashi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Kalta xanjarlar dehqonlarning quroli bo\u2019lib xizmat etgan, ular kamarning o\u2019ng tomoniga taqib yurilgan. Xanjarlar dastasi yovvoyi qush kallasining tasviri bilan bezatilgan. Oltin va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan qinli to\u2019g\u2019ri uzun qilich chap tomonga taqilgan. Cho\u2019qmorlar ham ishlatilgan. Keyinchalik bunday cho\u2019qmorlar pahlavon jangchilargagina xos qurol bo\u2019lib qolgan. Ularda tasvirlangan buqa kallasi kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Cho\u2019qmorlar bilan Sosoniy va eftalitlar qo\u2019shinlarining otliq askarlari qurollangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Harbiy sohada yoy katta ahamiyatga ega bo\u2019lgan. Afrosiyobdagi rasmlarda yoylar qoplon terisidan tortilgan g\u2019iloflarda tasvirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Rasmlardagi kiyimlarning bezagi xilma-xil va boy. Bu yerdan to\u2019qish stanoklarining ip yigirish va cho\u2019kich asboblari ko\u2019plab topildi. Bu, kiyim-kechaklarni mahalliy ustalar tayyorlaganidn dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xalqaro savdo aloqalari va hunarmandchilik ishlab chiqarishining kengayganligi pul muomalasining rivojlanishiga yordam berdi. Samarqandda eftalitlar davrida zarb qilingan kumush, shuningdek, sosoniylar va xitoylarning tangalariga taqlidan ishlangan tangalar topildi. Savdo-sotiqning rivojlanganligi tufayli Samarqand ilk o\u2019rta asr Sharqida eng yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan biriga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobda ilk o\u2019rta asr qatlamlari yotgan maydon so\u2019g\u2019d hujjatlarida va arablarning tarixiy-geografik adabiyotida tilga olingan yirik shaharlaridan biri bo\u2019lgan Panjikent maydonidan kattadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Panjikent iqtisodiy va siyosiy jihatdan Samarqandga bog\u2019liq edi va feodal tarqoqligi davrida ham aftidan shahar erkin bo\u2019lmagan. Bu shaharda topilgan tangalarning ko\u2019pi Samarqandda zarb qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyob va Panjikentda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar asosida shunday xulosa chiqarish mumkinki, So\u2019g\u2019d shaharlarini qurish birato\u2019la uy-joy massivlarini barpo etish yo\u2019li bilan olib borilgan bo\u2019lib, bunda ko\u2019chalar birlashtiruvchi omil sifatida xizmat qilgan. Ko\u2019chalar tor bo\u2019lib, shahar darvozalaridan shahar markaziga tomon cho\u2019zilib ketgan. Ko\u2019chalarda joylashgan uylarga, shu jumladan, savdo-sotiq qilinadigan imoratlarga yondosh qilib yangi, ba\u2019zan ikki va uch qavatli binolar qurilgan. Imoratlarning yuqori qavatlariga panduslar yoki narvonlar bilan chiqilgan. Yangi imoratlar xonalar va hatto butun bir kompleks xonalar hisobiga barpo etilib, natijada yirik uy-joy massivi vujudga kelgan. Xuddi ana shunday massivlarning har birida katta zallar bo\u2019lgan. Ba\u2019zida uy-joy massivlari bir-biriga qo\u2019shilib ketgan. Faqatgina shahar markazidagi ibodatxonalargina alohiga joylashgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aftida, Afrosiyobda uy-joylar qurish ham shu tariqa olib borilgan bo\u2019lib, bu yerda 100-120 kvadrat metr keladigan bir necha zal aniqlandi. Bunday zallarning usti turli usulda tekis qilib yopilgan. Uzun to\u2019sinlar bevosita devorlarning ustiga qo\u2019yilgan, kalta to\u2019sinlar esa ustunlar yordamida mahkamlangan. Afrosiyobdagi zallardan birida ustunlar to\u2019sinlarning uchlariga qo\u2019yilgan va yarim holda devor ichiga kiritib suvalgan. AYrim zallarda devordan 2 metr chamasi oralatib 4 tadan ustun qo\u2019yilgan. Ularning yuqori qismlari to\u2019sinlar bilan