{"id":153131,"date":"2025-09-09T12:29:16","date_gmt":"2025-09-09T09:29:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153131"},"modified":"2025-09-09T16:08:42","modified_gmt":"2025-09-09T13:08:42","slug":"feodalizm-rivojlangan-davrda-samarqand-ix-asrning-oxiri-va-xiii-asrning-boshlarida-samarqand","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/feodalizm-rivojlangan-davrda-samarqand-ix-asrning-oxiri-va-xiii-asrning-boshlarida-samarqand\/","title":{"rendered":"Feodalizm rivojlangan davrda Samarqand. IX asrning oxiri va XIII asrning boshlarida Samarqand"},"content":{"rendered":"\n<p>Nasr ibn Ahmad o\u2019zini yetarli darajada kuchli deb sezgach, IX asrning oxiridan boshlab o\u2019z nomidan kumush tanga zarba qila boshladi (shungacha faqat Tohiriylargina tanga zarb eta olar edi). Samarqandning xuddi o\u2019zida 887 yilda, ehtimol bundan ham oldinroqdir, birinchi marta Somoniylarning kumush tangalari zarb qilina boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nasrning ukasi, Buxoroga noib etib tayinlangan Ismoil tez orada Nasr hukmronligini tanishdan bosh tortdi. Ish urushgacha borib yetdi. 888 yilda Nasr tor-mor qilindi, ammo sulola boshlig\u2019i sifatida Samarqand taxtida qoldirildi, biroq endi u Ismoilning ishlariga aralashmas edi. Samarqand amirlarining rezidentsiyasi Buxoroga ko\u2019chirilgi. Nasr vafotidan keyin Samarqand hokimiyati Ismoil qo\u2019liga o\u2019tdi va Somoniylar poytaxti bo\u2019lmay qoldi, ammo u Movarounnahrdagi eng yirik hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ismoil ibn Ahmad 900 yilda Saffariylarni tor-mor qilgandan keyin Movarounnahrninggina emas, balki Xurosonning ham hokimi bo\u2019lib qoldi. Ismoil (892-907) Somoniylarning eng serg\u2019ayrat hokimlaridan biri edi: u davlat hokimiyatini kuchaytirishga, markazlashgan va ixchamtirilgan amaldorlar apparati va kuchli armiya tuzishga qaratilgan bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. U fan, savdo, hunarmandchilikning ravnaq topishi to\u2019g\u2019risida ham ma\u2019lum darajada g\u2019amxo\u2019rlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand poytaxt bo\u2019lmay qolgandan keyin ba\u2019zi bir sabablarga ko\u2019ra, Somoniylarning markaziy hukumatiga nisbatan oppozitsiya tayanchiga aylandi. Chunonchi, 914 yilda, Ismoilning o\u2019g\u2019li Ahmad (907-914) va uning nabirasi Nasr ibn Ahmd davrida (914-943) Samarqand markaziy hokimiyatga qarshi chiqqan Ismoilning ukasi Isxoqqa katta madad berdi. Ana shundan keyin ham Samarqandda g\u2019alayonlar bo\u2019lib turgan bo\u2019lsa kerak. Masalan, arab geografi va sayyohi Istaxriyning (X asrning birinchi yarmi) xabar berishicha, ana shu g\u2019alayonlar vaqtida Samarqand shahristonidagi \u201cKatta\u201d yoki \u201cKesh\u201d darvozasi yonib ketgan. Keyinchalik Samarqand noibi, Somoniylar avlodi Muhammad ibn Luqmon davrida u qaytadan tiklandi.<\/p>\n\n\n\n<p>960 va 970 yillar o\u2019rtasida Samarqandga kelib ketgan Ibn Xavqal bunday deb yozadi: Samarqand rabotining devorlarida \u201cbu yerda ro\u2019y bergan isyon sababli na yog\u2019och, na temir darvozalar bor. Ana shu isyonlar tufayli hokim darvozalarni olib tashlashni buyurdi\u201d. Juda boy Xuroson noibligini egallash uchun qudratli Somoniy amaldorlari o\u2019rtasida vaqti-vaqti bilan bo\u2019lib turadigan qurolli kurashdan yoki Somoniylar bilan va ularning vassal o\u2019rtasida bo\u2019ladigan urushdan Samarqand asosan chetda turdi. Faqat bir vaqt, 947 yilda, No\u2019h ibn Nasr davrida (943-954) Samarqand yana bir necha oy Somoniylar poytaxti bo\u2019ldi, chunki bunda No\u2019h ibn Nasr o\u2019ziga itoat etmagan vassal Abu Ali Chag\u2019oniyonga qarshi kurashgan vaqtda Buxoroni qo\u2019ldan berib qo\u2019ygan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>No\u2019hning o\u2019g\u2019li Abdumalik davrida (954-961) markaziy hokimiyatning obro\u2019yi uning otasi va bobosi hukmronlik qilgan vaqtdagiga qaraganda ham pasayib ketdi. Mamlakatda hokimiyat saroy gvardiyasining qudratli namoyandalari qo\u2019liga o\u2019tdi. Ular katta harbiy lavozimlarni va boy noibliklarni egallab turdilar. Yirik feodal zodagonlarning qudratli namoyandalari \u2013 Somoniylarning vassallari ham bosh ko\u2019tardi.