{"id":153689,"date":"2025-09-24T14:44:23","date_gmt":"2025-09-24T11:44:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153689"},"modified":"2025-09-24T14:44:25","modified_gmt":"2025-09-24T11:44:25","slug":"amir-temur-sulolasi-katta-malika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-katta-malika\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Katta malika"},"content":{"rendered":"\n<p>Turkiston taxti muyassar bo\u2019lgandan so\u2019ng, Sohibqiron Amir Temur Shahrisabz tevarak-atrofida \u2013 To\u2019da Maydon mavzesida ulkan mashvarat o\u2019tkazadi. Bu ulug\u2019 kengashda g\u2019alabaga hissa qo\u2019shgan amirlar, sarkardalar, ruhoniylar, olim va allomalar ishtirok etadi. Turkiy davlatchilik arkonlarini mustahkamlash, poytaxt tanlash, ichki va tashqi siyosat yuritish masalalari hal etiladi. Amir Temur siyosat bobida o\u2019z ustozi Amir Qazag\u2019on asoslagan boshqarish usuliga amal qilishni maqbul biladi. Amir Qazag\u2019on singari Chig\u2019atoy avlodidan bo\u2019lgan Suyurg\u2019atmishxonni soxta xon ko\u2019tarib, mamlakatni to\u2019la idora qilishni o\u2019z zimmasiga oladi. Suyurg\u2019atmishxon 1370 yildan to 1388 yilgaca nomiga xon bo\u2019lib, \u201chukm suradi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Qazag\u2019on Chig\u2019atoy avlodidan bo\u2019lgan yigirma ikkinchi xon \u2013 Qozonxon Yasavur o\u2019g\u2019lini 1346 yilda jangda o\u2019ldirib, biru chorak asr davom etgan mo\u2019g\u2019ullar istibdodiga chek qo\u2019yganida, Movarounnahrga tutash va olis sarhadlarda \u2013 shimolda, janubda, g\u2019arb va sharqda mo\u2019g\u2019ullar mustamlakachiligi kuch ustida edi. Sharqiy sarhadlarda Chig\u2019atoy avlodidan hokimiyatni tortib olgan do\u2019g\u2019lotlar ham Amir Qazag\u2019on asoslagan soxta xon boshqaruvini joriy etadilar. Amir Qazag\u2019on saltanati faqat Movarounnahrda amalda bo\u2019lib, Chingizxon 125 yil muqaddam bosib olgan o\u2019lkalarda Juji, Xuloku, avlodlari, xullas, uning nabiralari, evaralari hukm surishda davom etayotgan edi. Amir Qazag\u2019onning soxta xonni Chingizxon urug\u2019idan qo\u2019yish siyosati o\u2019sha davr nuqtai nazaridan o\u2019zini oqlagan oqilona yechim bo\u2019lgan edi. Tashqi tomondan qaralganda, Chig\u2019atoy ulusini, ya\u2019ni Movarounnahrni Chingizxon avlodi vakili boshqarayotganday bo\u2019lib ko\u2019rinar, bu Ichki Mo\u2019g\u2019ulistondagi mustabidlarni Movarounnahrga qarshi tajovuzlardan, bosqinlardan himoya qilishga vosita hisoblanardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kezi kelganda, bir mushohadani o\u2019rtaga tashlash joiz bo\u2019ladi. Temurbekni na otasining boyligi, na qarindosh-urug\u2019lar qo\u2019llab-quvvatlashi tarix sahnasiga olib chiqqan omillar bo\u2019lmagan. Fikrimcha, o\u2019ziga to\u2019q, aqlli, kuch-g\u2019ayratli, harb ishlaridan mukammal xabardor Temurbekni tarix sahnasiga olib chiqqan kishi Amir Qazag\u2019on bo\u2019ladi. Muarrix Muiniddin Natanziy aytganidek, \u201cQazag\u2019onning adolati tufayli mulki millat ishlari shu darajada mustahkam va ustuvor bo\u2019ldiki, bo\u2019ri bilan qo\u2019y bir suvloqdan suv ichib, darvish kulbasi bexatarligidan najot uyiga aylandi. Oddiy odamlar va ulug\u2019lar, musofirlar va muqimlar, kattayu kichik, xosu om \u2013 hech kimning dilida ro\u2019xg\u2019or