mahkamlangan. To\u2019sin qo\u2019yishning bunday usuli qisqa ustunlardan ham foydalanish imkonini bergan. Kengligi 3,5 metrdan oshmagan kichik uylar, yo\u2019laklarning cheti xom g\u2019ishtdan terib chiqilgan gumbaz shaklida yopilgan. Paxsa devorlar va uzunligi o\u2019rta hisobda 50 santimetr, kengligi 25 santimetr va qalinligi 9-10 santimetr keladigan uzunchoq xom g\u2019isht zamonda asosiy qurilish materiali bo\u2019lib xizmat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobdagi imoratlarning devorlari ba\u2019zan bir ikki qator g\u2019isht bilan aralshtirib terilgan, asosan esa paxsadan qilingan. Bu devorlarning yuqori qismiga g\u2019isht terilgan. Ba\u2019zi hollarda devorlar nuqul g\u2019ishtdan terilib, loy bilan suvalgan. Ana shunday devorlar bo\u2019ylab kengligi 1 metr va balandligi 50 santimetr keladigan supa qilingan. Devorlar somon suvoqdan chiqarilgach, yaxshi pishitilgan loy bilan puxtalab artilgan va keyin ganch suvoq qilingan. Ularning ayrimlarida rasmlar saqlanib qolgan. Eshiklar ustidagi ravoqlar g\u2019ishtdan terilgan. Devorlarda qoldirilgan teshiklar yog\u2019och eshik, ba\u2019zan esa gilamlar bilan yopilgan bo\u2019lsa kerak. Shipda qoldirilgan tuynuk yoki devorlarning yuqori qismlaridagi tirqishlar orqali uyga yorug\u2019lik tushgan. Shiplar, karnizlar, eshiklar, taxtiravonlar yog\u2019ochdan yasalgan. Ularning sirti o\u2019yma naqsh bilan bezatilgan. Buni yong\u2019indan kuygan imoratlarning yuqori qismi, so\u2019ngra saqlanib qolgan yog\u2019och bo\u2019laklarida ko\u2019rish mumkin. Boshqa yog\u2019och buyumlarni termitlar-qirchumolilar yo\u2019q qilib yuborgan yoki chirib ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobda hozircha yog\u2019ochga o\u2019yib naqsh solib ishlangan bir zal qazib topildi. Usti kuygan naqshning bir qismi saqlangan, unga gular, o\u2019simliklaning naqshlari, odam tasviri chizilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qasrlar va saroylarni bezashning asosiy turlaridan biri devorlarga surat solish bo\u2019lgan. Devorlardagi suratlar bizni ilk feodal jamiyatning turmushi, madaniyati, dini, mifologiyasi va kundalik hayoti bilan tanishtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1965 yilning bahorida Afrosiyobda olib borilgan qazishma ishlari vaqtida ochilgan devordagi suratlar arxeologlar uchun kutilmagan bir voqea emas edi. 1903 yilning bahoridayoq V.L.Vyatkin Afrosiyobda qazishma ishlari o\u2019tkazgan vaqtida devorga solingan suratning yaxshi saqlanmagan parchalarini aniqlagan. Afsuski xodimlarning bu rasmlarni buzilishdan saqlash (konservatsiya) usulini bilmaganligi oqibatida u yetib kelmagan. Suratli suvoq qurib qolib to\u2019kilgan, lekin undan nusxa olib qolingan. Devorda odam figuralari tasvirlangan bo\u2019lib, ular tagidan esa yo\u2019l-yo\u2019l qilib naqsh berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1961 yili Afrosiyobda o\u2019rta asrlardagi xumdonlarni qazish vaqtida devorga ishlangan naqsh bo\u2019laklari topildi. 1963 yilda Jome machit rayonida suratlar chizilgan devor (naqshinkor hoshiya). 1965 yilning bahorida devorlariga rasmlar solingan yana olti imorat ochildi. Birinchi bo\u2019lib qazilgan zalning faqat shimol tomonidagi devorgagina surat solingan. Unda taxtiravon tagida o\u2019tirgan erkak va ayol tasvirlangan bo\u2019lib, qo\u2019llarida olov yonib turgan kosalar bor. Ularning har ikki tomonida xizmatkorlar turibdi. Qolgan uch devor oq rang (ganch)ga bo\u2019yalgan. Yagona karniz ikki tovus surati bilan bezatilgan. Tovuslar meva solingan kosaga qarab turibdi, ular tagida naqshli hoshiya bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi zalning yarmi ochildi. Undagi suratlar yaxshi saqlangan. Uchinchi zaldan juda ajoyib naqsh bo\u2019laklari topildi. Qolgan uch zalda suratlarning borligi aniqlandi, lekin ular ochib ko\u2019rilmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1965 yilda V.A.Shishkin rahbarligida shaharning ikkinchi devoridan sharq tomon ko\u2019hna shaharning markaziy qismida katta arxeologik qazish ishlari olib borildi. Bu yerda X-XI asrlardagi kulollarning uylari joylashgan (juda ko\u2019p xumdonlar, shuningdek, sug\u2019orish uchun ishlatiladigan sopol buyumlar tayyorlangan imoratlar aniqlandi).