{"id":153697,"date":"2025-09-26T07:20:21","date_gmt":"2025-09-26T04:20:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153697"},"modified":"2025-09-26T07:20:22","modified_gmt":"2025-09-26T04:20:22","slug":"amir-temur-sulolasi-songgi-malika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-songgi-malika\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. So\u2019nggi malika"},"content":{"rendered":"\n<p>Sohibqiron Amir Temur to\u2019g\u2019risida uning hayotligi davridan boshlab kitoblar yozilgan. Yazdiy aytganidek, muarrixlar Sohibqiron maslahatlaridan bahramand bo\u2019lib, asarlariga bo\u2019lib o\u2019tgan voqea-hodisalarning muhimlarini, shunda ham dalillarga asoslanganlarini kiritganlar. Temurbekning yoshliq paytlarida amalga oshirgan botirliklarining ko\u2019pi, uning e\u2019tirozi bilan maqtovlarni yoqtirmagani sababli, kitoblarga kiritilmagan. Shundan bo\u2019lsa kerak. XV asr boshlariga taalluqli tarixiy majmualarda ham Amir Temur shaxsi bilan bog\u2019liq chizgilar e\u2019tibordan soqit qilinadi. Ibn Arabshohdan bo\u2019lak birorta musannif Sohibqironning shakli shamoyilini, qaddi qomatini, tashqi qiyofasini tasvir etmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibn Arabshoh 1401 yildan 11-12 yoshlarida Damashqdan Samarqandga olib kelingan. U, Sohibqiron poytaxtida 1408 yilga qadar hayot kechirgan. Samarqandda yashash asnosida Amir Temurni ko\u2019rgan, bayramlarda, to\u2019ylarda ishtirok etgan. Ibn Arabshoh Sohibqironni ko\u2019rgan paytlarda, u 65 yoshda edi. Yetmishni qoralagan Amir Temur 1370 yildan \u2013 taxtga chiqqan davridan buyon qancha jangu jadallarni amalga oshirgan, Sharqda Mo\u2019g\u2019ulistondan, Shimolda Dashtu Qipchoqdan to Rossiya tuprog\u2019iga qadar, Janubi G\u2019arbda Hindistonu Iroqdan qaytgan, behisob-beadad olis yo\u2019llarni tay etgan edi. Hisob qiladilarki, Amir Temur hazratlari o\u2019zining 35 yillik hukmronligi davrida Samarqandda uzog\u2019i bilan 3-3,5 yil ot ustida bo\u2019lish, dashtu sahrolarda, cho\u2019llarda, tog\u2019u toshlarda, har qanday obi havo sharoitida harbiychasiga hayot kechirish, sog\u2019liq nuqtai nazaridan, tasavvurga sig\u2019maydigan ish. Samarqanddan chiqqan qo\u2019shin hafta davomida, tinim bilmay, Xuroson mulklariga yetib borishi Amir Temurning buyuk sarkardalik salohiyati natijasigina bo\u2019lib qolmay, uning sihat-salomatligi bilan uzviy bog\u2019liq jihat edi. Gapning ochig\u2019i, hozirgi shamoldek yeladigan avtoulovlarda besh-olti soatda Toshkentga yetib borsak ham, toliqish darrov bilinadi. Turkiyaga, Ovro\u2019pa sarhadlariga qadar otliq borgan Sohibqiron Amir Temurning sog\u2019lig\u2019i chinakamiga temirday mustahkam bo\u2019lganligini bir o\u2019ylab ko\u2019raylik. Ibn Arabshoh 65 yoshli Amir Temur siymosini shunday chizadi:<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cTemur baland qadli, uzun bo\u2019yli, tik qomatli, go\u2019yo u qadimiy pahlavonlar avlodlaridan bo\u2019lib, keng peshonali, boshi katta, g\u2019oyatda kuchli va salobatli, ajoyib bo\u2019alik (bo\u2019lumli) ranggi oqu qizil yuzli, lekin dog\u2019siz, bug\u2019doy rang emas, qo\u2019l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo\u2019g\u2019on, poychalari semiz, qaddi-qomati kamoliga yetgan, sersoqol, o\u2019ng oyoq-qo\u2019li cho\u2019loq va shol, ikki ko\u2019zi bamisoli sham bo\u2019lsa-da, shodligi bilinmas, yo\u2019g\u2019on ovozli edi. U o\u2019limdan qo\u2019rqmas, yoshi saksonga (yetmishga) yetgan bo\u2019lsa-da, iztirobsiz, vazmin, badani to\u2019la va pishiq, xuddi zich tosh misoli qattiq edi. U hazil-mazax va yolg\u2019onni yoqtirmas, o\u2019yin-kulgi-ko\u2019ngilxushlikka maylsiz, garchi so\u2019zda o\u2019ziga ozor yetadigan biron narsa bo\u2019lsa hamki, sadoqat unga yoqar edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur 1376-1377 yilda Tumon Og\u2019oga uylanganidan keyin oradan o\u2019tgan yigirma yilga yaqin muddat davomida o\u2019z haramiga yana qancha va qanday malikalarni qo\u2019shgan, bu haqda tarixiy manbalarda ma\u2019lumotlar juda kam. 1397-1398 yilda, Sohibqiron 62 yoshida To\u2019kal Xonimga uylanadi. Bu mavjud tarixlardagi rasmiy ma\u2019lumot. Shunga qadar kechgan yillarda Sohibqiron haramidagi malikalardan Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o, Dur Sulton (Nur Sulton Og\u2019o), Nigor Og\u2019o ismi sharifalari ham zikr etiladi. Bu malikalar Sohibqiron nikohiga qachon kiritilgan, aniq dalillar yo\u2019q. Turg\u2019un Fayziyev \u201cTemuriylar shajarasi\u201d degan kitobida \u201cAmir Temur o\u2019n sakkiz marta uylangan. Bundan tashqari u 22 nafar xos kanizaklarni ham o\u2019z shabistoniga mahram qilgan\u201d, deb yozadi. Shomiy,Yazdiy va Natanziy tarixlarida bunday hisobga duch kelmaymiz. Har uchalar muarrixda Tumon Og\u2019odan keyin Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o, Dur Sulton Og\u2019o va Nigor Og\u2019o nomlari qayd etiladi, xolos.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2019nggi malika \u2013 To\u2019kal Xonimga qadar bo\u2019lgan Amir Temur harami mundarijasi Nurmish Og\u2019o. O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o, Mengli Beka Og\u2019o, Saroy Mulk Xonim, Ulus Og\u2019o, Islom Og\u2019o, Tog\u2019ay Turkon Xotun, Dilshod Og\u2019o, Tumon Og\u2019o, Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o, Dur Sulton Og\u2019o va Nigor Og\u2019olardan iborat bo\u2019lganligi Temur tarixlarida zikr etiladi. Ayrim izohlarda To\u2019lun Og\u2019o degan ayol ismi ham keltiriladi-da, uni Umarshayx Mirzo onasi deyiladi. Bu yerda Tog\u2019ay Turkon Og\u2019o ismi yangli shunday ataladi. Odatda, hukmdorlarning oilaviy va shaxsiy hayotiga qiziqish katta bo\u2019ladi. Ibn Arabshoh, garchi Amir Temurning ashaddiy dushmani bo\u2019lsa-da, bir haqiqatni aytib ketgan, Sohibqiron ortiqcha \u201cko\u2019nglixushlikni\u201d yoqtirmagan, jiddiy inson bo\u2019lgan. Uning oilaviy hayoti ham davlat tinchligi, jipsligi va qudratiga bo\u2019ysundirilgan. Har bir uylanish (shu jumladan, farzandlar va nabiralar uylanishlari ham) ko\u2019ngilxushlikni emas, ana shu qarashlar asosida amalga oshirilgan. Amir Temur tasarrufiga olgan mamlakatlar sarhad va nufus jihatdan Chingizxon tobe etgan mulklardan qolishmagan. Lekin uning harami Chingizxon saroyida to\u2019plagan xotinlardan, kanizaklardan necha yuzlab hissa kame di.<\/p>\n\n\n\n<p>1405 yilning 8 sentabrida Amir Temurni shaxsan ko\u2019rishga muvaffaq bo\u2019lgan Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo 69 yoshli Sohibqiron holatini shunday tasvir qiladi. \u201cSohibqiron bog\u2019 ichidagi saroyda, shohsupa ustida o\u2019ltiradi. Uning oldida favvora yuqoriga otilib turar, favvora hovuzida qizil olmalar suzib yurardi. Podshoh lo\u2019labolishga yonboshlagan holda shoyi ko\u2019rpacha ustida o\u2019ltirardi. Podshohning egnida sulsiz silliq shoyi yaktak, boshida uzun telpak, telpaknign yuqorisida qizil yoqut, javohir va boshqa qimmatbaho toshlar qadalgan\u201d. Klavixo, shu so\u2019zlarni aytib, Amir Temurning keksayib qolganligini, ko\u2019zlari xiralashganligini, kiprik qoqishga ham madori yo\u2019qligini yozadi. Hatto, u 1405 yilda, o\u2019z yurtiga qaytayotganida, Amir Temurni vafot etgan, deb yozadi. Xolbuki, bu orada Sohibqiron Xitoyga qo\u2019shin tortgan, qish qattiq va erta boshlanib, O\u2019trorda to\u2019xtab turgan edi. Kiprik qoqishga ham majoli bo\u2019lmagan hukmdor Samarqanddan O\u2019trorga qadar yo\u2019lni bosib o\u2019tishi amri mahol edi. Gap shundaki, Ispan elchilari, shu jumladan, Xitoy elchilariga ham Sohibqironning kasal ekanligi ovoza qilinadi va Xitoy yurishi qattiq sir