{"id":153606,"date":"2025-09-22T07:35:17","date_gmt":"2025-09-22T04:35:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153606"},"modified":"2025-09-22T07:35:19","modified_gmt":"2025-09-22T04:35:19","slug":"amir-temur-sulolasi-qutlug-turkon-ogo-oilasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-qutlug-turkon-ogo-oilasi\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Qutlug\u2019 Turkon og\u2019o oilasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Turkiy asilzodalar oilalarida tug\u2019ilgan qizlarga mahobatli ismi sharifalar qo\u2019yish rasm bo\u2019lgan. Muhammad Xorazmshohning onasi, Chig\u2019atoy xonlaridan Tarmashirinxonning qiz farzandi Qutlug\u2019 Turkon. Turkon nomi bilan atalgan Amir Temur bilan bir vaqtda yashagan qavm boshliqlaridan Xizr Yasavuriyning, Ulug\u2019bek Mirzoning qizlaridan biri ham shu ismni olganlar. Vaqtida Muhammad Tarag\u2019ay oilasida dunyoga kelgan qizaloqqa ham yaxshi niyatlar bilan Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o deb ot qo\u2019yganlar. Aftidan, birinchi ayolidan farzand ko\u2019rmagan ota tomonidan Tegina begim Mohdan tug\u2019ilgan qizning qutlug\u2019 qadamli bo\u2019lishi haqidagi umidlar ifodasi o\u2019laroq, shu ism tanlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019oning ukasi Temurbekdan besh yosh katta ekanligi aytiladi. Shunga bovar qilinadigan bo\u2019lsa, Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o 1331 yilda tavallud topgan bo\u2019ladi. Opa bilan ukaning tug\u2019ilishi orasidagi besh yillik muddatni qanday izohlash kerak bo\u2019ladi? Buni chaqaloqlar tug\u2019ilishi va nobud bo\u2019lishi bilan kechgan yillar, deyish mumkin. \u201cZafarnoma\u201dda bir o\u2019rinda Shirinbeka Og\u2019o Temurbekning singlisi deyilsa, yana bir joyda, opasi deb ko\u2019rsatiladi. Gap shundaki, Shirinbeka Og\u2019oning oilada ikkinchi farzand bo\u2019lishini ehtimol tutib bo\u2019lmaydi. Chunki \u201cMalfuzot\u201dda Tegina begim vafoti Temurbek 18 yoshga kirganda \u2013 1354 yilda yuz berganligi aytiladi. Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o bu paytda 23 yoshda, Shirinbeka Og\u2019o esa 20-21 yoshga kirgan bo\u2019lardi. O\u2019sha paytlar qizlarning uzatilishi juda erta \u2013 12 yoshdan boshlab amalda bo\u2019lganligini hisobga olsak, \u201cuy ishlariga mutasaddi bo\u2019lgan\u201d Turkon Og\u2019o emas, kichik singil Shirinbeka Og\u2019o ekanligi anglashiladi. Shirinbeka Og\u2019o bu paytda 14-15 yoshli qizaloq edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o, shubhasiz, onasi hayotligi paytida turmushga berilgan. Kuyov \u2013 Dovudbek Do\u2019g\u2019lot degan kishi bo\u2019lgan. Do\u2019g\u2019lot qavmi Chig\u2019atoy ulusi ikkiga ajralib ketgandan keyin, sobiq Chig\u2019atoy xonligining sharqiy qismida, asosan, Qoshg\u2019arning g\u2019arbiy Yettisuvning janubiy qismida joylashgan, shu yerlarga egalik qilgan. V.V.Bartold ta\u2019biri bilan aytganda, turkiylashgan mo\u2019g\u2019ul elati edi. Yettisuvning Issiqko\u2019ldan, uning janubga qadar bo\u2019lgan bir qismi, Farg\u2019onadan Xitoy Turkistonigacha bo\u2019lgan viloyatlar ham do\u2019g\u2019lotlarga tobe edi. Do\u2019g\u2019lot amirlari ham Movarounnahrning qavm boshliqlari singari Chig\u2019atoy xonlaridan hokimiyatni tortib olgach, Bayonquli, Doshmandcha, Kobulxon kabi Chingizxon avlodidan