gardishidan shikoyat g\u2019ubori qolmadi\u201d. Biroq, o\u2019n ikki yilga yaqin davom etgan Amir Qazag\u2019on hokimiyatining oxirgi yillarida unga qarshi fitnalar ko\u2019payadi. Ichki Mo\u2019g\u2019uliston sobiq mustamlakada-mustaqillik yalovini ko\u2019tarib, o\u2019zini o\u2019zi idora qila boshlagan Movarounnahrda kechayotgan voqealarga toqat qilib turolmas edi. Ikkinchidan, mo\u2019g\u2019ullarning bir asrdan ziyod davom etgan boshqaruvi, garchand. Jetadan (Yettisuvdan) kelgan mo\u2019g\u2019ullarni turkiylashtirgan bo\u2019lsa-da, mo\u2019g\u2019ulparastlik ham mustahkam qaror topgan edi. Mo\u2019g\u2019ulparast kuchlar qarounnos qavmidan (Amir Qazag\u2019on qo\u2019ng\u2019irot urug\u2019idan edi) bo\u2019lgan Amir Qazag\u2019onning hokimiyatni idora qilishiga hasad ko\u2019zi bilan qarar edi. Uchinchidan, Chig\u2019atoy avlodi hukmronligiga Amir Qazag\u2019on bilan bir bo\u2019lib barham bergan vaqtida uni qo\u2019llab-quvvatlagan turkiy amirlar (masalan, hoji Barlos, Boyon Sulduz va boshqalar) asta-sekin Amir Qazag\u2019on itoatidan bo\u2019yin tovlab, o\u2019zlari hokimiyatga talab sola boshlaydilar. Buning ustiga, Amir Qazag\u2019on farzandlari ham qobil kishilar emasligini namoyish qilib ulguradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Yalovbardor hukmdor Amir Qazag\u2019on o\u2019z majlislarida ishtirok etayotgan Amir Tarag\u2019ayning o\u2019g\u2019li Temurbekka e\u2019tibor bera boshlaydi. Uning so\u2019zlari hukmdorga ma\u2019qul tushadi. U Amir Temur siymosida, garchi yosh bo\u2019lsada, shijoatni, o\u2019ktamlikni, aql-farosatni ko\u2019rib-bilib, kuzatib, uni o\u2019ziga yaqinlashtiradi. Bu yaqinlikni oilaviy rishtalar bilan bog\u2019lab, nabirasi O\u2019ljoy Turkon Og\u2019oni unga nikohlab beradi. Temurbekning davlat ishlariga, siyosatga aralashuvi, shu tariqa, Amir Qazag\u2019onning qo\u2019llab-quvvatlashi bilan amalga oshadi. Keyinchalik, Amir Temur davlat tuzugini ishlab chiqish va joriy etishda Amir Qazag\u2019on tajribasiga asoslanadi: vatan ozodligini mustahkamlash, adolat oyiniga og\u2019ishmay amal qilish yo\u2019lini tutadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Saltanatni idora qilish bilan bir qatorda, hukmdorning oilaviy hayoti ham siyosatdan qolishmadigan darajada muhim ahamiyat kasb etar edi. Amir Temur hokimiyatga kelganida mo\u2019g\u2019ullarning istibdodiga barham berilganiga 24 yil to\u2019layotgan edi. Amir Qazag\u2019on va Amir Husaynlar taxtda bo\u2019lgan yillarda sobiq musbabidlarning kuchi va ta\u2019siri qanday darajada bo\u2019lsa, oradan shuncha yillar o\u2019tishiga qaramay, bu kuch va ta\u2019sir susaymagan edi. Kim-kimu, lekin Amir Temur mo\u2019g\u2019ullarning qabohatini boshqalardan ko\u2019ra yaxshiroq bilardi. U Ichki Mo\u2019g\u2019ulistondan qo\u2019shin tortib kelgan Tug\u2019luq Temur bilan ro\u2019baro bo\u2019lgan, uning o\u2019g\u2019li Ilyosxo\u2019ja bilan to\u2019qnashgan, qattiq savashlar olib borib, ko\u2019zi pishigan edi. Shu sababdan, mo\u2019g\u2019ul xavfini nazardan qochirib bo\u2019lmas edi. Amir TEmur mamlakat ichida o\u2019n yil davomida mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurash olib borish jarayonida, mustaqil davlatni boshqarish sohasida yetilgan edi. Mamlakat idorasida mayda yoxud ikkinchi darajali soha bo\u2019lmaydi. Bunga