{"id":153569,"date":"2025-09-18T14:29:30","date_gmt":"2025-09-18T11:29:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153569"},"modified":"2025-09-18T15:13:29","modified_gmt":"2025-09-18T12:13:29","slug":"amir-temur-tanbehlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-tanbehlari\/","title":{"rendered":"Amir Temur tanbehlari"},"content":{"rendered":"\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Avval tevarak-atrofga ko\u2019z tashlanglar, keyin dushman ustiga ot solinglar.<\/li>\n\n\n\n<li>Agar biron ishni qilmaslikka so\u2019z bergan bo\u2019lsang, uning yaqiniga ham borma.<\/li>\n\n\n\n<li>Agar dushmaning mehr-shafqat, muruvvat, xayr-ehsoningni ko\u2019rsa-yu, keyin yana dushmanlik yo\u2019lini tutsa, uni Parvadigori olamning hukmiga topshir.<\/li>\n\n\n\n<li>Agar dushmaning panohingga bosh urib kelguday bo\u2019lsa, unga yaxshilik qil, muruvvat ko\u2019rsat.<\/li>\n\n\n\n<li>Agar mamlakat hokimsiz qolsa, unga zarar-ziyon yetdi. Hol-ahvolida fahsh (buzuqlik) yuz beradi.<\/li>\n\n\n\n<li>Agar podshoh zolim bo\u2019lib, vaziri odil bo\u2019lsa, podshohning jabru zulmini to\u2019xtatish chora-tadbirlari ko\u2019radi. Agar vazir zolim bo\u2019lsa, unda saltanat ishlari tez orada zavollikka yuz tutadi.<\/li>\n\n\n\n<li>Agar sizlar tarqoq holda bo\u2019lsalaringiz, dushmanlaringiz xuddi hovuzga sho\u2019ng\u2019iganday, qon daryolaringizga sho\u2019ng\u2019iydilar.<\/li>\n\n\n\n<li>Agar fikringiz ittifoqqa kelib, orzu-havasingiz bir bo\u2019lsa, farzandlaringiz ulg\u2019ayib, dushmanlaringiz mag\u2019lub bo\u2019ladilar.<\/li>\n\n\n\n<li>Agar insof bilan jahon gulshani obod bo\u2019lur.<\/li>\n\n\n\n<li>Adovat emas, adolat kerak.<\/li>\n\n\n\n<li>Adolatu insof bilan Tangri bandalarinig o\u2019zingdan rozi qil.<\/li>\n\n\n\n<li>Ajal \u2013 qo\u2019rqoqqa bahona.<\/li>\n\n\n\n<li>Aslida davlat Tangri taoloning fazlu inoyatidandir, ammo sababchisi bandasi bo\u2019ladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Donolar aytganlar: aqlli dushman johilu nodon do\u2019stdan yaxshiroqdir.<\/li>\n\n\n\n<li>Aqlli kishi uchun to\u2019la baxt-saodat bilan kelgan xursandchilikdan ko\u2019ra, azobu uqubatdan keyin kelgan xursandchilik afzaldir.<\/li>\n\n\n\n<li>Aqli raso va xushyor kishilardan kengashu tadbir so\u2019rab, fikrini ol.<\/li>\n\n\n\n<li>Ahliga vafo qilmagan kishi oxiri jazoga mubtalo bo\u2019ladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Bekorchi, fisqu fasodchi va ishyoqmas kishilarni viloyatu shaharingda tutma.<\/li>\n\n\n\n<li>Belgilab qo\u2019yilgan ishingni to\u2019g\u2019ri tadbir, qat\u2019iy jazm, sabr-toqat va ehtiyotkorlik bilan, keyinini o\u2019ylab qil.<\/li>\n\n\n\n<li>Baxt-saodat va mulk eshiklarining menga ochilishi Seiston o\u2019qi sababidan bo\u2019ldi.<\/li>\n\n\n\n<li>Bir yerda turaverish qo\u2019shinning tarqalib ketishiga sabab bo\u2019ladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Bilgan va tanigan odamlaringni unutma.