{"id":153624,"date":"2025-09-22T09:24:58","date_gmt":"2025-09-22T06:24:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153624"},"modified":"2025-09-22T09:24:59","modified_gmt":"2025-09-22T06:24:59","slug":"amir-temur-sulolasi-shirinbeka-ogo-oilasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-shirinbeka-ogo-oilasi\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Shirinbeka og\u2019o oilasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Tegina Begim Moh bilan Amir Muhammad Tarag\u2019ay qiyosiy hisoblarga ko\u2019ra, chorak asrga yaqin umrguzaronlik qilganlar. Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o 23 yoshga, Temurbek 18 yoshga to\u2019lganda ona hayot bilan vidolashadi. Muhammad Tarag\u2019ay ham 1360 yilda olamdan qaytadi. O\u2019gay ona Qadoq Xonim bilan 3-4 yoshli singil \u2013 Shirinbeka Og\u2019o Temurbek qaramog\u2019ida qoladi. Qadoq Xonim, o\u2019z navbatida, Temurbekka mehribon bo\u2019ladi, uning farzandlari Jahongir va Umarshayx Mirzolar tarbiyasi bilan shug\u2019ullanadi, mo\u2019g\u2019ullarga qarshi jangu jadallarga otlanganida, ta\u2019qib va quvg\u2019inlarga tushganida mo\u2019jazgina oilani ba\u2019giga bosib, Keshda Muhammad Tarag\u2019aydan qolgan uyda ro\u2019zg\u2019orga bosh bo\u2019ladi. Qadoq Xotunni Temurbek o\u2019z onasiday yaxshi ko\u2019rgan, hurmatini joyiga qo\u2019ygan. Keyinchalik ulug\u2019 martabalarga erishganida, davlat boshlig\u2019i bo\u2019lganida bu muhtaram onani hamisha safarlarda birga olib yurgan, unga chodirni doim o\u2019z yonida tiklagan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMalfuzot\u201dda berilgan bilvosita ishoratlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, Shirinbeka Og\u2019o Temurbek 18 yoshga yetganda 15-16 yoshlarda bo\u2019lgan. Uning turmushga uzatilishi otasi o\u2019limidan oldinmi, yoyinki, keyin bo\u2019lganligi manbalarda eslatilmaydi. Sharafiddin Ali Yazdiy \u201cZafarnoma\u201dsida 1366-1367 yillar voqealari qalamga olinganda, Muayyad Orlot o\u2019z jufti haloli Shirinbeka Og\u2019oni Maxonga jo\u2019natganligi aytiladi. Bu yillarda Temurbek va Amir Husaynning orasi buzila boshlagan, mo\u2019g\u2019ullarning tajovuzi kuchayotgan edi. Shirinbeka Og\u2019oning olov cho\u2019lg\u2019ayotgan Movarounnahrdan uzoqda bo\u2019lishi, shubhasiz, uning xavfsizligi bilan bog\u2019liq edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Muayyad turkiy Orlot qavmining beklaridan bo\u2019lgan. Orlotlar jaloyir, qovchin va barlos qavlari qatorida XIII-XIV asrda Movarounnahrning asosiy urug\u2019laridan bo\u2019lib, Chig\u2019atoy qabilalari orasida mavqei baland hisoblangan. Sohibqiron Amir Temur mo\u2019g\u2019ullarga qarshi Amir Husayn bilan birgalashib kurash olib borayotgan XIV asrning 60-yillarida Amir Muayyad bu harakatlarda faol ishtirok etadi. Tug\u2019luq Temurning o\u2019g\u2019li Ilyosxo\u2019jaga qarshi Puli Sanginda bo\u2019lgan to\u2019qnashuvda Amir Muayyad besh yuz kishilik lashkarga boshliq qilib qo\u2019yiladi. Amir Muayyad jangovar va botir kishi bo\u2019lgan. Hijriy 766 yilda (1365 yil) yuz bergan \u201cLoy jangi\u201dda ham u mardonavorlik ko\u2019rsatadi. Mo\u2019g\u2019ullarga qarshi olib borilgan bu jangda Sohibqiron Amir Temurning o\u2019zi qo\u2019shinning g\u2019ulida turadi. Amir Muayyad va Amir Abboslar esa hirovul tarzida javong\u2019or lashkari chekka qanotlarini himoya qilishga safarbar etiladi. Shu tariqa, Amir Temur qo\u2019shini olti safni tashkil etadi. Jang taqdiri yaxshi ma\u2019lum \u2013 Amir Husaynning shu fe\u2019li va hudbinligi oqibatida mo\u2019g\u2019ullar qo\u2019li ustun keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Muayyadni Sohibqiron o\u2019ziga yaqin olgan, doimo unga eng og\u2019ir, eng mas\u2019uliyatli topshiriqlarni ishonib topshirgan. Qarshini qamal qilish va Amir Musoning 12 ming kishilik lashkariga qarshi ozchilik bo\u2019lib hujum tashkil etishda Amir Muayyad Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019oning eri, bojasi Amir Dovudbek bilan birga darvozalarni ishg\u2019ol etiga qo\u2019yiladi. Muarrix