<\/p>\n\n\n\n<p>No\u2019hning vafotidan keyin toju taxtni kim egallashi kerakligi haqidagi masalani Somoniylar xonasonining a\u2019zolari emas, balki saroy gvardiyasining qudratli boshliqlari hal qila boshladi. Eng iste\u2019dodli, lekin Somoniylarning itoatsiz va ishonchsiz harbiy boshliqlaridan biri bo\u2019lgan Foyiq g\u2019olib chiqdi. U Mansur ibn No\u2019hin (961-976) taxtga o\u2019tqazdi. Uning vorisi va No\u2019h II ning o\u2019g\u2019li (976-997) davrida inqirozga yuz tutayotgan Somoniylar davlati Qoraxoniylar sulolasi boshchilik qilgan ko\u2019chmanchi turklarning dastlabki zarbalariga uchray boshladi. Bu sulolaga ko\u2019chmanchi turk qabilalaridan birining boshlig\u2019i asos slogan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>992 yilda Toroz va Bolasog\u2019un hokimi Qoraxoni avlodidan Xorun Bug\u2019raxon Somoniylar davlati chegarasiga bostirib kirdi. Foyiq unga qarshi chiqdi. Jang Somoniylarga xiyonat qilgan Foyiqning yordami tufayli erishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bug\u2019raxon Buxoroni bosib olganidan keyin Foyiqni Balx va Termiz noibi etib tayinladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan keyingina yillarda Somoniylar davlatining vorisligi uchun Somoniy harbiy boshliqlari Foyiq, Abu Ali, Bektuzun va Sobuq Tegin o\u2019rtasida qonli to\u2019qnashuvlar bo\u2019lib o\u2019tdi. Lekin Somoniylar yaqinlashib qolgan halokatni biron yo\u2019sinda o\u2019zgartirish va bir oz bo\u2019lsa ham to\u2019xtatib qolishga endi ojiz edi.<\/p>\n\n\n\n<p>996 yilda Qoraxoniylar yana bostirib kirdi. Bu safar Somoniylarni ularning eng qudratli vassal Sobuq Tegin saqlab qoldi. Sulh shartnomasiga muvofiq, Qatvon cho\u2019li (G\u2019allaorol bilan Bulung\u2019ur o\u2019rtasida) Somoniylar bilan Qoraxoniylar o\u2019rtasidagi chegara bo\u2019lib qoldi. Qoraxoniylarning talabiga ko\u2019ra, Somoniylar qo\u2019lida qolgan Samarqand o\u2019z vaqtida Qoraxoniylarga ko\u2019p xizmat qilgan Foyiq noibligiga topshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>No\u2019h ibn Manxusrning vorisi Mansur ibn No\u2019h (997-999) mustaqil siyosat yuritishga harakat qildi, ammo 999 yilning fevralida Foyiq bilan Bektuzun uni ag\u2019darib tashlab, taxtga Abdumalik ibn No\u2019hni (999 yil fevral-oktabr) o\u2019tqazishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>999 yilning oktyabrida Qoraxoniylar yana bostirib kirdi. Ilyek Nasr ibn Ali deyarli qarshiliksiz Buxoroni bosib oldi, Abdumalik va uning qarindosh-urug\u2019larini asir qilib, O\u2019zganddagi qamoqqa jo\u2019natdi. Shu tariqa bir vaqtlar qudratli bo\u2019lgan sulola quladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1000-1005 yillarda Ilek Nasr ibn Ali Somoniylardan oxirgi amirning ukasi Muntasir Ismoil ibn No\u2019hga qarshi kurashdi. Muntasir O\u2019zganddan qochib ketib, qo\u2019shin to\u2019pladi va Qoraxoniylarga qarshi kurash boshladi. Kurash Nasrning g\u2019alabasi bilan tugadi. Muntasir 1005 yilda Marv rayonida o\u2019ldirildi. Movarounnahr territoriyasida yangi Qoraxoniylar davlati vujudga keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019zg\u2019olonlar, harbiy yurishlar bilan to\u2019lib toshgan notinch davr bo\u2019lishiga qaramay, VIII asrning ikkinchi yarmi va IX asrning boshlarida Samarqand o\u2019sa bordi. Yangi, to\u2019rtinchi marta juda katta qal\u2019a devorining bunyod etilganligi bu davrda shahar hayotidagi muhim bosqich bo\u2019ldi. Bu qal\u2019a devoir arablar Samarqandni bosib olgunga qadar bo\u2019lgan qal\u2019a devoir egallab turgan maydondan qariyb ikki baravar katta edi.<\/p>\n\n\n\n<p>IX-X asrlarda Samarqand territoriyasi shahristonni ajratib turgan to\u2019rtinchi qal\u2019a devori doirasidan tashqariga ham chiqa boshladi. Garchi shahriston hamon ma\u2019muriy markaz va shahar zodagonlari yashaydigan joy sifatida o\u2019z mavqeini saqlayotgan bo\u2019lsa ham, shahardan janubga, g\u2019arbga va sharqqa tomon savdo-hunarmandchilik joylari \u2013 rabotlar qad ko\u2019tara boshladi. Biroq XI asrdan boshlab aholi shaharning g\u2019arbiy qismini tark etib, shahriston doirasidan tashqariga chiqa boshladi. Eski katta uylar o\u2019rnida kulolchilik ustaxonalari paydo bo\u2019ldi, ayni vaqtda eski binolarning bir qismi yordamchi imoratlar sifatida foydalanildi. Haqli ravishda Movarounnahrning eng katta, chiroyli va badavlat shaharlaridan biri hisoblangan Samarqandda bu davrda ekonomika