{"id":153586,"date":"2025-09-19T07:00:40","date_gmt":"2025-09-19T04:00:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153586"},"modified":"2025-09-19T08:03:09","modified_gmt":"2025-09-19T05:03:09","slug":"amir-temur-sulolasi-oilaning-tamal-toshi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-oilaning-tamal-toshi\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Oilaning tamal toshi"},"content":{"rendered":"\n<p>Har bir oilaning o\u2019z asoschilari bo\u2019ladi. Qarochor no\u2019yon Shahrisabzdan chiqib, jahonda dovyuq yoygan Sohibqiron Amir Temur va uning avlodlarining ulug\u2019 bobokalonidir. Bu sulolanig bosh bo\u2019g\u2019ini bo\u2019lgan Erdamchi barlos, uning 29 o\u2019g\u2019lidan biri bo\u2019lgan. Amir Temur shajarasida beshinchi bobo hisoblangan So\u2019g\u2019uq Chechanlarni esga olish joiz bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxonning otasi Yasugar bahodir Erdumchi barlos vafot etganda uning o\u2019g\u2019li So\u2019g\u2019uq Chechanni o\u2019ziga sipohsolor \u2013 qo\u2019shin boshlig\u2019i qilib oladi. Yasugay bahodir va So\u2019g\u2019uq Chechan ko\u2019p yurishlarda birga bo\u2019ladilar, totor qavmlarini tobe etish uchun janglar olib boradilar. Yasugayning o\u2019g\u2019li tug\u2019ilganda, unga ismni shavkatli sarkarda So\u2019g\u2019uq Checha qo\u2019yadi va uni Temucin (Chingizxon) deb ataydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yasugay bahodir hijriy 562 (1167) yilda vafot etadi. So\u2019g\u2019uq Chechan ham oradan bir necha kun o\u2019tib, hayotdan ko\u2019z yumadi. Temuchin \u2013 bo\u2019lajak Chingizxon otasi o\u2019lganda 13 yoshda bo\u2019lgan. So\u2019g\u2019uq Chechanning ham Temuchinga tengdosh Yusum va Qarochor ismli o\u2019g\u2019illari bo\u2019lib, ular o\u2019yinlarda, mashqlarda birga bo\u2019lganlar, do\u2019st tutinganlar. Otasi o\u2019lgach, Temuchin va uning oilasidan o\u2019z qarindoshlari yuz o\u2019girganda, So\u2019g\u2019uq Chechan farzandlari ularni tashlab ketmaydi. Harbiy sohada qobiliyatli, jasur Qarochor, aksincha, Temuchin yonida bo\u2019lib, tarafdorlar yig\u2019ishda, qo\u2019shin tashkil etishda juda faollik ko\u2019rsatadi. Qo\u2019shin boshqaruvida Qarochor o\u2019tkazgan islohotlar jangda ish beradi, kichik-kichik guruhlardan tez harakat qiladigan kuchli lashkar tuziladi. Qarochor no\u2019yon joriy etgan muchalko usuli har bir siphoning shaxsiy mas\u2019uliyatini oshirib, jangda ko\u2019rsatgan shijoati e\u2019tibordan chetda qolmasligini ta\u2019minlardi. Karochor bahodirning harbiy islohotlari oqibati o\u2019laroq, Chingizxon keroyit, nayman va Muhammad Xorazmshoh qo\u2019shinlarini mag\u2019lubiyatga uchratadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qarochor no\u2019yon Chingizxon saltanatida bosh harbiy maqomni egallagan sarkarda edi. Chingizxon Turkistonni istilo etishda asosiy bahona bo\u2019lgan besh yuz kishilik savdo karvonini tuzish va uni Muhammad Xorazmshohning chegara shahri O\u2019trorga jo\u2019natish vazifasini Qarochor no\u2019yon va uning o\u2019g\u2019illariga topshirdi. Turkiston va Xurosonning zabt etilishida Qarochor no\u2019yon va uning o\u2019g\u2019illarining xizmatlari katta bo\u2019lgan. Qarochor no\u2019yonning ukasi Tog\u2019ochor no\u2019yon CHingizxonning o\u2019g\u2019li To\u2019liyxon bilan birgalikda Eronni bosib olishda ishtirok etadi. Nishopur shahri uchun bo\u2019lgan qattiq janglarda Tog\u2019ochor ko\u2019ragon halok bo\u2019ladi. Bu voqea hijriy 618 yil ramazon oyining juma kunida (1221 yil 22 oktabr) yuz beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019bek Mirzo o\u2019zining \u201cTo\u2019rt ulus tarixi\u201d asarida \u201cTog\u2019ochor ko\u2019ragon Qarochor no\u2019onning ukasi va Sohibqironi a\u2019zam Chingizxon muazzamning kuyovi edi\u201d, deb yozadi. Chingizxonning qiziga uylanganlik sababidan Tog\u2019ochor bahodir ismiga \u201cko\u2019ragon\u201d