{"id":153207,"date":"2025-09-10T17:09:55","date_gmt":"2025-09-10T14:09:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153207"},"modified":"2025-09-15T08:09:28","modified_gmt":"2025-09-15T05:09:28","slug":"samarqandning-garbiy-yevropa-davlatlari-bilan-tashqi-siyosat-sohasidagi-aloqalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqandning-garbiy-yevropa-davlatlari-bilan-tashqi-siyosat-sohasidagi-aloqalari\/","title":{"rendered":"Samarqandning G\u2019arbiy Yevropa davlatlari bilan tashqi siyosat sohasidagi aloqalari"},"content":{"rendered":"\n<p>XIV-XV asrlar o\u2019rtasida Amir Temurning shaxsi zamondoshlarining e\u2019tiborinigina o\u2019ziga jalb etib qolmay, balki jahon siyosati doirasida yuz berayotgan barcha voqealarga ham ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Unda o\u2019z davrining murakkab siyosiy vaziyatini tushunib olish uchun yetarli darajada iste\u2019dod bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning hayoti va faoliyati asosan ofitsioz xaraktrda bo\u2019lgan Sharq manbalarida batafsil yoritilgan. Temur bilan G\u2019arbiy Yevropa davlatlarining boshliqlari o\u2019rtasida olib borilgan diplomatic yozishmalar ham hozirgi kunimizgacha yetib kelgan. Temur to\u2019g\u2019risida yozgan tarizchilarimiz bu hujjatlarni o\u2019rganmaganlar. Bu yozishmalar Temur o\u2019zining g\u2019arbga \u201cyetti yillik\u201d yurish davri (1399-1404 yillar) deb atalgan va qudratli Usmon imperiyasiga qarshi urush boshlashga qaror qilgan XV asrning boshlariga taalluqlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asrning oxiri Bolqon yarim oroli tarixida Turkiyaning harbiy qudrati tez o\u2019sganligi bilan xarakterlanadi. Turklarning Yevropa xalqlari bilan birinchi katta to\u2019qnashuvi 1389 yilda, Serbiyaning Kosovoye maydonida bo\u2019ldi. Turklar bir qancha g\u2019alabalarni qo\u2019lga kiritib, Serbiya va Bolgariyani bosib oldi. Vengriyaga xavf tug\u2019dira boshladi hamda 1396 yilda G\u2019arbiy Yevropa va Bolgariya ritsarlarini mag\u2019lubiyatga uchratdi. Turk sultoni Boyazid Konstantinopolni bosib olishga tayyorgarlik ko\u2019ra boshladi. Vizantiya imperatori Manuil Paleolog Yevropadagi qirol saroylariga shaxsan borib, ulardan yordam so\u2019rashga jazm qildi. Karl Marks \u201cXronologik yozishmalar\u201dida shu munosabat bilan bunday yozgan edi: \u201cManuilni hamma joyda aslzoda gadoy sifatida qabul qildi. Parijda uni quruq tantana va dabdabalar bilan kutib oldi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Manuil Konstantinopoldan ketayotgan paytda (1399 yil dekabr) Bolqon yarim oroli va Arxipelag orollari juda ayanchli ahvolda edi. Yevropa davlatlari xavfning oldini olish vositalarini turli yo\u2019llar bilan qidirar, o\u2019zlarini qutqazib qolish uchun har qanday bitimlar tuzishga tayyor edi. Birovlar o\u2019z raqiblariga qarshi kurash olib borish uchun turklar bilan bitim tuzish maqsadida ular oldida xushomadgo\u2019ylik qilar, boshqa birovlar turklar qarshi kurashmoq uchun papa boshchiligida koalitsiya tuzishga umid bog\u2019lar edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Tez orada xalqaro ahvol o\u2019zgardi. Usmon imperiyasining o\u2019zini ham xavf ostida qoldirgan voqealar ro\u2019y berdi. Temur Boyazidning Kichik Osiyodagi eng xavfli raqibi bo\u2019ldi. Bu yerda ikki istilochining: o\u2019sha vaqtda o\u2019z harbiy qudrati jihatidan eng yuksalgan Temur bilan G\u2019arbiy Yevropaga dahshat solib turgan Boyazidning manfaatlari duch keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boyaziddan yengilib, yer-mulklaridan mahrum bo\u2019lgan Kichik Osiyo mamlakatlarining amirlari Temurdan boshpana topdilar va uni Usmon territoriyasiga bostirib kirib, turklarni bir yoqli qilishga undadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019arbdagi xristian davlatlarining: Vizantiya regent va Genuya hokimi Galat (Konstantinopol atrofi), fransuz qirol Karl VI, Sultoniya shahrining katolik missionerlari (Shimoliy Eronda) yordam so\u2019rab, Temurga murojaat qilganliklari, Konstantinopol va Peri (Konstantinopol atrofi) aholisining og\u2019ir ahvoli haqida, Sharqdagi katolitsizm sobiq markazining bergan xabari Temurning Boyazidga qarshi kurash boshlashiga turtki bo\u2019ldi. Temurning ana shu da\u2019vatlarga quloq solmay ilojisi yo\u2019q edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur Turkiya bilan bo\u2019lajak to\u2019qnashuvda o\u2019zining quruqlikdagi operatsiyalarini italyanlar va greklarning dengizdagi harakatlari bilan muvofiqlashtirib olib borishga umid bog\u2019lagan bo\u2019lsa kerak. Shuning uchun ham Temurga Trapezund bilan Konstantinopol yordam berishi zarur edi, bu joylarda hali harbiy kemalar bor edi. Temurning o\u2019sha vaqtda yirik dengiz kuchlariga ega bo\u2019lgan Genuya bilan Venetsiyaga sovg\u2019a va xatlar bilan elchilar yuborishi shu maqsadni nazarda tutgan bo\u2019lishi ehtimol, lekin buning tafsiloti bizga ma\u2019lum emas.<\/p>\n\n\n\n<p>1402 yilning bahorida ispaniyalik va konstantinopollik elchilar Trapezund orqali Amir Temurning oldiga kelgan vaqtda, Vizantiya imperatori Manuil Yefrat daryosi qirg\u2019oqlari bo\u2019yida Temurga to\u2019sqinlik qilmoqchi bo\u2019lib, bir necha bor sust urinishlaridan keyin itoat edi va shaxsan o\u2019zi uning oldiga keldi. Temur Trapezundga yurish boshlab, imperatorni o\u2019z mamlakati va dengiz kuchlari bilan turklarga qarshi harbiy harakatlarda qatnashishga majbur etdi. Biz bularning hammasini Temurning imperator Manuilning Konstantinopoldagi noibi Ionai Paleologga yozgan xatidan bilib olamiz, chunki Manuilning o\u2019zi o\u2019sha vaqtda, yuqorida ko\u2019rsatib o\u2019tilganidek, G\u2019arbiy Yevropa hokimlarining saroylariga borib, Turkiyaga qarshi kurashish uchun ulardan yordam so\u2019rab yurgan edi. Venetsiyalik zodagon tomonidan Konstantinopoldan Venetsiyaga olib borilgan bu xat bizga asl nusxada emas, balki bir oz buzilgan italyancha tarjimada yetib kelgan. Italyan tarixchisi Marino Sanudo (XV-XVI asrlar) bu xatni o\u2019zining \u201cVenetsiya podsholarining hayoti\u201d degan asarida bosib chiqargan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tekstiga zarur tuzatish va aniqlik kiritilgandan keyin (biz ularni qavs ichiga olganmiz) va shu noyob hujjatning rus tilidan qilingan o\u2019zbekcha tarjimasi quyidagichadir:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cKirmanoliya imperatorining bosh muxtor vakiliga<\/p>\n\n\n\n<p>Aleksandr bilan birga yuborgan monax Franchesko yetib keldi va sening xatlaringni menga topshirdi. Biz ularni ko\u2019rdik va o\u2019qib chiqdik. Biz endi senga aytmoqchimiz: ana shu xatlarning orqali tinchlik va osoyishtalikka bo\u2019lgan ishonchimiz ilgarigidan ham mustahkamlandi. Monax Franchesko birinchi marta kelgan (vaqt)dayoq menda yaxshi niyatlar paydo bo\u2019lgan edi. Trapezund imperatori (Manuil III) unga (yo\u2019lda) katta to\u2019sqinlik ko\u2019rsatgan, bu narsa bizni taajjubga soldi va ana shu sababga ko\u2019ra biz olloning panohi ostida u yerga (Trapezundga) yurish uyushtirdik va men unga (Trapezund imperatoriga) suzishga yaxshi tayyorlangan 20 ta kema bo\u2019lishi kerakligini buyurdim. Agar bizning so\u2019zlarimiz adolatli bo\u2019lsa (bizning buyruqlarimiz Trapezundda ijro etish uchun qabul qilingan), u holda bu yerga (bizning lagerimizga) bizning elchilarimiz kelishadi (ular Trapezundda qoldirib ketilgan edi); hozir turgan joydan biz Yildirimga qarshi kurash boshlashimiz kerak. Sening odamlaring bu yerga kelishi bilanoq, biz zarur hisoblangan masalalarni birgalikda muhokama qilamiz. Biz shuning uchun ham monax Francheskoni sening huzuringga yubormadikki, shiddatkor Boyaziddan elchi kelishini kutib turibmiz, chunki Boyaziddan shaxsiy elchining