{"id":15656,"date":"2022-01-25T08:00:11","date_gmt":"2022-01-25T05:00:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15656"},"modified":"2022-01-25T08:00:15","modified_gmt":"2022-01-25T05:00:15","slug":"ozbekiston-respublikasi-qurolli-kuchlari-markaziy-muzeyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasi-qurolli-kuchlari-markaziy-muzeyi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI MARKAZIY MUZEYI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI MARKAZIY MUZEYI \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli muassasalardan biri. 1965 yilda Markaziy ofitserlar uyi qoshida Turkiston harbiy okrugi jangovarlik shuhrati muzeyi sifatida tashkil etilgan. 1975 yil 7 mayda hozirgi binosiga ko&#8217;chgan. Umumiy maydoni 3 ming kvadrat metrdan ortiq . Eksponatlari 10 mingdan ziyod. Muzeyning asosiy ish faoliyati ekspozitsiyalar (buyum-ashyolar, hujjatlar, jangovar mukofotlar va qurol-yarog&#8217;lar) orqali yoshlar va harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Muzey binosi &#8220;Jasorat&#8221; nomli bog&#8217;da joylashgan. Bino oldida qo&#8217;lida qurol ushlagan askar haykali qo&#8217;yilib, unda &#8220;Vatan himoyachisiga&#8221; yozuvi bor. Haykal atrofida 2-jahon urushida qahramon unvoniga sazovor bo&#8217;lgan 338 o&#8217;zbekistonlik jangchilarning, 53 ta Shuhrat ordeni nishondorlari va &#8220;O&#8217;zbekiston qahramoni&#8221; unvonini olgan vatandoshlarimiz nomlari marmarga o&#8217;yib yozilgan. Bog&#8217; xiyoboni bo&#8217;ylab 2-jahon urushi davridagi va jangovar zamonaviy, haqiqiy texnika (MIG21 samolyoti, &#8220;Katyusha&#8221; JM13 mashinasi, tanklar, pushkalar, gaubitsalar) qo&#8217;yilgan. Razvedkachilar, desantlar, havo hujumidan mudofaa jangchilari, dengizchilar, uchuvchilar, artilleriyachilar, tankchilar, piyoda askarlar, chegarachilar, harbiy tibbiyot xodimlari, aloqachilar va sapyorlar byustlari o&#8217;rnatilgan. Harbiy xizmatga chaqirilganlar bog&#8217;da qasamyod qilishadi. Bino 3 qavatdan iborat bo&#8217;lib, ekspozitsiyalar 3 harbiy tarixiy davrga bo&#8217;lib yoritilgan. 1-davr &#8220;Temuriylar davridagi harbiy san&#8217;at (14-15-asrlar)&#8221; ga bag&#8217;ishlangan. Amir Temur harbiy sarkarda sifatidagi ko&#8217;p qirrali faoliyati yoritib berilgan. Zal Ekspozitsiyalari asosini &#8220;Amir Temurning To&#8217;xtamishxonga qarshi uchinchi harbiy yurishi&#8221; batal dioramasi (o&#8217;lchami \u2014 12,5&#215;3,5, mualliflari Alisher Ergashev, Mahmud Samiqov va Muxtor Zoirovlar) tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda &#8220;Amir Temur ot ustida&#8221; portreti (muallif R.Ziyodillayev), qurol-yarog&#8217;lar namunalari, bayroqlar, &#8220;Amir Temur davlati xaritasi&#8221;, nog&#8217;oralar va hokazolar o&#8217;rin olgan. 1-qavatda ko&#8217;rgazma va kino zallari joylashgan. 2-davr fashizmga qarshi kurash (1941-45 yillar) yillarida o&#8217;zbek xalqining qahramonligiga bag\u2019ishlangan. Har bir ko&#8217;rgazmada u yoki bu jangda qatnashgan o&#8217;zbekistonlik askarlarni shaxsiy buyumlari, jangovar mukofotlari, hujjatlari va hokazolar qo&#8217;yilgan. Vatandoshlarimizning mehnat frontidagi faoliyati keng yoritilgan. Eksponatlar orasidan fashistlar Germaniyasidan tortib olingan o&#8217;ljalar (fashistlar Germaniyasi harbiy mukofotlari, o&#8217;t ochish qurollari), qurolaslahalar, harbiy mashina, tank va samolyotlarning maketlari joy olgan. Zal ekspozitsiyalari xronologik xarakterga ega bo&#8217;lib, Brest qal&#8217;asi uchun bo&#8217;lgan janglardan tortib to Berlingacha bo&#8217;lgan janglarni o&#8217;zida yoritgan hamda to&#8217;liq ma&#8217;lumot berilgan. 3-davr &#8220;mustaqil O&#8217;zbekiston himoyasida&#8221; deb nomlanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topishi tarixi, uning qonuniy asoslari, Qurolli Kuchlarimiz qo&#8217;shinlari tarkibi, harbiy hududiy bo&#8217;linmalar \u2014 harbiy okruglar, ulardagi qism va qo&#8217;shilmalarning jangovar tayyorgarligi, oliy harbiy bilim yurtlarida, serjantlar tayyorlash maktablarida harbiy kadrlarni tayyorlash, shu bilan bir qatorda milliy armiyamizning xalqaro harbiy hamkorligi, tarbiyaviy, madaniy-ma&#8217;rifiy, sport hamda harbiy ommaviy axborot vositalari faoliyati keng yoritilgan. Muzey armiya faoliyatini yoritishda respublikamiz muzeylari orasida o&#8217;ziga xos ilmiy markazga aylangan. Muzey qoshida urush va Qurolli kuchlar faxriylarining kengashi tuzilgan. Dilorom Rahimova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI MARKAZIY MUZEYI \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli muassasalardan biri. 1965 yilda Markaziy ofitserlar uyi qoshida Turkiston harbiy okrugi jangovarlik shuhrati muzeyi sifatida tashkil etilgan. 1975 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ozbekiston-respublikasi-qurolli-kuchlari-markaziy-muzeyi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-15656","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15656","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15656"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15656\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15657,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15656\/revisions\/15657"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15656"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15656"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15656"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}