{"id":153723,"date":"2025-10-01T06:36:47","date_gmt":"2025-10-01T03:36:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=153723"},"modified":"2025-10-01T06:36:47","modified_gmt":"2025-10-01T03:36:47","slug":"amir-temur-sulolasi-ikkinchi-valiahd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-ikkinchi-valiahd\/","title":{"rendered":"Amir Temur sulolasi. Ikkinchi valiahd"},"content":{"rendered":"\n<p>1405 yilga kelib, Sohibqiron Amir Temur vafot etgan paytda, Muhammad Jahongir Mirzo avlodi o\u2019n bir kishi edi. Bu vaqtda uning o\u2019g\u2019li Pir Muhammad hayot bo\u2019lib, akasi Muhammad Sultondan uch o\u2019g\u2019li, bir qiz qolgan edi. Pir Muhammadning oilasi katta edi \u2013 uning yetti o\u2019g\u2019il farzandi bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jahongir Mirzoning to\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019li Muhammad Sultonning tug\u2019ilish sanasi, fikrimcha, mushohadaga muhtoj. Hozirgi davr tarixshunosligi soatdek aniq ishlaydi \u2013 vaqt juda to\u2019g\u2019ri ko\u2019rsatiladi. Yil, oy va kun bexato zikr etiladi. O\u2019rta asrlarda yozilgan tarixiy asarlrda bu masalada loqaydlik juda sezilarli ekanligini uqtirishga hojat yo\u2019q. Uni Muhammad Sulton tavalludiga oid raqamlarning turlanishi misolida ham ko\u2019rish mumkin. Sharafiddin Ali Yazdiy \u201cZafarnoma\u201dsida Muhammad Sultonning vafot etgan vaqti 1403 yilning 13 marti, deb ko\u2019rsatiladi. Muarrix, shahzoda vafot etganda 29 yoshda bo\u2019lganligini ham aytadi. Shunday bo\u2019lsa, Muhammad Sulton 1374 yilda dunyoga kelgan bo\u2019ladi. Shu kitobda \u201cShahzoda Jahongirning Xonzoda Xonimga uylanishi haqida\u201d degan lavhasida bu to\u2019y 1374 yilning may oyi oxirlari \u2013 iyun oyi boshlarida bo\u2019lganligi qayd etiladi. Ota-onaning to\u2019yi 1374 yilda bo\u2019lsa-yu, Muhammad Sulton shu, 1374 yilda tug\u2019ilgan bo\u2019lsa?! Shubhasiz, bu yerda ishtixobga o\u2019rin bor. Yazdiy \u201cZafarnoma\u201dsining Muhammad Ali Darvesh tomonidan qilingan turkiycha tarjimasining 2008 yilda rus tiliga o\u2019girilgan nusxasi nashrga tayyorlagan taniqli olim Ashraf Ahmedov kitob oxirida berilgan 363-izohda otasi Muhammad Jahongir vafot etganda, o\u2019g\u2019li Muhamamd Sulton bir yoshli chaqaloq edi, deb yozadi. Bundan, Muhammad Sulton 1375 yilda tug\u2019ilgan, degan xulosaga kelish mumkin. Unda, akademik Yahyo G\u2019ulomovning Pir Muhammad ham Jahongir Mirzo bilan Xonzoda Begimdan tug\u2019ilgan, degan gapini qanday sharhlash kerak bo\u2019ladi?<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cZafarnoma\u201dni diqqat bilan mutolaa qilgan kishi, muarrix Muhammad Sulton bilan Pir Muhammadni bir ota-onadan tug\u2019ilgan kishilar sifatida talqin etilganligiga ishonch hosil qiladi. Ashraf Ahmedov ham Yahyo G\u2019ulomov fikrini tasdiq etib, yuqorida aytganim ruscha nashrda berilgan 585- izohda, \u201cMuhammad Sulton va Pir Muhammad Xonzoda va Jahongir Mirzodan tug\u2019ilgan o\u2019g\u2019illar\u201d, deb yozadi. Shunday ekan, Muhammad Sulton bilan Pir Muhammad Mirzo tug\u2019ilishi orasida ma\u2019lum muddat bo\u2019lishi tabiiy hol. Pir Muhammad Mirzo, tarixlarda qayd etilganidek, otasi vafotidan 40 kun keyin tug\u2019ilgan, demak, 1376 yil bo\u2019lishi haqidagi ma\u2019lumotni qanday tushunish kerak? Bu savolga javobni Fasih Xavofiyning \u201cMujmali Fasihiy\u201d degan asaridan topish mumkin bo\u2019ladi. Fasih Xavofiy o\u2019z yilnomasida voqea-hodisalarni nisbatan aniqlik bilan aks ettiradi. Kitobda, hijriy 775 yil voqea-hodisalari to\u2019g\u2019risida ma\u2019lumotlar keltirilar ekan, shu 775 hijriyda 1373-1374 yilda Jahongir Mirzo bilan Xonzoda Begimning to\u2019yi bo\u2019lganligini keltirib o\u2019tadi. Shunga ko\u2019ra, xulosa qilish mumkinki, Jahongir Mirzo bilan Xonzoda Begim nikohi 1373 yilda amala oshgan bo\u2019lsa, Muhammad Sultonning 1374 yil oxirlarida Pir Muhammad Mirzoning 1376 yilda, otasi o\u2019limidan 40 kun keyin tug\u2019ilganligi ayni haqiqat bo\u2019lib chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Sulton Mirzo tarbiyasi bilan Sohibqiron haramining ulug\u2019 malikalari mashg\u2019ul bo\u2019lgan Shahzoda olti-yetti yoshga to\u2019lgan chog\u2019larida bobosi xohishi bilan davlat ishlariga, aniqrog\u2019i, bobosining davlatlararo munosabatlariga aralasha boshlaydi. Hijriy 781 yili (1380) Sohibqiron Hirotda qishlagan paytida uning huzuriga Alibek ibn Arg\u2019unshoh Joniqurboniy tiz bukib keladi. Bu o\u2019sha, bir vaqtlar Temurbek va Amir Husaynni bandi qilib, Moxonda tutqunda saqlagan Turkman qavmi boshlig\u2019i edi. Uning otasi Arg\u2019unshoh XIV asr o\u2019rtlarida Xurosonning shimoli sharqida mustaqil hokimiyat qurgan hukmdor bo\u2019lgan. Sohibqiron