yuksalgan, kosiblik va savdo-sotiq ravnaq topgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>960 va 970 yillar orasida Samarqandga kelib ketgan Abulqosim ibn Xavqal bunday deb yozgan edi: \u201cSamarqand So\u2019g\u2019d daryosidan janubda joylashgan va undan balandda turgan shahardir. Bu yerda ark, shahriston va rabot bor. Arkda hozirgi vaqtda qamoqxona qurilgan va hokimlar saroyi bor. Ammo bu saroy haroba holiga kelgan. Men arkka ko\u2019tarilib, inson ko\u2019zi hech qachon ko\u2019rmagan ajoyib manzaralardan birini: ko\u2019m-ko\u2019k daraxtlarni, hashamatli qasrlarni, oqayotgan kanallarni va uzluksiz barq urib yashnayotgan madaniyatni ko\u2019zdan kechirdim. Maydonlar va shaharni bezab turgan binolar alohida ajralib turadi. Bularning barchasi hamisha mavjlanib turgan kanallarda va suvga to\u2019la hovuzlarda aks etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda qal\u2019a va to\u2019rtta darvoza bor, sharqiy darvoza \u201cXitoy darvozasi\u201d deb ataladi va u tepalikda joylashgan. Ana shu joydan ko\u2019p sonli zinapoyalar orqali So\u2019g\u2019d daryosiga tushiladi. G\u2019arbiy darvoza \u2013 Navbahor ham tepalikda joylashgan, shimoliy darvoza-Buxoro darvozasi va janubiy darvoza \u2013 Katta darvoza deb ataladi. Samarqand-yirik shaharlardagi singari katta bozorlari, bir qancha dahalari, hammomlari, karvon saroylari va uylari bo\u2019lgan shahar. Bu yerda oqar suv bo\u2019lib, u qisman qo\u2019rg\u2019oshindan qilingan kanaldan oqib keladi. Jome masjidi shahristondagi arkdan pastroqda joylashgan, ular o\u2019rtasidan katta yo\u2019l kesib o\u2019tadi. Shahristondagi Asfizar deb atalgan joyda Somoniylar tomonidan bunyod etilgan saroy binolari joylashgan\u2026 Ba\u2019zi bir joylardan mustasno, deyarli har bir ko\u2019chadan va har bir bog\u2019dan oqar suv o\u2019tadi, ayrim xonadonlardagina bog\u2019 yo\u2019q, xolos. Samarqanddagi binolar paxsa va yog\u2019ochdan ishlangan. Samarqand \u2013 Movarounnahrning mohir hunarmandlari to\u2019plangan joy bo\u2019lib, ularning ko\u2019pchiligi Samarqandda ta\u2019lim olishgan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Qoraxoniylar istilosidan keyin Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ko\u2019pgina o\u2019zgarishlar yuz berdi. Bu o\u2019zgarishlar Somoniylar davlatining zaminidayoq yetila boshlagan edi, ammo Qoraxoniylarning istilosi buni kuchaytirdi va chuqur ichki protsesslarning rivojlanishini yengillashtirdi. Agar Somoniylar davrida qat\u2019iy markazlashgan davlatni vujudga keltirish tendentsiyasi kuchli bo\u2019lgan bo\u2019lsa, uning o\u2019rniga kelgan Qoraxoniylar davlati esa ko\u2019plab mayda viloyatlardan iborat edi. Ana shu viloyatlarning boshliqlari oliy hokimiyatni nomigagina tan olishar edi. Shu bilan birga, Qoraxoniylar davri \u2013 mamlakat ekonomikasi yanada yuksalgan va rivojlangan davr edi. Bu esa feodal ishlab chiqarish usulining yanada taraqqiyoti bilan bog\u2019liq edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arxeologiya ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra, XI-XII asrlarda Movarounnahr shaharlari IX-X asrlardagiga nisbatan ancha tez o\u2019sdi. Shunga muvofiq tarzda hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo rivojlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand rabotlari ham kengaya boshladi. Shahar hayotining markazi shahristondn tobora uzoqlasha boshladi. Shahristonning janubiy va janubi-g\u2019arbiy qismini deyarli butunlay kulollar va hunarmandlar egallab olishdi, zodagonlar yangi joylarga ko\u2019chib borishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand 1011 yilga qadar Qoraxoniylar davlatining asoschisi Ilek Nasr ibn Ali davlatining sostaviga kirar edi. Nasr ibn Alining vassal sifatida 1011 va 1013 yillar o\u2019rtasida uning ukasi Muhammad ibn Ali Samarqandga hukmronlik qildi. 1013 yilda Nasr vafot etdi. Viloyatlarni bo\u2019lib olish uchun kurash boshlandi. Nasrning ikkinchi ukasi Ahmad Samarqandni bosib oldi. Ahmad bilan Muhammad o\u2019rtasida urush boshlanib ketdi. Bu urush natijasida Muhammad Ahmaddan 1015 yilda Axsikatni va 1016 yilda Qora O\u2019rda bilan birga Samarqandni tortib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>1016 yilning oxirida Xorazmshoh Ma\u2019munning vositachiligi bilan dushman tomonlar sulh tuzishdi. Sulh shartnomasiga muvofiq Muhammad Samarqand va Axsikatni Ahmadga berdi. 