kelishi to\u2019g\u2019risida ishonchli xabarlar oldik va monax Franchesko o\u2019sha (turk) elchi bilan birgadir. Monax Franchesko o\u2019sha elchiga (Manuil noibi nomidan) quyidagilarni aytdi: \u201cKonstantinopol bilan Perining Boyazidga to\u2019lagan soliqlarini endilikda ulug\u2019 senor Temurga berishni xohlayman\u201d. Biz bunga qo\u2019shilamiz. Mana shu sababga ko\u2019ra men (keyinchalik) Boyazidni og\u2019ir ahvolga solib qo\u2019yishni istamagandim. Mana, endi zero Boyazid seni tinch qo\u2019ymayotgan ekan, men uning yo\u2019lini to\u2019saman (unga qarshi chiqaman). Agar Boyazid senga aholi yashaydigan joylarni va qal\u2019alarni qaytarib bersa, yetkazilgan ziyon va zararlarni (to\u2019lasa), u holda men u bilan urushmayman. Shunday qilib, sen menga mulklaringni qaytarib bergan-bermaganligini yozib yuborgin. Bu xatda menga ochiq-ravshan yozib yuborgin, chunki bizning odamlarimizning Trapezundda boshidan kechirgan ko\u2019ngilsiz voqealarni eshitdim va shaxsan o\u2019zim Trapezund yaqiniga keldim (va uni bo\u2019ysunishga majvur etdim), bu haqda sen hech ham shubhalanma. Shunday, sen menga aytmoqchi bo\u2019lganlaringni aniq-ravshan yozib yuborgin, chun Trapezund imperatori va uning odamlari huzurimizga (lagerga) kelishadi, shu boisdan biz qabul qilgan shartnoma (bizning o\u2019zaro shartnomamiz) sening uchun buzilmas va ishonchli bitim bo\u2019lishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Mana shu Isxoq (xatni topshiruvchi) senga aytadigan barcha gaplar va xatimning mazmuni ochiq-ravshan, xullas, sen 20 ta kemani olib, ular bilan Trapezund tomon suzishing kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz olloning yordami bilan yuzimizga dog\u2019 tushirmay va ishonch bilan aniq maqsadga erishish uchun qadam tashladik.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu xat 15 mayda yozildi va ishonchli bo\u2019lishi uchun biz unga o\u2019z muhrimizni bosdik\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Xatda keltirilgan ba\u2019zi ma\u2019lumotlarni Konstantinopol imperatori va Peridagi genuyaliklarning Temurga xizmat qilish va unga \u201codamlar va kemalar bilan\u201d yordam berish majburiyatini olganliklari to\u2019g\u2019risida Klavixoning kundalik daftarida qayd etilgan yozuvlar ham tasdiqlashi mumkin. Biroq Vizantiyaning bosib olinishini yarim asrga kechiktirgan Anqara jangidan keyin Genuya floti katta haq evaziga yakson qilingan turklarni Osiyodan Yevropaga tashishga rozi bo\u2019lgan bo\u2019lsa kerak. Trapezundlik Manuilning o\u2019zi ham shartnomani bajarmadi va turklarga oshkora yordam berdi, Temurda esa Manuildan o\u2019ch olish uchun kemalar yo\u2019q edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Imperator Manuilning Parijda bo\u2019lishi to\u2019g\u2019risida uning zamondoshi va Manuilni Parijda o\u2019z ko\u2019zi bilan ko\u2019rgan Sen-Denida (Parij atrofidagi shaharcha) yashagan monaxning yozganlari ham diqqatga sazovordir. Uning xabar berishicha, Anqara jangidan keyin Tambellan (avtor Temurni shunday deb ataydi) Manuilning Konstantinopoldagi noibiga yozgan xatida Fransiyadan o\u2019z amakisini chaqirtirib olish zarurligi haqida aytgan, buning uchun unga Boyazid bosib olgan barcha joylarni qaytarib berishni va\u2019da qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur Konstantinopolga bormadi va Boyazid vaqtida bo\u2019lganidek, Vizantiya imperatoridan boj olish va uni bilvosita bo\u2019ysundirish bilan kifoyalanib qo\u2019ya qoldi. Bu esa Konstantinopol noibi Ioann Paleolog bilan Temur o\u2019rtasida olib borilgan muzokalardan ko\u2019rinib turibdi. Bu muzokalar haqida biz yagona manba \u2013 Temurning xatidan bilamiz. Mazkur hujjatning tarixiy qimmati ham ana shundadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur Kichik Osiyoda bo\u2019lgan vaqtida sulton Boyazid bilan diplomatic aloqa olib borishdan tashqari Trapezund va Konstantinopoldan dengizda o\u2019ziga madad qidirdi, shu bilan birga, G\u2019arbiy Yevropadagi ancha olis davlatlar: Valua sulolasidan bo\u2019lgan fransuz qiroli Karl VI (1380-1422) va Angliya qiroli Genrix IV Lankasterskiy (1399-1413) bilan diplomatik yozishmalar ham olib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yozishmalarga qaraganda, yevropaliklarning ham, Temurning ham bitta umumiy dushmani \u2013 qudratli Usmon imperiyasi bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fransiya Vizantiya imperiyasining taqdiriga bevosita qiziqar edi. Genuyaliklar \u2013 fransuz fuqarolarning yer va mulklarini, ayniqsa ularning G\u2019alatadagi koloniyalarini himoya qilish uchun Fransiya Temurdan madad kutar va u bilan diplomatik munosabatlar o\u2019rnatishga urinar edi. Temur bilan Karl VI o\u2019rtasidagi saqlanib qolgan yozishmalar xarakteriga ko\u2019ra, Karl VI ning taklifiga rad etilmagan va fransuz qirolini Temur jiddiy qo\u2019llab-quvvatlagan, deb aytish mumkin. Ularning bir-birlariga rasmiy elchilar yuborganliklari to\u2019g\u2019risida bizda ma\u2019lumotlar yo\u2019q, biroq Parij Milliy kutubxonasida saqlaayotgan ular o\u2019rtasidagi diplomatik yozishmalar esa Anqara jangidan keying davrga taalluqlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur bilan Karl VI o\u2019rtasidagi ana shu yozishmalarni XIX asrning boshlarida yashagan taniqli fransuz sharqshunosi Silvestr de Sasi birinchi bo\u2019lib shug\u2019ullangan edi. Ana shundan 100 yildan ko\u2019proq vaqt mobaynida, garchi G\u2019arbiy Yevropa olimlari fransuz shaqshunosining asariga murojaat etib turgan bo\u2019lsa-da, ushbu masalaga bag\u2019ishlangan maxsus asarlar paydo bo\u2019lmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1928 yil Bombayda Eron sharshunosi Mirzo Muhammadjon Qazviniyning maqolalar to\u2019plami nashr etildi. Ana shular orasida bitta maqola Temurning Karl VI ga yozgan xatiga bag\u2019ishlangan edi. Muallif asosan S. de Sasining tadqiqotiga tayanib, ba\u2019zi bir qo\u2019shimcha sharhlarni beradi. Bu maqolaning eng muhim tomoni shundaki, muallif xatni bosib chiqardi, vaholanki, S. de Sasi esa xatni lotincha tarjimada faksimilesiz e\u2019lon qilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning Karl VI ga yozgan fors-tojik tilidagi xatining tarjimasi quyidagicha:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cUlug\u2019 amir Temur Ko\u2019ragoniyning umrlari uzoq bo\u2019lsin.<\/p>\n\n\n\n<p>Redifrans podshosi mazkur do\u2019stidan yuz minglarcha salomlarni qabul etishini so\u2019raydi va (unga) ko\u2019p yaxshi istaklarini izhor qiladi (ya\u2019ni baxt-saodat haqidagi istaklar).<\/p>\n\n\n\n<p>Salomlarini topshirgach, aqlda yagona ulug\u2019 Amirga shu narsa ma\u2019lum bo\u2019lsinki, bu mamlakatga qirol xatlarini olib kelgan va ulug\u2019 Amirning shon-shuhrati, ulug\u2019vorligi va qudrati to\u2019g\u2019\u2019risida gapirib bergan monax Franchesko orqali ko\u2019pgina narsalarni bilib oldik va juda xursand bo\u2019ldik. U shuningdek, bizga shu narsani aytib berdiki, (amir) ko\u2019p qo\u2019shin bilan safarga chiqqan va olloi taoloning yordami bilan bizning ham, sizlarning ham dushmanlaringiz ustidan g\u2019olib chiqqan va ularni yer bilan yakson qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Endi sizning huzuringizga Sultoniya yepiskopi monax Ionani yuborildi va u Sizga ro\u2019y bergan voqealarning hammasini gapirib beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Endi biz ulug\u2019 amirdan doimo xat yuborib, o\u2019zining sihat-salomatligi haqida yozib (bizning), ko\u2019nglimizni tinchitib turishini istaymiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan tashqari, ana shu (bizning) mamlakatimizga savdogarlaringizni yuborib turishingizni istar edik, biz ularni bu yerda hurmat va ehtirom bilan kutib olamiz. Bizning savdogarlarimiz ham (sizning) o\u2019lkangizga borishlari (kerak) va ularga ham ana shunday hurmat va ehtirom ko\u2019rsatilishiga ishonamiz. Ularga hech kim zo\u2019rlik qilmaydi va ortiqcha haq olmaydi, chunki dunyo savdogarlar tufayligina gullab-yashnamoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz yana nimalarni hal etishimiz kerak?