{"id":153702,"date":"2025-09-29T13:57:07","date_gmt":"2025-09-29T10:57:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153702"},"modified":"2025-09-29T13:57:08","modified_gmt":"2025-09-29T10:57:08","slug":"amir-temur-sulolasi-kechikkan-toy-yoxud-birinchi-valiahd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-kechikkan-toy-yoxud-birinchi-valiahd\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Kechikkan to\u2019y yoxud birinchi valiahd"},"content":{"rendered":"\n<p>Muhammad Jahongir Mirzo 10 yoshga to\u2019lganda otasi Amir Temur hayotida kutilmagan nohushliklar sodir bo\u2019ladi. \u201cLoy jangi\u201d mag\u2019lubiyati alami Jeta lashkarining \u2013 mo\u2019g\u2019ullarning Sarbadorlar tomonidan Samarqandga kiritilmaganligi zafari bilan taskin topganday bo\u2019ladi. Sarbadorlar ulug\u2019 ishni amalga oshirgan edilar. Mavlonzoda Samarqandiy, Hurdaki Buxoriy va Abu Bakr Naddof bosqinchilarga qarshi ko\u2019tarilgan aholiga boshchilik qilib, yovni quvib yuborishga muyassar bo\u2019lishgandi. Nizomiddin Shomiyning yozishicha, bu \u201cuch kishi esa sardorlikdan mag\u2019rurlanib ketib, jabru zulmni hunar qilib oladilar\u201d. Shomiy, bilmadim, qanday manbaga asoslanib bo\u2019lsa-da, sarbadorlar rahnamolarining o\u2019zboshimchaligi haqida, \u201cXalq ularning qo\u2019lida jabru sitam va adolatsizlikka giriftor bo\u2019ldi\u201d, deb yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ul lashkarining Samarqand qamalida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, ortga qaythanini o\u2019z odamlari orqali aniqlagan Amir Temur tezda Amir Husaynga bu haqda xabar yetkazadi. 1365-1366 yil qishini Temurbek Qarshida o\u2019tkazadi va bu joyda istehkom devori ta\u2019mirini nihoyasiga yetkazdiradi. Mo\u2019g\u2019ullar ketishi bilan o\u2019zini yana taxtda mustahkam deb hisoblay boshlagan Amir Husayn, muarrix Sharafiddin Ali Yazdiy aytishicha, shunday qiliqlar chiqaradiki, nafsini qo\u2019yib, hatto Amir Temur yaqinlariga ham ta\u2019ma ilinjida ta\u2019qibni kuchaytiradi. Sarbadorlar rahnamolari taxtnign da\u2019vogarlari sifatida dorga osiladi, birgina Mavlonzoda Temurbekning qattiq turishi sabab, o\u2019limdan olib qolinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husayndan ranjish \u201cLoy jangi\u201ddagi g\u2019alamislikdan boshlagandi. Sarbadorlar bahonasida Temurbek safdoshlariga katta tovon solinishi ikki o\u2019rtada gazaklay boshlagan nizoning yovlashish darajasiga ko\u2019tarilishiga olib keladi. Ikki amirning ilgarigi sadoqatiga rahna soluvchilar ham kam bo\u2019lmaydi. Amir Husayn va Temurbek bir ekan, Husayndan norozi kuchlar qo\u2019lidan hech narsa kelmasligi ayon edi. Orani buzish uchun ayollar makri ishga solinadi. Amir Husaynning bosh xotini, mo\u2019g\u2019ul xoni Tarmashirinning qizi Sevinch Qutlug\u2019 Og\u2019o orqali Temurbekni unga qrshi fitnada ayblovchi xat yetkaziladi. Orani buzish harakatlari adovatni kuchaytirishga xizmat qilmay qolmaydi. Xotinlar makri bir chetda tursin, ikki amirning safdoshlari, o\u2019z lashkarlari, o\u2019z viloyatiga ega bo\u2019lgan Sher Bahrom va Barhom Jaloyirlar ham, Husaynbek va Temurbekni qanday bo\u2019lmasin urishtirib qo\u2019yish rejasini tuzgan edilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Munosabatlar ana shu sabablarga binoan, kun sari taranglashib boradi. Amir Temur Sher Bahrom va Bahrom Jaloyir bilan maslahatlashib, Amir Husaynga ochiqcha qarshi borishga kelishadilar. Taassufki, bu keyingi ikki amir so\u2019zida tura olmaydi. Amir Husaynga qarshi kurashga bel bog\u2019lagan Sulaymonbek bilan Jovurchi ham hal qiluvchi vaziyatda Amir Husayn tarafiga o\u2019tib ketadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husaynning fe\u2019l-avtovi, hakalak otayotgan nafsi, xudbinligi ko\u2019pgina beklar va amirlarning g\u2019ashiga tegayotgan bo\u2019lsa-da, kuch uning tomonida bo\u2019lganidan, unga qarshi amaliy harakat boshlaganda, ayrim viloyat hokimlarining jon hovuchlashiga, po\u2019sib ketishiga to\u2019g\u2019ri keladi. Boshqacha aytganda, shu 1365-1366 yillarda Turkistonda hokimiyat tayanchlari bo\u2019lgan kuchlar qayta va qayta guruhlana boshlagan, ular qaltis vaziyatda aql bilan ish ko\u2019rish o\u2019rniga, kimning zo\u2019rligiga, mavqeiga qarab bo\u2019linib-qo\u2019shilayotgandilar. Taniqli amirlardan biri Xizr Yasuriy shu yili olamdan o\u2019tadi. Uning qizi Islom Og\u2019o Amir Husayn nikohida edi. Xizr Yasuriyning ukalari Ali bilan Ilyos, Mahmudshoh Yasuriylar ikki qutbda \u2013 Amir Husayn va Amir Temur tomonidan jamlanish davom etayotgan kunlarda Sohibqiron xizmatiga o\u2019tishni afzal topadilar. Amir Temur Samarqandga dorug\u2019a qilib qoldirgan Qora Hinduka Barlos esa tezda xoinlik yo\u2019liga kiradi va Amir Husayn tomonga yo\u2019l oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019ttiz yoshga to\u2019layotgan Temurbek uchun hijriy yetti yuz oltmish yettinchi yil \u2013 ot yili, shu tariqa, juda tashvishli kechayotgan edi. U Kesh shahriga qaytib, bir o\u2019zi raqibiga qarshi kurashish uchun qo\u2019shin yig\u2019ishga kirishadi. Lashkar yo\u2019lga chiqishga tayyor bo\u2019lganda, yozning boshlarida sevimli ayoli O\u2019ljoy Turkon qattiq betob bo\u2019lib, yotib qoladi. O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o bir necha oy burun farzand ko\u2019rgan \u2013 Amironshohni tuqqan edi. Uning holi kundan-kunga og\u2019irlashadi va jon taslim qiladi. Temurbekning qabihlikni suyakdan o\u2019tkazgan Amir Husaynga qarshi yurishi bir muddat kechikadi. Amir Husayn singlisi o\u2019limini eshitadi. Balxda turib, ta\u2019ziya libosini kiyadi, ammo Keshga kelib, dilxohlik qilishni ep ko\u2019rmaydi. O\u2019ljoy Turkon Og\u2019oning vafotidan so\u2019ng, o\u2019rtadagi qarindoshlik rishtalari uziladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muarrixlar o\u2019sha kunlarda Amir Husaynning qanday qilib bo\u2019lmasin, Temurbekni qo\u2019lga olish ilinjida bo\u2019lganligini yozdilar. U, Sher Bahromni aldab, katta va\u2019dalar bilan o\u2019ziga rom qilgan edi. Shunday usulni Temurbekka nisbatan ham qo\u2019llaydi. Ota-o\u2019g\u2019il Ibodullo Bahodur va Malik Bahodurlarni Temurbek oldiga yo\u2019llab, ulardan xat yuboradi. Maktubda, avval ittifoqlikda harakat qilib, hokimiyatni qo\u2019lga kiritganlari, bundan keyin ham, kalladan yomon fikrlarni chiqarib tashlab, hamjihat bo\u2019lishlikka qasamyod qilinadi. Amir Husayndan yarashuv xati kelganini bilgan yasuriylar qavmi Temurbek bilan Husaynbek yarashuvidan qo\u2019rqib, itoat qilishdan bo\u2019yin tovlaydilar. Temurbek Amir Husaynning xat orqali qopqon qo\u2019yayotganini ich-ichidan sezadi, uning qasamyodiga ishonmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur sadoqatli do\u2019sti Sayfiddinbekni ilg\u2019or qilib, Amir Husayn ustiga jo\u2019natadi va o\u2019zi ham yo\u2019lga tushadi. Shu orada Bahrom Jaloyir ortidan Xo\u2019jandga ketgan Jokubek va Abbos Bahodurlar Temurbek izidan yetib keladilar. Ular Temurbekdan ajralib ketgan Yasuriylarni jazolamoqchi bo\u2019ladilar. Biroq, Temurbek ularni bu niyatdan qaytarib, \u201cBiz shu yo\u2019lni tutsak, kelgusida