{"id":153604,"date":"2025-09-22T07:34:21","date_gmt":"2025-09-22T04:34:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153604"},"modified":"2025-09-22T07:34:22","modified_gmt":"2025-09-22T04:34:22","slug":"amir-temur-sulolasi-muhammad-taragay-xonadoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-muhammad-taragay-xonadoni\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Muhammad Tarag\u2019ay xonadoni"},"content":{"rendered":"\n<p>Chingizxon vafotidan keyin u qoldirgan Yasoqqa qat\u2019iy amal qilish asta-sekin susaya boradi. Ayniqsa, 1251 yilda Qoraqurumda bo\u2019lib o\u2019tgan uning vorislari qurultoyidan keyin markaziy hokimiyatni boshqarish, uluslar daxlsizligi masalalarida nizolar yuz berib, Chig\u2019atoy ulusi ikki qismga bo\u2019linib ketdi. Chig\u2019atoy ulusining ishlariga Oltin O\u2019rda borgan sari kuchliroq aralasha boshlaydi. Bu yillarda, xususan, Qarochor no\u2019yo vafot etgan 1254 yildan so\u2019ng, uning farzandlari taqdiri qanday kechgan, mufassil ma\u2019liumotlar yo\u2019q. Arg\u2019una Xotun Chig\u2019atoy ulusini kichik yoshli o\u2019g\u2019li Muborakshoh nomidan boshqarib turgan yillarda Qarochor no\u2019yonning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li amir Eyjilning otasi egallab kelgan sipohsolorlik mansabiga ko\u2019tarilganligi tarixlarda zikr etilmaydi. Ulusga Olg\u2019u ibn Poydor xon bo\u2019lgan davrda (1261-1266 yillar) amir Eyjilning xon saroyida o\u2019rin tutilganligi ayon bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chig\u2019atoyning nabirasi Olg\u2019u Chingizxonning kenja o\u2019g\u2019li To\u2019luyning o\u2019g\u2019li Ariq Bug\u2019o bilan hokimiyat talashishni avjga chiqaradi. Olg\u2019u janglardan birida mag\u2019lubiyatga uchraydi. Amir Eyjil ibn Qarochor no\u2019yon Olg\u2019uga katta qo\u2019shin bilan yordamga keladi. G\u2019alabaga Musharraf bo\u2019lgan Olg\u2019u amir Eyjilni o\u2019z amirul-umarosi vazifasiga tayinlaydi. Bundan ko\u2019rinadiki, amir Eyjil otasi bir umr qattiq amal qilib kelgan Yasoqqa rioya qilgan \u2013 Chig\u2019atoy avlodi haq-huquqi uchun kurashgan. Bu xildagi qat\u2019iyat norasida xon Muborakshohning voyaga yetishi va taxtga chiqishida amir Eyjilning quvvatlashida ham voqe bo\u2019ladi. Muborakshoh xonlik masnadiga 1264 yilda ko\u2019tariladi. Uning xonlik davrida amir Eyjilning mavqei baland bo\u2019ladi. Biroq, bu holat uzoqqa cho\u2019zilmaydi. Taxtning yana bir da\u2019vogari Baroqxon Muborakshoh hukmronligiga barham beradi. Amir Eyjil tabiatan sulhparvar, kayvoni kishi bo\u2019lgan. Ulusning tinchligini o\u2019ylab, kurashayotgan shahzodalarni murosaga keltirish uchun hatto ularni iltijo bilan bo\u2019lsa-da, totuvlikka keltirishga intilgan. Mirzo Ulug\u2019bek amir Eyjilning bu sifati to\u2019g\u2019risida, \u201cAmir Eyjil no\u2019yon ibn Qarochor no\u2019yon barlos iltijosi bilan Chig\u2019atoy ulusining barcha amirlari va shahzodalari kelib\u201d, hokimiyatni kuch bilan olgan Baroqxonga itoat qilib, tiz cho\u2019kkanligini aytadi. Holbuki, bungacha Baroqxon qilmishidan ularning aksariyati norozi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Baroqxon, o\u2019zining taxtda mustahkamlanishiga katta hisssa qo\u2019shgan amir Eyjldan qutulish harakatiga tushadi. O\u2019rdada ta\u2019siri kuchli va gapi ikki bo\u2019lmaydigan amir Eyjil saroydan qancha uzoq bo\u2019lsa, u o\u2019zini shuncha erkin tutardi. Amir Eyjil Ozarbayjonga, Baroqxonning ukasi To\u2019guzor