<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu imoratlar ostida VI-VII asrlarda yaxlit shahar qurilishining katta kompleksi aniqlandi. Ulkan turar-joy binosi yoki saroy kompleksi bo\u2019lgan zallardan biridagi suratlar ancha to\u2019la saqlangan. Uning uzunligi va kengligi ham 11 metr. Uyning devorlari paxsadan urilgan bo\u2019lib, somonli loy bilan suvoq qilingan va yaxshi ivitilgan loy bilan yupqa qilib artilgan. Ko\u2019pincha devorlarning sirti oq rangli tuproq (ganch) bilan qayta bo\u2019yalib, rassomlar ana shu tayyor suvoqqa surat chizishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Chunonchi, katta zalning to\u2019la ochilgan janub tomonidagi devorning sharqiy qismidagi kechik piramida shaklida shartli tarzda (tomoshabindan) chap tomonga, qasrga qarab borayotgan tantanali yurish marosimi ko\u2019rsatilgan. Oldingi qatorda zeb berib bezatilgan chakmon kiygan to\u2019rt erkak kishi tasvirlangan. Surat to\u2019la saqlanmagan: figuralarning belidan bir oz pastki qismi buzilgan. Asta-sekin qadam tashlayotgan oq fil tantanali yurishni boshlab bormoqda. Uning xartumi o\u2019ralgan, tishlari oldinga chiqib turibdi. Filning bo\u2019yniga osib qo\u2019yilgan qo\u2019ng\u2019iroq va abzaliga mahkamlangan og\u2019ir ko\u2019k popuklar ohista silkinib bormoqda. Filning usti marvarid donalaridan bezatilgan jul, ular o\u2019rtasida qanotli sher tasvirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Suratning yuqori qismida saqlangan kichik bo\u2019laklarga qarab fikr yuritilsa, fil ustidagi taxtiravonda oqsuyak ayol o\u2019tirardi. Taxtiravondan faqat bitta orqa ustuncha saqlanib qolgan bo\u2019lib, xonimning orqa tomonida, o\u2019tirgan holda tasvirlangan xizmatkor ayol o\u2019zi uchun maxsus ajratilgan joyda ana shu ustunchani uslab o\u2019tirgan. Fil ketidan otga mingan uch ayol kelyapti. Bu otliq ayollardan birinchisining tasviri to\u2019liq saqlangan. U oyoqlarini bir tomonga qo\u2019yib, to\u2019q ko\u2019k rangdagi otda o\u2019tiribdi. Mo\u2019jaz etikcha kiygan ayolning chap oyog\u2019i uzangiga qo\u2019yilgan, tizzasidan buklangan o\u2019ng oyog\u2019i esa chap oyog\u2019i tagida. Ayol uzun yengil shoyi kuylak kiygan, uning tizzasigacha keladigan yuqori qismi qizil, juda ko\u2019p burmali mo\u2019jaz qora etiklarga tushib turgan uning pastki qismi sariq rangda. O\u2019ng yelkasi va ko\u2019kragi orqali tasma bog\u2019lagan. Ayol yugan ushlagan chap qo\u2019lining ortida aniq so\u2019g\u2019dcha yozuv saqlangan bo\u2019lib, uning bir so\u2019zi \u201cmalikaning yaqini\u201d degan ma\u2019noni anglatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sariq otda borayotgan ikkinchi ayol ham xuddi birinchi ayol ko\u2019rinishida tasvirlangan. Otning yugani uning o\u2019ng qo\u2019lida. U qizil tasma o\u2019tkazilgan oq ko\u2019ylak kiygan. Ayolning boshi va yelkalarining tasviri deyarli satlanmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qizil otga mingan uchinchi ayol tasviri yaxshi saqlanmagan. Yana ham yuqoriroqda, xuddi to\u2019rtinchi planda devorning butun uzunasiga ham otlar tasvirlangan bo\u2019lib, ularning faqat oyoqlari surati saqlangan. Devorning pastki qismida kengligi qariyb 0,5 metr bo\u2019lgan naqsh chizilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayollar ketidan tuyaha mingan ikki