nima yaxshi ish qilmaylik, ularda bizga ishonch bo\u2019lmaydi, bundan faqat zarar ko\u2019ramiz. Uyimiz yaxshilik asosida quriladigan bo\u2019lsa, unga hech kim yomonlik qila olmaydi. Adolat va olijanoblikdan suv ichib ulg\u2019aygan daraxt, oqibatda, baxtdan samaralar bera boshlaydi\u201d, deydi. Temurbek shu so\u2019zlarni aytib, qo\u2019shinning qolgan qismini ham tarqatib yuboradi va Qarshi shahriga qaytib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husayn imkoniyatdan foydalanib, katta qo\u2019shin to\u2019playdi va Sher Bahrom bilan birgalikda Sohibqiron ustiga yurish boshlaydi. Muborakshoh, Shayx Muhammad \u2013 Boyon Sulduzning o\u2019g\u2019li, Amir Temur tomonida bo\u2019lishni istasalarda, qo\u2019rqqanlaridan Amir Husaynga qo\u2019shilishga majbur bo\u2019ladilar. Temurbekni yo\u2019q qilishga qat\u2019iy kirishgan Amir Husayn o\u2019zi qasam ichgan Qur\u2019oni Karim kitobi bilan Xizr Xachinachini Temurbek oldida jo\u2019natadi va uni to\u2019rtga ilintirmoqchi bo\u2019ladi. Hiyla ish beradi va Amir Temur 300 yigit bilan qolganida, unga qarshi Amir Husayn Sher Bahrom bilan birgalikda hamla qiladi. Amir Temurni g\u2019aflat iskanjasida o\u2019ldirmoqchi bo\u2019lgan dushman, qarorgohni sahar payti o\u2019rab olayotganda, Temurbek buni sezib qolib, jadal otlanib, Tangi haram darasida yoviga zarba berishga muvaffaq bo\u2019ladi. Yov ko\u2019p, Temurbek yigitlari esa oz edi. Ularning ham ikki yuztasi ta\u2019qib etayotgan Amir Husayndan xavotirga tushib, qochib ketadilar. Temurbek sanoqli kishilari bilan Qarshi tarafga yura boshlaydi. Uning yaqinlari bus afar Qarshiga bormaslikni, aksincha, Amudaryodan o\u2019tib, fursat kutishni maslahat beradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu ketishda ikki yarim oy Amudaryo yoqasida to\u2019xtab, kuch yig\u2019ib, ishlarni tartibga keltiradilar. \u201cAmir Temur Hirotga yo\u2019l olibdi\u201d, degan ovozani tarqatib, Qarshiga yo\u2019l oladilar. Amir Husayn bu vaqtda Qarshida Amir Musoni dorug\u2019a sifatida 7 ming qo\u2019shin bilan qoldirgan edi. Temurbek odamlari hammasi bo\u2019lib 243 kishi edi. Amir Husayn shu orada o\u2019ziga ittifoqdosh bo\u2019lgan Sher Bahromni o\u2019ldiradi. Temurbekning Qarshidagi g\u2019alabasi uzoq cho\u2019zilmaydi. Amir Husayn tez orada katta qo\u2019shin bilan Qarshini qo\u2019lga olib, Buxoroga yurish boshlaydi. Temurek Moxon tarafga ketadi, yoqib yuborilgan eski yantoqlar o\u2019rnida maysalar ko\u2019klaydi. Otlarni o\u2019tlatib, ular jir bitgandan so\u2019ng Temurbek Qarshiga tomon qo\u2019shin tortadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jahongir Mirzoning o\u2019n yoshidan o\u2019n uch yoshiga qadar bo\u2019lgan voqeala silsilasida ana shunday murakkab va xavotirli davrda kichadi. 1367 yil qishida Movarounnahrga o\u2019tish fikrida bo\u2019lgan Temurbek o\u2019g\u2019li Muhammad Jahongir Mirzoni do\u2019sti Muborakshoh Sanjariy bilan Hirotga, uning maligi Husayn huzuriga yuboradi. Malik Husayn bir vaqtlar hoji Barlosga ham ikkilik qilgan, beburd kishi edi. Amir Temurning Movaorunnahrga yurish oldidan ahli ayolini, bola-chaqasini Hirotda, Malik panohida qoldirishdan o\u2019zga chorasi yo\u2019qligi uchun unga murojaat qilib, ko\u2019mak so\u2019raydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qarshining qo\u2019lga kiritilishi, Amir Husaynga qarshi kurashda erishilayotgan ba\u2019zi muvaffaqiyatlar hali omonat edi. Amir Husaynda kuch katta, lashkar ko\u2019p edi. Kesh shahrida dorug\u2019a qilib qoldirilgan Tarmachuqning o\u2019ldirilishi Sohibqironni qattiq tashvishga solib qo\u2019yadi. Yangi hujumlarga vaqt borligini anglab, Keshdan yig\u2019ib kelgan lashkarga javo beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temurbek Xurosondan o\u2019zi bilan birga kelgan olti yuz kishi hamrohligida Samarqandga tomon yuradi. Husayn esa, Amir Muso va Uchqaro Bahodirga uning yo\u2019lini kesib qo\u2019yishini, Samarqandga o\u2019tkazilmaslikni tayinlagan edi. Ular Amir Temur zarbasiga dosh berolmaydi. Temurbekka madad kuchlari, ittifoqchilar juda kerak edi. Uning avvalgi do\u2019stlarida Kayxusrav Xuttaloniy va Bahrom Jaloyirlar mo\u2019g\u2019ullar huzuriga ketib, yetti ming kishilik qo\u2019shin boshlab kelgan edilar. Har ikkalasi ham Toshkentda to\u2019xtab, qulay vaziyatni kutib turgandilar. Mo\u2019g\u2019ul xoni qo\u2019shin berish bilan bir qatorda, Movarounnahrda barcha kuchlarning Bahrom Jaloyirga bo\u2019ysunishi amr qilgan yorliqni ham ular qo\u2019liga tutqazadi. Shu amrga binoan ular o\u2019zlaricha bu viloyatni boshqarishga tushadilar. Amir Temur bu haqda eshitib, ular huzuriga bormoqchi bo\u2019lib, Toshkent yo\u2019liga tushadi. Bahrom Jaloyir kuchaygani sabab, eski do\u2019stlikni unutadi. U, vaqtida, Amir Temurga Amir Husaynga qarshi birgalikda kurashish va\u2019dasini bergan bo\u2019lsa-da, endi bu haqda eslagisi ham kelmaydi, o\u2019zining ko\u2019nglida hukmdor bo\u2019lish maqsadi g\u2019ovlay boshlaydi. Nizomiddin Shomiy, Amir Temurning Toshkentda bir oy turganligini yozar ekan, Bahrom Jaloyir munosabatini shunday ko\u2019rsatadi: \u201cAmir Sohibqironga nisbatan munosib xizmatni bajo keltirmadi. Oziq-ovqat va otlarga yem-xashak bermadi, balki Amir Sohibqironning xossayi sharifi bo\u2019lgan mavzelarni podshoh uchun mol undiraman, degan bahonada o\u2019z tasrruviga oldi. Xolbuki o\u2019rtalarida qadimdan do\u2019stlik va qarindoshlik nisbati bor edi. Amir, Sohibqiron uning muvofiqatchiligida ikki marta podshoh va amirga dushman bo\u2019lib unga yordam berishga astoydil intiladi. U esa bu yaxshilik haqini unutib, unga vafo qilmadi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur mo\u2019g\u2019ul xonidan yordam olib, burni ko\u2019tarilgan Bahrom Jaloyirga, \u201cmen seni do\u2019stim deb, xonga va Amir Husaynga qarshi bordim. Buning oqibatida yurtda buzg\u2019unlik vujudga keldi. Men seni do\u2019st sanab, maqomingni sarbaland etdim, dushmanlardan qo\u2019lingni ustun qildim, hozir esa, ozgina jonlanib, menga nisbatan shunday yo\u2019l tutayotirsan. Shuni bilki, men Alloh Taologa ishonaman, sen yana bir marta dargohimga bosh egib borasan va iltijo qilasan\u201d, deydi. Do\u2019stlikni, qarindoshlikni manfaat yo\u2019lida barham urgan Bahrom Jaloyirga nisbatan, Xuttalon mulki sohibi bo\u2019lgan Kayxusrav Amir Temur uchun tang bo\u2019lgan paytda sadoqat yo\u2019lidan chekinmaydi, aksincha, uning tashrifidan xursand bo\u2019ladi. Amir Temur uyiga chorlaydi, uning sharafiga to\u2019y beradi. Kayxusrav bundan bir necha yillar oldin mo\u2019g\u2019ul xoni To\u2019g\u2019luq Temur oldiga madad so\u2019rab borganida, xon uni yaxshi qabul qilgan, o\u2019z yaqinlaridan biri Yasun Temurxonning qizini unga xotinlikka bergan edi. Kayxusrav Xuttoloniyning shu ayoldan Ruqiya Xonika ismli qizi bor edi. Kayxusrav uyida bo\u2019lgan kunlarda Temurbek uning shu qizini Muhammad Jahongir Mirzoga so\u2019raydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Ruqiya Xonika Begimning qo\u2019lini sevimli o\u2019g\u2019li Muhammad Jahongir Mirzo uchun so\u2019ragan paytda, shahzoda o\u2019n bir yoshga qadam