{"id":15353,"date":"2022-01-23T08:37:20","date_gmt":"2022-01-23T05:37:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15353"},"modified":"2022-01-23T08:37:22","modified_gmt":"2022-01-23T05:37:22","slug":"baroqxon-madrasasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/baroqxon-madrasasi\/","title":{"rendered":"BAROQXON MADRASASI"},"content":{"rendered":"\n<p>BAROQXON MADRASASI &#8211; Toshkentda qurilgan madrasa (1531\/32 \u2014 16-asr 2-yarmi). Hovli atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq bo&#8217;lib, madrasaning g&#8217;arbiy qismi birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq g&#8217;ishtdan ishlangan. Ba&#8217;zi joylari sinchli. Baroqxon madrasasi o&#8217;rnida dastlab 2 (katta va kichik) maqbara bo&#8217;lgan. Kichik maqbarada Baroqxon qabri bor. Uning to&#8217;rt tomonidagi eshiklaridan uchtasi keyinroq berkitib tashlangan (qolgan eshikdan zina bilan tomga chiqilgan). 1904 yilda masjidga aylantirilgan katta maqbarada Toshkent hokimi Suyunchxo&#8217;ja qabri joylashgan. Baroqxon ikki maqbarani o&#8217;z ichiga olgan Madrasa qurdirgan. Madrasaning Sharq tomonidagi ulkan peshtoqqa rang-barang sirkor g&#8217;ishtchalardan namoyon terilgan. U handasiy va girih naqshlar bilan hoshiyalangan. Peshtoqning yuqori qismi saqlanmagan. Asosiy peshtoqning orqa tomonida yana peshtoq va besh qirrali ravoq bor. G&#8217;arb tomondagi ichki peshtoq ko&#8217;k gumbazning tarkibiy qismi bo&#8217;lgan. Baroqxon madrasasining to&#8217;rt burchagida cho&#8217;ziq xona (qorixona)lar bo&#8217;lgan. Bino shakli va bezaklari o&#8217;z holicha qolgan. Uning 22 metrli gumbazi ko&#8217;k sirkor g&#8217;ishtchalar bilan pardozlangan (gumbaz 1868 yilgi zilzila paytida qulab tushgan). Gumbaz ostidagi 4,5 metrli poygumbazga turli rangdagi sirkor g&#8217;ishtchalardan handasiy va girih naqshlar terib yaratilgan, Qur&#8217;on suralari bitilgan. Maqbara ichki qismidagi bezaklar keyinchalik ko&#8217;chib tushgan. Ichki devorning tepa qismida ganchdan ishlangan naqshlar bo&#8217;lib, ularga oltin suvi yugurtirilgan, pastki qismida olti burchakli sopollardan terilgan keng izora bor (ular yashil sirkor, zarhalli g&#8217;ishtchalar bilan ajratilgan). 20-asr boshlaridagi ta&#8217;mir vaqtida qadimgi bezaklarning qoldig&#8217;i ko&#8217;chirib tashlanib, oq ganch bilan suvalgan. Baroqxon madrasasi naqshlarining go&#8217;zalligi, qurilish uslubi jihatidan Samarqandning eng yaxshi me&#8217;moriy yodgorliklari (15-asr ikkinchi yarmidagi oq saroy va Ishratxona) ga yaqinlashadi. 1946, 1949, 1951, 1967 yillarda ta&#8217;mir ishlari olib borilgan. Baroqxon madrasasida O&#8217;zbekiston Musulmonlari idorasi joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BAROQXON MADRASASI &#8211; Toshkentda qurilgan madrasa (1531\/32 \u2014 16-asr 2-yarmi). Hovli atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq bo&#8217;lib, madrasaning g&#8217;arbiy qismi birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/baroqxon-madrasasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15353","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15353","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15353"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15353\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15354,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15353\/revisions\/15354"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15353"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15353"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15353"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}