oilaviy jabhani ham kiritish o\u2019rinli bo\u2019lardi. Amir Husayn xotinlari peshkash qilinganda, ular orasida to\u2019rt ayolning tanlanishi qanday aqidalarga bog\u2019liq bo\u2019lgan edi? Bu savolga bir xilda javob bo\u2019lmaydi, bu aniq. Buni yolg\u2019iz Amir Temurnign o\u2019zi bilgan, hal qilgan. Lekin, mulohazalarga o\u2019rin bor. Amir Husayn xotinlari orasida Sevinch Qutlug\u2019 Og\u2019o uning bosh, xotini, katta malika hisoblangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sevinch Qutlug\u2019 Og\u2019o Chig\u2019atoy avlodidan birinchi bo\u2019lib, ulus poytaxtini 1318 yilda Qashqa vohasiga ko\u2019chirgan. Qarshi shahriga asos solgan Kepakxondan keyin 1326-1334 yillarda hukm surgan Tarmashirinxonning qizi edi. Amir Husayn shu xotini tufayli \u201cxonning kuyovi\u201d \u2013 ko\u2019ragonlik rutbasiga ega bo\u2019lgandi. Tarmashirinxon Chingiziy xonlar orasida birinchi bo\u2019lib, islom diniga kirgan, bu e\u2019tiqodi uchun \u201cAlouddin\u201d degan faxrli nomga noil bo\u2019lgan xon edi. Amir Temur nega endi shu ulug\u2019 xonning qizini saylamadi, balki uni amirlaridan biri Bahrom Jaloyirga xotin qilob berib yubordi? Uning o\u2019rniga, Movarounnahr eli orasida qattolligi bilan nom chiqargan Qozonxonning qizi Saroy Mulk Xonimni tanladi va unga birinchi malika \u2013 katta malika maqomini berdi. Bu muammolarni bir oz bo\u2019lsa-da oydinlashtiradigan ishoratlar borligini inkor etib bo\u2019lmaydi. Kepakxondan keyin taxtga kelgan Tarmashirinxon mo\u2019g\u2019ullar istibdodining 105-yilida taxtga chiqar ekan, o\u2019tgan bir asrdan ortiq vaqt davomida mazlum xalq ongida sodir bo\u2019la boshlagan norozilik to\u2019lqini mohiyatini anglab yetadi. Boshqaruvni uzluksiz qo\u2019rqitish, jazolash bilan olib borish natija bermasligini, bu aksincha, qarama-qarshilikni kuchaytirishga olib kelishini fahmlaydi. Nozik siyosatchi bo\u2019lgan Tarmashirinxon mo\u2019g\u2019ullar hukmronligini yanada uzaytirishning birdan-bir yo\u2019li mahalliy aholi udumlarini, shu jumladan, dinni ham qabul qilishda, deb tushunadi. U islom diniga kiradi, musulmon bo\u2019ladi, ruhoniylar bilan quda-anda kirishadi. Ichki Mo\u2019g\u2019uiston Tarmashirinxonning bu o\u2019zboshimchaligini kechira olmagan. Taxt da\u2019vogari Durra Temurning o\u2019g\u2019li Bo\u2019zan tomonidan u qatlga yetkaziladi. Hokimiyatni egallagan Bo\u2019zan Chig\u2019atoy ulusi poytaxtini yana Ili vodiysiga, ulusning birinchisidan to o\u2019n to\u2019rtinchi xoni poytaxt qilgan Olmaliqqa ko\u2019chirib ketadi. Poytaxt ko\u2019chirilgan Jetada ham toju taxt talashlari to\u2019xtamaydi. Bo\u2019zan o\u2019rniga kelgan Qozonxon ulusning bosh qarorgohi qilib yana Qashqa vohasini, hozirgi Muborak sarhadlarini tanlaydi. Bu yerda Zanjirsaroy qasrini barpo etadi. Mo\u2019g\u2019ullarning tasavvurida hokimiyatning asosiy xavfi Jeta emas, uning janubidagi hududlarda, degan qarash hukm surardi. Shu sababli, poytaxtning, aniqrog\u2019i, xonning bu joylarda o\u2019rnashuvi har qanday xavfu xatar oldini olishi va kechiktirilmay zarba berilishi bilan bog\u2019liq deb qaralar edi. Chig\u2019atoy ulusining yigirma ikkinchi xoni Qozonxon, shu aqidadan kelib chiqib, zulmni juda kuchaytirgan edi. Natanziy tarixida bu haqida ochiq-oydin bitilgan. Hozir gap bu haqda emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur Qozonxonning qizi Saroy Mulk Xonimni o\u2019z haramida bosh malika maqomiga noil etganida, Tarmashirinxonning Ichki Mo\u2019g\u2019ulistonda yaxshilik bilan yod etilmasligini mazlumlarga yon bergan. Chig\u2019atoyxon boshqaruvini susaytirgan deb, unga past nazar bilan qarashlarini hisobga olgan bo\u2019lishi ehtimoldan xoli emas. Qozonxonning mahalliy turkiy amirlarni chiqishtirmasligi, ularni qatag\u2019onda tutishi muhimi, \u201cmarkaz\u201d ning ko\u2019nglidan chiqib, mazlum elga zulm va shafqatsizlikni haddan oshirganligi Chig\u2019atoy asilzodalari xayrixohligiga sabab edi. 1370 yilda chor atrofi mo\u2019g\u2019ul bosqinchilari tomonidan o\u2019rab turilgan, birlashgudek bo\u2019lsa, bemisl kuchga aylanadigan mo\u2019g\u2019ul mustamlakachilari bilan ehtiyot shart, muomala qilish taqozo etilardi. Amir Temur muarrixlar qayd etgani kabi, Saroy Mulk Xonimga uylanganligi tufayli, ulug\u2019 amakisi Tog\u2019ochor no\u2019yon (bobokaloni Qarochor no\u2019yonning ukasi, u Chingizxonning qizini olgan edi) kabi, \u201cko\u2019ragon\u201d \u2013 Chingizxonning kuyovi degan rutabaga ega bo\u2019ladi. Yana bir mulohaza. Turkiy \u201cTemurnoma\u201ddan naql etilganidek, Temurbekning bolalik davri Muborakda, Qozonxon poytaxti Zanjirsaroyga yaqin go\u2019shada, amakisi Amir Joku Barlos xonadonida kechgan. Zanjirsaroyga yaqinlik, Amir Joku Barlosning farzandlari bilan birga o\u2019ynash davomida xon o\u2019rdasi bolalari bilan tanish-bilishlik yuz berishi mumkin bo\u2019lgan hol edi. Ayrim tadqiqotchilar, shuni nazarga tutib, bolakay Temurbek bilan undan besh yosh kichik bo\u2019lgan Saroy Mulk Xonim yoshlikdan bir-birini tanishgan, deyishga moyildirlar. Shunday bo\u2019lsa, Katta malika faqat davlat manfaati nuqtai nazaridangina emas, beg\u2019ubor bolalik hissiyotlari bilan ham Temurbekning shunday qarorga kelishiga sabab bo\u2019lgandir. Axir, daholar ham yurak amriga bo\u2019ysungan hollarga misollar juda ko\u2019p-ku?<\/p>\n\n\n\n<p>Saroy Mulk Xonim Qozon ibn Yasavur qizi 1341 yilda Otasi poytaxti Zanjirsaroyda dunyoga keladi. Sohibqiron bilan Saroy Mulk Xonimning taqdir yo\u2019llari birlashganda, biri 34, ikkinchisi 29 yoshda edilar. Saroy Mulk Xonim oqila, bilimdon, benihoya go\u2019zal ayol bo\u2019lgan. Saroydagi ichki tartibot, xotin-qizlarga bosh-qosh bo\u2019lish, shahzodalar tarbiyasi, mehmondorchilik, to\u2019y tadbirlarini tashkil singari yumushlar Saroy Mulk XOnim zimmasida bo\u2019lgan. Sohibqironning unga hurmati beqiyos edi. Amir Temurning yurishlarda g\u2019alabalar yor bo\u2019lgani sari, katta malikanign ham obro\u2019-e\u2019tibori osha boradi. Ko\u2019p o\u2019tmay, uni ulug\u2019 malika sifatida \u201cBibi Xonim\u201d deb atay boshlaydilar. Bibi xonim haramning sha\u2019ni uchun mas\u2019ul bo\u2019lishidan tashqari, birin-ketin tug\u2019ilayotgan Temuriyzodalar sog\u2019lig\u2019i, tarbiyasi, ilm olishi uchun ham jon kuydiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Saroy Mulk Xonimning onasi kim bo\u2019lgan, bu haqda aniq bir fikr aytish mushkulroq. Banokatiyning \u201cTarixi Banokatiy\u201d asarida Qozonxonnign katta xotini nomi Bo\u2019lgan Xotun, deb ko\u2019rsatilganligi manbalarda qayd etiladi. Biroq bu ayolni Saroy Mulk Xonimning onasi deyish to\u2019g\u2019ri kelmaydi, u