{"id":153626,"date":"2025-09-22T15:46:59","date_gmt":"2025-09-22T12:46:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153626"},"modified":"2025-09-23T09:49:13","modified_gmt":"2025-09-23T06:49:13","slug":"amir-temur-sulolasi-sohibqiron-harami","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-sohibqiron-harami\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Sohibqiron harami"},"content":{"rendered":"\n<p>1405 yilning 8 sentabri. Uzoq va og\u2019ir yo\u2019lni bosib o\u2019tgan Kastiliya qirolining elchilari Samarqandga yetib kelib, Dilkusho bog\u2019ida Sohibqiron Amir Temur bilan uchrashish sharafiga noil bo\u2019ladilar. Elchilar boshlig\u2019i Rui Gonsales de Klavixo Osiyo, Ovro\u2019pa, Afrika qit\u2019alaridagi aksar mamlakatlarni o\u2019z hukmiga olgan Sohibqiron Amir Temur bilan ro\u2019baro\u2019 bo\u2019ladi. U keyinchalik o\u2019z xotiralarida bu tarixiy uchrashuvni qalamga olar ekan, \u201cbuyuk podshoh\u201d Amir Temurning siymosini shunday chizadi: \u201cU shoxsupa ustiga o\u2019ltirardi. Uning oldida favvora yuqoriga otilib turar, favvora hovuzida qizil olmalar suzib yurardi. Podshoh lo\u2019labolishga yonboshlagan holda, shoyi ko\u2019rpacha ustiga o\u2019ltirardi. Podshohning egnida gulsiz silliq shohi yaktak, boshida uzun telpak, telpakning uchiga qizil yoqut, javohir va boshqa qimamtbaho toshlar qadalgan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Klavixo Sohibqiron Amir Temurni saltanatni idora qila boshlaganidan yigirma besh yil o\u2019tib ko\u2019rayotgan edi. Shu bois, birgina nomini eshitsa, dushmanlari titroqqa tushadigan Amir Temurni u anchayin qarib qolgan kishi sifatida ta\u2019riflaydi. 1370 yildan yo 1405 yilga qadar bo\u2019lgan davr, bu yillarda kechgan voqea-hodisalar. Vatanni mo\u2019g\u2019ullar zulmidan to\u2019la xalos etish, mo\u2019g\u2019ullar qadami yetgan mamlakatlarni ham ulardan tozalash, qudratli saltanatni barpo etish, ulug\u2019vor turkiy davlatni qaror toptirish Sohibqironga oson bo\u2019lmagan edi. Sakkiz yuz mingga qadar qo\u2019shin to\u2019plash, ularni jangga safarbar etish o\u2019zi bo\u2019ladigan ish emasdi. Shuncha sipohiyni boqish, kiyintirish, otlantirish, qurollantirish, jang mahoratini o\u2019rgatish \u2013 tasavvur qilish qiyin bo\u2019lgan muammolar. Amir Temur shaxsida tajassum topgan aql-idrok, kuch-quvvat, boshqa bilish qobiliyati tasodifiy fenomen emasdi. U mansub bo\u2019lgan avlod azal-azaldan davlat boshqaruviga aralashib kelgan, harb ishida tengiz bo\u2019lgan edi. Qaroroch no\u2019yon shajarasidan ulug\u2019 sarkardalar yetishib chiqqan bo\u2019lsa-da, ulusni yoki viloyatlarni idora etganlari, Hoji Barlosni mustasno etganda, yo\u2019q edi. Amir Temur 1360 yildan, aniqrog\u2019i Amir Qazag\u2019on hokimiyatining oxirgi yillaridan e\u2019tiboran, Movarounnahr toju taxtini qo\u2019lga kiritish imkoniyatlari bir necha marta yuzaga kelgan bo\u2019lsa-da, taxtga o\u2019ltirishni xayoliga ham keltirmagan, aksincha, bobolar udumiga rioya qilib, sulolaviylik nuqtai nazaridan, Amir Qazag\u2019on urug\u2019idan bo\u2019lgan kishilarning hokimiyat tepasida bo\u2019lishini