{"id":153347,"date":"2025-09-15T08:17:27","date_gmt":"2025-09-15T05:17:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153347"},"modified":"2025-09-15T08:17:28","modified_gmt":"2025-09-15T05:17:28","slug":"xvi-asr-xix-asrning-birinchi-yarmida-samarqand-shayboniylar-samarqandda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xvi-asr-xix-asrning-birinchi-yarmida-samarqand-shayboniylar-samarqandda\/","title":{"rendered":"XVI asr \u2013 XIX asrning birinchi yarmida Samarqand. Shayboniylar Samarqandda"},"content":{"rendered":"\n<p>XV asrning oxirida ko\u2019p sonli Temuriy sultonlari o\u2019rtasida Samarqand taxtini egallash uchun shiddatli kurash ketdi. Bir necha yil cho\u2019zilgan bu kurash mamlakatning iqtisodiy ahvoliga halokatli ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Poytaxt shahardan ayrilib qolishdan xavfsiragan Samarqand hokimi Sulton Boysunqur mirzo madad so\u2019rab Muhammad Shayboniyxonga murojaat qildi. Sirdaryo bo\u2019yidagi shaharlar bu davrda Shayboniyxonga qarar edi. Temuriylar davlatining ichki ishlariga bajonu dil aralashib turadigan ko\u2019chmanchi o\u2019zbek qabilalarining sardori Boysunqur mirzoning iltimosiga bus afar ham darrov rozilik bildirdi. Biroq Boysunqur mirzoning Samarqandni qamal qilib turgan ukasi \u2013 Buxoro hokimi Sulton Ali mirzo va Farg\u2019ona hokimi yosh Zahiriddin Muhammad Bobir Shayboniyxon kelganidan keyin ham Samarqandni bosib olish niyatidan qaytmay va tevarak-atrofdagi qal\u2019alarda qishlab qoladigan bo\u2019ldi. Bunday vaziyatda dushman bilan olishuv yaxshi natija bermasligini bilgan Shayboniyxon Turkistonga qaytib ketdi. Shu vajdan Boysunqur mirzo ham yetti oylik qamal tufayli xarob bo\u2019lgan shaharni tashlab ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Andijon beklarining boshlig\u2019i Zahiriddin Bobir 1497 yilning oxirida Samarqandni ishg\u2019ol qildi. Mirzo Bobir samarqandliklarning o\u2019sha kezlardagi og\u2019ir ahvolini ta\u2019kidlab, o\u2019z xotiralarida bunday deb yozgan edi: \u201cSamarqandni olg\u2019onda Samarqand andoq xarob edikim, madad va tuxm va taqovig\u2019a ehtiyoj bor edi\u2026 Muncha talon va toroj tortg\u2019on viloyatlardin nima olmoq xud nechuk muyassar bo\u2019lg\u2019ay\u201d. Samarqandliklarning iqtisodiy ahvoli og\u2019ir edi, bunday holda biror boylik orttirish u yoqda tursin, hatto, navkarlarni boqish ham amri mahol edi. Buni ko\u2019rgan andijonlik ko\u2019pgina beklar o\u2019z sardorlari Zahiriddin Bobirni tashlab ketishdi. Zahiriddin Bobirning ta\u2019biricha, andijonliklar \u201cuylarini sog\u2019ina boshladilar\u201d va o\u2019z yer-mulklariga qaytishga shoshildilar. Davlatning nomigagina poytaxti hisoblangan Samarqandda yuz kun turgandan so\u2019ng yosh Temuriy shaharni tashlab ketdi. Undan keyin shaharni Sulton Ali mirzo egalladi. Mustaqil ish tutmay, goh tarxon amirlari, goh ulamolar homiysi Ubaydulla Xo\u2019ja Ahrorning o\u2019g\u2019li Xo\u2019ja Muhammad Yahyo qo\u2019lida qo\u2019g\u2019irchoq bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temuriy hukmdorlari o\u2019rtasidagi ziddiyatlar o\u2019zbek xoni Shayboniyni yana Samarqand yoniga olib keldi. Bu safar u shaharni fath etishga puxta hozirlandi. Istehkomli Samarqandni bir zarb bilan olib bo\u2019lmasligini bilgan Shayboniyxon Sulton Ali mirzoni o\u2019z tomoniga og\u2019dirishga jazm etdi, chunki Sulton Ali mirzoni o\u2019z tomoniga og\u2019dirishga jazm etdi, chunki Sulton Ali mirzoning Xo\u2019ja Yahyoga unchalik e\u2019tiqodi yo\u2019q edi. Shoir va tarixchi Kamoliddin Binoiyning yozishicha Sulton Ali mirzo Xo\u2019ja Muhammad Yahyo Samarqandni Bobir mirzoga bermoqchi degan