itoat va xizmat uchun bosh egib kelgan Alibek Jonuqurboniyni eski qilmishlari uchun ayblab o\u2019tirmaydi. O\u2019tgan voqealar eslanmaydi, aksincha, unga hurmat va iltifot ko\u2019rsatiladi. Shu gurungda Amir Temur Alibek Joniqurboniyning qizini Muhammad Sulton Mirzoga unashtirish taklifini qiladi. Bu paytda Muhammad Sulton juda yosh, 6-7 yosh nari-berisi edi. Taklif qabul etiladi va to\u2019y bor necha kunga cho\u2019ziladi. Alibek Joniqurboniyga zarrin to\u2019nlar kiydiriladi, otlar tuhfa etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Alibek Joniqurboniy Sohibqiron bilan qarindoshlik rishtalarini bog\u2019laganiga qaramay, baribir, uning dushmani bo\u2019lib qolaveradi. To\u2019y vaqtidaerishilgan kelishuvga muvofiq, Xurosonga birlashib yurish qilish muddati kelganda, lafzidan qaytadi. Hirotni tobe etgan Amir Temur Kalotga \u2013 Alibekning qarorgohiga tomon yuzlanadi. Sohibqiron kelayotganini eshitgan beburd quda iloj topolmay, uning oldiga peshvoz chiqadi va bus afar ham kechiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur Eronzaminga ikkinchi marta qo\u2019shin tortganda Kalotga ham keladi. Alibek Joniqurboniy o\u2019z kishilari, xotinlari, mol-hollari bilan qal\u2019aga kirib, yog\u2019iylik yo\u2019liga qadam qo\u2019yadi. Sohibqiron o\u2019rtadagi qarindoshlik tufayli unga qarashli mulklarni chopqun qildirmaydi va unga kishi yuborib, \u201cNega mendan qo\u2019rqib, qal\u2019aga berkinib olding? Endi paysalga solib, o\u2019tirmay huzurimga kel va yo\u2019l qo\u2019ygan xatoingni tuzat. Agar kelmaydigan bo\u2019lsang, nimaiki sodir bo\u2019lsa, sening aybing bilan bo\u2019ladi?\u201d, degan so\u2019zlarni yetkazdiradi. Bu so\u2019zlar unga kor qilmaydi. Kalot qal\u2019asining mustahkamligiga ishonib, qal\u2019adan chiqishni istamaydi. Sohibqiron shu yerda to\u2019lg\u2019ama qiladi: Mazondaronga ketdik, deb ovoza tarqatadi-da, Kalot tomonga pinhona yurish boshlaydi. Harbiy hiylaga laqqa tushgan Alibek qal\u2019ada bir necha kundan buyon qamalib yotgan qo\u2019ylar, otlar va tuyalarni tashqariga olib chiqadi va yaylovga qo\u2019yib yuboradi. Sohibqiron lashkari lo\u2019ttiboz Alibekning bor mol-holini oladi. Amir Temur Kalot darvozasi oldida shohona chodir tikdiradi, uning oldida rang-barang bayroqlar hilpirab turadi. Alibek Joniqurboniy qal\u2019a atrofida joylashgan va son-sanoqsiz sipohiylarni ko\u2019rib qo\u2019rqib ketadi va shosha-pisha elchi jo\u2019natib, \u201cAhmoqona ishlarimdan pushaymonman va uyatdaman. Hukmdor inoyat ko\u2019rsatib, darvoza oldiga kelsa, oyog\u2019ini o\u2019pb, ko\u2019zlarimga surtardim\u201d, degan iltijoli so\u2019zlarni aytdiradi. Amir Temur bu gapdan ko\u2019ngli yumshab beshta sipohiy bilan qal\u2019a darvozasi oldiga yaqinlashib keladi. Qal\u2019a darvozasi nihoyatda tor, uzun va tig\u2019iz edi. Alibek Joniqurboniy Sohibqironning kam sonli odamlar bilan kelayotganini ko\u2019rib, yana shayton yo\u2019liga kiradi va ayyorlik ishlatmoqchi bo\u2019ladi. Bir guruh qurolli odamlarni panaga joylashtirib, o\u2019ng\u2019ay kelgan paytda hujum qilishga shaylab qo\u2019yadi. O\u2019zi esa, va\u2019dasidan qaytib, darvozaga kelmaydi. Sohibqiron uni bir muddat kutib, Alibekning qabihligini anglab ortga qaytadi. Qizig\u2019i shundaki, Alibek qo\u2019ygan pistirmadagi qurolli sipohlar xuddi sehrlangan kabi joyidan qimirlay olmay qoladi. Shundan so\u2019ng, yashin tezligida hujum boshlanadi. Alibek yana o\u2019rtaga odam soladi, yana yalinadi, qulingman, deb yolvoradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Alibek ertasiga Sohibqironning oyoqlarini o\u2019pib, qilgan ishidan pushaymonlik izhor etadi. Amir Temur uni bus afar ham kechiradi. Alibek esa yana dushmanlik yo\u2019liga kiradi. Qachonki, Amir Temur Mazondaronni zabt etganidan so\u2019ng unga dushmanlik maqomida bo\u2019lgan Alibek Joniqurboniyni Shayx Ali Bahodur Sohibqiron oldiga olib keladi. Odatga muvofiq, mag\u2019lub bo\u2019ynida qilich, ustida kafan bo\u2019ladi. Shu holda, Shayx Ali Bahodurning Alibekning bir qoshiq qonidan kechishni so\u2019rashi uning taqdirini hal etadi. Shayx Ali Bahodur Amir Temurning taniqli sarkardalaridan edi. Alibek bu ham ham kechiriladi va unga Radkan mavzesi beriladi. Alibekning keyingi taqdiri nima bo\u2019lgan, bu haqda tarixlarda gap yo\u2019q. Lekin uning ukasi Hojibek Joniqurboniy qo\u2019shin yig\u2019ib Amir Temurga itoat etmaslik yo\u2019lini tutadi. Amironshoh Mirzo uni mag\u2019lub etib, qochganida Xazarigira sayidlari uni tutib beradilar; u qatlga yetkaziladi. Ehtimol, bu voqea ustida Amir Temur bo\u2019lganida edi, ukasi ham Alibek singari kechirilgan bo\u2019larmidi? Nabirasi Muhammad Sulton Mirzoga qizini olib bergan Alibek Joniqurboniy qissasi shunday. E\u2019tibor berilsa, Sohibqiron qudachilikni juda yuqori qo\u2019yganligi, qadrlagani ma\u2019lum bo\u2019ladi. U, bu ishga juda katta mas\u2019uliyat bilan yondashgan, hech qachon jazolashga, orani buzishga intilmagan. Amir Temurning shu fazilatini ifoda qilish uchun bu haqda mufassalroq gapirishimga to\u2019g\u2019ri keldi. Bu birinchi va oxirgi misollar emas.