xizmatiga jo\u2019natib yuboriladi. Amir Eyjilga \u201cLashkardan ogoh bo\u2019lib turish\u201d vazifasi yuklatiladi. Bu arzimas nazorat xizmati edi. Shu tariqa 1264 yildan keyingi tarixlarda amir Eyjil ism-sharifi uchramaydi. Hokimiyat talashuvlari esa mufassil davom etadi. Baroqxondan keyin ulus toju taxtini Bekxon, To\u2019qtemirxonlar bir muddat idora etib turadi. Qachonki, Hokimiyat jilovi Baroqxonning o\u2019g\u2019li Chechanga tekkach, u \u201cAmirlik va mulk madoriylik\u201d mansabini amir Eyjilning o\u2019g\u2019li amir Elangizga beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chig\u2019atoy ulusining poytaxti Qashqadaryo vohasi quyi qismidagi Qarshi bo\u2019lib turgan (1318-1326 yillar) yillarda yoxud Kunjakxon, Tolikuxon, Esonbo\u2019g\u2019oxon, Elchig\u2019iday, Buzan, Durar Temur va Tarmashirinxonlar xonlik masnadida bo\u2019lgan paytlarda Karochor no\u2019yon o\u2019g\u2019illari va nabiralari nechog\u2019lik mavqe tutganligi haqida tarixlarda sukut bor. Akademik V.V.Bartold, Keshda Qarochor avlodidan bo\u2019lgan Hoji Barlosning hokimiyatga qanday kelib qolganligidan ajablangan edi. U, bu xususda, \u201cBarloslar va ularning amirlarining Qashqadaryo vodiysida yashovchi Kebek, Tarmashirin va Qozonxon bilan qanday munosabatda bo\u2019lganligi haqida hech qanday ma\u2019lumot yo\u2019q\u201d, degan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kesh va Nasaf hududlari Qarochor no\u2019yon va uning avlodlariga mulk qilib berilganligi tarixiy asarlarda zikr etiladi. Gap Hoji Barlosning Kesh hokimiyatiga qanday kelganligi to\u2019g\u2019risida boradigan bo\u2019lsa, XIV asrning birinchi yarmiga kelib, Chig\u2019atoy xonlarining ichki nizolari kuchayib, saltanatning bir qadar zaiflashganligi, mahalliy turkiy amirlarning mustaqillik harakatiga tushganligi bu bobda muhim sabablar edi. Bunda, tag\u2019in Qarochor no\u2019yon avlodining Hoji Barlos mansub bo\u2019lgan tarmog\u2019i hali Qarochor no\u2019yon va Chingizxon tirik bo\u2019lgan paytlarda Kesh hududlariga kelib o\u2019rnashganligini e\u2019tiborga olishga to\u2019g\u2019ri keladi. Kesh hokimiyatining Yasu Munko o\u2019g\u2019illari, jumladan, Hoji Barlos qo\u2019liga o\u2019tishi shu jihatlar bilan uzviy bog\u2019liq edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur mansub bo\u2019lgan Eyjil avlodining Qashqa vohasida o\u2019rnashuvi nisbatan keyinroq amalga oshadi. Eyjil ham, uning o\u2019g\u2019li Elangiz ham Ilida, markaziy hokimiyatda sipohsolorlik ishlarida bo\u2019lganligi sababidan to Baroqxon hokimiyatga kelgunga qadar Qarochor no\u2019yonga suyurg\u2019ol etilgan mulklarga ko\u2019chib o\u2019tmagan edilar. Baroqxon Eyjilni Ozarbayjonga badarg\u2019a qilgandan so\u2019ng, uning o\u2019g\u2019li Elangiz bir muddat Batqonning o\u2019g\u2019li Chechan davrida otasi ishini davom ettiradi. Eyjil urug\u2019larining Qashqadaryo vohasiga kelib o\u2019rnashuvi XIII asrnign 70-80-yillarida yuz berganligini taxmin qilish mumkin. Elangizning o\u2019g\u2019li, Amir Temurning bobosi Barqul ismi sharifi manbalarda tilga olinmasligi sabablari ham Kesh hokimiyatiing Hoji Barlos avlodi tomonidan oltinroq egallanishi bilan bog\u2019liq edi. Hoji Barlosning bobosi Namula va otasi Burla\u2019y davrida Barqul va uning o\u2019g\u2019li Muhammad Tarag\u2019ayga Shahrisabz tevarak-atroflaridan tegishli yerlar, mulklar ajratib berilganligi dalili bu joyda ularning merosiy huquqi bo\u2019lganligini ko\u2019rsatadi. Bu mulklar