qo\u2019ygan edi. Ruqiya Xonikaning yoshi hali sakkizga ham yetmagan edi. Kayxusrav Temurbekning taklifini qabul qiladi va shundan keyin ular bir oy davomida mehmondorchilik bilan mashg\u2019ul bo\u2019ladilar. Sharafiddin Ali Yazdiy Jahongir Mirzo va Ruqiya Xonika to\u2019yi bo\u2019lib o\u2019tganligi to\u2019g\u2019risida ochiq gapirmagan bo\u2019lsa-da, Nizomiddin Shomiy bu haqda tubandagilarni yozadi: \u201cAmir Sohibqiron Kayxusrav bilan to\u2019y qilib, bir-birlariga xesh bo\u2019ldilar: Kayxusravning qizi Ruqiya Xonikani o\u2019z farzandi Amirzoda Jahongir uchun so\u2019rashtiradi. Bir muddat ayshu safo bilan mashg\u2019ul bo\u2019ladilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jahongir Mirzo va Ruqiya Xonikaning to\u2019ylari Toshkentda o\u2019tadi. Bu voqea 1367 yilda, Bahrom Jaloyir va Kayxusrav Xuttaloniy mo\u2019g\u2019ul xonidan 7 ming kishilik qo\u2019shin olib kelib, Toshkentda o\u2019rnashib turgan kezlarda bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Quda-andachilikdan keyin Temurbek va Kayxusrav ittifoqi mustahkamlanadi, ular birgalikda mo\u2019g\u2019ul xoni bilan qo\u2019shilib harakat qilayotgan Amir Husaynga qarshi kurash olib boradilar. Jizzaxda Jete lashkari tomonidan asirga olingan vatandoshlarni qutqaradilar. Amir Husayn va mo\u2019g\u2019ul xonining o\u2019n ming kishilik sipohiylari tum-taraqay qilinadi. Shu yili qishda Amir Temur Toshkentda, Kayxusrav esa O\u2019trorda qoladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jahongir Mirzo to\u2019yda hozir bo\u2019lganmi, degan savol tug\u2019ilishi tabiiy. Chunki, Sohibqiron Qarshiga otlanishdan avval ko\u2019ch-ko\u2019roni va oila a\u2019zaolarini Hirotga, Malik Husayn huzuriga yuborgan, bu ishni uddalashni yosh o\u2019g\u2019li zimmasiga yuklagandi. Jahongir Mirzoning Hirotdan qaytishi voqeasi faqat Muiniddin Natanziy tarixida bor. \u201cSultoni G\u2019oziy, &#8211; deb yozadi u, &#8211; Argunshoh Burdolig\u2019iyni ko\u2019ch-ko\u2019ron va zaxiralarni hamda Amirzoda Jahongirni olib kelish uchun munosib tuhfa-yu hadyalar bilan Hirot hokimi Malik Husayn huzuriga yubordi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1368 yilning boshlanishi Movarounnahr uchun olib borilgan kurashning ma\u2019lum darajada susayishi bilan e\u2019tiborni jalb etadi. Bu sirtdan qaralganda, shunday tasavvur uyg\u2019otadi. Amir Husayn Temurbekka qarshi qilmagan nag\u2019masi, hunari qolmagan, unga yon bergan bo\u2019ladi. Ulus beklari va ruhoniylarnign o\u2019rtada tushuvi yarashuvga sabab bo\u2019ladi. Bir muddat ikkala amir Kobul tomonlarga birgalikda yurishni amalga oshiradilar. Sharafiddin Ali Yazdiy o\u2019rtada bir oz vaqt yuzaga kelgan totuvlik haqida gapirarkan, \u201cSohibqiron Husaynbekka ota yoki akaga bo\u2019lgan munosabat yo\u2019lini tutardi, &#8211; deydi, &#8211; chunki ular qarindosh edilar. Biroq, Husaynbekning ko\u2019nglida doimo g\u2019arazli niyat g\u2019imirlab yotar, nima qilib bo\u2019lsa-da, maqsadi Sohibqironni yo\u2019q qilish edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhamamd Jahongir Mirzo Amir Husaynning singlisi O\u2019ljoy Turkon Og\u2019oning birinchi farzandi o\u2019laroq, u tug\u2019ilgan paytda tog\u2019a bo\u2019lmish Amir Husayn unga Otaliq bek qilib belgilangan edi. Jahongir Mirzo turkiy amirlar udumiga ko\u2019ra, o\u2019z otabegi, tog\u2019asi Amir Husayn huzurida, Balxda yashab turardi. Bu, chamasi, 1367 yildan keyingi yarashuvdan keyin, O\u2019ljoy Turkon Og\u2019oning o\u2019limidan so\u2019ng, amalga oshgan bo\u2019lsa kerak. Bu ikki sababning qaysi biri Jahongir Mirzoning Balxga olib ketilishida muhim bo\u2019lgan, aytish qiyin. Har holda, 1366-1367 yillarda Temurbek va Amir Husaynning oralari buzilgan, bir-birini yo\u2019q qilishga qasdlangan edilarki, garchand, o\u2019rtasa munosabatlar qayta yo\u2019lga qo\u2019yilgani bilan, o\u2019zaro ishonchsizlik, shubha tamomila barham topmagan. Jahongir Mirzoning Amir Husayn xonadonida yashab turishini garovda ushlab turish desammi, yoxud Amir Temur kuchidan hayiqish oqibati bo\u2019li, sevimli farzandning kafolat vazifasini o\u2019tashi bilan bog\u2019liq desammi, harqalay, bu siyosatdan oradan shuncha asrlar kechgan bo\u2019lsa-da, mening xayolimdan o\u2019tgani shu mulohazalar bo\u2019ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husaynning qora yuragi yanada qoraroq ishlarga qodir ekanligini namoyish etadi. Yazdiy ming karra haq ekan, Amir Husaynning ichida Temurbekka nisbatan o\u2019chmas adovat tutuni burqsib, tutab, sal shabada tegishi bilan lovullab yonib ketarkan. Tezda shunday bo\u2019ladi. Temurbeknign singlisi Shirin Bekaning eri Muayyadbek ichkilik bazmida Jovurchining o\u2019g\u2019lini urib o\u2019ldirib qo\u2019yadi. Jovurchi vaqtida Sohibqironga xiyonat qilgan, undan yuz o\u2019girib, Amir Husaynga bosh egib borgan edi. Gap shu haqda, janjal shu xususda bo\u2019lganligini fahmlash mumkin. Amir Husaynga aynan shunday sabab kerak edi. Amir Husayn bir hmlada Temurbek va uni qo\u2019llab-quvvatlab turgan qavmdan qutulmoqchi bo\u2019ladi. U Keshga navkarlarini yuborib, butun shahar xalqini Balxga ko\u2019chirishga farmon beradi. Qochib yurgan Muayyadbek o\u2019rniga uning xotini Shirin Beka Og\u2019oni ham Balxga itob qilishga amr qiladi. Amir Husaynning razilligi yana bir harakatida ochiqdan-oydin ko\u2019zga tashlanadi \u2013 bu amri farmonlar Temurbekning o\u2019g\u2019li Muhammad Jahongir Mirzo tomonidan olib kelinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Husaynning bo\u2019ynida qancha begunoh to\u2019kilgan qonlar bor edi. Temurbekning kuyovi mastlikda jinoyat qilgan ekan, do\u2019stlik munosabatlari samimiyda bo\u2019lgan edi. Temurbekka Muayyadbekni jazolash ishini topshirgan bo\u2019lardi, chunki Temurbek Keshning hukmdori sifatida bunga haqli edi. Aksincha, Temurbekning butun qavmini, shahar aholisini vatangado qilib, Balxga ko\u2019chirish chinorni tag-tomiri bilan qo\u2019porishday gap edi. Amir Husaynning bunday qabihligi, hatto uning og\u2019iz-burun o\u2019pishgan beklarini ham g\u2019azabga keltiradi. Amir Muso ham shu voqeadan keyin Sohibqiron tomoniga o\u2019tadi. Kaltabinlik sabab, jipslik emas, tarqoqlikka o\u2019chlik hukmdorning yuztuban ketishiga olib keladi. Turkiy amirlar, mamlakat peshvolari bir yoqodan bosh chiqarib, 1370 yil 9 aprelida Amir Husayn saltanatiga chek qo\u2019yadilar. Movarounnahr taxti hayot-mamot kurashlari orqali dast bergan paytda Sohibqiron Amir Temur 34 yoshga kirgan edi. Muhammad Jahongir esa bu vaqtda o\u2019n olti yosh ustida edi. Temurbek aftidan, bu og\u2019riq yumushdan Jahongir Mirzoning chetda bo\u2019lishini afzal bilgandir. Muarrixlar masalaning nozik jihatlarini (to\u2019ga-jiyanlik) nazarda tutib, ehtimol, bu haqda jim o\u2019tishni maqbul ko\u2019rgan bo\u2019lsalar kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jahongir Mirzo bolalikdan harb ishiga ko\u2019nikkan, aqlli va jasur yigit bo\u2019lib ulga\u2019ygan edi. Uning Ruqiya Xonika bilan bo\u2019lgan nikohi tabiiylikdan ko\u2019ra, ramziylikka yaqinroq bo\u2019lgan deyish joiz ko\u2019rinadi. 