<\/li>\n\n\n\n<li>Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo\u2019llarini belgilan qo\u2019y.<\/li>\n\n\n\n<li>Bir ishni qilish qaror bergan bo\u2019lsang, qilmaguncha qo\u2019yma.<\/li>\n\n\n\n<li>Bir gunohkorning o\u2019rniga boshqasiga jabr-zulm qilma.<\/li>\n\n\n\n<li>Bir kalima shirin so\u2019z qilichni qiniga solidi.<\/li>\n\n\n\n<li>Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzaldir.<\/li>\n\n\n\n<li>Bir kun keladiki, zolimlar barmoqlarini tishlab qolishadi.<\/li>\n\n\n\n<li>Bilagi zo\u2019r birni yiqar, bilimi zo\u2019r mingni.<\/li>\n\n\n\n<li>[Odamlar to\u2019g\u2019ri aytadilar:] bir g\u2019ilofga ikki qilich sig\u2019mas.<\/li>\n\n\n\n<li>Birliksiz kuch bo\u2019lmas.<\/li>\n\n\n\n<li>Birovdan yomonlik axtarma, Ig\u2019vo gapni aytsalar, eshitma.<\/li>\n\n\n\n<li>Biron voqea, kor-hol bo\u2019lmasdan turib, oldindan chora-tadbirini ko\u2019rib qo\u2019y.<\/li>\n\n\n\n<li>Biron ishni qilishga qasd qilgan bo\u2019lsang, butun zehning, vujuding bilan tirishib, bitirmaguncha undan qo\u2019l uzma.<\/li>\n\n\n\n<li>Biron ishni qilmoqchi bo\u2019lsang, amirlaring bilan kengashib olgan keyin, Qur\u2019ondan fol ochib ko\u2019r.<\/li>\n\n\n\n<li>Biron kimsaning haqi bo\u2019lsa, haqini hech qachon unutma.<\/li>\n\n\n\n<li>Biron kimsa bilan tanishgan bo\u2019lsang, uni hech vaqt nazaringdan uzoq tutma.<\/li>\n\n\n\n<li>Botir jangda bilinear, dono mashvaratda.<\/li>\n\n\n\n<li>[To\u2019g\u2019ri aytganlariday:] botir qal\u2019a ochadi.<\/li>\n\n\n\n<li>Boshingga kulfat tushganda ham haqgo\u2019y bo\u2019l.<\/li>\n\n\n\n<li>Boshliqsiz mamlakat \u2013 jonsiz tanadir.<\/li>\n\n\n\n<li>[Juda to\u2019g\u2019ri aytadilar:] bugungi ishni ertaga qo\u2019yma.<\/li>\n\n\n\n<li>Bo\u2019lib o\u2019tgan ishga aziyat chekma, hosil bo\u2019lgan yutuqdan ortiqcha quvonib ketma.<\/li>\n\n\n\n<li>Vazirlar va amirlar xususida yaxshi-yomon gap qilsalar eshit, lekin hukm chiqarganda tamom haqiqat ochilmaguncha shoshilma.<\/li>\n\n\n\n<li>Vazirning aslligi va toza naslligi ruxsat etuvchi va ta\u2019kidlovchi farmonlaridan ko\u2019rinib turadi.<\/li>\n\n\n\n<li>Vaqt o\u2019tgandan keyin qilichingni toshga chop.<\/li>\n\n\n\n<li>Vahima dushmanga yo\u2019ldoshdir.<\/li>\n\n\n\n<li>Garchi dushman ko\u2019rinishida o\u2019zini do\u2019st tutib, ichida hasad va dushmanlik turgan bo\u2019lsa-da, u bilan murosayu madorada bo\u2019l.<\/li>\n\n\n\n<li>Goh qattiqqo\u2019llik bilan, gohida muloyimlik bilan ish tut.<\/li>\n\n\n\n<li>Gunohkorga ham, gunohsizga ham shafqat qilib, haqiqat yuzasidan hukm chiqar.<\/li>\n\n\n\n<li>Davlat agar dinu oyin asosiga qurilmas ekan, tura-tuzukka bog\u2019lanmas ekan, unday davlatning tartibi va qudrati bo\u2019lmaydi.<\/li>\n\n\n\n<li>Davlat ishlarining to\u2019qqiz ulushini tadbir va mashvarat bilan, qolgan bir ulushini esa qilich bilan qildim.<\/li>\n\n\n\n<li>Davlat lashkar va fuqroning sadoqati va fidoiyligi bilan qudratlidir.