{"id":153691,"date":"2025-09-24T14:45:15","date_gmt":"2025-09-24T11:45:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153691"},"modified":"2025-09-24T14:45:16","modified_gmt":"2025-09-24T11:45:16","slug":"amir-temur-sulolasi-malikalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-malikalar\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Malikalar"},"content":{"rendered":"\n<p>1370 yil aprelida Amir Temur, ma\u2019zul etilgan Amir Husayn haramidan to\u2019rt ayolni o\u2019z nikohiga kiritganligi haqida gapirdim. Saroy Mulk Xonimdan keyin, shu to\u2019rt xotinning biri Boyon Sulduzning qizi Ulus Og\u2019o edi. Boyon Sulduz turkiy sulduzlar qavmining boshlig\u2019i bo\u2019lgan. Sulduz qavmlari Termizning sharqiy tarafida. Amudaryoning ikki qirg\u2019og\u2019i bo\u2019ylab joylashgan edi. Amir Qazag\u2019on davrida Boyon Sulduz, Muhammad Xoja Apardi, Sotilmish, Uljoytu Apardi kabi ulus beklari mavqei baland bo\u2019lib, katta yurishlarni birgalikda amalga oshirganlar. Amir Qazag\u2019on halokatidan keyin hokimiyatga kelgan nabirasi Abdulloh soxta xon Boyonqulini o\u2019z haramiga ko\u2019z olaytirishga shubha qilib, o\u2019ldirtiradi. Amir Abdullohdan norozi bo\u2019lgan ulus beklari, jumladan, Boyon Sulduz ham Kofirnihon daryosining yuqori oqimida joylashgan ikki qal\u2019a \u2013 Hisori Shodmondan qo\u2019shin jamlab, Samarqandga yurish boshlaydi. U Keshga yetib kelganida, Xoji Barlos ham qo\u2019shiladi va ikkalasi Amir Abdullohni mag\u2019lub etib, uning birodarlarini quvib yuboradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafiddin Ali Yazdiy dalolatiga ko\u2019ra, o\u2019sha paytlar Boyon Sulduz va Hoji Barlosdan obro\u2019liroq beklar bo\u2019lmagan. Abdullohdan keyin hokimiyatni ular qo\u2019lga oladilar. Boyon Sulduz ko\u2019ngli bo\u2019sh va beozor kishi sifatida tanilgan. Muarrix uning bir nuqsonini \u2013 muntazam mayxo\u2019rlik qilishini, ichishga mukkadan ketganligini, kayf qilolmay turolmasligini, shu sababli, yuzlari lola yanglig\u2019 qizil tus olganligini aytadi. Yil \u2013 o\u2019n ikki oy ichida biror hafta bo\u2019lsin hushyor vaqti bo\u2019lmas ekan. Hokimiyat tizgini qo\u2019lida bo\u2019lgan kishining holi shu bo\u2019lgach, mamlakatning har bir puchmog\u2019ida boshboshdoqlik boshlanadi, bo\u2019ysunmaslik kuchayadi. Beklar o\u2019z boshiga hokimiyat talashishga kirishib ketadilar. Kesh ulusida Hoji Barlos mustaqillik yalovini ko\u2019taradi. Xo\u2019jand viloyatini Boyazid Jaloyir egallardi. Amir Qazag\u2019onning katta o\u2019g\u2019li Musalloning o\u2019g\u2019li Husayn esa, Amudaryo janubidagi mulklarni qo\u2019lga olib, Kobulda turardi. U bobosi Amir Qazag\u2019on o\u2019limidan keyin, unga tobe bo\u2019lga hamma hududlarga da\u2019vogarlik qilardi. Xullas, mo\u2019g\u2019ullardan tortib olingan mustaqillik xavf ostida qolgan, turkiy amirlarda bo\u2019linish, ajralish, bir-biriga tish qayrash kuchayib, kuchlar bo\u2019linib qolgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ulistonda Chig\u2019atoy avlodi Turkistonda kechayotgan voqealarni sergaklik bilan kuzatib borardi. Turkiy amirlarning o\u2019zaro nizolari, hokimiyat talashlari ularga qo\u2019l keladi. Tug\u2019luq Temurxon 1360 yilning fevral-mart oylarida Movarounnahr sari yurish boshlaydi. Tug\u2019luq Temurxon Chig\u2019atoy urug\u2019idan bo\u2019lgan