<\/p>\n\n\n\n<p>Podsholigingiz uzoq yillar baxtiyor bo\u2019lsin. Salom bilan 805 hijriy yilning muqaddas muharram (oyi)ning birinchi kunida yozilgan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu xatning asl nusxa ekanligi shubha tug\u2019dirmaydi, chunki uning ikki joyiga Temurning uncha katta bo\u2019lmagan muhri bosilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Parijdagi Milliy kutubxonada Temurning Karl VI ga yozgan ikkinchi xati ham saqlanmoqda. Bu xat bizning davrimizgacha lotincha tarjimada yetib kelgan. Hujjatning sarlavhasida yozuv bor, bu yozuv tarjimasi quyidagicha ma\u2019noni bildiradi: \u201cBu hokim Temurbek xatning nusxasi yoki bayoni bo\u2019lib, bu xatni u Fransiya qiroli hazrati oliylariga yuborgan. Xat fors tilidan lotin tiliga tarjima qilingan\u201d. Xatning forscha asl nusxasi saqlanmagan bo\u2019lsa kerak, har holda S.de Sasining ko\u2019rsatishicha, Fransiya arxivida bu xat topilmagan. Ikkinchi xat ham o\u2019sha kuni, ya\u2019ni 1402 yilning 1 avgustida yozilgan. Bu xatda Temurning Boyazid ustidan qozongan g\u2019alabasi to\u2019g\u2019risida gapiriladi. Demak, bu xat birinchisidan keyinroq, Anqara jangidan so\u2019ng tayyorlagan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning Karl VI ga yozgan xatining tarjimasi quyidagicha:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cBiz \u2013 Temur Ko\u2019ragoniy so\u2019zimiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Dunyoning mo\u2019tabar va muzaffar hokimi, buyuk janglarda g\u2019olib chiqqan malik va sulton, fransuzlar va boshqa ko\u2019pgina xalqlarning qiroli, sizga salomlar yo\u2019llayman va tinchlik tilayman.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz chin do\u2019stlarga (xos) bo\u2019lganidek, sizning hamishadagidek baxtiyor bo\u2019lishingizni istaymiz; sizning nomingiz shunchalik mashhurki, olis-olis mamlakatlargacha ham yetib borgan va sizning shon-shuhratingiz barcha podsholar orasida kent tarqalganini biz butun Sharqning arxiyepiskopi monax Ioanidan eshitdikki, u ilgari mening huzurimga qandaydir fransuzlar tomonidan yuborilgan edi. Ochig\u2019ini aytganda, monax Franchesko Satru tomonidan yuborilgan ekan; biz sizning hokimiyatingiz kuchi ko\u2019pgina mamlakatlarga yoyilganligini eshitib, juda shod bo\u2019ldik; bu haqda biz yaqinda Turkiyada bo\u2019lganimizda eshitdik; bundan tashqari, savdogarlarning foydalari haqida ko\u2019pgina ajoyib ishlar haqida, sizning saroyingizdagi ulug\u2019vorlik, qudrat va tartib haqida, shuningdek, sizning turk sultoni Boyazidga dushman ekaningizni eshitib (yana ham) quvondik, qonun va dinga qaragamda, Boyazid men bilan birga bo\u2019lishi kerak edi, biroq u men bilan va do\u2019stlarim bilan tuzilgan shartnomaga rioya qilmadi, shuning uchun biz uni mahv etishga qaror qildik va yuqoridagi monaxlar gapini eshitib va sizning vakillaringiz tomonidan berilgan va\u2019dalarga asosan, biz Turkiya chegaralariga o\u2019tib, sizning ham, bizning ham dushmanimizni ham xudoi taoloning yordamida qisqa vaqt ichida Boyazidni ham, butun mamlakatini ham tor-mor qildik; va ulug\u2019 davlatlar va do\u2019stlar orasida bu kabi katta ishlar to\u2019g\u2019risida xabarlashib turish odati mavjud bo\u2019lganligi uchun ham biz hazrati oliylari huzuriga arxiyepiskopi Ioanni yubordik. Uni biz sizning (shu bilan birga) bizning ham (kishimiz) sifatida yubordik, u bizning ahvolimizga to\u2019g\u2019risida, bu yerdagi mamlakatlar haqida va sizning raqibingiz to\u2019g\u2019risida batafsil gapirib beradi va sizga (odamlaringizga) nisbatan bo\u2019lgan bizning muhabbatimiz va hamjihatligimizni gapirib beradi, shuningdek, ana shu kunlarda (sizning odamlaringizga) ko\u2019pgina foyda yetkazishga sabab bo\u2019ldik, siz va sizning (odamlaringizga) barcha hurmat va ehtiromni o\u2019rinlatdik; Siz diniy ishlardan tashqari hamma ishda ishonchli kishi bo\u2019lgan uning og\u2019zidan eshiting.<\/p>\n\n\n\n<p>Biz sizning ahvolingiz yaxshili haqida eshitishni istaymiz, bundan keyin sizning (odamlaringiz) va bizning yerlarimiz, bizning (kishilarimiz) va sizning o\u2019lkangiz kishilari o\u2019tgan avlodlarimiz davridagidek, borib-kelib tursalar, sizning va bizning nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari uchun foyda keltirishsa, ko\u2019p xursand bo\u2019lar edik. Shuni ham aytish kerakki, endilikda bizning yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi ta\u2019minlanadi, aytilishi lozim bo\u2019lga boshqa ishlar va aloqalarning hammasi to\u2019g\u2019risida yuqorida nomi tilga olingan arxiyepiskop gapirib beradi. Chunki bu yerlarda uzoq vaqt bo\u2019lib, ko\u2019pgina narsalardan xabardor.<\/p>\n\n\n\n<p>Sabasta (Sivas) yaqinida muharram oyining birinchi kuni, Muhammad yilining sakkiz yuz beshinchisi yozilgan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu xatning tahlili quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\">\n<li>Lotin tahriridagina saqlanib qolgan Temurning ikkinchi axti o\u2019zining shakli va mazmuni jihatidan birinchi xatning asl nusxasidan keskin farq qiladi;<\/li>\n\n\n\n<li>Lotincha tarjimada keltirilgan ko\u2019pgina narsalar tojikcha originada (agar shunaqa asl nusxasi bo\u2019lgan taqdirda) aftidan, yo\u2019q bo\u2019lsa kerak, chunonchi: Karl VI ga \u201csulton\u201d unvonining berilishi; monax Ioann din masalasidan boshqa hamma ishlarda ishonchli odam deb aytilgan gaplar; xatning jo\u2019natilish vaqti va joyining tarixiy haqiqatga zidligi;<\/li>\n\n\n\n<li>Xatning lotincha teksti muharriri, aftidan, monax Ioann bo\u2019lsa kerak. Chunki u ushbu xatda qirolning ko\u2019klarga ko\u2019tarib xushomadgo\u00fdlik qilish, arxiyepiskopning obro\u00fdini mustahkamlash (chunki xatda u butun Sharqning arxiyepiskopi deb nomlanadi) va o\u2019z zimmasiga yuklatilgan diplomatik vakolatning ahamiyatini yana oshirish uchun xatni shunday tahrir etishga harakat qilgan;<\/li>\n\n\n\n<li>Xatning tojikcha teksti umuman bo\u2019lmasligi ham ehtimoldan holi emas. Xat Temur nomidan arxiyepiskop Ioann tomonidan yozilgan bo\u2019lib, keyinchalik 1403 yilda Fransiyaga olib kelingan bo\u2019lishi ehtimol. Xatlarning asl nusxasi bor-yo\u2019qligi haqida Fransiya arxivlarida ma\u2019lumot yo\u2019q. Xatning sarlavhadagi yozuv avtori bu xat fors tilidan lotin tiliga tarjima qilingan deb qaysi ma\u2019lumotga asoslanib gapirgani bizga ma\u2019lum emas.