tutiladi. Elchilar Samarqanddan o\u2019z qirollariga javob nomalarini ham ololmay qaytishga majbur bo\u2019lar ekan, Amir Temurni o\u2019lgan bo\u2019lsa kerak, degan xayolga boradilar. Sohibqiron 70 yoshida ham kuchli va sog\u2019lomligicha qolgan edi. Bu uning bir umr harbiy hayot tarziga ko\u2019nikkanligi, jismonan baquvvatligi va chiniqqanligi bilan izohlanadigan holat edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Malika Tumon Og\u2019o bilan so\u2019nggi malika To\u2019kal Xonimning nikohga olinguniga qadar bo\u2019lgan oraliqdagi yillarda Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o ismi sharifasi tarixlarda takror keladi. Xotin-qizlar ta\u2019rif-tavsifida juda ehtiyotkor bo\u2019lgan Sharafiddin Ali Yazdiy o\u2019z \u201cZafarnoma\u201dsida bu sohibjamol malika haqida bir necha sahifalarda so\u2019z yuritadi. 1392-1393 yillarda yuz bergan voqea-hodisalar silsilasida Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019oning siymosi namoyon etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Nizomiddin Shomiy \u201cZafarnoma\u201d asarida shunday yozadi: \u201cHijriy 793 yilda (1391 yil) Amir Sohibqiron lashkar jam qilib, Dashti Qipchoqqa yurish qasdida Samarqanddan chiqdi, &#8211; deb yozadi, &#8211; Xo\u2019jand suvidan o\u2019tib, qishni Toshkand mavzesida o\u2019tkazdi. Lashkarning yaroq-aslahasini mukammal qilib, amirlar va davlat arkonlarini in\u2019omu ehsonlar bilan siyladi. Lashkarning ko\u2019pchiligiga yo\u2019rg\u2019a otlar, zarduzi to\u2019nlar va diramu dinorlar ulashdi. Xotinlar va xonim-og\u2019olar ijozat so\u2019rab, Samarqandga qaytib ketdilar. Amir Sohibqiron qacharlarni amirlarga taqsim qilib, safar oyining o\u2019n beshida (1391 yil 22 yanvar) yurishni iroda qildi. Ulug\u2019 Xotun Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019oni o\u2019zi bilan birga olib yo\u2019lga ravona bo\u2019ldi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cUlug\u2019 Xotun\u201d deb tavsiflanayotgan Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o, shu so\u2019zlar mohiyatidan kelib chiqiladigan bo\u2019lsa, Amir Temur dargohida ko\u2019pdan yashab kelganligini tushunish qiyin bo\u2019lmaydi. Bundan rutabaga erishish uchun haramda ko\u2019p yil bo\u2019lish, Bibi Xonim singari malikalar orasida ulug\u2019 xotun sifatida mavqe qozonishga vaqt zarur bo\u2019lardi. Shu asarda Amir Temurning 1393 yil qishida Mozandarondan Ray tomonga jo\u2019naganligi, o\u2019g\u2019ruqda Saroy Mulk Xonim va Tumon Og\u2019olarni qoldirib, o\u2019zi bilan birga xotinlaridan Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o, Dur Sulton Og\u2019o va Nigor Og\u2019olarni olib borganligi hikoya qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur saltanatida 90-yillarda, ko\u2019ramizki, Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019oning haramdagi e\u2019tibori katta bo\u2019lgan. Nizomiddin Shomiy 1394 yanvar oyi voqealariga to\u2019xtalar ekan, Sohiqironning Misrni tobe etish maqsadida yurish qilganligini, Ruho mavzesida bir muddat to\u2019xtab turganligini qayd etadi. Muarrix shahodaticha, Misr yurishida Sohibqironning ayollari uni o\u2019ttiz besh kun ko\u2019ra olmaganlar. Ayniqsa, \u201cO\u2019ttiz besh kundan buyoq ayriliqning achchiq sharbatini totgan Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o va Dilshod Og\u2019olar kamoli ishtiyoqlaridan shu vaqtda o\u2019g\u2019ruqdan ajralib, tezlik bilan, yetib keldilar\u201d. Bunda, Shomiyning nimaga urg\u2019u berayotganligini anglash qiyin. U, Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019oning Sohibqironni qanchalar yaxshi ko\u2019rishini, boshqa ayollarga nisbatan unga intilishini iboli tarzda, pardalab bayon etadi. Faqat bu o\u2019rinda muarrixga nisbatan bir e\u2019tiroz shuki, uning e\u2019tiborsizligimi yoxud