erkak boryapti. Qorachadan kelgan birinchi erkak katta yoshda bo\u2019lib, soqoli va mo\u2019yloviga oq tushganligi yaqqol sezilib turibdi. Uning o\u2019siq quyuq qoshlarigacha ham oq. Qoramtir yuzida qovoqlari botiq, ko\u2019k ko\u2019zlari yorqin ko\u2019rinadi. Sochlari oq bog\u2019ich bilan bog\u2019langan. Chap qulog\u2019ida zirak bor. U o\u2019ng qo\u2019lining ikki barmog\u2019i bilan qal\u2019ani ko\u2019rsatyapti. Chap qo\u2019lida uchiga hayvon boshi ishlangan cho\u2019qmor. Ustiga qizil chakmon kiygan. Yelkasiga tashlagan sariq yengsiz kiyim shamolda hilpiraydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi erkak yosh, rangpar yuzli, qora soqolli va ingichka mo\u2019ylovlidir. Qora sochlari qizil bog\u2019ich bilan tortilgan. Birinchi erkak kishi singari uning yuz tuzilishi ham yevropaliklarnikiga o\u2019xshaydi. Katta qirg\u2019iy burunli, og\u2019zi kichik bu kishining o\u2019ng qo\u2019lida sariq (oltin) cho\u2019qmor bor. Ikkala erkak ham uzun qilich bilan qurollangan bo\u2019lib, kamarning chap tomonida osilib turibdi. Ularning belbog\u2019lariga kalta xanjar osilgan bo\u2019lib, dastalarida yovvoyi qushlar boshining tasviri solingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tuyalar jigarrang, birinchisining ustida fillarning surati solingan kunguralar bilan bezatilgan doirasimon jul bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Keyingi guruhlar uchun ham ana shunday tasvir xarakterlidir. Birinchi qatorda jul bilan yopilgan ko\u2019k ot bo\u2019lib, uning oyoqlarida rang-barang bog\u2019ichlar hilpirab turibdi, quyuq qora soqolli erkak otni yuganidan ushlab kelyapti. Uning yuzida og\u2019zi va burnini berkitib turuvchi ro\u2019mol bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Ot tepasida to\u2019rtta oq qush tasvirlangan bo\u2019lib, ularga so\u2019g\u2019d so\u2019zlari yozilgan. Qushlarning biriga katta-katta qilib \u201coyoq\u201d so\u2019zi yozilgan, ikkinchisida u ko\u2019p marta takrorlangan, lekin yaxshi saqlanmagan. Yosh yigit qushlarni haydamoqda. Uning sochlari kokilcha qilib o\u2019rtalgan. Yuzida esa otni yetaklab kelayotgan erkaknikiga o\u2019xshah ro\u2019mol bor. Shunga o\u2019xshash tasvirlar kumush tovoqlarda ham uchraydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uchinchi planda rasmning eng yuqori qismida ilgari gapirib o\u2019tilgan bir to\u2019da otliqlar ko\u2019rsatilgan. Lekin suratdagi ot oyoqlarining tasvirigina saqlanib qolgan. Bu guruh ketidan oq qushlar, aftidan, g\u2019ozlar tasvirlangan doiralar bilan bezatilgan qizil chakmon kiygan chavandoz sariq otda kelyapti. Uning kamarida qinli qilich va qoplon terisidan tortilgan yoy g\u2019ilofi. Erkakning figurasi beligacha bo\u2019lak-bo\u2019lak tarzda saqlangan. Otning qora dumi o\u2019rta qismidan bog\u2019ich bilan bog\u2019langan; uning oyoqlarida ham bog\u2019ichlar bor, bir oyog\u2019ida so\u2019g\u2019d yozuvining izlari hamda eftalit va arab xatining qing\u2019ir-qiyshiq yozuvlari bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu otliq kompozitsiyadagi asosiy shaxs bo\u2019lib, delegatsiya boshlig\u2019iga o\u2019xshaydi, uning qiyofasi qolganlarga qaraganda ikki marta katta bo\u2019lib, bu bilan rassom uning yuqori martabali kishi ekanligini ta\u2019kidlagan. Asosiy qahramonni ana shunday ajratib bo\u2019rttirib ko\u2019rsatish usuli Sharq san\u2019ati uchun xarakterlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Imoratning g\u2019arbiy devori yarmigacha ochildi. Unda ham ko\u2019p planli g\u2019oyat qiziqarli lavhalar tasvirlangan. Oldinda hadya olib borayotgan to\u2019qqiz kishi (5 figura yaxshi saqlangan) tasvirlangan bo\u2019lib, ulardan uch kishi qimmatbaho chakmon kiygan. Ularning qo\u2019llarida hadyalar \u2013 tangalar, oltin