{"id":153608,"date":"2025-09-22T07:36:22","date_gmt":"2025-09-22T04:36:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153608"},"modified":"2025-09-22T07:36:22","modified_gmt":"2025-09-22T04:36:22","slug":"amir-temur-sulolasi-loy-jangi-golibining-qizi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-loy-jangi-golibining-qizi\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. \u201cLoy jangi\u201d g\u2019olibining qizi"},"content":{"rendered":"\n<p>Hijriy 766 yilning (1365 yil) bahori Movarounnahr viloyatlari beklari uchun xosiyatsiz kechgan edi. Mo\u2019g\u2019ul hukmdori Tug\u2019luq Temurxon vafot etgandan (1363 yil) keyin, Samarqanddan uning o\u2019g\u2019li, Movarounnahrni idora qilib turgan Ilyosxo\u2019ja o\u2019g\u2019lon Ili vodiysidagi otasi qarorgohiga yetib boradi. Saroyga yaqin amirlardan Shiromun, Amir Hoji, Tunam, Qamariddin, Shamsiddinlar mashvarat qilib, Ilyosxo\u2019jani xonlik taxtiga o\u2019tqazadilar. Mo\u2019g\u2019ul saltanati poytaxtida ichki kurashlar, hokimiyat talashlari zimdan kuchayib borayotgan bir paytda, amir Qamariddin Ilyosxo\u2019janing yoshligidan, hokimiyat ishlarini o\u2019z holiga tashlab qo\u2019yganidan foydalanib, 1364 yilda, bir kuni tush paytida xon o\u2019rdagig bosqin uyushtiradi va Ilyosxo\u2019jani qatlga yetkazadi. Amir Qamariddin Chingizxon udumiga \u201crioya qilib\u201d avlodning eng ulug\u2019i bo\u2019lgan amir Shamsiddinni rasman xon maqomiga ko\u2019tarib, amalda hokimiyat jilovini o\u2019z qo\u2019liga oladi. U, oradan ko\u2019p o\u2019tmay, Movarounnahrni qayta bosib olish uchun qo\u2019shin tortadi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cLoy jangi\u201d deb tarixga muhrlangan to\u2019qnashuvning oqibatlarini bugun maktab o\u2019quvchisi ham yaxshi biladi. Amir Qamariddin boshlab kelgan mog\u2019ul lashkariga qarshi kurashda g\u2019alab Amir Husaynning nomardligi tufayli boy beriladi. Chir daryosi bo\u2019yida, ayni bahor kezida bo\u2019lgan jangda u o\u2019z qo\u2019shininni harb maydoniga kiritmay, payt poylaydi. Uning fikri, Amir Temurning odamlari urishib, ko\u2019proq qirilsa-da, u o\u2019z jangovar kuchlarini jangga kiritmay saqlagan holda, harbiy ustunlikka ega bo\u2019lsa edi. Yomg\u2019ir jala bo\u2019lib yog\u2019adi, otlar tizzasiga qadar loyga botib, yurolmay qoladi. Amir Temur lashkari qanchalik jon koyitmasin, mo\u2019g\u2019ullar son jihatdan ustun. Amir Husayn esa Amir Temur odamlar yuborib, jangga kirishni talab qilganda ham, bunday bo\u2019yin tovlaydi. U, nihoyat, vaziyatni anglab yetganda, kech bo\u2019ladi. Muarrix Muiniddin Natanziy \u201cLoy jangi\u201dda mo\u2019g\u2019ul amiri Shamsiddinning o\u2019zini ko\u2019rsatganligini alohida ta\u2019kidlaydi: Amir Shamsiddin mo\u2019g\u2019ul, &#8211; deydi u, &#8211; o\u2019zini go\u2019yokim Besutin tog\u2019idek mahkam tutib, hanuz muxorabaga kirishmagan edi. Sultoni G\u2019oziy (ya\u2019ni, Amir Temur) o\u2019n yetti jangovar qo\u2019shin bilan mo\u2019g\u2019ul ustiga tashlanib, bir hamla bilan uni joyidan surib chiqardi. \u201cBesutin tog\u2019idek\u201d mahkam yovni joyidan qo\u2019zg\u2019otishga muvaffaq bo\u2019lgan Amir Temurga Amir Husandan madad yetmaydi. Keyingi to\u2019qnashuvlarda amir Shamsiddinning qo\u2019li ustun kela boshlaydi: \u201cBugun ham amir Shamsiddin mo\u2019g\u2019ul o\u2019z joyida mustahkam turdi, &#8211; deb yozadi Natanziy, &#8211; va mufaqqatga erishib, uzoq mudofaadan keyin boyakbor hamla qilib, Movarounnahr lashkarini tor-mor keltirdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan keyingi voqealar rivoji yaxshi ma\u2019lum. Samarqandda sarbadorlarning mo\u2019g\u2019ullar xurujini daf etishi, Jayhundan o\u2019tib ketgan ikki amirning \u2013 Husaynbek va Temurbeklarnign yurtga qaytishi, Amir Husaynning Movarounnahr taxtini egallashi, oraada yuz bergan nizolar va 1370 yil voqeasi \u2013 Amir Temurning porloq g\u2019alabasi yuz berishi\u2026<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur mamlakatni yakjilov qilib, hokimiyatni mustahkamlagani sari, asosiy dushman \u2013 mo\u2019g\u2019ul bosqini xavfini tamomila tugatishga ahd qiladi. 1370-1371 yillar davomida mo\u2019g\u2019ullar ustiga ikki bor bor zafarli yurishlar qiladi. Bu yurishlar 1374-1376 yillarda ham takrorlanadi. Movarounnahrni ayovsiz talagan. \u201cLoy jangi\u201dda son-sanoqsiz turkiy lashkar qurilishiga sababchi bo\u2019lgan, imkon topgudek bo\u2019lsa, yana bosqin qilishdan qaytmaydigan Qamariddinni mahv etish Amir Temurning yagona maqsadi bo\u2019lgan edi. Qamariddinga qarshi yurishlarning uchinchisi 1375 yil boshlarida amalga oshiriladi. Bu yurishda Umarshayx Mirzo, Jahongir Mirzo va boshqa lashkarboshilar ishtirok etadi. Qamariddin Amir Temur qo\u2019shinlari hujumiga bardosh berolmay, butun mol-mulkini, haramini qoldirib, sharmandalarcha qochib qutuladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu yurish chog\u2019ida amir Shamsiddinnign xotini Buyon Og\u2019o va qizi Dilshod Og\u2019o qo\u2019lga olinadi. Muarrixlardan Shomiy va Yazdiy \u201cLoy jangi\u201dning g\u2019olibi amir Shamsiddin haramini qo\u2019lga olgan shahzoda Jahongir edi, desalar, Muiniddin Natanziy shahzoda Umarshayx deb ko\u2019rsatadi. Amir Temurning harbiy faoliyaida \u201cLoy jangi\u201d o\u2019ta og\u2019ir mag\u2019lubiyat bo\u2019lgan edi. Naqd g\u2019alaba Amir Husaynning hudbinligi, yurt taqdiri hal bo\u2019layotganda, o\u2019zini o\u2019ylashi, kaltabinligi oqibatida boy berilgan edi. Bu mag\u2019lubiyat alamini Amir Temur umri oxirigacha unutolmagan bo\u2019lsa kerak. Mo\u2019g\u2019ullar 1370-1380 yillarda ham katta kuch edi. Amir Shamsiddinning bu o\u2019lkada ta\u2019siri kuchli bo\u2019lgan. Hokimiyat talashuvlari Ichki Mo\u2019g\u2019ulistonni ma\u2019lum darajada kuchsizlantirib qo\u2019ygan bo\u2019lsa-da, Qamariddin tomonidan yuz berishi mumkin bo\u2019lgan xavf kuchsizlanmagan, har lahzada bosqin takrorlanishi ehtimoldan uzoq emasdi. Shu boisdan, mo\u2019g\u2019ul hukmdorlari orasidan xayrixohlar orttirish, davlat siyosati nuqtai nazaridan, maqbul yo\u2019l sanalardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Shamsiddin xonadoni bilan quda-andalik rishtalarini bog\u2019lash shu manfaatlariga xizmat qilishi, yovuz Qamariddin kuchini bo\u2019lib tashlashga xizmat qilishi lozim edi. Amir Shamsiddinning qizi Dilshod Og\u2019o tarixiy asarlarda chiroyli yagonaligi bilan ta\u2019riflangan. Natanziy \u201cMuntaxab-ut tavori Muiniy\u201d asarida \u201chusnu malohat bobida bu asrda \u201czarbulmasal\u201d bo\u2019lgan\u201d Dilshod Og\u2019oni rasmiy tarixiy talqin matlabidan chikinib bo\u2019lsa-da, hissiyatiga qarshi borolmay, uning suluvligini qalamga oladi. Sohibqiron, shu triqa, toju taxt sohibi bo\u2019lganining beshinchi yilida mo\u2019g\u2019ul amiri, \u201cLoy jangi\u201d qahramoni, Chig\u2019atoy avlodining o\u2019sha paytdagi ulug\u2019i Shamsiddinbekning qizi Dilshod Og\u2019oni safarda, harbiy yurish chog\u2019ida o\u2019z nikohiga kiritadi. Bu to\u2019y \u201cLoy jangi\u201ddan