{"id":15837,"date":"2022-01-26T19:48:10","date_gmt":"2022-01-26T16:48:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15837"},"modified":"2022-01-26T19:48:13","modified_gmt":"2022-01-26T16:48:13","slug":"bedil","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bedil\/","title":{"rendered":"BEDIL"},"content":{"rendered":"\n<p>BEDIL (taxallusi; asl ismi Mirzo Abdulqodir) (1644, Bengaliya, Azimobod shahri \u2014 1721, Dehli) \u2014 shoir, mutafakkir. Harbiy xizmatchi oilasida tug&#8217;ilgan. Ota-bobosi Kesh (Shahrisabz)lik, turkiy barlos urug&#8217;idan. Yoshligidan turli fanlarga qshiqqan. Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirza Abdulqosim kabi olimlardan ta&#8217;lim olgan. Hindiston bo&#8217;ylab ko&#8217;p sayohat qilgan, 1685 yildan umrining oxirigacha Dehlida yashagan. Fors tilida ijod qilgan. Arab, fors, hind, urdu tillarini mukammal bilgan, Sharq xalqlari adabiyotini, tasavvuf va yunon falsafasini, ayniqsa Aristotel falsafasini atroflicha o&#8217;rgangan. 10 yoshlaridan badiiy ijod bilan shug&#8217;ullangan. 20 yoshida she&#8217;rlarini saralab to&#8217;plashga kirishgan. Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda yashab ijod qilgan shoir o&#8217;z davriga befarq qaramagan, hindlar va musulmonlarning tinch-totuv yashashligini, yurtni obod, xalqni tinch-osoyishta, farog&#8217;atda, hamjihatlikda ko&#8217;rishni orzu qilgan. Inson erkinligi, tafakkuri haqida falsafiy fiqolar bayon etgan. Uning falsafiy-axloqiy qarashlari tasavvuf aqidalari ta&#8217;sirida shakllangan. Bedil dunyoqarashi tasavvufning vahdat ul-vujud ta&#8217;limotiga asoslanadi, ya&#8217;ni olamni Allohning ko&#8217;zgusi, inson qalbini shu ko&#8217;zguning markazi deb biladi. Inson qalbi qanchalik sayqal topsa, u shuncha Alloh nurini aks ettiradi. Shu bois Inson buyuk va qudratlidir. Ammo buni uning o&#8217;zi anglashi lozim, deydi. Bedil 120 ming misradan ortiq she&#8217;riy, ko&#8217;pgina nasriy asar yozgan.G&#8217;azal, ruboiy, qasida, qit&#8217;a, tarji&#8217;bandlarining o&#8217;zi 75 ming misrani tashkil etadi. Yirik asari &#8220;Chor unsur&#8221; (&#8220;To&#8217;rt unsur&#8221;, 1703) nasrda yozilgan bo&#8217;lib, she&#8217;rlar ham ilova qilingan. Kitobning dastlabki boblarida Bedil o&#8217;z hayoti haqida hikoya qiladi. So&#8217;nggi ikki bobda esa to&#8217;rt unsur \u2014 havo, suv, yer, olov to&#8217;g&#8217;risida; o&#8217;simliklar, hayvonlar va odamning paydo bo&#8217;lishi haqida so&#8217;zlaydi. Mutlaq ruh, ruh va narsa to&#8217;g&#8217;risida gapiradi, din hamda ruhoniylarning o&#8217;rni haqidagi o&#8217;z fiqolarini ifodalaydi. Kitobda parilar, jinlar, uyqu, tush ko&#8217;rish va boshqalar haqida hikoya va afsonalar ham mavjud. Bedil &#8220;Irfon&#8221; (&#8220;Bilim&#8221;, 1711 \u2014 12; &#8220;Komde va Mudan&#8221;, &#8220;Nukot&#8221; asarlari ham shuning tarkibida) dostonida falsafa, tarix, tabiiyot, adabiyot va ilohiyotning xilma-xil masalalariga to&#8217;xtalgan. Asarda borliq, materiya, zarrachalar, jonli mavjudot va narsalar tabiati haqida, nabotot to&#8217;g&#8217;risida so&#8217;zlaydi. Borliq, yo&#8217;kliq, fano, baqo singari falsafiy masalalar haqida fikr bildiradi. Til va tilning xizmati, ahamiyatini talqin etadi, hissiy va aqliy bilish manbai, tuyg&#8217;u, tushuncha, aql haqida muhokama yuritadi. U hind falsafasidagi &#8220;Tanosux&#8221; nazariyasi hamda Islom falsafasidagi &#8220;tavakkul&#8221; ta&#8217;limotini tanqid qiladi. Tabiat hodisalarini tabiatning o&#8217;zini o&#8217;rganish yo&#8217;li bilan tushuntirish lozim deb biladi. Uningcha, dunyo abadiy bo&#8217;lib, to&#8217;xtovsiz harakat qiladi va o&#8217;zgarib turadi. &#8220;Komde va Mudan&#8221; dostonida do&#8217;stlik, muhabbat, vafodorlik, adolat, ilmma&#8217;rifat masalalari aks etgan. &#8220;Nukot&#8221; (&#8220;Hikmatli so&#8217;zlar&#8221;) asarida esa Bedil qarashlarini yakunlab, umumlashtirgan. Bunda