bilan bezatilgan marjonlar, qanotli sherlar surati solinib doiralar bilan bezatilgan bir to\u2019p gazmol bor. To\u2019nlik gazlamani bezash uchun to\u2019ng\u2019iz, tumshug\u2019ida marvarid shodasini tutgan qush, qanotli itlar ko\u2019rinishidagi afsonaviy hayvonlar boshlari tasviridan foydalnilgan. Tuhfani in\u2019om etuvchilar oltin kamar bog\u2019lab, xanjar va qilich taqib olgan. Kamarining o\u2019ng tomonida ro\u2019mollar, hamyonlar. Ikkovining sochi bog\u2019ichlar bilan tortib bog\u2019langan. Ulardan birining och jigarran yuzida yaxshi saqlanmagan yozuv bor. Sovg\u2019a ko\u2019tarib boruvchi uchinchi kishi ularning kattakoni bo\u2019lsa kerak, boshida yovvoyi to\u2019ng\u2019ich surati tasvirlangan shoyi telpak kiygan va ustiga ko\u2019krakragidan bog\u2019lab qo\u2019yiladigan yengsiz kiyim tashlab olgan. Uning bo\u2019ynida ham yozuvlar izi mavjud.<\/p>\n\n\n\n<p>Tasvirdagi figuralardan antropologik tipi va ustidagi kiyimiga ko\u2019ra boshqa ikki kishi ajralib turadi. Ularning uch o\u2019ram qilib o\u2019rilgan uzun sochlari bellaridan ham pastga tushib turibdi. Ingichka qora mo\u2019ylovlari bor. Ularning chakmonlari elchilarning libosidan ko\u2019ra kamtarroq. Birinchisi ikki yoqali va o\u2019rtasida bog\u2019ichi bor qizil, ikkinchisi sariq chakmon kiygan. Figuralar erkin holatda turibdi. Sariq chakmon kiygan erkak orqasidan kelayotgan kishiga uning ketidan borishni taklif etayotgandek boshini o\u2019sha tarafga qaratgan. Ana shu ikki figura bilan devorning ochilgan qismidagi suratlar tugaydi. Bu figuralardan yuqoriroqda janubiy devorda tik turgan ikki erkakning figurasi tasvirlangan. Ulardan biri qizil chakmon, orqasiga o\u2019girilgan ikkinchisi esa oq chakmon kiygan bo\u2019lib, chakmonning ochiq joyida so\u2019g\u2019dcha yozuv bor. Ana shu yozuv deyarli to\u2019liq saqlangan. Maxsus kotib tomonidan yozilgan o\u2019ziga xos bu ishonch yorlig\u2019i 16 satr keladigan vertical tekstdan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p>Xatning tarjimasi quyidagicha: \u201cXunlar shohining elchisi yetib kelgach, u og\u2019zini juftlab (bunday dedi): \u201cChag\u2019aniyon mahkamasining boshlig\u2019i men Bur-Zatak (Bur o\u2019g\u2019li) Samarqand shohiga izzat-hurmatimizni izhor qilmoq uchun Chag\u2019aniyon podshosi Turantosh huzuridan Samarqandga keldim. Mana, ehtirom bilan (Samarqand) shohi oldida turibman. Sizlar menga hech shubha bilan qaramanglar \u2013 Samarqand xudolari va Samarqand yozuvidan yaxshi xabardorman. Men qudratli shohingizga hurmatimni bildiraman. Sizlar eson-omon bo\u2019linglar. Shuningdek, xunlar podshosi ham\u2026 (bu yog\u2019i buzilgan). Chag\u2019aniyon mahkamasining boshlig\u2019i shunday dedi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Oq chakmon kiygan figura oldida kompozitsiyaning ikkinchi planida gilamchada ikkitadan bo\u2019lib, bir-biriga qarama-qarshi o\u2019tirgan to\u2019rtta erkak tasvirlangan. Tomoshabinga orqasi bilan o\u2019tirgan kishilarning qora sochlari uzun bo\u2019lib, belidan ham pastga tushgan, yuzi bilan o\u2019ng tomonga o\u2019girilgan soqol qo\u2019ymagan kishilarning esa ingichka qora mo\u2019ylovlari bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharqiy devor boshqa devorga qaraganda yomon saqlangan. Ammo undagi suratlar juda qiziqarlidir. Devorda dengiz (yoki daryo) tasvirlanib, uning to\u2019lqinlarida yalang\u2019och bolalar va katta kishilar o\u2019ynashmoqda. Bolalar uchib borayotgan qushlarga o\u2019q yoy otishmoqda: ulardan biri esa qandaydir hayvonning dumini tortib turibdi. Cho\u2019milayotgan kishilar orasida qo\u2019lida bolasi bo\u2019lgan ayol ham bor. Bu yerda o\u2019rdaklar, toshbaqa, baliqlar va boshqa jonli mavjudotlar suzishmoqda. Bundan sal yuqoriroqda erkak kishilar, otlar tasvirlangan bo\u2019lib, lekin ular oyoqlari suratining faqat o\u2019rinlari qolgan, xolos.