{"id":153592,"date":"2025-09-19T09:58:35","date_gmt":"2025-09-19T06:58:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153592"},"modified":"2025-09-19T12:00:34","modified_gmt":"2025-09-19T09:00:34","slug":"amir-temur-sulolasi-amir-temurning-oilaviy-hayoti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-amir-temurning-oilaviy-hayoti\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Amir Temurning oilaviy hayoti"},"content":{"rendered":"\n<p>Temurbekning balog\u2019at davri haqida tarixiy manbalarda mufassil ma\u2019lumotlar berilmagan. Davlatshoh Samarqandiy o\u2019zining \u201cTazkirat ush-shuaro\u201d nomli asarida, Amir Tarag\u2019ayning \u201cHamma vaqt Sohibqironni zebu ziynat bilan tarbiya qilganligini\u201d aytib o\u2019tadi. Ota-onaning o\u2019z o\u2019g\u2019illariga qanchalik mehr qo\u2019yganligini, uning munosib voris bo\u2019lishini o\u2019ylab ishni tutganliklarini tasavvur etish qiyin emas. Amir Tarag\u2019ay Temurbekni esini tanigandan boshlab, yaxshi saboq olishiga, ulug\u2019lar suhbatida bo\u2019lishiga alohida e\u2019tibor qaratadi. Pirlar anjumanlariga, taniqli kishilar, qarindosh-urug\u2019larnikiga borish-kelishlarga Temurbek ham jalb etiladi. Davlatshoh Samarqandiy shunday naql qiladi: \u201cDeydilarki, Sohibqiron yetti yoshligida otasi bilan bir qarindoshinikiga boradi. Ul kishi badavlat, nufuzli kishi edi va farovonlik bilan kun kechiradi. Uning yetmishta turk va hind quli bor ediki, uning mollari ko\u2019pligini shundan ham bilsa bo\u2019lardi. O\u2019sha kuni Sohibqironning otasiga shikoyat qildi: \u201cXudo menga ko\u2019p molu davlat berdi, lekin uni saqlashga tamoman ojizman. Qullarimiz sabru toqatli emaslar, farzandlarim esa salohiyatsiz. Shu sababdan molu dunyomga nuqson yetmasa, deb qo\u2019rqaman\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunda, yosh Temurbek gapga aralashadi va, \u201cEy ota, farzandlaringizga mollaringdan bo\u2019lib bering va, undan so\u2019ng, ularni o\u2019z molu mulkiga dohil qilingkim, ular o\u2019zi bilan o\u2019zi ovora bo\u2019lsin. So\u2019ng turk qullarni hind qullarning tepasiga qo\u2019yingki, hindlarni o\u2019z amri farmoniga bo\u2019ysundirsinlar. Keyin har uch qulni ulardan aqlliroq bir qulning ixtiyoriga topshiring. So\u2019ng, ularning har birini yettitadan qulingizning amir qiling. Keyin yetmish qulga bosh bo\u2019lgan ana shu yettita qulni bir-birining ta\u2019zim va tashrifiga buyuring. Ularni ko\u2019zdan qochirmang, chunki bir-birlari bilan ko\u2019p suhbatlashadilar\u201d, &#8211; deydi. Bu so\u2019zlarni eshitgan uy sohibi hayratini yashira olmay, darhol Amir Tarag\u2019ayga: \u201cSizning bu farzandingiz jahonga podshoh bo\u2019ladi, chunki buni uning shu gaplasridan fahmlab turibman\u2026\u201d, &#8211; deydi. So\u2019ng, siyohdon, qalam hozirlab, o\u2019sha gurungda Temurbekdan xat yozdirib oladi. Bunda, \u201cUning davlat qushi iqbol maydonini o\u2019z qanoti ostiga olgach, biror kishi o\u2019sha kishi, uning farzandlari, zurriyoti na yaqinlaridan xiroj olmasin, ularning gunohlaridan o\u2019tsinlar, uning qavmi tarxon qilinsin,\u201d deb yozilgan bo\u2019ladi. Ul qavm to shu zamongacha Turkiston diyorida tarxondirlar\u201d. Davlatshoh Samarqandiy keltirgan bu naqlning Temurbekdagi tug\u2019ma qobiliyat, favqulodda fenomenni anglab yetishda ahamiyati beqiyosdir.