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron Amir Temur Xorazmga qilingan beshinchi yurishdan qaytib, Samarqandda katta to\u2019y boshlaydi. To\u2019y shodiyonasi poytaxtni cho\u2019lg\u2019ab oladi. Shahar xalqi bir jonu bir tan bo\u2019lib, ko\u2019chalarni bayram liboslariga burkaydi. Bog\u2019i Behishtda shohona chodirlar, oq o\u2019tonlar tiklanadi. Anvoyi gilamlar baland osilib, rango-rang matolar, bayroqlar, chodirlar, o\u2019tovlar ustida hilpiray boshlaydi. Chodirlar va oq uylar ichlari qimmatbaho toshlar va gavharlar bilan bezatiladi. Bu voqea 790 hijriyda \u2013 1388 yilda bo\u2019lib o\u2019tadi. Shu ulug\u2019vor to\u2019yda Sohibqiron kenja o\u2019g\u2019li Shohruh Mirzoni, Jahongir Mirzoning o\u2019g\u2019illari, aka-uka Muhammad Sulton va Pir Muhammad Mirzolarni g\u2019uriylar avlodidan bo\u2019lgan qizlarga uylantiradi. Bog\u2019i Behishtda o\u2019tkazilgan to\u2019y tantanalari bir necha kun davom etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Sulton Mirzo otasi singari dovyurak, harb ishlarida mohir yigit bo\u2019lib ulg\u2019ayadi. Sohibqiron 1391 yilning may oyida Dashti Qipchoqqa qo\u2019shin tortganida uning ilg\u2019or qismi Shahzodaga ishonib topshiriladi. To\u2019xtamishxon nihoyatda ayyor dushman bo\u2019lib, uchi quyrug\u2019i yo\u2019q sahro va o\u2019rmonzorlarda unign haqida ma\u2019lumot to\u2019plash qiyin kechadi. Muhammad Sulton Mirzo jo\u2019mardlik qilib, To\u2019xtamish lashkaridan \u201ctil\u201d tutib keltiradi va undan yovning qo\u2019shini, ularning joylashuvi to\u2019g\u2019risida ma\u2019lumotlar olinadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Sulton va Pir Muhammad yosh bo\u2019lishlariga qaramay, Iroq va Fors mamlakatlariga qilingan yurishlarda mardlik va jasorat ko\u2019rsatadilar, qo\u2019shinning oldingi saflarini boshqaradilar. Muhammad Sulton bobosi singari bag\u2019rikeng, saxovatli bo\u2019lganligini muarrixlar qayd etadilar. Boshi Xotun qal\u2019asini olishda shu yerlik yo\u2019l ko\u2019rsatuvchiga Shahzodaga zar halli to\u2019n, oltin kamar va dastsi tillo qilich tuhfa qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1395 yilda To\u2019xtamishxonni ta\u2019qib qilayotgan Sohibqiron Amir Temur lashkari Moskvaga qadar borganligi to\u2019g\u2019risida Sharafiddin Ali Yazdiy xabar beradi. Lekin bir qator rus tarixchilari Yazdiy Moskva bilan Ryazanni adashtirgan. Amir Temur Yeletsdan nariga o\u2019tmagan, degan fikrni aytadilar. Amir Temur shaxsan Moskva fathiga kirishmagan bo\u2019lsa-da, bu shaharga uning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo o\u2019zining 10 ming kishilik qo\u2019shini bilan kirganligi haqiqatdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur 5 yillik safardan qaytganidan keyin Samarqandda, Ko\u2019k saroyda qishni o\u2019tkazadi. Shu yili \u2013 1396 yilda Muhammad Sulton Mirzoning o\u2019g\u2019li dunyoga keladi. U bu paytda 23 yoshda edi. Chaqaloqqa bobosi Muhammad Jahongir ismini beradilar. O\u2019g\u2019il nabira sharafiga xursandchiliklar qilinadi. Ko\u2019p o\u2019tmay, Muhammad Sulton Fors safariga jo\u2019natiladi. G\u2019alaba yuz bergach, Sohibqiron ham, nabira ham Samarqandga qaytadilar. Muhammad Sulton onasi Xonzoda Begim bilan ko\u2019rishish sharafiga noil bo\u2019ladi. Istiqboliga yukinib chiqqan Shahzodani ko\u2019rib, malika kelinning sevinchi olamga sig\u2019may ketdi, deydi muarrix.<\/p>\n\n\n\n<p>1398 yilning mart oyida Muhammad Sulton Mo\u2019g\u2019uliston chegaralariga jo\u2019natiladi va Ashparada qal\u2019a qurishni tayin etiladi. Shahzoda Yildirim Boyazid bilan bo\u2019lgan janglarda o\u2019zini ko\u2019rsatadi. 