<\/li>\n\n\n\n<li>Davlat to\u2019rt narsa bilan: saltanat, xazina, sipoh va xalq bilan tirikdir.<\/li>\n\n\n\n<li>Davlatni saltanat tartib-qoidalariga asoslangan holda idora qil.<\/li>\n\n\n\n<li>Davlatu ne\u2019mat martabasiga erishganingda qavm-qarindosh, tanish-bilish va boshqalarning yaxhiligini unutma.<\/li>\n\n\n\n<li>Davlat va siyosat ishlarida layoqati bo\u2019lmagan kishi zulm va sitamga barham berishga ojizdir.<\/li>\n\n\n\n<li>Dorug\u2019alar va hokimlar xalqqa zulm qilib, uni xarob qilgan bo\u2019lsa, qilmishlariga yarasha jazolanishlari kerak.<\/li>\n\n\n\n<li>[To\u2019g\u2019ri aytadilar]: dushmaningga ham jabr-zulm qilma.<\/li>\n\n\n\n<li>Dushman ustiga lashkar tortmoqchi bo\u2019lsang, urush-yarash xususida amirlaring bilan kengashib ol. Agar urushga moyil bo\u2019lsalar, uning foydasini yarash ziyoniga solishtirib ko\u2019r. Qaysi biri foydaliroq bo\u2019lsa, o\u2019shani ixtiyor qil.<\/li>\n\n\n\n<li>[Odamlar to\u2019g\u2019ri aytadilar:] do\u2019stlik imtihonda sinaladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Do\u2019stu dushman tarafdan kimki huzuringga iltijo qilib kelsa, do\u2019stlarga shunday muomalada bo\u2019lginki, do\u2019stligi ortsin. Dushmanga esa shunday muomala qilginki, dushmanligi do\u2019stlikka aylansin.<\/li>\n\n\n\n<li>Yem-xashaksiz ot dovon osholmas.<\/li>\n\n\n\n<li>Yozilgan kitob avlodlar xotirasi uchun qilingan barcha narsalardan ko\u2019proq va uzoq yashaydi.<\/li>\n\n\n\n<li>Johil rahbaring bo\u2019lganidan ko\u2019ra rahbarsiz o\u2019tgan yaxshi.<\/li>\n\n\n\n<li>Zinodan tug\u2019ilgan kishi unga yaxshilik qilgan kishiga yomonlik qilmaguncha, yorug\u2019 jahondan ko\u2019z yumolmaydi.<\/li>\n\n\n\n<li>Zolimlardan mazlumlar haqini undirib ber.<\/li>\n\n\n\n<li>Zulmda davot obi hayotga aylanib, senga rahnamolik qiladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Mamlakatda zulmdan nom-nishona qoldirma.<\/li>\n\n\n\n<li>Ishbilarmon odam mardlik va shijoat sohibidir.<\/li>\n\n\n\n<li>Kengash ikki turli bo\u2019lur: biri til uchida aytilgani, ikkinchisi yurakdan chiqqani. Til uchida aytilganini shunchaki eshitib, yurakdan aytilganini qalbing qulog\u2019iga quyib ol.<\/li>\n\n\n\n<li>Kengash egalari birlik, ittifoqlik bilan so\u2019zda sobit, ishda chidamli bo\u2019lishlari lozim.<\/li>\n\n\n\n<li>Kimki oqilona gapni er kishiga xos shiddat bilan aytsa unga quloq sol\u2026<\/li>\n\n\n\n<li>Kimki Muhammad Mustafoning, unga Tangri taoloning marhamatlari va salomlari bo\u2019lsin, dinini qo\u2019llab-quvvatlasa, sen ham uni qo\u2019llab-quvvatlasa, kimki uni xor qilsa-sen uni zor qil.<\/li>\n\n\n\n<li>Kim senga do\u2019stlik qilsa, do\u2019stligi qadrini unutma, unga mehr-muruvvat, xayr-ehson, izzatu ikrom ko\u2019rsat.<\/li>\n\n\n\n<li>Kimning aqlu shijoatini imtihon tarozusida tortib ko\u2019rgan bo\u2019lsang, uni tarbiya qil.