Duvaxonning o\u2019g\u2019li bo\u2019lib, Jetaning podshohi hisoblanardi. Jeta \u2013 Chimkent bilan talas vodiysidan to Lobnor ko\u2019liga qadar bo\u2019lgan hudud bo\u2019lib, bu joylar ham Mo\u2019g\u2019uliston deb atalgan. Jeta (Jete) so\u2019zining ma\u2019nosini turlicha izohlash hollari ma\u2019lum. Haqiqatga yaqinrog\u2019i Yetti (jete) bo\u2019lib, Jetesuv, Yettisuv hududlarini ko\u2019zda tutadi. O\u2019sha paytlarga kelib, Chig\u2019atoy avlodidan Tug\u2019luq Temurxondan kuchliroq xon qolmagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yovning katta qo\u2019shin bilan bostirib kelishi turkiy amirlarni tahlikaga solib qo\u2019yadi. Boyon Sulduzdan hokimiyatni tortib olish fikrida yurgan Amir Husayn unga qarshi kurashda Temurbekdan, Boyazid Jaloyir va Hizr Yasuriydan ko\u2019mak so\u2019raydi. Mo\u2019g\u2019ullarning hujum niyatida kelayotganligi bu rejaning oxiriga yetishiga imkon bermaydi. Vahima, amirlar ko\u2019ngliga birlashish maqsadini emas, o\u2019z jonlarni qutqarish qutqusini solidi. Tug\u2019luq Temur 1361 yilning mart oyida Xo\u2019jandda to\u2019xtab turganida Boyazid Jaloyir uning etagini o\u2019pish uchun yetib boradi. Tug\u2019luq Temurxon Movarounnahrda keyingi o\u2019n-o\u2019n besh yil ichida kechgan voqealardan yaxshi xabardor bo\u2019lganligi, turkiy amirlar Amir Qazag\u2019on boshchiligida o\u2019z avlodi davomchisi Qozonxonni taxtdan ag\u2019darganligini, bu ishda Boyazid Jaloyir, Boyon Sulduz, Hoji Barloslarning qo\u2019li bo\u2019lganligi sababli, ularga qattiq kek saqlardi. Xon ostonasiga kelgan Boyazid Jaloyir darhol qatl etiladi. Boyon Sulduz ham, Hoji Barlos ham Tug\u2019luq Temur xizmatiga borishga qaror qiladilar. Boyazid Jaloyirning qatl etilishi hoji Barlos fikrini o\u2019zgartiradi va u kuch \u2013 ko\u2019rovi bilan Amudaryodan nariga ketadi. Tug\u2019luq Temurxon shu yili kuzida Samarqand ustiga yurish boshlaydi va yo\u2019lda taxt rahnaragi sifatida Boyon Sulduzni ham o\u2019limga buyuradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qozonxondan vaqtida hokimiyatni bir yoqadan bosh chiqarib, Amir Qazag\u2019onga olib bergan, tug\u2019ilgan yurti mustaqilligi uchun kurashgan, bu kurashga katta hissa qo\u2019shgan amirlar qismati shunday yakun topadi. Birlashmaslik, hokimiyatparaslik g\u2019olib kelgani bois yov ularni osonlikcha, hatto ixtiyoriy ravishda mahv etadi. Amir Husayn voqealarning keyingi rivojida, Amir Temurning qo\u2019llab-quvvatlashi orqali Movarounnahr hukmdori bo\u2019lgach, Boyon Sulduzning qizi Ulus Og\u2019oga uylanadi. Boyon Sulduzning Shayx Muhammad ismli o\u2019g\u2019li ham bo\u2019lgan. Shayx Muhammad boshdan Temurbekka rag\u2019batlash kishi bo\u2019lsa-da, Amir Husayn tarafida turib ish tutishga majburiyat sezadi. Bu o\u2019rtada bog\u2019langan quda-andachilik bilan bog\u2019liq bo\u2019lganligini tushunish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>1370 yil boshlarida hokimiyat Amir Temur qo\u2019liga o\u2019tgandan keyin Shayx Muhammad fe\u2019lida g\u2019alati o\u2019zgarishlarni kuzatishga to\u2019g\u2019ri keladi. Balxdagi g\u2019alabadan sal avval Shayx Muhammad o\u2019z qo\u2019shini bilan Amir Temur tomoniga o\u2019tadi va Amir Husaynga qarshi kurashga bosh qo\u2019shadi. Balx g\u2019alabasidan keyin Chig\u2019atoy ulusining barcha beklari qatori Shayx Muhammad ham Sohibqironni