{"id":15932,"date":"2022-01-27T14:29:19","date_gmt":"2022-01-27T11:29:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15932"},"modified":"2022-01-27T14:29:19","modified_gmt":"2022-01-27T11:29:19","slug":"bekobod-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bekobod-tumani\/","title":{"rendered":"BEKOBOD TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>BEKOBOD TUMANI \u2014 Toshkent viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Sirdaryo viloyati Yangiyer tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan, 1963 yil 17 aprelda qayta tuzilgan). Shimolda Toshkent viloyatining Bo&#8217;ka tumani, g&#8217;arbda Sirdaryo viloyati, Sharq va Janubda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,76 ming kilometr kvadrat. Aholisi 127,7 ming kishi (2000). Bekobod tumanida 1 shaharcha (Zafar) va 12 qishloq kengashi (Bahoriston, Bekobod, Guliston, Dalvarzin, Jumabozor, Madaniyat, Mehnatobod, Oxunboboyev, Pushkin, chanoq, yangi hayot, Qiyot) bor. Markazi\u2014Zafar shaharchasi. Tabiati. Tuman xududi Dalvarzin cho&#8217;li va qisman Mirzacho&#8217;lda joylashgan. Eng sharqida yer yuzasi bir oz o&#8217;rqir. Tumanning adir qismida jar ko&#8217;p. Tuman hududi Sirdaryo tomon qiya. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -2,5\u00b0, iyulniki 28,5\u00b0. Yiliga 227 millimetr yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Tumanning Janubda shamol ko&#8217;p bo&#8217;ladi. Janubi sharqdan shimoli sharqqa tomon Sirdaryo oqib o&#8217;tadi. Sirdaryo sohilida qoldiq ko&#8217;llar (Qolgansir, katta Qolgansir, Yangiko&#8217;l, Haybatko&#8217;l, Qozon, Sho&#8217;rko&#8217;l) bor. Dalvarzin (o&#8217;ng va so&#8217;l tarmoqlari bilan), Jivali, o&#8217;rtoqli, Do&#8217;stlik kanallari va Xasyoz arig&#8217;i oqib o&#8217;tadi. Tuprog&#8217;i o&#8217;tloqi va o&#8217;tloqi-botqoq, oqish bo&#8217;z tuproq. Botqoq, sho&#8217;r bosgan va eroziyaga uchragan erlar ham bor. Bekobod tumanida miya, yantoq, qamish, ko&#8217;g&#8217;a, yulg&#8217;un, qiyoq kabi o&#8217;simliklar o&#8217;sadi. Chiyabo&#8217;ri, to&#8217;qay mushugi, bo&#8217;rsiq, qo&#8217;shoyoq, ko&#8217;rsichqon, kaltakesak va ilonlar, qushlardan o&#8217;rdak, loyxo&#8217;rak, qirg&#8217;ovul, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, chumchuq va boshqalar yashaydi. Aholisi, asosan o&#8217;zbeklar, shuningdek tatar, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga o&#8217;rtacha 160 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shaharliklar 8,1 ming kishi, qishloq aholisi 119,6 ming kishi (2000). Xo&#8217;jaligi. Tuman hududida Farhod GES, Sirdaryo GRES, Dalvarzin paxta tozalash zavodi, kanop tayyorlash punkti joylashgan. Qishloq xo\u2019jaligida paxtachilik yetakchi o&#8217;rinda. Bog&#8217;dorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Tumanda 2 qo&#8217;shma korxona, 26 kichik korxona va 2 kooperativ korxona mavjud. Bulardan eng muhimlari: &#8220;Niyoz&#8221;, &#8220;Yulduz&#8221;, &#8220;M. Yo&#8217;lchiyev&#8221;, &#8220;Feruza&#8221; va boshqalar. Qishloq xo\u2019jaligida sug&#8217;oriladigan yerlar 37,9 ming gektar, shu jumladan 19 ming gektar yerga paxta, 300 gektar yerga sabzavot, 4,2 ming gektar yerga sholi ekiladi. Adirlarda bahori va kuzgi arpa, bug&#8217;doy, sug&#8217;oriladigan erlarda sholi ekiladi. Bekobod tumanida 12 jamoa xo&#8217;jaligi, 1 xo&#8217;jaliklararo korxona, 2 shirkat xo&#8217;jaligi, 330 fermer xo&#8217;jaligi va boshqa xo&#8217;jaliklar bor (2000). Chorvachilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 34486 qoramol, 14712 qo&#8217;y va echki, 179600 parranda bor (2000). Tumanning Janubdan Farg&#8217;ona vodiysiga boradigan temir yo\u2019l, Toshkent\u2014 Bo&#8217;ka\u2014Bekobod avtomobil yo&#8217;li o&#8217;tgan. 1999\/2000 o&#8217;quv yilida 62 umumiy ta&#8217;lim maktabida 31,5 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. 50 ommaviy kutubxona, 18 klub, 10 kinoqurilma, 26 madaniyat uyi, 435 o&#8217;rinli 3 kasalxona va dispanser, 27 tibbiyot punkti bo&#8217;lib, ularda 191 vrach, 1201 o&#8217;rta ma&#8217;lumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1931 yildan &#8220;Bekobod ovozi&#8221; tuman gazetasi chiqadi (adadi 1200).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BEKOBOD TUMANI \u2014 Toshkent viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Sirdaryo viloyati Yangiyer tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan, 1963 yil 17 aprelda qayta tuzilgan). Shimolda Toshkent &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bekobod-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15932","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15932","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15932"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15932\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15936,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15932\/revisions\/15936"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15932"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15932"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15932"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}