1403 yilning 9 martida Yildirim Boyazid nafas siquvi va qon bosimi oshuvidan vafot etadi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Sohibqiron Amir Temur mag\u2019lub podshohning o\u2019limidan qattiq qayg\u2019urganligini aytib, uning ko\u2019nglida Rum mamlakatini zabt etganidan keyin toju taxtni yana Yildirim Boyazidga berish maqsadi bo\u2019lganligini yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur Turkiyaning Oqshahariga turganida yana bir noxush xabar keladi. Muhammad Sulton qarorgohidan Dono Hoja yetishib, shahzodaning xastaligini, muolajalar kor qilmayotganligini aytadi. O\u2019z davrinign taniqli hakimlardan bo\u2019lgan Mavlono Faraj tabib Muhammad Sultonni davolayotgani, biroq berilgan dorilarning ta\u2019siri bo\u2019lmayotganligi Sohibqironni qattiq o\u2019ylovga solib qo\u2019yadi. Amir Temur, Dono Hojani qaytarib yuborar ekan, zarur ko\u2019rsatmalarni berib, yana tabiblar ham jo\u2019natib, \u201cShahzoda ahvolidan bizni tezroq xabardor qilib tur\u201d, deb tayinlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>1403 yilning 11 martida Dono Hoja kelib ketganidan bir kun o\u2019tib, Sohibqiron o\u2019rdasiga Davlat Hojai Elchi Bug\u2019o bir olam anduh bilan yetib keladi va Shahzodaning kasalligi zo\u2019rayganligini, uning tildan qolganligini yukinib so\u2019zlab beradi. Bu xabarni eshitgan hukmdorda toqat qolmaydi, zudlik bilan Muhammad Sulton sariga ot jilovini buradi. Amir Temur sevimli nabirasi, valiahdi Muhammad Sulton yotgan chodirga kirib, uning yostig\u2019ining yonida o\u2019tiradi. Shahzodaning ahvoli choparlar aytganidan ham og\u2019irroq bo\u2019lgan. Sohibqiron ko\u2019radiki, ish o\u2019nglanmaydigan holga kelgan. Muhammad Sultonni avaylab taxtiravonga soladilar va yo\u2019lga tushadilar. Qorahisordan uch manzil o\u2019tib, bir joyda to\u2019xtaydilar. Muhammad Sulton shu yerda hayot bilan vidolashadi. Bu voqea hijriy 805 yilning sha\u2019bon oyi 18-kunida, dushanba kechasi yuz beradi. Muarrix Yazdiy, Muhammad Sulton olam bilan xayrlashganda 29 yoshda edi, deydi. U, Muhammad Sultonning kasalligi haqida so\u2019zlaganida, Shahzodaning miyasi qattiq shamollaganligini, u juda kuchayib ketib, quturish alomatlari sodir bo\u2019lganligini yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur Muhammad Sulton o\u2019limidan qattiq qayg\u2019uradi, saltanat taxtidan tushib, motam liboslarini kiyib, ko\u2019zyoshlarini tiya olmaydi. Butun arkoni davlat motam tutadi. Lashkar ahli qora kiyimlarga cho\u2019lg\u2019anadi, o\u2019sha kunlari ulug\u2019 sarkardalar ham ot minmay, yetaklab, piyoda yurganlar. Shahzodaning jasadi vaqtincha Sultoniya shahrida dafn etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi valiahd qismati shunday kechadi. Undan Muhammad Jahongir (9 yoshda), Sa\u2019d Vaqqos (6 yoshda) va Yaho (5 yoshda) ismli uchta o\u2019g\u2019il va Og\u2019o Begi ismli bir qiz qoladi. Muhammad Sulton farzandlari ham siyosiy voqelikka erta aralasha boshlaydi. Valiahd shahzodaning O\u2019ga Begi ismli qizi, keyinchalik Ulug\u2019bek Mirzoning jufti haloli bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2019ng\u2019ich o\u2019g\u2019il Muhammad Jahongir Mirzo otasi vafot etganda, aytilgani kabi, 9 yoshda edi. Oradan ikki yil o\u2019tib, Sohibqiron Amir Temur ham hayot bilan vidolashadi. Muhammad Sultonning saltanatda nufuzi juda katta edi. Uning farzandlari ham katta imtiyozlarga ega bo\u2019lishgan. Sohibqironning o\u2019limi esa saltanat uchun ham, sulola uchun ham og\u2019ir yo\u2019qotish bo\u2019lib, uning o\u2019rnini bosadigan shaxsning maydonga chiqishi osonlikcha kechmaydi. Amir Temur qonunlariga bosh burmay amal qiladigan Temuriyzodalar bo\u2019lgani kabi, qattiqqo\u2019l bobo ketib, erkin nafas olish shavqida o\u2019zini tutolmagan nabiralar, evaralri ham kam emasdi. Sohibqiron taxtini egallash, uning davlatini xomtalash qilib bo\u2019lib olish qariyb besh-olti yil davom etadi. Qachonki, Shohruh Mirzo saltanat jilovini qo\u2019lga olgach, amaki va amakizodalar o\u2019rtasidagi g\u2019arazlar birqadar bosilganday bo\u2019ladi. Shohruh Mirzo ulkan oila sha\u2019nining xaloskori va homiysi sifatida maydonga chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiy Amir Temur vafotidan keyin yuz bergan jangu jadallar to\u2019g\u2019risida hikoya qilar ekan, 1408-1409 yillar oralig\u2019ida Mirzo Xalil Sultonning Amir Xudoydod bilan kurashganligini, yengilib uning qo\u2019liga tushganligini aytadi. Bu paytda 15 yoshda bo\u2019lgan Muhammad Sultonning katta o\u2019g\u2019li Muhammad Jahongir ham, aftidan, Xalil Sulton bilan Samarqand tegrasida bo\u2019lgan. Xudoydod unign navkarini Shohruh Mirzo huzuriga jo\u2019natadi. Xalil Sultonni asir qilgan Xudoydod Shoh Mirzoning Hirotdan Movarounnahr sari kelayotganini eshitib, qochishga tushadi. Shohruh Mirzo 1409 yilning may oyi boshlarida yetib kelganda, Samarqandda uni kutib oluvchilar orasida Muhammad Jahongir Mirzo ham bor edi. Shunga qarab fikr yuritilganda, Muhammad Jahongi ham otasiga tegishli bo\u2019lgan sipohiylarga bosh bo\u2019lgan va shu yillarda kechayotgan voqealar ishtirokchisi bo\u2019lgan. Shohruh Mirzo Movarounnahr mulklarini o\u2019g\u2019li Ulug\u2019bek Mirzo ixtiyoriga topshirganidan keyin, Abdurazzoq Samarqandiy ta\u2019kidlaganidek, \u201cHisori Shodmon viloyatini Mirzo Muhammad Jahongir ibn Mirzo Muhammad Sultonga suyurg\u2019ol tariqasida ato qildi va u viloyatning hosilini uning ixtiyoriga topshirdi hamda otalarcha pand-nasihat eshiklarini ochib\u2026 o\u2019z yetuk siyosati va farosati bilan ham bir zo\u2019rlik qiluvchini ranju alam ostida qoldirmasin\u201d, deb buyurdi. Shu haqda o\u2019z yilnomasida xabar bergan Fasih Xavofiy esa Shohruh Mirzo Muhammad Jahongir Mirzoga Toxariston mulklari berganligini yozadi. 