taxtga o\u2019tqazish marosimida ishtirok etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husayn haramidan tanlangan to\u2019rt xotinning biri bo\u2019lgan Ulug Og\u2019oning malikalik maqomi uning akasi Shayx Muhammadni Sohibqironga yaqinlashtiradi. Amir Temur ham hokimiyatni idora qilishga kirishar ekan, Shayx Muhammad singari katta qavm va harbiy kuchga ega bo\u2019lgan amirzodalar ko\u2019magiga ehtiyoj sezardi. Ulus Og\u2019oning haramga kiritilishi sabablaridan biri sifatida bunday taxminni e\u2019tibordan soqit etib bo\u2019lmaydi. Shayx Muhammad Sohibqiron yonida bo\u2019lib, unga maslahatlar berib turganligini \u201cZafarnoma\u201ddagi bir voqea yaqqol dalolatlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1372 yilda Xorazmni idora qilib kelayotgan Husayn So\u2019figa qarshi yurishda, Sohibqironning harbiy qudratini his etgan Xorazmshoh, qal\u2019aga bekinib olib, Amir Temur huzuriga xos odamini yo\u2019llab, sulh va murosa so\u2019raydi. Amir Temur kelishuvga rozi bo\u2019ladi. Biroq, Sohibqironga qarshi ich-ichidan qarshi bo\u2019lgan, qora yurak Kayxusrav Xuttoloniy Husayn So\u2019giga yashirincha odam yuborib, \u201cAmir Temurning va\u2019dasiga ishonma, qo\u2019shiningni shay qilib, shahar ortiga chiq, men o\u2019z lashkarim bilan senga qo\u2019shilaman\u201d, deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Husayn So\u2019fi uning gaplariga bovar qilib, qo\u2019shinini tayyor holga keltiradi va jangovar kayfiyatda nog\u2019oralar qoqib, shahardan ikki yog\u2019ochlik masofadagi Kovun anhori bo\u2019yiga keladi. O\u2019rtadagi sulhga binoan, Sohibqiron qo\u2019shinlari har tomonga tarqalgan edi. Husayn So\u2019fi qaroridati o\u2019zgarish \u2013 sulh so\u2019rab, unga amal qilmaslik, qilichlarni yalang\u2019ochlashga olib keladi. Anhor bo\u2019yida jang boshlanadi. Amir Temur sarkardalaridan Shayx Ali bahodir, Muayyad bek, Xitoyi bahodir, Oq Temur bahodirlar ot bilan anhorni kechib o\u2019tib, Husayn So\u2019fi odamlarini tum-taraqay qiladi. Amir Temurning o\u2019zi ham anhorga ot solib, uni kechib o\u2019tmoqchi bo\u2019ladi. Sohibqironni bunday qilishga Shayx Muhammad Boyon Sulduz o\u2019g\u2019li yo\u2019l qo\u2019ymaydi, u \u201cshohlarning ishi suv kechish emas, boshqarish\u201d, deydi Shu gapni aytib, o\u2019zi anhorni kechib o\u2019tadi va kurashda jonbozlik ko\u2019rsatadi. Kayxusrav tomonidan aldangan Husayn So\u2019fi qilmishidan qattiq pushaymon bo\u2019ladi va tez orada hayotdan ko\u2019z yumadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1375 yil boshlariga qadar Shayx Muhammad Sohibqironning eng yaqin kishilaridan bo\u2019ladi. Jetaga (Mo\u2019g\u2019uliston) qarshi yurishlarda u Jahongir Mirzo bilan birga bo\u2019ladi. Shu yili SHayx Muhammad yurish-turishida keskin o\u2019zgarish sodir bo\u2019lganligining sabablarini izohlash qiyin. Bu haqda muarrixlar jim o\u2019tishni afzal bilganliklarini anglash mumkin. Gap shundaki, Shayx Muhammad Amir Temurga qarshi suiqasdga qo\u2019l uradi. Sohibqiron mo\u2019g\u2019ul podshohi Qamariddinga qarshi qo\u2019shin tortgan paytga, safar chog\u2019ida uni o\u2019ldirish rejasi tuziladi. Bu ishning boshida Ulug Og\u2019oning akasi, Boyon Sulduzning o\u2019g\u2019li Shayx Muhammad turardi. Bu fitnaga Boyazid Jaloyirning o\u2019g\u2019li Odil Shox va Turkon Orlotlar ham bosh