{"id":15542,"date":"2022-01-23T19:17:13","date_gmt":"2022-01-23T16:17:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15542"},"modified":"2022-01-23T19:17:14","modified_gmt":"2022-01-23T16:17:14","slug":"bachadondan-tashqari-homiladorlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bachadondan-tashqari-homiladorlik\/","title":{"rendered":"BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK \u2014 urug&#8217;langan tuxum hujayraning bachadondan tashqarida taraqqiy etishi. Urug&#8217;langan tuxum hujayraning payvandlangan joyiga qarab, homila bachadon nayining o&#8217;zida (Bachadondan tashqari homiladorlikning shu xili eng ko&#8217;p uchraydi), tuxumdon yoki qorin bo&#8217;shlig&#8217;ida, shuningdek bachadonning rudimentar shoxida rivojlanishi mumkin. Bachadon naylarida yallig&#8217;lanishga xos o&#8217;zgarishlar (chandiq va boshqalar) bo&#8217;lishi oqibatida ular o&#8217;zining asosiy funksiyasi, ya&#8217;ni urug&#8217;langan tuxum hujayrani bachadon bo&#8217;shlig&#8217;iga o&#8217;tkazish qobiliyatini yo&#8217;qotadi, natijada urug&#8217;langan tuxum hujayra shu joyning o&#8217;zida taraqqiy etadi. Ko&#8217;pincha ayollar jinsiy a&#8217;zolari kasalliklari (polip, o&#8217;sma va boshqalar), infantilizm (jinsiy a&#8217;zolarning yetilmay qolishi), bot-bot bola oldirish, bolani uzoq vaqt emizish va boshqa sabab bo&#8217;ladi. Kasallikning kechishi va belgilari uning xili, bosqichi hamda homiladorlikning muddatiga bog&#8217;liq. Bachadondan tashqari homiladorlikning xamma xilida xam kindan qonli chiqindi ajraladi, ba&#8217;zan qon ketishi, qorin pastila og&#8217;riq, bo&#8217;shashish, bosh aylanishi, ko&#8217;ngil aynishi, rang o&#8217;chishi kuzatiladi. Bachadondan tashqari homiladorlik bachadon nayida bo&#8217;lsa, homiladorlikning 4 \u2014 6 haftasida nay yoriladi, bunda qorin pastila chidab bo&#8217;lmaydigan og&#8217;riq bo&#8217;lib, hatto hushdan ketish mumkin. Ko&#8217;p qon ketishi tufayli qon bosimi pasayadi, tomir tez, lekin bilinar-bilinmas uradi. Og&#8217;irroq hollarda shok ro&#8217;y berishi mumkin. Bachadondan tashqari homiladorlikka gumon qilinganda ayol darhol kasalxonaga yotqiziladi va jarroxlik usuli bilan davolanadi. Operatsiyadan keyin ma&#8217;lum muddatgacha yallig&#8217;lanish kasalliklarini o&#8217;z vaqtida davolatish, vaqt-vaqti bilan muntazam tibbiy (asosan akusher-ginekolog) ko&#8217;rikdan o&#8217;tib turish Bachadondan tashqari homiladorlikning oldini olishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ad.-.Skyorovya I. S.Shevchenko T. K., Aktualnoye problemo akusherskoy patologii, T., 1990.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK \u2014 urug&#8217;langan tuxum hujayraning bachadondan tashqarida taraqqiy etishi. Urug&#8217;langan tuxum hujayraning payvandlangan joyiga qarab, homila bachadon nayining o&#8217;zida (Bachadondan tashqari homiladorlikning shu xili eng ko&#8217;p uchraydi), tuxumdon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bachadondan-tashqari-homiladorlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15542","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15542","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15542"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15542\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15546,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15542\/revisions\/15546"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15542"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15542"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15542"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}