{"id":15769,"date":"2022-01-26T11:28:14","date_gmt":"2022-01-26T08:28:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15769"},"modified":"2022-01-26T11:28:15","modified_gmt":"2022-01-26T08:28:15","slug":"bahrom-gor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bahrom-gor\/","title":{"rendered":"BAHROM GO&#8217;R"},"content":{"rendered":"\n<p>BAHROM GO&#8217;R yoki Varaxran V(shohlik yillari 421 \u2014 438) \u2014 Eronda hukmronlik qilgan sosoniylardan Yazdigardning o&#8217;g&#8217;li. Yaman podshohi Nu&#8217;mon va uning o&#8217;g&#8217;li munzir tarbiyasida o&#8217;sgan. Yazdigard zulmidan bezor bo&#8217;lgan xalq u vafot qilgandan so&#8217;ng Ardasher nasliga mansub Kisro (ba&#8217;zi manbalarda Xisrav, Xusrav)ni taxtga ko&#8217;taradi. Bu voqeadan xabar topgan Baxrom lashkar tortib Eronga keladi. U otasining xatolarini takrorlamaslik va mamlakatda adolat, tinchlik o&#8217;rnatishga o&#8217;z a&#8217;yonlari va xalq oldida qasamyod qiladi. An&#8217;anaviy shartga muvofiq ikkita sherni o&#8217;ldirib, ular o&#8217;rtasidagi tojni oladi va podshoxlik taxtiga o&#8217;tiradi. Uning sevgan mashg&#8217;uloti go&#8217;r (qulon) ovi bo&#8217;lganligi uchun ham u go&#8217;r laqabini olgan. Bahrom go&#8217;r davrida Eronda zardushtishshk dinini mustahkamlash va keng yoyish maqsadida yangi-yangi otashkadalar qurildi. Nasturiylik (xristianlikdagi oqimlardan biri) qattiq ta&#8217;qib ostiga olindi. Bu harakat Eron-Vizantiya urushini keltirib chiqardi (423 \u2014 424). Urushda Vizantiyaning g&#8217;alabasi nasturiylikka qarshi qaratilgan siyosatni bir oz su-aytirdi. Bahrom go&#8217;r Turon bilan ham urush olib borgan. 5-asrning 30-yillarida Ozarbayjon va Xuroson sosoniylar davlatiga qo\u2019shib olindi. Bahrom go&#8217;r shoir va bastakor-sozanda ham bo&#8217;lgan. U sosoniylar orasida birinchi bo&#8217;lib she&#8217;r va musika vaznini ijod etgan. Sharqning mashhur olti musika usuli (Shodiyona, Duyan, Axloqiy, Nanreziy, Ravona, ulusiy)dan eng sho&#8217;x va quvnog&#8217;i \u2014 Shodiyonaning bastakori. Firdavsiyning &#8220;Shohnoma&#8221;, Nizomiyning &#8220;Haft paykar&#8221;, Xisrav Dehpaviyning &#8220;Hasht big&#8217;isht&#8221; va Alisher Navoiynnng &#8220;Sab&#8217;ai say-yor&#8221; dostonlarida Bahrom go&#8217;r adolatli shoh, jasur sarkarda, ayni vaqtda maishatparast, xudbin shaxs sifatida tasvirlangan. Ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, Bahrom go&#8217;r 63 yil (ba&#8217;zi manbalarda 70 yil) umr ko&#8217;rgan. Yozma adabiyotda uiing shaxsi badiiy obraz darajasiga ko&#8217;tarilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BAHROM GO&#8217;R yoki Varaxran V(shohlik yillari 421 \u2014 438) \u2014 Eronda hukmronlik qilgan sosoniylardan Yazdigardning o&#8217;g&#8217;li. Yaman podshohi Nu&#8217;mon va uning o&#8217;g&#8217;li munzir tarbiyasida o&#8217;sgan. Yazdigard zulmidan bezor bo&#8217;lgan xalq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bahrom-gor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15769","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15769","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15769"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15769\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15773,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15769\/revisions\/15773"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15769"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15769"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15769"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}