qo\u2019shadi. Fitna amalga oshmaydi. Rahnagarlar qochadi. Amir Temur shu yili Qarshiga yaqin bo\u2019lgan Zanjirsaroyda qishlayotgan paytida Odil Shoh uning oldiga bosh egib keladi va bo\u2019lgan voqeani aytib, bir qoshiq qonidan kechishni so\u2019raydi. Shayx Muhammad qo\u2019lga olinadi va taftish qilinadi. Teshlamishiy \u2013 so\u2019roq jarayonida uning aybi tasdig\u2019ini topadi. Shayx Muhammad jazo uchun Miri Malik degan kishiga topshiriladi. Shayx Muhammad bir paytlar uning ukasini o\u2019ldirib yuborgan edi. Miri Malik xun evaziga Shayx Muhammadni qatl etadi. Fitna qatnashchilari orasida Boyazid Jaloyirning Ali Darvesh va Muhammad Darvesh degan o\u2019g\u2019illari ham bo\u2019lgan, ular ham qatl etiladi. Odil Shohga esa, tavbasi uchun omonlik beriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx Muhamamd nega bunday qabih ishga qo\u2019l urgan? 1375-1376 yillarda Sohibqiron mo\u2019g\u2019ullar ustiga ketma-ket yurishlar qilib, mavqeini mustahkamlab olayotgan bir paytda, nega uni yo\u2019q qilish kerak bo\u2019lib qolgan?<\/p>\n\n\n\n<p>Buning asosiy sababi, fikrimcha, Amir Temurga qarshi hali mamlakat ichkarisida qarshi kuchlar bo\u2019lganligi va, masalaning bir jihati yana oilaviy hayot bilan bog\u2019lanishidadur. Ulug Og\u2019o to\u2019g\u2019risida mavjud manbalardan 1370 yilda uning Amir Temur haramiga \u2013 xotinlari safiga kiritilganidan bo\u2019lak biror ma\u2019lumotni uchratmadim. Faqatgina uning akasi Shayx Muhammadning dastlabki paytlar Sohibqiron yonida bo\u2019lganligiga, sodiqligini ko\u2019rsatish uchun tirishganligiga, o\u2019zini o\u2019tga ham, cho\u2019g\u2019ga ham urganligiga qarab, fikr qilinganda, bu yillarda Ulus Og\u2019oning Sohibqiron o\u2019rdasida hurmati joyiga qo\u2019yilganligini tasavvur etsa bo\u2019ladi. 1375 yil oxirlaridan Shayx Muhammad tabiatidagi hayot-mamot o\u2019zgarishi, singlisi Ulus Og\u2019oning maqomi bilan bog\u2019lanmasligi mumkin emasdi. Amir Temur xotinlaridan birortasi behurmat qilinmagan, har qaysining o\u2019ziga tegishli mulki, imtiyozli bo\u2019lgan. Amir Temurning raqibi Ibn Arabshoh birgina Cho\u2019lpon Mulk Xonimning o\u2019limi qanday yuz bergan, manbalarda biror so\u2019z yo\u2019q. Sohibqiron bu ayolni juda qadrlagan, yurishlarida birga olib yurgan\u2026 O\u2019ylashimcha, Ulus Og\u2019o 1374-1375 yillar oralig\u2019ida olamdan ko\u2019z yumgan bo\u2019lsa kerak. Sohibqiron bilan bog\u2019langan rishtalar uzilganligi (bu ayoldan farzand ko\u2019rmaslik) ehtimoli Shayx Muhammadni yomon yo\u2019lga boshlagan sabab bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur ayollar bilan bog\u2019langan \u2013 oilaviy qarindoshlik rishtalari orqali davlatni mustahkamlashga, qavmlar birligiga, umumiy jipslikka intilgan bo\u2019lsa-da, bu kutilgan natijalarni bermagan. Saroy Mulk Xonimning tog\u2019asi Amir Muso fitnagarchiliklari, suiqasdlari orqasidan Ulus Og\u2019oning akasi Shayx Muhammadning qilmishlari qatorlashib kelganligi kishini ajablantirmay qolmaydi. Bularning ortida hokimiyat ta\u2019masi, o\u2019zimbo\u2019laychilik, kaltabinlik va manfaat qutqusi yotganligini sezmaslik mumkin emas. Afsuski, bu badbin silsila shular bilan tugab qolmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur haramidagi to\u2019rt malikaning uchinchisi Islom Og\u2019o edi. Islom Og\u2019oning otasi Hizr Yasuriy (Yasovuriy) bo\u2019lib, u ham vaqtida Amir Qazag\u2019on safdoshlaridan bo\u2019lgan, Samarqand yaqinida, Urgutga borish yo\u2019lida o\u2019rnashgan qavm \u2013 yasuriylar boshlig\u2019i edi. Hizr Yasuriy 1360-1362 yillar davomida Amir Temur bilan ittifoq bo\u2019lgan, u bilan birlashib, hokimiyat talabida Amudaryodan o\u2019tib kelgan hoji Barlosga qarshi kurashgan edi. Lekin ular o\u2019rtasiga nifoq tushadi, bunga Hizr Yasuriyning badgumonligi sababchi bo\u2019ladi. Shahrisabz lashkari Amir Temur itoatidan bo\u2019yin tovlab, Hoji Barlosga borib qo\u2019shilganda, Xizr Yasuriy shubha qilib, \u201cBu Temurning ishi bo\u2019lsa kerak, u amakisi hoji Barlos bilan til biriktirib, meni o\u2019ldirmoqchi\u201d, degan qarorga keladi-da, Amir Temurni oradan ko\u2019tarmoqchi bo\u2019ladi. Uni mehmonga chorlab, ziyofat asnosida yo\u2019q qilishni rejalashtiradi. Sohibqiron Xiz Yasuriyning ko\u2019nglidan kechgan shunlikni payqab, bazm ayni qizigan chog\u2019da dastro\u2019mol bilan ushlab, otilib eshikka chiqadi va oti turgan yerga yetib oladi. Ot ayili bo\u2019shatilib qo\u2019yilgan bo\u2019lishiga qaramay, uni ot ustida bog\u2019lab, halokatli davradan qutulib keradi. Xizr Yasuriyning shundan keyingi taqdiri ma\u2019lum emas. Uning o\u2019rniga keyingi voqealarga o\u2019g\u2019li Isxoq aralasha boshlaydi. Har holda, Xizr Yasuriy 1370 yilda Balxda, Sohibqironning taxtga chiqish marosimida ishtirok etmaganligiga qaraganda, uning bu yillarda hayot bo\u2019lmaganligini taxminlashga asos beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xizr Yasuriyning o\u2019g\u2019li Abu Isxoq 1371 yilda Amir Temur mo\u2019g\u2019ullarga qarshi ikkinchi marotaba qo\u2019shin tortib, O\u2019tror atrofidagi Adun Kezi degan mavxega yetishganda bir guruh fitnachilarga qo\u2019shiladi. Amir Muso, Zinda Chashm, Xonzoda Abul Ma\u2019oliy Termiziy va Shayx Abu Lays Samarqandiylar til biriktirib, Sohibqiron Qora Somon degan yaylovda ov qilganida, uni o\u2019ldirishga qasam ichadilar. Bu suiqasd rejasiga Abu Isxoq ham qo\u2019shiladi. Sohibqironga dushmanlarining qora niyatlari ma\u2019lum bo\u2019lib, ular arkoni davlat huzurida so\u2019roq qilinadi va suiqasd isbotini topadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur siyosat maydonida ot sura boshlagan davrdan boshlab uning ayrilmas, eng qadrdon do\u2019stlaridan, safdoshlaridan biri Amir Sayfiddin edi. Qiyinchiliklar, mashaqqatlar bilan birga muvaffaqiyatlar, zafarlar ham birgalikda totib ko\u2019rilgan, ikki o\u2019rtada sadoqat yillar sinovidan o\u2019tgan edi. Amir Sayfiddin vaqtida Xizr Yasuriyning qiziga uylangan bo\u2019lib, Abu Isxoq shu ayolning kenja ukasi edi. Fitnagarchiliklarga jazolar tayin qilinayotganda, Amir Sayfiddin tiz bukib, qaynog\u2019asining bir qoshiq qonini tilaydi. Amir Temur shunda juda ulug\u2019 bag\u2019rikenglik ko\u2019rsatadi, suiqasd ishtirokchilaridan birgina tavba qilmagan Zinda Chashm zanjirband qilinadi. Abu Isxoq va qolganlarning gunohidan o\u2019tiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>XIV asrning 70-yillari boshlarida Sohibqiron garchi Mo\u2019g\u2019ulistonga qarshi bir-ikki bor lashkar tortgan bo\u2019lsa-da, ko\u2019p uzoq ketishga uning ichki dushmanlari xavfi yo\u2019l qo\u2019ymagan. Ikkinchi safar chog\u2019ida ham Amir Temur qo\u2019shinlari hozirgi Taroz shahridan sakkiz