xulosaga keldi. Shu sababli u Shayboniyxonga davlat poytaxtini topshirib, uning hukmronligini tan olmoqchi va Muhammad Yahyoga pand bermoqchi bo\u2019ldi. Hokimlarning beboshligidan, yurtdagi tartibsizliklardan tinkasi qurigan, uzoq davom etgan urushlardan xonavayron bo\u2019lgan shahar fuqarosi Shayboniyxonga qarshi kurahda Temuriy hukmdorlarni qo\u2019llab-quvvatlamadi. Feodallar o\u2019rtasidagi tinimsiz nizo-janjallardan aziyat chekkan va o\u2019z sinfining kuchli tabaqalari dastidan siqilgan badavlat shaharliklar esa qo\u2019li balandroq hukmdorga tobe bo\u2019lishni afzal ko\u2019rdi. Shunday qilib, ko\u2019chmanchi qabilalarning sardori Muhammad Shayboniy davlatning rasman poytaxti bo\u2019lgan Samarqandni 1500 yilda deyarli urushsiz bosib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniyxon Samarqand hokimi bo\u2019lgach, Temuriy saroyi odamlarni, shuningdek, toj-taxt da\u2019vo qilayotgan sultonlarni qilichdan o\u2019tkazdi, xazinani musodara qiladigan mol-mulk bilan to\u2019ldirdi. Ayni vaqtda, shoir Mullo Shodining e\u2019tirof etishicha, yangi hukmdor shaharni xonavayron etmaslikka intildi, chunki shunay qilmasa, \u201cuni o\u2019ziga poytaxt eta olmas edi\u201d. So\u2019nggi Temuriylar davlatidan ancha kuchli bo\u2019lgan oliy hokimiyatning Shayboniyxon qo\u2019lida to\u2019planishi Samarqandning ekonomikasiga ijobiy ta\u2019sir qildi va aholini feodallar nizo-janjallaridan hamda bek va amaldorlarning o\u2019zboshimchaligidan birmuncha xalos etdi. Biroq Shayboniyxon feodallar sinfining manfaatlarini qattiq yoqladi, shahar va qishloq kambag\u2019al tabaqalarining davlatmandlarga ko\u2019z olaytirishlarini daf qilib turdi. Mashhur \u201cHabib as-siyar\u201d asarining muallifi \u2013 tarixchi Xondamirning yozilishicha, Shayboniyxon Samarqandni zabt etgach, shahar boshlig\u2019i Jonvafobiyga shahar darvozalarini mahkamlash va qo\u2019riqlab turishni, \u201chujjati\u201d bo\u2019lmagan biron-bir kimsani shaharga yo\u2019latmaslikni buyurgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tez orada, 1500 yil oxirida Zahiriddin Bobir omon qolgan Temuriy mirzolar ko\u2019magida yana Samarqandni bosib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniyxon lashkari 1501 yil bahorida Zarafshon daryosi sohilidagi Saripul yaqinida Mirzo Bobir lashkarini tor-mor keltirdi. Shundan keyin ham Mirzo Bobir Samarqandni ancha vaqt qo\u2019lida saqlab turdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Shayboniyning lashkarlari shaharni to\u2019rt oy qamal qildi. Bu safar shaharni mudofaa etishda Samarqand ahlining keng tabaqasi qatnashdi. Buning bosisi shundaki, ular Shayboniyxonning Samarqadni birinchi daf\u2019a bosib olishidan ro\u2019shnolik ko\u2019rmagan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Qamal qilingan Samarqandda oziq-ovqat tanqisligi tobora zo\u2019raydi, keyin qattiq ocharchilik boshlandi; it va eshak go\u2019shtini ham yeya boshladilar. O\u2019sha voqeaning shohida bo\u2019lgan shoir Mullo Shodining mubolag\u2019ali qilib bayon etishicha, odamlar tuya izlarini non deb o\u2019ylashar, yoniga yugurib kelishar va shu yerdayoq jon berishardi. Ular suprani ham chaynar, duo o\u2019qish o\u2019rniga \u201cnon, non\u201d deb pishirlar edilar. Qamaldagilarning ko\u2019plari ochlikdan shisha boshladi. Bundan foydalangan savdogarlar g\u2019alla narxini juda oshirib yuborishdi. Samarqand mehnat ahlining sabr kosasi to\u2019lib-toshdi. O\u2019zaro urushlar, talonchilik va shafqatsiz zulmga qarshi xalq oyoqqa turdi. Mullo Shodining yozishicha, \u201codamlar non tortib olishga shaylanardilar\u2026 Har kim o\u2019zini do\u2019konga otardi. Ularni