{"id":153524,"date":"2025-09-17T12:36:28","date_gmt":"2025-09-17T09:36:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153524"},"modified":"2025-09-17T12:36:28","modified_gmt":"2025-09-17T09:36:28","slug":"samarqandda-xvii-asrda-va-xix-asrning-birinchi-yarmida-hunarmandchilik-va-savdo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqandda-xvii-asrda-va-xix-asrning-birinchi-yarmida-hunarmandchilik-va-savdo\/","title":{"rendered":"Samarqandda XVII asrda va XIX asrning birinchi yarmida hunarmandchilik va savdo"},"content":{"rendered":"\n<p>Samarqand XVII asrda hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo-sotiqning yirik markazi bo\u2019lib qoldi. Hunarmandchilik tobora ixtisoslashdi. To\u2019qimachilik ishlab chiqarishi \u2013 turli nav va turdagi ip gazlama va shoyi gazlamalar, dasturxonlar, darpardalar, belbog\u2019lar va boshqa shu kabi buyumlar ishlab chiqarish ayniqsa rivoj topdi. Tayyor kiyimlar tikish katta o\u2019rin egalladi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019quvchilarning mahsuloti o\u2019zining yuqori sifati bilan ajralib turar va haqli suratda hurmatga sazovor bo\u2019lar edi. Samarqandda gul solingan turli rangdagi shoyi va atlas gazmollar, abr, ip va shoyi olacha, zandoniy, bo\u2019z, mitqali guldor gazlama va hokazolar ishlab chiqarilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro bilan savdo qilgan rus savdogarlarning xabar berishlaricha, xonlikda (Samarqand ham shu xonlikka kirar edi) xilma-xil shoyi va ip gazmollar ishlab chiqarilgan. Filipp Yefremovning xotira daftarlarida quyidagilar qayd qilingan edi: \u201cbu yerda ipak qurti boqiladi, bundan ko\u2019pgina ipak olinadi, ipakdan esa zarli va kumushli yo\u2019l-yo\u2019l parchalar, atlaslar, baxmallar, magremantlar to\u2019qishadi, mayda-mayda zar solingan yo\u2019l-yo\u2019l qutnilar va boshqa xil parchalar to\u2019qishadi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand territoriyasida zardo\u2019zlar mahallasi bo\u2019lganligi haqida XVII asr manbalarida eslatib o\u2019tiladi. Ustalar gilam va gilam buyumlari ham to\u2019qishardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yog\u2019ochsozlik hunari keng rivoj topgan edi. Har xil yog\u2019ochlardan, ayniqsa, qattiq pishiq daraxtlardan qishloq xo\u2019jalik asbob-uskunalari (omochlar, panshaxalar, belkuraklar va hokazolar), uy jihozlari, boshmoqlar, charxlar, eshik qulflari, to\u2019qimachilik dastgohlari, egarlar, ustun qoshlari, naqshli ustunlar, eshiklar, mebel va boshqa narsalar tayyorlanar edi. Hunarmandlar orasida duradgorlar, g\u2019isht teruvchi ustalar ham bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand o\u2019zining zargarlari bilan shuhrat qozongan edi. Ular kumush va misdan, ba\u2019zan oltindan ham ayollar uchun bezaklar, taqinchoqlar tayyorlashar, ularni qimmatbaho toshlar bilan qoplashardi; ba\u2019zan uzangilarni, shu jumladan, egar-jabduqlarni ham kumush bilan bezatishardi. Bu davrda bo\u2019yoqchilik, sovun pishirish yanada rivojlanadi. Avvalgidek, bu davrda ham Samarqandda sifatli qog\u2019oz ishlab chiqarilardi. A.Vamberining aytishicha, Buxoro va Samarqand qog\u2019ozi Turkistondagina emas, balki qo\u2019shni mamlakatlarda ham ma\u2019lum va mashhur edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu xil mahsulot tayyorlaydigan hunarmandlar tsexlarga birlashardi. Tsex a\u2019zolari, odatda, shaharning bir mahallasiga yashar edi. Ba\u2019zi mahallalarning nomi bilan tasdiqlaydi. Samarqandda Zargaron (zargarlik bilan shug\u2019ullanuvchi ustalar), So\u2019zangaron (igna tayyorlovchi ustalar), Charmgaron (ko\u2019nchilar), Xarroton (yog\u2019och yo\u2019nuvchi ustalar), Kulolonon (kulollar), Zingaron (egar-jabduqlar tayyorlaydigan ustalar), Sharbatdaron (shirin ichimliklar tayyorlovchilar) va boshqa mahallalar saqlanib qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu davrda O\u2019rta Osiyo boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarining ancha rivojlantirdi. Chunonchi, Samarqand va Buxorodan Rossiya va Hindistonga shoyi va ip gazmollar olib borilar edi. O\u2019z navbatida savdogarlar Hindiston, Eron, Xitoydan turli gazmollarni