1017 yilda Ahmad vafot etdi, Qoraxoniylar davlatiga \u201cArslonxon\u201d deb nom olgan Muhammad ibn Ali bosh bo\u2019lib qoldi. Samarqand 1023 yilga qadar Arslonxonning shaxsiy yer-mulki sostaviga kirar edi. 1024 yilda Samarqandga Arslonxonning kichik ukasi va vassal Mansur ibn Ali hukmronlik qildi. U Ahmad ibn Aliga qarshi urush olib borgan vaqtda Arslonxonga katta yordam bergan edi. 1025 yili Arslonxon vafot etdi. Arslonxon vafotidan birmuncha vaqt ilgari Qoraxoniy beklardan bo\u2019lgan Ali Teginning asirligidan qochib ketgan edi. U ko\u2019chmanchi turkmanlarni o\u2019z tomoniga qaratib, Buxoroni bosib oldi va qo\u2019shinlari bilan Buxoroga yaqinlashib kelgan Mansur ibn Alini tor-mor qildi. Ali Teginning hukmronligi o\u2019n yildan ko\u2019proq davom etdi. Bu davrda Samarqand (1032 yilgacha) Ali Teginning o\u2019g\u2019li va vassal Yusuf ibn Aliga qarar edi. 1032 yildan to 1035 yilgacha Ali Tegin Samarqandga shaxsan hukmronlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1035 yilda Ali Teginning o\u2019rnini Yusuf ibn Ali egalladi. 1038 yilda Ilek Nasrning o\u2019g\u2019li Bo\u2019ri Tegin Ibrohim (keyinchalik u Tamg\u2019achxon nomini oldi) asirlikdan qochdi. Ibrohim ibn Nasr Sog\u2019arniyada hokimiyatni mustahkamlab olgach, Movarounnahrni egallash uchun Ali Teginning o\u2019g\u2019illariga qarshi kurash boshladi. U 1040 yili Keshni bosib oldi, 1041 yili esa So\u2019g\u2019dning Buxoro qismini va 1042 yili Buxoroni egalladi. Ibrohim Samarqandda zarb etgan dastlabki tanga pullar 1046 yilga mansub. Biroq Ibrohim Samarqandni ancha ilgari bosib olgan deb fikr yuritish uchun asos bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Tamg\u2019achxon Ibrohim Movarounnahrda 1070 yilgacha hukmronlik qildi. Samarqand uning poytaxti bo\u2019ldi. Tamg\u2019achxon Samarqandda tartib-osoyishtalik o\u2019rnatish va uning xavfsizligini ta\u2019minlash to\u2019g\u2019risida alohida g\u2019amxo\u2019rlik qildi, o\u2019g\u2019rilik va talonchilik uchun qattiq jazo berdi. Tamg\u2019achxon qurilish ishlariga ham katta e\u2019tibor berdi. Masalan, 1066 yilda uning buyrug\u2019i bilan Qusam ibn Abbos maqbarasiga yaqin joyda madrasa qurilgi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibrohim hayot vaqtida (1070 yil) toju taxtdan voz kechib, uni o\u2019g\u2019li Shamsulmulkka berishga qaror qildi. O\u2019sha vaqtda uning ikkinchi o\u2019g\u2019li Ibrohim Shuays Shamsulmulkka qarshi bosh ko\u2019tardi. Ular Samarqand va Buxoro yaqinida janglar qildilar. Shuays tor-mor etildi. Shamsulmulk davrida, aftidan, Buxoro yana poytaxt bo\u2019lib qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shamsulmulkning ukasi, Ibrohimning o\u2019g\u2019li Xizrxon 1080 yilda akasining o\u2019rnini egalladi. U akasidan keyin atigi bir yil yashadi. 1081 yili Xizrning o\u2019g\u2019li Ahmad ibn Xizr otasining o\u2019rnida qoldi. Xizr va uning o\u2019g\u2019li Ahmad davrida Samarqand yana poytaxt bo\u2019ldi. Bu vaqtda xon hokimiyati bilan ruhoniylar o\u2019rtasidagi nizo yanada keskinlahdi. Bu nizo Ahmadning bobosi Ibrohim Tamg\u2019achxon davridayoq boshlangan edi. Oddiy samarqandliklar Ahmadga xayrixoh edilar. Ruhoniylarning vakillari yordam so\u2019rab Saljuqiylar sultoni Malikshohga murojaat qildi. Malikshoh 1089 yilda Buxoroni bosib oldi va Samarqandnig qamal qildi, bu yerda qattiq qarshilikka duch keldi. Ahmad ibn Xizr o\u2019z harbiy boshliqlaridan har biriga bittadan burjni himoya qilishni topshirdi. Ana shu harbiy boshliqlarda birining xoinligi natijasida Saljuqiylarning qo\u2019shinlari shaharga bostirib kirdi. Malikshohning jiyani bo\u2019lgan Ahmad toju taxtdan mahrum qilindi va Isfahonga surgun etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Malikshoh Samarqanda o\u2019z noibini qoldirib, Xurosonga qatib keldi. Shu ondayoq Samarqandda to\u2019s-to\u2019polonlar boshlandi. Turk ko\u2019chmanchi qabilasi chigillar (bular Qoraxoniylar qo\u2019shinining asosini tashkil etgan) qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tardi. Malikshoh qoldirgan noib qochib ketdi. Chigil qabilasining hokimi va qashqarlar xonining ukasi Yoqub Teginni chaqirtirdi. Yoqub Tegin Samarqandga kelgach, chigillar bilan janjallashib qoldi va Ayn ad-Davlani qatl etdi. Shu