qo\u2019llab-quvvatlab kelgandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husaynning taxtda mustahkam qaror topishi uchun u o\u2019n yildan ortiq umrini sarfladi. Amir Husayn bobosi Amir Qazag\u2019onning aksi bo\u2019lib chiqadi. Muarrixlar Amir Qazag\u2019onning odil hukmdor bo\u2019lganligini ta\u2019riflab, uning davrida farovonlik qaror topganligini uqdiradilar. Amir Qazag\u2019onga qilingan suiqasddan keyin zo\u2019rg\u2019a jon saqlab qolgan nabirasi, Musalloning o\u2019g\u2019li Amir Husayn kaltabin, badnafs, qora yurak, hosed kishi bo\u2019lganligi bois, turkiy amirar, birinchi galda, Amir Temur bildirgan ishonchni suiiste\u2019mol qilishga tushadi, vaqtida o\u2019zini qo\u2019llab-quvvatlagan shaxslarni yo\u2019q qilishga, ayshu isratga, nafsga beriladi. Yaqin safdoshlarini, jumladan, Xuttalon amiri Sher Bahromni o\u2019ldirib yuboradi. Amir Temurga ham bir necha bor qilingan qasdlar, xiyonatlar, uning do\u2019stlari \u2013 sarbadorlarning beayov dorga ostirilishi, qarindosh-urug\u2019lariga qilingan zug\u2019umlar, sabab, elu ulus ishonchidan chiqish, oxir-oqibatda, Amir Husaynning sharmisorona o\u2019limiga sabab bo\u2019ladi. Movarounnahr va Xuroson amirlari, sipohiylar, ulamolar yakdillik bilan Amir Temurni mamlakat hukmdori deb tan oladilar. Bu voqea 1370 yilning 9 apreli kuni Balxda yuz beradi. Jangda mang\u2019lub bo\u2019lgan Amir Husayn oxiriga qadar o\u2019zini badnom qilish yo\u2019lini tutadi. U, o\u2019z odami Odil Sultonni g\u2019olib Amir Temur huzuriga yo\u2019llab, taxt va saltanatdan voz kechishini, bundan buyon qolgan umrini faqirlik va miskinlikda o\u2019tkazishini, shu boisdan hajga ketishiga ruxsat berishi so\u2019raydi. Sohibqiron bu safat ham uning gapiga bovar qiladi va bu xususda ahdnoma bitiladi. Bundan foydalangan Amir Husayn yarim kechada xazinadan javohirlar olib, qo\u2019rg\u2019ondan yashirincha chiqadi va qorong\u2019ilikda adashib, shahar tashqaisiga yo\u2019l topolmay qoladi. Shu orada ton yorishadi, u vahimaga tushib, tashlandiq bir minoraga chiqib yashirinadi. Ittifoqo, bir tuyakash bir necha kun avval tuyalarini yo\u2019qotgan bo\u2019lib, ularni topish uchun yelib-yugurib yurgan bo\u2019ladi. Uning yo\u2019li minora atrofiga tushadi. Tevarak-atrofni ko\u2019zdan kechiray, degan maqsadda tuyakash minoraga ko\u2019tariladi. Tuyakash mol vahmida unga e\u2019tibor qilmagan va tanimagan bo\u2019lsa-da, Amir Husayn o\u2019zining kimligini bildirib qo\u2019yadi. U tuyakashga till ova marvaridlar berib, uni ko\u2019rganligini hech kimga aytmaslikni tayin qiladi. Tuyakash halol va insofli kishi bo\u2019lgani bois, buning ustiga, Amir Temurni qattiq hurmat qilganidan, ikkilik qilmasdan Amir Husayn bergan duru marvaridlarni Sohibqiron huzuriga keltiradi va bo\u2019lgan voqeani so\u2019zlab beradi. Suhbatda hozir bo\u2019lgan amirlar tezda minora tomona yuguradilar va Amir Husaynning oyog\u2019ini yerga tekkizmasdan, Sohibqiron huzuriga olib keladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husayn 1330 yilda tug\u2019ilgan edi. U Sohibqirondan 6 yosh katta edi. Amir Husayn qatlga yetkazilganda yoshi