{"id":153580,"date":"2025-09-18T16:34:37","date_gmt":"2025-09-18T13:34:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153580"},"modified":"2025-09-18T16:34:38","modified_gmt":"2025-09-18T13:34:38","slug":"amir-temur-maslahatlari-mahalliy-hokimlarga-quyidagi-vazifalar-yuklatilgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-maslahatlari-mahalliy-hokimlarga-quyidagi-vazifalar-yuklatilgan\/","title":{"rendered":"Amir Temur maslahatlari: Mahalliy hokimlarga quyidagi vazifalar yuklatilgan"},"content":{"rendered":"\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Raiyyatdan mol-xiroj yig\u2019ishda ularni og\u2019ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo\u2019yishdan saqlanish zarur. Negaki, raiyyatni xonavayron qilish-davlat xazinasini kambag\u2019allashtirishga olib keladi. Xazinaning g\u2019ariblashib qolishi esa siphoning tarqalib ketishiga sabab bo\u2019ladi. Sipohning tarqalib ketishi, o\u2019z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi.<\/li>\n\n\n\n<li>Xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga qarab yig\u2019sinlar. Masalan, uzluksiz ravishda koriz, buloq yoki daryo suvi bilan sug\u2019oriladigan ekin yerlarni hisobga olsinlar va unday yerlardan olinadigan hosilning uchdan ikki hissasini raiyyatga qoldirib, uchdan bir hissasini saltanat xazinasi uchun olsinlar. Hosil pishib yetilmasdan burun raiyyatdan moli jihot olinmasin\u2026 soliqni buyruq berish va yaxshi so\u2019z bilan olsinlar; kaltak, arqon ishlatib, ishni urish-so\u2019kishgacha olib bormasinlar. Ularni bog\u2019lab, zanjir bilan kishanlamasinlar.<\/li>\n\n\n\n<li>Kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa, yo biron bog\u2019 ko\u2019kartirsa, yoxud biron xarob bo\u2019lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyyat o\u2019z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili esa qonun-qoidaga muvofiq xiroj olsinlar.<\/li>\n\n\n\n<li>Xarob bo\u2019lib yotgan yerlar egasiz bo\u2019lsa xolisa (davlat) tarafdan obod qilinsin. Agar egasi bo\u2019lsa-yu, lekin uni obod qilishga qurbi yetmasa, unga kerakli sbob-uskuna va boshqa narsalarni bersinlar, toki u o\u2019z yerini obod qilib olsin.<\/li>\n\n\n\n<li>Xaroba bo\u2019lib yotgan yerlarda korizlar qursinlar, buzilgan ko\u2019priklarni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga yangi ko\u2019priklar qursinlar, yo\u2019l ustiga har manzilga rabotlar qursinlar. Yo\u2019llarga kuzatuvchilar va soqchilar qo\u2019ysinlar, har bir rabotga bir nechta odamni joylashtirsinlarki, yo\u2019llarni kuzatish va saqlash ishlari ularga tegishli bo\u2019lsin. Yo\u2019lovchilar mollarini taflat bosib, o\u2019g\u2019itlatib qo\u2019ymasinlarining vazifasi ham o\u2019shalarning zimmasida bo\u2019lsin.<\/li>\n\n\n\n<li>Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, bemorlar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar. Har bir shaharda saroy, qozixona qursinlar. Va raiyyat va ziroatni qo\u2019riqlovchi qurchilar tayinlasinlar.<\/li>\n\n\n\n<li>Yo\u2019l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlasinlarki, yo\u2019llarni qo\u2019riqlab, yo\u2019lovchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib qo\u2019ysinlar. Yo\u2019l ustida birontasining narsasi yo\u2019qolsa, o\u2019zi o\u2019ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, bular uchun javobgarlik ularning zimmasida bo\u2019lsin.<\/li>\n\n\n\n<li>Turon va Erondagi shayxlarning mozorlari va qabrlari uchun har biriga alohida, nomma-nom nazrlar va vaqvlar ajratsinlar.<\/li>\n\n\n\n<li>O\u2019g\u2019ri va qarorchilarni, qayerda qo\u2019lga olinmasin, aso (qonun) asosida jazolasinlar. Agar birontasi birovnign mol-mulkini kuch ishlatib tortib olgan bo\u2019lgan, uni olib o\u2019z egalariga topshirsinlar. Kimdir birovning tishini urib sindirgan bo\u2019lsa yoki quloq-burnini kesgan bo\u2019lsa, yoki ichkilik ichgan bo\u2019lsa, yohud fahsh ishni qilgan bo\u2019lsa, jazo berish uchun shariat qozisi huzuriga olib borsinlar.<\/li>\n<\/ul>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[180],"tags":[],"class_list":["post-153580","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-haqida-qoshimcha-malumotlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153580","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153580"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153580\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153581,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153580\/revisions\/153581"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153580"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153580"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153580"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}