bo\u2019lgan, soxta xonlarni taxtga chiqarganlar. Amir Qazag\u2019on, Amir Temur soxta xonlarga hech qanday huquq bermagan, ular davlatni idora qilish ishlariga aralashtirilmagan bo\u2019lsa, do\u2019g\u2019lotlar qo\u2019ygan qo\u2019g\u2019irchoq xonlar tadbirli va aqlli kishilar bo\u2019lib, hokimiyatni nomiga emas, amalda boshqarishni qo\u2019lga oladilar. Bu esa Chig\u2019atoy xonlari hukmronligiga barham bergan do\u2019g\u2019lot beklarining mavqei tushib ketishiga sabab bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Dovudbek Do\u2019g\u2019lotning kelib chiqishi haqida hech bir ma\u2019lumot uchramaydi. Nizomiddin Shomiyning \u201cZafarnoma\u201d asarida Amir Husayn va Amir Temur tomonidan mo\u2019g\u2019ul sarkardalaridan Iskandar o\u2019g\u2019lon, Amir Hamid va Amir Yusufhojaning asirga olinishi va qatl etilishi voqeasi keltirilgan. Sharafiddin Ali Yazdiy bu voqea 765 hijriyda \u2013 milodiy 1363-1364 yilda ro\u2019y berganligini yozadi. Fasih Xavofiy ham mo\u2019g\u2019ul amirlarining qo\u2019lga olinishi va qatl etilishi voqeasini 1364 yil voqealari silsilasida beradi. Bu yerda biz uchun muhimi, Dovudbek Do\u2019g\u2019lotning ismi sharifi qayd etilishida, Nizomiddin Shomiy uni \u201cAmir Dovud\u201d deb ataydi. Amir Dovud va Amir Sayfiddinlar Amir Temurning ishonchli kishilari sifatida qo\u2019lga tushgan amirlar jonini saqlab qolish uchun mas\u2019uliyatli topshiriqni bajarishga yuboriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1363 yilda Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019oning yoshi o\u2019ttizdan oshgan edi. Bu davrda Amir Dovudbekning tajribali, jasur sipohiy sifatida Amir Temur va Amir Husayn qo\u2019shinida, ular tarafida xizmat qilganligini tasavvur qilish qiyin emas. Amir Temurning Qarshini qo\u2019lga olishi voqealari ifoda etilgan sahifalarda Nizomiddin Shomiy Dovudbekni Suyurg\u2019atmish o\u2019g\u2019li, Amir Choqu, Amir Soru Bo\u2019g\u2019o, Amir hoji Sayfiddinlar qatorida ulug\u2019 amirlardan, deb ataydi. Shaharning Huzor tomonidagi darvozasini muhofaza qilishni Amir Temur opasi va singlisining erlari Amir Dovudbek Amir Muayyadlarga ishonib topshiradi. Muarrix qavlicha, Huzor darvozasi tomonda Amir Muso lashkari turgan edi. Amir Temur va Amir Dovud dushmanning chap qanotiga birgalashib hujum qiladi. Amir Temurning qo\u2019l ostida oltmish navkat bor edi. Qarshi hokimi Amir Muso lashkari tumtaraqay bo\u2019lib qochadi. Nizomiddin Shomiy Sohibqiron Amir Temur uchun nihoyatda qiyin bo\u2019lgan 1360-1370 yillar davomida Amir Dovud va Amir Choqularning unga sadoqatli bo\u2019lganligini alohida ta\u2019kidlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Dovudbek Do\u2019g\u2019lotning Sohibqiron xonadoniga opasi Qutlug\u2019 Turkon tufayli ichkarilardan bo\u2019lganligini yana bir dalil tasdiq etadi. Hijriy 776 yili (1374) Amir Temur \u201cAmir Dovud, Yodgor barlos va Uzun Uljoytularni podshohona hadyalar, malikani nodir buyumlar bilan Xorazmga yubordi hamda ularga oliy nasabli Xonzodani izzat-ikromli elchilar hamrohligida Samarqandga olib kelishni buyurdi. Ular Xorazmga yetganlarida Yusuf So\u2019fi martabali mehmonlarni ulug\u2019lash va hurmatlash vazifalarini bajo kelturdi va Xonzoda, shunday bonuni o\u2019shanday ulug\u2019 hazratga (Jahongir Mirzoga uzatish ko\u2019zda tutilayotur) yuborishga loyiq tartibu davdaba bilan jo\u2019natdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Dovurdbek Do\u2019g\u2019lotning keyingi taqdiri to\u2019g\u2019risida manbalarda ma\u2019lumotlar uchramaydi. 