Muiniddin Natanziy bu haqda \u201cAmir Muayyad lashkar yaqin kelganini ko\u2019rgach, o\u2019ttiz otliq bilan hamla qilib, ularning oltmishta otini tartib olib, orqaga qaytdi\u201d, deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Botir va o\u2019ziga ishonadigan kishilarda bo\u2019ladigan ayrim qusurlar, masalan, mayga ruju qilish odati Amir Muayyadni ham chetlab o\u2019tmagan edi. \u201cLoy jangi\u201ddan keyin Amir Husayn bilan Temurbek orasiga sovuqchilik tushgan, Amir Husayn badgumonlikni haddan oshirgan kezlarda burqsib turgan olovga yog\u2019 bo\u2019lib quyiladigan bir voqea sodir bo\u2019ladi. Amir Muayyad va uning do\u2019stlari mayxo\u2019rlik paytida kutilmagan xunuk ish bo\u2019ladi. Amir Muayyad mast bo\u2019lib, mo\u2019g\u2019ulparast Jovachinign o\u2019g\u2019lini urib o\u2019ldirib qo\u2019yadi. Jovarchi va uning o\u2019g\u2019li Temurbekdan aynib, yog\u2019iy tarafiga o\u2019tish ilinjida bo\u2019lganlar. Bu Amir Muayyadga yoqmagan va o\u2019tirishda janjal chiqib, kasofat yuz bergan. Bu xususda Amir Husaynga qilingan arzlar darhol samara beradi, Amir Muayyadni bandga olish ko\u2019rsatmasi bo\u2019ladi. Amir Husayn bu bobda eng tuban yo\u2019ldan ham qaytmaydi, u Temurbekka odam yuborib, tezda Amir Muayyadning xotini, Temurbekning singlisi (Natanziy \u201copasi\u201d deydi) Shirinbeka Og\u2019oni Balxga ko\u2019chirib keltirishni amr qiladi. Shirinbeka Og\u2019oning Balxga badarg\u2019a etilishi eri Amir Muayyad Orlot jinoyati uchun garovga ushlab turilish bo\u2019lar edi. Bu ham yetmagandek, Temurbekka viloyatdagi jami boy va kalontarlarni \u2013 taniqli kishilarni Balxga ko\u2019chirish farmoni ham yuboriladi. Muarrix aytganidek, \u201cShu tariqa, bir hafta ichida necha bor fitna va adovat aralash farmonlar keldi. Barcha amirlar va qolgan aholi Amir Husayndan dilgir bo\u2019lishdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shirinbeka Og\u2019o eri mastlikda sodir etilgan voqeadan qattiq iztirobga tushadi. Aftidan, er-xotin Samarqandga, Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o uyini panoh tutib turishgan. Voqealarning xun doirasidan chiqib, siyosiy tus ola boshlagani Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019oning voqea yechimiga aralashuviga sabab bo\u2019ladi. Natanziy, \u201cHusayn elchi yuborib, Amir Muayyadni qo\u2019lga olib keltirishni buyurdi Katta Xonim (Qutlig\u2019 Turkon Og\u2019o) tabiatiga mag\u2019rurligi tufayli Sultoni G\u2019oziyni (Amir Temurni) Amir Muayyadni himoya qilmoqqa da\u2019vat etdi. Amir Husayn elchisi zug\u2019um qilmoqda edi. Sultoni G\u2019oziy zarurat yuzasidan opasining so\u2019ziga kirib, Amir Muso va amirlar ittifoqida yana bir bor isyon bayrog\u2019ini baland&nbsp; ko\u2019tardi\u201d, deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Muayyad voqeasi tufayli oldindan g\u2019azaklagan, qariyb o\u2019n yil davom etgan qarama-qarshilik yillarida Amir Husayn o\u2019zining g\u2019alamisligi, kaltabinligi tufayli barcha amirlar nafratiga uchragan edi, shu sababli u Amir Kayxusrav va Amir Muayyad tomonidan yalinib-yolvorishiga qaramay, qatl etiladi. Bu voqea 1370 yilda Balxda ro\u2019y bergan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur tarjimai holida 1383-1386 yillar siyosat bobida porloq davrlar bo\u2019lgani kabi, oilaviy hayotda katta yo\u2019qotishlar mavsumi tariqasida ham o\u2019rin qoldirgan edi. Bu yillardagi opasi Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o, sevimli xotini Dilshod Og\u2019olar olamdan o\u2019tgan edi. Singlisi Shirinbeka Og\u2019oning vafoti solnoma va tarixlarda negadir aks etmagan. Shohizindada, Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o maqbarasi yonida Shirinbeka Og\u2019oning ham marqadi mavjud bo\u2019lib, unda, ya\u2019ni qabr toshida tarixda bitilishicha, Shirinbeka Og\u2019oning vafot etishi hijriy 787 (1385-1386 yillar) yilda yuz bergan. Bunda shunday xulosaga kelish mumkinki, Shirinbeka Og\u2019o 30-32 yil umr ko\u2019rgan, xolos. Amir Muayyadning mastlikda qilgan fojeiy ishi, garchand, Amir Temur tomonidan uning omon