15 yoshli shahzodaning Amir Temurning o\u2019g\u2019li, uning davlatiga egalik qilgan Shohruh Mirzo nazariga tushishi bejiz bo\u2019lmagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sohibqiron vafotidan keyin hokimiyat ta\u2019magirlaridan biri Shayx Nuriddin Samarqandga bir necha marotaba bosqinlar uyushtiradi. Shayx Nurddin Samarqandni qo\u2019lga kiritish va hukm surish uchun bir hiyla o\u2019ylaydi. \u201cMatlai sa\u2019dayn va majmai bahrayn\u201d da bu haqda, \u201cShayx Nuriddinning quvvati butunlay zaiflashdi va u Termizga keldi. Bu yerda u Hisor (Hisori Shodmon) viloyatida turgan Mirzo Muhammad Jahongir ibn Mirzo Muhammad Sultonni har xil hiyla va tadbirlar bilan o\u2019z huzuriga keltirdi\u201d, deyiladi. \u201cZubtat ut-tavorixi Boysung\u2019uriy\u201d asarida Shayx Nuriddinning hiylasi mohiyati ochib beriladi. Shayx Nuriddin Muhammad Jahongir Mirzo oldiga odam yuborib, \u201cMen bu mamlakatni sen uchun oldim, sen uchun shamshir urmoqdaman, Amir Sohibqiron mamlakatni sening nomingga vasiyat qilgan\u201d, deb Mirzo Muhammad Jahongirni ta\u2019malantirib, o\u2019z huzuriga chaqirtiradi. Ulug\u2019 amirzoda bunga e\u2019tibor bermadi. Shayx Nuriddin uning otasi Muhammad Sultonning eski navkarlaridan ba\u2019zilari, masalan, Amir Mubashshir, Amir Junayd Ayon, Hamza Sulduz va boshqalarga, sizlar nega amirzodani olib kelmaysizlar, men Samarqandda turmoqchi emasman, o\u2019z viloyatimga qaytib ketaman, agar sizlar uni mening huzurimga keltirsangizlar, u Samarqandga amiru hokim, sizlar esa har biringiz bir mo\u2019tbar amir bo\u2019lasiz, deydi. Ular bu so\u2019zga uchib, Amirzoda Muhammad Jahongirni o\u2019z ixtiyoriga qo\u2019ymay, shayx Amir Nuriddinning huzuriga olib keladilar\u201d, deydilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Hokimiyattalablar asl maqsadlarini, qora niyatlarini pardalash uchun shunday yo\u2019l tutishlari tarix uchun yangilik emas. Shayx Nuriddin ham necha yillar Amir Temur saltanatida vazirlik maqomida bo\u2019lib, toju taxtning ta\u2019mini yanada kattaroq totib ko\u2019rish uchun yo\u2019ldan ozadi. Toju taxt poygasidan chetda turgan Muhammad Jahongirni o\u2019z g\u2019arazli niyati yo\u2019lida qurbon qilishga intiladi. Shayx Nuriddin Muhammad Jahongirni bir sira sulton deb e\u2019lon qiladi ham. Fasih Xavofiy 1410-1411 yil voqealari silsilasida aynan shuni tarixga raqam etgan. Siyosat g\u2019arazli va shaxsiy maqsadlar yo\u2019lida ishlaganida, begunohlarning qoni to\u2019kilishi hech gap bo\u2019lmay qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jahongirni, shu tariqa, garovga ushlab, Shayx Nurddin Samarqanga jo\u2019naydi. Samarqand aholisi uni noxush qarshi oladi va jangda mag\u2019lub etadi. Bu orada Shohruh Mirzoning Movarounnahrga kelayotgani xabari yetishadi, qo\u2019rquvga tushgan Shayx Nuriddin Muhammad Jahongirni aldab olib kelgan Amir Mubashshirni qatl etadi. Mag\u2019lub bo\u2019lgan Shayx Nuriddin shahzodaning vositasida kun ko\u2019rmoq uchun uning viloyati Hisori Shodmonga yo\u2019l oladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu yillarda ulug\u2019 xonadon og\u2019ir sinovlar bo\u2019hronida qolgan edi. Oila sha\u2019ni Sohibqiron hayotligi davrida muqaddas tutilgan, unga og\u2019ishmay amal qilinib kelinardi. Muhammad Jahongir yosh bo\u2019lsa ham bobosi asoslagan oilaviy udumlarga sodiq ruhda tarbiyalangan edi. Shayx Nuriddinning makriga uchmaganligi, bu ishga majbur erilganligi ayon bo\u2019lganligi uchun (Amir Mubashshirning sirni ochib qo\u2019ymasligi uchun o\u2019ldirilishi) u Shohruh Mirzoni nazariga tushadi. Shohruh Mirzo Muhammad Jahongir Mirzoni uylantirishga qaror qiladi. Abdurazzoq Samarqandiy bu to\u2019y 816 hijriyning 14-jumod al-oxirda (11 sentabr, 1413) Hirot shahrining Bog\u2019i Zog\u2019on degan mashhur mavzesida o\u2019tganligini hikoya qiladi. Sohibqiron davrida to\u2019ylar Samarqandda, Konigilda o\u2019tardi. Endi esa Shohruh Mirzo saltanatining poytaxti Hirot to\u2019ylar urfga kiradi. To\u2019y tafsilotlari asarda shunday bayon etiladi: \u201cDavlat arboblari va hazrat xoqoni sa\u2019idining (Shohruh Mirzoning) a\u2019yonlari sochqilar keltirilib, zarlar sochdilar\u2026 Majlis osmon yanglig\u2019 yulduzlar nuri bilan bezatildi. Mohir munajjimlar vaqt toleini tanladilar va sayyidlar, qozilar, akobirlar ham ashraflar Bog\u2019i Zog\u2019onga keltirilib, saltanat sadafida