{"id":15518,"date":"2022-01-23T18:24:33","date_gmt":"2022-01-23T15:24:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15518"},"modified":"2022-01-23T18:24:35","modified_gmt":"2022-01-23T15:24:35","slug":"baxt","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/baxt\/","title":{"rendered":"BAXT"},"content":{"rendered":"\n<p>BAXT \u2014 ma&#8217;naviy-axloqiy tushuncha. Kishi o&#8217;z faoliyati natijalaridan, hayotda qo&#8217;lga kiritgan yutuqlaridan to&#8217;la qoniqish, yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga yetganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon bo&#8217;ladi. Baxt qadimgi davrda evdemonizm falsafasining asosiy tushunchasi bo&#8217;lgan. Uning vakillari Baxtga hayotning asosiy maqsadi, kishilar intiladigan masrurlikka erishilgan holatning, shodxurram bo&#8217;lishning eng oliy ko&#8217;rinishi sifatida qaraganlar. Aristotel, Epikur, Diogenlar ham shunday tushunganlar. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Sa&#8217;diy, Navoiy kabi olim va mutafakkirlar ijodida bu mavzu muhim o&#8217;rin egallagan. Zamonaviy o&#8217;zbek adabiyotida ham bu mavzuga katta e&#8217;tibor berilmoqda. Baxt nisbiy tushuncha, mutlaq Baxt yo&#8217;q. Baxtni qanday ma&#8217;noda tushunish shaxsning ijtimoiy o&#8217;rniga, bilimi, yoshi, dunyoqarashiga bog&#8217;liq. Baxt haqidagi kishilarning tasavvurlari ijtimoiy tuzum va undagi ijtimoiy munosabatlar majmuasi bilan uzviy bog&#8217;liq. Chinakam Baxtli bo&#8217;lish uchun har bir shaxs erkin, teng, o&#8217;z iste&#8217;dod va qat\u2019iyatini har tomonlama namoyon qilishi, moddiy va ma&#8217;naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo&#8217;lmog&#8217;i zarur. Shuningdek, Baxtga erishish uchun har bir shaxs jamiyatda, oilada o&#8217;z o&#8217;rnini topgan, burch va mas&#8217;uliyatni anglagan bo&#8217;lishi lozim. Odam o&#8217;z ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, xatti-harakati, xulqi, aql-zakovati bilan Baxtli bo&#8217;lish uchun nntilishi va kurashishi kerak. Inson o&#8217;z taqdirini xalq, Vatan taqdiri bilan uyg&#8217;unlashtirgandagina to&#8217;la Baxtli bo&#8217;lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>BAXT (1964 yilgacha Velikoalskseevskaya) \u2014 Sirdaryo viloyatiyaagm shahar (1980 yildan). Viloyatning shimoli-sharqida. Aholisi 10 ming kishi (2000). Toshkent \u2014 Xovos temir yo\u2019l hamda katta O&#8217;zbekiston trakti (Toshkent \u2014 Termiz avtomobil yo&#8217;li) yoqasida. Toshkentdan 95 kilometr Janubi-g&#8217;arbda. Baxtda paxta tozalash, non zavodlari, qandolatchilik, yaxna ichimliklar tsexlari, ishlab chiqarish tijorat firmasi, 3 umumiy ta&#8217;lim maktabi, kechki ta&#8217;lim maktabi, bolalar va o&#8217;smirlar markazi, o&#8217;quvchilar ijodiy uyi, Markaziy kasalxona, ambulatoriya, madaniyat uyi, 2 kutubxona bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BAXT \u2014 ma&#8217;naviy-axloqiy tushuncha. Kishi o&#8217;z faoliyati natijalaridan, hayotda qo&#8217;lga kiritgan yutuqlaridan to&#8217;la qoniqish, yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga yetganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon bo&#8217;ladi. Baxt qadimgi davrda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/baxt\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15518","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15518","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15518"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15518\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15520,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15518\/revisions\/15520"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15518"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15518"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15518"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}