<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p>\u201cFranklarning qilgan ishlari haqidagi davriy yozuvlar\u201d da arxiyepiskop Ioann elchixonasining 1403 yil mayda Parijga kelganligi haqida keltirilgan ma\u2019lumot diqqatga sazovor. Xronikada aytilishicha, Temur elchisi Parijga kelgach, tantanali vaziyatda o\u2019zining kelish maqsadlarini bayon etgan, chunonchi: 1) Temurning Turkiya ustidan qozongan g\u2019alabasi, sultonni asir tushirishi, Boyazid asir olgan xristianlarni ozod qilishi va Temurning boshqa xristianlarga ozodlik berishi to\u2019g\u2019risida (agar shunday kishilar topilsa) xabar berish, 2) Fransiya saltanatining ulug\u2019ligini ko\u2019rish va Temur davlatinign dabdabasi haqida gapirib berish istagidan iborat edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Solnomada yozilishiga ko\u2019ra, kein elchi uning elchixonasi \u2013 xristian dini uchun foydali bo\u2019lgan ikki jiddiy masalani taklif qilishini aytgan: birinchidan, ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini ta\u2019minlash va ikkinchidan, agar qirol va gertsoglar rozi bo\u2019lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlash mumkin. Ana shu xronikada yozilishicha, katolik cherkovning boshlig\u2019i ko\u2019pgina kishilarga Temur hayotining xususiyatlari to\u2019g\u2019risida gapirib bergan va Temur haqida fransuz tilida yozilgan kichik bir asarni ham tayyorlab qo\u2019yganligini aytgan. Temur haqidagi xotiralar ana shunday paydo bo\u2019ldi. Modomiki, Temur haqidagi bunday memuarlar, zamondoshining, ayniqsa, Temur tomonidan yuborilgan elchining asari bo\u2019lgani uchun ham Parijda unga nisbatan qiziqish juda katta bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Karl VI ning Temurga yozgan lotincha xatining tarjimasi quyidagicha:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cXudoning marhamati bilan, franklar qiroli Karl muhtaram hazrat va muzaffar podshoh Temurbekka salomlar yo\u2019llaydi va tinchlik tilaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhtaram hazrat va muzaffar podshoh, qirollar va muvaqqat hokimlar, hatto, ularning dini va tilidan qat\u2019iy nazar, ular xayrixohlik asosida bir-birlari bilan hurmat hamda do\u2019stlik aloqalarini bog\u2019lamoqchi bo\u2019lsalar, avvalo, buning uchun fuqarolar, din osoyishtaligi va tinchligini ko\u2019zlab qilinadigan har bir harakatga na qonun, na din monelik qiladi. Shuning uchun ham muhtaram hazrat va muzaffar podshoh so\u2019zlarimizga amin bo\u2019lingki, biz butun Sharqning arxiyepiskopi monax Ioann orqali siz janobi oliylarining xatini olib o\u2019qidik. Bu maktubda siz bizlarga sihat-salomatlik tilagansiz va bizning ishlarimiz, shuningdek, davlatning ahvoli to\u2019g\u2019risida xabar berishimizni iltimos qilgansiz. Shuningdek, izning Boyazid ustidan olloning inoyati bilan qozongan g\u2019alabangiz bizni juda xursand qildi, chunki bunga yana shu narsani ilova qilish mumkinki, siz janob oliylariga manzur bo\u2019lsa, bizning savdogarlarimiz va boshqa xristianlar savdo-sotiq qilishlari va ayni vaqtda sizning fuqarolaringiz bilan shartnoma tuzishlari hamda qarshiliksiz o\u2019zaro savdo ishlari olib borishlari, shuningdek, bundan keyin barcha yerlarda va joylarda shonli ota-bobolarimiz davridagidek hozir ham, buning uchun biz, avvalo, siz janob oliylariga tashakkur va minnatdorchilik bildiramiz; sizning odamlaringiz bemalol bizning yerlarimizga kelishlari va savdo-sotiq qilishlariga, shuningdek, bizning odamlarimiz ham savdo-sotiq qilishlariga va ko\u2019pgina boshqa masalalarda bajonu dil rozimiz va shunday bo\u2019lishini istaymiz. Yuqorida nomi zikr etilgan arxiyepiskop bizning davlatimizda bu narsalarning hammasini eshitgan va ko\u2019rish sharafiga muyassar bo\u2019lgan. Agar sizga manzur bo\u2019lsa, u holda arxiyepiskop hamma narsalarni sizga og\u2019zaki gapirib beradi; siz hazrati oliylari bu ishda uning gaplariga, uning sodiqligiga ishonchimiz va keyinchalik undan iltimos qilishimiz tufayli unga ishonishingiz mumkin; u sayohati davomida o\u2019z ko\u2019zi bilan ko\u2019rgan, kechirgan narsalarini gapirib beradi. Nihoyat, biz siz janobi oliylari tomonidan ko\u2019pgina xristianlaringiz uchun sizga chin qalbdan minnatdorchilik izhor qilamiz. Biz sizning ishlaringizni, foydali takliflaringizni qabul qilamiz, imkoni bor joylarda (ularga) barobar va undan ortiqroq iltifot ko\u2019rsatishga va\u2019da beramiz. Parijda yozilgan, hazrati Iso payg\u2019ambar yilning bir ming to\u2019rt yuz uchinchisi, iyun oyining o\u2019n beshinchi kuni\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu hujjat shu jihatdan ham qiziqarliki, u Karl VI ning Temurga yozgan va saqlanib qolgan yagona xatidir. Bundan oldingi xatlar bizga yetib kelmagan bo\u2019lib, ularning mavjudligi haqida bizgacha yetib kelgan yozishmalarda ma\u2019lumot saqlanib qolgan. Mazkur xatning asl nusxa ekanligi shubha tug\u2019dirmaydi, chunki uning nusxasi Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanmoqda. Xatning muxarriri o\u2019sha arxiyepiskop Ioann bo\u2019lgan bo\u2019lsa kerak. Chunki unga katta e\u2019tibor berilgan, bundan tashqari xat shakl jihatidan Temurning yozgan xatlarining lotincha tahririga yaqin va uning taqlididir. Karl VI da Anqara yonida turk qo\u2019shinlarining tor-mor qilinganligi uchun Temurga minnatdorchilik bildirishga to\u2019la asos bor edi. Xatda Fransiya bilan Temur davlati o\u2019rtasida savdo aloqalarini rivojlantirishga katta o\u2019rin berilgan. Ikkala tomon ham bundan manfaatdor edi. Maktubdan ko\u2019rinib turibdiki, fransuz qirolining fuqarosi Temur saroyiga erkin ravishda kira olar va undan o\u2019z manfaatlarini ko\u2019zlab keng foydalana olar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning ikki xati 1402 yil 1 avgustda yozilgan, Karl VI ning javobi esa 1403 yilning 15 iyunida yozilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning Anqara jangidan keyin fransuz saroyi bilan qilgan yozishmalaridan ko\u2019rinib turibdiki, bu Sharqqa yuborilayotgan katolik missionerlariga beriladigan tavsiya xatlarigina bo\u2019lmay, balki savdo shartnomasi tuzishga qaratilgan diplomatik yozishma edi. Bu masalada Vatikan vakili Sultoniya arxiyepiskopi Ioannga muhim rol ajratiladi, chunki unga Karl VI ning javob xatini yetkazish topshirilgan edi. Qirolning maktubi Temurga topshirilgan yoki topshirilmaganligi haqida bizga aniq ma\u2019lumotlar yo\u2019q. Madomiki, Temur Samarqandga 1404 yilning kuz faslida qaytib kelgan ekan, Karl VI ning javob maktubi unga qaytayotgan vaqtda topshirilgan bo\u2019lsa kerak. Temurning 1405 yil fevralda vafot etishi va keyinchalik Temuriylar o\u2019rtasida toju taxt uchun boshlangan kurashlar muzokaralarni nihoyasiga yetkazishga imkon bermagan bo\u2019lsa kerak. Temur davlatinin Fransiya bilan aloqalari to\u2019g\u2019risidagi ma\u2019lumotlar ana shunday.<\/p>\n\n\n\n<p>Angliyaning Sharq bilan aloqalari juda kam o\u2019rganilgan. Ingliz ritsari Djon Mandevilning afsonaviy sayohatini e\u2019tiborga olmaganda, inglizlar o\u2019rta asrlarda Sharqni o\u2019rganish ishiga qatshmadilar. Hozir taxmin qilinishicha Djon Mendevil faqat Misr va Suriyadagina bo\u2019lgan, uning Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlar bo\u2019ylab qirq yillik (1332-1372) sayohatlari bayoni esa boshqa sayohatchilar kitoblaridan olingan. Faqat Temur davridagina Angliya bilan Temur davlati o\u2019rtasida diplomatik munosabatlar o\u2019rnatishga urinib ko\u2019rildi, ammo bu ham natija bermadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur Kichik Osiyoda bo\u2019lgan vaqtida deyarli butun G\u2019arbiy Osiyo \u201cTatar istilochisi\u201d (G\u2019arbiy Yevropa yozuvchilari Temurni ana shunday deb atar edilar) hukmronligi ostida edi. Sharqiy Yevropaning xristian davlatlari g\u2019ayri din Temurni yaqin ittifoqchi deb tan olishga tayyor edi. Konstantinopol greklari va Peri genuyaliklari umumiy dushman bo\u2019lgan turklarga qarshi Temur bilan birgalikda harakat qilishga rozi bo\u2019ldilar. G\u2019arb davlatlari ham qo\u2019l qovushtirib o\u2019tirmadi. Angliya ham boshqa davlatlar bilan birga Temur bilan do\u2019stona aloqalarni o\u2019rnatish yo\u2019lini qidira boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu davrda Angliyaning tashqi siyosati Fransiyaga nisbatan dushmanlik ruhida edi. 1396 yilda ular tuzgan yarash bitim tez orada buzildi, 1404 yilda esa ular o\u2019rtasida harbiy harakatlar yana boshlanib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida aytib o\u2019tilgan hujjatlar Temur bilan Fransiya o\u2019rtasida diplomatik munosabatlar o\u2019rnatishda butun Sharq katolik arxiyepiskopi Ioannning katta rol o\u2019ynaganligidan dalolat beradi. Boyazid mag\u2019lubiyatga uchramasdan oldinroq