1367 yildan keyingi besh yillik muddatda bu eri xotinlik qanday kechganligi borasida biror so\u2019z aytilmagan. Voqealarning rivojiga qarab chama qilinsa, bu nikohdan keyin qandaydir bir sovuq ish sodir bo\u2019lgan, degim keladi. Sababi, qaynota, Amir Temurning do\u2019sti, uni og\u2019ir kunlarda qo\u2019llab-quvvatlagan Kayxusrav Xuttaloniy Sohibqironga qarshi xiyonat yo\u2019liga kiradi. Buning boisi nimada edi? Yosh Ruqiya Xonikaga nima bo\u2019lgan, kasallanganmi? Bu savollarni o\u2019zimga berdimu, javobini topa olmadim. Fikrimcha, buning jiddiy sababi bo\u2019lsa kerak. To\u2019ydan, 1372 yilga qadar Kayxusrav sadoqatdan bo\u2019yin tovlamagan. 1372 yil (hijriy yetti yuz yetmish uch, sichqon yili) Amir Temur Xorazmga, Husayn So\u2019figa qarshi lashkar tortganida, Kayxusrav mutlaq matlub bo\u2019lmagan yo\u2019lga kiradi. Husayn So\u2019fida Amir Temur bilan kurashadigan kuch va yurak yo\u2019q edi. U, o\u2019rtaga odam qo\u2019yib, sulh so\u2019raydi. Sohibqiron rozi bo\u2019lganida, Kayxusrav ishni buzadi, Husayn So\u2019figa maxfiy xabar yo\u2019llab, Amir Temur gapiga ishonmaslikni, unga qarshi ikkalasini birgalikda urushishni taklif qiladi. Bu fitna barbod bo\u2019ladi va o\u2019tkazilgan taftishlar Kayxusravning xiyonat yo\u2019liga kirganligini tasdiqlaydi. Kayxusrav Husaynbek yaqinlari qo\u2019liga topshiriladi, ular Amir Husaynni o\u2019ldirganlik huniga Kayxusravni qatl etadilar. Husayn So\u2019fi ham Kayxusrav gapiga uchib, isnodga qolgani bois, tez orada olamdan o\u2019tadi. Uning o\u2019rniga ukasi Yusuf So\u2019fi hokimiyatga keladi. Amir Temur bilan Yusuf So\u2019fi orasida dushmanlik bo\u2019lmaganligi sababli, Yusuf So\u2019fining sulhda yashash qarori ma\u2019qullanadi. Yusuf So\u2019fining birodari Oq So\u2019fining Sevinbeka ismli go\u2019zal qizi bor edi. Oq So\u2019fining xotini Jo\u2019ji avlodiga borib taqaluvchi O\u2019zbekxonning qizi Shakarbeka edi. Oq So\u2019fi Tondoy o\u2019g\u2019li bilan Shakarbeka nikohidan Sevin Beka \u2013 Xonzoda Begim ismli qizaloq dunyoga kelgan edi. Shakarbeka Oltin O\u2019rda xoni G\u2019iyosiddin Muhammad O\u2019zbekxonning (1312-1342 y.) qizi bo\u2019lib, So\u2019filar xonadonida e\u2019tibori zo\u2019r bo\u2019lgan. Xorazm So\u2019filar sulolasi bilan Oltin O\u2019rda aloqalari juda mustahkam sulolasi bilan Oltin O\u2019rda aloqalari juda mustahkam bo\u2019lib kelgan, So\u2019fiylar Oltin O\u2019rda ta\u2019sirida Amir Temur davlatini tanimaslik siyosatini o\u2019tkazib kelgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltin O\u2019rdaning borgan sari kuchsizlanayotganligi, ichki hokimiyat kurashlari avjga chiqayotganligi sababidan, Yusuf So\u2019fi Amir Temur bilan aloqalarni yaxshilashdan manfaatdor edi. Chamamda, So\u2019fiylar xonadonida xon avlodidan bo\u2019lgan qizning kamolga yetayotganligi ikkinchi tarafga o\u2019ziga xos bir tarzda ayon etilgan bo\u2019lsa kerak. Muarrix shuni nazarda tutib, \u201cHukmdorning olijanob ko\u2019nglida bu oy yuzli sohijamolni shahzoda Jahongir Mirzoga unashtirish fikri paydo bo\u2019ldi\u201d, deydi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019zaro dushmanlik o\u2019rniga qavmu qarindoshlik shevasi o\u2019rtaga solinganda, ikki tomonda ham xotirjamlik ruhi ustun bo\u2019ladi. Amir Temur Yusuf So\u2019fi odamlariga o\u2019z niyati haqida muloyim va hurmatni joyiga qo\u2019yib so\u2019z yuritadi. Muarrix, Amir Temur so\u2019rovidan Yusuf So\u2019fi quvonib ketganligini, taklifni qabul qilganligini aytadi. Yusuf So\u2019fi, \u201cbu oy yuzli sohibjamolning sepi hali oxirigacha tayyor bo\u2019lgan emas, ular ko\u2019ngilni to\u2019q qilib, qaytaversinlar. Men tez orada sepish, tuhfalarni tayyorlayman va ularning xohishi bo\u2019yicha, kelinlarini jo\u2019nataman\u201d, degan shartni qo\u2019yadi. Bu inkor va e\u2019tirozga bois bo\u2019lmaydigan sabab edi. Shunday bitimga erishilgach, Sohibqiron Amir Temur Xorazmdan qaytadi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cKechga tortganda xatar bor\u201d, deb bejiz aytmaydilar. Kayxusrav Xuttaloniy qo\u2019lga olinib, aybi dalolat etilganda, uning o\u2019g\u2019li Sulton Mahmudbek, Xizr Yasuyning o\u2019g\u2019li Abu Isxoq va Mahmudshoh Buxoriy uchalasi Xorazmga qochgan edilar. Abu Isxoqning dilida doimo adovat kinasi bo\u2019lib, bu otasi tirikligida nishlagan edi. Yurtda bir buzg\u2019unchi paydo bo\u2019lsa, Abu Isxoq uning yonida hoziru nozir bo\u2019lardi. Uchalasi Xorazmga, Yusuf So\u2019fi oldiga kelib, \u201cTemurbekning so\u2019zlariga ishonma\u201d, deb ko\u2019p bo\u2019lmag\u2019ur g\u2019iybatlarni to\u2019kib soladilar. Ular Yusuf So\u2019fini Sohibqiron bilan yaqinlashishdan qaytaradilar. Dushmanlik kamarini bog\u2019lagan Yusuf So\u2019fi Sohibqiron davlatiga qarashli Qiyotga bostirib kiradi va aholini talon qilib, to\u2019zg\u2019itib yuboradi. Uning Sevinbeka \u2013 Xonzoda Begim sepini tayyorlash haqidagi ahdi puch bo\u2019lib chiqadi. Qish o\u2019tadi, hijriy yetti yuz yetmish to\u2019rtinchi \u2013 sigir yili ham kiradi, ammo Yusuf So\u2019fi so\u2019zining ustidan chiqmaydi, lafzni buzadi. Jahongir Mirzo to\u2019yi aduvlarning g\u2019arazi sabab, kechikadi. Ramazon oyida Xorazmga tomon yo\u2019lga chiqqan Sohibqiron bir muddat Qarshida to\u2019xtab turdi. Shu orada katta qo\u2019shin yig\u2019iladi va cho\u2019lu sahro kesib o\u2019tilib, Xorazmga yaqinlashib kelinadi. Yusuf So\u2019fi qilmishidan qattiq qo\u2019rquvga tushib, gunohidan o\u2019tishni so\u2019rab, katta tuhfalar bilan elchilar jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hijriy yetti yuz yetmish beshinchi yilning (1374 yil, mart) shavvolida, o\u2019rtadagi ikkinchi kelishuvga muvofiq, Amir Temur amakizodagi Yodgor Barlos ibn Lolani (u Qarochor no\u2019yon avlodi edi), pochchasi \u2013 Qutlug\u2019 Turkon Og\u2019oning eri Dovudbekni va O\u2019ljoybekni shohona tuhfalar bilan Xorazmga jo\u2019natadi. Oq So\u2019fi va Shakar Bekaning qizi Sevin Beka \u2013 Xonzoda Begim bu gal ulug\u2019 xonadonga kelin bo\u2019lishga shaylab qo\u2019yilgan, seplar allaqachon tayyor holiga keltirilgandi. Yusuf So\u2019fi Sohibqiron yuborgan sovchilarni katta hurmat bilan kutib oladi va to\u2019yni boshlab yubordai. Sovchilar Amir Temur kelin ko\u2019nmanasi uchun yuborgan tuhfalar nihoyatda qimamtbaho bo\u2019lib, ular orasida oltin halli, zarrin matolar, parch ava ipak gazlamalar, Xitoy shohisi, ot va xachirlar va xizmatkorlar bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovboshi Yodgor Barlos Xorazmda to\u2019yni o\u2019tkazib, yo\u2019lga tushish oldidan Samarqandga chopar yo\u2019llaydi. Chopar kelining olib kelinayotganligi to\u2019g\u2019risida xabar yetkazishi kerak edi. Sevin beka o\u2019g\u2019ruqining yaqinlashib kelayotgani daragi olingach, Oltin O\u2019rda xonlari avlodidan bo\u2019lgan kelin istiqboliga shu martabadagi kishialrni chiqarish belgilanadi. Chingizxonga to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri urug\u2019 bo\u2019lgan Qayduxonning (u O\u2019qtoyxonning o\u2019g\u2019li edi) xotini Kortuqa Xotun peshvoz chiqariladi. Ulug\u2019 bonu izidan Qiyotga qadar bo\u2019lgan masofada sayidlar, qozilar, allomalar, shayxlar, Samarqandning ulug\u2019 kishilari, ayonlari Xorazm shohlari qizini \u2013 Sohibqironning bo\u2019lajak kelinini kutib olish payida kunlarni \u2013 tunlarni bedor o\u2019tkazadilar. Hashamat, dabdaba va as-asa bilan kelin poytaxtga yetib keladi. Ulug\u2019vor to\u2019y tayyorgarligi boshlanib ketgan. Samarqand bemisl darajada bezatilgan edi. Muarrix, to\u2019y kuni haqida so\u2019zlaganida, kelin va kuyov boshidan shunchalik ko\u2019p tillo, kumush va marvaridlar sochildiki, ko\u2019p odamlar sochqilar ostida ko\u2019rinmay ketdi, deb yozadi. Sohibqironning bu to\u2019yga, Sevin Beka \u2013 Xonzoda Begimni kelin qilishga nechog\u2019lik katta e\u2019tibor berganligini shu misollardan ham tasavvur etsa bo\u2019ladi. Nega, degan savol ushbu so\u2019zlarimni o\u2019qir-o\u2019qimay tug\u2019ilishini yaxshi bimagan. Chunki, o\u2019zimga ham shu so\u2019roqni ko\u2019p martalab berganman.