{"id":15715,"date":"2022-01-26T06:28:11","date_gmt":"2022-01-26T03:28:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15715"},"modified":"2022-01-26T06:28:12","modified_gmt":"2022-01-26T03:28:12","slug":"bahor-ansambli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bahor-ansambli\/","title":{"rendered":"&#8220;BAHOR&#8221; ANSAMBLI"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;BAHOR&#8221; ANSAMBLI, Mukarrama Turg&#8217;unboyeva nomidagi &#8220;Bahor&#8221; xalq raqs ansambli \u2014 &#8220;O&#8217;zbekraqs&#8221; birlashmasidagi jahonga mashhur ansambl. 1957 yil tashkil etilgan. Ansamblning asoschisi va birinchi badiiy rahbari Mukarrama Turg&#8217;unboyeva (1979 yilgacha), shuningdek B. Aliyev, Q. Dadayev ham tashkilotchilardan. Keyingi badiiy rahbarlari:Qunduz Mirkarimova (1979 &#8211; 88), Ravshanoy Sharipova (1988 \u2014 90), Ma&#8217;mura Ergasheva (1990 yildan). Musiqa rahbari Baxtiyor Aliyev (1965 yildan). 1964 yildan O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan ansambl. 1979 yildan M. Turg&#8217;unboyeva nomida. &#8220;Bahor&#8221; ansambli ijrochilarining asosini Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan qizlar va Toshkent davlat konservatoriyasi. O&#8217;zbekiston musiqa maktablarini tugatgan jo&#8217;rnavoz sozanda. Xonandalar tashkil etadi. Z. Rahmatullayeva, D. Kerimova, N. Atamanova, T. Yunusova, A. To&#8217;laganova, D. Abdullayeva, N. Bashirova, E. Rasulxo&#8217;jayeva, K. Rahmatullayeva, N. Alimboyeva kabi raqqosalar, B. Aliyev, R. Hamdamov, E. Karimov, Q. Dadayev, R. Akbarbekov, O&#8217;. Rizayev, S. To&#8217;xtasinov, B. Xoliqov, K. Nosirov, K. Komilov singari sozandalar hamda O. Matyoqubov, B.Yo&#8217;ldoshev va boshqa xonandalar ansamblning dastlabki ijodkorlaridir. Ansambl repertuarida 200 dan ortiq yakka va ommaviy raqslar bor. &#8220;Bahor&#8221; ansambli o&#8217;zbek xalqining ko&#8217;p asrlar mobaynida to&#8217;plangan an&#8217;anaviy raqs madaniyati bilan jahon zamonaviy raqslari yutuqlarini mujassamlantirgan. U tarixiy-etnografik va zamonaviy xalq raqslari asosida yangi mazmun kasb etuvchi sahna raqslari ijod etdi. &#8220;Zang&#8221;, &#8220;Davra&#8221;, &#8220;Katta o&#8217;yin&#8221;, &#8220;Tanavor&#8221;, &#8220;Lazgi&#8221;, &#8220;Munojot&#8221; kabi o&#8217;zbek mumtoz raqslari shular jumlasidandir. Ansambl repertuarini yanada boyishi, jahonga tanilishida 60-yillarning oxiri va 70-yillarda ansamblga kelib qo&#8217;shilgan M. Ergasheva, G. Foziljonova, O&#8217;. Muhamedova, G. Jo&#8217;rayeva, F. Nizomitdinova, D. Ziyoxonova, R. Nizomova, R. Sharipova, V. Romanova, G. Hamroyeva, M. Haydarova, D. Yunusovalarning xizmatlari kattadir. &#8220;Bahor&#8221; ansambli o&#8217;z dasturini O&#8217;zbekistonning turli hududlariga xos yangi-yangi raqslar bilan ham boyitmoqda. Farg&#8217;ona, Namangan, Andijon, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Xorazm raqslari qatorida O&#8217;zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha xalqlar va qoraqalpoq xalqining raqslari ansambl dasturidan o&#8217;rin olgan. &#8220;Bahor valsi&#8221;, &#8220;Diddor&#8221;, &#8220;Farg&#8217;ona ruboiysi&#8221;, &#8220;Gulnoz&#8221;, &#8220;Namanganolmasi&#8221;, &#8220;Andijon polkasi&#8221;, &#8220;Piyola&#8221; singari Farg&#8217;onacha uslubda yaratilgan raqslar, shuningdek &#8220;Samarqand beshqarsagi&#8221;, &#8220;Buxoro davrasi&#8221;, &#8220;Xorazm lazgisi&#8221;, &#8220;Qirq qiz&#8221;, &#8220;Nilufar&#8221;, &#8220;Oq oltin&#8221;, &#8220;Dugonalar&#8221;, &#8220;Sho&#8217;xi