nisbasi qo\u2019shib aytilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon o\u2019z kuyovi qasdini olishga qattiq kirishadi, qo\u2019shimcha kuchlar Nishopur ustiga yopiriladi. Bu ishda, yan Ulug\u2019bek Mirzo shahodat berganidek, Tog\u2019ochor ko\u2019ragonning xotini, Chingizxonning qizi jiddu jahd ko\u2019rsatadi: \u201cSohibqironi a\u2019zam Chingizxoni muazzamning qizi, Tog\u2019ochor ko\u2019ragonning rafiqasi o\u2019zining xaylu xodimlari bilan Nishopur shahriga kirib, kimni uchratmasinlar, qatl etdilar\u201d. Shu tariqa, Nishopurda 40 hunarmanddan bo\u2019lak, \u201cbiror jondorni ham tirik qoldirmaganlar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon o\u2019limi oldidan o\u2019g\u2019illari va nabiralariga tobe mulklarni boshqarish bobida so\u2019nggi topshiriqni berar ekan. \u201cBarcha ishda Qarochor no\u2019yonning donoligi va botirligiga ishonaman. Boqiy davlat va barcha yaqinlarimizning to\u2019g\u2019ri ra\u2019yi Qarochor no\u2019yon bilan hosildir. Agar mening dil roziligimni mulohaza qilsangiz, hech biringiz uning ravshan ra\u2019yu fikridan chiqmangiz\u201d, deb tayinlaydi. Chingizxon ikkinchi o\u2019g\u2019li Chig\u2019atoy va uning ulusidan bezovta edi. Turkiston istilo etilgan bo\u2019lsa-da, bu o\u2019lkada hanuz qarshilik harakatlari bosilmagan, Jaloliddin Manguberdi shiddatli janglar olib borayotgandi. \u201cTo\u2019rt ulus tarixi\u201dda aytilganidek, Chingizxon shu sababli Chig\u2019atoyxonni Qarochor no\u2019yonga topshirib: \u201cMening tiriklik paytimda mamlakat va lashkar ishida qanday maqomga ega bo\u2019lsang, mendan keyin Chig\u2019atoyxon uchun ham shu yo\u2019lni tutasan\u201d, dedi. Ularning orasiga ota-bolalik ahdini soldi va ikki tomon bu ahdnomaga imzo chekdilar. Ota-bobolar ahdnomasini Chig\u2019atoyxonga topshirdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Mirzo Ulug\u2019bekning bu so\u2019zlaridan Chingizxon o\u2019g\u2019li Chig\u2019atoy bilan sarkarda Qarochorni ota-bola qilishga \u2013 kuyov va qaynota maqomida bo\u2019lishga undaganligini sezish qiyin emas. \u201cMalfuzoti Temuriy\u201dda, shu jihatdan, e\u2019tiborga molik bir qayd mavjud. Unda aytilishicha, Chingizxon, \u201cChig\u2019atoyxonkim ulug\u2019 o\u2019g\u2019li edi. Movarounnahrga hokim qildi va Qarochor no\u2019yon Sug\u2019uq binni Erdamchi Barlos binni Kochuli bila Kubulxonning ahdnomasidakim birov-biroviga musolifat etmasun, deb yozilmish erdi. Ul ahdnomani chiqarib alaga topshurdi. Va Chig\u2019atoyxonning qizini Qarochor no\u2019yonga aqd etdi\u201d. Shu asarda yana keltirilishicha, Qarochor no\u2019yon Chig\u2019atoyxonning qizidan Baxl no\u2019yon degan o\u2019g\u2019il ko\u2019radi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qarochor no\u2019yon va uning obo-ajdodi shunga qadar islom dinida bo\u2019lmaganlar. \u201cMalfuzot\u201dda bir islom ulamosi bilan Qarochor no\u2019yonning mulotoqi zikr etiladi. Qarochor no\u2019yonnig e\u2019tiqodicha, \u201cHar narsaning bir xudoyi bor va har kishining bir Tangrisi bordur\u201d. Alloma unga, \u201cMusulmonlarning e\u2019tiqodlari budurkim, kavni makonda qodir va muxtor birdurkim, maning ilohimdur va hammaning ilohidur va har narsaning, har kishining bir xudoyi yo\u2019qdur. Hammaning xudoyi birdur\u201d, deydi. Qarochor no\u2019yonga bu so\u2019zlar ma\u2019qul tushdi va \u201cSizning so\u2019zingiz haqdur, bir uyda bir Xudo kofiydur\u201d, deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Islom dini, ayrim qarashlarga ko\u2019ra, X asrning o\u2019rtalaridan boshlab, Qoraxoniylar davlatida yoyila boshlagan. Chingizxon avlodi, Movarounnahrni idora qiluvchi Chig\u2019atoy xonlari XIV asrning birinchi choragiga qadar majusiy dinida bo\u2019lib kelganlar. Bir qancha vaqt ulusning poytaxti bo\u2019lgan Qarshida hukm surgan Kepakxon (1318-1326) islom dinini qabul qilmagan bo\u2019lsa-da, uni ta\u2019qibga