<\/p>\n\n\n\n<p>Zal devorlaridagi suratlar kompozitsiyasini quyidagicha izohlash mumkin. Janubiy devorda Chag\u2019aniyon shohining o\u2019zi boshchilik qilayotgan elchilar tasvirlangan. Oq ot mingan shoh tantanali yurish marosimining markazida turibdi, oldinda, fil ustida esa malika o\u2019tiribdi. Elchilar Samarqand shohiga sovg\u2019alar, jumladan, chiroyli qushlar, qimmatbaho buyumlar va hokazolar olib bormoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019arbiy devorning ochilgan qismida Samarqand shohi yoki So\u2019g\u2019dning asosiy xudosiga sovg\u2019alar topshirish lavhasi tasvirlangan. Saroyga kelgan Chag\u2019aniyon elchilari sovg\u2019alarni taqdim etib, \u201cishonch yorlig\u2019i\u201dni topshiryapti. Bu yorliqning teksti, yuqorida keltirilgandek, tasvirlangan personajlardan birining to\u2019ni etagiga yozilgan. Samarqand shohining ayonlari elchixona a\u2019zolariga hamroh bo\u2019lmoqda. Ular antropologik tipi va kiyimlari jihatidan mehmonlardan farq qiladi. Saroy ayonlari orasida rassomlar, kotiblar (ularning kamariga ichida qalamlari bo\u2019lgan g\u2019iloflar osig\u2019liq turibdi), olimlar, yozuvchilar bor. Ular gilam ustida o\u2019tirib, qizg\u2019in suhbatlashmoqdalar, o\u2019tirganlardan birining qo\u2019lida kitob. Imorat butunlay ochilgandan so\u2019ng devordagi boshqa lavhalarni ham uzil-kesil tahlil qilish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharqiy devorda dengiz, baliqlar va cho\u2019milayotgan bolalar tasviri chizilgan suratlar syujeti jumboqlidir. Ya.G\u2019.G\u2019ulomovning fikricha, bu yerda Ovistadagi afsonaviy Vurukan dengizi \u2013 huzur-halovat dengizi ko\u2019rsatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1951 yilda Tuproqqal\u2019ada ochilgan Panjikent monumental haykallar kompozitsiyasida xuddi ana shunga o\u2019xshash dengiz tasvirlangan suratlar topildi. II ibodatxona territoriyasining sharq tomonidagi ayvondan afsonaviy daryo manzarasi tasvirining juda ko\u2019plab parchalari aniqlandi. Havorang to\u2019lqinlar fonida afsonaviy hayvonlar, baliqlar, odamlar va odamsimon figuralar tasvirlangan. Panjikentdan topilgan haykallar dehqonlarnig suv stihiyasini hurmatlash bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan e\u2019tiqodini aks ettiradi. O\u2019rta Osiyoda ana shunday dinning mavjud bo\u2019lishi eng qadim zamonlarda afsonalar yaratilishida muhim omil hisoblangan. Rassom suv stixiyasiga ehtirom bildirish bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan lavhasida unga sig\u2019inish \u2013 unumdorlik va dehqonchilik e\u2019tiqodi bilan chirmashib ketganligini tasvirlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy ma\u2019lumotlarga qaraganda, Samarqand rezidentsiyasida ibodatxona bo\u2019lib, bu yerga oltinchi oyda qurbonlik keltirilgan. Boshqa joylarning hokimlari qurbonlikda qatnashish maqsadida bu yerga kelishgan. Ana shu ma\u2019lumotga asoslanib, Chag\u2019aniyon elchilari o\u2019z tuhfalari bilan xuddi shunday tantanaga kelishgan deb taxmin qilish mumkin. Bu yerga kelgan kishilar \u201cSamarqand xudolaridan yaxshi xabardor ekanliklari\u201d, binobarin, rasm-rusmlari va Samarqand shohiga ehtirom bildirish odatini ham bilganliklari yorliqda ko\u2019rsatiladi. Qurbonlik qilish odati an\u2019analari uzoq davrlarga borib taqaladigan bayram bilan bog\u2019liq bo\u2019lishi mumkin. So\u2019g\u2019dda marosimlar qanday bo\u2019lganligini aytish qiyin, albatta. Sharqiy devordagi kompozitsiyada bayram marosimi tasvirlangan bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyob suratlarining badiiy xususiyatlari ham qiziqarlidir. Bu yerdagi suratlarning kompozitsiyasi ko\u2019p planli va