shiraga qo\u2019ngan pashshalardek haydashardi\u201d. Shahar hokimlar mulkdorlarni qo\u2019riqlagali yasovullar qo\u2019yishdi. Ular isyonchilarni kaltaklashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq ko\u2019rilgan choralar qo\u2019zg\u2019olonchilarni tiyin qo\u2019yish uchun yetarli bo\u2019lmadi. Shunda shahar hokimlari barcha faqiru gadoning shahardan badarg\u2019a qilinishini aytishdi. Samarqand himoyasi faqat badavlat kishilar zimmasiga yuklandi. O\u2019sha voqealarning shohidi bo\u2019lmish shoir Muhammad Solihning ta\u2019riflashicha, kambag\u2019al boyoqishlar bir-birining etagini tutib, shahardan chiqib ketishar, bamisoli qamoqda yotgan kishiday yuzlari za\u2019faron, qoq-quruq cho\u2019pni eslatardi. \u201cUlarning yurishiga ham, qaddilarini rostlashga ham madorlari yetmasdi\u201d. Samarqanddan quvilganlar Zahiriddin Bobirning siyosiy muxolifidan bekorga marhamat kutishdi: o\u2019zlarini qamal qilinganlar qarorgohiga olib borgali dorug\u2019a tayinlashni so\u2019rab Shayboniyxon huzuriga yo\u2019llagan kishi bosqinchilardan shafqat ko\u2019rmadi. Odatda Temuriylar qarorgohidan qochib kelganlarni bajonu dil qarshi oladigan, elning badavlat va o\u2019rta hol tabaqasini o\u2019z tomoniga tortishga intiladigan Shayboniyxon Samarqanddagi ochlik isyonida qatnashganlarni panohiga olmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kambag\u2019allarning haydalishi va shahardagi qo\u2019zg\u2019olonning bostirilishi Mirzo Bobirning mavqeini mustahkamlamadi. U o\u2019z ahvolining tangligini ko\u2019rib, 1501 yilning ikkinchi yarmida bir kechada Samarqandni tashlab chiqdi va choqqina otryadi bilan Toshkentga, mo\u2019g\u2019ul xoni Mahmud huzuriga yo\u2019l oldi, Shayboniyxon esa, endi ikkinchi marta, bu gal hech moneliksiz Samarqandni egalladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniyxon Samarqand taxtiga o\u2019tirgach, davlat ishlarini tartibga solish va mamlakat ekonomikasini tiklash borasida birmuncha tadbirlar ko\u2019rdi. Pulni isloh qilish ko\u2019prik, yo\u2019l va rabotlar qurish hamda tuzatish, sug\u2019orish masalalarini hal etish, Samaqand viloyati dehqonlari xo\u2019jaligini tiklashga urinish va boshqa shu kabi ishlar Samarqandda savdo va hunarmandchilikni yo\u2019lga qo\u2019yishga, markaziy hokimiyatini mustahkamlash va mamlakat xo\u2019jaligini ko\u2019tarishga yordam berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayboniyxon Marv yaqinida halok bo\u2019lgandan keyin Samarqanddagi nisbiy iqtisodiy va siyosiy ko\u2019tarilish yillari endi feodal urushlari, o\u2019zbek sultonlarining toj-taxt talashlari bilan almashdi. O\u2019sha vaqtda Kobulni egallab turgan Zahiriddin Bobir sultonlar o\u2019rtasidagi nifoqdan foydalanib, Eron shohi Ismoilning katta madadi bilan yana Samarqand bilan Buxoroni bosib oldi. Uning amri bilan Samarqanddagi Jome masjidda shia imomlarining nomi xutbaga qo\u2019shib o\u2019qitildi. Bobirning ko\u2019pgina boshqa harakatlari singari bu ishi ham shahar ahliga yoqmadi, shu sababli uni qo\u2019llab-quvvatlamadi. Samarqandda sakkiz oy turgan Zahiriddin Bobir Hisorga qochishga majbur bo\u2019ldi, oradan birmuncha vaqt o\u2019tib, Eron lashkarlari G\u2019ijduvon yaqinida mag\u2019lubiyatga uchragandan keyin, Hisorni ham qoldirdi va Movarounnahrni umrbod tark etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ubaydullo Sulton (Shayboniyning jiyani) ning yaqinlaridan biri bo\u2019lgan Xo\u2019ja Nizom boshchiligidagi samarqandliklar Ubaydullo Sultonning Samarqandga kelishi so\u2019ratib, uning qoshiga \u201cSultonlar sultonining vaziri\u201d Xo\u2019ja Sulton Ibrohimni yubordi. Ubaydullo