Ioann Temurning to\u2019la ishonchini qozona oldi va bir g\u2019ayri dinning halokati yo\u2019lida ikkinchi bir g\u2019ayri din bilan kelishib olish zarur deb hisoblab, u bilan bitim tuzdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Vatikan vakili Angliyani Temur tomonidan vujudga keltirilgan katta davlatning g\u2019arbiy viloyatlaridagi vakili Mironshoh bilan yaqinlashishiga aktiv ko\u2019maklashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>XV asrning oxirida diplomatik yozishmalardan hozirgacha saqlanib qolgan va lotin tilida bo\u2019lgan ikki hujjat Temurning uchinchi o\u2019g\u2019li \u2013 Mironshohning nomi bilan bevosita bog\u2019liqdir. U 1393 yilda Temur zabt etgan \u201cXulagu podsholigi\u201dni, ya\u2019ni Bag\u2019dodni o\u2019z ichiga olgan Shimoliy Eron, Tabriz va Sultoniyani o\u2019z ichiga olgan Zakavkazyedan iborat fors mo\u2019g\u2019ullari davlatini boshqarishni qo\u2019liga olgan edi. Temuriylar avlodidan tirik qolgan katta o\u2019g\u2019li sifatida Mironshoh keksayib qolgan otasi davrida G\u2019arbiy Yevropa hokimlarining diqqat-e\u2019tiborini o\u2019ziga jalb etadi va tez orada G\u2019arbdan kelgan xristian savdogarlari va missionerlarning manfaatlarini ochiq-oydin ifoda qiluvchi va Angliya qiroli Genrix IV bilan shartnoma tuzishga tayyor turuvchi \u201ckatolik dinining homiysi sifatida\u201d shuhrat qozondi. Buni biz Angliya qiroli Genrix IV ning Mirzo Mironshohga yo\u2019llagan javob maktubidan bilib olamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>Maktubning mazmuni qisqacha quyidagilardan iborat: do\u2019stona va yaxshi munosabatlar uchun, katolik xalqiga nisbatan, ayniqsa, ruhoniylarga va frank-katoliklarga xayrixohlik bildirib, ularga iltifot va marhamatlar ko\u2019rsatib hamda xristian savdogarlarining daxlsizligini ta\u2019minlab va shu bilan bir qatorda, savdo-sotiq ishlari manfaatlarini ko\u2019zlab qilgan ishlari tufayli \u201ckatolik dinining homiysi, Sharq mamlakatlarining amiriga\u201d (Mironshohni shunday deb atashar edi) minnatdorchilik bildiradi. Qirol Mironshohga bularning hammasini u \u201cturli xatlardan ko\u2019ra, Sharqning arxiyepiskopi Ioanning ma\u2019lumotlaridan ko\u2019proq\u201d bilib olganligini aytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qirolning maktubidan ko\u2019rinib turibdiki, Angliya bilan do\u2019stona munosabatlarni o\u2019rnatishda Mironshoh tashabbus ko\u2019rsatgan, chunki u \u201cxabar berishlaricha, davlat ishlariga taalluqli bo\u2019lgan ba\u2019zi bir masalalar yuzasidan biz bilan do\u2019stona munosabatlar va tinchlik aloqasini o\u2019rnatish yo\u2019lini qidirdi\u201d. Qirol shartnoma tuzish istagini bildiradi va shu maqsadda Angliya ishlaridan yaxshi xabardor bo\u2019lgan arxiyepiskop Ioanni vakil qilib tayinlaydi, unga to\u2019la ishonch bildiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Maktub fevralda (yili ko\u2019rsatilmagan) Gertford shahridan jo\u2019natilgan. Uning shakli mazmuniga qaraganda, maktubning muharriri Ioanning o\u2019zi bo\u2019lgan bo\u2019lsa kerak, chunki unga xatda katta e\u2019tibor berilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Parijdagi Milliy kutubxonada Mironshohning nomidan yozilgan va hozirgacha faqat lotincha tarjimasi yetib kelgan bir hujjat saqlanmoqda. Hujjatning sarlavhasida yozuv bo\u2019lib, u quyidagi ma\u2019noni bildiradi: \u201cAmir Amirza Miranks xatining ushbu ko\u2019chirilgan nusxasi yoki bayoni forschadan lotin tiliga tarjima qilingan\u201d. Xatning forscha asl nusxasi saqlanmagan bo\u2019lsa kerak. Har holda Silvestr de Sasining ko\u2019rsatib o\u2019tishicha, bu xat Fransiya arxividan topilmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu hujjatda Mironshohning \u201cFranklar yoki xristianlarning muhtaram qirollari, davlat boshliqlari, obshchinalarining boshliqlari va hokimlariga\u201d yuborilgan maktubi bayon qilib berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Avtorning ko\u2019rsatib o\u2019tishicha, \u201cushbu maktub do\u2019stlarning tinchligi va osoyishtaligini ko\u2019zlab zuqarnan oyida\u201d yozilgan. Arxiyepiskop Ioann zimmasiga ushbu maktubni o\u2019z egalariga yetkazib berish vazifasi yuklatilgan. Maktubdan ko\u2019rinib turibdiki, Ioann Genuya va Venetsiyada bo\u2019lib, \u201cu yerdan siz bajardan ishlar to\u2019g\u2019risida\u201d ko\u2019pgina shodiyona xabarlar keltirgan. Keyinchalik aytiladiki, \u201csiz yaxshi kutib olgan monax Franchesko Satru yetib keldi va uning xabarlaridan bizning otamiz va biz signi va sizning fuqarolaringzni sevib qolib, ko\u2019pgina ishlarni amalga oshirishga tayyor edik va oshirdik ham, chunki yuqorida nomlari zikr qilingan (Genuya bilan Venetsiya ko\u2019zda tutilgan bo\u2019lsa kerak) bizning va Sizning dushmanlarimizga qarshi bizning qudratli kuchlarimiz yurish boshladi, biz uni egalladik va tor-mor qildik, bundan keyin ham Siz eshitganingizdek ish tutamiz\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Avtorning yozishicha, uning otasining topshirig\u2019iga ko\u2019ra, arxiyepiskop Ioann \u201cbizning yengilmas qudratimiz to\u2019g\u2019risida, shuningdek, kundalik ishlarimiz, xarakterimiz haqida hamda bizning yerlarimiz va\u2019da etayotgan foyda haqida\u201d xabar berish uchun yuborilgan edi. Maktubning oxirida savdo munosabatlarini rivojlantirish to\u2019g\u2019risidagi masala tilga olinadi: \u201cSavdogarlarga kelganda, sizning savdogarlaringiz hozirgi vaqtda ular xavf-xatarsiz bo\u2019lganlaridek, xavf-xatarsiz biz tomonlarga kelishi va bizning (odamlarimiz) ham xavf-xatarsiz bo\u2019lishini istaymiz. Garchi bizning o\u2019rtamizda diniy tafovur bo\u2019lsa ham, sizning (kishilaringiz) xavf-xatarsiz bo\u2019lardi, chunki bu dunyoda mehr-muhabbat bor. Biz ko\u2019plarning va, ayniqsa, savdogarlarning naf ko\u2019rishi to\u2019g\u2019risida g\u2019amxo\u2019rlik qilishimiz kerak\u201d. Maktub quyidagi so\u2019zlar bilan tugallanadi: \u201cSebasta (Sivas) yaqinida Muhammad yilining sakkiz yuz beshinchida, yuqorida ko\u2019rsatilgan oyda yozilgan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu hujjatni tahlil qilib, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\">\n<li>Modomiki, Mironshohning maktubi xristian hokimlar va franklarning obshchinalariga qaratilgan ekan, maktubning forscha asl nusxasi arxiyepiskop Ioanning arxivida saqlangan bo\u2019lishi mumkin, chunki maktubni lotin tiliga tarjima qilib, turli knyazlar va respublikalarga yuborish unga topshirilgan edi; maktubning lotincha tarjimasi muharriri,shubhasiz, Ioanning o\u2019zi bo\u2019lishi kerak, u o\u2019z bilganicha maktubga o\u2019zgartish va qo\u2019shimcha kiritishi mumkin edi;<\/li>\n\n\n\n<li>Maktub yuborilgan vaqt to\u2019g\u2019risidagi masala hal qilinmasdan qolmoqd. Tekstda \u201cushbu maktub zuqanan oyida yozilganligi\u201d (musulmonlarning oxirgisidan oldingi \u2013 Zulqa\u2019da oyining buzib aytilgani ko\u2019rsatilgan) aytilgan, maktubning oxirida esa biz quyidagi so\u2019zlarni o\u2019qiymiz: \u201cSebasta yaqinida Muhammad yilining sakkiz yuz beshinchisida yuqorida ko\u2019rsatilgan oyda\u201d (zulqa\u2019da oyida), ya\u2019ni 1403 yilning 22 mayi bilan 21 iyuni o\u2019rtasida yozilgan, chunki tarjimon maktubning oxirida \u201cmense ut Supra\u201d, ya\u2019ni yuqorida aytilgan oyni qo\u2019ygan.