{"id":16203,"date":"2022-01-29T14:02:26","date_gmt":"2022-01-29T11:02:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16203"},"modified":"2022-01-29T14:02:27","modified_gmt":"2022-01-29T11:02:27","slug":"bepushtlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bepushtlik\/","title":{"rendered":"BEPUSHTLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>BEPUSHTLIK, tug&#8217;maslik, tug&#8217;dira olmaslik \u2014 voyaga yetgan organizmning nasl (avlod) qoldirishga ojizligi. Odamda \u2014 bir maromda (normal) jinsiy hayot kechirib, bo&#8217;yida bo&#8217;lishdan saqlanish vositalari (kontratsepsiya) dan foydalanmay, kamida 2 yil birga turib farzand ko&#8217;rmaslik Bepushtlik hisoblanadi. Bepushtlik erkaklarda ham, ayollarda g&#8217;am uchraydi. Erkaklardagi Bepushtlik \u2014 tug&#8217;dira olmaslikka jinsiy a&#8217;zolarning tug&#8217;ma nuqsoni, yalliglanish kasalliklari yoki ularning shikastlanishi, jinsiy maylning sustligi, shuningdek endokrin sistema faoliyatining o&#8217;zgarishi, urug&#8217; suyuqligi (sperma)da spermatozoidlar (jinsiy hujayralar) bo&#8217;lmasligi yoki ularning urug&#8217;lantira olish xususiyatining yo&#8217;qligi sabab bo&#8217;ladi. Ayollardagi Bepushtlik \u2014 tug&#8217;maslikka bachadon, tuxum yo&#8217;llari, tuxumdon va naylarning yallig&#8217;lanishi, so&#8217;zak, jinsiy a&#8217;zolar sili; ichki sekresiya bezlari (tuxumdon, kalqonsimon bez, buirak usti bezi va boshqalar) faoliyatining buzilishi, balog&#8217;atga yetish davrida infektsion kasalliklar bilan og&#8217;rish natijasida Markaziy nerv sistemasida ro&#8217;y bergan jiddiy o&#8217;zgarishlar, jinsiy a&#8217;zolarning yetilmay qolishi \u2014 infantilizm sabab bo&#8217;lishi mumkin. Yallig&#8217;lanishi tufayli bachadon naylarining bitib qolishi, teshigining juda torayib ketishi sababli ayol tuxum hujayrasi erkak jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan uchrasha va urug\u2019lana olmaydi yoki urug\u2019langan tuxum hujayraning bachadonga o\u2019tishi kiyinlashadi. Bepushtlikda er-xotin tibbiy ko&#8217;rikdan o&#8217;tkaziladi. Bepushtlikni iloji boricha barvaqt aniqlab, sabablari bartaraf qilinsa yaxshi natijaga erishish mumkin. Bepushtlikni vrach davolaydi. Yallig&#8217;lanish jarayoni bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan Bepushtlikda fizioterapiya va kurortlarda davolanish ayniqsa muhim. Endokrin sistemasidagi o&#8217;zgarishlar tufayli Bepushtlik ro&#8217;y berganda fizioterapiya, kurortlarda davolanish bilan birga gormonal doridarmonlar ham buyuriladi. Bepushtlikning oldini olishda jinsiy a&#8217;zolarning yallig\u2019lanish kasalliklarini o&#8217;z vaqtida aniqlab davolash, abortga yo&#8217;l qo\u2019ymaslik, shaxsiy va jinsiy ozodalik tartiblariga qat\u2019iy amal qilish lozim.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BEPUSHTLIK, tug&#8217;maslik, tug&#8217;dira olmaslik \u2014 voyaga yetgan organizmning nasl (avlod) qoldirishga ojizligi. Odamda \u2014 bir maromda (normal) jinsiy hayot kechirib, bo&#8217;yida bo&#8217;lishdan saqlanish vositalari (kontratsepsiya) dan foydalanmay, kamida 2 yil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bepushtlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16203","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16203","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16203"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16203\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16205,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16203\/revisions\/16205"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16203"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16203"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16203"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}