darrov shaharni egalladi: u xon martabasini qabul qildi va o\u2019z nomini xutbaga qo\u2019shib o\u2019qitdi. Biroq tez orada uning roziligi bilan Ko\u2019chim sultonni oliy hokim qilib ko\u2019tardilar, lekin hokimiyat rasman Ubaydulloning qo\u2019lida qolaverdi. Keyinchalik, 1533-1539 yillarda Ubaydullo butun davlatning hukmroni bo\u2019ldi. Shu yo\u2019sinda 1512 yili Samarqand yana Shayboniylar qo\u2019liga o\u2019tdi. Zayniddin Vosifiyning \u201cBadoye al-vaqoi\u201d asarida feodallarning adolatlari va taxt uchun sulolalar o\u2019rtasidagi kurash avj olib ketgan og\u2019ir kunlarda ko\u2019pgina samarqandliklar ochlik va muhtojlikdan qirilib ketganligi aks ettirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Temuriylar o\u2019rnini egallagan va Muhammad Shayboniy ajdodi nomi bilan tarixga kirgan yangi sulola Shaybonixon taxtga o\u2019tirgandan boshlab XVI asrning oxirigacha qisqa muddatli tanaffuslar bilan mamlakatni boshqardi.<\/p>\n\n\n\n<p>XVI asrning dastlabki yigirma yili mobaynida Samarqand Shayboniylar davlati iqtisodiy va siyosiy hayotining markazi bo\u2019lib qolaverdi. Shundan keyingi o\u2019n yilliklarda Samarqand bilan bir qatorda, Buxoro, Toshkent va Balx ham poytaxt shahar bo\u2019lishga da\u2019vogarlik qilib turdi. Ayni vaqtda Samarqand o\u2019zbek davlatining siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim mavqeini davom ettirdi, qizg\u2019in ichki va tashqi savdoning markazi bo\u2019ldi. Biroq sultonlarning ayrim guruhlari o\u2019rtasida toj-taxt uchun olib borilgan shiddatli kurash mamlakatning xo\u2019jalik hayotini izdan chiqardi, shaharning iqtisodiy rivojlanishiga to\u2019sqinlik qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand boy shahar sifatida sultonlarni jazm etardi. Movarounnahrning oliy hokimi sifatida Samarqandni boshqarish aksari sultonlarning maqsadi edi. Ayni vaqtda Samarqand hukmdorlarining o\u2019zlari ham qo\u2019shni shahar va viloyatlar ahli hisobiga boyimoqchi bo\u2019lishardi. Chunonchi, 1540-1551 yillarda Samarqandga hukmronlik qilgan Abdullatifxon Toshkent xoqoni Navro\u2019z Ahmadxon (Baroqxon) bilan birgalikda Karmanaga hujum qildi; lekin mahalliy hokim bo\u2019lg\u2019usi qudratli xon Abdullo sulton bu hujumni shijoat bilan daf etdi. Abdullatifxon o\u2019lganidan keyin Navro\u2019z Ahmadxon Samarqandga qo\u2019shin tortdi. U faqat keyingi yurishdagina shaharni zabt eta oldi, so\u2019ngra Shahrisabzni o\u2019ziga bo\u2019ysundirdi. Uning Buxoro ustiga qilgan yurishlari (garchand u shaharni biz oz egallab turgan bo\u2019lsa-da) kutilgan natijani bermadi. Shu vajdan u Said Burxonxon bilan ittifoq tuzib qo\u2019ya qoldi. Shunisi qiziqki, o\u2019sha davrdagi Samarqand hokimi ham, Buxoro hokimi ham tarixiy asarlarda xon deb atalgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandning ayrim hokimlari feodal jamiyatidagi muayyan doiralarning iqtisodiy mavqeini kuchaytirish yo\u2019li bilan o\u2019z hokimiyatlarini mustahkamoqchi bo\u2019ldilar. Chunonchi, Samarqandni besh yilcha idora qilgan va Movarounnahrning oliy hokimi hisoblangan Navro\u2019z Ahmadxon Samarqandning xo\u2019jalik hayotini tartibga solish yuzasidan ba\u2019zi bir tadbirlarni ko\u2019rdi, jumladan, shahar atrofidagi yerlarni sug\u2019orish ishlarini amalga oshirdi. Aholi asosiy qismining ahvoli esa, bari bir nihoatda og\u2019irligicha qolaverdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Navro\u2019z Ahmadxon o\u2019lgach (1556 yil), Samarqand uning o\u2019g\u2019li Bobo Sulton qo\u2019liga o\u2019tdi. Abdullatifxonning o\u2019g\u2019li \u2013 Gadoyxon Axsi va Andijonning hokimi bo\u2019lgan akasi Juvonmard Ali bilan