<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p>Agar S. de Sasining fikriga qo\u2019shiladigan bo\u2019lsak, u holda Mironshohning G\u2019arbiy Yevropaga yo\u2019llagan maktubi Anqara jangigacha (1402 yil 28 iyulgacha) jo\u2019natilgan. Agar shunday bo\u2019lsa, maktubning quyidagi so\u2019zlarini qanday tushunmoq kerak, degan savol tug\u2019iladi: \u201cyuqorida nomlari zikr qilingan (Genuya bilan Venetsiya) bizning va sizning dushmanlarimizga qarshi bizning qudratli kuchlarimiz yurish boshladi, biz uni egalladik va tor-mor qildik\u201d. Bizning fikrimizcha, bu yerda turklarning Anqara yonida tor-mor etilishi ko\u2019zda tutilgan bo\u2019lsa kerak. Mironshoh maktubi sanasini aniqlab olishdagi qiyinchilikning sababi shundaki, biz Temur bilan Mironshoh o\u2019rtasida janjal qachon chiqqanligini va o\u2019g\u2019li \u201cXulagu taxtidan\u201d qachon chetlashtirilganligini aniq bilmaymiz. Temur hayot vaqtidayoq yozilgan \u201cZafarnoma\u201dning dastlabki tahririda ota bilan o\u2019g\u2019il o\u2019rtasidagi janjal tilga olinmaydi, Sharafiddin Alining asaridangina shu narsa bizga ma\u2019lumki, 1399 yilda g\u2019arbga qilingan yurish asosan Mironshohning harakatlari tufayli bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Angliya qiroli Genrix IV ning Temurga yozgan javob maktubini ham qarab chiqaylik. Bu maktub hozir Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Temurning Genrix IV ga yozgan maktubi Angliya arxivlaridan topilmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ana shu noyob hujjatning mazmuni quyidagicha:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cXudoning inoyati bilan Angliya va Fransiyaning qiroli, shuningdek, Irlandiya hokimi Genrix ulug\u2019 va qudratli podshoh Temurbekka so\u2019zimiz, bizning do\u2019stimiz, xudoning aziz bandasiga eng katta salomlar bo\u2019lsin va xudo tinchlik ato qilsin.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 podshoh, do\u2019stimiz, xudoning aziz bandasi, Iso payg\u2019ambarning Sharqdagi vakili arxiyepiskop orqali yuborgan xatingiz (ya\u2019ni unda yozilgan narsalar) bilan tanishibgina qolmay, siz ishonch bildirgan o\u2019sha arxiyepiskopning o\u2019zidan og\u2019zaki suhbat vaqtida gaplarni eshitib, sizga bo\u2019lgan do\u2019stligimizni yana bir bor his qildik. Biz bildirgan do\u2019stligingizga loyiq ish qilganimizcha yo\u2019q hali; sizning eson-omonligingizni mazkur arxiyepiskopdan eshitib quvondik, shu bilan birga, ayni vaqtda Fransiyaga sizning shavkatli o\u2019g\u2019lingiz topshirig\u2019i bilan boshqa masalalar bo\u2019yicha, ya\u2019ni sulh va hamjihatlik yuzasidan bildirilgan istaklar bizni xursand qildi, shundan so\u2019ng sizning oldingizga boruvchi ruhoniy (dominikanlar ordeniga mansub bo\u2019lgan) Franchesko Shader tomonidan siz zoti oliylariga o\u2019zaro aloqalarimiz doirasini kengaytirish, davlatlarimiz savdogarlarining bir-birlari bilan ilgari, avlodlarimiz davrida bo\u2019lganidek, uchrashib turishlarini ta\u2019minlash niyatidamiz. Bu gaplarni ulug\u2019 podshoh, sizga bo\u2019lgan do\u2019stligimizning ramzi sifatida aytmoqdamiz\u2026 (qolib ketgan). Minnatdorchilik bilan chin qalbdan so\u2019raymizki, bundan so\u2019ng bizning savdogarlarizmining mamlakatingizda bemalol yurishlariga imkon tug\u2019ilsa.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqorida zikr etilgan xat mazmunidan sizning yaqinda Turkiya chegaralariga kirib, xudoning madadi bilan qisqa muddat ichida bizning va sizning eski dushmanimiz Boyazid va uning davlatini tor-mor qilganingizni bildik. Bu esa dillarimizni quvontirdi va katta shodlik keltirdi. Uning (xohishi bilan) podsholar hukm yurgizadi, g\u2019oliblar yuksaklikka ko\u2019tariladi, podsholar hokimiyati ulug\u2019lanadi. G\u2019alabani g\u2019oyibda yuborgan parvardigorning nomini hamisha esa tutaylik.<\/p>\n\n\n\n<p>Darvoqe, ulug\u2019 podshoh, Sizga bo\u2019lgan muhabbatimiz va hurmatimiz haqqi yuqoridagi biz tomondan xursandchilik bilan kutib olingan arxiyepiskopga xayrixohlik bildiribgina qolmay, balki do\u2019stona munosabatda bo\u2019ldik. Shuning uchun ham sizdan chin qalbdan iltimos qilamizki, siz zoti oliylari oldingizga borsa, u kishini qabul qilursiz, u bizning podsholigimizdagi ahvol va olib borilayotgan ishlarni aytib beradi, biz unga o\u2019z mulohazalarimizni batafsil gapirib berganmiz, u bizning nomimizdan sizga yetkazgan xabarga ishoning. Ulug\u2019 podshoh, xudoning aziz bandasi\u2026\u201d<\/p>\n\n\n\n<p>Temur maktubning mazmuni bizga ma\u2019lum bo\u2019lmaganligi sababli Angliya qirolining javob maktubida tilga olingan masalalarning hammasi ham bizga aniq emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Maktubning boshida Temurning qirolga nisbatan garchi uning xizmatlari yetarli bo\u2019lmasa-da, haqiqiy do\u2019stona munosabati (buni u arxiyepiskop Ioanidan bilib olgan) Angliyada yuksak baholandi, deb ko\u2019rsatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Maktubdan ko\u2019rinib turganidek, arxiyepiskop Ioann Temurning o\u2019g\u2019li (Mironshoh)ning topshirig\u2019iga asosan \u201csulh va birlashish\u201d munosabati bila Fransiyaga safar qilgan; ammo bu safarning tafsilotlari bizga ma\u2019lum emas. Bunda 1386 yilda Fransiya bilan Angliya o\u2019rtasida tuzilgan yarash bitimi ko\u2019zda tutilgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019ngra aytiladiki monax Franchesko Shader qirolning topshirig\u2019iga asosan, Temurni \u201cyerlarimizni kengaytirish to\u2019g\u2019risida\u201d va boshqa \u201cishlarimiz\u201d haqida xabardor qilgan. Ko\u2019rinib turibdiki, bu yerda gap Angliyaning yuz yillik urush vaqtida Shimoliy Fransiyaning ba\u2019zi territoriyalarini bosib olganligi haqida bormoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Maktubda \u201cbizdan oldingi zamondoshlarimiz qilganidek\u201d, Angliyaning Temur bilan Genrix fuqarolari o\u2019rtasida erkin savdo munosabatlarini davom ettirish istagi borligi qayd qilib o\u2019tiladi, Temurning umumiy dushman \u2013 Boyazid ustidan qozongan g\u2019alabasi munosabati bilan \u201ckatta xursandchilik\u201d izhor qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nihoyat, maktubda ko\u2019rsatib o\u2019tilishicha, xat avtori arxiyepiskop Ioannga to\u2019la ishonch bilan qarashni iltimos qiladi. Temurga qirolning maktubini topshiribgina qolmay, balki bu yerdagi barcha kishilar va ishlar to\u2019g\u2019risida o\u2019z og\u2019zi bilan gapirib berish ham unga topshirilgan, chunki \u201cunga o\u2019z mulohazalarimizni batafsil gapirib berganmiz\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Genrix IV ning Temurga yuborgan maktubining saqlanib qolgan lotincha teksti mazkur hujjat yozilgan joy va vaqt to\u2019g\u2019risida ma\u2019lumot bermaydi. Maktubda Temurning Turk sultoni Boyazidni tor-mor qilganligi to\u2019g\u2019risida eslatib o\u2019tiladi. Bu voqea 1402 yil iyul oyining oxirida Anqara yaqinida bo\u2019lib o\u2019tgan edi. Demak, maktub ana shu sanadan keyin yozilgan. Arxiyepiskop Ioanning Temur xati bilan Angliyaha qilgan safari uning zimmasiga Parijda yuklatilgan missiyadan keyin va Karl VI ning 1403 yil 15 iyunda Temurga javob xatini olgandan so\u2019ng bo\u2019lgan bo\u2019lishi mumkin. Binobarin, Genrix IV ning Temurga yozgan maktubi unga 1403 yilning o\u2019rtalarida yuborilgan bo\u2019lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Angliya qiroli Genrix IV ning Temurga yo\u2019llagan maktubining shakli va qisman mazmuniga ko\u2019ra, fransuz qiroli Karl VI ning Temurga yuborilgan lotincha maktubiga o\u2019xshaydi. Ikkala xat ham yuqorida nomi bir nech bor tilga olingan arxiyepiskop Ioann tomonidan tuzilgan bo\u2019lishi mumkin, chunki unga ana shu maktublarni Temurga topshirish vazifasi yuklangan edi. Angliya qirolining ana shu xatini Temurning olgan-olmaganligi haqida bizda hech qanday ma\u2019lumot yo\u2019q. Modomiki, Fransiya va Angliya qirollarining javob maktublari 1403 yilning o\u2019rtalarida yozilgan ekan, bu maktublar Temurning 1404 yil kuz faslida Samarqandga qaytib kelganiga qadar unga topshirilishi mumkin edi. Temur davlatining Angliya bilan aloqalari haqidagi ma\u2019lumotlar ana