bo\u2019lajak malika tug\u2019ilishidan oldin qazo qilib ketgan. Tarixiy asarlarda Samarqandda Bibi Xonim onasi sharafiga masjid qurdirilganligi va uning hoki shu yerda dafn etilganligi aytiladi. Har holda, bu ayol Saroy Mulk Xonim Samarqandga ko\u2019chgan yillarda hayot bo\u2019lgan. Katta malika sha\u2019ni uchun onasi xotirasiga ulug\u2019vor masjid barpo etilgan. Saroy Mulk Xonim Qarshi hokimi Amir Musoning opasining qizi edi. Sharafidin Ali Yazdiy buni alohida ta\u2019kidlab aytib o\u2019tadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Muso tarozi shayiniga qarab ish tutadigan, og\u2019machi kishi edi. Amir Husayn davrida u Qarshini idora qilib turgandi. Amir Temur Qarshini qo\u2019lga kiritish uchun bel bog\u2019laganda, Amir Muso 12 minglik qo\u2019shinga ega bo\u2019lsa-da, oz miqdordagi hujum qiluvchilarga bas kelolmay qochadi. Qochishda, hatto, o\u2019z xotini Orzu Mulk Og\u2019oni qutqarishni xayoliga ham keltirmay, jonini hovuchlab sahroga tomon juftakni rostlaydi. Amir Musoning sodiq navkarlaridan biri Malik bahodir, muarrix Natanziy aytgani kabi, Orzu Mulkni Og\u2019oni otga mindirib, bir amallab qurshovdan chiqib ketadi. Bu haqda \u201cZafarnoma\u201d asarida aytilgan so\u2019zlarni keltirib o\u2019tish fikrimni oydinlashtiradi. U so\u2019zlar tubandagicha:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cAmir Boyozid Jaloyirning qizi, Amir Musoning xotini bo\u2019lmish Orzu Mulk (Malik ham deb o\u2019qilgan) Og\u2019o shu payt Malik Bahodir bilan birgalikda qochib borardi\u2026 Sohibqiron ular ortidan tushdi va Malikka baqirib: \u201cSening qoningdan, garchi uni to\u2019kish lozim bo\u2019lsa-da, kechdim, bu ayolni o\u2019zingdan ajratib yubor\u201d, dedi. Malik o\u2019z boshini saqlab qolish uchun ulardan ajraldi\u2026 Ayollar hamon ot choptirib borayotgan edilar. Ular bilan Oshiq Toz nomli bir navkar ham bor edi, qo\u2019lida kamon va tir. Hazrat Sohibqiron yaqinlashib qolganligi uchun, u kamonni o\u2019qlab tortar, biroq otishga jur\u2019at etolmasdi. Hazrat Sohibqiron bordi-yu, u mohir mergan bo\u2019lib, o\u2019qidan menga biror zahm yetsa, malomat va tanbehga sababchi ish bo\u2019ladi, ya\u2019ni xotin va mol ta\u2019masida o\u2019q yedi, deyishadi, degan andishada, ehtiot yuzasidan uncha ko\u2019p yaqinlashmasdi. Nogoh, otining oyog\u2019i chuqurga tushib, joyida to\u2019xtab qoldi. Shu payt Davlatshoh baxti yetib keldi va ayollar ortidan ot soldi\u2026 Davlatshoh qanchalik ularning ortidan quvlamasin, baribir, yetolmadi. O\u2019sha vaqtda Orzu Mulk Og\u2019o bo\u2019lajak Tuman Og\u2019oga to\u2019qqiz oylik homilador edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1365 yilda, shu voqea ro\u2019y berganida tug\u2019ilajak qizi Tumon Og\u2019oga homilador bo\u2019lib, oyi kuni yaqin Orzu Mulk Og\u2019oga uchqur otda yetolmagan Amir Temur oradan 12 yil o\u2019tib, 779 hijriyda (1377-78 yil) unga taqdir otida quvib yetadi \u2013 o\u2019sha yili tug\u2019ilgan va Tumon Og\u2019o deb ism berilgan, 12 yoshga to\u2019lgan qizga uylanadi. Bir oz oldinroq ketib, aytadigan bo\u2019lsam, taqdir oti Tumon Og\u2019oni Sohibqiron vafotidan keyin ham yana bir marta olib qochadi. Bu to\u2019g\u2019rida navbati bilan hikoya qilaman.