kengdir. Bu yerda manzarani kichraytirib ko\u2019rsatish ko\u2019rinmaydi, lekin kompozitsiyaning chuqurligi sezilib turadi. Rassom balan nuqtadan turib rasm solganga o\u2019xshab tuyuladi. U devorning butun tekis joyini figuralar bilan to\u2019ldirgan, lekin bu yerda ortiqcha suratlar bo\u2019lishi va perspektiv kichraytirishning yo\u2019qligi sezilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019arbiy devordagi suratlar ham xuddi shu usulda bajarilgan. Oldinda Chag\u2019aniyon elchixonasining a\u2019zolari va ularga hamroh bo\u2019lgan kishilar, ikkinchi qatorda esa ikkitadan bo\u2019lib, bir-biriga qarama-qarshi o\u2019tirgan odamlar tasvirlangan. Ana shu kishilarning bir jufti murakkab rakursda, orqa tomondan tasvirlangan. Rssom voqelik bilan mahkam bog\u2019langan keng fikrlash iste\u2019dodiga ega bo\u2019lgan, voqelik esa fantaziya elementlari bilan chirmashib ketgan. Fillar, otlar, suvoriylar \u2013 bularning hammasi real voqelik in\u2019ikosidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Suratlarda o\u2019ziga qadar mavjud bo\u2019lgan badiiy maktabning boy tajribasini o\u2019zlashtirgan, avlodlarning barcha serqirra tajribasini egallagan yirik rassomining mahorati namoyon bo\u2019lgan. Haqiqiy realistik san\u2019atining bu maktabi lavhalari birlashtirishdagi emas, balki suratning o\u2019zida ham, surat va mo\u2019yqalamni egallash mahoratida ham sezilib turibdi. Rassom uchun ikkinchi darajali masala yo\u2019q. Kiyimdagi gulmi yoki personajning yuzimi \u2013 bari bir har qanday tafsilot bir xilda puxta va mahorat bilan ishlangan. Bu yerda ortiqcha yoki pala-partish chiziqlar yo\u2019q, ular muayyan vazifani ado etadi. Buning uchun tuyaga mingan keksa kishining bosh tasviriga diqqat bilan nazar tashlash kifoyadir: uning soqoli, qoshlaridagi har bir soch kalligrafik aniqlik bilan aks ettirilgan, suratning har bir chizig\u2019i uni solmoqdor qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Personajlarning ruhiy holati \u2013 ularning his-tuyg\u2019ulari, kayfiyati mohirlik bilan ko\u2019rsatilgan. Rassom kishilar xarakterining ichki xurusiyatlarini ularni tashqi jihatdan tasvirlash yo\u2019li orqali ifodalashga intiladi. Chunonchi, elchixona a\u2019zolaridan birining osilib tushgan qoshlari, katta ochilgan ko\u2019k ko\u2019zlari, lab uchlarining bir oz osilganligi uning qat\u2019iyatligini, fikrini bir nuqtaga to\u2019play olinishi, o\u2019z qadr-qimmatini his eta bilganligini ifodalaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar Bolaliktepa va boshqa joylarda topilgan suratlarda odamlarning yuzlarini ifodalashda ularning ruhiy xususiyatlari berilmay, shaklbozlik va qandaydir silliqlik sezilmasa, Afrosiyobda topilgan suratlarda esa ba\u2019zan kishi xarakterini ochib berishga bo\u2019lgan intilish kuzatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Elchixonaning boshqa a\u2019zolari tasvirlangan vaqtda ularning ruhiy holati ta\u2019kidlab o\u2019tilmaydi, lekin har bir kishining yuzi nihoyatda o\u2019ziga xos bo\u2019lib, uni boshqa yuzlar bilan almashtirib yuborish mumkin edi. Rassom personajlar portretlarini bir-biriga o\u2019xshash uchun harakat qilgan bo\u2019lsa kerak, lekin u bunga qanchalik erishganini aytish qiyin. Har holda rassom portretda muayyan etnik tipni tasvirlab berishga erishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Umuman, realistik suratlarni chizishda fantaziya elementlari, aniqrog\u2019i mifologiya va din bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan noreal dunyoni tasvirlash ko\u2019zga tashlanadi. Gazmollarning gullaridagi fantastic obrazlar: qanotli otlar, takalar, itlar va boshqa hayvonlarning suratlari juda yorqin ifodalangan. Bu rassomning fantaziyasi emas, balki butun jamiyatning noreal dunyoni