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMalfuzoti Temuriy\u201dda zikr etilgan bir voqea ham otasi singari, onasining ham Temurbek kelajagi uchun qayg\u2019urganligini dalola etadi. Amir Tarag\u2019ayning piri Shamsiddin Kulol Temurbekka bir kuni yettita non va uch yuz yetmish dona yong\u2019oq tuhfa qiladi. Bular ramziy bo\u2019lib, keyinchalik Temurbekning yetti iqlimni musaxxar etishi va saltanatining uch yuz yil bardavom bo\u2019lishini, avlodidan yetmish kishining saltanat taxtida hukm surishini anglatardi. \u201cMalfuzot\u201d da \u201cTo o\u2019shal non bila javz (yong\u2019oq) uyimizda erdi, kun-kundin barokat ortiq, taraqqiylar zohir bo\u2019lur erdi. Va chun bu voqeani onamga arz etdim, onam ham mening boshimni ikki qo\u2019llari bila tutib, duo qildilar. Va so\u2019nggi kun onamga arz etdim, onam ham mening boshimni ikki qo\u2019llari bila tutib, duo qildilar. Va so\u2019nggi kun onam Amir Kulolning xonaqohiga bordilar. Amir Kulol, tavajjuh ko\u2019rguzub, dedilarkim: \u201cEy xotin, ushbu o\u2019g\u2019lingning avlod va ahfodining davlat va saltanati uch yuz yil davomat bo\u2019lg\u2019ay va aning avlodidan yetmish kishi saltanat martabasiga yetushg\u2019aylar\u2026 Chun Amir Kulol so\u2019zin onam manga eshitdurdi\u201d, deyiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurbek yetti yoshga to\u2019lganida, otasi Amir Tarag\u2019ay qo\u2019lidan tutib, maktabxonaga eltadi. Unga mullo Aliyak saboq bera boshlaydi. O\u2019n ikki yoshida ko\u2019p do\u2019stlar orttiradi, ular orasida to\u2019rttasi bilan juda yaqin, sirdoshi bo\u2019ladi. Temurbek o\u2019n to\u2019rt yoshida sadoqat va xiyonat nimaligini o\u2019zining beg\u2019ubor hayotiy tajribasida tushunib yetadi: \u201cO\u2019n besh yosh marhalasig\u2019a qadam qo\u2019ydim, &#8211; deyiladi. \u201cMalfuzot\u201d da \u2013 ot minmak va shikor etmakka mashg\u2019ul bo\u2019ldum\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolalik, o\u2019spirinlik yillari to\u2019g\u2019risidagi shu hildagi ma\u2019lumotlar Temurbekning yoshlik davri bobida ozmi-ko\u2019pmi tasavvur beradi. Otasi bilan birgalikda bo\u2019lgan yurishlar, qarindosh-urug\u2019lar xonadonlarida kechgan suhbatlar, yarim harbiy hayot tarxi Temurbekning chayir, kuchli, matonatli yigit bo\u2019lib ulg\u2019ayishida muhim omillar bo\u2019ladi. Uning yetti yoshlik paytida boy qarindoshiga mol-holni boshqarish yuzasidan bergan yo\u2019rig\u2019i favqulodda aqllilik va ziyraklik namunasi bo\u2019lib qolmasdan, u mansub bo\u2019lgan oilada hokimiyat ishlariga qiziqish merosiy bo\u2019lib kelganligini ham ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1352 yilga kelib, Amir Tarag\u2019ay keksayib qolganligi bois, \u201cofiyat go\u2019shasini\u201d ixtiyor etganligi, ya\u2019ni rasman davlat yumushlaridan ketib, zimmasidagi barcha ishlarni o\u2019g\u2019li, o\u2019n olti yoshli Temurbekka bag\u2019ishlaganligi ma\u2019lum bo\u2019ladi. Temurbek fe\u2019lidagi bir jihatni alohida qayd etish o\u2019rinlidir. U, yoshligidan tartib-intizomni, boshqarish oyinini chuqur o\u2019rgangan. Otasi xo\u2019jalik yuritish, saltanat bilan borliq ishlarga aralashish vakolatini topshirgach, o\u2019z ta\u2019biga, bilimiga amal qiladi, otasining \u201cmol va manoli (boyligi) zabtig\u2019a\u201d mashg\u2019ul bo\u2019ladi va uni idora etishda xos tuzuk \u2013 qoidalar ishlab chiqadi. Boy qarindoshiga yetti yoshida bergan maslahatiga o\u2019zi ham amal qila boshlaydi: \u201cHar falonchi qo\u2019ylarni bir suruk qilib, sho\u2019bonlarga topshurdim va nar-madasini aralashtirmay, har qayusin boshqa-boshqa suruk qildim va bu tariqa har yigirma otga bir tavila (otxona) alohida qilib, narlarini boshqa yilqi va modiyonlarini boshqa yilqi qildim va har o\u2019n tug\u2019maga (xizmatkorga) bir tug\u2019mani amir etdim\u201d. Bu so\u2019zlardan Temurbekning oilaviy udumlarni yaxshi o\u2019zlashtiribgina qolmay, xo\u2019jalik yuritishning o\u2019ziga xos yangi qirralarini ham ishga solganligini anglash mushkul emas. Bu jihatlari bilan u bobokaloni Qarochor no\u2019yonga tortgan edi, desak yanglishmaymiz. Vaqtida Qarochor no\u2019yon ham Chingizxon lashkarida qattiq tartibga asoslangan kichikdan kattalashib boradigan harbiy