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir necha yil oldin, Sohibqiron to\u2019g\u2019risida asar yozayotganida, Abdulla Oripov shu muammo bo\u2019yicha men bilan suhbatlashgan, bu haqda ancha fikrlasgan edik. Men o\u2019shanda ulug\u2019 alloma Yahyo G\u2019ulomovning o\u2019tgan asrning qirqinchi yillarida aytib qo\u2019ygan bir so\u2019ziga tayangan edim. Keyinlar ham shu mavzu bobida kattadir-kichikdir yozuvlar qilganimda, ulug\u2019 allomaning qanchalar haq ekanligiga ko\u2019p bora ishonch hosil qilganman.<\/p>\n\n\n\n<p>Oltin O\u2019rda va Chig\u2019atoy ulusi o\u2019rtasida ikkiga bo\u2019linib qolgan Xorazm, uning Temuriylar davlatini tan olmagan Urganch \u2013 shimoliy qismini tobe etish Amir Temur uchun hech qanday tashvish va qiyinchilik tug\u2019dirmasdi. Mo\u2019g\u2019ulparast Xorazm So\u2019fiylari o\u2019zlarining nimaga qodir ekanliklarini yaxshi bilardi. Husayn So\u2019fining gapga kirib, aldanib Amir Temurga qarshi turish befoydaligini o\u2019ylaganligi, gunohini tan olib, kuyib-yonib o\u2019lib ketganligi, Yusuf So\u2019fining ham akasi xatosini takrorlab, pushaymon bo\u2019lganligi \u2013 bular hammasi Xorazmning shimolidagi mitti davlat Sohibqironning kundan-kunga kuchaya borayotgan saltanatiga qarshi turolmasligini dalolat etadi. Unda, nega Amir Temur So\u2019fiylarning iltijosiga quloq osadi, va\u2019dalarga ishonib ortiga qaytadi? Hatto kelinni ham yillab kutadi? Buning zamirida nimalar pinhon edi?<\/p>\n\n\n\n<p>Ulug\u2019 akademigimiz Yahyo G\u2019ulomov 1948 yilda, hali tarix fanlari nomzodi bo\u2019lgani kezlarida bir fikrni o\u2019rtaga qo\u2019ygan. Abdullo Oripov bilan shu mavzuda bo\u2019lgan gurunglarimizda yuqoridagi savolga javobni Yahyo G\u2019ulomovning bundan 64 yil muqaddam aytgan tubandagi so\u2019zlaridan topgan edim. O\u2019sha fikrlarni bu o\u2019rinda yana bir karra esga olish lozimati tug\u2019ildi: \u201cV.V.Bartold Temurning Dashti Qipchoqdagi mamlakatlarga bo\u2019lgan safarlari talovchilik maqsadida yasalgan chopqundan iborat edi deydi. Bunda V.V.Bartold haqli emas. Chunki Temur Oltin O\u2019rda xonligiga nisbatan o\u2019ylab yurgan tubli bir planiga ko\u2019ra ish qilmoqda edi. U, Xorazmdagi Oltin O\u2019rda xoni avlodidan bo\u2019lgan Xonzoda Begimni o\u2019z o\u2019g\u2019li Jahongir Mirzoga olib berish uchun oz muncha qon to\u2019kmadi. Buni amalga oshirgandan keyin, Xonzoda Begimdan bo\u2019lgan nabirasi Muhammad Sultonni o\u2019z o\u2019rniga o\u2019rinbosar qilishga tayyorgarlik ko\u2019rdi. Muhammad Sultonning o\u2019limi bunga monelik qildi. Nihoyat u, Xonzoda Begimning ikkinchi o\u2019g\u2019li Pir Muhammadni o\u2019z o\u2019rniga qo\u2019yishga vasiyat qildi. Bunda Temur o\u2019z taxtida Oltin O\u2019rda xonlari naslini ko\u2019rmoqchi va ularni Oltin O\u2019rda taxtiga ham merosxo\u2019r qilib tayyorlamoqchi bo\u2019lar edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu so\u2019zlar ikkinchi jahon urushidan ko\u2019p o\u2019tmay, milliy o\u2019lkalarda mahdudlik avj oldirilgan. Sho\u2019ro qatag\u2019onining yangi to\u2019lqini ko\u2019tarilib kelayotgan davrda aytilgan. Bu so\u2019zlardagi asosiy mazmun \u2013 mohiyat Amir Temurning yaxlit, birlashgan qudratli turkiy davlatni barpo etish niyatini ifodalashdadir. Xorazm Sohibqironning shu buyuk maqsadi yo\u2019lidagi hal qiluvchi darvoza hisoblanardi. Bu darvozadan o\u2019tilmay, turkiyalr azaldan tug\u2019di-bitdi bo\u2019lib kelgan Dashti Qipchoqni egallash, idora qilish mumkin emasdi. Amir Temurning Xorazmga, Urganchga bo\u2019lgan siyosiy maqsadi asosida yagona, qudratli turkiy davlat g\u2019oyasi turar edi. Ko\u2019ramizki, Sohibqiron o\u2019z niyati yo\u2019lida qon to\u2019kishni (Husayn So\u2019fi taklifiga binoan bitim tuzilishi) birinchi o\u2019ringa qo\u2019ymagan. Yo\u2019qsa, harbiy jihatdan zaif So\u2019fiylar sulolasini bir hamlada tugatish mumkin edi. Dastlab, bu yo\u2019lda qarindoshlik ristalarini bog\u2019lashni, uning samaralaridan bahramand bo\u2019lishni ko\u2019zda tutgan. Voqealarning rivoji, aduvlarning o\u2019rtaga suqilishi ishni teskari ketkizadi. Uzoqni ko\u2019ra olmaydigan So\u2019fiylarning keyingi vakillari ham ittifoqlikni emas, dushmanlikni, imkon topdi deguncha, Sohibqiron mulklarini bosqin qilishni, talashni hunar qilib oladilar. Amir Temur millat birligi, turkiylar manfaatlarning, o\u2019zimbo\u2019laychilikning girdobidan chiqa olmaydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u2026 Konigil dashtlari 1373 yilning may oyi oxirlarida oq shohi chodirlar va oq kigiz o\u2019tovlaridan oq dengizday chayqalib turardi. Muarrix, Jahongir Mirzo va Xonzoda Begim nikoh to\u2019yini o\u2019tkazish uchun tikilgan uylar osmondagi yulduzlardan ko\u2019proq edi, degan tashbehni keltiradi. Saltanatning taniqli beklari to\u2019yni o\u2019tkazishga mutasaddi bo\u2019ladilar. Kelin va kuyovga atab ulug\u2019vor oq o\u2019tov bunyod qiladilar, uyning ichi marvarid va gavharlar bilan ziynatlanadi. Gulgun sharoblar daryo bo\u2019lib oqadi, mug\u2019anniylar quyidan, hofizlar qo\u2019shiqlaridan ko\u2019ngillar mo\u2019mday eriydi. Munajjimlar nikoh o\u2019qitish uchun xayrli soatni belgilaydilar. Nikoh marosimi tamomiga yetgach, Sohibqironni qutlovchilar yoshlarga baxt-saodat tilovchilar oxiri ko\u2019rinmaydi. Tantanavor vaziyatda, minglab musiqiy asboblarining shodiyona kuylari sadosi ostida Muhammad Jahongir Mirzo va Sevin Beka Xonzoda Begim o\u2019zlari uchun maxsus qurilgan shohona o\u2019tovga kuzatib qo\u2019yiladi. Bu paytda Muhammad Jahongir Mirzo 17 yoshga to\u2019lgan, ayni navqironlik ayyomida parvoz qilayotgan paytlar edi. Sevin Beka 13-14 yoshli chiroyli tanho qiz edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oradan olti oy o\u2019tadi. Shahzoda va durqun kelinchak baxtli hayot kechira boshlaydilar. Hijriy yetti yuz yetmish oltinchi yilning sha\u2019bon oyi boshlarida, payshanba kuni Sohibqiron mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurashga otlanadi. Bu voqea 1375 yilning yanvar oyi boshlariga to\u2019g\u2019ri kelganligi bois, osmonni bulut qoplab, qor va yomg\u2019ir aralash yog\u2019adi. Shunday qattiq sovuq turadiki, birorta sipohiy qo\u2019lini yengidan chiqara olmaydi. Otlarga ozuqa berishga ham majol bo\u2019lmaydi. Odamlarga noqulaylik tug\u2019dirganidan pushaymon bo\u2019lgan Amir Temur, Samarqandga qaytishga, u yerda ikki oy turishga qaror qiladi. 