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Muso beqaror, lafzida tura olmaydigan, mardlikdan ko\u2019ra nomardlik fe\u2019lida ustun bo\u2019lgan bir kimsa edi. Bibi Xonim tufayli, Sohibqiron unga katta iltifotlar ko\u2019rsatgan, buzg\u2019unchiliklarini kechirgan, hatto suyukli qizi Tog\u2019ayshoh Og\u2019o Begimni Amir Musoning o\u2019g\u2019li Muhammadbekka bergan, boshqacha aytganda, qarshi quda bo\u2019lgan edi. Amir Muso Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr taxtiga chiqqandan keyin ham xiyonat va sotqinlik yo\u2019lidan qaytmaydi. O\u2019ng kelgan joyda Amir Temurga pand berishga tirishadi. To\u2019g\u2019risini aytganda, Sohibqiron va Amir Muso munosabatlarining o\u2019zi bir kitob bo\u2019ladigan mahzun hayot-mamon voqealari silsilasidan iboratdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Muiniddin Natanziy&nbsp; o\u2019z tarixida Amir Muso qilmishlaridan ko\u2019p dalillarni zikr etgan. Amir Temur juda mulohazali davlat arbobi bo\u2019lgani bois, qaror qabul qilishdan avval hamma jihatni hisobga olib, ish ko\u2019rgan. \u201cAmir Sohibqiron o\u2019zicha fikr yuritdiki, &#8211; deb yozadi muarrix, &#8211; Amir Muso dastavval bizning favlatimiz xonadoniga xizmatkorlik huquqini isbot qilib, ziga maqbul bir tarzda qat\u2019iyat va ijtihod qadamini bosdi. So\u2019ngra esa undan andak xato sodir bo\u2019ldi. Ammo shu tufayli uni bu keng davlatdan noumid qilish muruvvatdan bo\u2019lmaydi\u201d. Sohibqiron Amir Musoga nisbatan bag\u2019rikenglik va kechirimlilik qilib, yanglishgan edi. Turkistonga ketib qolgan Amir Musoni daraklatib topdirib kelgan Sohibqiron uni tag\u2019in afu etib, \u201cAmir Musoga g\u2019oyatda e\u2019zoz-ikrom va ehtirom ko\u2019rsatdi, o\u2019tgan-ketgan ishlardan hech birini uning yuziga solmadi. Molu mulki va elu ulusini barqaror holda o\u2019ziga bag\u2019ishlab, uni o\u2019zi bilan birga Samarqandga olib bordi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rnamaklik qoniga singan, Sohibqironga quda-andachilik rishtalari bilan bog\u2019langan Amir Muso sotqinlik, hasad va g\u2019araz vasvasasidan qutila olmagan. Amir Temur Mo\u2019g\u2019ulistonga ikkinchi marta yurish boshlaganida u bir to\u2019da razil nokaslar bilan Sohibqironni yo\u2019q qilishga kelishadilar. Natanziy bu haqda shunday deydi: \u201cIttifoqan, Amir Muso, Zinda Chashm, Amir Xizr Yasovuriyning o\u2019g\u2019li, Termiz xonzodasi va shayx Abulays Samarqandiy o\u2019zaro ittifoq qilib, Qarosomon manziliga yetganda Amir Sohibqironni qo\u2019lga olib, jahonda yangitdan fitna va buzg\u2019unchilikni boshlab yuborishga qasam ichdilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Fitna fosh bo\u2019ladi. Jnoyat qanchalik og\u2019ir bo\u2019lmasin, Amir Sohibqiron bu gal ham Amir Musoning gunohidan o\u2019tadi. Suiqasd, davlat siyosati nuqtai nazaridan, kechiriladigan holat emas edi. Bibi Xonimga bo\u2019lgan cheksiz hurmat va muhabbat nafaqat Amir Musoning, shuningdek, unga sherik bo\u2019lganlarning (Zinda Chashmdan bo\u2019lak) ham hayotini saqlab qoladi. Saroy Mulk Xonimga ko\u2019rsatilgan izzat-ikromning adog\u2019i bo\u2019lmagan. Bu totuvlik to Sohibqironning oxirgi nafasiga qadar davom etgan. Amir Temur safarlarida birga bo\u2019lgan muarrix Nizomiddin Shomiy 1384 yil yurishlari voqea-hodisalarini hikoya qilar ekan, Murg\u2019obga yetib, qarorgoh tiklanganda, Sohibqiron bilan birga