{"id":15421,"date":"2022-01-23T13:20:40","date_gmt":"2022-01-23T10:20:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15421"},"modified":"2022-01-23T13:20:43","modified_gmt":"2022-01-23T10:20:43","slug":"bastakorlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bastakorlik\/","title":{"rendered":"BASTAKORLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>BASTAKORLIK &#8211; yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlarida an&#8217;anaviy, mumtoz musiqa uslubi zaminida yuzaga kelgan badiiy an&#8217;ana, ijodiy kasb turi, musiqa ijodchiligi. Quyidagi ijod shoxobchalarini o&#8217;z ichiga oladi: 1) xalq orasida tanilgan muayyan kuy yoki ashula yo&#8217;lining o&#8217;zgacha mustaqil ko&#8217;rinishi (qayta ohangga va usulga solib, mualliflashtirilgan namunasi) ni yaratish. Masalan, rost maqomining &#8220;Ushshoq&#8221; sho\u2019balari asosida yaratilgan &#8220;Ushshoqi Hoji&#8221; yoki &#8220;Samarqand ushshog&#8217;i I\u2014 II&#8221; (Hoji Abdulaziz Abdurasulov), &#8220;Toshkent Ushshog&#8217;i I \u2014 I&#8221; (Mulla To&#8217;ychi Toshmuhamedov), &#8220;Ushshoqi Sodirxon&#8221; (Sodirxon Bobosharifov) kabi asarlar; 2) ma&#8217;lum cholg&#8217;u kuylarning \u2014 ashula, ashula yo&#8217;llarining \u2014 cholg&#8217;u variantlarini yaratish (I. Ikromov ashulalashtirgan &#8220;Munojot&#8221;, &#8220;Cho&#8217;li Iroq&#8221; singari); 3)birnechakuy, qo&#8217;shiq yoki ashulalarni umumlashtirib bir asar yaratish (H. A Abdurasulovning &#8220;Bozurgoniy&#8221;, &#8220;Bebokcha&#8221; asarlari kabi); 4) mustaqil asarlar (o&#8217;tmishda asosan kuy, qo&#8217;shiq va ashula yo&#8217;llari, hozirgi davrda boshqa janrlarda ham) ijod etish. O&#8217;rta Osiyoda Bastakorlik tarixi qadimdan boshlanadi. Iste&#8217;dodli xonanda, sozanda va zamonaviy ma&#8217;nodagi bastakorlar Borbadmarviy (6 \u2014 7-asrlar), Abdurahmon ibn Surayj (? -743), Abduhafz So&#8217;g&#8217;diy (? \u2014 832) va boshqalar. Yaqin va O&#8217;rta Sharqning deyarli barcha mamlakatlarida tanilgan. Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sino singari allomalar ham Bastakorlik bilan bevosita shug&#8217;ullanishganligi haqida ma&#8217;lumotlar bizgacha yetib kelgan. Bu ularning ilmiy-musiqiy asarlari amaliyot bilan uzviy bog&#8217;lanishiga asos bo&#8217;lgan. O&#8217;zbek xalqi orasida Bastakorlik ayniqsa Amir Temur va Temuriylar, xususan, Bobur hamda Boburiylar davrida mukammallashib, ilmiy va badiiy adabiyotda atroflicha o&#8217;z tarixi va ta&#8217;rifini topgan. Bastakorlik an&#8217;anaviy ijrochi (xonanda, ayniqsa sozanda) likdan turtki olib, maqom ijodchiligiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Dastlab (13-asr) o&#8217;n ikki maqom, so&#8217;ngra (16 \u2014 18-asrlar) uning zaminida Shashmaqom, Xorazm va Farg&#8217;ona \u2014 Toshkent maqom turkumlari shakllanishiga sabab bo&#8217;ldi. Maqom turkumlari tarkibida o&#8217;nlab cholg&#8217;u (&#8220;Saqili Islimxon&#8221;, &#8220;Saqili Ashkullo&#8221;, &#8220;Murabbai Komil&#8221;, &#8220;Saqili Niyozjonxo&#8217;ja&#8221; kabi) va ashula (&#8220;Samandariy&#8221;, &#8220;Karimqulbegi&#8221; singari) yo&#8217;llari yuzaga keldi. Bastakorlik san&#8217;ati, ayniqsa, 15 \u2014 16-asrlarda ommaviylashgan: qator shoir, olim va boshqalar ayni paytda bastakor ham bo&#8217;lgan. Abdurahmon Jomiy &#8220;Imoma&#8221; naqshi (yoki &#8220;naqshi Mullo&#8221;) ni, A. Navoiy bir qancha naqsh va peshravlar, Bobur &#8220;Chorgoh Savti&#8221; yo&#8217;llaridagi asarini ijod etgan. Bu davrga kelib Bastakorlikning asosiy janr va shakllari, uslub va usullarining rivoji o&#8217;z qiyomiga etdi. Manbalarda, ayniqsa Darvishali Changiy (16 \u2014 17-asrlar) ning musiqaga doir risolalarida (yuqoridagilardan tashqari) amal, qavl, savt, chorzarb hamda jir, kor, tarona ko&#8217;rinishlaridagi