vaqtda Malikshoh orqasiga qaytdi va Buxorogacha yetib bordi. Yoqub Tegin qochib ketdi. Malikshoh 1090 yili Samarqandni ishg\u2019ol qildi va u yerda o\u2019z noibini qoldirdi. Ammo bu noib ham Samarqandda uzoq vaqt tura olmadi: 1091 yili Malikshoh Samarqandni Ahmad ibn Xizrga qaytarib berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oddiy fuqaro qo\u2019llab-quvvatlagan Ahmad Samarqandda reaktsion ruhoniylarga qarshi siyosatni davom ettirdi. Uning nomi Samarqandda shu qadar mashhur bo\u2019lib qolgan ediki, ruhoniylar va harbiy tabaqa vakillaridan iborat fitnachilar shaharda unga qarshi qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarishga jur\u2019at eta olmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1095 yil boshlarida fitnachilar Koson shahrining boshlig\u2019ini qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarishga ko\u2019ndirdi. Ahmad qo\u2019shin bilan Samarqanddan chiqib, Koson tomon yo\u2019l olganida, fitnachilar unga xoinlarcha hujum qildi. Ahmad Samarqandga asir sifatida qaytib keldi va tez orada bo\u2019g\u2019ib o\u2019ldirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fitnachilar taxtga Ahmadning amakivachchasi ibn Xizr Mas\u2019udxonni o\u2019tqazdi. Malikshoh o\u2019g\u2019illari o\u2019rtasida 1097 yilda toju taxt uchun bo\u2019lgan kurashda Sulton Barqiaruq g\u2019olib chiqdi. Movarounnahr uning oliy hokimiyatini tan oldi. Barqiaruq Samarqandda Mas\u2019udning o\u2019rniga Kuch Tegin Dovudning o\u2019g\u2019li va Ibrohim Tamg\u2019achxonning nabirasi Sulaymonni tayinladi. Sulaymon o\u2019sha 1097 yildayoq vafot etdi va uning o\u2019rniga Barqiaruq Mahmud Teginni qo\u2019ydi. Shundan keyin Barqiaruq Samarqand taxtiga Xorun Teginni o\u2019tqazdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorun Tegin uzoq hukmronlik qilmadi: Toroz va Bolosag\u2019un hokimi Qodirxon Jabroil kechi bilan 1100 yilda Samarqand va Buxoroni bosib oldi. Biroq Jabroil 1102 yilning iyunida Saljuqiylar sultoni Sanjar bilan bo\u2019lgan jangda halok bo\u2019ldi. Sanjar Samarqandni Sulaymon ibn Dovudning o\u2019g\u2019li va Ibrohim Tamg\u2019achxonning chevarasi Muhammadga berdi. Sanjar bilan qarindoshlik aloqasida bo\u2019lgan Muhammad \u201cArslonxon\u201d nomini qabul qildi va deyarli 30 yil mobaynida (1102-1130) Samarqand bilan Buxoroni idora etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arslonxon navbatma-navbat goh Samarqandda, goh Buxoroda yashadi. U tarixga \u201cbinokor shoh\u201d sifatida kirdi. Buxoroda ko\u2019p binolar qurdirdi. Masalan, hozirgi vaqtda ham Buxoro husniga-husn qo\u2019shib turgan mashhur Minorai Kalonni (1127) Arslonxon qurdirgan. Yangi binolar Samarqandda ham qurilgan bo\u2019lsa kerak, ammo bu yerda qurilish ishlari birmuncha kamroq ko\u2019lamda olib borilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ruhoniylarga qarshi kurash Arslonxon davrida ham davom etdi. Samarqandda uyushtirilgan fitna natijasida 1130 yilda Arslonxonning o\u2019g\u2019li va valiahdi Nasr o\u2019ldirildi. Mahalliy ruhoniylarning boshlig\u2019i, Samarqand shahrining sobiq raisi bo\u2019lgan Ashraf ibn Muhammad as-Samarqandiy fitnaning boshida turgan edi. Arslonxon yordam so\u2019rab Sanjarga murojaat qildi. Ayni vaqtda Arslonxonning ikkinchi o\u2019g\u2019li Ahmad qo\u2019shin to\u2019plab, Samarqand yaqiniga yetib keldi va o\u2019z ayblarini bo\u2019yinlariga olib unga peshvoz chiqqan fitna rahbarlarini o\u2019ldirildi. Xuddi shu vaqtda garchi zarurat qolmagan bo\u2019lsa-da, Sulton Sanjar qo\u2019shin bilan Movarounnahrga kirib keldi. Sanjarning Movarounnahrda bo\u2019lishi o\u2019z mustaqilligi uchun xavfsirayotgan Arslonxonga ma\u2019qul tushmagan bo\u2019lsa kerak. Sanjar Arslonxon tomonidan o\u2019ziga qarshi fitna tayyorlanayotganligi tez orada bilib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sanjar Samarqandni qamal qilib, uni egallaydi. 1130 yil mart oyining boshlarida bemor Arslonxon zambilda Sanjarning oldiga keltirildi va Sanjarning xotinlaridan biri bo\u2019lgan qizi oldiga jo\u2019natildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Arslonxonning ukasi, Sanjar saroyida tarbiyalangan Tamg\u2019ach Bug\u2019raxon Ibrohim Samarqand xoni bo\u2019lib qoldi. 