qirqda edi. Amir Temur uning o\u2019rniga toju taxtga musharraf bo\u2019lganida yoshi 34 da edi. 1370 yil bahorida yuz bergan ulug\u2019 burilish Turkiston taqdirida bo\u2019lganidek, Sohibqiron Amir Temur shaxsiy hayotida ham jiddiy o\u2019zgartirishlar debocha bo\u2019lgan edi. Shu kundan e\u2019tiboran Sohibqiron oilaviy hayotida xos xaram vujudga keladi. Buning tafsiloti tubandagicha:<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husayn Balx yaqinidagi Hoja Akosha qishlog\u2019ida dafn etiladi. Uning ikki o\u2019g\u2019li \u2013 Xon Said va Turur Sultonlar ham qatl etiladi. Ikki o\u2019g\u2019li Hindistonga qochadi, ular Jahon Malik va Xalil Sulton bo\u2019lib, xorijda zavod topadilar. Sohibqironning muzaffar qo\u2019shini Balxga kirib, Hinduvon qal\u2019asini egallaydi. Bir vaqtlar Iskandar oldiga Doroning xotinlari va qizlarini, boyligini olib kelganlari kabi, Sohibqiron huzuriga ham Amir Husaynning harami va xazinasini peshkash qiladilar. Amir Husaynning harami chorak asr mobaynida, ayniqas, Turkiston hukmdori bo\u2019lgan 1360-1370 yillar davomida judo kengaygan edi. Qozonxonning harami, vaqtida Amir Qazag\u2019on tomonidan tasavvur etilganmi-yo\u2019qmi, bu haqda manbalara aytilmagan. Biroq, Amir Husayn Qozonxondan oldin hukm surgan Tarmashirinxonning qizi Sevinch Qutlug\u2019 Og\u2019oni o\u2019z haramida bosh malika darajasiga ko\u2019targan edi. Qozonxonning qizi Saroy Mulk Xonim ham uning xotinlari safida bo\u2019lgan. Amir Husayn o\u2019ziga ko\u2019maklashgan, bobosi Amir Qazag\u2019onning safdoshlari bo\u2019lgan turkiy amirlardan Boyon Sulduz, Hizr Yasavuriylarning ham qizlarini xotinlikka olgan. Amir Husayn haramida Xorazmshoh Husayn So\u2019fining qizi ham bo\u2019lgan, deyishga asoslar bor. Chunki, bundan besh yil burun Amir Hysayn Temurbek va uning do\u2019stlaridan Xorazm malikasini olish uchun ko\u2019p mablag\u2019 jamlab berishni talab qilgandi va aytganlari to\u2019plab berilgandi. Muarrix Amir Husayn halokati dast berganda, uning haramida qancha ayol bo\u2019lganligini aniq aytmagan bo\u2019lsa-da, ular soni o\u2019ndan oshganligini taxmin qilish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur 1370 yilda, mamlakat egasi bo\u2019lgan paytida oilaviy hayotda tamkin bir holda edi. Ko\u2019z ochib ko\u2019rgan xotini, amakisi Amir Joku Barlosning qizi Nurmish Og\u2019o vafotidan bir necha yil o\u2019tib, 1366 yil oxirlarida O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o ham hayotdan ko\u2019z yumgan edi. Ayrim manbalarda 1366 yilda Amir Temurning uchinchi o\u2019g\u2019li Amironshoh Mirzoning Mengli Beka Og\u2019odan tug\u2019ilganligi aytiladi. Turg\u2019un Fayziyev \u201cTemuriylar shajarasi\u201d asarida Amironshoh Mirzoning onasini Menglibeka Og\u2019oyi Jon Qurboniy deb ko\u2019rsatadi. Klavixoning \u201cSamarqandga \u2013 Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406 yillar)\u201d kitobida berilgan 141 izohda \u201cMenglibek Og\u2019o \u2013 Muborakshoh Sanjariyning qizi, undan Amir Temurning uchinchi o\u2019g\u2019li Amironshoh tug\u2019ilgan, deyiladi. Bundan 1366 yildan 1370 yilga qadar