{"id":15443,"date":"2022-01-23T13:43:26","date_gmt":"2022-01-23T10:43:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15443"},"modified":"2022-01-23T13:43:28","modified_gmt":"2022-01-23T10:43:28","slug":"batal-janri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/batal-janri\/","title":{"rendered":"BATAL JANRI"},"content":{"rendered":"\n<p>BATAL JANRI (Fransuzcha bataille -jang) \u2014 tasviriy san&#8217;atning urush va harbiy hayot mavzularini aks ettirishga bag&#8217;ishlangan janri. Jang ko&#8217;rinishlari, harbiy yurishlar, qurolli kuchlarning hayotini tasvirlash Batal janrida asosiy o&#8217;rinda turadi. Aniq jang lavhasini ifodalash, uning mazmunini ochib berilishi bu janrni tarixiy janrga yaqinlashtiradi. Tasviriy san&#8217;atda jang lavhalari tasviri juda qadimdan mavjud. Podsho, Fir&#8217;avn, shoxlarning zafarli yurishlarining tasvirlari Qadimgi Sharq san&#8217;atida, miniatyuralarda, Xitoy va Kampuchiya devoriy rasm va bo&#8217;rtma tasvirlari va boshqalarda ko&#8217;p uchraydi. Yevropa tasviriy san&#8217;atida Batal janri Italiya rassomlari (P. Uchchello, Pero della Franchesko va boshqalar) ijodida o&#8217;z ifodasini topdi. 15 \u2014 16-asrlardan janr sifatida shakllandi. Rassomlar jang ko&#8217;rinishlarini tasvirlab, urushning kishilarga qanchalar ofatlar va baxtsizliklar keltirishini yorqin lavxalarda ko&#8217;rsatdilar. Frantsuz inqilobi (1789 \u2014 94) va Napoleon yurishlari ham ko&#8217;pgina rassomlar ijodida o&#8217;z ifodasini topdi (A. Gro, T. Jeriko va boshqalar), ispan rassomi F. Goyya, frantsuz rassomi E. Delakrua bu janrda salmoqli asarlar yaratdi. Rus san&#8217;atida Batal janri. 18-asrdan rivojlanish bosqichiga o&#8217;tdi. Rus rassomlaridan V. Vereshchagin rus qo&#8217;shinlarining Turkistonni mustamlakaga aylantirish yo&#8217;lidagi urush harakatlarida qatnashib, urush ofatlarini gavdalantirgan &#8220;Turkiston&#8221; turkumini yaratgan. 20-asrga kelib jahon urushlari davrida yaratilgan, urush dahshatlari, xalq boshiga tushgan kulfatlar, ozodlik uchun kurash g&#8217;oyalarini aks ettirgan asarlarda Batal janri, tarixiy va maishiy janrlar o&#8217;zaro uyg&#8217;unlashib ketdi. Ijtimoiy va milliy ozodlik harakatlari Batal janrida burilish yasadi, uning imkoniyat doirasini kengaytirdi, badiiy mazmunini boyitdi. O&#8217;zbek tasviriy san&#8217;atida bu janrning sarchashmalari qadimdan \u2014 arxeologik topilmalar (san&#8217;at namunalari) va miniatyura san&#8217;atida ko&#8217;rinadi. Qo&#8217;lyozma kitoblar bezagining ajralmas qismiga aylangan mo&#8221;jaz rasmlarda bazmlar, qabul marosimlari va boshqa lavhalar bilan bir qatorda jang lavhalarini tasvirlash qat&#8217;iy an&#8217;anaga aylangan. Behzod, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqa musavvirlar jang lavhalarini o&#8217;ziga xos tarzda tasvirlagan. Shuningdek yozma manbalarda ta&#8217;kidlanishicha, Amir Temur saroyi devorlariga Sohibqironning qahramonlik yurishlarini aks ettirgan jang lavhalari ishlangan. 20-asr rassomlari ijodida milliy ozodlik uchun kurash, 2-jahon urushidagi xalqning jasorati, vatanparvarligi yorkin ifodasini topdi. M. Nabiyev, O&#8217;. Tansiqboyev, Z. Faxriddinov, A. Alimuhamedov va boshqa o&#8217;zbek rassomlari ijodida jang manzaralarini aks ettirgan asarlar, shuningdek mahobatli san&#8217;atda ham bu janrga mansub lavhalar bor (jumladan, Ch. Ahmarovning O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti binosidagi devoriy rasmlari, tempera, 1969). Ne&#8217;mat Abdullayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BATAL JANRI (Fransuzcha bataille -jang) \u2014 tasviriy san&#8217;atning urush va harbiy hayot mavzularini aks ettirishga bag&#8217;ishlangan janri. Jang ko&#8217;rinishlari, harbiy yurishlar, qurolli kuchlarning hayotini tasvirlash Batal janrida asosiy o&#8217;rinda turadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/batal-janri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15443","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15443","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15443"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15443\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15446,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15443\/revisions\/15446"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15443"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15443"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15443"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}