guruh va tizilmalarga asos slogan edi. Aftidan, yosh Temurbek bobosining harbiy islohotlarini yaxshi o\u2019rgangan va uni oilaviy mol-mulk boshqaruvciga ham tatbiq etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mollarni jinsiga qarab boqish, xizmat qiluvchilarning ichki, o\u2019zaro nazoratini kuchaytirish faqat tartibgina emas, iqtisodiy manfaat keltirishni keskin oshirishni ham ko\u2019zda tutar edi. Amir Tarag\u2019ay xo\u2019jaligi anchayin katta edi, qo\u2019ylar, mollar, otlar, shunga yarasha xizmat qiluvchilar. \u201cMalfuzot\u201dda aytilishicha, Temurbek tug\u2019ilgan yillarda otasi yashab turgan mavzesini \u201co\u2019z ostig\u2019a obod qilganligi\u201d aytiladi. Qalqamadagi bu mavze hozirgi kunda ham Tarag\u2019ay nomi bilan ataladi. Xo\u2019jalik yuritishda muvaffaqiyatlarga erisha boshlagan Temurbek, o\u2019z atrofiga hamfikrlar to\u2019plashga harakat qiladi. U o\u2019n sakkiz yoshga kirgan paytida yonida qirq yigiti bor edi. Lashkar jam qilish katta sarmoya bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan. Temurbek iqtisodiy o\u2019nglanish ishlariga qiziqib, bu paytlarda uylanishni ortga surib turgan ko\u2019rinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIV asrning 50-yillari boshlariga kelib, Turkistonda boshboshdoqlik kuchaygan, istalgan qavm boshlig\u2019i qo\u2019shin yig\u2019ib, mulkgirlik qilishi mumkin edi. Qozonxondan hokimiyatni tortib olishda Amir Qazag\u2019onga ko\u2019mak bergan amirlar ko\u2019p o\u2019tmay, o\u2019z boshiga hukm surish yo\u2019liga o\u2019tgan edilar. Amirlarning har biri Amir Qazag\u2019onni ag\u2019darish, uning o\u2019rniga o\u2019zi bo\u2019lish payiga tushgan edi. Temurbekning amakisi, Kesh hokimi Amir Hoji Barlos ham shularning biri edi. Hokimiyat ilinjidan yosh bekzodalar ham mustasno emas, Temurbek ham ularning biri, balki, yetakchilaridan edi. Temurbek lashkar to\u2019plab, hujum tadorigini ko\u2019rayotgan bir vaqtda, ayni o\u2019n sakkiz yoshga kirgan paytida \u2013 1354 yilda onasi Tegina begim Moh olamdan o\u2019tadi, Yuz bergan musibat yosh Temurbek rejasining amalga oshishiga halal beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Aftidan, Tegina begim Moh yilning boshlarida vafot etadi. \u201cMalfuzot\u201dda, ul yilkim onam azasidan chiqdim\u201d, deyiladi. Yilning oxirlarida ona marakasi o\u2019tkaziladi va Amir Tarag\u2019ay Temurbekni o\u2019z qarindoshlari bo\u2019lgan Qarochor no\u2019yon shajarasidan yana bir tarmoq \u2013 Amir Joku Barlosning qiziga unashtiradi. Amir Joku Temurbekka yaqin qarindosh, ota tarmog\u2019i bo\u2019yicha amaki hisoblanadi. Uning shajarasi ham Qarochor no\u2019yondan boshlanadi: Amir Joku ibn Muborak bin Tug\u2019on bin Qodon bin Shirg\u2019a bin Qarochor no\u2019yon, boshqacha aytganda, Amir Tarag\u2019ay Qarochor no\u2019yonning o\u2019g\u2019li Eyjil urug\u2019idan bo\u2019lsa, Amir Joku Qarochor no\u2019yonning yana bir o\u2019g\u2019li Shirg\u2019a to\u2019poridan edi. Amir Joku Barlos avlodi Qashqa vohasining quyi qismida joylashgan. U Amir Tarag\u2019ay bilan tengqur bo\u2019lgan. Amir Temur tajrimai holiga bag\u2019ishlangan \u201cMalfuzoti Temuriy\u201dda Sohibqiron o\u2019z tilidan, onasining yillik marakasi o\u2019tgach, otasi \u201cAmir Jokuyi Barlosning qizini manga nomzod qildi\u201d, deydi. Amakisining qizi bilan bo\u2019lgan turmush uzoqqa bormagan. Shu asarda qayd etilishicha, \u201cul ham olamdan rixlat qildi\u201d, ya\u2019ni vafot etganligi aytiladi. Amir Temurning ko\u2019z ochib ko\u2019rgani \u2013 birinchi ayoli, Amir Joku Barlosning qizi ismi sharifi, taassufki, tarixiy manbalarda tilga olinmaydi. Tadqiqotchilar bu xususda turlicha taxminlarni o\u2019rtaga qoyadilar. 