og\u2019och (50 km) nariga o\u2019tib, qaytganlar. Buning sabablari, ya\u2019ni Talas vodiysi va hozirgi Qozog\u2019istonning Taroz viloyatidan uzoq ketolmaslik \u2013 1371 yil yozida, garchand Movarounnahr hokimiyati egallangan bo\u2019lsa-da, hali kuchli va qudratli qo\u2019shin tuzishga ulgurilmaganligi bilan bog\u2019liq edi. Qolaversa, mamlakat ichkarisiga ta\u2019siri va mavqei zo\u2019r bo\u2019lgan amirlar orasida Sohibqiron dushmanlari ham yetarli edi. Shu sababli ham, mamlakatni tashlab, olis ketish va unda bir qancha vaqt bo\u2019lmaslik hali imkondan xoli edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1370 yilda vujudga kelgan xaramning to\u2019rtinchi malikasi Tog\u2019ay Turkon Xotun edi. Tog\u2019ay Turkon Xotun haqida uning Sohibqiron xotinlari safiga kiritilganidan bo\u2019lak ma\u2019lumot tarixiy manbalarda berilmaydi. Uning kimning qizi ekanligi ham, aqalli eslatilmaydi. \u201cTemuriylar shajarasi\u201d kitobining muallifi Turg\u2019un Fayziyev Amir Temurning kenja o\u2019g\u2019li Shoxrux Mirzo haqida so\u2019z yuritganda shunday deydi: \u201cOnasi Tog\u2019ay Turkon Og\u2019odir\u2026 Tarixchi Xondamirning bergan ma\u2019lumotiga qaraganda, Shohruh Mirzoning onasi Tog\u2019ay Turkon Og\u2019o bo\u2019lib, Sohibqiron Amir Temurning xos kanizaklaridan bo\u2019lgan. Keyinchalik o\u2019z nikohiga kiritgan\u201d. Xondamir mazkur ma\u2019lumotni, \u201cShohrux Mirzoning o\u2019zi tuzdirgan \u201cNasabnoma\u201ddan olganligiga ishora qiladi\u201d, degan fikrni aytadi. Bunday nasabnomaning bor yoki yo\u2019qligini inkor qilish uchun asoslar bo\u2019lishi kerak. Nega, endi ishora qilinadi? To\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri \u201cNasabnoma\u201ddan olindi, deyilishi mumkin edi-ku?! Xondamirni va \u201cNasabnoma\u201dni o\u2019qimay turib, bu haqda hukm gapni aytish joiz emas. Biroq, meni qiziqtirgan bir jihat bor. Sharafiddin Ali Yazdiy \u201cZafarnoma\u201dda Amir Husaynning Sohibqiron xaramiga kiritilgan to\u2019rt xotinidan birining ismi sharifasi \u201cTog\u2019ay Turkon Xotun\u201d tariqasida zikr etiladi. Fikr tug\u2019iladi: avvalo, Xondamir aytgan Tog\u2019ay Turkon Og\u2019o bilan Yazdiy tilga olgan To\u2019gay Turkon Xotun bir ayolmi? Nega birida \u201cOg\u2019o\u201d ikkinchisida, \u201cXotun\u201d? Yana, Tog\u2019ay Turkon Og\u2019o (Xotun) dastlab kanizak bo\u2019lgan, keyinchalik Sohibqiron nikohiga kiritilib, qonuniy umr yo\u2019ldoshi maqomiga erishtirilgan. Bu savollarga qayerdan javob izlash kerak? Shohruh Mirzo 1377 yilda tavallud topgan. Tog\u2019ay Turkon Xotun oradan olti yil kechib, Amir Temurdan farzand ko\u2019rishi mumkinmidi? Inkor etish mushkul. Asilzodalar, podshohlar xonadonlarida qizlar ismiga \u201cTurkon\u201dni qo\u2019shish azaliy udumlardan bo\u2019lib kelgan. Movarounnahrda taniqli ayollar ismi sharifasi yana \u201cOg\u2019o\u201d nisbasi bilan ziynatlangan. Xorazmda esa \u201cXotun\u201d rutbasi xotin-qizlarning podshohlar oilasidan ekanligini ko\u2019rsatib turgan. Jumladan, Muhammad Xorazmshohning onasi ismi ham Turkon Xotun bo\u2019lganligini yaxshi bilamiz.