1132 yilda Movarounnahrda Arslonxonning o\u2019g\u2019li Ahmad qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tardi. Sanjar Iroqdan kelib, uning qo\u2019zg\u2019olonini bostirdi. Qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan o\u2019z jiyani oldida ojiz bo\u2019lib qolgan Tamg\u2019ach Bug\u2019raxon Ibrohim Sanjarda norozilik tug\u2019dirdi va u 1132 yildayoq taxtdan tushirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qoraxoniylar avlodidan biri \u2013 Qilich Tamg\u2019achxon (Hasan Tegin) Samarqand xoni bo\u2019lib qoldi. U 1136 yili vafot etdi. Sanjar o\u2019z jiyani, Arslonxonning o\u2019li Ruqiuddin Mahmudni uning o\u2019rniga tayinladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qoraxoniylar davlatining sharqiy chegaralarida bu vaqtda qoraxitoy ko\u2019chmanchi qabilalari kuch to\u2019playotgan edi. Qoraxitoylar 1137 yil may-iyun oylarida bostirib kirib, Xo\u2019jand yaqinida Ruqnuddin Mahmud qo\u2019shinini tor-mor qildi. Mahmud Samarqandga chekindi, lekin qoraxitoylar o\u2019z g\u2019alabasidan foydalana olmadi va Movarounnahrdan chiqib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qoraxitoylar bilan 1141 yilning 9 sentabrida, Samarqanddan sharqda joylashgan Qatvon dashtida yana jang bo\u2019ldi. Sanjar va Mahmudning birlashgan qo\u2019shini tor-mor qilindi, qoraxitoylar Samarqandni va bir oz vaqt o\u2019tgach, Buxoroni bosib oldi. Biroq ko\u2019chmanchilar bosib olgan territoriyalarni mustahkamlab bormadi: ularni, asosan, bo\u2019ysundirilgan yerlardan olinadigan soliq qiziqtirar edi. Qoraxitoylar qo\u2019lga kiritilgan viloyatlardan soliq olib, Yettisuvga va Sharqiy Turkistonga qaytib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qatvon jangidan keyin Samarqandda Muhammad Arslonxonning ikkinchi o\u2019g\u2019li \u2013 Tamg\u2019achxon Ibrohim hukmronlik qildi. 1156 yilda u bilan Qoraxoniylar qo\u2019shinning asosiy qismini tashkil qilgan ko\u2019chmanchi qarluqlar o\u2019rtasida janjal chiqadi. Ibrohim o\u2019ldirilib, jasadi dashtga chiqib tashlanadi. 1132 yilda Sanjar tomonidan Samarqand hokimi etib tayinlangan Hasan Teginning o\u2019g\u2019li Jag\u2019raxon Jaloliddin Ali Samarqandni idora qila boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jag\u2019raxon Ibrohimni o\u2019ldirganliklari uchun qarluqlardan ayovsiz o\u2019ch oldi. U tor-mor qilgan qarluq otryadlarining qoldiqlari yordam so\u2019rab Xorazm shohi Il Arslonga murojaat qilishdi. Jag\u2019raxon esa qoraxitoylardan madad so\u2019radi. Qo\u2019shinlar Zarafshonning har ikki sohiliga \u2013 Samarqand yaqinida to\u2019planib turardi. Kuchlar teng edi va ular samarqandlik imom va ulamolarning vositachiligi bilan sulh shartnomasi tuzdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ruqinddunyo Qilich Tamg\u2019achxon Ma\u2019sud 1163 yili Jag\u2019raxon Alining merosxo\u2019ri bo\u2019ldi. Bu hokim Xurosonni talab, xarob qilgan qarluqlar va ko\u2019chmanchi guzlarga qarshi urush olib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019sudning qarindoshi, Hasan Teginning nabirasi Nasr ibn Husayn 1169 yil orasida Samarqandda Ma\u2019sudning merosxo\u2019ri bo\u2019lgan bo\u2019lsa kerak. Shunday qilib, XII asrning o\u2019rtalaridan boshlab Samarqand Qoraxoniylarning o\u2019zgandlik avlodlari qo\u2019lida bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nasr ibn Husaynning qisqa muddatli hukmronligi 1172 yilda tugadi. Qilich Tamg\u2019achxon Ma\u2019sudning o\u2019g\u2019li Muhammad Samarqandga xon bo\u2019lib, u bu yerda aftida 1177 yilgacha hukmronlik qilgan Qoraxoniylarning mashhur davlat arboblaridan biri Tamg\u2019achxon Ibrohim ibn al-Husayn 1178 yili Samarqand taxtini egalladi. U Samarqandni salkam 30 yil idora qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>XII asrning 70-90-yillarida Xurosonni talashgan Xorazm shohlari bilan guridlar o\u2019rtasida: Xorazm shohlari bilan qoraxitoylar, qoraxitoylar bilan guridlar o\u2019rtasida qonli urushlar bo\u2019ldi. Biroq ana shu urushlarning hammasi, asosan, Samarqandni chetlab o\u2019tdi, chunki urushlarning hammasi, asosan, Samarqandni chetlab o\u2019tdi, chunki Tamg\u2019achxon Ibrohim uzoq vaqt idora qilgan davr nisbatan tinch va osoyishta bo\u2019ldi. Bularning hammasi Samarqandda ekonomikani, hunarmandchilik va san\u2019atni yanada rivojlantirishga imkon yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda qurilish ishlari