o&#8217;nlab asarlarning ta&#8217;rifi keltirilgan, bularning har birida ijod qilgan ko&#8217;plab bastakorlarning nomlari aytib o&#8217;tilgan. Samarqand, Buxoro, Hirot, Toshkent, Xo&#8217;jand, Qo&#8217;qon, Xiva kabi shaharlarda xonandalik, aksariyatida sozandalik bilan birga o&#8217;ziga xos Bastakorlik maktablari yuzaga kelgan. Mazkur ijodiy maktablarning yetuk namoyandalari o&#8217;z asarlarida mahalliy folklor (ayniqsa, marosim va lirik mavzudagi qo&#8217;shiqlar), maqom, katta ashula ijrochiligi va ijodkorligiga xos xususiyatlarni singdirishga intilganlar. Bastakorlik ijodi rivojining keyingi bosqichlaridan 19-asrning 2-yarmi \u2014 20-asr boshlanish davri diqqatga sazovor. Mazkur bosqichda Hoji Abdulaziz Abdurasulov (1852 \u2014 1936) kabi an&#8217;anaviy uslubda ijod etgan bastakorlar bilan yonma-yon Hamza ham o&#8217;zining qo&#8217;shiqlarini yaratdi. Bu qo&#8217;shiqlarda shoir o&#8217;zbek musiqa merosi tabiati, ohang va usullarini xalqaro, qator Sharq xalqlari (Ozarbayjon, tatar va boshqalar) ning musiqa folklori xususiyatlari bilan uzviy bog&#8217;ladi, marsh, vals kabi janrlardan keng foydalandi. 20-asr boshlarida o&#8217;zbek bastakorlari T. Jalilov (&#8220;Dovruq&#8221;), Yu. Rajabiy (&#8220;Hammamiz&#8221;, &#8220;Chamanzor&#8221; qo&#8217;shiqlari) asarlari o&#8217;zbek Bastakorlik ijodining bir-biriga ulanib ketishida ijobiy rol o&#8217;ynadi. 20 \u2014 30-yillarda taniqli sozandalar \u2014 changchi M. Xarratov, tanburchi A. Umarov, xonanda K. Otaniyozov, g&#8217;ijjakchi M. Niyozovlar ham davr ruhini to&#8217;laqonli ifodalovchi kuy va qo&#8217;shiqlar yaratishdi. Asrning 2-choragidan bastakorlarimizning O&#8217;zbekiston musiqa madaniyatiga qo&#8217;shgan hissalari nihoyatda unumli bo&#8217;ldi. Xususan 30 \u2014 40-yillardan o&#8217;zbek musiqali dramasi va komediyasi shakllanishida, 50-yillarda opera rivojida T. Jalilov va Yu. Rajabiylar hissasi katta. 20-asr o&#8217;zbek qo&#8217;shig&#8217;i taraqqiyoti K. Jabborov, F. Sodiqov, I. Ikromov, N. Hasanov, S. Kalonov, M. Mirzayev, F. Toshmatov, so&#8217;nggi yillarda F. Mamadaliyev, A. Ismoilov, O&#8217;. Rasulov, A. Dadayev kabi bastakorlar ijodida shakl topdi. Bastakorlik san&#8217;ati asta-sekin musiqa ta&#8217;limi tizimiga kiritilmoqda, atoqli bastakorlar asarlari nashr etilib, bular ijrosi buyicha maxsus ko&#8217;rik-tanlovlar o&#8217;tkazilmoqda, ayrimlarining ijodiga oid ilk tadqiqotlar yaratilmoqda. Ba&#8217;zan, asosan ko&#8217;p ovozli musiqa sohasida ijod qilgan kompozitor (doni Zokirov, Sayfi Jalil, Dadaali Soatqulov kabi) lar ham aynan Bastakorlik uslublarida kuy va qo&#8217;shiqlar yaratishgan. Ad: Gafurbekov T., Tvorcheskie resursi nasionalnoy monodii i IX prelomlenie v uzbekskoy sovetskoy muzike, T., 1987; musiqa ijodiyoti masalalari, T., 1997. Tuxtasin G&#8217;afurbekov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BASTAKORLIK &#8211; yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlarida an&#8217;anaviy, mumtoz musiqa uslubi zaminida yuzaga kelgan badiiy an&#8217;ana, ijodiy kasb turi, musiqa ijodchiligi. Quyidagi ijod shoxobchalarini o&#8217;z ichiga oladi: 1) xalq orasida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bastakorlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15421","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15421","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15421"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15421\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15422,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15421\/revisions\/15422"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15421"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15421"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15421"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}