1376 yil boshlarida Mo\u2019g\u2019ulistonda hokimiyatga kelgan Qamariddinga qarshi olib borilgan janglarda Amir Dovud va Amir Uchqaro bahodirlarning jang maydonidan qochgan mo\u2019g\u2019ullar ortidan quvishga jo\u2019natilganligi aytiladi. Shu voqeadan keyin Amir Dovudbek Do\u2019g\u2019lot ismi sharifi tarixiy asarlarda tilga olinmaydi. Holbuki, u bilan dushmanni ta\u2019qib etishga yuborilgan Amir Uchqaro bahodirning keyinchalik yana Qamariddin bilan to\u2019qnashganligi, janglarning birida jonini zo\u2019rg\u2019a qutqazib qolganligi aytiladi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAmir Uchqaro Qamariddinning ketidan quvib ketdi. Bir qancha yo\u2019l yurishgach, Qamariddin o\u2019z navkarlarini yig\u2019ib, Uchqaroni o\u2019rtaga oldilar. Amir Uchqaroning otini o\u2019q otib yiqitdilar. Ammo u jonini qutqazib qoldi\u201d. Qamariddin, Tug\u2019luq Temurdan keyin mo\u2019g\u2019ul taxtiga kelgan Ilyosxo\u2019jani o\u2019ldirib, uning hokimiyatiga chek qo\u2019ygan qotil kishi edi. U Tug\u2019luq Temur bilan Po\u2019lodchi tomonidan asoslangan Sharqiy Turkiston davlati va unga qarashli hududlarda hukm yuritadi. Po\u2019lodchining ukasi sifatida taxtni kuch bilan tortib oladi. Sohibqiron Amir Temur unga qarshi betinim kurash olib boradi. Yuqorida eslatilganidek, Qamariddinni ta\u2019qib etishda Amir Dovudbekning halok bo\u2019lganligi ehtimoldan holi emas. Amir Uchqaro esa 1393 yilda ham hayot bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Dovudbek Do\u2019g\u2019lotning Qamariddinga qarshi olib borilgan janglardan keyin yuz bergan qizg\u2019in voqealar ichida bo\u2019lmasligining birdan-bir sababi yuqorida aytilgan taxminga borib taqaladi. Jetaga qilingan keyingi yurisharda, safarda Amir Temur Dilshod Og\u2019oga uylanadi. Bu voqea 776 hijriyda (1374 yil) bo\u2019ladi. To\u2019ydan keyin Sohibqiron o\u2019rdusi Uzgand shahriga yetib keladi. Bu yerga Samarqanddan beklarning xotin-xalaji bilan Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o tashrif buyuradi, Sohibqironni qutlaydi. Amir Dovud hayot bo\u2019lganida edi, u shu voqealar munosabati bilan tilga olingan bo\u2019lardi. Amir Dovudbek o\u2019z qaynog\u2019asi \u2013 Amir Temurga uzoq yillar davomida, eng qiyin kunlarda sadoqat bilan xizmat qilgan, uning bahodir safdoshlaridan biri bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o turmushga chiqqanidan so\u2019ng, Keshda yashamagan. Eri Dovudbek Do\u2019g\u2019lot sipohiy odam bo\u2019lganligi uchun ham turar joylari o\u2019zgarib turgan. To\u2019g\u2019luq Temurning o\u2019g\u2019li Ilyosxo\u2019ja hukm surgan yillarda ular Samarqandda muqim turganlar. Ilyosxo\u2019janing amiri Bekichak Temurbek izidan tushib, uni ta\u2019qib ostiga olganda, u Samarqandda, opasining uyida qirq sakkiz kun yashirinib turishga majbur bo\u2019ladi. Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o va unign oilasi 1370 yildan keyin Samarqandda doimiy yashab qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muarrixlar Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o aqlli va keng bilimli ayol sifatida ta\u2019riflaydilar. Kesh va Samarqandda qurilgan ko\u2019pgina obidalar Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019oning maslahati bilan bunyod topganligi aytiladi. Sohibqironning davlat quyoshi porlab chiqqan yillarda Jahongir Mirzoning o\u2019limi (1376 yil) uni qattiq qayg\u2019uga solgan vaqtda, qizi Tog\u2019ayshoh Og\u2019o begimning og\u2019ir hastalikdan bu dunyoni tark etganida (1382 yil) olam ko\u2019ziga tor ko\u2019ringan ukasiga pandu nasihatlar qilgan, uni ruhlantirgan Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o bo\u2019lgan. Sohibqiron opasi so\u2019zini ikki qila olmagan, unga ulkan hurmat-ehtirom bilan bog\u2019langan. Qizi ta\u2019ziyasi kunlarida Xurosondan tashvishli xabarlar keladi. Azaliy dushman Alibek Joniqurboniy Amir Vali bilan til biriktirib, Sabzavor ustiga bostirib keladi va Shirinbeka Og\u2019oning o\u2019g\u2019li, jiyani Ali Muayyadni qamal ostiga oladi. Saltanat ishidan chekinib, qattiq motamli bo\u2019lgan Amir Temur hech kimni ko\u2019rishni istamayotgan bir vaqtda, opasi uning huzuriga kirib, \u201cSen shu ahvolda dunyo tashvishlariga befarq bo\u2019lsang, tez orada olam tugab bitadi. Xudoning ishiga hech kim chora qila olmaydi. Dunyo paydo bo\u2019libdiki, ishlar shunday keladi, qayg\u2019urishdan foyda yo\u2019q. O\u2019zingni shunday tutadigan, qayg\u2019uga barham bermaydigan bo\u2019lsang, xalqing va davlating parokandalikka uchraydi. Allohning bandalari kambag\u2019allikka tushadi. Bu nimasi, Mazondaronda qandaydir to\u2019dalar musulmonlarga kulfat solsalar? Bu yerda birgina yo\u2019l bor: sen jangga otlanasan va talonchilarni shunday jazolaysanki, qaytib birortasi bunday bosqinchilik haqida o\u2019ylamaydigan bo\u2019lsin\u201d. Nihoyatda bosiqlik va mehribonlik bilan aytilgan bu so\u2019zlar Sohibqironni o\u2019ziga keltiradi. Xuroson va Mazondaronni talashga intilgan to\u2019dalar tanobini tortib qo\u2019yish uchun qo\u2019shin tortib, yo\u2019lga tushadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019oning Amir Dovudbek Do\u2019g\u2019lotdan necha farzand ko\u2019rganligi manbalarda eslatilmaydi. Sharafiddin Yazdiy \u201cZafarnoma\u201dsida 1386 yil voqealari hikoya qilinar ekan, shu davrning muhim harbiy ishlaridan biri \u2013 Fors mulklariga qo\u2019shin tortish bo\u2019lganligi aytiladi. Tavochilar barcha viloyatlardan lashkar yig\u2019adilar. Yurish boshlangach, Amir Temur Movarounnahr sarhadlarini himoya qilish uchun Dovudbek va Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019oning o\u2019g\u2019li Sulaymonshoh bilan Abbosbekni qoldirganligi qayd etiladi. Anglashiladiki, Sulaymonshoh harb ishlariga erta jalb etilgan bo\u2019lgan. Uning tavalludini XIV asrning 40-yillari oxirlarida bo\u2019lgan, deb faraz qilsak, 1386 yilda yoshi 35-37 oralig\u2019ida edi, deyish mumkin. Movarounnahr viloyatlarini himoya qilish uchun tabiiyki, katta lashkar qoldirilgan. Shunday mas\u2019uliyatli topshiriqni jiyaniga ishonib topshirish, uning bahodir, jangovar kishi bo\u2019lganligini dalolat etadi. Sulaymonshohbek To\u2019xtamish ustiga qilingan yurishlarda jasorat ko\u2019rsatadi. U, Amir Yodgor Barlos, Shamsiddin Abbos va G\u2019iyosiddin tarxonlar Turkistonda zaxira kuchlarni tashkil etuvchi lashkarlarni boshqarganlar.