kotiblarning aybi bilanmi, Dilshod Og\u2019o ham shu o\u2019rinda \u2013 1394 yil voqealari ichida tilga olinadi. Vaholanki, Dilshod Og\u2019o bu voqeadan o\u2019n yil burun olamdan o\u2019tgan edi. Sohibqiron istiqboliga shoshilgan malika Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o yonida Dur Sulton Og\u2019o, yoyinki, Nigor Og\u2019o bo\u2019lishi mumkin edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafiddin Ali Yazdiy \u201cZafarnoma\u201dsida ham uch malika \u2013 Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o, Dur Sulton Og\u2019o va Nigor Og\u2019olar tilga olinadi. Bu manbada ham uchala ayolning kelib chiqishi, qachon Sohibqiron nikohiga kiritilishi to\u2019g\u2019risida gapirilmaydi. Unda ham, XIV asrning 90-yillari voqealari silsilasida uch malikaning Amir Temur yurishlarida birga bo\u2019lganligi hikoya qilinadi. Sharafiddin Ali Yazdiy ham 1394 yilgi Misr yurishida Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o bilan Dilshod Og\u2019oning 35 kunlik ayriliqdan keyin Sohibqiron bilan ko\u2019rishish sharasiga noil bo\u2019lganligini takrorlaydi. Aftidan, shu sahifalar Shomiy asari ta\u2019sirida yozilgan ko\u2019rinadi. Yazdiy, 1394 yil yurishlarini qalamga olar ekan, Gurjiston safarida Saroy Mulk Xonim, Tumon Og\u2019o, Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o va boshqa xotinlarning birga bo\u2019lganliklarini yozadi. Shu yurishda Amironshoh Mirzo o\u2019g\u2019il ko\u2019radi. Chaqaloqqa Amir Temur bobolaridan biri \u2013 Iyjil ismi beriladi. 1395 yilda Sohibqiron Dashti Qipchoqqa, To\u2019xtamishga qarshi kurashga otlanganida Saroy Mulk Xonim va Tumon Og\u2019olarni Samarqandga ketishga ijozat beradi. Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o bilan boshqa xotinlarini esa Sultoniya shahrida qoldiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1394-1395 yildan keyin Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o va Dur Sulton Og\u2019o, Nigor Og\u2019olar ismi sharifalariga duch kelmaymiz. Amir Temur oilaviy hayotida 90-yillarda ko\u2019zga tashlanadigan bu malikalarning keyin qismati nima bo\u2019lgan, aytish qiyin.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temurning ashaddiy dushmani Ibn Arabshohning Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o haqidagi gapi, xoh to\u2019g\u2019ri bo\u2019lsin, xoh haqiqatdan uzoq, bugunga qadar yetib keldi va shu mavzudagi ko\u2019pdan-ko\u2019p asarlarga ham o\u2019tib, talqin etildi. Ibn Arabshoh, Amir Temur xotinlari haqida gapirar ekan, quyidagicha sifatlaydi: \u201cEng muqaddami va barkamoli Katta Malika (Saroy Mulk Xonim), eng husndori va sohibjamoli Kichik Malika (To\u2019kal Xonim) bo\u2019lib, ularning ikkalasi ham Xitoy podshohlarining qizlaridan edi. Yana Naxshab amiri Amir Musoning qizi Tumon, shuningdek, barkamollikda to\u2019lun oydek bo\u2019lib, g\u2019urubiga yaqinlashgan quyosh misoli Cho\u2019lpon edi. Voqe bo\u2019lmagan bir ish xabari qulog\u2019iga etganda, Temur o\u2019zi hayot vaqtida uni qatlga tortadi. O\u2019sha voqea xoh haqiqat, xoh yolg\u2019on bo\u2019lsa ham Temur uni to\u2019g\u2019ri deb qabul qilgan. O\u2019ylaymanki, u xotinning gunohi bo\u2019lgan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurshunos olima va adiba Xilda Xukhem \u201cYetti iqlim sultoni\u201d degan asarida Sohibqiron harami bobida ham fikr bildirib o\u2019tadi. Uning yozishiga ko\u2019ra, \u201cKlavixo (Ispan elchisi) 1404 yili Temurning saroyida uning sakkizta xotinini ko\u2019rgan ekan. U ayniqsa, hukmdorning kenja xotini, \u201cchehrasi to\u2019lin va oyni eslatadigan\u201d Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019oning husniga qoyil qoladi. Bu ayol to\u2019qsoninchi yillardagi barcha yurishlarda Temurga hamroh bo\u2019lgan ekan. Temurga nisbatan mudom adovati