Qalqamada, Ochig\u2019iyda, Niyoziy va Hoja Ilg\u2019or kabi joylarda bo\u2019lganligini manbalar dalolat etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Barlos qavmi \u2013 Qarochor no\u2019yonning urug\u2019-aymoqlari, tabiiyki, Chingizxon Qashqa vohasini istilo etgan, Movarounnahrni Chig\u2019atoy ulusiga aylantirgan XIII asr birinchi choragi oxirlaridan boshlab bu joyda o\u2019rnashgan edilar. Biroq, ayrim tarixiy asarlarda Amir Temur avlodining \u2013 barloslarning bunga qadar ham Qashqadaryoda ko\u2019p asrlar davomida hukm surganligi, xususan, Shahriabzning avloddan-avlodga barlosiya merosi bo\u2019lganligi qayd etiladi. Muarrix Muiniddin Natanziyda uchraydigan bir ishorat barloslarning Qashqadaryo bilan bog\u2019lanishini XI-XII asrlar sarhadlariga eltib qo\u2019yadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu narsa aniqki, Amir Temurning bobosi Barqul harbiy ishlarda otasi va bobolari darajasiga ko\u2019tarila olmagan, sulolaning odatdagi beklari qatorida Kesh navohisida hayot kechirgan. Uning o\u2019g\u2019li amir Muhammad Tarag\u2019ay ham Keshni idora qilish ishlaridan chetda bo\u2019lgan. O\u2019z mulklarida yashab, ma\u2019lum miqdorda sipohlar saqlagan, xo\u2019jaligini yuritgan. Shu boisdan ham, G\u2019arb tarixlarida uni va otasini shunchaki bek, tanilmagan, boylikka ega bo\u2019lmagan, o\u2019rtahol, hatto kambag\u2019al tariqasida talqin etish hollari uchrashini inkor etib bo\u2019lmaydi. Tarixlar tabiiyki, faqat katta mulklar boshliqlarini tan oladi. Muhammad Tarag\u2019ay va uning otasi Barqul singari, kelib chiqishi asilzoda \u2013 Chingizxondan keyingi ikkinchi shaxs bo\u2019lgan Qarochor no\u2019yon urug\u2019lari bo\u2019lgan, hokimiyat ishlariga aralashmagan, aniq mulklarni idora qilmagan kishilarning bundan ortiq tavsiflanishini kutib bo\u2019lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Otasi Barqulga nisbat qilganda, Muhammad Tarag\u2019ay anchayin harakat qiluvchi, zamon voqea-hodisalariga faol aralashuvchi, hayotda o\u2019z o\u2019rni bo\u2019lgan tarixiy shaxs sifatida namoyon bo\u2019ladi. Buni, uning Qozonxon bilan voqe bo\u2019lgan munosabatlaridan anglash mumkin bo\u2019ladi. \u201cZafarnoma\u201dda Muhammad Tarag\u2019ay, bek yoki sipohiylikdan ko\u2019ra, fozil va orif kishi sifatida ta\u2019riflanadi. Sharafiddin Ali Yazdiy bilan Ibn Arabshoh ta\u2019riflarini muqoyasa etganda, \u201cZafarnoma\u201d muallifi haq so\u2019zni aytganligi amir Tarag\u2019ayning keyingi hayoti maromida o\u2019z tasdig\u2019ini topadi Yazdiy. \u201cAmir Tarag\u2019ayning butun e\u2019tibori musulmonchilikni mustahkamlashga va takomillashtirishga qaratilgan edi. Davlati hududi doim ulamo fuzalo hojatlarining ado etilish qiblasi va oliy majlisi yig\u2019ingohi bo\u2019ldi. Qadrli shayx Shamshiddin Kulolga sidqidildan ixlos qilardi va uning muborak qabriga tez-tez borib turardi\u201d, deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixiy asarlarda Muhammad Tarag\u2019ay haqida ma\u2019lumotlar juda kam. Tug\u2019ilgan yili, sipohiyligi yoki amirligi haqida dalillar uchramaydi. Hatto, uning ismi faqat \u201cTarag\u2019ay\u201d tarzida zikr etilib, ko\u2019pincha \u201cMuhammad\u201d unutiladi. Birgina Fasix Xavofiy \u201cMuhammad Tarag\u2019ay\u201d deb ko\u2019rsatadi. V.V.Bartold, \u201cTemurning na otasi, na bobosi, aqalli, o\u2019zi tug\u2019ilgan shahri hayotida ham ko\u2019zga tashlanarli darajada ishtirok etmaganlar. Temurning bobosi musulmon