1375 yilning 5 mart kuni sovuqlar pasaygach, shavvol oyining birinchi dushanbasi kuni katta lashkar Jete sari yo\u2019lga tushadi. Yosh kuyov, shahzoda Muhammad Jahongir Mirzo qo\u2019shinning ilg\u2019or qismini boshqaradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu yurishda Jahongir Mirzo mo\u2019g\u2019ul xoni Qamariddin sipohiylari bilan qattiq janglar qiladi. Sohibqiron shahzodaga qanday bo\u2019lmasin, Qamariddinni ushlash topshirig\u2019ini beradi. Mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinining minglik dastasi Jahongir Mirzo hujumiga dosh bera olmaydi. Qamariddin shu to\u2019qnashuvda mag\u2019lub bo\u2019lib jonini qutqarib, tog\u2019lar oralab qochishga tushadi. Shu jang chog\u2019ida mo\u2019g\u2019ul beklarining ulug\u2019 Shamsiddin bekning o\u2019rdasi \u2013 xotin-xalaji, qizi Dilshod Og\u2019o ham asirga olinadi. Mo\u2019g\u2019ullarga qarshi amalga oshirilgan bu yurish zafarli yakun topadi. Ammo, xavfli yog\u2019iy Qamariddin hamon tirik edi, undan har qanday qabihlikni kutsa bo\u2019ladi. Oradan bir yil kechib, 1376 yilning martida Sohibqiron Xorazmga uchinchi marta borishga azm qiladi. Oq Bug\u2019o Barlosni Samarqandda qoldirib, Sori Bug\u2019o va Odilshoh Jaloyir, Xitoyi Bahodur va Elchi Bahodurlarni o\u2019ttiz ming kishilik lashkar bilan Qamariddinga qarshi jo\u2019natadi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2019alamislarga bildirilgan ishonch hech qachon oqlanmagan. Sohibqironning fe\u2019li kengligiga, kechirimliga qoyil qolmay iloj yo\u2019q. Odilshoh degani Dilshod Og\u2019oga uylanish kunlarida Sohibqironga suiqasd qiluvchilarning biri bo\u2019lgandi. U avf etilgan, yana&nbsp; izzat qilinib, katta qo\u2019shinga boshliq etilgandi. Mo\u2019g\u2019ulistonga, yovuz Qamariddinga qarshi o\u2019ttiz minglik sipohiyni boshqarib borayotgan Sori Bug\u2019o bilan Odil shoh imkoniyatidan foydalanib, Xitoyi Bahodur va Elchi Bahodurni bandga soladilar. Sohibqiron Amir Temur hokimiyatga kelganiga olti yil to\u2019layotgan, uning davlati va kuch qudrati tobora mustahkamlanib borayotgan bir paytda, vaziyatni baholay olmaslik, kaltabinlik, hokimiyatga intilish qutqusi ularni yo\u2019ldan ozdiradi. Amir Temur tomonidan Andijonga hokim qilib qo\u2019yilgan Hamdi ham Sori Bug\u2019o va Odilshoh fitnasiga bosh qo\u2019shadi va ular birgalikda Samarqandga qarab, o\u2019ttiz ming kishilik qo\u2019shinni boshlab keladilar. Amir Temurning Xorazmga ketganligi ularga ayon edi, bunday fursatdan foydalanib qolishga, shum niyatlarini amalga oshirishga shoshiladilar. Ular Samarqandga bostirib kelib, shaharni qamalga oladi. Shahar aholisi o\u2019zboshimcha fitnagarlarni yoylardan, kamonlardan o\u2019q otib, ularni shahar yaqiniga yo\u2019latmaydi. Shahar dorug\u2019asi Oq Bug\u2019a tezlikda Sohibqironga xabarchi jo\u2019natadi. Amir Temur Qiyotdan o\u2019tib, Xosga (hozirgi Gurlan) yetganda Oq Bug\u2019a darakchisi voqeani Sohibqironga aytadi. Noxush xabar olingandan keyin, tezlikda Jahongir Mirzoni qo\u2019shinning ilg\u2019or qismiga boshliq qilib, Samarqandga jo\u2019natadi va uning izidan o\u2019zi ham qaytadi. Ortga qaytgan lashkar Buxoroga yaqinlashib, undan o\u2019tadi-da, Raboti Malik degan yerda to\u2019xtaydi. Jahongir Mirzo Karmina tuprog\u2019ida dushmanlik ko\u2019yiga yog\u2019iylar bilan to\u2019qnashadi. Qattiq jang Jahongir Mirzo foydasiga hal bo\u2019ladi, Sori Bug\u2019o bilan Odil shoh Sohibqironning katta dushmani O\u2019rusxon yurtiga, Dashti Qipchoqqa tomon qochadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu jang yigirma yoshli shahzodaning so\u2019nggi kurashi edi. G\u2019alabaning yuz berishida u katta jasorat ko\u2019rsatadi. O\u2019rusxon oldiga panoh istab ketgan tuzko\u2019rlar unga ham vafo qilmadilar. Yana mo\u2019g\u2019ul xoni Qamariddin oldiga qochib keladilar. Muhammad Jahongir Mirzo Karmanada bo\u2019lgan savashda yarador bo\u2019lganmi-yo\u2019qmi, bu to\u2019g\u2019rida tarixlarda so\u2019z yo\u2019q. Nima bo\u2019lganda ham, shu voqeadan keyin Samarqandga g\u2019alaba bilan qaytgan shahzodaning tobi bo\u2019lmaydi. Otasi Sohibqiron o\u2019zboshimchaliklarni haddan oshirayotgan, mulklarga chopqunar uyushtirayotgan Qamariddinga qarshi marta Mo\u2019g\u2019ulistonga otlanganda, kasalmand o\u2019g\u2019li Muhammad Jahongirni Samarqandda qoldirishga majburiyat sezgan. To\u2019rtinchi marta yurishda shunday holat bo\u2019ladiki, Amir Temur 200 yigiti bilan Qamariddinning 4 ming kishilik sipohiylarini qirib, tumtaraqay qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qamariddin ustidan g\u2019alaba dast bergan o\u2019sha kuni kechasi Sohibqiron tush ko\u2019radi, deb yozadi muarrixlar. Nizomiddin Shomiy bu haqda, \u201cAmir Sohibqiron ulug\u2019vor shayx Burhoniddin Qilichni (Shayx Sayfiddin Boharziyning o\u2019g\u2019li) tushida ko\u2019rdi. Kamoli odob bilan uning huzuriga borib, aziz farzandi Amirzoda Jahongir uchun himmat ko\u2019rsatib madad berishni so\u2019radi: Xudoyi Taolodan o\u2019g\u2019lim uchun salomatlik tilang\u201d. Shayx: \u201cXudo bilan bo\u2019lgin\u201d, dedi-yu, farzandi haqida hech nima aytmadi. Uyqudan uyg\u2019ongach, o\u2019g\u2019li borasida xotiri nihoyatda tashvishli edi. Amir Sohibqiron uning salomatligi haqida xabar keltirish uchun Yo\u2019l Qutlug\u2019 nomli xos kotibini yubordi. U ketgach, yana parishon tush ko\u2019rdi. Ko\u2019nglidagi bezovtalik kuchayadi. Jami amirlar va navkarlarini yig\u2019ib: \u201cMen farzandi dilbandimdan \u2013 qalbim mevasidan ayrilib qolmadimmikan, deb gumon qilyapman. Xudo xaqi, uning ahvolini mendan yashirmanglar. Bor haqiqatni aytinglar\u201d, dedi\u201d, deb yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikki o\u2019t orasida qolgan Sohibqiron ko\u2019nglida Muhammad Jahongir Mirzo tashvishi ustun keladi. Qamariddin yana qochadi, uning ishi bir yoqli bo\u2019lmaydi. Amir Temur Otaqum degan joydan qaytib, Sayhundan o\u2019tib Samarqandga yaqinlashib keladi. Shaharning fozilu fuzalolari, a\u2019yonlar, olimlar, ruhoniylar Sohibqiron istiqboliga qora libosda chiqadilar. Ular yig\u2019i-sig\u2019i bilan otani qarshilaydilar. Sohibqiron ularni ko\u2019rib, tushda voqe bo\u2019lgan alomatni o\u2019ngda yuz berganligiga amin bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron taxtining vorisi o\u2019limidan qattiq qayg\u2019uga cho\u2019madi. Uning farzand dog\u2019ida tushgan holatini tasvirlashga qalamlar ojiz bo\u2019lgan. Shomiy shunday satrlarni tarixga badal qilgan: \u201cAmir Sohibqiron bu azada navjivonu pahlavonu kamron farzandi firoqida ko\u2019zi giryon, bag\u2019ri baryon, ayriliqnng achchiq sharbatidan kosa-kosa ichdi, motam va musibat libosini kiydi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafiddin Ali Yazdiy, Sohibqiron dil jarohatini yaxshi va olijanob ishlar bilan davolashga kirishdi, kambag\u2019allarga, yetim-yesirlarga ko\u2019p ne\u2019matlar, nazr-niyozlar ulashdi, deydi. Muhammad