shulardan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur Misr sultoni ustidan qozongan g\u2019alabasidan keyin, va, ayniqsa, 1402 yilda Anqara yaqinidagi bo\u2019lgan jangda qudratli Usmon imperiyasini tor-mor qilgandan so\u2019ng G\u2019arbiy Yevropada yanada keng shuhrat qozondi. Uning shuhrati hamma joyda zo\u2019r qiziqish va hayajon tug\u2019dirdi; natijada yevropaliklarda olis Sharq bilan tanishishga bo\u2019lgan azaliy intilish yanada kuchaydi. Temur zamondoshlari bo\u2019lgan yevropalik hokimlardan, ayniqsa, Kastiliya qiroli Genrix III Sharq bilan juda ham qiziqdi. U Temurning Turk sultoni Boyazidga qarshi olib borgan kurashini diqqat bilan kuzatib bordi va 1402 yili Kichik Osiyoga elchilar yuborib, u joylarda yashayotgan kishilarning \u201curf-odatlari, dini, qonunlari, olisdagi ana shu xalqlarning kuch-qudrati to\u2019g\u2019risida va ularning intilishlari hamda keladigan naf qanday bo\u2019lishi va mumkinligi haqida\u201d ma\u2019lumotlar to\u2019plashni topshirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Genrix III ning elchilari boshqa mamlakatlarning elchilari bilan birga Boyazidni Anqaragacha kuzatib bordilar. Qirolning topshirig\u2019iga binoan, ular Boyazid, Temur haqida aniq ma\u2019lumotlarni to\u2019plashlari va ular o\u2019rtasida olib boriladigan jang vaqtida hozir bo\u2019lishlari kerak edi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019alaba munosabati bilan o\u2019tkazilgan tantanalar vaqtida Temur o\u2019ziga nisbatan itoatkorlik ifodasini bildirib, uning huzuriga yuborilgan ko\u2019pgina elchilar qatori ispaniyalik elchilarni ham samimiy qabul qildi. Temur Ispaniya elchilarini vataniga jo\u2019nata turib, ularga katta sovg\u2019a in\u2019om qildi va o\u2019zining Muhammad al-Qozi ismli (Klavixo asarida shunday deb yozilgan) elchisini ham ularga qo\u2019shib jo\u2019natdi. Qirol huzurida bo\u2019lgan qabul marosimi vaqtida elchi \u201cpodshoh Temurbekning unga yuborgan maktubini topshirdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurning do\u2019stona munosabati \u201cikki davlat o\u2019rtasida paydo bo\u2019lgan do\u2019stlikni mustahkamlash maqsadia \u201cGenrix III ni javob tariqasida elchilar yuborishga da\u2019vat etdi. Elchilar sostavida aqoid magistri Alfons Paes de Santa Mariya, Ryun Gonzales de Klavixo va qirolning soqchisi Gomes de Salazar ham bor edi. Gomes yo\u2019lda vafot etdi. Saroyda muhim mansabni egallab turgan Klavixo elchilarga boshchilik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Genrix III olis mamlakatga elchilarni jo\u2019natar ekan, o\u2019zining doimiy maqsadini ham sedan chiqarmadi: elchilar hamma yerda kuzatib yurishlari va boradigan hamma joylar hamda xalqlar to\u2019g\u2019risidagi ma\u2019lumotlarni to\u2019plashlari, qaytib kelganlaridan keyin bularning hammasi haqida batafsil hisobot berishlari kerak edi. Klovixoning \u201chech narsa unutilmasligi va bularni to\u2019la va aniqroq eslash hamda gapirib berish uchun\u201d bu yerga kelgan birinchi kundanoq kundalik daftar tuta boshlaganligiga, ehtimol, ana shu topshiriq sabab bo\u2019lgandir. U diqqatga sazovor bo\u2019lgan barcha narsalarni uch yil mobaynida kunma-kun yozib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>1403 yil 21 mayda Ispaniyadan jo\u2019nab ketgan elchilar dengiz orqali Konstantinopolga o\u2019tib, u yerdan Trapezundga kelishdi. Trapezunddan so\u2019ng quruqlik yo\u2019ldan yurib Eron orqali Balhdan shimolroqda Amu daryodan o\u2019tib, Termiz va Kesh (Shahrisabz) da bo\u2019lishdi va keyin Samarqandga yetib kelishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1404 yil 8 sentabrda Ispaniya elchixonasi a\u2019zolari Bog\u2019i Dilkushoda Temur huzuriga tashrif buyurishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ular boqqa kirib saroyga yaqinlashgach, Temurni ko\u2019rishdi. Klavixoning so\u2019zlariga qaraganda, u \u201cyerga qo\u2019yilgan taxt ustida o\u2019tirardi, uning oldidagi fontanlardan suv otilib turar, ularda esa qizil olmalar bor edi. Podsho shoyi ko\u2019rpachada, tirsagi bilan lo\u2019la bolishga yonboshlab o\u2019tirardi U ustiga silliq, gulsiz shoyi libos kiygan, boshida esa oq qalpoq bo\u2019lib, uning tepasiga yoqut, marvarid va qimmatbaho toshlar qadalgan edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Klavixoning ispaniyalik elchilarning qabul qilinishi haqidagi hikoyasi Temur saroyida elchilarni qabul qilish marosimi haqida ba\u2019zi bir tasavvurlarni beradi. Ma\u2019lumki, bu hikoya hozirgacha sovet sharqshunoslik adabiyotida tahlil etilmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ispaniya elchilarini qabul qilish, avvalo, ular olib kelgan sovg\u2019alarini topshirishdan boshlanadi. Sovg\u2019alarni olgan kishilar ularni saroyga olib kirib ketishdi, elchilarni esa qo\u2019llaridan yetaklab u yerdan nariga olib bordi. So\u2019ngra ularni bir oz olg\u2019a yurgizdi vas al kutib turg\u2019izdi, keyin odam yuborib, ularning yura berishlarini aytishdi. Elchilar kuzatuvchilar bilan birga borishdi; ularning yonida Temurning Kastiliya qiroli oldiga yuborgan kastiliyacha kiyingan elchisi ham bor edi. Shundan so\u2019ng elchilarni Temur singlisining o\u2019g\u2019li oldiga olib borishdi. U supada o\u2019tirar edi, elchilar unga ta\u2019zim qilishdi; keyin ularni Temurning supada o\u2019tirgan yosh nabiralari oldiga olib kelishdi; elchilar ularga ham ta\u2019zim qilishdi. Nabiralar qirol yorlig\u2019ini elchilarning qo\u2019lidan qabul qilib olib, uni Temurga olib borib berishlari kerak edi. Temurning uch nabirasi yorliqni qabul qilib olib, uni Temurga olib borib berishdi. Elchilar yurishni davom ettirdilar. Ular podshoni ko\u2019rishlari hamono o\u2019ng tizzalarini bukib va qo\u2019llarini ko\u2019ksilariga qo\u2019yib, unga ta\u2019zim qilishdi; so\u2019ngra ular yaqinroq kelishib, yana ta\u2019zim qilishdi, sal oldinga borib, ta\u2019zim qilib turishdi. Temur ularga turishni va yaqinroq kelishni buyurdi. Elchilarni qo\u2019llaridan ushlab, kuzatib kelayotgan kishilar Temurning oldiga yaqin kelishga jur\u2019at etmay, ularni qo\u2019yib yubordilar. Podsho oldida turgan yaqin amirlardan uch harbiy boshliq elchilar yoniga kelib, ularning qo\u2019llaridan ushlashdi-da, Temurning oldiga olib borib cho\u2019kka tushirishdi. \u201cPodsho, &#8211; deb yozadi Klavixo, &#8211; elchilarni yaxshiroq ko\u2019rish uchun yaqinroq kelishga undadi, chunki u ancha keksayib qolgan va yaxshi ko\u2019rmas edi, hatto qovoqlarini ham ko\u2019tara olmasdi, podsho o\u2019pish uchun qo\u2019lini bermadi, chunki ularda bunday odat yo\u2019q edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019ngra Temur ularga: \u201cMening o\u2019g\u2019lim, qirol qanday yashayapti? Uning ishlari qalay? Sog\u2019lig\u2019i yaxshimi?