Sohibqiron nikohida bir ayol \u2013 Menglibeka Og\u2019o bo\u2019lgan, degan xulosa chiqadi, Sohibqiron bilan 1393 yildan tanish bo\u2019lgan, 1402 yilda undan tarix yozish topshirig\u2019ini olgan muarrix Nizomiddin Shomiyning \u201cZafarnoma\u201dsida Muborakshoh Sanjariy haqida ma\u2019lumot beriladi. Muborakshoh Temurbek bilan do\u2019st bo\u2019lgan. Mohanda Temurbek va Amir Husayn boshiga kulfatlar yog\u2019ilganda, Alibek Jovuniy Qurboniy ularni bandi etib qamab qo\u2019yganida, banddan xalos bo\u2019lgan Sohibqiron xizmatiga Muborakshoh Sanjariy \u2013 \u201cqadimgi do\u2019sti yetib kelib, yaxshi otlar tortiq qildi\u201d, deyiladi. Tuhfa etilgan otlarni Temurbek Amir Husaynga beradi. Nizomiddin Shomiy, Muborakshohning Temurbek bilan juda qalin ekanligini, Movaounnahrga yurish oldidan o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzo bilan Muborakshohni Hirot maligi oldiga yuborganligini ham aytishni unutmaydi. Sharafiddin Ali Yazdiy ham Muborakshoh Sanjariy haqida aynan shu zo\u2019alrni keltiradi. Har ikkala muarrix ham og\u2019ir kunlarda do\u2019stlik ko\u2019rsatgani, otlar taqdim etganligi sababli Muborakshoh Sanjariy keyinchalik katta hurmatga noil etilib, amali sarbaland bo\u2019lganligi haqida gapiradilar. Shu yillarda, Muborakshoh Sanjariy qiziga uylanish yuz berganida, muhimi, 1366 yilda Amironshoh Mirzo undan tug\u2019ilganida edi, har ikkala asarda ham bu ulkan voqea pinhon qolib ketmasdi. Mening taxminimga ko\u2019ra, Amironshoh Mirzoning onasi ham O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o edi. Temurbek bilan kechirilgan o\u2019n-o\u2019n ikki yilli hayot uch farzand dunyoga kelishi uchun yetarli muddat edi. Jahongir Mirzo, Sulton Baxt begim va Amironshoh Mirzolar bir onadan tavallud topganlar, deyishga ma\u2019lum asoslar bor. Qayd etilgani kabi, Amir Temur hayotligi davrida yozila boshlangan va uning o\u2019g\u2019illari hayotligida tasnif etilgan tarixlarda Menglibeka Og\u2019o to\u2019g\u2019risida so\u2019z yuritilmasligi muammoning bir tomoni bo\u2019lsa, ikkinchi mulohaza, Amir Temur vafotidan keyin uning o\u2019g\u2019illari va nabiralari toju taxt talashib, bir-biriga yovlashgan, o\u2019ldirishga tushgan bir vaqtda \u2013 nihoyatda qaltis bir sharoitda Sulton Baxt Begimning Eronda, Amironshoh Mirzo huzurida bo\u2019lishi, uni pushti panoh qilib borishi, aslida op ava ukaning bir onadan tug\u2019ilganligini ko\u2019rsatmaydimi? O\u2019sha paytda kuch va qudrat Shohruh Mirzo tomonidan edi. Amironshoh Mirzo otasi hayotligida pand yegan, obro\u2019dan tushgan shahzoda edi. Shohruh Mirzoning taxt kurashlarida qo\u2019li tobora baland kelayotganda, barcha taxt da\u2019vogarlarini birin-ketin yo\u2019q qilayotgan bir paytda, Sulton Baxt Begimning, hatto o\u2019z o\u2019g\u2019illari tomonidan behurmat qilinayotgan Amironshoh Mirzo oldiga borishi nima bilan bog\u2019liq bo\u2019lishi mumkin edi? Ma\u2019lumki, hayot-mamot chog\u2019larida asl nasab va naslga qarab ish tutiladi. Sulton Baxt Begim ham aynan shunday yo\u2019lni tutgan bo\u2019lsa, ne ajab?