{"id":15532,"date":"2022-01-23T19:05:49","date_gmt":"2022-01-23T16:05:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15532"},"modified":"2022-01-23T19:05:52","modified_gmt":"2022-01-23T16:05:52","slug":"bachadon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bachadon\/","title":{"rendered":"BACHADON"},"content":{"rendered":"\n<p>BACHADON \u2014 1. Ayollarning ichki jinsiy a&#8217;zosi; homila shu yerda rivojlanadi. Bachadon toq, kovak a&#8217;zo bo&#8217;lib, muskullardan tuzilgan va kichik chanoq bo&#8217;shlig&#8217;ida qovuq bilan to&#8217;g&#8217;ri ichak orasida joylashgan, shakli to&#8217;nkarilgan nokka o&#8217;xshaydi. Uning tanasi, tubi va bo&#8217;yni bo&#8217;ladi. Bachadon tanasi va tubi qovuq yuzasi bilan qovuq ustida oldinga bir oz bukilib joylashgan, orqa yuzasi to&#8217;gri ichakka yuzma-yuz turadi. Bachadon bo&#8217;ynining bir qismi qin ichiga kirgan bo&#8217;lib, shu yerda Bachadon teshigi kinga ochiladi. Bachadon devori ichki \u2014 shilliq qavat (endometriy), o&#8217;rta \u2014 muskul qavat (miometriy) va tashqi \u2014 seroz qavat (qorin pardasi) dan iborat. Shilliq qavat Bachadon naylari shilliq qavatining davomidir. Bachadon ichida shilliq qavat burmalari yo&#8217;q, asosan mayda bezlar uchraydi. Shilliqqavat Bachadon bo&#8217;ynida kepinlashib, burmalari va shilliq bezlari bo&#8217;ladi, u har oyda hayzga. tayyorlanadi; bunda Bachadonning yuza joylashgan shilliq qavati Markaziy nerv sistemasi hamda gipofiz va tuxumdondan ajralgan gormonlar (follikulin, progesteron) ta&#8217;sirida qalinlashadi, har oyda bir marta ko&#8217;chib, qon bilan ajraladi. Muskul qavat yaxshi rivojlangan, qon tomirlarga boy silliq muskul uch qavat bo&#8217;lib joylashgan. Seroz qavat Bachadon oldi va orqa yuzalarini qoplab, ikki yonboshida keng boylam hosil qiladi; shu boylam oralig&#8217;ida biriktiruvchi to&#8217;qima qatlami (parametriy) bo&#8217;ladi. Bachadon bo&#8217;shlig&#8217;i uchburchak shaklda bo&#8217;lib, uni kattakichik bir necha boylam va chanoq tubining muskullari o&#8217;z o&#8217;rnida ushlab turadi. Bachadon bo&#8217;ynining ichki yuzasi shilliq qavat burmalaridan iborat bo&#8217;lib, tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan; bo&#8217;yin devoridagi bezlar sekret chiqaradi; u ishqoriy reaktsiyaga, bakterisid xususiyatga ega. Uning bu xususiyati Bachadonga infektsiya tushishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaydi; bundan tashqari, spermatozoidning harakatchanligini oshirib, uning Bachadonga kirishini ta&#8217;minlaydi. Bachadon ancha harakatchan bo&#8217;lib, qovuq hamda to&#8217;g&#8217;ri ichak to&#8217;lganda, homiladorlikda va boshqa fiziologik holatlarda o&#8217;z shaklini oson o&#8217;zgartira oladi. Homiladorlikda muskul tolalarining yo&#8217;g&#8217;on tortishi va yangi tolalar paydo bo&#8217;lishi hisobiga Bachadon kattalashadi. Homila tug&#8217;ilgach Bachadon qisqaradi va yangi tolalar yo&#8217;qolib ketadi. Tug&#8217;ruqdan keyin tezda jismoniy ish qilganda chanoq tubining muskullari va boshqa boylamlari bo&#8217;shashib, Bachadon tushishi mumkin. 2. Urg&#8217;ochi hayvonlarning ichki jinsiy a&#8217;zosi \u2014 tuxum yo&#8217;lining kengaygan qismi, ularda Bachadon naylari ham kengaygan bo&#8217;lib, homilani saqlay oladi; shu sababli ular ko&#8217;p bolalaydilar. Ayrim chuvalchanglar, bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar, mollyuskalar va boshqalarda Bachadonga o&#8217;xshash tuzilmalar bor, shuningdek suvda va quruqda yashovchilar, ba&#8217;zi sudralib yuruvchilar va barcha sut emizuvchilarda Bachadon o&#8217;ziga xos tuzilishga ega. Bachadonda tuxum yoki pusht rivojlanadi. Tuxum qo&#8217;yadigan hayvonlarning yetilgan tuxum hujayrasi Bachadonda vaqtincha joylashadi. Ad:. Ahmedov N. K., Shomirzayev N. H., Normal va topografik anatomiya, T., 1991.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BACHADON \u2014 1. Ayollarning ichki jinsiy a&#8217;zosi; homila shu yerda rivojlanadi. Bachadon toq, kovak a&#8217;zo bo&#8217;lib, muskullardan tuzilgan va kichik chanoq bo&#8217;shlig&#8217;ida qovuq bilan to&#8217;g&#8217;ri ichak orasida joylashgan, shakli to&#8217;nkarilgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bachadon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15532","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15532","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15532"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15532\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15539,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15532\/revisions\/15539"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15532"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15532"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15532"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}