{"id":15588,"date":"2022-01-24T16:20:41","date_gmt":"2022-01-24T13:20:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15588"},"modified":"2022-01-24T16:20:42","modified_gmt":"2022-01-24T13:20:42","slug":"oymakorlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oymakorlik\/","title":{"rendered":"O&#8217;YMAKORLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;YMAKORLIK \u2014 amaliy san&#8217;atning qadimiy va keng tarqalgan turi; yog&#8217;och, ganch, metall, tosh, suyak, terrakota va boshqalarni o&#8217;yish, yo&#8217;nish, kesish yo&#8217;li bilan badiiy shakl yasash san&#8217;ati. Buyumlar, turli asboblarni nafislashtirishda, binolarni bezashda, kichik shaklli haykaltaroshlik kompozitsiyalari yaratishda keng qo&#8217;llanadi. O&#8217;ymakorlikning mustaqil janri gliptika; foydalanadigan xom ashyosiga ko&#8217;ra yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, ganch o&#8217;ymakorligi, tosh o&#8217;ymakorligi, metall O&#8217;ymakorlik (kandakorlik), suyak o&#8217;ymakorligi kabi turlari bor. O&#8217;rta Osiyoda, jumladan, O&#8217;zbekiston hududida O&#8217;ymakorlik juda qadimdan rivojlangan. Ibtidoiy odamlar yog&#8217;och, suyak, hayvon shoxlaridan o&#8217;zlari uchun zarur qurollar yaratib, ularni &#8220;bezashgan&#8221;, turli ramziy chiziq va belgilar ishlashgan, toshlarga rasmlar chizishgan. O&#8217;zbekistonning Janubdagi Oqtom va quyi Mozordan topilgan hayvon shoxi hamda suyak bo&#8217;lagiga chizib ishlangan tasvirlar miloddan avvalgi 2\u2014 1-ming yillarga mansub. Yumaloqtepa qa&#8217;rida milodiy 5-6-asrlarga oid yog&#8217;och O&#8217;ymakorlik namunalari saqlangan. Fayoztepa, Qoratepa, Ayritom poydevorlari marmar, toshdan ishlanib O&#8217;ymakorlik bilan bezatilgan yodgorlik namunasidir. O&#8217;rta Osiyoda O&#8217;ymakorlik 3 yo&#8217;nalishda mavjud bo&#8217;lgan: naqsh O&#8217;ymakorlik, mavzuli (odam va hayvon tasviri ishlangan) O&#8217;ymakorlik hamda naqsh va mavzuli O&#8217;ymakorlik uyg&#8217;unligidagi murakkab kompozitsiyalar. Afrosiyob, Fayoztepa, Ayritom va boshqalarda qurilgan saroy, ibodatxona, zodagonlarning uy va qasrlari shunday O&#8217;ymakorlik bilan bezatilgan. Arablarning bu hududga kirib kelishi bilan bezak san&#8217;atida ko&#8217;proq geometrik va islimiy naqshlar keng o&#8217;rin egallab, ular xalqning ma&#8217;naviy estetik qarashlarini aks ettiruvchi vositaga aylandi.\u00a0 Shohizinda majmuidagi devor orasidan topilgan yog&#8217;och O&#8217;ymakorlik namunasi 12-asrga mansub. Shayx Sayfiddin Boharziy maqbarasidat yog&#8217;och taxtadagi naqshlar, ganch O&#8217;ymakorlik namunalari g&#8217;oyat murakkab va nafis. Amir Temur va Temuriylar davrida yaratilgan O&#8217;ymakorlik namunalari yuksak mahorat va nozik did bilan bajarilgan, unda ustaning mahorati, xalqning falsafiy- estetik qarashlari, go&#8217;zallik va jannat to&#8217;g&#8217;risidagi tushunchalari ramziy shakllarda o&#8217;z ifodasini topdi (Shirinbeka og&#8217;o maqbarasi o&#8217;yma naqshlari, Qusam ibn Abbos majmuasi eshiklari, Amir Temur maqbarasidat tosh o&#8217;ymakorligi namunalari va panjaralar). O&#8217;ymakorlikning yangi taraqqiyot bosqichi 16-17-asrlarga to&#8217;g&#8217;ri keladi, me&#8217;moriy qismlar (ustun, eshik, darvoza va boshqalar) bilan bir qatorda uy jihozlarini bezash ham keng tus oldi. 18-19-asrlarda O&#8217;ymakorlikning o&#8217;ziga xos maktablari rivojlandi, biribiridan jozibador san&#8217;at namunalari yuzaga keldi. O&#8217;ymakorlik uslubiy rangbaranglikka xizmat qildi. 19-asr oxiri \u2014 20-asrda Xiva (O. Polvonov, S. Bog&#8217;bekov), Buxoro (Usta Shirin Murodov, A. Boltayev), Qo&#8217;qon (Najmiddinov Haydar va uning o&#8217;g&#8217;li Q. Haydarov) va boshqalarda mohir, qo&#8217;li gul ustalar yetishib chiqdi, ular Xudoyorxon o&#8217;rdasi, Knyaz Romanov saroyi, Kalontarov uyi, Sitorai Mohi Xosa kabi me&#8217;moriy yodgorliklarni mahorat bilan bezadi. 20-asrda O&#8217;ymakorlik yangi mazmun va shakllar bilan boyidi, mintaqalardagi mahalliy xususiyatlar bir-biri bilan uyg&#8217;unlashib ajoyib mujassamotlar yaratildi (Navoiy teatri, Muqimiy teatri, Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi va boshqalar). Zamonaviy O&#8217;ymakorlik mustaqillik davrida bunyod etilayotgan me&#8217;moriy inshootlarning barcha turlarida qo&#8217;llanib, ular jozibador bezatilmoqda. Yog&#8217;och o&#8217;ymakorligida qo&#8217;qonlik Q. Haydarovning shogirdlari A. Abdullayev, H. Umarov, toshkentlik S. Xo&#8217;jayev, N. Ibrohimov, O. Fayzullayev, S. Rahmatullayev, N. Sohibnazarov, H. Odilov, A. Azlarov, samarqandlik M. Jumaboyev, A. Jalilov, N. Narzullayev va boshqalar; ganch o&#8217;ymakorligida M. Usmonovning shogirdlari M. Sultonov, A. Sultonov, Abdurahim Umarov, Mirvohid Usmonov va boshqalarning xizmatlari katta. Ne&#8217;mat Abdullayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;YMAKORLIK \u2014 amaliy san&#8217;atning qadimiy va keng tarqalgan turi; yog&#8217;och, ganch, metall, tosh, suyak, terrakota va boshqalarni o&#8217;yish, yo&#8217;nish, kesish yo&#8217;li bilan badiiy shakl yasash san&#8217;ati. Buyumlar, turli asboblarni nafislashtirishda, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oymakorlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-15588","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15588","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15588"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15588\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15589,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15588\/revisions\/15589"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15588"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15588"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15588"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}