1360 yilga qadar Temurbekning Muhammad Jahongir Mirzo va Umarshayx Mirzo ismli ikki farzandi bo\u2019lgan. Har ikkalasi ham bir yilda \u2013 1356 yilda tavallud topganligi manbalarda zikr etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning oilaviy hayoti ibtidosi tarixida Jahongir va Umarshayx mirzolarning tavallud vaqtini aniqlashning amaliy ahamiyati katta. Mavjud manbalarda birontasida na Jahongir va na Umarshayx mirzolarning birontasi to\u2019ng\u2019ich farzand sifatida ajratib ko\u2019rsatilmaydi. Muhammad Jahongir Mirzoning Sohibqiron o\u2019g\u2019illari orasida valiahd qilinishi, yoyinki avval vafot etishi, ahtimol, keyingi asrlarga oid tadqiqotlarda uning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li sifatida talqin etilishiga sabab bo\u2019lgandir. Amir Temur tarixiga bag\u2019ishlangan asarlar orasida Sharafiddin Ali Yazdiyning 1425 yilda yozilgan \u201cZafarnoma\u201dsi eng ishonchli manbalardan biri sanaladi. Bu asarda mazkur muammoga aniqlik kiritadigan dalil mavjud. Vaqtida bunga akademik V.V.Bartold e\u2019tibor qaratgan bo\u2019lsa-da, negadir, keyingi tadqiqotchilar buni inobatga olmaganlar. Shu sababli, hozirga qadar nashr etilgan ilmiy, tarixiymi yoxud badiiymi kitoblarda Muhammad Jahongir Mirzo Sohibqiron Amir Temurning katta o\u2019g\u2019li sifatida e\u2019tirof etib kelinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1376 yilda Amir Temur mo\u2019g\u2019ullarga qarshi to\u2019rtinchi marta yurishga otlanadi. Mo\u2019g\u2019ul xoni Qamariddinga qarshi kurashda Sohibqiron ikki yuz kishilik lashkari bilan dushmanning to\u2019rt miing kishilik qo\u2019shinini tor-mor etadi. G\u2019alaba quchilgan kuni kechasi Sohibqiron tush ko\u2019radi, deb hikoya qiladi Sharafiddin Ali Yazdiy, &#8211; u tushida Shayx Burhoniddin Qilich bilan muloqot qiladi. Burhoniddin Qilich mo\u2019g\u2019ullar tajovuzi davrida yashagan mashhur ruhoniy Sayfiddin Boharziyning o\u2019g\u2019li edi. U ham o\u2019z davrining yetakchi din peshvolaridan bo\u2019lgan. Tush suhbatida Amir Temur Burhoniddin Qilichdan najot istab shunday deydi: \u201cO\u2019g\u2019lim Jahongirni Samarqandda xastaligi sababli qoldirib kelgan edim, uning sog\u2019ayishi uchun duo qilsangiz. Shayx o\u2019ylovga tolib, bir og\u2019iz, \u201cAlloh rahmdil\u201d deydi va boshqa so\u2019z aytmadi. Sohibqiron uyqudan uyg\u2019onib, o\u2019g\u2019lining ahvoli og\u2019irligini mushohada etadi, ko\u2019ngli buziladi. Yuragida g\u2019ulg\u2019ula paydo bo\u2019lgan ota o\u2019zini qo\u2019yarga joy topa olmay, Samarqandga ishonchli kishisi \u2013 Yo\u2019l Qutlug\u2019ni jo\u2019natadi. Chopar jo\u2019nab ketgandan so\u2019ng, kechasi Sohibqiron yanada chigal tush ko\u2019radi. Dard-alamni ichiga sig\u2019dirolmay, beklarni huzuriga chorlaydi va \u201co\u2019g\u2019limdan ayrilib qolmasam, deb qo\u2019rqayapman\u201d, deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuragiga qil sig\u2019magan Amir Temur Samarqandga qaytadi. Samarqand ostonasida shaharnign ulug\u2019 kishilari, ulamolar Sohibqironni qarshi olishga chiqadilar. Hammalari qora libosda, yig\u2019lagan ko\u2019yi bosh egadilar. Amir Temur ko\u2019rgan tushlarining o\u2019ngi sodir bo\u2019lganini anglaydi. Shu damda Sohibqiron qayg\u2019usining cheki yo\u2019q edi. Muhammad Jahongir Mirzoni Keshda dafn etadilar. Muarrix Sharafiddin Ali Yazdiy, \u201cShahzoda yigirma yoshga kirgan edi. Undan ikki o\u2019g\u2019il \u2013 Xonzodadan tug\u2019ilgan Muhammad Sulton Mirzo va Ilyos Yasuriyning qizi Baxt Malik Og\u2019odan tavallud topgan Pir Muhammad Mirzolar qoldi\u201d, deydi. Bu voqea Samarqandda, 1376 yil yozida (ilon yili edi) ro\u2019y beradi. Muhammad Jahongir Mirzo, ma\u2019lum bo\u2019ldiki, hijriy 758, milodiy 1356 yilda tavallud topgan. Shubhasiz, Jahongir Mirzoning tug\u2019ilgan joyi Shahrisabz edi. Endi, Umarshayx Mirzo halokati bilan bog\u2019liq tafsilotga o\u2019taylik.