{"id":15956,"date":"2022-01-27T14:59:49","date_gmt":"2022-01-27T11:59:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15956"},"modified":"2022-01-27T14:59:50","modified_gmt":"2022-01-27T11:59:50","slug":"belangi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/belangi\/","title":{"rendered":"BELANGI"},"content":{"rendered":"\n<p>BELANGI, bel og&#8217;rig&#8217;i, lyumbago \u2014 belning to&#8217;satdan qattiq og&#8217;rib qolishi. Asosan, og&#8217;ir yuk ko&#8217;tarish yoki keskin harakat qilish tufayli umurtqa pog&#8217;onasi muskullariga haddan tashqari zo&#8217;r kelganda ro&#8217;y beradi. Umurtqa pog&#8217;onasi boylamlarining cho&#8217;zilishi, orqa miya ildizlarining qisilishi va organizmning qattiq sovuq qotishi ham Belangiga sabab bo&#8217;ladi. Shuningdek, revmatizm bo&#8217;lgan bemorlarda yoki umurtqalararo tog&#8217;aylarning nuqsonlari oqibatida ham ro&#8217;y beradi. Belangida aksari belning bir tomoni og&#8217;rib, bir oz jismoniy zo&#8217;riqqanda, harakat qilganda, yo&#8217;talganda, aksirganda kuchayadi. Bel bosib ko&#8217;rilganda bezillab turadi, bemor qaddini ko\u2019tara olmay qoladi. Og&#8217;riq odatda bir necha soatdan 4 \u2014 5 kungacha tutadi. Bel og&#8217;rig&#8217;i tutganda tekis va qattiq o&#8217;rinda qimirlamay yotish va vrach tavsiyasiga binoan og&#8217;riq qoldiruvchi va yallig&#8217;lanishga qarshi dori-darmonlar qabul qilish, malhamlar bilan iylash, gorchichnik qo&#8217;yish tavsiya etiladi. Og&#8217;riq bir oz kamaygach fizioterapiya buyuriladi. Belangining oldini olish uchun jismoniy zo&#8217;riqishga, keskin harakat qilishga, organizmning qattiq sovuqqotishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik va unga sabab bo&#8217;ladigan omillarni vaqtida bartaraf etish zarur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BELANGI, bel og&#8217;rig&#8217;i, lyumbago \u2014 belning to&#8217;satdan qattiq og&#8217;rib qolishi. Asosan, og&#8217;ir yuk ko&#8217;tarish yoki keskin harakat qilish tufayli umurtqa pog&#8217;onasi muskullariga haddan tashqari zo&#8217;r kelganda ro&#8217;y beradi. Umurtqa pog&#8217;onasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/belangi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15956","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15956","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15956"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15956\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15962,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15956\/revisions\/15962"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15956"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15956"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15956"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}