parvarish topgan bir durni davlat burjining duri bo\u2019lmish Mirzo Muhammad Jahongir nikohiga kiritildi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Fasih Xavofiy ham o\u2019z yilnomasida Muhammad Jahongirning uylanish to\u2019yi haqida ma\u2019lumot beradi. Abdurazzoq Samarqandiy nima sababdandir kelinning ismi sharifasini aytmagan. Bu esa juda ahamiyatli. Gap shundaki, Shohruh Mirzo o\u2019z qizi Maryam Sulton Begimni Muhammad Jahongirga nikohlab beradi. Fasih Xavofiy to\u2019y kunini ham aniq aytadi \u2013 816 yilning jumod al-oxir oyining payshanba kuni (29 avgust \u2013 27 sentabr, 1413 yil) to\u2019y bo\u2019lib o\u2019tadi. Muhammad Jahongir bu vaqtda 19 yoshga kirgan edi. Kechagina Shayx Nuriddin domiga tushib, undan eson-omon qutulgan shahzoda uchun bu mislsiz inoyat edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jahongir Mirzo bir muddat Xorazmda bo\u2019lganligini 1417 yil voqealari mundarijasidan bilish mumkin. 1417 yilning may oyida Mirzo Ulug\u2019bek Samarqanddan Hirotga keladi. Uni kutib olishga onasi Gavharshod Og\u2019o, Boysung\u2019ur Mirzo, Muhammad Jahongir Mirzo, Muhammad Jo\u2019tiy Mirzo va boshqa shahzodalar va ulug\u2019 amirlar peshvoz chiqdilar. \u201cMatlai sa\u2019dayn va majmai bahrayn\u201dda aytilishicha, shu tashrif chog\u2019ida, Mirzo Ulug\u2019bek 1417 yilning 18 mayida \u201cXorazmdan kelgan Mirzo Muhammad Jahongir va Amir Shohmaliklar sharafiga katta to\u2019y berdi va qolgan amirlarga shohona kiyimlar, yaxshi otlar bilan diljo\u2019ylik ko\u2019rsatadi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jahongir Mirzo Shohruh Mirzoning qizi Maryam Begim bilan baxtli hayot kechirgan. Zikr etilayotgan kitobda 1423 yil voqealari naql etilar ekan, shunday satrlarni o\u2019qib, ko\u2019ngil taskin topadi: \u201cAmirzoda Muhammad Jahongir ibn Amirzoda Muhammad Sulton hazrat xoqoni sa\u2019idga (Shohruh Mirzoga) kuyovlik izzati bilan sarafroz bo\u2019lgan edi, bu shahzoda uchun Onhazratning naslidan kelajagi qutli bo\u2019lgur bir o\u2019g\u2019il \u2013 Amirzoda Muhammad Sulton vujudga keldi: o\u2019n ikkinchi ramazonda (19 avgust, 1423) uning baxtiyor qadami sharofati jahon oroyish topdi va shavkatli bir to\u2019y tashkil qilinib, olam podshohona iltifotlarga g\u2019arq bo\u2019ldi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Amir Temur hayotligida bu sulola xonadonlarida urfga kira boshlagan bir jihatni sezmaslik mumkin emas. Bu \u2013 ota-bobolarning ismi shariflarini tug\u2019ilajak farzandlarga qayta qo\u2019yish bo\u2019lib, ulug\u2019 bobokalonlardan Iyjil ismi Sohibqiron farzandlari bolalariga berilgan bo\u2019lsa, otanng nomi bolaga o\u2019tishi ham kuzatiladi. Muhammad Jahongir vafot etgach, Muhammad Sulton o\u2019z o\u2019g\u2019liga otasi ismini beradi. Muhammad Jahongir farzand ko\u2019rganida otasi Muhammad Sulton nomini o\u2019g\u2019liga ism qilib tanlaydi. Bu xonadon chirog\u00edni o\u2019chirmaslik yo\u2019lida qilinayotgan sa\u2019y-harakatlar edi. Ikkinchi, e\u2019tiborni tortadigan tomon, Sohibqiron hayotligi davrida shakllangan, uning vafotidan keyin kuchli davom etgan ichki nikohlar edi, deyish mumkin. Amir Temur davrida farzandlar va nabiralar nikohiga xonlar, amirlar, podshohlar qizlarini kiritish keng amalda bo\u2019lgan bo\u2019lsa, Sohibqiron davlati kuchayib, hokimiyati mustahkamlangan XIV asrning 80-90-yillaridan e\u2019tiboran safdoshlar, ulug\u2019 amirlar xonadonlari bilan qudalashish kuzatilgani singari, aka bilan ukalarning qiz berib, o\u2019g\u2019il uylantirishlari ko\u2019paya beradi. Yuqorida shuni misol sifatida Muhammad Jahongir Mirzo Maryam Sulton Begim to\u2019yi va ularning o\u2019g\u2019il farzan ko\u2019rishlari to\u2019g\u2019risida tarix shahodatini hikoya qildim.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Sulton Mirzoning o\u2019g\u2019illari Sa\u2019d Vaqqos va Yahyo Mirzolar haqida manbalarda ma\u2019lumotlar yo\u2019q darajada. Otasi vafot etganda ular 5-6 yoshli bolalar edi. Qizi Og\u2019o Begi (Uga Begi) haqida ham kam narsalar bilamiz. Muhamamd Jahongirdan keyin o\u2019g\u2019il Sa\u2019d Vaqqos bo\u2019lib, u 1397 yilda tug\u2019ilgan. Fasix Xavofiy 1414-1415 yil voqealari haqida gapirganda, Shohruh Mirzoning Qum viloyati va unga tegishli mulklar boshqaruvini Sa\u2019d Vaqqosga in\u2019om etganligini yozadi. Bu paytda Sa\u2019d Vaqqos 17 yoshda bo\u2019lgan. Abdurazzoq Samarqandiy ham shu haqida so\u2019zlar ekan, \u201cShohruh hazratlari boshqa mulklarni sarishta qilish va qolgan ishlarni tartibga solishga kirishib, Qum mamlakatini shahzoda Sa\u2019d Vaqqosga topshirdi. Bu viloyatdan olinadigan daromadni uning devoni harajati uchun tayin qildi ham otalarcha nasihat eshiklarini uning baxt-saodatli