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cZafarnoma\u201dning 1394 yilda Bog\u2019dod yaqinidagi Harmatu qal\u2019asini olish paytida shahzoda Umarshayx Mirzoning halok bo\u2019lganligini yozib qoldiradi. Muhimi, Sharafiddin Ali Yazdiy Umarshayx Mirzo qirq yil umr ko\u2019rganligini alohida ta\u2019kidlab aytadi. Shunga ko\u2019ra, Umarshayx Mirzo 1354 yilda tug\u2019ilgan bo\u2019lib chiqadi. Akademik V.V.Bartold o\u2019zining \u201cUlug\u2019bek va uning davri\u201d degan asarida \u201c1360 yilga qadar Temurning 1376 yilda yigirma yoshida vafot etgan Jahongir va 1394 yilda yilning yanvarida Qurd qal\u2019asini qamal qilish paytida o\u2019ldirilgan Umarshayx ismli ikki o\u2019g\u2019li bor edi. \u201cZafarnoma\u201dda uning 40 yoshda bo\u2019lganligi aytiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Temurning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Umarshayx bo\u2019lib, u Jahongirdan katta edi. Lekin, nimagadir qariyb barcha manbalarda Temurning katta o\u2019g\u2019li sifatida Jahongir tilga olinadi\u201d, degan fikrni aytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafiddin Ali Yazdiyning \u201cZafarnoma\u201dsi Shohruh hukm surgan davrda yozilganligi, saroyda saqlanib kelinayotgan hujjatlarga asoslanganligi va o\u2019sha davrda Temuriylarga maqbul kitob bo\u2019lganligini hisobga olib, unda Umarshayx va Jahongir mirzolar tug\u2019ilgan yillar to\u2019g\u2019risidagi ma\u2019lumotlarni bundan-buyon asos sifatida qabul qilish joiz ko\u2019rinadi. Shohruh Mirzo va boshqa temuriyzodalar nazaridan o\u2019tgan asar dalillariga shubha bo\u2019lishi uchun ishonchli asoslar kerak. Bunday asoslar esa mavjud emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Umarshayx Mirzoning onasi haqida manbalarda ma\u2019lumotlar berilmaydi. Jahongir Mirzoning onasi ismi sharifasi Xondamr tomonidan qayd etilgan bo\u2019lib, qo\u2019lyozma nusxalarida u Nurmush Og\u2019o (Eron), Burmish Og\u2019o (Bombey) tarzida ko\u2019rsatiladi. \u201cMalfuzot\u201dda ham ko\u2019rdikki, Temurbekning ko\u2019z ochib ko\u2019rgan xotini amakisi Amir Joku Barlosning qizi bo\u2019lgan. Amir Joku Barlosning qizi ismi sharifasi esa biror manbada tilga olinmaydi. Turg\u2019un Fayziyev \u201cTemuriylar shajarasi\u201d degan asarida Nurmish Og\u2019o ismini Turmush Og\u2019o deydi va uni Amir Joku Barlosning qizi deb ko\u2019rsatadi. Shunday bo\u2019lganda, Jahongir Mirzo 1354 yilda tug\u2019ilgan bo\u2019lib chiqadi. Holbuki, Jahongir Mirzo O\u2019ljoy Turkon Og\u2019odan tug\u2019ilgan, degan qarashlar juda inobatli ekanligini ta\u2019kidlash joiz. Unda, Amir Joku Barlosning qizi, Temurbekning birinchi ayoli nomi qanday bo\u2019lgan, bu savolga faqat faraziy tarzda javob qaytarish mumkin. Shu kunga qadar tadqiqotchilar e\u2019tiborni qaratmagan bir manba mavjud. Bu Abu Tohirxoja ibn Abu Sa\u2019dxojaning \u201cSamariya\u201d (1844-1848 yillar) degan asaridir. Unda ifoda etilishicha, Samarqandda, Shohi Zinda xilxonasida Sohibqironning opasi, singlisi, ayollari qabrlari haqida ma\u2019lumotlar berilib, \u201cKunchiqar tomondan Qutlug\u2019 Og\u2019oning dahmasi mavjud, u Tumon Og\u2019o maqbarasi yaqinida. Qutlug\u2019 Og\u2019o ham Amir Temurning muhtaram xotinlaridan biridir\u201d, deyiladi. Bu birinchi farazimiz. Ikkinchi faraz Jahongir Mirzoning onasi sifatida talqin etilgan Nurmish (Turmush) Og\u2019o aslida Amir Joku Barlosning qizi bo\u2019lib, Umarshayx Mirxo undan tug\u2019ilgan bo\u2019lishi mumkin. Nima bo\u2019lganda ham, Umarshayx Mirzo Jahongir Mirzodan oldin tug\u2019ilgan, binobarin, Temurbekning birinchi xotini Amir Joku Barlosning qizi bo\u2019lgan. Nurmish Og\u2019o farzand ko\u2019riboq, olamdan o\u2019tgan bo\u2019lishi ehtimolga juda yaqin.