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019xtamish ustida g\u2019alaba qozonilgandan keyin, Sohibqiron Mo\u2019g\u2019ulistonda bosh ko\u2019targan kuchlarga qarshi otalanadi. Zikr etilgan amirlar Hizr Hoja O\u2019g\u2019longa qarshi janglar olib boradilar. Ular Qaytun degan joyda Sohibqiron bilan uchrashadilar. Mo\u2019g\u2019ul lashkarini tumtaraqay qilgan Sohibqiron zafar quchib, 1389 yilning 30 avgustida poytaxti Samarqandga qaytadi. G\u2019alaba sharafiga katta to\u2019y uyushtiriladi. Malikalar, shahzodalar, beklar Sohibqironga munosib tuhfalar hadya etdilar. Muarrix qishga qadar Amir Temurning o\u2019z poytaxtida baxtli va farovon hayot kechirganligi, el va ulusi adolat va obodonlikdan bahramand bo\u2019lganligini qoniqish bilan yozadi. Qish yaqinlasha boshlagach, Amir Temur qishlamoq uchun Buxoroga otlanadi. Sohibqiron o\u2019rdusi Farkat degan manzilda joylashadi. Bu joyda bir qancha ko\u2019llar bo\u2019lib, ovlanadigan qushlar nihoyatda serob bo\u2019lgan. Maxsus chodirlar tiklanib, hamma uchun xos xonalar muhayyo etiladi. 1390 yilning qishi ham boshlanadi. Sohibqironning qizi Sultonbaxt begim bilan Sulaymonshohbekning to\u2019ylari shu yerda o\u2019tkaziladi. Sohibqiron o\u2019rdusida jami malikalar, shahzodalar, ichkilar katta bir jamoani tashkil etgan. Amir Tarag\u2019ayning bevasi Qadoq Xotun ham Sohibqironning qishki safarida biri bo\u2019lgan. Sulaymonshoh va Sultonbaxt begim to\u2019yidan ko\u2019p o\u2019tmay, keksaygan o\u2019gay ona \u2013 Qadoq Xotun olamdan o\u2019tadi. Amir Temur bu ayolni xuddi onasidek yaxshi ko\u2019rgan va hurmatlagan. Muarrix qayd etganidek, \u201cTaqdirning odati shundaki, har bir quvonch ortidan, albatta, bitta qayg\u2019uni ko\u2019ndalang etadi, har bir baxtdan so\u2019ng bitta o\u2019limni yo\u2019llaydi\u201d. Sohibqiron bu voqeadan qattiq qayg\u2019uga botadi. Ona ta\u2019ziyasi o\u2019tkazilib, uning jasadi Keshga, dafn uchun hurmat-izzat bilan jo\u2019natiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1390 yilda Amir Temur mo\u2019g\u2019ullarga qarshi 20 ming kishilik qo\u2019shin safarbar etadi. Ko\u2019zga ko\u2019ringan bahodirlar lashkar boshliqlari vazifasiga tayinlanadi. Sulaymonshohbek boshchiligida amalga oshirilgan bu yurish olti oyga cho\u2019zilib ketadi. Oziq-ovqat tugashiga qaramay, qo\u2019shin vazifani uddalab, Samarqandga qaytadi. Bu yillarda Sulaymonshohning obro\u2019-e\u2019tibori yuksaladi, mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurashda ko\u2019rsatgan jasorati Sohibqironni mamnun etadi. 793 hijriy qo\u2019y yilida To\u2019xtamishga qarshi qo\u2019shin tortgan Amir Temur uni Qunduzcha (hozirgi Samara shahridan shimolroqda) degan joyda turganini aniqlab, lashkarini 7 qismga bo\u2019ladi. Muarrix bu haqda gapirar ekan, \u201cHech bir podshoh lashkarni bunday tuzmagan va bu haqda eshitmagan ham\u201d, deydi. Yetti qo\u2019l \u2013 yetti lashkar guruhiga bahodirlarni tayinlaydi. Qo\u2019l boshliqlari orasida shahzoda Muhammad Sulton, Amironshoh Mirzolar bo\u2019lganligini hisobga olsak, bu harbiy to\u2019lg\u2019amada Sulaymonshohning tutgan o\u2019rni nechog\u2019lik baland bo\u2019lganligi ayon bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Sulaymonshohning saltanatda tutgan o\u2019rni bo\u2019lganligi, toza-jiyanlik munosabatlaridan tashqari, janglardagi bahodirlik bilan yanada mustahkamlangan. Sultonbaxt begimni nikohiga olish uning mavqeiga nechog\u2019lik ta\u2019sir qilgan, manbalardan bunga aniq javob topish qiyin. Har holda, shu