\u201d \u2013 deb savol berdi. Elchilar unga javob qaytarishdi va o\u2019z elchiligining maqsadini tushuntirishdi. Temur ularni eshitdi va \u201c\u2026ular gapirib bo\u2019lgach, &#8211; deb yozadi Klavixo, &#8211; Temurbek pastda o\u2019tirgan amirlarga, aytishlaricha, ulardan biri Tataristonning sobiq podshosi To\u2019xtamishning o\u2019g\u2019li edi, ikkinchisi samarqandlik shahzodalardan edi va podshoh avlodiga yaqin bo\u2019lgan yirik amaldorlarga murojaat qilib, bunday dedi: \u201cMening o\u2019g\u2019lim, Ispaniya qiroli, faranglar orasidagi qirollar ichida birinchi bo\u2019lib menga yuborgan ana shu elchilarga qarang! Ular dunyoning narigi chekkasida yashashadi. Ular haqiqatda ham buyuk xalq; men o\u2019g\u2019lim qirolga duo qilaman. U sizlarni sovg\u2019asiz maktub bilan yuborganida ham bo\u2019lar edi; chunki men uning sihat-salomatligi va ahvolini bilib ham behad xursand bo\u2019lardim, bundan tashqari u menga sovg\u2019a-salomlar ham yuboribdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Qirolning Temurga yo\u2019llagan va bolalarga berilgan xatini Temur nabiralaridan biri (Mironshohning o\u2019g\u2019li) olib, ular oldida baland ushlab turdi. Aqoid magistri Alfons Paes tarjimon orqali Temurga murojaat qildi va bu maktubni undan boshqa hech kim o\u2019qiy olmasligini tushuntirdi. Temur bu maktubni eshitishni istagan zamono magistr uni o\u2019qib berishini aytdi. Temur xatni nabirasi qo\u2019lidan olib ochdida, hozir eshitishni xohlayotganini bildirdi. Magistr xatni o\u2019qimoqchi bo\u2019ldi, Temur xatni dam olish vaqtida alohida xonada eshitajagini aytdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mirzalar elchilarni o\u2019rinlaridan turg\u2019izib, yetaklab olib borib supaga, podshoning o\u2019ng tomoniga o\u2019tqazishdi. Elchining qo\u2019lidan yetaklab borgan mirzalar ularni Xitoy hokimi podsho Chaisxonning vakilidan pastroqqa o\u2019tqazishdi, u o\u2019lpon talab qilib kelgan edi, chunki Temur Xitoyga har yili shunday o\u2019\u2019lpon to\u2019lar edi. Elchilar Xitoy podshosining elchisidan pastroqda o\u2019tirganini ko\u2019rib qolgan Temur ularni to\u2019rga, xitoy elchisini esa pastroqqa o\u2019tqazishni buyurdi. \u201cUlarni o\u2019tqazib bo\u2019lgach, &#8211; deb ko\u2019rsatadi Klavixo, &#8211; podshoning miros (mirza)laridan biri Xitoy elchisining yoniga kelib, unga podsho o\u2019g\u2019lidan \u2013 Ispaniya qirolidan kelgan elchilar undan yuqoriroqda o\u2019tirishini, bosqinchining va ashaddiy dushmanning elchisi esa ulardan pastroqda o\u2019tirishini buyurdi deb aytdi; agar xudo xohlasa, Xitoy podshosidan ana shunaqa elchilar kelmasligi uchun uni tez orada tor-mor qilishga shaylanayotganligini aytdi. Ana shundan buyon podsho tomonidan o\u2019tkazilgan barcha tantanalar va ziyofatlarda ispaniyalik elchilarni ana shu tartibda o\u2019tqazadigan bo\u2019lishdi. Buni atayin qilayotganini tarjimon orqali elchilarga tushuntirishdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ziyofat tamom bo\u2019lishi bilan Temurning oldiga ispan qiroli va Vavilon sultonidan yuborilgan sovg\u2019alarni olib kelib qo\u2019yishdi. So\u2019ngra elchilarni hurmat-ehtirom bilan qo\u2019llaridan ushlab o\u2019rinlaridan turg\u2019izishdan va ularga qarab yuradigan harbiy kishilar bilan olib chiqib ketishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Klavixo 1404 yilning sentabr oyini Samarqand bog\u2019larida o\u2019tkazdi, oktabr oyida esa Temurning dargohiga kelishga taklif etildi va u yerda oktabr oyi mobaynida o\u2019tkazilgan tantanalarda qatnashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Elchilar Temur o\u2019zlarining jo\u2019nab ketishlari uchun javob berishi mumkin deb o\u2019ylab, 1 noyabrda uning oldiga kelishdi. Temur uzr so\u2019rab, elchilarni qabul qilmadi. Erasi kuni elchilar yana Temurning oldiga borishdi, ammo \u201cpodsho chodirdan chiqmadi, chunki u betob edi\u201d. Elchilarning \u201cTemur ularga ruxsat berish uchun chaqirib qolmasmikan\u201d degan maqsadni ko\u2019zlab bu yerga, Temur turgan joyga o\u2019zboshimcha kelishlari ham natija bermadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Klavixo kundalik daftarida bunday yozadi: \u201cElchilar ana shunday hayot kechirayotgan bir vaqtda ularning ketidan podsho na odam yubordi, na ular o\u2019zlariuning oldiga borishga jur\u2019at etishdi. Ularning oldiga bir chig\u2019atoy kelib, podsho miroslari ularga ertaga ertalab ketishga hozirlik ko\u2019ra boshlarini yetkazib bildirib, podshoning ruxsat bermaganligi, o\u2019z qiroliga javob maktubi olmaganligini aytib, ular bunday qila olmasliklarini tushuntirdi. Ammo u javob berib aytdiki, bu haqda ortiqcha hech narsa deb bo\u2019lmaydi, chunki miroslar ana shunday qarorga kelishgan: ular ketishga yo\u2019l hozirligini ko\u2019rishlari va boshqa elchilar ham xuddi shunday qilishini aytdi. Elchilar shu ondayoq podsho saroyiga qarab yo\u2019l oldi va miroslarning oldiga kelib, ularga tushuntira boshladi, chunki podsho elchilar bilan gaplashmoqchi ekanligini va ularning ketishlariga rozilik berajagini o\u2019tgan payshanba aytganligini miroslar bilar edi. Endi esa bir kishi oldimizga kelib, ertaga ertalab ketishga hozirlik ko\u2019rishimizni miroslar nomidan aytganida, biz juda hayratda qoldi. Miroslar: podshoni hozir ko\u2019rish mumkin emas va elchilar ketishlari kerakl ularning ketishiga rozilik berilgan deyishdi\u201d. Elchilar \u201cpodshodan qirolga, ularning podshohi nomiga biror javob xati bo\u2019lmasdan turib\u201d ketishlari mumkin emasligini isbot qila boshlashdi, ammo ularga jo\u2019nab ketishlari kerakligi va ularni kuzatib boruvchi odam ham allaqachon tayinlanganligini aytishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Klavixo keyinchalik: Temur kasal bo\u2019lib, tildan qolganligi va o\u2019lim to\u2019shagida yotganligi uchun miroslar shunday qilishgan edi, \u201cbuni esa ularga bilgan kishilar aytgan edi\u201d, &#8211; deb ta\u2019kidlaydi. Klavixo va uning yo\u2019ldoshlarining taxmin qilishicha, ular Temurning o\u2019limi to\u2019g\u2019risida bilmasliklari va ular yurib o\u2019tadigan joylarda bu voqea haqida gapirib qo\u2019ymasliklari uchun ularning jo\u2019nashini tezlashtirgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Haqiqatda esa Temur o\u2019sha vaqtda ko\u2019pdan buyon o\u2019ylab yurgan juda katta rejasini amalga oshirishga \u2013 Xitoy ustiga yurish boshlashga tayyorgarlik ko\u2019rayotgan edi. Elchilar jo\u2019nab ketgandan keyin olti kun o\u2019tgach, 27 noyabr payshanba kuni u Samarqanddan qarama-qarshi tomonga qarab yurish boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Boshqa elchilar kabi 1404 yil 21 noyabr juma kuni Samarqanddan jo\u2019nab ketgan ispan elchilari Ispaniyaga 1406 yilning 24 martida qaytib keldi va qirolning huzurida bo\u2019ldi. Klavixoning kundaliklari birinchi marta 1582 yili Savelyeda \u201cUlug\u2019Temurlangning hayoti va faoliyati\u201d degan nom bilan nashr etildi. 1782 yilda bu nashr Madridda shu nom bilan yana bosib chiqarildi. Srezenskiy kitobiga 1582 yilgi nashr asos qilib olingan. 1928 yilda Londonda Klavixo kundaliklarining inglizcha tarjimasi bosilib chiqdi. Tarjimani 1881 yilda Sreznevskiy nashr etgan ispancha tekstga asosan G-le Strenjem tayyorlagan. F. Lopez Estrada 1943 yilda Klavixoning kundaligini XV asrda qo\u2019lyozmasi asosida Madridda yangidan nashr etdi. Noshi Klavixo kundaligining \u201cElchilarning Temurlang huzuriga kelishi\u201d degan juda eski tekstni filologik jihatdan puxta tadqiq qilib, unda elchilar to\u2019g\u2019risidagi batafsil tarixiy spravka bergan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XIV-XV asrlar o\u2019rtasida Amir Temurning shaxsi zamondoshlarining e\u2019tiborinigina o\u2019ziga jalb etib qolmay, balki jahon siyosati doirasida yuz berayotgan barcha voqealarga ham ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Unda o\u2019z davrining murakkab siyosiy vaziyatini tushunib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqandning-garbiy-yevropa-davlatlari-bilan-tashqi-siyosat-sohasidagi-aloqalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153207","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153207","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153207"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153207\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153337,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153207\/revisions\/153337"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153207"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153207"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153207"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}