\u201dMalfuzot\u201dda, \u201cChun ul ham olamdan rixlat qildi\u201d, deyilishi shunday xulosaga undaydi. Go\u2019dakning tarbiyasi o\u2019gay ona Qadoq Xotn zimmasida qolganki, keyinchalik Amir Temur uni o\u2019z onasiday yaxshi ko\u2019rganligi shu sabab bilan bog\u2019liqdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Tarag\u2019ay birinchi kelinni olganda, ular ro\u2019zg\u2019orni alohida qilmagan. Anglashiladiki, Temurbek Amir Joku Barlos qiziga uylanganida 17 yosh ustiga bo\u2019lgan. Bu nikohning tafsiloti tarixiy asarlarda naql etilmagan. Musibat xonadon uchun og\u2019ir kechgan. Amir Tarag\u2019ay dunyo ishlaridan bezib, barcha ishlarni Temurbek zimmasiga yuklaydi. Amir Qazag\u2019on yig\u2019inlariga endi Temurbek ishtirok eta boshlaydi. So\u2019nggi Chig\u2019atoy hukmdori Qozonxondan hokimiyatni tortib olgan Amir Qazag\u2019on saltanatinign oxirgi yillariga unga qarshi fitnalar avj ola boshlagandi. Amir Qazag\u2019on Temurbek shaxsida oqil va zehnli, harb ishlaridan xabardor ittifoqchini ko\u2019rib, uni o\u2019ziga yaqinlashtirmoqchi bo\u2019ladi. \u201cMalfuzot\u201dda aytilganidek, \u201cErsa javobim anga xush kelib, meni o\u2019ziga farzand etib, o\u2019z nabirasin manga nomzod qildi\u201d. Amir Qazag\u2019onning nabirasi O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o edi. Bu voqea Temurbekning o\u2019n sakkiz-o\u2019n to\u2019qqiz yoshlarida, 1354-1355 yillar oralig\u2019ida yuz beradi. Temurbek, \u201cO\u2019n to\u2019qqiz yoshga qadam qo\u2019ydim, o\u2019zimni oqil va bolig\u2019 topdim va bu yil otam Tarag\u2019ay mani o\u2019zidan boshqa etib, manga olachuq va qo\u2019y va teva va tug\u2019ma va xayl va xasham berdi\u201d, deydi. O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o bilan turmush qurganidan bir yilcha o\u2019tib, Amir Tarag\u2019ay Temurbekning ro\u2019zg\u2019orini bo\u2019lak qilib, unga uy-joy, mol-hol, xizmatkorlar beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Qazag\u2019on, oxir-oqibat, fitna qurboni bo\u2019ladi. U 1357 yil oxirlarida, 1358 yil boshlarida o\u2019ldiriladi. Turkiy amirlar, shu jumladan, Amir Hoji Barlos ham otasi o\u2019rniga taxtga chiqqan Abdullohni hokimiyatdan ag\u2019daradilar. Amir Qazag\u2019on avlodi parokanda bo\u2019ladi. 1365 yilda Samarqandda sarbadorlar mamlakatni mo\u2019g\u2019ullardan saqlab qolgandan so\u2019ng, turkiy amirlar, birinchi galda Amir Temur insof oyiniga ko\u2019ra, Chingizxon avlodidan hokimiyatni tortib olgan. Turkistonda ozodlik yalovini ko\u2019targan Amir Qazag\u2019onning nabirasi Amir Husaynni taxtga siporish etadi. Bunday ko\u2019mak zamirida Amir Husaynning singlisi, o\u2019zining suyukli xotini O\u2019ljoy Turkon Og\u2019oga bo\u2019lgan mehrning, o\u2019rtada sarson-sargardonlik yillarida vujudga kelgan do\u2019stlikning ham ma;lum ta\u2019siri bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o 1359 yildan boshlangan ta\u2019qiblarda, hayot va mamot oralig\u2019i bir qadam bo\u2019lgan qochuvlarda, mashaqqatli safarlarda Temurbek va akasi Amir Husayn bilan birga bo\u2019ladi. Amir Husaynning xotini Dilshod Og\u2019o bilan turkmanlar boshga solgan zahmatlarni birga tortadi. Dilshod Og\u2019o reining oti o\u2019ldirilganda, unga o\u2019zi piyoda yurib, otini beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurbek bilan O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o o\u2019mn yil nari-berisida birga hayot kechirganlar. Ko\u2019pgina manbalarda O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o Temurbekka bir qiz \u2013 Sultonbaxt begimni tuhfa qilgan, deb kelinar edi. \u201cZafarnoma\u201d ning 2008 yilgi ruscha nashriga berilgan 298-izohda, muarrix Ashraf Ahmedov, \u201cJahongir Mirzoning onasi O\u2019ljoy Turkon, tog\u2019asi Amir Huasyn, turkiylar odati