{"id":153376,"date":"2025-09-15T09:57:28","date_gmt":"2025-09-15T06:57:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153376"},"modified":"2025-09-15T09:57:29","modified_gmt":"2025-09-15T06:57:29","slug":"husayn-boyqaro-tasis-etgan-oliy-majlis-haqida-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/husayn-boyqaro-tasis-etgan-oliy-majlis-haqida-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Husayn Boyqaro ta\u2019sis etgan \u201cOliy majlis\u201d haqida bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Xuroson hukmdori Husayn Boyqaro saroyida muntazam adabiy yig\u2018inlar o\u2018tkazilgani ma\u2019lum.&nbsp;Ijodiy mashvarat esa tarixiy manbalarda \u201coliy majlis\u201d deya tilga olinadi. Xususan, Alisher Navoiy \u201cXazoyin ul-maoniy\u201d debochasida bunday yozadi<em>:<\/em>&nbsp;\u201c&#8230;ul hazrat (Husayn Boyqaro) o\u2018z oliy majlisida o\u2018ltirar, &#8230;ellik, oltmish yo yuz g\u2018azalga yaqin yig\u2018ilsa erdi, hazrati Sultoni sohibqironga ko\u2018rib chiqish uchun yetkurur erdim va ul hazrat alarg\u2018a shafqat yuzidan boqib, zeb-u ziynatlab, tabdil qilib, har g\u2018azalni tartibga keltirur erdi\u201d&nbsp;<em>(Alisher Navoiy. To\u2018la asarlar to\u2018plami. 1-jild. Toshkent, G\u2018afur G\u2018ulom nomidagi NMIU, 2012. 17-bet).<\/em><\/p>\n\n\n\n<p>Xo\u2018sh, \u201coliy majlis\u201d deya ulug\u2018langan adabiy hay\u2019at ahli kimlardan iborat bo\u2018lgan?<\/p>\n\n\n\n<p>Xondamir \u201cMakorim ul-axloq\u201d asarida Navoiyni fazilat va kamolot majlislari to\u2018rida o\u2018tiruvchi siymo deb ataydi. Zayniddin Vosifiy esa \u201cBadoye ul-vaqoye\u201d asarida Husayn Boyqaro oliy majlisga Navoiydan tashqari Pahlavon Muhammad, Xojagi Abdullo Marvarid, Xoja Kamoliddin Husayn Nizomulmulk, Amir Sayyid Badr, Mirqosim Turkigo\u2018y, Amir Joniy mavla, Amir Nizom Muqallid, Qosim Mirhusayniy, Mirzoyi Taryokiy, Tohir Chakka, Sarvi Labijo\u2018y, Mohi Simnoniy, Mirak Za\u2019faroniy, Ruhullo pari, Shomuhammad xonanda kabi adabiyot va san\u2019at ahlini taklif etganini yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yig\u2018inlarning \u201coliy majlis\u201d deb atalgani bejiz emas. Birinchidan, yig\u2018in saroyda \u2013 oliy dargohda bo\u2018lib o\u2018tgan. Ikkinchidan, unda Xuroson mamlakatining ilm-u ijodda peshqadam zotlari, ya\u2019ni o\u2018z davrining elitasi jamuljam bo\u2018lgan. Uchinchidan, bu majlislarda adabiyot va san\u2019atga doir dolzarb masalalar ko\u2018rib chiqilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Oliy majlis o\u2018z davrining nozim va nosir ahli uchun tahrir hay\u2019ati vazifasini o\u2018tagan. Adabiy hay\u2019at hukmiga yangi asarlar havola qilingan. Hay\u2019at ahli bildirgan fikr-mulohazalar asosida asarlardagi kamchiliklar tuzatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMajolis un-nafois\u201dda hikoya qilinishicha, oliy majlisda Xusrav Dehlaviyning bir g\u2018azali muhokama qilinadi. She\u2019rda yiqilayotgan mahbub yomg\u2018irga suyanib, balchiqdan turgani qalamga olinadi. Ko\u2018pchilik maqtayotgan ushbu g\u2018azalga Husayn Boyqaro e\u2019tiroz bildirib, mahbubning osmondan yerga yog\u2018ayotgan yomg\u2018irga suyanishi mantiqqa ziddir, deydi. Majlis ahli Sultonning haqli e\u2019tiroziga tahsin aytadi. Bundan tashqari, hukmdor majlisda o\u2018qilgan Kobuliy taxallusli shoir g\u2018azalidagi bir bayt Navoiyniki ekanini payqab qoladi. Navoiy haqiqatan ushbu baytni tahrir qilish asnosida qayta yozib berganini ma\u2019lum qiladi. Bu voqea Boyqaro do\u2018stining she\u2019riy uslubini mukammal bilganidan dalolatdir.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMuhokamat ul-lug\u2018atayn\u201dda oliy majlislarda tilshunoslik masalalari ham muhokama qilingani qayd etiladi. Umuman, adabiy yig\u2018inda nafaqat tilshunoslik, balki badiiy, falsafiy, diniy va boshqa masalalarda bahs-munozaralar qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Manbalarga ko\u2018ra, oliy majlis nazm va nasr javohirlarini ko\u2018chirtirib, tarqatishga-da ko\u2018mak bergan.&nbsp;Sulton kutubxonasi boshlig\u2018i, shoir Mavlono Fasihiddin Sohibdoro adabiy yig\u2018inda muntazam ishtirok etgan. Majlis qarori bilan kitobat qilingan noyob qo\u2018lyozmalar saroy kutubxonasidan joy olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Husayn Boyqaro adabiy yig\u2018inlarni tashkil etishda bobosi Amir Temurdan o\u2018rnak olgan. \u201cTemur tuzuklari\u201dda Sohibqiron saroyida muntazam majlislar o\u2018tkazilgani va majlis ahliga maosh tayinlangani qayd etiladi&nbsp;<em>(Temur tuzuklari. Toshkent, \u201cO\u2018zbekiston\u201d, 2014. 90<\/em><em>\u2013<\/em><em>100-betlar)<\/em>.<\/p>\n\n\n\n<p>Vengriyalik sayyoh Herman Vamberi e\u2019tirof etganidek, madaniyat va san\u2019at Andalusiyada umaviylar, Arabistonda abbosiylar davlatini istisno etganda, islom olamining boshqa biror o\u2018lkasida temuriylar davridagi kabi nash\u2019u namo topmadi\u00a0<em>(Vamberi H. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. Toshkent, G\u2018afur G\u2018ulom nomidagi Adabiyot va san\u2019at nashriyoti, 1990. 72-bet).\u00a0<\/em>Temuriylar davri ma\u2019naviy taraqqiyotida esa Hirot saroyidagi oliy majlislarning ham munosib hissasi bo\u2018lgan desak, mubolag\u2018a bo\u2018lmas.<br><\/p>\n\n\n\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/oyina.uz\/uz\/teahause\/292\">oyina.uz<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xuroson hukmdori Husayn Boyqaro saroyida muntazam adabiy yig\u2018inlar o\u2018tkazilgani ma\u2019lum.&nbsp;Ijodiy mashvarat esa tarixiy manbalarda \u201coliy majlis\u201d deya tilga olinadi. Xususan, Alisher Navoiy \u201cXazoyin ul-maoniy\u201d debochasida bunday yozadi:&nbsp;\u201c&#8230;ul hazrat (Husayn Boyqaro) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/husayn-boyqaro-tasis-etgan-oliy-majlis-haqida-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":152644,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-153376","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153376","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153376"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153376\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153377,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153376\/revisions\/153377"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/152644"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153376"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153376"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153376"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}