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019quvchining yodida bo\u2019lsa kerak, 1365 yil voqealari to\u2019g\u2019risida so\u2019z yuritganimda, Amir Husaynning Xorazmshoh Husayn So\u2019fining qiziga uylanajagi borasida to\u2019xtalgandim. U katta qalin va boylik evaziga bu niyatiga yetishni maqsad qilgan. Amir Temurdan mol-dunyo yig\u2019ib berishni so\u2019ragan edi. 1370 yilda Amir Husayn haramidan to\u2019rt ayol saylanganda, Husayn So\u2019fining qizi bu mundarijada bo\u2019lmaganligini ham taxmin qilgandim. Voqeani chuqurroq o\u2019ylab ko\u2019rsam, bu savollarga salbiy emas, ijobiy javob berish o\u2019rinli va jo\u2019yali ko\u2019rindi. Tog\u2019ay Turkon Xotun Husayn So\u2019fining qizi bo\u2019lishi mumkin, degan fikr xayolimdan o\u2019tdi. Amir Temur o\u2019sha yili Amir Husayn talab qilgan molu dunyoni uning ortidan jo\u2019natgan, chunki u va\u2019dani bajarmaydigan, ikkilik qiladigan kishilardan emasdi. Amir Husayn ham Movarounnahr hukmdori sifatida, Husayn So\u2019fining qiziga uylanish matlabini amalga oshirgan, bu qizning ismi sharifasi Tog\u2019ay Turkon bo\u2019lishi mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1374 yildan keyin Xorazm bilan munosabatlar yaxshilangach, Xorazmshohlar xonadonidan Xonzoda Begim bilan Jahongir Mirzoning nikoh to\u2019ylar amalga oshgach, Sohibqiron Tog\u2019ay Turkon Xotunga iltifot ko\u2019rsat bo\u2019lishi, keyinchalik \u201ckanizakning nikohga kiritililishi\u201d haqidagi naqlga zamin bo\u2019lgandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temurning o\u2019g\u2019illari va qizlari soni yigirmadan oshadi, deyilsa, mubolag\u2019a bo\u2019lmaydi. Ayrim manbalarda 9 o\u2019g\u2019il va 13 qiz tug\u2019ilganligi to\u2019g\u2019risida fikrlar aytiladi. 1375 yildan boshlab, Sohibqiron hayotida yangi uylanishlar amalga oshadi. 1383 yil so\u2019nglarida, Sharafiddin Ali Yazdiy e\u2019tiroficha, Amir Temurning beshinchi o\u2019g\u2019li bir necha kun yashab, go\u2019dakligida hayotdan ko\u2019z yumadi. Bunday hollar ko\u2019p bo\u2019lgan. Shu sababli, \u201cfalon malika farzand ko\u2019rmagan\u201d, deyish nisbiy ekanligini qayd etib qo\u2019yish lozim. Bu borada tarixiy asarlarda ham yanglish aytilgan xulosalar istaganicha topiladi. Shohruh Mirzoning onasi sifatida Saroy Mulk Xonim ko\u2019rsatilgan manbalar ham yo\u2019q emas. Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr hokimiyatiga kelganining beshinchi yilidan boshlab, harami tarkibini yangi-yangi maliklar bilan to\u2019ldira boshlaydi. Oilaviy hayot doirasi kengayib boradi. Bu nikohlarning ahamiyati nimalar bilan izohlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1370 yil aprelida Amir Temur, ma\u2019zul etilgan Amir Husayn haramidan to\u2019rt ayolni o\u2019z nikohiga kiritganligi haqida gapirdim. Saroy Mulk Xonimdan keyin, shu to\u2019rt xotinning biri Boyon Sulduzning qizi Ulus Og\u2019o &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-malikalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153691","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153691","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153691"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153691\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153692,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153691\/revisions\/153692"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153691"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153691"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153691"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}