yuziga ochdi\u201d, deydi. Bu so\u2019zlardan oldinroqda aytganim \u2013 Shohruh Mirzoning Sohibqirondan keyin ulug\u2019 xonadon sha\u2019ni qo\u2019riqchisi va himoyachisi sifatida faoliyat ko\u2019rsatganini anglash mumkin bo\u2019ladi. Sa\u2019d Vaqqos yosh bo\u2019lgani bois, siyosiy o\u2019yinlarda to\u2019g\u2019ri yo\u2019l topolmay adashadi. Amir Qora Yusuf Shohruh davlatidan Sultoniya qal\u2019asini olish ta\u2019masida yurardi. Buni, hatto Shohruh Mirzodan so\u2019ragan ham edi. Qora Yusuf qal\u2019ani kuch bilan olishga urinadi va bu joyga keladi. Qal\u2019a qutlovi Amir Bistom Jogir u kelishi bilan, o\u2019rniga o\u2019g\u2019lini qo\u2019yib o\u2019zi Qumga, Sa\u2019d Vaqqos oldiga yordam uchun madad so\u2019rab boradi. Amirzoda Sa\u2019d Vaqqos Bistomni qamoqqa oladi va bu haqda Shohruh Mirzoga xabar beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shohruh Mirzo bu ishdan norozi bo\u2019lib, Ardasher tavochini Qumga yuboradi. Sa\u2019d Vaqqos saroyda qilmishi noxush qarshi olingani sababli, ishlarni endi o\u2019nglay olmayman, degan o\u2019yga boradi-da, Qora Yusuf oldiga Bistomni ha birga olib ketadi. Qora Yusuf shahzodaning o\u2019zidan panoh istab kelganidan g\u2019ururlanib, Amir Bistomni banddan ozod qiladi va Sa\u2019d Vaqqosning navkarlariga Bistomning o\u2019g\u2019li Axiy Farajni qo\u2019shib, Qum shahriga, Sa\u2019d Vaqqosning mol-mulkini olib kelishga yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sa\u2019d Vaqqosning xotini Og\u2019o Begim xuddi ammasi Sulton Baxt Begim singari shijoatli, oqila va o\u2019ktam ayol bo\u2019lib, Amironshoh Mirzoning qizi edi. Qora Yusuf 1408 yilning 21 aprelida Amironshoh Mirzoni Tabriz yaqinida bo\u2019lgan jangda o\u2019ldirgan edi. Temuriylarning azaliy dushmani Qora Yusufning kimligini Og\u2019o Begim yaxshi bilardi. Shuning uchun ham, Qumni tashlab, Qora Yusufdan panoh istagan erining qilmishidan u o\u2019yga botadi va undan ko\u2019ra aqlliroq ekanligini ko\u2019rsatadi. \u201cNega men otamning qotili huzuriga borishim kerak ekan?\u201d degan qarorga keladi va o\u2019z navkarlarini tayyor holga keltirib qo\u2019yadi. Sa\u2019d Vaqqosning odamlari yetib kelganda, ularning hammasini qo\u2019lga olib, oyoq-qo\u2019llarini bog\u2019lab tashlaydilar. Sa\u2019d Vaqqosni yo\u2019ldan urgan, Qora Yusuf oldiga yetaklab borgan Temur Shayx, Qutlug\u2019 Hoja, Shayx Xasan Zinda va Shayx Ali Zindalarning qatl qildiradi. Ularning boshlarini o\u2019z navkari Sherzod orqali Hirotga, Shohruh Mirzoga yuboradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Abdurazzoq Samarqandiy bu voqea tafsilotini yanada chuqurroq keltiradi. \u201cMatlai sa\u2019dayn va majmai bahrayn\u201dda shu xususda shunday deydi: \u201cBir guruh mufsidlar Mirzo Sa\u2019d Vaqqosga: sen Bistamdek bir peshkashni qo\u2019lingda tutib turibsan, uni olib amir Qora Yusufning dargohiga borishing lozim, u bir umrga sendan mamnun bo\u2019ladi\u201d, dedilar. Soddadil shahzoda yo\u2019ldan ozdiruvchi qavmning so\u2019ziga uchib, Qutlug\u2019hojani Qumda ug\u2019ruq tepasida qoldirdi va Bistamni olib, uch yuzta suvoriy bilan birga isyonkorlik biyoboni-yu xatolik cho\u2019lida gumroh bo\u2019lib, amir Yusuf tomon yuzlandi\u2026 Mirzo Sa\u2019d Vaqqos shu yerda yashashga mayl qilib, Amir Qaro Yusuf amir Bistomning o\u2019g\u2019li Ahiy Farajni Qumni borishga tayin qildi. Ahiy Faraj shahzoda Vaqqosning haramini Ozarbayjonga olib kelishi uchun yo\u2019lga chiqib, Qumga yaqinlashdi. Mirzo Sa\u2019d Vaqqosning muhtaram harami Og\u2019o Begi Mirzo Amironshohning qizi bo\u2019lib, oqila va oliy himmat bir xotin edi. Mazkur ahvolni ko\u2019rib, u o\u2019z-o\u2019ziga: \u201cSa\u2019d Vaqqos xato ish qildi, agar biz u begona mamlakatga tushib qolsak, endi har lahzada unga qasd qilsalar kerak. Shunday bo\u2019lgach, turkmanlar ichida bizning holimiz qanday kechadi? \u2013 deb aytdi. U tadbirli, chuqur fikrli va makr-hiylali ayol bo\u2019lganligi tufayli, o\u2019z navkarlarini qurollantirib qo\u2019ydi va, turkmanlar yetib kelgach, ularning hammasini asir qilib oldi-da, Sa\u2019d Vaqqosni dushman tarafiga o\u2019tishga rag\u2019batlantiruvchilardan bo\u2019lgan Temur Shayx, Qutlug\u2019xoja va Shayx Ali Zindalar bilan qo\u2019shib qatlga yetkazdi va u sher xotin u nomardlarning kallasini o\u2019z navkarini Sherzod orqali hazrat xoqoni sa\u2019id (Shohruh Mirzo) huzuriga yuborib, bo\u2019lib o\u2019tgan voqea sharhidan ogoh qildi. Onhazrat uning bu mardonaligi uchun ko\u2019pdan ko\u2019p tahsinlar aytdi. Xoqoni sa\u2019id Sherzodga mehribonchilik ko\u2019rsatdi va Mirzo Rustamning navkari Sher Alini unga hamroh qilib, bir yupanchnoma bilan Qumga jo\u2019natdi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Mirzo