bo\u2019yicha Amir Husayn jiyani Jahongir Mirzoning bek atkasi (Otaliq begi, tarbiyachi) bo\u2019lgan. Shu sababli Jahongir Mirzo Balxda, Amir Husayn huzurida yashagan\u201d, degan fikrni aytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongir Mirzoning Balxda, Amir Husayn xonadonida hayot kechirganligini yana bir manba \u2013 Nizomiddin Shomiyning \u201cZafarnoma\u201dsi ham tasdiq etadi. Amir Temur yurishlarida birga bo\u2019lgan Nizomiddin Shomiy o\u2019zining \u201cZafarnoma\u201d asarida dastlabki paytlarda Amir Husayn bilan Temurbeknign munosabatlari do\u2019stona va mustahkam bo\u2019lganligi to\u2019g\u2019risida so\u2019zlaydi: \u201cAmir Husaynning singlisi uning nikohida bo\u2019lib, u bilan qavm-qarindoshlik va do\u2019stlik aloqasi har tomonlama mustahkam edi\u201d. Balxda turib, hokimiyatni idora qilayotgan Amir Husaynning ko\u2019nglida Temurbekka nisbatan dushmanlik bor edi va u borgan sari kuchaymoqda edi. Shu orada Shirinbeka Og\u2019oning eri Amir Muayyad mastlikda Bovurchi degan kishining o\u2019g\u2019li bilan janjallashib, uni o\u2019ldirib qo\u2019yadi. Bu voqeadan foydalangan Amir Husayn bir yo\u2019la Amir Temur xonadonini va unga yaqin kishilarni tarqatib yuborishga, kuchsizlantirishga, oxir-oqibatda, hech kim daxl qila olmaydigan hokimiyat barpo etishga intiladi. Nizomiddin Shomiy, \u201cAmir Husayn Amir Sohibqironning singlisi Shirinbeka Og\u2019oni Balxga ko\u2019chirib kelish (badarg\u2019a qilish) uchun kishi yubordi. Yana amirzoda Jahongirni yuborib, u orqali Amir Sohibqironga: \u201cAmir Musoni o\u2019z eli bilan ko\u2019chirib mening oldimga yubor, o\u2019zing esa viloyat zabtig\u2019a mashg\u2019ul bo\u2019lib, u joyda tur\u201d, deb xabar berdi. Shu xiyla bilan Amir Sohibqironni xotirjam qilmoqchi bo\u2019ldi\u201d, deydi. Bu iqtibosdan aniq bo\u2019ladiki, Jahongir Mirzo Balxda, Amir Husayn saroyida yashab turgan va qaltis paytda otasi Amir Temur huzuriga, Keshga yuborilgan. Bu ham manbalarda tilga olingan dalilning \u2013 Jahongir Mirzoning Amir Husaynning singlisi O\u2019ljoy Turkon Og\u2019odan tavallud topganligini dalolat etadi. Yana bitta dalil. 1370 yilga kelib, Amir Temur va barcha turkiy amirlar Amir Husaynga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Balxning Hinduvon qal\u2019asiga berkinib olgan Amir Husaynni yengishga Umarshayx Mirzo, ayniqsa, jasorat ko\u2019rsatadi. U bu vaqtli 16 yoshda bo\u2019lganligini Sharafddin Ali Yazdiy eslatib o\u2019tadi. 1370 yilda Umarshayx Mirzoning 16 yoshdaligi uning tug\u2019ilgan yili 1354 ekanligini yana bir marta tasdiq etdai. Lekin gap hozir bu haqda emas. Amir Husaynga qarshi janglarda Jahongir Mirzo ishtirok etmagan. Sohibqiron jiyanlik nuqtai nazaridan o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzoni o\u2019z tog\u2019asiga qarshi kurashga jalb etmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Turkiston mamlakati taqdirini hal qilgan Balx jangiga qadar, aytilganidek, ikki amir o\u2019rtasidagi aloqalar uzilib, Amir Husayn aybi bilan u dushmanlik darajasiga yetgan edi. Ayniqsa, 1366 yilning yozida O\u2019ljoy Turkon Og\u2019oning o\u2019limidan keyin ikki amirni qarindoshlik rishtalari bilan bog\u2019lagan aloqalar tamoman barham topadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o Amir Temurning Saroy Mulk Xonimga qadar (1370 yil) bo\u2019lgan xotinlari ichida eng sevimlisi, og\u2019ir va azobli kunlarni birgalikda baham ko\u2019rgan rafiqasi edi. 1362 yilda Amir Temur va O\u2019ljoy Turkon Og\u2019oning akasi Amir Husayn boshlariga mushkul ishlar tushib, mo\u2019g\u2019ullardan qochib jon saqlashga majbur bo\u2019lgan kezlarida, turkmanlar qo\u2019liga asir tushib 62 kun tutqunlik sitamini tortadilar. O\u2019joy Turkon Og\u2019o Amir Temur boshdan o\u2019tkazgan barcha