<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur to\u2019g\u2019risida bir muncha jiddiy asar sanalmish \u201cYetti iqlim sultoni\u201d kitobida Xilda Hukhem Amironshoh Mirzoning tug\u2019ilgan yilini 1377 yil deb (75-bet) ko\u2019rsatadi Bu ham Amironshoh Mirzoning tavalludi va onasiga oid xabarlarning kamligi bilan izohlandigan jihatlardan. Bu tavallud sanasi Shohruh Mirzoga tegishlidir. Shunday qilib, Amir Temurnig 1354 yildan 1366 yilga qadar bo\u2019lgan davrda to\u2019rt farzandi \u2013 Umarshayx Mirzo, Jahongir Mirzo, Sultonbaxt Begim va Amironshoh Mirzolar Shahrisabzda tug\u2019ilganar. Gap shu xususda borar ekan, yana bir voqeani eslashga to\u2019g\u2019ri keladi. Bu voqea Sulton Baxt Begim va Amironshoh Mirzo bilan bog\u2019liq bo\u2019lib, birini Ibn Arabshoh bo\u2019rttirib, ikkinchisi esa bo\u2019lak muarrixlar yumshatibroq hikoya qilganlar. Ibn Arabshoh Sulton Baxt Begimning o\u2019zini \u201cerkakcha tutib, ularni xush ko\u2019rmasligini\u201d aytadi va buning sababini \u201cSamarqandga kelgan Bag\u2019dod ayollarining ta\u2019siri ostida buzilganidan bo\u2019lib, uning xunuk hikoyalari border\u201d deydi. Sulton Baxt Begim Temurbeknign quroldoshi. Amir Husayn tomonidan begunoh qatl etilgan Xuttalon amiri Sher Bahromning o\u2019g\u2019li Muhammad Mirakka uzatilgan edi. Aftidan, Sulton Baxt Begim erini yoqtirmaga. Amir Temur Xorazmga, bu joyga bosib kelgan To\u2019xtamishxonga qarshi yurishlar hisobida beshinchi bor qo\u2019shin tortadi. Yo\u2019lda Sohibqironga kuyovi Muhammad Mirak bilan uning ukasi Abulfathlar xiyonat qilganligini, lashkarni ajratib ketganligini ma\u2019lum qiladilar. Xorazmga yetib kelinadi. To\u2019xtamishxon quvib chiqariladi, ayni vaqtda harb davri qonunlariga binoan, noinlik yo\u2019liga kirgan Muhammad Mirak va uning ukasi Abufath jazodan qutulib qololmaydi. Muhammad Miraknign bu yurishda 30 ming lashkar bilan ishtirok etishi buyurilgandi. Bunda katta qo\u2019shinning jang qilmay orqaga qaytishi To\u2019xtmishdek g\u2019anim bilan bo\u2019ladigan kurash natijasiga jiddiy salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatmay qolmasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muarrix Sharafiddin Ali Yazdiy Muhammad Mirak haqida gapirib, uning Amir Temur tomonidan tarbiyalanganligini (otasi qatlidan keyin), hamisha uning nazari ostida bo\u2019lganligini, Huttalon viloyati uning ixtiyoriga berilganligini aytib, oyatdan \u201cOdam o\u2019zini boyigan hisoblasa, isyon ko\u2019taradi\u201d kalimasini keltirib o\u2019tadi. Muhammad Mirakning xiyonat yo\u2019liga kira boshlaganini payqaganlar, uni bu xatti-harakatdan qaytarishga intilib, \u201cEy nodon, bunday qilma, sen o\u2019ylagan ishlar bir umr amalga oshmaydi\u201d, deb nasihat qilganlar. U dushmanlikni tanlagan edi. Samarqandga o\u2019z qo\u2019shini bilan yetib kelib, orqaga qaytadi, yo\u2019l-yo\u2019lakay Sohibqiron mulklarini, ayniqsa Termiz aholisini talashga tushadi. Muhammad Mirakning otasi Sher Bahrom Amir Husayn tomonidan o\u2019ldirilganda, uning yetim qolgan yosh farzandlari Muhammad Mirak va Abulfathni Amir Temur o\u2019z qanoti ostiga olgan edi. Muhammad Mirakni kuyov sifatida qabul