bo\u2019lganligi ham noma\u2019lum\u201d, deydi. Bu so\u2019zlarni yuqorida keltirilgan Qarochor no\u2019yonning islom diniga bo\u2019lgan munosabati bilan qiyoslaydigan bo\u2019lsak, olimning xulosasida xolislik darajasi bir qadar pasaytirilganligi ayon bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hokimiyat Amir Qazag\u2019on qo\u2019liga o\u2019tib, Movarounnahr turkiy amirlar tomonidan idora qilina boshlangan davrda Muhammad Tarag\u2019ay va uning navqiron farzandi Temurbekning siyosiy hayotdagi faoliyati manbalarda aks etmaydi, deganda muarrix haq. Bunda, ehtimol, Muhammad Tarag\u2019ayning Qozonxon davrida mavqe tutganligi, uning ishonchli kishilardan bo\u2019lganligi, shu boisdan Amir Qazag\u2019on uni yoqtirmasligi, chetlatib qo\u2019yganligi ta\u2019siri bo\u2019lgandir. Bundan tashqari \u201cTemurnoma\u201dda Amir Qazag\u2019on va Amir Tarag\u2019ay shaxsiy munosabatlai haqida bir ishorat bor. Amir Tarag\u2019ay Tegina begim Mohni nikohiga olish harakatida bo\u2019lganida Amir Qazag\u2019on ham uni qo\u2019lga kiritishga intilgan. Bu bir tomoni. Ikkinchi jihati shundaki, Amir Qazag\u2019onning qizi Yo\u2019qun Xonim Amir Tarag\u2019ayning xotini edi. \u201cTemurnoma\u201d tasavvufiy, naqliy va tarixiy-badiiy asar bo\u2019lganligi sababli, unda zikr etilgan dalillarni ayni haqiqat ifodasi deyish mushkulroq. Shunga qaramay, turkiy amirlarning quad-andachilik munosabatlari keng taomilda edi. Amir Tarag\u2019aynin Amir Qazag\u2019on davrida hokimiyat ishlaridan chetlashtirishi sabablaridan biri Yo\u2019qun Xonim ustiga xotini olish bilan bog\u2019liq bo\u2019lishi ham mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Tarag\u2019ayning oilaviy hayoti xususida manbalarda yo\u2019l-yo\u2019lakay aytilgan fikrlar uchraydi, xolos. Uning birinchi ayoli, \u201cTemurnoma\u201dlarda aytilgani kabi, Amir Qazag\u2019onning qizi Yo\u2019qun Xonim edi. Amir Tarag\u2019ay bu xotindan farzand ko\u2019rmagan. Tegina begim Mohga uylanish farzand ehtiyoji bilan bog\u2019liq bo\u2019lib, chamasi, bu nikohga Buxoro va Qashqa vohasida ta\u2019siri katta ruhoniylar fatvo bergan. Tegina begim Moh vafotidan keyin Amir Tarag\u2019ay Qadoq Xotunga uylanadi. Bu ayol 1290 yilgacha hayot bo\u2019lgan va farzand ko\u2019rmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Tarag\u2019ayning Sadr ash-shari\u2019a Ubayduloh al-Buxoriyning qizi Tegina begim Mohga uylanishi turkiy va forsiy \u201cTemurnoma\u201dlarda naqliy tarzda zikr etiladi. Amir Temur ona tomondan bobosi vafot etganda, 10-11 yoshlarda bo\u2019lgan. Ayrim fikrlarga qaraganda, Amir Temurning opasi Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o undan besh yosh katta bo\u2019lgan, ya\u2019ni 1331 yilda tug\u2019ilgan. Shundan kelib chiqiladigan bo\u2019lsa, Amir Tarag\u2019ayning Tegina begim Moxga uylanishi 1329-1330 yillarda bo\u2019lganligini taxmin qilish mumkin. Tegina Xotun Buxoroning taniqli din arboblari oilasidan edi. Sharafiddin Ali Yazdiy aytganidek, u \u201cpokiza xulqli ayol\u201d bo\u2019lgan. Amir Tarag\u2019ayning ikki qizi va bir o\u2019g\u2019li bo\u2019lganligi XIV-XV asrlarga taalluqli barcha tarixiy kitoblarda etirof etiladi. To\u2019ng\u2019ich qiz Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o, Temurbek va singil Shirinbeka Og\u2019oning onalari Tegina begim Moh edi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cZafarnoma\u201dda Shirinbeka Og\u2019o bir o\u2019rinda opa, bir joyda esa, singil