ham jonlana boshladi. Yozuvchi Muhammad Avfiyning (XII asrning oxiri va XIII asrning boshlari) yozishicha, Tamg\u2019archxon Ibrohim Gurjmin mahallasida muhtasham saroy qurdirgan. Bu saroy zamondoshlarini shu qadar hayratda qoldirganki, Fors mash\u2019ali \u2013 makedoniyalik Iskandar shon-shuhratini, Toqi Qasr saroyi-Xisrov Anushiravon shon-shuhratini ko\u2019rsatib turganidek, bu saroy ham xon shuhratini avlodlariga eslatib turgan. Ibrohimning o\u2019g\u2019li Usmon kechi bilan 1204 yilda otasi taxtiga merosxo\u2019r bo\u2019ldi. U Samarqandda Qoraxoniylar sulolasining so\u2019nggi hokimi edi. Usmon hukmronlik qilgan davrda Samarqand og\u2019ir kunlarni boshidan kechirdi. Usmon yosh chog\u2019idanoq taxtga chiqdi: 1201 yilda u endi 14 yoki 15 yoshga kirgan edi. Ana shu davrda O\u2019rta Osiyoda bir-biriga dushman bo\u2019lgan ikkita qudratli kuch: Muhammad Xorazmshoh bilan qoraxitoylar bor edi. Usmon bir necha bor goh u, goh bu tomonga o\u2019tib turdi. U 1210 yilda qoraxitoy Gurxonning qiziga sovchi qo\u2019ydi, ammo rad javobini oldi. Usmon Muhammad Xorazmshoh tomoniga o\u2019tdi va hatto Samarqandga uning nomini xutbaga qo\u2019shib o\u2019qittirdi hamda uning nomi bilan tanga zarb eta boshladi. Bunday itoatsizlik harakatidan darg\u2019azab bo\u2019lgan qoraxitoylar unga qarshi yurish boshladi. 30000 kishilik otryad yuborildi, u tez orada Samarqandni bosib oldi. Biroq qoraxitoylar o\u2019z podshosining buyrug\u2019iga binoan shaharni talashdan tiyilib turdi, chunki podsho \u201cSamarqandni o\u2019z xazinasi\u201d deb hisoblar edi. Gurxon ozgina soliq olish bilan chegaralandi. Ana shu vaqtda qoraxitoylarning ichida nayman Kuchluk boshchiligida qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tarildi. Gurxon o\u2019ttiz ming kishilik otryadni Samarqanddan chaqirtirib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Xorazmshoh Buxoroni olgach, Samarqandga keldi. U shahar devorlarini mustahkamlashni buyurdi va Usmon saroyiga o\u2019z vakilini tayinladi. 1210 yil avgustining oxiri va sentyabrining boshlarida Xorazmshoh va unga qo\u2019shilgan Usmon qoraxitoylarni tor-mor qilib, Samarqandga qaytib kelishdi va u yerdan Xorazmga qarab yo\u2019l olishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Usmon Xorazmda Xorazmshohning qiziga uylandi. Ana shu vaqtda qoraxitoylar yana Samarqandni qamal qildi. Xorazmshoh shaharni qutqazishga otlandi. Xorazmshoh yetib kelganicha Samarqand aholisi qoraxitoylarning ketma-ket hujumiga bardosh bergan edi. Xorazmshohning yaqinlashib kelayotganini eshitgan ko\u2019chmanchilar chekinishga majbur bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Usmon qipchoqlardan iborat xorazmlik katta otyadning kuzatuvida 1211 yilda Samarqandga qaytib keldi. Xorazmliklarning beboshligi va takabburligi ularga nisbatan xalqning nafratini uyg\u2019otdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1212 yili Samarqandda katta qo\u2019zg\u2019olon bo\u2019lib o\u2019tdi. Bu qo\u2019zg\u2019olonda Usmonning o\u2019zi ham faol qatnashdi. Xorazmliklarning boshlari qirqilib, ularning jasadlari hammaga ko\u2019rsatish uchun bozor madonlariga qo\u2019yildi. Qipchoq otryadining qoldiqlari va Xon Sulton, Usmonning xotini va Muhammad Xorazmshohning qizi Samarqand arkiga yashirindi. Xon Sulton gunohi zo\u2019r-bazo\u2019r kechirildi, biroq bu hol Usmonning va samarqandlik aholining ahvolini yengillashtirmadi. Muhammad Xorazmshoh Samarqandni qamal qildi va bir zarb bilan uni ishg\u2019ol etdi. Usmon kechirim so\u2019rab keldi, ammo u qatl etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazmlik qo\u2019shinlar Samarqandni talon-taroj qila boshladi. Samarqand osmonini alanga va tutun qopladi. Uch kun ichida samarqandliklardan 10000 dan ko\u2019proq kishi qirib tashlandi. Samarqandlik sayyidlar, ulamolar va imomlarning yalinib-yolborishlarini e\u2019tiborga olgan Xorazmshoh faqat uchinchi kuni qirg\u2019inni to\u2019xtatishni buyurdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan keying yillarda Samarqand Xorazmshohning aslida poytaxti bo\u2019lib qoldi. Xorazmshoh shaharda turli qurilishni boshlab yubordi. Masalan, Muhammad Xorazmshoh Samarqandda yangi Jome masjidni qurdirdi va saroy qurilishini boshlab yubordi. Muhammad Xorazmshoh Samarqandni o\u2019z imperiyasining muhim shahri deb