<\/li>\n\n\n\n<li>Kunduzlari tajribali va dono kishilar bilan mamlakatlarni zabt etish shatranji ustida bosh qotirdim, kechalari esa mamlakat ishlarini yurgizish xususida fikr qildim.<\/li>\n\n\n\n<li>Kurashmay erishilgan g\u2019alaba \u2013 ga\u2019laba emas.<\/li>\n\n\n\n<li>Ko\u2019p narsani bilib, sezib tursang ham, o\u2019zingni bilmaslikka sol.<\/li>\n\n\n\n<li>Lashkarni atrofingga to\u2019plash uchun ba\u2019zilariga muruvvat, mehribonlik ko\u2019rsat. Boshqalari bilan esa kelishishga intil.<\/li>\n\n\n\n<li>Maslahat, kengash, tadbirkorlik \u2013 faollik va xushyorlik bilan ish tutishni talab qiladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Nonu tuz haqqini unutgan navkarni huzuringga yo\u2019latma.<\/li>\n\n\n\n<li>[Qur\u2019oni Karimda to\u2019g\u2019ri aytilgan:] nusratu zafar Parvardigori olam fazlu fayzining in\u2019omidir.<\/li>\n\n\n\n<li>Odamlar tarqoq va rahbarsiz bo\u2019lsalar, ular biror ishga yaroqsizdirlar.<\/li>\n\n\n\n<li>Otang yo\u2019lini tut, oyog\u2019ingni jabr-zulmdan tor.<\/li>\n\n\n\n<li>Ochiq yuz, rahm-shafqat bilan ish tut. O\u2019shanda hammasini o\u2019zingga qaratib olasan.<\/li>\n\n\n\n<li>Sayyodning sehri bo\u2019lmasa, domiga ov ilinmaydi.<\/li>\n\n\n\n<li>Saltanatning barqarorligini ta\u2019minlash uchun xazinadagi naqd aqcha va qimmatbaho matolarni sipohiylarcha taqsimlab ber.<\/li>\n\n\n\n<li>Sen xalqning mustahkam va azmat daraxti erursan, chunki xalqing tuyalar kabi senga suyanadilar.<\/li>\n\n\n\n<li>Sizga adovat qilganlarga qarshi bir jon-bir tan bo\u2019lsalaringiz, dushmanlaringizni mahv etasizlar.<\/li>\n\n\n\n<li>Sipohni ikkilantiradigan kengashdan qoch.<\/li>\n\n\n\n<li>Sodiq va vafodor do\u2019st ulkim, do\u2019stidan ranjimaydi, do\u2019stining dushmanini o\u2019z dushman deb biladi, kerak bo\u2019lsa, do\u2019st uchun jonini fido qiladi.<\/li>\n\n\n\n<li>[Odamlar to\u2019g\u2019ri aytadilar:] so\u2019zlashuvchi garchand nodon bo\u2019lsa ham, tinglovchi dono bo\u2019lsin.<\/li>\n\n\n\n<li>Tangri taolo sizdek zolim hokimlar va fuqaroga jabr-zulm qiluvchi podshohlar ustidan hukm yuritish uchun saltanatni bizga berdi.<\/li>\n\n\n\n<li>Tangri taoloning g\u2019azabiga duchor bo\u2019lmayin desang, hech kimga g\u2019azab qilma va u bilan dag\u2019al muomaladan bo\u2019lma.<\/li>\n\n\n\n<li>Toy mingan-ot minadi.<\/li>\n\n\n\n<li>Tuzingni ichib turib yomonlik qilgan odamni Tangri taoloning hukmiga topshir.<\/li>\n\n\n\n<li>[To\u2019g\u2019ri gap:] to\u2019qayga o\u2019t tushsa, ho\u2019lu quruqqa qaramay, hammasini yondiradi.<\/li>\n\n\n\n<li>Uyquda yotgan fitnani uyg\u2019otib qo\u2019yma.<\/li>\n\n\n\n<li>Ulkan meros hamma vaqt ulkan muxoliflik tug\u2019diradi.<\/li>\n\n\n\n<li>Endi tutay desam-qo\u2019l, chopay desam-qilich yo\u2019q.<\/li>\n\n\n\n<li>Fath etilgan mamlakat xalqini qatlu g\u2019oratdan, asiru bandilikdan himoya qil.<\/li>\n\n\n\n<li>Fuqaroning mol-mulkini talon-tarojdan saqla.