davrda saltanatda kechgan voqea-hodisalar silsilasida u ulkan dargohning sanoaqli yaqinlari qatorida bo\u2019lgan. Buni 1394 yilning avgustida Shohruh Mirzoning Samarqandg yuborilishi va kutib olinishi marosimi ham tasdiq etadi. Shohruh Mirzoni Xurosondan saltanatning Saroy Mulk Xonim, Tuman Og\u2019o va boshqa beklarning xotin-xalaji qanchadan-qancha qo\u2019riqchilar hamrohligida Sultoniyaga qadar kuzatib kelganlar. Shohruh Mirzo Keshga \u2013 Shahrisabzga kelib tushganida Samarqanddan Sulaymonshoh uni kutib olish uchun katta tuhfalar bilan yetib keladi. Poytaxt Sulaymonshoh boshchiligida martabali shahzodani kutib olish uchun chiroyli qilib bezatiladi, hunarmandlar bor san\u2019atlarini namoyish etadilar. Sohibqiron poytaxtda bo\u2019lmagan vaqtida Sulaymonshohga xonadonning eng mas\u2019uliyatli yumushlari ishonib topshirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur qachonki Xuroson hokimiyatini Shohruh Mirzoga berganida Amir Mizrob Joku, Sayyid Hoja Shayx Ali Bahodir, Abdusamad hoji Sayfiddin singari ulug\u2019 beklar qatorida Sulaymonshohni ham shahzodaning xos kishilari qatoriga kiritadi. Sulaymonshoh Shohruh Mirzoning ammasi, xotini Sultonbaxt begim bilan Xuroson idorasida Shahzoda xizmatida bo\u2019ladi. Shohruh Mirzo butun arkoni davlati bilan 1397 yilning may oyida Jayhundan o\u2019tib, Andhudga yetib keladi. Shu tariqa, Sulaymonshoh Shohruh Mirzo yonida, Hirotda o\u2019n oga yaqin xizmatda bo\u2019ladi. 1398 yilning martida Sohibqiron Amir Temur bilan Shohruh Mirzoning Keshda uchrashuvi bo\u2019ladi. Hirotdan Sulaymonshoh chaqirib olinadi hamda Kach va Mikronni bo\u2019ysundirishga jo\u2019natiladi. Sulaymonshoh bu farmonning ijrosini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulaymonshohning Sohibqiron Amir Temur vafotidan keyingi hayoti qanday kechganligi to\u2019g\u2019risida so\u2019zlashdan burun uning rafiqasi, tog\u2019asi Amir Temurning qizi Sultonbaxt begim haqida ham to\u2019xtalish o\u2019rinli bo\u2019ladi. Sultonbaxt begim Movarounnahrda mo\u2019g\u2019ullar hokimiyatiga barham bergan Amir Qazag\u2019onning nabirasi, Amir Musallaning qizi, Amir Husaynning singlisi O\u2019ljoy Turkon Og\u2019odan tug\u2019ilgan edi. Sultonbaxt begim taxminan 1363-1364 yillar oralig\u2019ida tug\u2019ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur yurt ozodligi yo\u2019lida o\u2019ziga safdosh bo\u2019lganlarni, do\u2019stlarini juda qadrlagan. Shulardan biri Sher Bahrom edi. Amir Husaynning kaltabinligi tufayli, uning imdodi bilan o\u2019ldirib yuborilgan Sher Bahrom xonadoniga Sohibqiron katta iltifot ko\u2019rsatadi. Sher Bahromning o\u2019g\u2019li Muhammad Mirakni tarbiyasiga oladi. Muarrix bu haqda, \u201cMuhammad Mirak hukmdor bilan yaqinlashish baxtiga muayyas bo\u2019lgan \u2013 u Sohibqironning kuyovi edi, yuksak baxt sohibasi Sultonbaxt begim uning xotini edi. U Sohibqiron tomonidan, uning nazar-e\u2019tibori soyasi ostida bo\u2019lib, Xuttalon mulki va aholisi unga to\u2019liq bag\u2019ishlangan edi\u201d, deb yozgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonbaxt begimning Muhammad Mirakka turmushga chiqishi 1378-1379 yillar nari-berisida bo\u2019lgan. Ular 1388 yilga qadar birgalikda hayot kechirganlar. 