qilgan, katta mulk bergan Sohibqiron qaltis vaziyatda sotqinlik yuz berganligi sababli, uni kechira olmaydi. Muarrixning dalillariga zid bormagan holda, ya\u2019ni Muhammad Mirakning katta borylik va o\u2019ttiz ming kishilik qo\u2019shin to\u2019plaganiga, shu sababli bo\u2019ysunmaslik yo\u2019liga kirganiga zarracha shubha qilmagan holda, baribir, bu ziddiyatning oilaviy sabablarga borib taqalishini ham e\u2019tibordan soqit qila olmayman. Sulton Baxt Begim bilan kechgan bir necha yillar davomida ular o\u2019rtasida farzand bo\u2019lmaganligi, buning ustiga, Sulton Baxt Begimning uni hurmat qilmaganligi Muhammad Mirakning yo\u2019ldan toyishga sabab bo\u2019lganligi ehtimoli ko\u2019proq.<\/p>\n\n\n\n<p>Sulton Baxt Begim xususida Ibn Arabshoh mubolag\u2019asida shu jihatdan qisman jon bor, u erkaklarni emas, aynan erini \u2013 Muhammad Mirakni yoqtirmagan. Qizining xulqida biron nojoizlik bo\u2019lganida edi, Amir Temur uni ayab o\u2019tirmagan bo\u2019lardi. Ko\u2019rdiki, Muhamamd Mirak fitnasidan ko\u2019p o\u2019tmay Sulton Baxt Begimning ikkinchi nikohi yuz beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amironshoh Mirzoning Eronda qilgan nomatlub haraktlari xotini Xonzoda Begim tomonidan Samarqandga, Amir Temurga yetkazildi. Nihoyat darajada g\u2019azablangan Sohibqiron o\u2019g\u2019lini jazolashga shaxsan o\u2019zi qo\u2019shin tortib boradi. Uni sharobxo\u2019rlikka undagan, maqtovini haddan oshirgan, buzg\u2019unchiliklariga dalda bergan nadimlari \u2013 davrakashlari qattiq jazolanadi. Amironshoh Mirzo Samarqandga olib kelinadi, amalidan, molu mulkidan ayriladi, ammo, o\u2019limdan qutulib qoladi. Nega, degan savol ko\u2019ndalang bo\u2019ladi. Sohibqironning g\u2019azabi chiqmasin edi. Klavixo naql qilgan bir voqea shu jihatdan loyiq. Amir Temur vaqtida yetti yillik safariga otlanganida Bibi Xonimning onasiga atab quriladigan masjidni barpo etishga bosh-qosh qilib Hoja Mahmud Dovud va Muhammad Jildalar qo\u2019yib ketilgan bo\u2019ladi. Qaytib kelingach, taftishlar masjid qurilishida katta talon-taroj bo\u2019lganligini ko\u2019rsatadi. Har ikkala dorug\u2019a qatl etiladi. Klavixo bu ikki dorug\u2019aning gunohini so\u2019ragan beklardan biri ham o\u2019limga hukm qilinganligini aytadi. Lekin Tabriz va Sultoniya shaharlarida o\u2019zboshimchalik haddan oshirgan Amironshoh Mirzo avf etiladi. Klavixo bu haqda, \u201cBu voqeadan ogoh bo\u2019lgan Temurbek Amironshoh huzuriga qarab yo\u2019l oladi. Otasining kelayotganini eshitgan Amironshoh bo\u2019yniga sirtmoq solib, \u201cbir qoshiq qonimdan keching\u201d, &#8211; deb avf so\u2019rab, unng yo\u2019liga peshvoz chiqadi. Otasi uni qatl etmoqchi edi, biroq qarindosh-urug\u2019lar va amaldorlar shahzodaning gunohidan o\u2019tishini so\u2019rab, shu qadar jon kuydirib yalinib-yolvoradilarki, pirovardida, Temurbek uning gunohidan o\u2019tadi. Biroq Amironshohni saltanatdan mahrum etadi, ixtiyoridagi yerlar va qo\u2019shinni undan tortib oladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu so\u2019zlarga izoh ortiqcha bo\u2019lsa-da, bir mulohaza ko\u2019ngilda aylanaveradi. Bu yerda