o\u2019n yil o\u2019tib, voqe bo\u2019ladi. Bu to\u2019y Issiqko\u2019lning janubi g\u2019arbidan oquvchi Otboshi daryosiga yaqin Arpo degan mavze bo\u2019lib o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur, Nizomiddin Shomiyning ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, bu joylarda ellik uch kun to\u2019xtab turadi. Hazora amiri Muborakshoh Makrit degan kishi Amir Temurning eski tanishi va xayrixoh kishilardan biri bo\u2019lgan. U Dilshod Og\u2019oning nikoh to\u2019yi tashabbuskori va tashkilotchisi bo\u2019ladi. To\u2019yni azaliy turkiy rasm-rusumlar asosida o\u2019tkazishga katta e\u2019tibor qaratiladi \u2013 to\u2019qqiz-to\u2019qqiz berish udumlariga rioya qilinadi. Shomiy yozadi: \u201cAmir Sohibqiron shu yerda Dilshod Og\u2019oni aqdi nikoh sharafi bilan musharrif etdi va sharafli haramini ulug\u2019 bonuning borgohi bilan ziynatladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu katta to\u2019yda tevarak-atrofidan taniqli kishilar, qarindosh-urug\u2019lar taklif etilgan. Mehmonlarning kelishi to\u2019ydan keyinlar ham davom etadi. Amir Sohibqiron to\u2019y marosimi o\u2019tgach, Yassi viloyati tomon ko\u2019chadi va O\u2019zgandga keladi. O\u2019zgandga, Sohibqiron ukasini muborakbod etish uchun Samarqanddan opasi Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o va taniqli kishilar yetib keladilar. Dilshod Og\u2019o to\u2019yi O\u2019zgandda ham davom etadi. O\u2019zganddan keyin Xo\u2019jandga kelinadi. Bu yerda Xo\u2019jand hokimi Odilshoh Jaloyir ham to\u2019yni to\u2019yga ulashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yuragi fitna zardobi bilan to\u2019lgan kimsalar imkon bo\u2019ldi deguncha, to\u2019yni azaga aylantirishga, yomonligini qilishga urinadilar. Odilshoh Amir Temurni hashamatlar bilan qarshilab, katta to\u2019y berib, uni sharaflagan bo\u2019lib, uyiga taklif qiladi. Ko\u2019nglida esa uni o\u2019ldirish niyati gazaklab turgan bo\u2019ladi. Sohibqiron uning qora niyatini fahmlaydi va darhol otlanib, bu yerdan jo\u2019nab ketadi. Bu Odilshohning Amir Temurga nisbatan ikkinchi marta qadlanishi edi. Amir Temur Jetega, Qamariddinga qarshi birinchi marta otlanganida, Odilshoh, Shayx Muhammad, Turkon Orlotlar birlashib, uni o\u2019ldirishga ahd qilgan edilar. Odishoh tavba-tazzu bilan yer o\u2019pganida, Amir Temur uning qilmishlarini yuziga solmaydi. \u201cBilib bilmaslikka olish juvonmardlik odatidir\u201d, naqliga amal qilib, bag\u2019rikenglik ko\u2019rsatadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hijriy 766 yilning (1365 yil) bahori Movarounnahr viloyatlari beklari uchun xosiyatsiz kechgan edi. Mo\u2019g\u2019ul hukmdori Tug\u2019luq Temurxon vafot etgandan (1363 yil) keyin, Samarqanddan uning o\u2019g\u2019li, Movarounnahrni idora qilib turgan Ilyosxo\u2019ja &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-loy-jangi-golibining-qizi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153608","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153608","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153608"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153608\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153609,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153608\/revisions\/153609"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153608"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153608"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153608"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}