bo\u2019lgan Arabshohning yozishicha, bu malikani, sehr-jodusi bor deb, deb taxmin qilishib, qatl etishgan ekan\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir voqea munosabati bilan aytilgan fikrning talqiniga e\u2019tibor beraylik. Ibn Arabshoh, \u201c\u2026 voqe bo\u2019lmagan bir ish xabari qulog\u2019iga yetganda Temur o\u2019zi hayot vaqtida uni qatlga tortadi\u201d, deydi. Xilda Hukhem esa, Ibn Arabshoh aytganidan o\u2019zgacharoq, hatto, tamom boshqacharoq talqinni keltiradi: \u201c\u2026 bu malikani sehr-jodusi bor, deb taxmin qilishib, qatl etishgan ekan\u201d. Buni qanday sharhlash kerak? Ibn Arabshohning o\u2019zbekcha tarjimasida g\u2019alizlik bormi? Xilda Xukhem, shubhasiz, bu asarni o\u2019zbekchada o\u2019qimagan. Ibn Arabshohning \u201cAmir Temur tarixi\u201d asari tarjimasini asliyat bilan yana bir karra solishtirish foydadan xoli emasligini aytish joiz. O\u2019zbekcha tarjimada (professor Ubaydulla Uvatov) Amir Temur xotini Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019oni xiyonat uchun qatl ettirgan degan mazmun kelib chiqadi. Xilda Xukhem esa sehr-joduni sabab qiladi. Menimcha ham, shunisi haqiqatga yaqin bo\u2019lsa kerak, Ibn Arabshoh o\u2019z asarida shuni ko\u2019zda tutgandir. Endi, Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019oning haqiqatda qatl etilganligini tasdiqlaydigan biror dalil manbalarda mavjud emas va, faqat va faqat, uning to\u2019g\u2019ri-noto\u2019g\u2019riligi Ibn Arabshohning vijdoniga havola. Ispan elchisi Klavixo Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019oni Amir Temurning Xitoy yurishi oldidan ko\u2019rgan ekan, shunday voqea yuz berganida, turgan gapki, uni kundaliklarida qayd etgan bo\u2019lardi. Klavixo, Samarqandda bo\u2019lgan paytida qurilish ishlarida talon-tarojga yo\u2019l qo\u2019ygan kishilarning o\u2019limga buyurilganligi to\u2019g\u2019risida so\u2019zlagan. Yevropa davlatlari saroylarida ishqiy mojarolar odatdagi hol bo\u2019lib, ularni xaspo\u2019shlash rasm bo\u2019lmagan. Shunday ekan, Klavixoday sinchkov, Shahrisabzu Samarqandda timirskilanib, Amir Temur va uning kelib chiqishi, xotinlari, o\u2019g\u2019illari, qizlari, kuyovlari haqida hammadan, shu jumladan, Xitoy elchilaridan ham ochiq va pinhon surishtiruvlar olib borgan Klavixo nazaridan Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o \u201cfojiasi\u201d bilan bog\u2019liq mish-mishlar chetda qolmagan bo\u2019lar edi. Amir Temurni qattiq sevgan bu malikadan xiyonat chiqishiga (sehr-joduni mutlaqo inkor etgan holda) ishonish qiyin. Agar malika Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o o\u2019z ajali bilan o\u2019lmagan bo\u2019lsa, bunda kundosh malikalarning hasadi ish bergan bo\u2019lib chiqadi. Xilda Xukhem o\u2019z kitobida yana bir yanglishga yo\u2019l qo\u2019yadi \u2013 Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019oni \u201chukmdorning kenja xotini\u201d deb aytadi. Kenja xotin, yoinki, so\u2019nggi malika aslda To\u2019kal Xonim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur 1389 yilda mo\u2019g\u2019ul xoni, bir vaqtlar \u2013 1361 yilda Movarounnahrga bostirib kelgan To\u2019g\u2019luq Temurxonning o\u2019g\u2019li Xizr Xo\u2019ja O\u2019g\u2019longa qarshi qo\u2019shin tortadi. Xizr Xo\u2019ja O\u2019g\u2019lon Sohibqironning hujumlariga bardosh bera olmaydi. Xizr Xo\u2019ja O\u2019g\u2019lon bu yillarda qochib jon saqlaydi. O\u2019rtada vujudga kelgan murosa tufayli, 1396-1398 yillarda u yana Mo\u2019g\u2019uliston xoni bo\u2019ladi. Xizr Xo\u2019ja O\u2019g\u2019lonning o\u2019g\u2019li Sham\u2019i Jahon Samarqandda, Sohibqiron qarorgohida garov tariqasida yashab turadi. Amir Temurning bu yillarda dovrug\u2019i ham, davlatining qudrati ham bemisl yuksaklikka ko\u2019tarilgan edi. Oltmish bir yoshni qarshilayotgan Amir