pari&#8221;, &#8220;Nozanin&#8221;, &#8220;Guldasta&#8221; kabi raqslar tomoshabinlarga manzur. Mehnat shavqi aks etgan &#8220;Pilla&#8221;, &#8220;Paxta bayrami&#8221; raqs syuitalari va &#8220;Gulsara&#8221;, &#8220;Namangancha&#8221;, &#8220;Rohat&#8221;, &#8220;Pomir raqsi&#8221; qizlarning eng sevgan raqslaridir. &#8220;Yetti Sayyora&#8221;, &#8220;Samarqand bahori&#8221;, &#8220;Quda-andalar&#8221;, &#8220;Cho&#8217;pon&#8221;, &#8220;Qo&#8217;g&#8217;irchoq&#8221; kabi syujetli raqslar ansambl repertuarining xilma-xilligini oshirdi. Jamoa repertuaridan hind, Pokiston, birma, yapon, koreys, Arab, turk, afg&#8217;on, Kuba, Venger, Vetnam, Chex kabi jahon xalqlarining raqslari munosib o&#8217;rin olgan. Ansamblning ko&#8217;pgina raqslari qo&#8217;shiq bilan ijro etiladi. Qo&#8217;shiqlarni xonandalar (Ahmadjon Shukurov, Xayrulla Lutfullayev va boshqalar) dan tashqari qizlarning o&#8217;zlari ham sozandalar bilan aytadilar. &#8220;Intizor&#8221;, &#8220;Uloq&#8221;, &#8220;O&#8217;zbegim&#8221; kabi qizlar lapari mashhur. Keyingi yillarda &#8220;Bahor&#8221; ansamblining &#8220;Besh go&#8217;zal&#8221;, &#8220;To&#8217;yona&#8221;, &#8220;O&#8217;zbekiston qizlari&#8221;, &#8220;Navro&#8217;z&#8221;, &#8220;Mukarramaxonim o&#8217;ynasa&#8221;, &#8220;Bahor nashidasi&#8221;, &#8220;Erkalab&#8221;, &#8220;O&#8217;zbekiston istiqloli&#8221;, &#8220;Majnuntol&#8221; kabi ommaviy va kompozitsiyali raqslari shuhrat qozondi. Ansambl raqslarini sahnaga qo&#8217;yganlar: Mukarrama Turg&#8217;unboyeva, Galiya Izmaylova, G&#8217;affor Vallomatzoda, Isoxor Oqilov, Qunduz Mirkarimova, Amina Dilboziy, Ma&#8217;mura Ergasheva va boshqalar. &#8220;Bahor&#8221; ansambli 1996 yildan &#8220;O&#8217;zbekraqs&#8221; birlashmasida faoliyat ko&#8217;rsatadi. Ansamblda 60 kishi qatnashadi (2000). Toshkentda Mustaqillik maydonida o&#8217;z kontsert zaliga ega. Yetakchi artistlari: Rushana Sultonova, Gulnora Nizomova, Roza Adamboyeva, Yelena To&#8217;xtayeva, Olima Yokubova (raqqosalar), N. To&#8217;raxo&#8217;jayev, I. Hamdamov, K. Mirzayev, M. Foziljonov (sozandalar), Erkin Ro&#8217;zimatov (xonanda). Ansambl Liviya, Marokash, Jazoir, Tunis, Hindiston, Singapur, Malayziya, Pokiston, Afg&#8217;oniston, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi mamlakatlarda gastrolda bo&#8217;lgan. Moskvada bo&#8217;lib o&#8217;tgan jahon yoshlari va talabalari 6-festivali, Leypsigda o&#8217;tkazilgan xalq raqslari 8-festivali (1971) laureati. Muhsin Qodirov, Mohina Ashirova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;BAHOR&#8221; ANSAMBLI, Mukarrama Turg&#8217;unboyeva nomidagi &#8220;Bahor&#8221; xalq raqs ansambli \u2014 &#8220;O&#8217;zbekraqs&#8221; birlashmasidagi jahonga mashhur ansambl. 1957 yil tashkil etilgan. Ansamblning asoschisi va birinchi badiiy rahbari Mukarrama Turg&#8217;unboyeva (1979 yilgacha), shuningdek &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bahor-ansambli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15715","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15715","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15715"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15715\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15723,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15715\/revisions\/15723"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15715"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15715"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15715"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}