1388 yilda Amir Temur Xorazmga beshinchi marta qo\u2019shin tortganida, yo\u2019lda unga unga kuyovi Muhammad Mirakning ukasi Abdulfath o\u2019z odamlari bilan safni tashlab ketganligini aytadilar. U tezda izlab topiladi va qochishi sabablari aniqlanadi. Muhammad Mirak qo\u2019shindan ajralib, Amir Temurga qarshi isyon ko\u2019targanligini, ukasi Abulfathni ham yoniga chorlaganligi ma\u2019lum bo\u2019ladi. Xiyonatkor aka-ukalar harbiy qonunlarga binoan qatl etiladi. Sultonbaxt begim bilan Muhammad Mirakning nikohidan farzand tug\u2019ilganligi tarixiy asarlarda zikr etilmaydi. Eri xiyonatga qo\u2019l urganda, Sultonbaxt begim 25 yosh atrofida bo\u2019lgan. Oradan bir yildan ortiq vaqt kechib, Sultonbaxt begim, aytilganidek, Sulaymonshohga uzatiladi. Bu \u2013 ikkinchi nikohdan ham farzandlar dunyoga kelganligi manbalarda ko\u2019rsatilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Mirakning xiyonat yo\u2019liga kirishi sabablarini izohlash mushkul. Otasi Sher Bahromning yuz-xotiri uchun unga muruvvat ko\u2019rsatgan, suyukli qizini berib, o\u2019ziga yaqin qilgan Sohibqiron bu nonko\u2019rlikni kechirmagan. Sharafiddin Ali Yazdiy bu bobda haq gapni aytgan: \u201cOdam boyisa, isyon ko\u2019taradi\u201d. Muhammad Mirakning ko\u2019rnamakligi, kaltabinligi nafaqat o\u2019z boshiga yetishiga, shuningdek, Sultonbaxt begimnign ham keyingi taqdiri mahzunlikda, tafriqada kechishiga sabab bo\u2019ladi. Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur vafotidan keyin yuz bergan voqea-hodisalar po\u2019rtanasida Sulaymonshoh o\u2019tirgan qayiqning halokatli baland-pastlari Sultonbaxt begimning manzilini yurt sarhadlaridan olislarga uloqtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulaymonshoh Kach va Mikron fathidan keyin shu mulklar jilovini qo\u2019lga olgan edi. Amir Temur vafotidan so\u2019ng, taxtga da\u2019vogar bo\u2019lib chiqqanlardan biri Sohibqironning ikkinchi qizi Tog\u2019ayshoh Og\u2019o begimdan tug\u2019ilgan, Amir Musoning nabirasi Sulton Husayn edi. Sulton Husayn yengiltak, buzg\u2019unchi va nafs bandasi edi. U, qarindoshlaridan bo\u2019lgan Muhammad Sultonning ayoli, Samarqanddan Balxga kelayotgan Xonika begimni yo\u2019lda talab, mol-mulklari va ziynatlarini olib, lashkariga tarqatadi. Fe\u2019lda ota tomonidan bobosi Amir Musoga tortgan Sulton Husayn boshpana izlab, Sulaymonshoh huzuriga boradi. Sulton Husayndek buzg\u2019unchini qanoti ostiga olgan Sulaymonshoh Hirotga borganida, Shohruh tomonidan qabul qilinmaydi. Noiloj, u Samarqandga Xalil Sulton oldiga boradi va qo\u2019shinning ilg\u2019ori boshliqligi vazifasiga qo\u2019yiladi. Sohibqiron taxti uchun bo\u2019lgan kurashlarda Sulaymonshoh Xalil Sulton tarafida bo\u2019ladi. Jangu jadallarda Shohruh Mirzo qo\u2019li baland kela boshlaydi. Tarixiy manbalarda 1406 yildan keyin yuz bergan toju taxt kurashlari yilnomasida Amir Sulaymonshoh ismi uchramaydi. Tasavvur qilish mumkinki, 1389 yildan to 1406 yilga qadar, 17 yil davomida Sultonbaxt begim Amir Sulaymonshoh bilan birga hayot kechirgan, bu yillarda taqdir taqozosiga ko\u2019ra, goh Jayhunning u tarafida, goh bu tarafida sipohiylar oilalariga xos hayot kechirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulaymonshoh Sohibqiron tog\u2019asi vafotidan keyin Amironshoh Mirzo va uning o\u2019g\u2019li Xalil Sulton xizmatida bo\u2019lishni o\u2019z burchi deb bilgan. Xalil Sulton va Shohruh Mirzo qarama-qarshiliklari davom etgan 1405-1407 yillar oralig\u2019ida