Temur Mo\u2019g\u2019uliston bilan bo\u2019lgan qarama-qarshilikni uzil-kesil bartaraf etish uchun Xizr Xo\u2019ja O\u2019g\u2019lonning 12 yoshli qizi To\u2019kal Xonimga uylanishni maqsad qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muarrixlar, Sohibqironning bu nikohga juda katta e\u2019tibor berganligini ta\u2019kidlaydilar. Avvalo, Samarqanddan Xizr Xo\u2019janing o\u2019g\u2019li Sham\u2019i Jahon taniqli ayonlardan biri G\u2019iyosiddin Tarxon bilan Mo\u2019g\u2019ulistonga, Xizr Xo\u2019ja huzuriga jo\u2019natiladi. Ular xonni shu nikohga unatishlari kerak edi. Sham\u2019i Jahon otasini ko\u2019ndirish, G\u2019iyosiddin Tarxon esa shohona tuhfalar bilan sovchilik udumlarini ado etishi lozim edi. Xizr Xo\u2019ja, bunday aytganda, Sohibqironga vassal tariqasida hukm surayotgan xon edi. Uning ham bu nikohdan umidi katta edi. Har holda, To\u2019kal Xonimga uylanish masalasi ikki tomon manfaatlariga mos kelar, uzoq davom etgan ziddiyat o\u2019rnini hamjihatlik, qarindoshlik munosabatlari egallashlari uchun vosita bo\u2019lishi ko\u2019zda tutilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron sovchilarni katta sovg\u2019a-salomlar, molu dunyolar bilan jo\u2019natganidan keyin Konigilda uch oy davomida to\u2019yga tayyorgarlik ko\u2019riladi. To\u2019kal Xonim uchun Bog\u2019i Dilkushoni barpo etish ishlari boshlab yuboriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1397 yil kuzi boshlarida Konigil yonida Dilkusho bog\u2019i barpo etila boshlanadi. Hunarmandlar, muhandislar bog\u2019ni rejalashtiradilar. Bog\u2019 murabba\u2019 usulida \u2013 har tarafi 750 metrdan iborat hajmda bo\u2019ladi. To\u2019rtala tomondagi devorlarda arkli darvozalar bunyod etiladi. Har bir burjda chiroyli bezatilgan kaptarxonalar ham quriladi. Bog\u2019 sahnlariga mevali daraxtlar, gulzorlar ham yashnab turishi tarx-loyihada asosiy o\u2019rinda turgan. Bog\u2019 ichidagi yo\u2019laklar, maydonchalar istirohat nuqtai nazaridan chiroyli rejalashtiriladi. O\u2019rtalikda uch gumbazli qasr barpo etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bog\u2019 qurilishi nihoyasiga yetgandan keyin, Amir Temur Toshkent sariga, To\u2019kal Xonimni kutib olish uchun, uning istiqboliga otlanadi. Bu orada u Turkistonda, Yassa shahrida bo\u2019ladi, ulug\u2019 avliyo, shoir Ahmad Yassaviy va boshqa mashoyixlar ziyoratgohlarida bo\u2019ladi. Yassaviy maqbarasi ustiga ulug\u2019 bino qurishni amr qiladi. Bu muhtasham, baland gumbazli xonaqoh hozirga qadar, o\u2019sha kunlardan yodgor bo\u2019lib turibdi. To\u2019yga tayyorgarlik darajasi shunchalik katta bo\u2019lganki, Hirotdan Shohruh Mirzoning xotini Malikat Og\u2019o ham bir qancha vaqt oldin yetib keladi va taraddud ishlariga kirishib ketadi. Hamma shahzodalarning xotinlari, kelinlari, xullas, ulug\u2019 xonadonning barcha a\u2019zolari Samarqandda jam bo\u2019lib, ulkan to\u2019yni o\u2019tkazish ishlariga hissa qo\u2019shadilar, sovg\u2019a-salomlar olib keladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019kal Xonimning kelayotgani xabari yetishgach, shahzodalar, hamma og\u2019olar va ayollar otga minishib, o\u2019n kun oldin uning istiqbolga chiqadilar. To\u2019kal Xonim 1397 yil 22 noyabrda yetib keladi. \u201cSohibqiron amirlar va qozilarni hozir qilib, To\u2019kal Xonimni shar\u00edy nikoh bilan o\u2019ziga xotin qilib oladi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Saroy Mulk Xonimdan keyin ikkinchi maqomni egallagan To\u2019kal Xonim nihoyatda sohibjamol, husnda tengsiz bo\u2019lgan. Uni saroyda ardoqlashib, \u201cKichik malika\u201d, deb ataganlar. To\u2019kal Xonim to\u2019yi haqida muaarixlar oshib-toshib yozganlar. Mo\u2019g\u2019ulistondan yosh malikani kuzatib, unga hamroh bo\u2019lib kelganlar soni ham bir necha yuz kishi bo\u2019lgan. Ularning hammasiga katta in\u2019omlar, sovg\u2019a-salomlar ulashilgan. To\u2019y kunlarida boshdan sochilgan oltin dinorlardan yer ko\u2019rinmay ketadi, ularni terib olganlar, xizmat qilganlar uzoq vaqt to\u2019kin-sochinlikda yashadilar, deydi muarrix.