qolishiga sabab bo\u2019lgan esa-da, bu ayolning sog\u2019lig\u2019iga o\u2019nglab bo\u2019lmas ziyon yetkazgan bo\u2019lishi ehtimoldan xoli emas edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shirinbeka Og\u2019o bilan Amir Muayyad Orlot nikohidan Ali ismli farzand dunyoga keladi. Sharafiddin Ali Yazdiy 1380-1381 yil voqealari silsilasida amirzoda Ali ibn Muayyad haqida xabar beradi. Hirot shahrida 60 chaqirim g\u2019arbda joylashgan Fujanj (Pushang) qal\u2019asini olishda bo\u2019lgan jang to\u2019g\u2019risida hikoya qilinganida amirzoda Alining bahodirligi zikr etiladi. Qal\u2019a atrofidagi chohda suv ko\u2019p bo\u2019lganligi sababli qal\u2019ani olish uch kunga cho\u2019zilib ketadi. To\u2019rtinchi kun hujum boshlanadi. \u201cKo\u2019krakni qalqon qilib, tik turib\u201d jang qilish shiori yangraydi. Sohibqironning o\u2019zi qurolsiz, birgina qo\u2019lda pishog\u2019i bilan qal\u2019a atrofini aylanib, sipohlarini nazorat qiladi. Qal\u2019a tepasidan tosh va yoy o\u2019qlari yomg\u2019irdek yog\u2019iladi. Sohibqiron sipohiylar ko\u2019nglini ko\u2019tarib, ularga dalda beradi. Amirzoda Ali, Iygu Temur Bilgut, Abbos bahodurning o\u2019g\u2019li Umar, Mubashshir kabi bahodirlar bilan yig\u2019ma ko\u2019prik oldiga yetib boradilar. Yog\u2019ilayotgan o\u2019qlar, toshlar ularni darvozani ochish maqsadidan qaytara olmaydi. Bu jasoratni ko\u2019rsatganida Shirinbeka Og\u2019oning o\u2019g\u2019li amirzoda Ali hali 20 yoshga ham to\u2019lmagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amirzoda Ali Muayyad Sohibqiron tomonidan Sabzavor mulkining sohibi qilib jo\u2019natiladi. Bu ish chamasi, Fulanj qal\u2019asida ko\u2019rsatilgan jasorat mukofoti bo\u2019lgan. Ali Muayyad Sabzavorda ishonchni oqlash uchun intilgan. Biroq azaliy yog\u2019iy Alibek Joniqurboniy yosh amirzodaga qarshi fitna uyushtirib, uning ustiga yurish qiladi va Sabzavorni qamalda ushlab turadi. Bu voqea 1382 yil yozida ro\u2019y beradi. Shu paytda Samarqandda Amir Temurning suyukli qizi Tog\u2019ayshoh Og\u2019o Begim og\u2019ir xastalikdan vafot etgan bo\u2019ladi. Qizini Shahrisabzda dafn etgan Sohibqiron og\u2019ir qayg\u2019ugan cho\u2019mgan, davlat ishlaridan chekinib, g\u2019oshanishinlik ixtiyor qilgan edi. Sabzavordan kelgan noxush xabarni Amir Temurga yetkazishga hech kim botina olmaydi, bu ishda, Natanziy ta\u2019biri bilan aytganda, Katta Xorim \u2013 Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o aralashadi va Sohibqiron ukasiga nasihatlar qilib, uni tang ahvolda qolgan Ali Muayyad himoyasiga otlantiradi. Xonadon sha\u2019ni, shu taxlit yutuqlar va yo\u2019qotishlarning qo\u2019shaloq ketgan yo\u2019llari bo\u2019ylab davom etadi. Uni saqlash har doim ham oson kechmaydi. Amir Temurning Eronga qilgan ikkinchi yurishida ham amirzoda Ali Muayyad Amironshoh Mirzo, Amir Hoja Sayfiddin singari ulug\u2019 martabali shahzoda va amirlar bilan Kalot qal\u2019asini istilo qilishda qatnashadi. Sohibqiron Sabzavorni avvalgidek, singlisining o\u2019g\u2019li Amu Muayyadga bag\u2019ishlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tegina Begim Moh bilan Amir Muhammad Tarag\u2019ay qiyosiy hisoblarga ko\u2019ra, chorak asrga yaqin umrguzaronlik qilganlar. Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019o 23 yoshga, Temurbek 18 yoshga to\u2019lganda ona hayot bilan vidolashadi. Muhammad Tarag\u2019ay &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-shirinbeka-ogo-oilasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153624","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153624","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153624"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153624\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153625,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153624\/revisions\/153625"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153624"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153624"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153624"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}