qiyinchiliklarga sherik bo\u2019ladi. O\u2019sha davr ayollarining sadoqatiga, mulohaza etiladigan bo\u2019lsa, bugungi kunda ham tan bermay bo\u2019lmaydi. Ta\u2019qib safarlarida Amir Husayn yonida uning xotini Dilshod Og\u2019o ham birga bo\u2019lgan. Jangda Amir Husaynning oti o\u2019ldirilib, piyoda qolgach, ayoli Dilshod Og\u2019o o\u2019z otini eriga beradi. Unign sha\u2019nini himoya qiladi. Bu ikki ayolning mardligi, vafodorligi, qiyinchiliklarga, sipohigarchilik mashaqqatlaridan qo\u2019rqmaganligiga qoyil qolmay bo\u2019lmaydi. Turkmanlar bilan bo\u2019lgan jangda ikki amir navkarlaridan 7 kishi omon qoladi. Bu ikki ayol ham jangda ishtirok etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o shu yillarda benihoya zo\u2019r qiyinchiliklarda chidaydi. Uning umri juda erta zavol topishida tutqunlik vas afar qiyinchiliklari ham ta\u2019sir ko\u2019rsatganlar. Jayhunda o\u2019tib-qaytishlar necha bor takrorlangan va ularning hammasi katta xavf ostida amalga oshgan. Suyukli eri mo\u2019g\u2019ullar egallab turgan o\u2019z viloyatiga yashirincha qadam qo\u2019yganda, unign qaytishini jon hovuchlab kutib turgan ayolning ahvolini bir ko\u2019z o\u2019ngimizga keltiraylik. O\u2019sha paytlarda, yaxshiyamki, turkiy amirlar oilalarida bolalarga, shu jumladan, qizaloqlarga ham sipohiylik hayoti, ot minish mahorati, harbiychasiga qattiq hayot ko\u2019nikmalari o\u2019rgatilib, ular chiniqtirib borilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019n yildan ortiq davom etgan birgalikdagi hayot intihosi O\u2019ljoy Turkon Og\u2019oning bevaqt vafoti bilan xotima topadi. Bu uchinchi farzand \u2013 Amironshoh Mirzo tug\u2019ilishi bilan bog\u2019liq asoratlar bilan bog\u2019liq bo\u2019lgan, deyish o\u2019rinli tuyuladi. Amironshoh Mirzo onasi o\u2019limidan sal avval, 1366 yilda tavallud topadi. Biroq, Turg\u2019un Fayziyev Amironshoh Mirzoning onasini Menglibeka Og\u2019oyi Jon Qurboniy deb ko\u2019rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1370 yilga qadar Sohibqiron Amir Temurning xotinlari Amir Joku Barlosning qizi Nurmush (Turmush, Burmish shakllari ham bor) Og\u2019o, Amir Musallabning qizi, Amir Husaynning singlisi, Amir Qazag\u2019onnign nabirasi O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o va Mengli beka Og\u2019olar bo\u2019lgan. Oldingi ikki xotinidan tug\u2019ilgan farzandlar \u2013 Umarshayx Mirzo, Jahongir Mirzo va Sultonbaxt begim, Amirshoh Mirzolar tavallud topgan joy Sohibqiron Amir Temurning ota vatani Kesh \u2013 Shahrisabz bo\u2019lgan. 1370 yildan e\u2019tiboran Amir Temur Turkison mamlakati hukmdori bo\u2019lgach, uning oilaviy hayotida tubdan burilish vujudga keladi. Hukmdor sifatida xos harami shakllanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Temurbekning balog\u2019at davri haqida tarixiy manbalarda mufassil ma\u2019lumotlar berilmagan. Davlatshoh Samarqandiy o\u2019zining \u201cTazkirat ush-shuaro\u201d nomli asarida, Amir Tarag\u2019ayning \u201cHamma vaqt Sohibqironni zebu ziynat bilan tarbiya qilganligini\u201d aytib o\u2019tadi. Ota-onaning o\u2019z &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-amir-temurning-oilaviy-hayoti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153592","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153592","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153592"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153592\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153594,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153592\/revisions\/153594"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153592"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153592"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153592"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}