ham olmagan. Undan keyin taxtga kelgan ukasi Tarmashirinxon islom diniga kiradi. Shayx Hasanning qiziga uylanadi. Akademik V.V.Bartold aytganidek, \u201cUning davrida (1326 yilda taxtga chiqqan) islom dini uzil-kesil Movarounnahrdagi mo\u2019g\u2019ul xonlari va ularning yaqinlarining dini sifatida qaror topadi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Qarochor no\u2019yon va uning avlodlari islomni Chingiz vorislariga nisbatan ancha oldin qabul qilgan. Chig\u2019atoy Movarounnahrni idora qilish ishlarini Qarochor no\u2019yonga topshirib qo\u2019yadi. Ulug\u2019 sarkarda hijriy 652 yilda (1254 yil) olamdan o\u2019tadi. 89 yil yashagan Qarochor no\u2019yonning Eyjil, Elduz, Yesuta, Valola, Nanzaa, Yasu Munko, Eldor, Lola, Shirg\u2019a, Yasuka kabi o\u2019g\u2019illari manbalarda tilga olinadi. Chig\u2019atoy vafotidan keyin, ko\u2019p o\u2019tmay hayot bilan vidolashgan Qarochor no\u2019yon o\u2019g\u2019illari orasida mavqei katta bo\u2019lganlari ham bor edi. Muborakshoh davrida \u201cChig\u2019atoy ulusi Eyjil no\u2019yonning (Qarochor no\u2019yonning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li) yaxshi ish olib boruvi va olijanobligi tufayli juda tinch va obodon, el esa uning himoyasi-yu e\u2019tibori soyasida totuv va shodmon\u201d bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temurning shajarasi Eyjil no\u2019yondan boshlanadi va quyidagi silsilada keladi: Amir Temur ibn Muhammad Tarag\u2019ay ibn Barqul ibn Elangiz ibn Eyjil ibn Qarochor no\u2019yon. Muborakshohning Chig\u2019atoy ulusi taxtiga chiqishi 1266 yilda Ili daryosi vodiysida emas, Movarounnahrda, Ohangaron vohasida o\u2019tdi. Muborakshoh bilan birga ko\u2019pgina turkiy urug\u2019lar, jaloyirlar, barloslar ham Movarounnahrga ko\u2019chadilar. Jaloyirlar Ohangaron, barloslar esa Qashqadaryo vodiysida o\u2019rnashadilar. Qarochor no\u2019yonning Yasu Munko, Shirg\u2019a, Lola kabi farzandlari Qashqa vohasining yuqori va quyi qismlarida hayot kechiradilar. Yasu Munko avlodi \u2013 Hoji Barlos Keshda, Lola oilasi ham unign yaqinida yashagan. Shu boisdan Lolaning o\u2019g\u2019li Jug\u2019om Barlos doimo Hoji Barlos tarafida harakat qiladi. Qarochor no\u2019yonning yana bir o\u2019g\u2019li Shirg\u2019a Yasu Munko, Lola xonadonlaridan farqli o\u2019laroq, vohaning quyi qismiga, hozirgi Muborak tumani hududlariga kelib joylashadi. Avvaldan Eyjil bilan Shirg\u2019a farzandlari munosabati yaxshi bo\u2019ladi. Keyinchalik, Amir Temur yurishlarida bu avlodning e\u2019tiborli kishisi Amir Joku va uning o\u2019g\u2019illari faol ishtirok etadilar. Bir xonadonni tashkil etgan irmoqlar o\u2019zani XIII asr boshlarida yanada uzayib, tarmoq yoyib Qashqa vohasining tug\u2019di-bitdi qavmiga aylanadi. Bir vaqtlar majusiylik udumlari asosida vujudga kelgan oilalarning yangi davomchilari islom aqidalari asosida er-xotin ittifoqini qura boshlaydilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har bir oilaning o\u2019z asoschilari bo\u2019ladi. Qarochor no\u2019yon Shahrisabzdan chiqib, jahonda dovyuq yoygan Sohibqiron Amir Temur va uning avlodlarining ulug\u2019 bobokalonidir. Bu sulolanig bosh bo\u2019g\u2019ini bo\u2019lgan Erdamchi barlos, uning 29 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-oilaning-tamal-toshi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153586","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153586","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153586"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153586\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153587,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153586\/revisions\/153587"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153586"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153586"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153586"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}