{"id":15541,"date":"2022-01-23T19:16:51","date_gmt":"2022-01-23T16:16:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15541"},"modified":"2022-01-23T19:16:53","modified_gmt":"2022-01-23T16:16:53","slug":"bachadon-tushishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bachadon-tushishi\/","title":{"rendered":"BACHADON TUSHISHI"},"content":{"rendered":"\n<p>BACHADON TUSHISHI \u2013 bachadon va diloqning o&#8217;z o&#8217;rnidan pastga siljishi bilan kechadigan kasallik; bunda bachadon to&#8217;la (jinsiy teshikdan chiqib ketadi) yoki qisman (jinsiy teshikdan bachadon bo&#8217;yni chiqadi xolos) tushishi mumkin. Ko&#8217;proq yoshi kattaroq ayollarda kuzatiladi. Ichki jinsiy a&#8217;zolarni o&#8217;z o&#8217;rnida ushlab turadigan chanoq tubi muskullari faoliyatining buzilishi, qorin ichki bosimining ortishi, jinsiy a&#8217;zolarning rivojlanmay qolishi, tug&#8217;ruq asoratlari, organizm to&#8217;qimalarining bo&#8217;shashishi va boshqalar sabab bo&#8217;ladi. Bachadon tushishi natijasida chanoqdagi boshqa a&#8217;zolar: qovuq, to&#8217;g&#8217;ri ichak devori ham siljiydi. Bachadon tushganda belda og&#8217;riq paydo bo&#8217;ladi, ko&#8217;p oqchil keladi, yurish qiyinlashadi. Agar bachadon to&#8217;la tushgan bo&#8217;lsa, bemor siyishga qiynaladi, chunki siydik yo&#8217;li bekilib qoladi, bunda kuchli og&#8217;riq, ba&#8217;zan bachadonning yallig&#8217;lanish kasalliklari va bachadon bo&#8217;ynida turli yarachaqalar hosil bo&#8217;lishi kuzatiladi. Bemorning ahvoliga qarab davo tayinlanadi, zaruriyat bo&#8217;lsa operatsiya qilinadi. Hozirgi vaqtda operatsiya yangi \u2014 laparoskop apparati yordamida yengil o&#8217;tkazilmoqda. Operatsiya qilish mumkin bo&#8217;lmasa, bachadon xalqasi (Kolso)dan foydalanish tavsiya etiladi, buni faqat vrach (ginekolog) buyuradi. Bachadon tushishining oldini olish uchun, uning ilk alomatlari sezilganda darhol ginekologga ko&#8217;rsatish va buyurganlarini (jismonan zo&#8217;riqmaslik, davo fizkulturasi bilan shug&#8217;ullanish, qorin devori bo&#8217;shashgan bo&#8217;lsa, bandaj taqish va boshqalar) bekam-ko&#8217;st bajarish lozim; bunda eng muhimi chilla davri tartibiga qatiy rioya qilishdir. Bachadon tushishi hayvonlarda ham uchraydi. Bunda bachadon ag&#8217;darilib, tashqariga chiqib qoladi. U, asosan, hayvonlarning vaqtidan o&#8217;tib tug&#8217;ishi, buzoq va yo&#8217;ldoshning qiyinlik bilan tortib olinishi, hayvon tuqqandan keyin to&#8217;lg&#8217;oqning zo&#8217;rayishi natijasida sodir bo&#8217;ladi. Bachadon tushganda jinsiy yoriqdan qizil go&#8217;shtdor narsa chiqib, pochaning yuqorisigacha osilib qoladi. O&#8217;z vaqtida yordam berilmasa, bachadon qorayib, to&#8217;q qizil rangga kiradi, so&#8217;ng nekroz hosil bo&#8217;ladi. Davolash: sigirning chanoq tomonini yelkasiga qaraganda balandroq qilib qo&#8217;yib, bachadondan yo&#8217;ldosh ajratiladi. To&#8217;lg&#8217;oqni pasaytirish uchun 1% li novokain eritmasidan 20 \u2014 30 ml yuboriladi. Bachadon achchiqtosh eritmasi yoki kaliy permanganatning kuchsiz (1:4000 \u2014 6000) eritmasi bilan yuviladi. Bachadonni to&#8217;g&#8217;rilash uchun qin lablariga yaqinroq joyni qo&#8217;l bilan qisib, chanoq bo&#8217;shlig&#8217;iga kirgiziladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BACHADON TUSHISHI \u2013 bachadon va diloqning o&#8217;z o&#8217;rnidan pastga siljishi bilan kechadigan kasallik; bunda bachadon to&#8217;la (jinsiy teshikdan chiqib ketadi) yoki qisman (jinsiy teshikdan bachadon bo&#8217;yni chiqadi xolos) tushishi mumkin. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bachadon-tushishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15541","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15541","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15541"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15541\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15545,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15541\/revisions\/15545"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15541"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15541"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15541"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}