tasavvur qilish mahsuli bo\u2019lib, rassomlar esa uni muayyan obrazlarda gavdalantirgan. Chunonchi, qanotli qo\u2019chqor \u2013 shohlarga xos bo\u2019lgan ulug\u2019lik, serhashamlik, dabdabalik obrazidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Tabiiy hajmni kattalashtirib ko\u2019rsatish noreallikning ikkinchi bir elementi bo\u2019lib, masalan, shoh yoki delegatsiyalarning boshliqlari qolgan figuralarga nisbatan kattaroq qilib tasvirlangan. Asosiy figuralarning atrofidagi kishilarga nisbatan ijtimoiy jihatdan teng emasligini ta\u2019kidlash uchun ularni ana shunday bo\u2019rttirib ko\u2019rsatish usuli ko\u2019p asrlar davomida Sharqda qaror topgan badiiy maktab uchun qonun bo\u2019lgan. Ana shu shaxslarning katta hajmda tasvirlanishi tomoshabinlarda ularga nisbatan hurmat va ehtirom hislarini tug\u2019dirishi kerak edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Suratlarda fil realistik tasvirlangan. Lekin devor bilan cheklangan shu lavhaning butun kompozitsiyasi hajmi rassomga ma\u2019lum o\u2019lchamga rioya qilish imkonini bermagan, uning o\u2019zi ham bunga unchalik ahamiyat bilan qaramagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Oq qushlarni, ehtimol tuya qushlarni tasvirlashda realistik xususiyatlar kamroq namoyon bo\u2019lgan. Rassom bu qushlarni hikoyalar va yozma manbalar bo\u2019yichagina tasavvur qilgan bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Afrosiyobda topilgan suratlarda feodal jamiyatning yuqori tabaqalari \u2013 dehqonlarning hayotidan olingan lavhalar tasvirlangan. Turli antropologik tiplarni, Chag\u2019oniyon, elchixonasi a\u2019zolari turli etnik gruppalarining vakillarini tasvirlash \u2013 yuzlarda tuklarning ko\u2019pligi, sochlarning jingalak, yumshoq, qora va mallarang bo\u2019lishi rassomnign real dunyoning ko\u2019p tomonlarini aks ettirilganligidan dalolat berib turadi. Shuningdek, rassom kishilarning yuz tuzilishini, peshona, burun va ko\u2019zlarni juda mohirlik bilan tasvirlay olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Suratlarda tasvirlangan odamlarning boshqa guruhi uzun qilib o\u2019rilgan qora sochli, ingichka mo\u2019ylovli kishilardir. Ularning soqoli yo\u2019q, yanoq suyaklari ham unchalik chiqib turmaydi, lekin ayrim belgilariga ko\u2019ra, ko\u2019z qiyig\u2019i tor, tashqi burchagi ichki burchagidan balandroq joylashgandir. Burun to\u2019g\u2019ri, lablar o\u2019rtacha qalinlikda, yuqori lab pastki labga qaraganda bir oz chiqqan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019z zamonasidagi odamlarning suratlarini chizgan rassomlar o\u2019zbek xalqi va O\u2019rta Osiyodagi boshqa xalqlar etnogenezi masalalariga oid ma\u2019lumotlar bilan bizni boyitdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>VII asrda Samarqandda bo\u2019lgan sayyohlar uning aholisi savdo-sotiqqa mohir ekanligini, shaharga ko\u2019plab ajnabiylar savdo qilish uchun kelib turganliklarini ta\u2019kidlaydilar. VII asrning 30-yillarida So\u2019g\u2019dga kelgan Syuan-Tzyanning yozishicha, Samarqandga turli mamlakatlardan qimmatbaho &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/din-madaniyat-va-sanat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153127","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153127","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153127"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153127\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153142,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153127\/revisions\/153142"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153127"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153127"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153127"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}