birgalikda Samarqandni bosib olishga azm qilib, Abdullo sultondan madad so\u2019radi. Shuhratparast va uddaburro Abdullo sulton sulola janjallariga aralashib, xon taxti uchun kurashning avval boshida Samarqandning sobiq hukmdori o\u2019g\u2019illari bilan ittifoq tuzdi. Bu o\u2019g\u2019illar Bobo Sulton yo\u2019qligidan foydalanib, Abdullo sultonning ko\u2019magi bilan 1557 yili Samarqandni ishg\u2019ol qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonlar Samarqandni egallash uchun o\u2019sha yillar va undan keyingi yillarda qattiq kurash olib bordi. Hunarmandlar, aholining o\u2019rta hol va kambag\u2019al taqabalar shaharni feodal lashkarlarining hujumlaridan himoya qilishda faol qatnashdilar. Abdullaxon II ning tarixchisi Hofiz Tanish ana shu shaxsni ko\u2019klarga ko\u2019tarib maqtash uchun ataylab yozgan \u201cAbdullanoma\u201d asarida e\u2019tirof etganidek, Abdullaxon II Samarqandni qamal qilganda, \u201cqal\u2019a odamlari\u201d garchi \u201cnatijasiz\u201d bo\u2019lsa-da, ammo mardonavor qarshilik ko\u2019rsatdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1576 yilda Samarqandni Abdullaxon II bosib oldi. U hukmronlik qila boshlashi bilan Shayboniylar davlatining poytaxti uzil-kesil Buxoroga o\u2019tdi. Abdullo hukmronligi davrida Samarqandda nisbatan osoyishtalik o\u2019rnatildi. U 1580 yilda Samarqandga tashrif buyurganida, Hofiz Tanishning ta\u2019biricha, shaharning qulayozgan barcha imoratlarini sozlashni buyurgan. Biroq to\u2019xtovsiz davom etayotgan harbiy to\u2019qnashuvlar butun mamlakatning, shu jumladan, Samarqandning ham iqtisodiy ahvoliga og\u2019ir ta\u2019sir ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdullaxon hukmronligining so\u2019nggi yillari tashqi siyosat sohasidagi muvaffaqiyatsizliklar bilan xarakterlanadi. Qozoq qabilalarini qisqa vaqt birlashtira olgan qozoq xoni Tavakkal Toshkentni bosib oladi va 1599 yilda Samarqandni egallashga urinadi. O\u2019zbek qo\u2019shinlari mag\u2019lubiyatga uchraydi. Qarib qolayotgan Abdullaxon II ning o\u2019zi qozoq sultonlari lashkarlariga qarshi otlanadi, lekin maqsadiga yeta olmay, Samarqandda vafot etadi. Feodal lashkarlarining harbiy harakati va oliy hukmdorning almashinuvi shaharning iqtisodiy hayotini yana buzdi, Samarqand mehnat ahlining turmushini yanada og\u2019irlashtirdi. Abdullaxon II ning o\u2019g\u2019li Abdulmo\u2019min halok bo\u2019lishi bilan Shayboniylar hukmronligi tamom bo\u2019ldi va XVII asr boshlarida Movarounnahr tuprog\u2019ida hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasiga o\u2019tdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XV asrning oxirida ko\u2019p sonli Temuriy sultonlari o\u2019rtasida Samarqand taxtini egallash uchun shiddatli kurash ketdi. Bir necha yil cho\u2019zilgan bu kurash mamlakatning iqtisodiy ahvoliga halokatli ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Poytaxt shahardan ayrilib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xvi-asr-xix-asrning-birinchi-yarmida-samarqand-shayboniylar-samarqandda\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153347","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153347","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153347"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153347\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153348,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153347\/revisions\/153348"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153347"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153347"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153347"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}