<\/p>\n\n\n\n<p>Qizig\u2019i shundaki, bu to\u2019yda Xitoy imperatorining (manbada Tung\u2019uzxon deb ko\u2019rsatiladi) elchilari ham hozir bo\u2019ladilar. Katta tuhfalar bilan kelgan Xitoy elchilari Amir Temurning Mo\u2019g\u2019ul xoni bilan qarindoshlashayotganidan xavotirga tushgan o\u2019z xonlari uchu kerakli ma\u2019lumotlar yig\u2019ishi kerak edi. Gap shundaki, Amir Temurning Xitoyga yurish qilishi xabari tarqalgan, bu nikoh shu yurish boshlanishiga qanchalik ta\u2019sir ko\u2019rsatadi, shuni aniqlash maqsad qilib qo\u2019yilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu o\u2019rinda, mavridi kelgani bois, bir mulohazani aytish fikri tug\u2019ildi. Oldinroqda aytilganidek, Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019oning kimning qizi ekanligi manbalarda ko\u2019rsatilmagan, biroq V.V.Bartoldning shu xususdagi bir e\u2019tirofi mavjudligini chetda qoldirib,o\u2019tib bo\u2019lmaydi. Ulkan muarrix Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o haqida gapirganida, uni \u201cmo\u2019g\u2019ul Hojibekning qizi\u201d, deb ko\u2019rsatadi. Hojibek kim bo\u2019ldi, deb uning haqida ma\u2019lumot izlay boshladim. Sharafiddin Ali Yazdiy tarixida Hojibekning 1361 yilda To\u2019g\u2019luq Temur bilan Movarounnahrga bostirib kelgan uning sarkardalaridan biri ekanligi qayd qilingan ekan. Hojibek 1365 yildagi \u201cLoy jangi\u201dda ham ishtirok etadi. Do\u2019g\u2019lotlar qavmidan bo\u2019lgan Qamariddin mo\u2019g\u2019ul taxtini egallagandan so\u2019ng, ular orasida bo\u2019linish yuzaga keladi. Hojibek o\u2019z boshiga ish ko\u2019rib, oldingi ittifoqchilariga qo\u2019shilmaydi. Qamariddinning Amir Temurga qarshi birgalikda kurash olib borish chorlovini qabul qilmaydi. Har holda, Hojibekda Amir Temur bilan murosa qilish, yaqinlashish fikri bo\u2019lganligi sezilib turadi. Uning urug\u2019-aymoqlari, jumladan, akasining o\u2019g\u2019li Anqo To\u2019ra ham Sohibqiron iltifotiga loyiq ko\u2019riladi. Ammo, Anqo To\u2019ra ham Sohibqiron iltifotiga loyiq ko\u2019riladi. Ammo, Anqo To\u2019ra o\u2019rtadagi ahdni buzadi. Shu jihatdan, akademik V.V.Bartoldning Cho\u2019lpon Mulk Og\u2019o otasi bobidagi fikri haqiqatga zid emas, demoqchiman. Hojibekning qarindoshlik rishtalari bilan tutashuvi ashaddiy dushman Qamariddinning kuchsizlantirilishiga, pirovand natijada, butunlay tor-mor etilishiga olib kelgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kichik malika \u2013 To\u2019kal Xonim bilan Sohibqiron sakkiz yil hayot kechiradi. Xonimning martabasi juda sarbaland qo\u2019yilgan. Sohibqiron olamdan qaytganda, u 20 yoshga to\u2019lgan edi. Ibn Arabshoh, Amir Temur vafotidan keyin Xalil Sultonning xotini Shodi Mulk Bibi Xonim bilan To\u2019kal Xonimni zaharlab o\u2019ldirdi, degan gapni yozadi. Xalil Sulton, nabira shahzoda, Sohibqironning vasiyatini buzib, taxtni qonuniy valiahdga bermasdan, o\u2019zboshimchalik bilan Samarqandni egallaydi. Davlat oyiniga og\u2019ishmay amal qilishni vojib biladigan Bibi Xonim, bu xatti-harakatlarni ma\u2019qullamagan, shekilli, To\u2019kal Xonim ham Katta malikani quvvatlagan ko\u2019rinadi. Ikki malikani zaharlash \u2013 Shodi Mulkning Xalil Sultonning taxtda qolishi uchun qilgan makri oqibatida bo\u2019lishi, ehtimoldan holi emas. Nima bo\u2019lganda ham, bu voqea 1408 yil atroflarida sodir bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>V.V.Bartold tan olgani kabi, Amir Temur haramidagi ayollar davlat ishlariga aralasha olmaganlar. Ular, asosan, saxovat, xayr-ehson, masjid va madrasalar qurilishlari singari