Jahongirning jasadi Keshda dafn etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cZafarnoma\u201d asari muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzo vafot etganda yigirma yoshda edi, deb yozadi. Barcha tarixlarda Shahzodaning o\u2019limi hijriy 777 yil (1376 yilning yozi oxirlari, ilon yili) deb ko\u2019rsatiladi. Yazdiy Jahongir Mirzodan ikki o\u2019g\u2019il qolganligini aytib, amirzoda Muhammad Sultonning Xonzoda Begimdan, amirzoda Pir Muhammadning Baxt Malik Og\u2019odan tug\u2019ilganligini qayd etadi. Ayrim manbalarda Muhammad Sulton Mirzo otasi vafot etganda bir yoshli bola edi, deyiladi. Biz oldinda Yahyo G\u2019ulomovnig Pir Muhammad Mirzo ham Xonzoda Begim o\u2019g\u2019li ekanligini e\u2019tirof etganligini guvohi bo\u2019ldik. Jahongir Mirzo bilan Xonzoda Begimning to\u2019yi 1373 yilning may oyi so\u2019nglari \u2013 iyun oyo boshlarida bo\u2019lgan edi. Shahzoda to\u2019ydan roppa-rosa uch yil o\u2019tib, 1376 yil yozida olamdan ko\u2019z yumadi. Yahyo G\u2019ulomov, Pir Muhammadni Xonzoda Begimning o\u2019g\u2019li deb ko\u2019rsatganida, ishon bilan gapirgan. Gap Amir Temurning taxtga vorisligi \u2013 valiahdlik haqida ketayotganida, buni aytish mas\u2019uliyatini emas, Sohiqironning shunday qarorni qabul qilishiga \u2013 Pir Muhammadni valiahd etib tayinlashiga asos bo\u2019lgan omillar nima bilan bog\u2019liq edi, degan mulohaza ham muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sharafiddin Ali Yazdiyning Pir Muhammad Mirzo Baxt Malik Og\u2019odan tug\u2019ilgan, degan shahodatini ham inkor etisshga, qabul qilmaslikka hech bir asos yo\u2019q. Baxt Malik Og\u2019o Ilyos Yasuriyning qizi edi. Ilyos Yasuriy 1365 yilda Amir Temur, Amir Husayn bilan yovlashib yurgan kezlarida Ali, Hoji Mahmudshoh kabi ikki aka-ukasi bilan Amir Temur xizmatiga kirgan, og\u2019ir paytlarda hamdamu hamkor bo\u2019lgan edi. Shu qiyin yillarda Jahongir Mirzo Kayxusravning qizi Ruqiya Xonikaga ham unashtirilgandi. Mabodo, Jahongir Mirzo Ilyos Yasuriyning (Samarqand atrofida yashagan qavm boshliqlari, Xizr Yasuriyning ukalari) qizi Baxt Malik Og\u2019oga uylangan bo\u2019lsa, shu davrda, 12-13 yoshlarida, Ilyos Yasuriy otasi xizmatiga kirgan paytda, turmush qurgan bo\u2019lib chiqadi. Shunday bo\u2019lsa, Kayxusravning Xorazmga qilgan yurishda Amir Temurga xiyonat qilib, dushmanga aylanishi sabablari ham oydinlashgan bo\u2019ladi. Qizi Ruqiya ustiga yana xotin olish unga ma\u2019qul tushmagani, shu bois o\u2019ch olish yo\u2019liga kirgan, desak bo\u2019ladi. Sharafiddin Ali Yazdiydan boshqa mualliflar Baxt Malik Og\u2019o, Ilyos Yasuriy bilan qudalashish to\u2019g\u2019risida biror og\u2019iz so\u2019z uchramaydi. Turg\u2019un Fayziyev, Jahongir Mirzo 1374 yilda Ilyos Yasuriyning qizi Baxt Mulk Og\u2019oga uylanadi, deb yozadi \u201cTemuriylar shajarasi\u201d kitobida. Olimning e\u2019tiroficha, Pir Muhammad Mirzo shu onadan tavallud topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhtaram o\u2019quvchini azaliy tarixlarda bo\u2019lib turadigan bu xildagi ikki yoqlamaliklar ajablantirmasligi lozim. Yevropada bo\u2019lganining aksi o\u2019laroq, bizda oilviy hayot tadqiqiga munosabat boshqacharoq bo\u2019lgan. Oilaning ichki pardalari ko\u2019pincha yopig\u2019ligicha qoldirilgan. Temuriylar tarixi ham, ularning aksariyati oradan yillar o\u2019tib, voqealarning nozik jihatlari unutila boshlagan kezlarda yaratilgan. Chalkashliklar sabablari ko\u2019p. Muarrixlar ham yanglishgan o\u2019rinlar talaygina bo\u2019lib, ularning bir qsmi haqida yo\u2019l-yo\u2019lakay fikr yuritdik. Bundan tashqari, har qanday musannif mavzuga tegishli bo\u2019lgan bevosita va bilvosita manbalarning hammasini ko\u2019rib chiqishga qodir emas. Yahyo G\u2019ulomov ko\u2019rgan manbani, ehtimol, naqti soati bilan topish mumkin bo\u2019lar, u olim so\u2019zni bekorga aytadigan allomalar xilidan emas. Amir Temur Ilyos Yasuriy qizidan tug\u2019ilgan Pir Muhammadni valiahd qilib tayinlashi, negadir, kishini qoniqtirmaydi. Chunki uning nabiralari orasida opalari xonlar va amirlar qizi bo\u2019lganlari ko\u2019p edi. Ilyos Yasuriy tanilib-tanilmagan, akasi Xizr Yasuriy tanilib-tanilmagan, akasi Xizr Yasuriy 60-yillarda Temurbekni o\u2019ldirishga qasdlangan bir kimsa edi. Mening ko\u2019nglim, shu jihatlarni o\u2019ylab, Baxt Malik (Mulk) Og\u2019oning Pir Muhammadning onasi ekanligi da\u2019vosini ma\u2019qul ko\u2019rmaydi. Ehtimol, men adashayotgandirman. Hali, valiahdlik to\u2019g\u2019risida so\u2019z borganda, mulohazalrni yana davom ettiraman.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongir Mirzo yigirma yil umr ko\u2019rdi. Uning bosib o\u2019tgan qisqa hayot yo\u2019li o\u2019z murakkabliklari bilan kishini ham hayratga soladi, ham achintiradi. 1356 yilda Keshda \u2013 Shahrisabzda mulklarida tug\u2019ilgan Jahongir Mirzo tog\u2019asi Amir Husayn bilan otasi Amir Temur siyosiy kurashlariga erta aralashib, qaltis paytlarda, goh Keshda hayot kechiradi. Onasi O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o vafot etganda, u 10 yoshda edi. Onasi diydoriga to\u2019ymaslik, ota nazaridan chetda bo\u2019lish, faqatgina umrining 14 yilini shahzoda sifatida kechirish, Xorazmga, Mo\u2019g\u2019ulistonga qarshi yurishlarda qatnashish Jahongir Mirzoning yigirma yillik hayotining oson kechmaganligini tasavvur qilishga imkon beradi, deb o\u2019ylayman. Faqat janglar emas, o\u2019ylar ham uning sog\u2019lig\u2019iga putur yetkazgan, desam yanglishmayman. Yaqin do\u2019st bo\u2019lgan, ko\u2019p vaqtlar birgalikda mo\u2019g\u2019ullarga qarshi muvaffaqiyatli kurashlar olib borgan tog\u2019asi bilan otasining orasiga nifoq tushganligi, qattiq yovlashib qolganliklari, oxiri, bu kelishmovchiliklarning Amir Husayn o\u2019limi bilan xotima topishi loqayd qaraladigan hodisalardan emasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bo\u2019lib o\u2019tgan voqealarni u yuragidan o\u2019tkazmasligi mumkin emasdi. Uning tabiatan kuyunchakligini Amir Temur yaxshi bilgan. Sohibqiron shu boisdan, doimo uni ayagan ko\u2019rinadi. Agar qahri qattiq bo\u2019lganda edi, 1370 yilda Jahongirni tog\u2019asi Amir Husaynga qarshi kurashga jalb etgan bo\u2019lardi. Shahzodaning mustahkam irodasi yoshligidan namoyon bo\u2019lgandi. Sohibqrion Muhammad Jahongir Mirzoga valiahd sifatida qarar ekan, bunda uning sarkardalik salohiyati bilan bir qatorda, O\u2019ljoy Turkon Og\u2019odan tug\u2019ilganligini ham e\u2019tiborda tutar edi. O\u2019ljoy Turkon Og\u2019o \u2013 Turkistonni bir yuz yigirma besh yildan ortiq mustamlakaga aylantirgan, qonini zulukday surgan Chingizxon avlodidan, uning zulmidan xalos etgan yo\u2019lboshchi Amir Qazag\u2019onning nabirasi edi. Amir Qazag\u2019on asoslagan hokimiyat 1370 yilga qadar davom etdi. Amir Husaynning \u2013 Amir Qazag\u2019on nabirasining mo\u2019g\u2019ullarga nisbatan tutgan yo\u2019li nihoyatda qaltis edi. U, turkiy amirlar ittifoqligida&nbsp; hokimiyatini mustahkamlash uchun, bir qarasang, mo\u2019g\u2019ullarga qarshi kurash olib boradi, yana bir qarasang, toju taxtini himoya qilish uchun mo\u2019g\u2019ullardan yordam so\u2019raydi, ularga