<\/li>\n\n\n\n<li>Xalq fikrini bitta qilib, yagona ittifoqqa to\u2019plash lozim.<\/li>\n\n\n\n<li>[Qur\u2019oni Karimda aytilganidek:] Xudo bitta, uning sherigi yo\u2019qdir. Shunday bo\u2019lgach, uning mulkiga egalik qiluvchi podshoh ham bittadir.<\/li>\n\n\n\n<li>Chin do\u2019st ulkim, hech vaqt do\u2019stidan ranjimaydi, ranjiganda ham uzrini qabul qiladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Yaxshini yomon kunda imtihon qil [deganlar ulug\u2019lar].<\/li>\n\n\n\n<li>O\u2019z begiga ixlos qo\u2019yib xizmat qilgan navkarning boyligu davlati, noz-ne\u2019matlari kun sayin ortib boradi.<\/li>\n\n\n\n<li>O\u2019rnida qo\u2019llanilgan tadbir bilan son-sanoqsiz lashkarning qilichi ojizlik qilgan har qanday mamlakatni va uning hisobsiz lashkarini yengib, o\u2019zini fath etsa bo\u2019lur.<\/li>\n\n\n\n<li>O\u2019zing tarbiyalagan kishi xarob qilma.<\/li>\n\n\n\n<li>O\u2019ylab ish tutsang, tadbiring taqdirga to\u2019g\u2019ri keladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Qabih xatti-harakat va yomon ishlardan Tangri taolo mulkini saqla.<\/li>\n\n\n\n<li>Qaysi navkar begiga ixlos qo\u2019ymay, ko\u2019nglida kina-qudurat saqlasa, bir kuni baxtsizlikka uchraydi.<\/li>\n\n\n\n<li>Kuch-qudratimizga shak-shubhang bo\u2019lsa, qurdirgan imoratlarimizga boq.<\/li>\n\n\n\n<li>Qo\u2019shilgan-qutilur, qo\u2019shilmagan tutilur [deganlar keksalar].<\/li>\n\n\n\n<li>G\u2019azab o\u2019tini tadbir suvi bilan o\u2019chir.<\/li>\n\n\n\n<li>Dushman tarafdan tushgan asairni o\u2019ldirmanglar. Ixtiyorini o\u2019ziga qo\u2019yinglar. Agar navkarlikni ixtiyor qilsa, navkarlikka qabul qilinglar, yo\u2019q desa, uni ozod qilinglar.<\/li>\n\n\n\n<li>G\u2019animni chuchuk so\u2019z, shirin hikoyalar bilan o\u2019z tarafingiz og\u2019darib olinglar.<\/li>\n\n\n\n<li>Har neki degan bo\u2019lsang, unga amal qil.<\/li>\n\n\n\n<li>Hasad qilib, seni o\u2019ldirmoqchi bo\u2019lsa, o\u2019sha kishiga ham sovg\u2019a-salomlar, in\u2019omlar berib, muruvvat ko\u2019rsat, toki yaxshiliklaringni ko\u2019rib xijolat teriga g\u2019arq bo\u2019lsin.<\/li>\n\n\n\n<li>Har ishda tanglik qilma.<\/li>\n\n\n\n<li>Hech kimdan o\u2019ch olish payiga tushma.<\/li>\n<\/ul>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[180],"tags":[],"class_list":["post-153569","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-haqida-qoshimcha-malumotlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153569","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153569"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153569\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153572,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153569\/revisions\/153572"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153569"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153569"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153569"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}