hisoblaganligidan shu narsa ham dalolat beradiki, Chingizxon istilosi vaqtida Muhammad Samarqand devorlarini mustahkamlashni buyurgan va u yerda eng katta harbiy garnizonini saqlab turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Afsuski, biz Samaqandning XI asr va XIII asrning boshlaridagi hayoti va qiyofasi haqida shaharning shundan oldingi davrdagi (IX-X asrlar) singari boy ma\u2019lumotga ega emasmiz. Samarqand haqida IX-X asrlardagi kabi batafsil va chiroyli tasvirlarning yetib kelmaganiga qisman sabab shuki, Samarqandning XI-XII asrlardagi shahar hayotining markazi ko\u2019proq rabotlar tomonga siljishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi vaqtda bu joylarda asphalt yotqizilganligi va zamonaviy uylar qurilganligi bu yerlarda keng arxeologik tadqiqot ishlarini olib borishga imkon bermaydi. Biroq shunday bo\u2019lsa ham Afrosiyobda olib borilayotgan arxeologik ishlar natijasida shaharning ana shu davrdagi hayoti to\u2019g\u2019risida ba\u2019zi bir ma\u2019lumotlar olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>X asrda shahriston (Afrosiyob) territoriyasida paydo bo\u2019lgan kulollar mahallasi rivojlana borib, g\u2019arb va janubi-g\u2019arb tomonga kengaydi. Ayni vaqtda kulolchilik ustaxonalari ixtisoslasha boshladi: ulardan ba\u2019zi birlari yog\u2019chiroqlar, boshqalari esa idish-tovoqlar tayyorlardi va hokazo.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahristonning janubiy qismida-hozirgi vaqtda Shohizinda maqbarasi ishg\u2019ol qilib turgan territoriyada qabriston paydo bo\u2019ldi. Bu joyda Samarqanddagi Qoraxoniy hokimlar va mahalliy zodagonlar namoyandalari dafn etilgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Shahristonning shimoliy qismida, avvalgidek, katta Jome masjid va ark bo\u2019lgan. Arkda hokim saroyi va ma\u2019muriy binolar joylashgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>XII asrning birinchi yarmida arkda qandaydir remont ishlari o\u2019tkazilgan bo\u2019lsa kerak. Bu davrda sopoldan ishlangan quvurlar yotqizilib, qal\u2019a devori tagidagi yer osti tunnel orqali ana shu quvurlardan arkka suv oqizilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>XII asr 70-yillarining oxiri va 80-yillarining boshlarida ark rayonida, ehtimol arkning o\u2019zida Tamg\u2019achxon Ibrohim ibn Husaynning hashamatli va chiroyli saroyi qurilgan. Bu saroy 1212 yilda, Muhammad Xorazmshoh qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019targan samarqandliklarni ayovsiz jazolagan vaqtda yakson qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1219 yilga kelib, Chingizxon galalari yaqinlashib, Movarounnahr yerini larzaga sola boshlaganida Samarqand aholisi zo\u2019r berib mudofaaga tayyorlanar edi. Chunonchi, arkning devorlarini remon qilgan vaqtda Ibrohim Tamg\u2019achxon saroyi qoldiqlaridan foydalanilgan. Uchinchi qal\u2019a devorining bir qismi yangidan qurildi, birinchi, ikkinchi va to\u2019rtinchi qal\u2019a devorlarida remont ishlari olib borildi. Biroq bularning hammasi Samarqandni mudofaa etish topshirilgan harbiy boshliqlarining iste\u2019dodsizligi va qo\u2019rqoqligi sababli behuda ketdi. Chingizxon galalari 1220 yilning martida Samarqandga bostirib kirib, shaharga o\u2019t qo\u2019ydi va aholini qilichdan o\u2019tkazdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nasr ibn Ahmad o\u2019zini yetarli darajada kuchli deb sezgach, IX asrning oxiridan boshlab o\u2019z nomidan kumush tanga zarba qila boshladi (shungacha faqat Tohiriylargina tanga zarb eta olar edi). Samarqandning xuddi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/feodalizm-rivojlangan-davrda-samarqand-ix-asrning-oxiri-va-xiii-asrning-boshlarida-samarqand\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153131","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153131","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153131"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153131\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153135,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153131\/revisions\/153135"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153131"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153131"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153131"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}