bo\u2019lgan Bibi Xonimning Amironshoh&nbsp; Mirzoning xotini, ikki oy burun Xalil Sultonni dunyoga keltirgan Xonzoda Begim sharafiga katta to\u2019y uyushtirilganligini yozadi. Safar chog\u2019larida ham oilaviy udumlarni bekamu ko\u2019st ado etish inon-ixtiyori katta malika zimmasida edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Saroy Mulk Xonim ayol boshi bilan Samarqanddan Iroqqa bo\u2019lgan o\u2019ta olis yo\u2019lni Sohibqiron yonida birgalikda bosib o\u2019tganligini o\u2019zi bir jasorat emasmi? Shomiy o\u2019z asarida Saroy Mulk Xonimning 1386 yilda shahzoda Shohruh Mirzo bilan Samarqanddan Iroqqa yetib kelganligini yozadi: \u201cUlar kelishi haqidagi xabar Amir Sohibqironga yetgach, &#8211; deydi muarrix, &#8211; u o\u2019g\u2019ruqni qoldirib, ularning istiqboliga chiqishni iroda qildi\u201d. Bu buyuk Amirningo\u2019z rafiqasiga ko\u2019rsatgan ulug\u2019 ehtiromidan bir nishona edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron haramidagi xotinlariga bosh bo\u2019lgan Bibi Xonim harb masalalarida ham eri bilan maslahatlar qilar, oilaga taalluqli barcha gaplardan, olisdami-aqindami, Amir Temurni xabardor qilardi. 1394 yilning aprelida Sohibqiron Mordin mulkida turganida Bibi Xonim Shohruh Mirzo o\u2019g\u2019li Ulug\u2019bek Mirzoning tug\u2019ilish xabarini yetkazadi. Bu shodiyona sabab, Mordni aholisiga amniyat berilib, bu yurtni uning o\u2019z hukmdori Sulton Solihga tortiq qiladi. Sohibqiron Saroy Mulk Xonimdan farzand ko\u2019rmagan. Bu yetishmovchilik o\u2019rnini mehr-muhabbat to\u2019ldirgan. Bibi Xonim Sohibqironning so\u2019nggi nafasiga guvoh bo\u2019lgan, uning O\u2019trordagi emg mehribon yo\u2019ldoshi va mahrami edi. Saroy Mulk Xonimning Amir Temur xotini sifatidagi bu xonadonda tutgan o\u2019rni va xizmati alohida tahsinga arziydi. Jahonshumul shuhratga ega bo\u2019lgan Ulug\u2019bek Mirzo, Xalil Sulton, Shohruh Mirzo va boshqa shahzodalarning murabbiysi va muqavviysi Bibi Xonim birgina shu xizmatlari bilan ham tarixda mangu nom qoldirishga haqlidir. U saroyda azaldan o\u2019rnashib qolgan, rivojga to\u2019siq bo\u2019lgan ko\u2019pgina odatlarga isloh kirita olgan jasur va oqila malika hisoblanishiga loyiq. Shahzoda Xalil Sulton va Shodi Mulk muhabbati voqeasi buning yorqin dalillaridan biri.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Turkiston taxti muyassar bo\u2019lgandan so\u2019ng, Sohibqiron Amir Temur Shahrisabz tevarak-atrofida \u2013 To\u2019da Maydon mavzesida ulkan mashvarat o\u2019tkazadi. Bu ulug\u2019 kengashda g\u2019alabaga hissa qo\u2019shgan amirlar, sarkardalar, ruhoniylar, olim va allomalar ishtirok &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-katta-malika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153689","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153689","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153689"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153689\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153690,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153689\/revisions\/153690"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153689"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153689"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153689"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}