deb ko\u2019rsatiladi. O\u2019sha davr udumlariga binoan, qizlar ham, yigitlar ham erta turmush qurganlar. Qutlug\u2019 Turkon og\u2019o Amir Dovud Do\u2019g\u2019lotga, Shirinbeka Og\u2019o esa Amir Muayyadga uzatilgan. Amir Tarag\u2019ay qizlarining tavallud yillari aniq emas. Muarrix Ashraf Ahmedov \u201cZafarnoma\u201dga yozgan izohida Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019oning Amir Temurdan besh yosh katta ekanligini aytadi. \u201cMalfuzoti Temuriy\u201dda quyidagi so\u2019zlarni o\u2019qiymiz: \u201cChun o\u2019n sakkiz yoshga yetushtum. Bu vaqtda onam haq rahmatiga vosil bo\u2019ldi. Xoharim Turkon uy ishiga mutasaddi bo\u2019ldi va man uy ishin anga topshurub, o\u2019z ishim bila bo\u2019ldum\u201d. Agar shunday bo\u2019lsa, Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o bu vaqtda 23 yoshga kirgan bo\u2019ladi. Yana bilamizki, Amir Temurning singlisi Shirinbeka Og\u2019o \u201cMalfuzot\u201dda eslaitilmaydi. \u201cMalfuzot\u201dda, yuqorida keltirilgan jumlalarda, chamasi, Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o bilan Shirinbeka Og\u2019o yanglishtirilgan Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o emas. Uy ishlari Shirinbeka Og\u2019o zimmasida qolgan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Tarag\u2019ayning birinchi ayoli \u201cTemurnoma\u201dlarda qayd etilganidek, Amir Qazag\u2019onning qizi Ququn Xonim bo\u2019lgan. Bu ayoldan farzand bo\u2019lmagani shu manbalarda ochiq aytiladi. Buning ustiga Amir Qazag\u2019on bilan Amir Muhammad Tarag\u2019ay o\u2019rtasidagi ixtilof ta\u2019siri Yuqun Xonim shaxsida ham namoyon bo\u2019lganligi naql etiladi. U Tegina begimni chiqishtirmagan. Tegina begim vafotidan keyin (1354 yil) Amir Muhammad Tarag\u2019ay Qadoq Xotunga uylanadi. Bu ayoldan ham farzand bo\u2019lmagan. Tegina begim vafotidan keyin, uning yili o\u2019tgach, Amir Tarag\u2019ay nikohiga kirgan Qadoq Xotun reining farzandlariga mehribonlik ko;rsatgan, oqila ayol bo\u2019lgan. Qadoq Xotun 1389-1390 yilga qadar hayot bo\u2019lgan. Amir Temur Qadoq Xotunga farzand yanglig\u2019 mehr qo\u2019ygan, u hayotdan ko\u2019z yumganida juda qattiq qayg\u2019urgan. Amir Muhammad Tarag\u2019ay, Fasih Xavofiy solnomasiga ko\u2019ra, hijriy 762 yilda (1369 yil) olamdan o\u2019tadi. Muhammad Tarag\u2019ay oilasi, xonadonlar toifasining ota-ona, farzand, kelinlar birgalikda yashaydigan uchinchi turiga mansub, ixcham oilalardan bo\u2019lgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Chingizxon vafotidan keyin u qoldirgan Yasoqqa qat\u2019iy amal qilish asta-sekin susaya boradi. Ayniqsa, 1251 yilda Qoraqurumda bo\u2019lib o\u2019tgan uning vorislari qurultoyidan keyin markaziy hokimiyatni boshqarish, uluslar daxlsizligi masalalarida nizolar yuz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-muhammad-taragay-xonadoni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153604","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153604","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153604"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153604\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153605,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153604\/revisions\/153605"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153604"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153604"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153604"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}