xayriya ishlariga bosh-qosh bo\u2019lganlar. Ba\u2019zi paytlarda xotinlar Sohibqironning u yoki bu masaladagi fikrlarini yumshatishga muvaffaq bo\u2019lganlar. Chunonchi, Amironshoh Mirzoning o\u2019g\u2019li, Xalil Sultonning kelib chiqishi past tabaqadan bo\u2019lgan, Amir Sayfiddinning kanizagi Shodi Mulkka uylanishidan g\u2019azablangan hukmdor fikrini Bibi Xonim o\u2019zgartiradi va ularning har ikkalasini muqarrar jazodan qutqarib qoladi. Qachonki, Xalil Sultonga taxt tekkach, davlat jilovini Shodi Mulk qo\u2019lga oladi va Amir Temur davrida xizmati singgan, taniqli kishilar qatorida, Sohibqironning bevalariga ham hurmatsizlik ko\u2019rsata boshlaydi. Shodi Mulk Xalil Sultonni Amir Temurning beva qolgan xotinlarini amirlar va sarkardalarga berib, ularni o\u2019zlariga og\u2019dirib olish rejasini amalga oshirishga undaydi. Shu g\u2019alamislikning bir misoli Tumon Og\u2019oning Shayx Nuriddinga berilishi edi. Sohibqironning xusnda tanho bo\u2019lgan g\u2019unchasi Ruhparvar Og\u2019o qismati ham shunday hal etiladi. Shodi Mulk g\u2019arazi bilan qilingan, xonadon sha\u2019niga dog\u2019 bo\u2019lib tushadigan bu xildagi noqisliklarga tezda barham beriladi. Shohruh Mirzo oila sha\u2019ni homiysi bo\u2019lib maydonga chiqadi. Xilda Xukhem, \u201cTemur saroyida ayol kishining nomusiga tegish qat\u2019iy ta\u2019qiqlangan edi. Har biro damning yonida o\u2019z xotini yoki kanizagi bo\u2019lardi. Saroy ahlidan bironta odam ayollarga qarshi gapira olmasdi. Sohibqiron kampir va chollarning hurmatini juda o\u2019rniga qo\u2019yardi\u201d, deb yozadi. Bu gaplarga izoh hojat emas. Xotin-qizlarning hurmati davlat ahamiyat darajasiga ko\u2019tarilganligini oldinda keltirilgan hikoyalardan, muhtaram o\u2019quvchi yaxshi tushungan bo\u2019lsa kerak. Bunga ishonchim komil. Ayollarini qadrlagan davlat ham, sulola va er ham kam bo\u2019lmaydi. Buning yorqin misoli Amir Temur xonadoni, uning to\u2019rt asrdan ortiq davom etgan sulolasi amal qilgan oilaviy hayot, desam o\u2019rinli bo\u2019ladi. Sohibqiron oilaviy hayotida asoslangan, davlat ahamiyati bilan bog\u2019liq nikohlar o\u2019rta asrlar sharoitida, mo\u2019g\u2019ullar zulmi tugatilgan, turkiy davlatchilik mustahkamlanayotgan murakkab va og\u2019ir zamonlarda hukmdorlar uchun eng to\u2019g\u2019ri yo\u2019l bo\u2019lgan edi. Oila \u2013 haqiqatda jamiyatning asosi, uning birinchi, bosh bo\u2019g\u2019ini bo\u2019lib, totuvlik, ravnaq, farovonlik katta oilaning \u2013 davlatning bardavomligi va barqarorligida tayanch vazifasini o\u2019taydi. Uyi tinch bo\u2019lganning \u2013 davlati tinch bo\u2019ladi, davlati tinch bo\u2019lganning \u2013 uyi tinch bo\u2019ladi. Bu isbot talab qilmaydigann, zamonlar sinovidan o\u2019tgan haqiqatdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sohibqiron Amir Temur to\u2019g\u2019risida uning hayotligi davridan boshlab kitoblar yozilgan. Yazdiy aytganidek, muarrixlar Sohibqiron maslahatlaridan bahramand bo\u2019lib, asarlariga bo\u2019lib o\u2019tgan voqea-hodisalarning muhimlarini, shunda ham dalillarga asoslanganlarini kiritganlar. Temurbekning yoshliq paytlarida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-songgi-malika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153697","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153697","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153697"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153697\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153698,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153697\/revisions\/153698"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153697"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153697"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153697"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}