olib kelishardi. O\u2019rta Osiyoning Moskva davlati bilan savdo aloqalari rivojlangan edi. Savdogarlar Moskva davlatiga ham teri, oshlangan qo\u2019y terisi, jun gazlama, yog\u2019och idish-tovoqlar va boshqa narsalarni olib borishardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand savdogarlari tashqi savdoda ham faol qatnashdilar. Masalan, 1577 yilda Buxorodan Moskvaga borgan savdo elchixonasi sostavida Samarqand vakili Xo\u2019ja To\u2019ra va boshqalar bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>XVII asr O\u2019rta Osiyo bilan Moskva davlati o\u2019rtasida diplomatik tashqi munosabatlari haqidagi ko\u2019pgina rasmiy hujjatlarda Samarqand tilga olib o\u2019tiladi. Masalan, Nodir Muhammadxon (1642-1645) podsho Mixail Fedorovichga (1645 yil mart) yo\u2019llagan maktubida o\u2019zining taxtga o\u2019tirganini va Moskva davlati bilan avvalgidek do\u2019stona munosabatlarni, savdo aloqalarni davom ettirishini va asirlar ayirboshlashni istayotganligini ma\u2019lum qiladi. Nodir Muhammadxon kattakon davlatning boshlig\u2019i ekanligini va bu davlat tarkibiga Samarqandning ham kirganligini maktubida uqtirib o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>XVIII asrning oxirida Samarqand bozorlariga Rossiya, Xitoy, Hindistondan turli buyumlar keltirilar edi. O\u2019z navbatida Samarqand viloyati ham shu mamlakatlarga qog\u2019oz, olachadan tayyorlangan choponlar, sopol buyumlar, quruq meva, qorako\u2019l teri, ot-ulovlar yetkazib berardi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asrning birinchi yarmida ichki va tshqi savdoning yanada o\u2019sganligi ko\u2019zga tashlanadi. Shaharda karvon saroylar va do\u2019konlarning ko\u2019payganligi ana shundan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIX asr boshlarida Grigoriy Spasskiy nashr etgan \u201cAziatskiy vestnik\u201d (\u201cOsiyo axboroti\u201d) dagi \u201cBuyuk Buxoroning eng yangi tavsifi\u201d sarlavhali maqolada Shohmurod hukmronlik qilgan davrdagi ahvol haqida quyidagilar hikoya qilinadi: \u201cSamarqandning o\u2019rtacha navli qog\u2019ozi singari asosan bizga keltiriladigan Miyonqal\u2019a qog\u2019ozi ham o\u2019z joyida 45 so\u2019mdan 55 so\u2019mgacha turadi, bu yerga (Orenburgga) olib kelishgach, u 80 so\u2019m chamasida sotiladi (bir pudi). Teandar va mazdavon deb atalgan past navli qog\u2019ozlar o\u2019z joyida 40 so\u2019mdan 45 so\u2019mgacha, bu yerda esa 60 so\u2019mdan 70 so\u2019mgacha narxda sotiladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Rahimxon (1753-1758) o\u2019tmishda ro\u2019y bergan g\u2019alayonlardan zarar ko\u2019rgan Samarqand hayotini qayta tiklashga harakat qildi. U Hisorni bosib olgach, ilgari Samarqandda yashagan kishilarning hammasini bu yerga ko\u2019chirib olib borishni buyurdi. Shu munosabat bilan XVIII asrning 50-yillarida Hisordan Samarqandga bir necha ming oila ko\u2019chirilgan edi. Samarqand XIX asrning o\u2019rtalarida Buxoro xonligining ikkinchi eng muhim savdo va hunarmandchilik markazi hisoblanardi. Bu shaharda 30 mingga yaqin aholi yashar edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Samarqand XVII asrda hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo-sotiqning yirik markazi bo\u2019lib qoldi. Hunarmandchilik tobora ixtisoslashdi. To\u2019qimachilik ishlab chiqarishi \u2013 turli nav va turdagi ip gazlama va shoyi gazlamalar, dasturxonlar, darpardalar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/samarqandda-xvii-asrda-va-xix-asrning-birinchi-yarmida-hunarmandchilik-va-savdo\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-153524","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153524","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153524"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153524\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153525,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153524\/revisions\/153525"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153524"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153524"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153524"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}