shahid bo\u2019lgan, deyish mumkin. Eri o\u2019limidan keyin Sultonbaxt begim akasi Amironshoh panohida bo\u2019ladi. Amironshoh Mirzo va Xalil Sultonlar qismati og\u2019ir bo\u2019ladi. 1408 yilda Amironshoh Mirzo Qora Yusuf tomonidan qatl qiladi. Musofirlik va muxtojlikda qolgan Xalil Sulton ham 1411 yilda og\u2019ir xastalikdan hayotdan ko\u2019z yumadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sultonbaxt begim umrining oxirgi yillarini Nishopur shahrida kechirgan. Fasih Xavofiy 1429-1430 yil voqealari haqida ma\u2019lumot berar ekan, \u201cNishopurda ulug\u2019vor xotun, Amir Sohibqiron Amir Temurning qizi Sultonbaxt beka vafot etdi\u201d, deydi Sultonbaxt begim, taxminan 66-67 yil umr ko\u2019radi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur xonadoni silsilasidagi katta bir halqa \u2013 Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o oilasi tarixidan muxtasar hikoya qilingan bu lavha XIV asr oxirlaridagi turmush tarzini tasavvur qilishga ma\u2019lum yo\u2019nalish beradi, deb o\u2019ylayman. Bu xonadon shu davrda kechayotgan siyosiy voqealarning markazida bo\u2019lganligi va faslligi bilan alohida ajralib turadi. Qutlig\u2019 Turkon Og\u2019o 1383 yilning yozida Samarqandda 52 yoshida vafot etadi. Nizomiddin Shomiy bu haqda, \u201cAmir Sohibqironning opasi Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o bu foniy manzildan boqiy olamga rixlat qildi\u2026 Amir Sohibqiron uning vafotiga diltang bo\u2019lib, qayg\u2019uga to\u2019ldi. Uning firoqida g\u2019amgin va giryon bo\u2019ldi. Ravshan diliga va muborak xotiriga vahshatu nafrat yo\u2019l topdi. Bir necha kun oromsizligu iztirobi ortib bordi. Mamlakat va davlat ishlari bilan shug\u2019ullanmay qo\u2019ydi. Oxirida sayyidlar, ulamo, mashoyix va solih kishilar Amir Sohibqiron huzurida to\u2019planib, nasihat berish va va\u2019z aytish vazifalarini ado etdilar\u201d, deydi. Opasi uchun azadorlik vazifalarini ado etib, Sohibqiron ko\u2019p xayriyalar qiladi, muhtoj kishilarga sadaqalar ulashadi. Samarqandda, Shohizindada, Qusam ibn Abbos marqadidan uncha uzoq bo\u2019lmagan joyda Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019oga mahobatli daxma bunyod etiladi. Oila sha\u2019nini juda baland tutgan Sohibqiron opasi ruhini musallam tutgani kabi, uning xokini ham abadiylikka badal etgan edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Turkiy asilzodalar oilalarida tug\u2019ilgan qizlarga mahobatli ismi sharifalar qo\u2019yish rasm bo\u2019lgan. Muhammad Xorazmshohning onasi, Chig\u2019atoy xonlaridan Tarmashirinxonning qiz farzandi Qutlug\u2019 Turkon. Turkon nomi bilan atalgan Amir Temur bilan bir vaqtda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-qutlug-turkon-ogo-oilasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153606","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153606","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153606"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153606\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153607,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153606\/revisions\/153607"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153606"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153606"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153606"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}