gap yana O\u2019ljoy Turkon Og\u2019oga borib taqaladi. Amir Temur bu ayoliga juda mehr qo\u2019ygan edi. Uning farzandlari Sohibqiron uchun jon va jahondek aziz edi. Amironshoh Mirzo ham O\u2019ljoy Turkon Og\u2019odan tug\u2019ilganligi ham fikrimizcha, unga qilingan muruvvat asosida turgan bo\u2019lsa kerak. Sulton Baxt Begim va Amironshoh Mirzo fe\u2019lidagi mag\u2019rurlik, erkalik, o\u2019jarlik shu sababli inobatga olingan, kechirim bilan ziynatlangan, degan xayolga boraman.<\/p>\n\n\n\n<p>Hikoyam Amir Husayn mag\u2019lubiyati va uning xarami hamda boyligining Balxda, Amir Temurga peshkash qilinganligi to\u2019g\u2019risida borayotgan edi. Sohibqiron o\u2019sha davr taomiliga ko\u2019ra, Amir Husayn haramidagi jamiki xotinlarni o\u2019z nikohiga olishga haqli edi. Amir Husayn haramidagi xotinlardan Qozon Sultonxonning qizi Saroy Mulk Og\u2019oni, turkiy amirlardan Boyon Sulduzning qizi Ulus Og\u2019oni, Xizr Yasavuriyning qizi Islom Og\u2019oni va Tog\u2019ay Turkon Og\u2019oni Amir Temur o\u2019z nikohiga oladi. Chig\u2019atoy xonlaridan bo\u2019lgan Tarmashirinxonning qizi Sevinch Qutlug\u2019 Og\u2019oni o\u2019z amirlaridan Bahrom Jaloyirga xotinlikka beradi. Qutlug\u2019 Sevinch Og\u2019o Amir Husayn ayollari orasida mavqei baland, bosh malika hisoblanardi. Zinda Chashmga Dilshod Og\u2019oni nikohlantiradi. Bu ayol o\u2019sha \u2013 Amir Husayn va Amir Temur Moxonda ta\u2019qibda bo\u2019lgan kezlarida O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o bilan birga qiyinchiliklarni tortgan, eri Amir Husaynga minib yurgan otini bergan malika edi. Amir Husaynga minib yurgan otini bergan malika edi. Amir Husayn Qayqubon Xuttaloniyni qatlga yetkazganida, uning qizi Odil Malik Og\u2019oni xotinlikka olgan edi. Uni amakisi Joqu bekka tortiq qiladi. Amir Husaynning qizini Tobon bahodirning ukasi Elchi Bug\u2019oga xotinlikka beradi. Amir Husaynning qolgan xotinlarini ham taniqli kishilarga bo\u2019lib beradi. Sohibqiron Amir Temur, shu tariqa, o\u2019z haramiga asos solganda to\u2019rt xotinga uylangan edi, bu paytda uning yoshi o\u2019ttiz to\u2019rt ustida edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1405 yilning 8 sentabri. Uzoq va og\u2019ir yo\u2019lni bosib o\u2019tgan Kastiliya qirolining elchilari Samarqandga yetib kelib, Dilkusho bog\u2019ida Sohibqiron Amir Temur bilan uchrashish sharafiga noil bo\u2019ladilar. Elchilar boshlig\u2019i Rui Gonsales &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-sohibqiron-harami\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153626","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153626","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153626"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153626\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153627,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153626\/revisions\/153627"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153626"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153626"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153626"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}