Bedil o&#8217;z ta&#8217;limoti asoslarini ham qisqacha bayon qilgan. &#8220;Tilsimi hayrat&#8221; (1669), &#8220;Muhiti A&#8217;zam&#8221; (&#8220;Buyuk okean&#8221;, 1681), &#8220;Turi ma&#8217;rifat&#8221; (&#8220;Ma&#8217;rifat tog&#8217;i&#8221;, 1687), &#8220;G&#8217;azaliyot&#8221;, &#8220;Ruboiyot&#8221; va boshqa asarlarida ham ijtimoiy masalalar yoritilgan. She&#8217;rlarida tarbiya, xulq-axloq to&#8217;g&#8217;risidagi o&#8217;z fiqolarini bildiradi, jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizlik kabi illatlarni qoralaydi. Bedilning ijtimoiy masalalarga oid qarashlarida ma&#8217;rifatparvarlik, muruvvat va odamiylik asosiy o&#8217;rinni eg&#8217;allaydi. Asarlarining ko&#8217;pchiligi 16 jildli &#8220;Kulliyot&#8221;iga kirgan (Bombay, 1882). Hindiston bilan Turkiston qadimdan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqada bo&#8217;lgan. Bu Turkistonda Bedil asarlarining tarqalishiga keng yo&#8217;l ochgan, ammo turli ijtimoiy guruh vakillari shoir merosidan o&#8217;z manfaatlari yo&#8217;lida foydalandilar. Bedil asarlarida Turkiston va Hindiston xalqlari o&#8217;rtasidagi aloqaga doir ma&#8217;lumotlar ham ko&#8217;plab uchraydi. U &#8220;Chor unsur&#8221; asarida Jayxun (Amudaryo), Turkiston to&#8217;g&#8217;risida, Samarqanddan Hindistonga qavm-qarindoshlari kelganligi to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlarni keltiradi. Bedil asarlari ayniqsa 19-asrdan O&#8217;rta Osiyoda keng tarqalgan. Ular falsafiy fikrga boyligidan Bedil Turkistonda &#8220;Abulma&#8217;oniy&#8221; (&#8220;Ma&#8217;nolar otasi&#8221;) degan nom olgan. Uning kitoblarini o&#8217;qib beruvchilar &#8220;Bedilxonlar&#8221; deb atalgan. Furqat, Muqimiy, Avaz, Ahmad Donish, Xislat va boshqalar o&#8217;z ijodida Bedilning ilg&#8217;or fiqolaridan foydalanganlar. Ahmad Donish Bedilning ilg&#8217;or ijtimoiy-falsafiy g&#8217;oyalarini o&#8217;rgangan, ulardan ijtimoiy hayotdagi kamchiliklarga qarshi olib borgan kurashida foydalangan, ilg&#8217;or g&#8217;oyalarni ommalashtirishni o&#8217;z burchi deb bilgan. Furqat Bedilning fan, ma&#8217;rifat, xalqlar o&#8217;rtasidagi hamkorlik haqidagi g&#8217;oyasini o&#8217;rgangan, ulardan dunyoviy bilimlarni o&#8217;rganish, xalqni ma&#8217;rifatga chorlash haqidagi asarlarida samarali foydalangan. Bedilning ijtimoiy tuzum haqidagi qarashlari Muqimiy, Asiriy va boshqa mutafakkirlarni ham qiziqtirgan. Ular Bedil ijodining murakkab uslubi va ziddiyatli tomonlari, ilg&#8217;or jihatlariga munosib baho berganlar. O\u2019zbekistonda Bedil ijodi bo&#8217;yicha ilmiy tadqiqotlar (G&#8217;. G&#8217;ulom, I. Mo&#8217;minov va boshqalar) olib borildi. As: Komde va Mudan, T., 1960; Ruboyilar, T., 1974. Ad:. Shomuhamedov Sh., Fors-tojik klassiklari ijodida gumanizm, T., 1968; Mo&#8217;minov I., Mirzo Bedil, T., 1974; Shukurov Sh., Mirzo Bedilning poetik merosi, T., 1979. Najmiddin Komilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BEDIL (taxallusi; asl ismi Mirzo Abdulqodir) (1644, Bengaliya, Azimobod shahri \u2014 1721, Dehli) \u2014 shoir, mutafakkir. Harbiy xizmatchi oilasida tug&#8217;ilgan. Ota-bobosi Kesh (Shahrisabz)lik, turkiy barlos urug&#8217;idan. Yoshligidan turli fanlarga qshiqqan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bedil\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15837","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15837","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15837"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15837\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15838,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15837\/revisions\/15838"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15837"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15837"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15837"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}