Sa\u2019d Vaqqos, Abdurazzod Samarqandiy uqtirganidek, \u201cturkmanlarga qo\u2019shilganidek keyin Qum va Koshon mamlakati Hamadongacha fitna-yu tashvish o\u2019chog\u2019iga aylanadi\u201d. Haqiqatda, Rustam, Iskandar Mirzo kabi shahzodalar Sa\u2019d Vaqqosning ketishidan foydalanib, uning turkmanlar bilan bosib ketishidan foydalanib, uning turkmanlar bilan bosib kelishi xavfini vajh qilib, mulkgirlik fitnalarini avj oldiradilar. Ma\u2019lum bo\u2019ladiki, Sa\u2019d Vaqqos qilgan noma\u2019qulchiligidan qaytib Shohruh ostonalariga yaqinlasha olmagan. Shu voqeadan keyin, oradan bir yildan sal ko\u2019proq o\u2019tgach, Sa\u2019d Vaqqos Ozarbayjonda olamdan o\u2019tadi. U 1399 yilda tug\u2019ilgan bo\u2019lib, 18-19 yoshida o\u2019lib ketadi. Siyosiy o\u2019yinlar girdobiga tushgan shahzoda aql langarini qo\u2019lda tutmaganligi tufayli jonini qurbon qiladi. U, oila sha\u2019nini o\u2019ylaganida, ulug\u2019 amakisi va qaynotasi Amironshoh Mirzoning hurmatini qilganida, o\u2019z rafiqasi Og\u2019o Begimning sadoqatini hisobga olgani edi, sulolaning dushmani Qaro Yusuf huzuriga bormagan bo\u2019lardi. Va\u2019s Vaqqos fojiasi buyuk Sohibqiron Amir Temur asoslagan ulug\u2019 saltanatdan darslar ketib, oila sha\u2019nida ham puturga yo\u2019l qo\u2019yila boshlaganidan bird arak edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Jahongir Mirzo avlodlari, xonadoni, xotinlari, o\u2019g\u2019il-qizlari ekanman, tarixiy asarlarni sinchiklab, bir-biriga qiyoslab o\u2019qishning xosiyati boshqacha ekanligiga yana bir karra amin bo\u2019ldim. Muhammad Jahongir Mirzoning Kayxusrav Xuttaloniyning qizi Ruqiya Xonikaga juda erta uylanganligini, bu to\u2019y ramziyroq tusda bo\u2019lganmi, degan andishaga borganligimni esga olar ekanman, Abdurazzoq Samarqandiyning \u201cMatlai sa\u2019dayi va majmai bahrayn\u201d kitobida 1405-1406 yil voqealari tafsilotida, \u201cMahdi ulyo Ruqiya Xonikaning Samarqanddami yoki Keshda yashab turganligi (Movarounnahr) tilga olinganligi e\u2019tiborimdan chetda qolganligidan hijil bo\u2019ldim. Muhammad Jahongir Mirzo vafotidan keyin ham Ruqiya Xonika Temuriylar saroyida, kelin sifatida obro\u2019-e\u2019tiborda yashagan. U Muhammad Sultonning qizi, nabirasi Og\u2019o Begini (Uga Begi) tarbiya qiladi. Ruqiya Xonika 1406 yilda Shohruh Mirzo huzuriga Og\u2019o Begini olib keladi. Og\u2019o Begi Shohruh Mirzoning o\u2019g\u2019li Ulug\u2019bek Mirzoga uzatiladi. Og\u2019o Begidan Xonzoda Begim degan qiz tug\u2019iladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhamamd Sultonning kenja o\u2019g\u2019li, 1400 yilda tug\u2019ilgan Yahyo Mirzo haqida tarixlardan biror ishora uchratmadim. Muhammad Jahongir Mirzo 1433 yilning 25 iyunida vafot etadi. Maryam Sulton Beka esa 1441 yilning 14 iyunida hayot bilan vidolashadi. Muhammad Sultonning qizi Og\u2019o Begim (Ulug\u2019bek Mirzoning xotini) 1419 yil 3 fevralda olamdan ko\u2019z yumadi. Hayot ravishi shunday edi. Sohibqiron Amir Temurning farzandi Muhamamd Jahongir Mirzo tarmog\u2019i oilaviy hayoti lavhalari kishini vefarq qoldirmaydi. Hokimiyat, kurashlar, farzandlar, kutilmagan o\u2019limlar\u2026 Hayot, sen qanday maqomda bo\u2019lma, shiddat bilan davom etadi, bir soniya to\u2019xtab qolmaydi. 1434 yilda Jahongir Mirzo oilaviy shoxobchisidan evra Muhammad Sultonning Shohruh Mirzoning Ruqiya Sulton degan qiziga uylanish to\u2019yi bo\u2019lib o\u2019tadi. Sohibqiron davlati poydor ekan, oila sha\u2019ni, udumlari, an\u2019analari bardavom bo\u2019ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1405 yilga kelib, Sohibqiron Amir Temur vafot etgan paytda, Muhammad Jahongir Mirzo avlodi o\u2019n bir kishi edi. Bu vaqtda uning o\u2019g\u2019li Pir Muhammad hayot bo\u2019lib, akasi Muhammad Sultondan uch o\u2019g\u2019li, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-sulolasi-ikkinchi-valiahd\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":153562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[980],"tags":[],"class_list":["post-153723","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-amir-temur-sulolasi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153723","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=153723"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153723\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":153724,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/153723\/revisions\/153724"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/153562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=153723"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=153723"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=153723"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}