qo\u2019shilib, Vatan ozodligini shior qilgan turkiy amirlarga, o\u2019z safdoshlariga qarshi shamshir o\u2019qtaladi. Nima bo\u2019lganda ham, Amir Qazag\u2019on avlodi o\u2019lkada birinchi bo\u2019lib, toju taxtni Chingizxon avlodidan halollab olgan edi. Temurbek, shu jihatdan Amir Qazag\u2019onni juda qattiq hurmatlagan, uning o\u2019limidan keyin ham, garchand noshud bo\u2019lsa-da, Amir Husaynni taxtga ravo ko\u2019rgan, qo\u2019llab-quvvatlagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat boshqaruvi oyini jihatdan Turkiston taxti Amir Qazag\u2019on avlodiga mansub edi. Amir Husayn 1360 yildan to 1370 yilga qadar o\u2019zining bunday ulug\u2019, mas\u2019uliyatli ishga yaroqsizligini eng tuban darajada namoyon etmaganicha, Amir Temur taxt da\u2019vosini qilmagan. Mamlakat ayonlarining, atoqli ruhoniylarning fatvosi bilan u hukmdorlikni qabul qiladi. Uzoqni o\u2019ylaydigan, yurtning bir butunligini maqsadi deb bilgan Amir Temur uchun, o\u2019zidan keyin taxtga keladigan odam shu talablarga javob bera olishi kerak edi. Davlat boshqaruvida, toju taxt poygasida nimalar bo\u2019lmaydi, qanday otlar yiqilib, qanday otlar o\u2019zmaydi, deysiz. Agar Turkiston taxti Muhammad Jahongir Mirzoga nasib etgudek bo\u2019lsa, unga kelib chiqish sababidan e\u2019tirozlar mutlaqo bo\u2019lmasdi \u2013 u ona tomondan Turkistonning qonuniy hukmdori bo\u2019lgan Amir Qazag\u2019onga ulashar edi. Qolaversa, butun millatni yakjilov qilishni, qudratli turkiy davlatni barpo etishni maqsad qilgan. Amir Temur Jahongir Mirzoni Oltin O\u2019rda xonlariga nabira bo\u2019ladigan Xonzoda Begimga uylantirib, o\u2019z davlati sarhadlarini siyosiy va jug\u2019rofiy ma\u2019noda Dashti Qipchoqqa qadar kengaytirishga qonuniy zamin hozirlagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bunday nufuz Amir Temurning boshqa farzandlarida nisbatan kamroq edi. Yo\u2019qsa, Muhammad Jahongir Mirzo vafotidan keyin shijoatli shahzoda Umarshayx Mirzoni, botir va chapdast Amironshoh Mirzoni yoxud Shohruh Mirzoni, ulardan birini valiahd qilib saylashi mumkin edi. Sohibqiron valiahd bobida fikrini o\u2019zgartirmagan. Jahongir Mirzo o\u2019limidan so\u2019ng, uning o\u2019rniga o\u2019g\u2019li Muhammad Sulton Mirzoni, u ham bu olam bilan vidolashgach, Jahongir Mirzoning ikkinchi o\u2019g\u2019li, Yahyo G\u2019ulomov aytganidek, Xonzoda Begimdan tug\u2019ilgan Pir Muhammad Mirzoni o\u2019z o\u2019rniga qoyim maqom \u2013 valiahd qilib belgilaydi. Tarixning yechilmagan jumboqlari ko\u2019p. Sohibqiron Amir Temur kelinlar tanlash bobidagi muammoga davlat manfaati nuqtai nazaridan yondashgan ekan, valiahd \u2013 o\u2019zidan keyin mamlakatni kim boshqaradi, saltanatga kim egalik qiladi \u2013 bunga ham ana shu arshinda yondoshgan, desam xato bo\u2019lmaydi. Sohibqiron qaysi bolasini yomon ko\u2019rgan? Bunga salbiy javobni Ibn Arabshohdan ham topolmaysiz. Balki, Amironshohni dersiz. Yo\u2019q, bunday xulosaga asoslar yo\u2019q. Balki Shohruh Mirzo kanizakdan tug\u2019ilgani uchun unga pastroq nazar bilan qaragan bo\u2019lsa kerak, degan xayolga borarsiz. Shohruh Mirzoning kanizakdan tug\u2019ildi, deyilishi fors muarrixlarining uydirmasi, xolos. Uning onasi Tog\u2019ay Turkon Xorazm hukmdori Husayn So\u2019fining qizi bo\u2019lib, Amir Husayn unga uylangan va 1370 yilda u Amir Temur haramiga to\u2019rt ayolning biri bo\u2019lib qabul qilinganligi to\u2019g\u2019risida so\u2019zladim. Sohibqiron hayotligida Shohruh Mirzo hech bir jihatdan kamsitilmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jahongir Mirzo 20 yillik umrining 12-14 yilini davlat ishlariga bag\u2019ishladi. Undan Muhammad Sulton va Pir Muhammad Mirzo ismli ikki o\u2019g\u2019il qoldi. Umarshayx Mirzo va Jahongir Mirzo xotin-xalaji haqida aytilganlardan kelib chiqadigan bir mulohaza shundaki, Amir Temurning farzandlari ayshu ishratga, hashamatga, sharobxo\u2019rlikka asti ruju qilmaganlar. O\u2019sha davrning o\u2019ziga to\u2019q mo\u2019min-musulmoni sharoit ahkomi imtiyoziga ko\u2019ra to\u2019rtta xotin olish huquqiga ega edi. Har ikkala shahzoda ham haramida uchtadan xotin bilan kifoyalangan. Otalari yanglig\u2019 umrlarining ko\u2019p qismi ot ustida, jangu jadallarda kechgan shahzodalarning tarbiyasi kayfu safoga emas, Vatan va uning ozodligiga qaratilgan edi. Sohibqiron bu ishga jonini tikkani kabi o\u2019g\u2019illar ham shu yo\u2019lda fidoyilar qilib tarbiyalangandi. Shu sababli ham oila arqoni mustahkam, ildizi chinorniki singari baquvvat edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongir Mirzoning bevaqt o\u2019limi nafaqat uning otasini, aka-ukalarini, xeshu akroblarini, shuningdek, butun arkoni davlatni, Sohibqironning eng yaqin safdoshlarini ham qattiq qayg\u2019uga soladi. Bu saltanat uchun, Sohibqiron qurmoqchi bo\u2019lgan yagona, qudratli turkiy davlat rejasi uchun bemisl yo\u2019qotish bo\u2019lgan edi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Amir Temurning bolalikdan eng yaqin do\u2019sti Sayfiddinbekning o\u2019sha vaqtdagi holatini shunday tasvir etadi: \u201cShu voqeadan keyin Sayfiddinbekning qahri qattiq dunyo ishlariga ishonchi qolmadi, hamma narsadan qo\u2019lini yuvib, ruxsat oldi-da, Ka\u2019baga jo\u2019nab ketdi\u201d. Jahongir Mirzoning o\u2019limidan keyin Sohibqironning o\u2019zini o\u2019nglab olishi, uning metin irodasi bilan bog\u2019liq edi. Amir Temur o\u2019g\u2019li vafotidan keyin 29 yil umr ko\u2019rdi. U, nihoyatda qaysarlik, birso\u2019zlik bilan yaxlit turkiy davlat g\u2019oyasini umri oxiriga qadar amalga oshirishni, o\u2019zidan so\u2019ng ham shu maqsadning ijobat topishini o\u2019ylab ish tutadi. Shu boisdan davlat boshqaruvini o\u2019zidan keyin Jahongir Mirzoning ikki o\u2019g\u2019liga Muhammad Sulton va Pir Muhammad Mirzolarga bag\u2019ishladi. Lekin har uch nomzodda ham uning aytgani bo\u2019lmadi, Jahongir Mirzo, undan so\u2019ng Muhammad Sulton bevaqt olamdan ko\u2019z yumdilar. Pir Muhammadning valiahdligi nomiga tan olingan bo\u2019lsa-da, amalda hokimiyat talashlarida chekkaga chiqazilib qo\u2019yildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhammad Jahongir Mirzo 10 yoshga to\u2019lganda otasi Amir Temur hayotida kutilmagan nohushliklar sodir bo\u2019ladi. \u201cLoy jangi\u201d mag\u2019lubiyati alami Jeta lashkarining \u2013 mo\u2019g\u2019ullarning Sarbadorlar tomonidan Samarqandga kiritilmaganligi zafari bilan taskin topganday &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-kechikkan-toy-yoxud-birinchi-valiahd\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153702","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153702","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153702"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153702\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153703,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153702\/revisions\/153703"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153702"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153702"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153702"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}